Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Pochta aloqasi milliy operatori uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 28-avgustda 3061-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi va “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Pochta aloqasi milliy operatori uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri A. AXMEDXADJAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 5-iyul,
176-mh-son
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi A. MAVLONOV
Toshkent sh.,
2018-yil 5-iyul,
28-son
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 5-iyuldagi 176-mx, 28-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Pochta aloqasi milliy operatori uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki
NAZORAT QOIDALARI
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar pochta aloqasi milliy operatori uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 4-maydagi 292-mh-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 1-maydagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-7, 25.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3061-7/0535-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
benefitsiar mulkdor — yakuniy natijada mulk huquqiga egalik qiluvchi yoki pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchini haqiqatda nazorat qiluvchi jismoniy shaxs, shu jumladan manfaatini koʻzlagan holda pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalari bilan bogʻliq operatsiya amalga oshirilayotgan yuridik shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
ichki nazorat — pochta aloqasi milliy operatorining pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalarini joʻnatishni amalga oshiruvchi, foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni boshqarish, shubhali operatsiyalarni aniqlash hamda terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishda ishtirok etuvchi yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni aniqlashga doir faoliyati;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
ichki qoidalar — pochta aloqasi sohasida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi ichki hujjatdir;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikda ishtirok etmaydigan davlatlar — jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tugʻdiruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar;
pul mablagʻlarini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish — pul mablagʻlarini oʻtkazishni, tasarruf etishni yoki koʻchirishni taqiqlash;
foydalanuvchini identifikatsiyalash — foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish maqsadida foydalanuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida aniqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
foydalanuvchining benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash — qonunchilik hujjatlari (ustav va (yoki) taʼsis shartnomasi, nizom) bilan belgilangan taʼsis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini oʻrganish orqali yuridik shaxs boʻlgan foydalanuvchining mulkdori, shu jumladan uni nazorat qiluvchi shaxsni aniqlash;
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoxud uni nazorat qilayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs;
ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishning oldini olishga qaratilgan BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalari hamda boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
foydalanuvchini lozim darajada tekshirish — foydalanuvchining va u qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish, foydalanuvchining benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash, shuningdek foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday foydalanuvchi va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganishlarni oʻtkazish;
pochta aloqasi obyektlari — pochta aloqasi operatorlarining alohida boʻlinmalari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari, boʻlimlari, punktlari, shuningdek boshqa boʻlinmalar);
Oldingi tahrirga qarang.
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar — ichki nazoratni oʻtkazish davomida pochta aloqasi milliy operatori tomonidan shubhali deb topilgan, sodir etilayotgan va tayyorlanayotgan pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalari bilan operatsiyalar;
(1-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
masʼul xodim — ichki nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan shaxs;
offshor hudud — imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi maʼlumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni koʻzda tutuvchi davlatlar va hududlar;
Roʻyxat — terrorizmga, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan maʼlumotlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan maʼlumotlar asosida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxati;
Oldingi tahrirga qarang.
shubhali operatsiya — pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalari bilan bogʻliq, tayyorlash, sodir etish jarayonida boʻlgan yoki sodir etib boʻlingan, ichki nazoratni oʻtkazish jarayonida pochta aloqasi milliy operatorida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi toʻgʻrisida shubha paydo boʻlgan operatsiya;
(1-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchi (bundan buyon matnda foydalanuvchi deb yuritiladi) — pochta aloqasi xizmatlarining isteʼmolchisi boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmasi (bundan buyon matnda pul oʻtkazmasi deb yuritiladi) — pochta joʻnatmasi boʻlib, joʻnatuvchi uning vositasida oʻzi pochta aloqasi milliy operatoriga toʻlagan pul mablagʻlari summasini adresatga toʻlashni topshiradi;
(1-bandning oʻn toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
operatsiyani toʻxtatib turish — foydalanuvchining pul mablagʻlarini koʻchirish, shuningdek yuridik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi topshiriqnomalari ijrosini toʻxtatib turish;
Oldingi tahrirga qarang.
yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, maʼmuriy yoki sud organida, shu jumladan harbiy tuzilmalarida yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv vazifalarini bajaruvchi va yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni sodir etishga vakolatli shaxslar, shuningdek, chet davlat korxonalarining yuqori martabali rahbarlari, chet davlatning taniqli siyosatchilari va siyosiy partiyalarining taniqli aʼzolari (shu jumladan sobiq);
(1-bandning yigirma birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2021-yil 25-iyundagi 214-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 24-iyundagi 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-2, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/3061-2/0599-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yuqori mansabdor shaxslarga yaqin boʻlgan shaxslar — yuqori mansabdor shaxslarga ijtimoiy va kasbiy jihatdan bevosita bogʻliq boʻlgan jismoniy shaxslar;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2021-yil 25-iyundagi 214-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 24-iyundagi 28-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3061-2, 26.06.2021-y.) asosan yigirma ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/3061-2/0599-son)
pochta aloqasi xodimlari — foydalanuvchilarga bevosita xizmat koʻrsatuvchi va pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalari boʻyicha operatsiyalarni amalga oshiruvchi pochta aloqasi xodimlari;
tavakkalchilik — foydalanuvchilar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi;
Oldingi tahrirga qarang.
ichki nazorat tizimi — mazkur Qoidalar va ichki qoidalar bilan belgilangan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarishga qaratilgan masʼul xodim va pochta aloqasi milliy operatorining xatti-harakatlari yigʻindisi;
(1-bandning yigirma beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
operatsiya ishtirokchilari — foydalanuvchilar va ularning vakillari hamda foydalanuvchining operatsiyada ishtirok etuvchi hamkorlari;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 23-dekabrdagi 206-mh, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-1, 29.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2020-y., 10/20/3061-1/0130-son)
Oldingi tahrirga qarang.
uchinchi tomon — Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan va pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasida koʻrsatilgan tashkilotlar;
(1-bandning yigirma sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi — chet davlatning qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs tashkil etmagan holda tashkil etilgan va oʻz ishtirokchilarining (paychilarning, ishonch bildiruvchilarning yoki boshqa shaxslarning) yoxud boshqa benefitsiarlarning manfaatlarini koʻzlab daromad (foyda) olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan tashkiliy tuzilmadir (fondlar, sherikliklar, shirkatlar, trastlar, jamoaviy investitsiyalar va (yoki) ishonchli boshqaruvning boshqa shakllari).
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
2. Quyidagilar ichki nazorat tizimining maqsadi hisoblanadi:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish hamda ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishga qaratilgan pul oʻtkazmalari bilan bogʻliq operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;
Oldingi tahrirga qarang.
pochta aloqasi milliy operatorining jinoiy faoliyatga qasddan yoki qasddan boʻlmagan holda jalb etilishiga yoʻl qoʻymaslik;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, hujjatlarda qayd qilish va kamaytirish;
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
3. Quyidagilar pochta aloqasi sohasidagi ichki nazorat tizimining asosiy vazifalari hisoblanadi:
oʻz tavakkalchiliklarini aniqlash va baholash, hujjatlashtirish va kamaytirishga doir tegishli choralarni koʻrish;
foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarini va identifikatsiyalash jarayonlarini amalga oshirish, shu jumladan foydalanuvchilar va ularning benefitsiar mulkdorlari haqidagi maʼlumotlarni muntazam yangilash va verifikatsiyalash;
benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash, ularning shaxsini oʻrganish boʻyicha imkon qadar choralar koʻrish;
Oldingi tahrirga qarang.
yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni chuqur monitoring qilish;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2021-yil 25-iyundagi 214-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 24-iyundagi 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-2, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/3061-2/0599-son)
mazkur Qoidalar va ichki qoidalarda belgilangan tartibda shubhali operatsiyalarni aniqlash;
ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni (hujjatlarni) maxsus vakolatli davlat organiga oʻz vaqtida taqdim etish;
Roʻyxat bilan solishtirish orqali operatsiya ishtirokchilari orasida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash;
Roʻyxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyasini kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan toʻxtatib turish (bundan pul mablagʻlarini kirim qilish va ularni oʻtkazma hisobga oʻtkazish boʻyicha operatsiyalari mustasno) va (yoki) pul mablagʻlarini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish;
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash;
(3-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 23-dekabrdagi 206-mh, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-1, 29.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2020-y., 10/20/3061-1/0130-son)
Oldingi tahrirga qarang.
operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek identifikatsiyalash maʼlumotlarini va foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida saqlanishini taʼminlash;
(3-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 21-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
shubhali operatsiyalarni amalga oshirish yoki amalga oshirishga boʻlgan urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan foydalanuvchilar bilan aloqador boʻlgan shaxslar (rahbarlar, taʼsischilar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek bunday maʼlumotlarni boshqa davlat organlari bilan qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻzaro almashib borish;
(3-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
soʻrovlar boʻyicha mijozlar bazasidan Roʻyxat bilan solishtirish orqali terrorchilik faoliyatini yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqador shaxslarni aniqlash;
chet eldagi pochta operator, provayderlar bilan pul oʻtkazmalarini almashib borishga aloqalarni oʻrnatishda ularning ichki nazorat tizimini oʻrganish;
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus vakolatli davlat organining pul mablagʻlari bilan bogʻliq operatsiyalarni oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini oʻz vaqtida ijro etish.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2021-yil 25-iyundagi 214-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 24-iyundagi 28-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3061-2, 26.06.2021-y.) asosan oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/3061-2/0599-son)
2-bob. Ichki nazorat tizimini tashkillashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
4. Pochta aloqasi milliy operatori tomonidan ichki nazorat tizimi uning ish jihatlari, foydalanuvchilar va ularning operatsiyalari bilan bogʻliq tavakkalchilik darajasini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Pochta aloqasi milliy operatori ichki nazorat tizimining tegishli tuzilmasini tashkil etishi kerak.
Ichki nazorat tizimining tuzilmasi pochta aloqasi milliy operatori rahbarining buyrugʻi bilan belgilanadi va aniqlangan tavakkalchiliklar hamda ularning baholanishini hisobga olib qayta koʻrib chiqilishi lozim.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Ichki nazorat tizimi tuzilmasi milliy operatorining tegishli boʻlinmasi yoki masʼul xodimlari, shuningdek pochta aloqasi xodimlaridan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki nazorat tizimining tuzilmasi pochta aloqasi milliy operatori rahbarining buyrugʻi bilan pochta aloqasi milliy operatori rahbarining oʻrinbosarlari orasidan tayinlanadigan tegishli rahbar tomonidan boshqariladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 4-maydagi 292-mh-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 1-maydagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-7, 25.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3061-7/0535-son)
Ichki nazorat tizimi tuzilmasi rahbari oliy maʼlumotga va pochta aloqasi milliy operatorining pul oʻtkazmalari bilan bogʻliq boʻlinmasini boshqarish boʻyicha kamida ikki yillik ish tajribasiga yoki ichki nazorat tizimi tuzilmasida kamida bir yillik ish stajiga ega boʻlishi kerak.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Ichki nazorat tizimi tuzilmasining rahbari yoki masʼul xodimi lavozimiga quyidagilar tayinlanishi mumkin emas:
oʻz faoliyatida va shaxsiy xulq-atvorida ishonib topshirilgan boʻlinmani notoʻgʻri boshqargani yoki ishni vijdonan yuritmaganini namoyon etgan shaxslar;
terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar;
iqtisodiyot sohasidagi, boshqaruv tartibiga qarshi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq jinoyatlar uchun avval sud tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar.
Ushbu bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan talablar pochta aloqasi milliy operatorining rahbari, benefitsiar mulkdorlari va taʼsischilariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 4-maydagi 292-mh-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 1-maydagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-7, 25.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3061-7/0535-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Ichki nazorat tizimining tuzilmasi rahbari va masʼul xodimlariga, shuningdek, pochta aloqasi xodimlariga malakaviy va ishbilarmonlik obroʻsiga qoʻyiladigan talablar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini hisobga olgan holda, pochta aloqasi milliy operatorining rahbari tomonidan belgilanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 4-maydagi 292-mh-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 1-maydagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-7, 25.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3061-7/0535-son)
9. Ichki nazorat tizimi tuzilmasining rahbari va masʼul xodimlari, pochta aloqasi xodimlari:
Oldingi tahrirga qarang.
pochta aloqasi sohasidagi qonunchilik hujjatlari hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini bilishi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro standartlarni bilishi;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 23-dekabrdagi 206-mh, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-1, 29.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2020-y., 10/20/3061-1/0130-son)
muntazam ravishda malakasini oshirib borishi shart.
10. Ichki nazorat tizimi tuzilmasining rahbari va masʼul xodimlari quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Oldingi tahrirga qarang.
pochta aloqasi tarmogʻidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida foydalanish xavfining oldini olish va mazkur Qoidalar hamda ichki qoidalar bilan belgilangan maqsadlarga erishish va yuklangan vazifalarni bajarish uchun qonunchilik hujjatlarida, ushbu Qoidalarda va ichki qoidalarda koʻzda tutilgan choralarni koʻradi;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish tavakkalchiliklarini aniqlash, baholash, nazorat qilish, hujjatlashtirish, boshqarish va kamaytirish choralarini amalga oshiradi;
mazkur Qoidalarga muvofiq ichki nazorat tartib-taomillarini joriy etish va amalga oshirishni va foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirishni tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
tavakkalchiliklarni baholashni tahlil qilish asosida ichki nazoratni amalga oshirish chora-tadbirlari dasturlarini ishlab chiqadi va pochta aloqasi milliy operatorining rahbariga tasdiqlash uchun kiritadi (tasdiqlaydi);
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalarida qonunchilik hujjatlari, ushbu Qoidalar va ichki qoidalar talablariga rioya qilinishi nazoratini amalga oshiradi;
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
pochta aloqasi faoliyatida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, mazkur Qoidalar va ichki qoidalar talablariga rioya qilinmaganligi boʻyicha aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan pochta aloqasi milliy operator rahbari koʻrib chiqishi uchun takliflar tayyorlaydi va kiritadi;
(10-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga oid qonun buzilish holatlari toʻgʻrisidagi axborotni pochta aloqasi milliy operatorining rahbariga taqdim etadi;
(10-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Oldingi tahrirga qarang.
pochta aloqasi milliy operatorining rahbariga ushbu Qoidalar va ichki nazoratni amalga oshirish boʻyicha dasturlarning bajarilishi natijalari toʻgʻrisidagi hisobotni kamida bir yilda bir marotaba taqdim etadi;
(10-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
shubhali operatsiyalar (pul mablagʻlarini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish hollarida — ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan pul mablagʻining summasi koʻrsatilgan holda), ularni bajarishga urinishlar yoki foydalanuvchilarning xatti-harakatlari toʻgʻrisidagi xabarlarni maxsus vakolatli davlat organiga oʻz vaqtida uzatilishini, shuningdek maxsus vakolatli davlat organining qoʻshimcha axborotni taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrovlarining bajarilishini taʼminlaydi;
mazkur Qoidalar va ichki nazoratni amalga oshirish boʻyicha tadbirlar dasturlarini amalga oshirish jarayonining maxfiyligini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
ichki nazoratni tashkil qilish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarini hamda mazkur Qoidalar talablarini buzish holatlarining oldini olish va bartaraf etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Inspeksiya deb yuritiladi) va maxsus vakolatli davlat organining masʼul shaxslari bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshiradi;
(10-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 7-iyundagi 250-mh-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 6-iyundagi 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-4, 22.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2023-y., 10/23/3061-4/0422-son)
Roʻyxatni pochta aloqasi xodimlariga yetkazadi.
11. Ichki nazorat tizimi tuzilmasining rahbari va masʼul xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida pochta aloqasi xodimlaridan kerakli boshqaruvchilik, buxgalteriya va boshqa hujjatlarni talab qilib olish;
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida olingan hujjatlardan nusxa koʻchirish, elektron maʼlumotlar bazalarida, lokal hisoblash tarmoqlari va avtomatlashtirilgan kompyuter tizimlarida saqlanadigan fayllardan va boshqa yozuvlardan nusxalar olish;
Oldingi tahrirga qarang.
pochta aloqasi milliy operatorining rahbariga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyaga nisbatan kelgusi xatti-harakatlar (shu jumladan, foydalanuvchi yoki operatsiya toʻgʻrisidagi qoʻshimcha yoki mavjud boʻlgan axborotni olish maqsadida operatsiya oʻtkazilishini toʻxtatib turish) boʻyicha takliflar kiritish.
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki nazorat tizimi tuzilmasining rahbari va masʼul xodimlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
12. Quyidagilar ichki nazorat tizimi tuzilmasining rahbari va masʼul xodimlarining majburiyatlari hisoblanadi:
oʻz vakolati doirasida mazkur Qoidalar va ichki qoidalar bilan yuklatilgan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarish uchun zarur choralarni koʻrish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga oid oʻz tavvakalchiliklarini aniqlash va baholash boʻyicha tegishli choralarni koʻrish, bu tavakkalchiliklarni hujjatlarda qayd qilish va ularni kamaytirish choralarini koʻrish;
foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash hamda Roʻyxat bilan solishtirishni taʼminlash boʻyicha choralarni koʻrish;
benefitsiar mulkdorlarni aniqlash va identifikatsiyalashni taʼminlash boʻyicha tegishli choralarni koʻrish;
maxsus vakolatli davlat organiga belgilangan tartibda shubhali operatsiyalar toʻgʻrisida, shu jumladan ular aniqlangan kundan keyingi bir ish kunidan kechiktirmay ularni amalga oshirishga urinishlar toʻgʻrisida xabarlarni berib borish;
olingan axborotning maxfiyligiga rioya qilish;
ichki nazoratni amalga oshirish davomida olingan hujjatlarning saqlanishini va qaytarilishini taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki nazorat tizimi tuzilmasining rahbarlari va masʼul xodimlariga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham yuklatilishi mumkin.
(12-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Pochta aloqasi milliy operatori mazkur Qoidalar talablaridan kelib chiqqan holda, quyidagilar aks etgan ichki qoidalarni ishlab chiqishi kerak:
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, monitoring qilish, boshqarish, kamaytirish va hujjatlashtirishga doir choralarni amalga oshirish tartibi;
foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish, shu jumladan foydalanuvchilarni va ularning benefitsiar mulkdorlarini identifikatsiyalash, shuningdek foydalanuvchilar operatsiyalarining muntazam nazoratini amalga oshirish qoidalari;
kerakli axborotni rasmiylashtirish va uning maxfiyligini taʼminlash tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
masʼul xodimlar tomonidan pochta aloqasi milliy operatori rahbariga jinoiy faoliyatidan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonunchilik hujjatlari buzilishi faktlari toʻgʻrisida axborot taqdim etish tartibi;
(13-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi tavakkalchiliklarni baholashga asoslangan, ishga qabul qilishda nomzodlarning tayinlanadigan lavozimga muvofiqligini baholashga qaratilgan tekshirish tartib-taomillari;
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 4-maydagi 292-mh-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 1-maydagi 20-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3061-7, 25.05.2026-y.) asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3061-7/0535-son)
kadrlarni tayyorlash va oʻqitishga qoʻyiladigan malakaviy talablar;
shubhali operatsiyalarni aniqlash tartibi, shuningdek bunday operatsiyalar toʻgʻrisidagi xabarlarni tayyorlash va maxsus vakolatli davlat organiga yuborish tartibi;
Roʻyxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini aniqlash hamda kechiktirmasdan toʻxtatib turish (pul mablagʻlarini kirim qilish va ularni oʻtkazma hisobiga oʻtkazish operatsiyalaridan tashqari) va (yoki) koʻrsatib oʻtilgan shaxslarni oldindan ogohlantirmasdan ularning pul mablagʻlarini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish tartibi;
yuqori tavakkalchilik darajasi toifasiga kiritilgan foydalanuvchilarning hisobini yuritish va monitoring qilish hamda bunday foydalanuvchilar operatsiyalarini chuqur monitoring qilish tartibi;
maxsus vakolatli davlat organiga Roʻyxatga kiritilgan shaxslarning ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan pul mablagʻlaridan foydalanishni taqdim etish boʻyicha murojaatlarini yuborish tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishining oldini olishga qaratilgan choralar;
(13-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 23-dekabrdagi 206-mh, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-1, 29.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2020-y., 10/20/3061-1/0130-son)
pul mablagʻlarini oluvchi va (yoki) joʻnatuvchi toʻgʻrisida talab qilinadigan axborotga ega boʻlmagan pul mablagʻlari aniqlangan holda koʻriladigan choralar;
Oldingi tahrirga qarang.
yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatish hamda ular tomonidan oʻtkaziladigan operatsiyalarning chuqur monitoringini amalga oshirish tartibi;
(13-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2021-yil 25-iyundagi 214-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 24-iyundagi 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-2, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/3061-2/0599-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ichki nazorat tizimining maqsad va vazifalariga erishish maqsadida ichki nazorat tizimi rahbari, masʼul xodimlari va pochta aloqasi xodimlari oʻrtasida funksional vazifalarni taqsimlash;
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) asosan oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
oluvchi va (yoki) joʻnatuvchi toʻgʻrisida talab qilinadigan axborotga ega boʻlmagan xalqaro pul oʻtkazmalari aniqlangan holda choralarni (bajarish, rad etish, toʻxtatib turish yoki boshqalar) amalga oshirish tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa qoidalar.
(13-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki qoidalar mazkur Qoidalar va boshqa qonunchilik hujjatlarining talabalariga muvofiq boʻlishi hamda aniqlangan tavakkalchiliklar va ularning bahosidan kelib chiqib tuzilishi lozim. Ichki qoidalar, ularga kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar pochta aloqasi milliy operatorining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
(13-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Oldingi tahrirga qarang.
131. Pochta aloqasi milliy operatorining nazorati ostida yoki ahamiyatli taʼsiri doirasida bitta yoki bir nechta pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar boʻlgan taqdirda ichki qoidalar guruhiy yondashuv asosida ishlab chiqilishi va quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni boshqarish va foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar bilan almashish qoidalari va tartib-taomillari;
komplaens nazoratni, auditni va (yoki) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish funksiyalarini guruh darajasida taʼminlash, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadlari uchun zarur boʻlgan hollarda filiallardan va shoʻba korxonalardan ularning foydalanuvchilari va operatsiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olinishini taʼminlash;
maxfiylikni va maʼlumotlardan foydalanishni yetarli darajada himoya qilish.
(131-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Pochta aloqasi milliy operatori har yili 15-yanvargacha ichki nazorat tizimi tuzilmasi rahbarlari va masʼul xodimlarining roʻyxatlarini, ularning shaxsiy maʼlumotlarini ilova qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Inspeksiyaga taqdim etadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Oldingi tahrirga qarang.
141.Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi maxsus vakolatli davlat organiga masʼul xodimlar roʻyxatini har yili 20-yanvargacha taqdim etadi.
(141-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 7-iyundagi 250-mh-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 6-iyundagi 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-4, 22.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2023-y., 10/23/3061-4/0422-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Pochta aloqasi milliy operatori har chorak yakunidan keyingi oyning 5-sanasigacha jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ishlar toʻgʻrisidagi choraklik hisobotlarini Inspeksiyaga taqdim etiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Pochta aloqasi milliy operatorining ichki nazorat xizmati tegishli boʻlinmalar bilan hamkorlikda har yili jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha ularning zamonaviy texnika, usullar va yoʻnalishlarda xabardorligini oshirish, qonunchilik va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirish maqsadida pochta aloqasi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va oʻqitish dasturini (bundan keyin — oʻquv dasturi) ishlab chiqadi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Ushbu dasturda quyidagilar aks ettirilishi kerak:
oʻquvni oʻtkazish tartibi, uning shakllari (birlamchi instruktaj, rejali, rejadan tashqari oʻqitish) va muddatlari;
oʻquvni oʻtkazishni tashkil etishga masʼul shaxslarni tayinlash;
xodimlarning bilimini tekshirish tartibi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻquv dasturi pochta aloqasi milliy operatorining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
(16-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
3-bob. Foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish
Oldingi tahrirga qarang.
17. Pochta aloqasi milliy operatori foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish choralarini koʻrishi kerak.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Lozim darajada tekshirish choralari barcha yangi foydalanuvchilar hamda tavakkalchilik darajasidan kelib chiqib bor foydalanuvchilarga nisbatan koʻriladi.
18. Lozim darajada tekshirish quyidagi hollarda amalga oshirilishi kerak:
foydalanuvchilar bilan amaliy ish munosabatlari oʻrnatilganda;
pul oʻtkazmalarini joʻnatish va yetkazib berish (topshirish) xizmatlarini koʻrsatishda;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻtkaziladigan operatsiyalarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadlariga daxldorligiga nisbatan har qanday shubhalar mavjud boʻlganda;
(18-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 23-dekabrdagi 206-mh, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-1, 29.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2020-y., 10/20/3061-1/0130-son)
Oldingi tahrirga qarang.
foydalanuvchi toʻgʻrisida avval olingan maʼlumotlarning ishonchliligiga (haqiqiyligiga) yoki yetarliligiga gumonlar mavjud boʻlganda.
(18-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2021-yil 25-iyundagi 214-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 24-iyundagi 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-2, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/3061-2/0599-son)
19. Foydalanuvchini lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart:
Oldingi tahrirga qarang.
foydalanuvchining shaxsini tekshirish va identifikatsiya qilish;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2021-yil 25-iyundagi 214-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 24-iyundagi 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-2, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/3061-2/0599-son)
Oldingi tahrirga qarang.
foydalanuvchi nomidan ish koʻrayotgan shaxsni identifikatsiya qilish, shaxsini va vakolatlarini tegishli hujjatlar asosida tekshirish;
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2021-yil 25-iyundagi 214-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 24-iyundagi 28-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3061-2, 26.06.2021-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/3061-2/0599-son)
foydalanuvchining benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash;
foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni ularning bunday foydalanuvchi va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganish oʻtkazish.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Pochta aloqasi milliy operatori foydalanuvchi yoki benefitsiar mulkdorning yuqori mansabdor shaxs, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar ekanligini aniqlash maqsadida tavakkalchiliklarni boshqarish tizimlaridan foydalanishi shart va foydalanuvchini lozim darajada tekshirish boʻyicha mazkur Qoidalarning 19-bandida koʻrsatib oʻtilgan choralarni koʻrish bilan birga, foydalanuvchi yoki benefitsiar mulkdor sifatida qatnashayotgan yuqori mansabdor shaxslarga nisbatan:
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
yuqori mansabdor shaxsning mavqeyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirish va oʻtkazilayotgan operatsiyadagi pul mablagʻlari manbalarini aniqlash boʻyicha tegishli choralarni koʻrishlari;
yuqori mansabdor shaxs bilan amaliy ish munosabatlariga kirishish (shu jumladan, mavjud boʻlgan bunday foydalanuvchilar bilan ish munosabatlarni davom ettirish) faqatgina pochta aloqasi obyektlarining rahbari yoki tegishli vakolatga ega boʻlgan uning oʻrinbosari ruxsati bilan amalga oshiriladi.
amaliy ish munosabatlarini muntazam ravishda chuqur monitoring qilib borishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Pochta aloqasi milliy operatori yuqoridagi choralarni yuqori mansabdor shaxslarning oila aʼzolariga yoki yuqori mansabdor shaxsga yaqin shaxslarga nisbatan ham koʻrishi kerak.
(20-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
201. Pochta aloqasi milliy operatori mazkur Qoidalarning 19-bandidagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshlarida nazarda tutilgan foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirgan uchinchi tomonlarning lozim darajada tekshirish natijasiga ishonishi mumkin. Mazkur hollarda foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish natijasi boʻyicha soʻnggi javobgarlik pochta aloqasi milliy operatorining zimmasida qoladi. Bunda, pochta aloqasi milliy operatori:
(201-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar yuzasidan zarur boʻlgan maʼlumotlarni kechiktirmasdan olish imkoniyatiga ega boʻlishi;
foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar yuzasidan identifikatsiyalash maʼlumotlari va boshqa tegishli hujjatlar nusxasini soʻrov asosida kechiktirmasdan olish imkoniyatiga ega boʻlishi;
uchinchi tomon jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari asosida ishlashiga ishonch hosil qilishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Pochta aloqasi milliy operatori mazkur bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan talablardan biriga rioya qilinmagan taqdirda, foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni mustaqil ravishda amalga oshirishi kerak.
(201-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Pochta aloqasi milliy operatori foydalanuvchi bilan ish munosabatlariga kirishish toʻgʻrisidagi qarorni oʻz tavakkalchiliklaridan kelib chiqib, mustaqil ravishda qabul qiladi hamda foydalanuvchini lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga haqli.
(201-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
21. Foydalanuvchini lozim darajada tekshirish boʻyicha kuchaytirilgan chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
foydalanuvchi haqida ochiq manbalar va maʼlumotlar bazalaridan qoʻshimcha tasdiqlangan maʼlumotlarni toʻplash va qayd etish;
foydalanuvchidan u tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar boʻyicha pul mablagʻlari manbalari haqidagi maʼlumotlarni olish;
ushbu foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar ustidan doimiy monitoring yuritish.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Foydalanuvchining operatsiyalarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi topshirigʻi bilan bir vaqtda yoki koʻp marotaba murojaat qilishida pochta aloqasi milliy operatori quyidagilarni bajarishga majbur:
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Qoidalar yoki boshqa qonunchilik hujjatlarining talablariga muvofiq operatsiya boʻyicha foydalanuvchini yoki naf oluvchini identifikatsiyalash;
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
avvalgi hisobot davri (oy, yilning choragi, yarim yillik, yil) davomida ushbu foydalanuvchining ilgari oʻtkazgan operatsiyalarini oʻrganish, agar ixtiyorida bunday operatsiyalar toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlsa;
operatsiyaning turini va uning foydalanuvchi — yuridik shaxsning taʼsis hujjatlarida belgilangan faoliyati maqsadi va turlariga muvofiqlik darajasini aniqlash;
operatsiya turini hamda uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan foydalanuvchi — jismoniy shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasida koʻrsatilgan faoliyat turiga muvofiqlik darajasini aniqlash;
aniq iqtisodiy mohiyatga ega boʻlmagan, foydalanuvchining lozim darajada tekshirish materiallariga ilova qilinadigan foydalanuvchining taʼsis hujjatlarida yoki davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻzda tutilgan uning faoliyati maqsadlariga va turlariga mos kelmaydigan barcha operatsiyalar boʻyicha lozim darajada tekshirish natijalari va xulosalarini yozma qayd qilish;
pul oʻtkazmalarini joʻnatish operatsiyalarini foydalanuvchilar lozim darajada tekshirilganidan keyin amalga oshirish;
foydalanuvchilardan amaliy ish munosabatlarining maqsadi va koʻzda tutilgan tavsifi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Pochta aloqasi milliy operatori quyidagi hollarda xalqaro pul oʻtkazmalari bilan bogʻliq operatsiyalarga alohida eʼtibor qaratishi va tahlil qilishi kerak:
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
xorijiy davlatlarning operatorlari, provayderlari bilan shartnomalar tuzishda xalqaro pul oʻtkazmalari boʻyicha sherikning ishga oid faoliyatining xususiyati toʻgʻrisida toʻliq tasavvurga ega boʻlish uchun bunday sherik toʻgʻrisida toʻliq axborot toʻplashi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikda ishtirok etmaydigan davlatlarning hududida joylashgan xorijiy davlatlarning operatorlari, provayderlari bilan shartnomalar tuzishda ular bilan amalga oshiriladigan barcha operatsiyalarga alohida eʼtibor qaratishi;
Oldingi tahrirga qarang.
oshkora axborot asosida pochta aloqasi operatori, provayderining obroʻsini, shu jumladan bu operator, provayderga nisbatan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq qoida buzilishlari yuzasidan tekshiruvlar oʻtkazilganligini aniqlashi;
(23-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 23-dekabrdagi 206-mh, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-1, 29.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2020-y., 10/20/3061-1/0130-son)
pul oʻtkazmasi toʻgʻrisidagi butun axborotni saqlashi;
Oldingi tahrirga qarang.
(23-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Joʻnatuvchilar toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlar boʻlmagan taqdirda pochta aloqasi milliy operatori xorijiy davlatlarning pochta aloqasi operatorlari, provayderlari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq ulardan uch ish kuni davomida pul mablagʻlarini joʻnatuvchilar toʻgʻrisida qoʻshimcha axborot olish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak. Bunday imkoniyat boʻlmagan holda pochta aloqasi operatori, provayderi bilan shartnomani bekor qilish masalasini koʻrib chiqish zarur.
(23-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
231. Xalqaro pul oʻtkazmalarini joʻnatish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatuvchi pochta aloqasi milliy operatori quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
(231-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
oʻzlarining bunday xizmatlarni koʻrsatuvchi boʻlinmalari va ushbu boʻlinmalar xodimlarining hisobini yuritishlari;
pul oʻtkazmalariga oid operatsiyalarni jismoniy shaxs — foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirgandan soʻng amalga oshirishlari;
joʻnatiladigan pul oʻtkazmalarini foydalanuvchi haqidagi (joʻnatuvchining nomi; shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport/identifikatsiya ID-kartaning raqami yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat) seriyasi va raqami – jismoniy shaxslar uchun; operatsiyaning xos raqami; joʻnatuvchining manzili yoki davlat raqami belgisi yoki jismoniy shaxslar uchun tugʻilgan sanasi va joyi) va oluvchi haqidagi (oluvchining nomi; operatsiyaning xos raqami) aniq maʼlumotlar bilan birga yuborilishini taʼminlashlari;
oluvchisi va (yoki) joʻnatuvchisi haqidagi talab qilingan maʼlumotlarga ega boʻlmagan xalqaro pul oʻtkazmalarini aniqlash boʻyicha asosli va imkoni mavjud boʻlgan choralarni koʻrishlari;
Oldingi tahrirga qarang.
oluvchisi va (yoki) joʻnatuvchisi haqidagi talab qilingan maʼlumotlarga ega boʻlmagan xalqaro pul oʻtkazmalari aniqlanganda pochta aloqasi milliy operator tomonidan koʻriladigan choralar (ijro qilish, rad etish, toʻxtatish yoki boshqalar) tartibini belgilovchi, tavakkalchiliklarni baholashga asoslangan ichki hujjatni ishlab chiqishlari kerak.
(231-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar pul oʻtkazmasi mazkur bandda belgilangan talablarga javob bermasa, pochta aloqasi milliy operatoriga pul oʻtkazmalarini joʻnatish taqiqlanadi.
(231-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Yuborilayotgan ichki elektron pul oʻtkazmalari boʻyicha maʼlumotlar xalqaro pul oʻtkazmalari uchun qayd etilgani kabi joʻnatuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak.
(231-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2021-yil 25-iyundagi 214-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 24-iyundagi 28-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3061-2, 26.06.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/3061-2/0599-son)
24. Foydalanuvchi va foydalanuvchining benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash mazkur Qoidalarning 1 va 2-ilovalarida nazarda tutilgan axborot asosida amalga oshiriladi.
Identifikatsiya natijasi familiyasi, ismi va otasining ismini koʻrsatgan holda pochta aloqasi xodimi yoki masʼul xodim tomonidan alohida jurnalga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Foydalanuvchi — jismoniy shaxsni identifikatsiyalash shaxsni tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud ularning oʻrnini bosadigan hujjat) asosida amalga oshiriladi. Bunda pochta aloqasi xodimi bunday hujjatning asl nusxasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va (yoki) “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shakli bilan mustaqil ravishda tanishib chiqishi kerak.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 4-maydagi 292-mh-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 1-maydagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-7, 25.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 10/26/3061-7/0535-son)
Jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor boʻlgan holda uning davlat roʻyxatiga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi ham oʻrganilishi kerak.
26. Foydalanuvchi — yuridik shaxsni identifikatsiyalashda zarur hollarda davlat roʻyxatiga olinganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlar, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi, rahbarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar tekshirilishi kerak.
Koʻrsatilgan hujjatlarni tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyish avtomatlashtirilgan tizimi orqali yoki ushbu tizimdan axborot olishning imkoni boʻlmagan holda bevosita foydalanuvchidan olish mumkin.
27. Yuridik shaxslarni lozim darajada tekshirish jarayonida foydalanuvchining benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash boʻyicha, shu jumladan foydalanuvchining hamda uning taʼsischilarining (aksiyadorlarni, ishtirokchilari) mulki va boshqaruv tuzilmasini oʻrganish orqali asosli va imkoni mavjud boʻlgan choralarni koʻrishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Agarda koʻrilgan tegishli choralar benefitsiar mulkdorni aniqlash imkonini bermasa, pochta aloqasi milliy operatori foydalanuvchining rahbarini identifikatsiya qilishi va uning shaxsini tekshirish yuzasidan oʻrinli choralarni koʻrishi kerak.
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Oldingi tahrirga qarang.
271. Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalariga nisbatan ushbu Qoidalar bilan yuridik shaxslar uchun belgilangan talablar qoʻllaniladi.
272. Pochta aloqasi milliy operatorining chet eldagi shuʼba korxonalari va filiallari agarda ular joylashgan mamlakatning qonunchilik hujjatlarida pochta aloqasi milliy operatorining ichki qoidalariga nisbatan yengilroq ichki nazorat choralari belgilangan boʻlsa, ular jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda pochta aloqasi milliy operatorining ichki qoidalariga rioya qilishlari kerak.
(271 va 272-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
28. Foydalanuvchini va operatsiyaning boshqa ishtirokchilarini identifikatsiyalash imkonini beruvchi barcha hujjatlar ular taqdim etilgan sanada amalda (haqiqiy) boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Foydalanuvchi yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash bilan bir qatorda qonunchilik hujjatlariga muvofiq ular tomonidan taqdim etiladigan hujjatlardan foydalanib, ularning operatsiyalarni bajarish vakolatlari tekshiriladi.
(28-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
281. Pochta aloqasi milliy operatori foydalanuvchilardan olingan axborot (hujjatlar) ishonchliligiga shubhalar mavjud boʻlganda, ushbu axborotni (hujjatlarni) tekshirish (verifikatsiyalash) choralarni koʻrishlari lozim. Bunday holatlarda, pochta aloqasi milliy operatori tegishli tashkilotlarga foydalanuvchilar haqidagi axborotning (hujjatlarning) ishonchliligini (haqiqiyligini) aniqlashtirish uchun murojaat qilishga haqli.
(281-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
29. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish chora-tadbirlarining oʻtkazilishi talab qilinmaydi.
30. Pochta aloqasi xodimlari foydalanuvchi yoki benefitsiar mulkdorni lozim darajada tekshirish jarayonida ularning identifikatsiya maʼlumotlarini Roʻyxat bilan solishtirishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Foydalanuvchi, benefitsiar mulkdor yoki operatsiya ishtirokchilarining barcha identifikatsiya maʼlumotlari Roʻyxatga kiritilgan shaxs bilan toʻliq mos kelganligi aniqlangan holda, pochta aloqasi milliy operatori mazkur Qoidalarning 8-bobida belgilangan choralarni koʻrishi kerak.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Oldingi tahrirga qarang.
301. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish boʻyicha shubhali holat yuzaga kelgan hollarda va foydalanuvchini lozim darajada tekshirishni amalga oshirishga asoslangan ishonch boʻlsa, foydalanuvchiga axborotni oshkor qilishga olib kelishi, natijada pochta aloqasi operatori, provayderi foydalanuvchini lozim darajada tekshirmasligi mumkin, buning oʻrniga maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiya haqida xabar berishi lozim.
(301-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2021-yil 25-iyundagi 214-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 24-iyundagi 28-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3061-2, 26.06.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/3061-2/0599-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Pochta aloqasi milliy operatori quyidagi hollarda foydalanuvchiga operatsiyalarni amalga oshirishni rad etishi lozim:
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
foydalanuvchini lozim darajada tekshirish choralarini koʻllash imkoni boʻlmaganda;
identifikatsiyalashni tugatish imkoni boʻlmagan yoki lozim darajada tekshirish natijalari boʻyicha u bilan ishga oid munosabatlarni oʻrnatish maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatuvchi maʼlumotlar olingan holda;
yuridik shaxsning boshqaruv organi yoki yuridik shaxs nomidan ishonchnomasiz faoliyat koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻzining joylashgan joyi (pochta manzili) boʻyicha mavjud boʻlmaganida;
Oldingi tahrirga qarang.
atayin notoʻgʻri boʻlgan hujjatlar taqdim etilganda yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq soʻraladigan hujjatlar taqdim etilmaganda;
(31-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
(31-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunday hollarda pochta aloqasi milliy operatori maxsus vakolatli davlat organiga xabar yuborishi kerak.
(31-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
32. Barcha murakkab, gʻayrioddiy yirik operatsiyalar, aniq yoki oshkora iqtisodiy yoki qonuniy maqsadga ega boʻlmagan boshqa shubhali operatsiyalar boʻyicha lozim darajada tekshirish natijasida olingan maʼlumotlar qogʻozda qayd qilinadi yoki foydalanuvchilarni identifikatsiyalashni amalga oshiruvchi shaxslarga foydalanuvchi toʻgʻrisidagi axborotni tekshirish uchun doimiy rejimda tezkor foydalana olish imkonini beradigan elektron maʼlumotlar bazasiga kiritiladi.
4-bob. Tavakkalchilik darajasini aniqlash va baholash
Oldingi tahrirga qarang.
33. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni oʻrganishni, tahlil qilishni va aniqlashni pochta aloqasi milliy operatori oʻz faoliyatida tizimli ravishda, yiliga kamida bir marta amalga oshirishi, oʻrganish natijalarini hujjatlar bilan qayd etishi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir tegishli choralarni koʻrishi shart.
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Pochta aloqasi milliy operatori tavakkalchilik darajasi hamda uni pasaytirishning talab etiladigan darajasini aniqlashi, tavakkalchilik turi va darajasiga qarab tegishli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishi va amalga oshirishi kerak.
(33-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Tavakkalchilik darajasi mijozning faoliyati va amalga oshiradigan operatsiyalari turlarini inobatga olgan holda foydalanuvchi taqdim qilgan maʼlumotlar, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar va mijozni lozim darajada tekshirish natijalari asosida masʼul xodim tomonidan aniqlanadi va baholanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tavakkalchilikni baholash natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga taqdim etilishi kerak.
(33-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 7-iyundagi 250-mh-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 6-iyundagi 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-4, 22.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2023-y., 10/23/3061-4/0422-son)
34. Lozim darajada tekshirish jarayonida olingan axborot asosida, faoliyat turini va pul oʻtkazmalari bilan amalga oshiriladigan operatsiyani hisobga olgan holda foydalanuvchiga jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni bajarishning tegishli (yuqori yoki quyi) tavakkalchilik darajasi beriladi.
35. Yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga oldindan quyidagi mezonlarga toʻgʻri keladigan foydalanuvchilar kiritilishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
a) Roʻyxatga kiritilgan shaxslar yoxud Roʻyxatga kiritilgan shaxsning egaligi yoki nazoratidagi tashkilotlar yoxud Roʻyxatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoki uni nazorat qiluvchi shaxslar;
(35-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2021-yil 25-iyundagi 214-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 24-iyundagi 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-2, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/3061-2/0599-son)
b) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda yoxud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxslar;
v) chet el korxonalarining vakolatxonalari va Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari boʻlmagan jismoniy shaxslar;
g) offshor hududlarda hisobvaraqqa ega boʻlgan rezident va norezidentlar;
d) haqiqatda joylashgan joyi taʼsis hujjatlarida yoki roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiq boʻlmagan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
e) benefitsiar mulkdori mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatilgan shaxs hisoblangan tashkilotlar;
j) muntazam ravishda (uch oy ichida ketma-ket) shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan foydalanuvchilar;
Oldingi tahrirga qarang.
z) yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar;
(35-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2021-yil 25-iyundagi 214-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 24-iyundagi 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-2, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/3061-2/0599-son)
i) joʻnatuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlari (jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yuridik shaxslarning nomi, joʻnatuvchining joylashgan yeri (pochta manzili) va operatsiyaning xos raqami) toʻliq hajmda taqdim etilmagan pul mablagʻlarini oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalar;
Oldingi tahrirga qarang.
i1) yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi;
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) asosan “i1” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
k) ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa operatsiyalar.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Operatsiya yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kiritilgan taqdirda, pochta aloqasi milliy operatori ushbu foydalanuvchiga nisbatan lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarini koʻrishi va doimiy monitoring qilib borishi shart.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning xususiyati oʻzgarishiga qarab, pochta aloqasi milliy operator foydalanuvchini lozim darajada tekshirish natijalari boʻyicha toʻplangan maʼlumotlarni hisobga olgan holda tavakkalchilik xavfi darajasini qayta koʻrib chiqishi lozim
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Pochta aloqasi milliy operatori ichki qoidalarda belgilangan tartibda yuqori tavakkalchilik darajasi toifasiga kiritilgan barcha foydalanuvchilarning hisobini yuritishi kerak. Yuqori tavakkalchilik darajasi toifasiga kiritilgan barcha foydalanuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar maxsus jurnalga kiritiladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
39. Pochta aloqasi milliy operatori jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishining oldini olishga qaratilgan choralarni koʻrishi kerak. Ushbu maqsadda pochta aloqasi milliy operatori:
(39-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
yangi xizmat turlari va yangi ish amaliyoti ishlab chiqilishi;
yangi va mavjud xizmat turlari uchun yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanilishi sababli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchilik darajalarini aniqlashi va baholashi kerak.
Tavakkalchilikni bunday baholash yangi xizmat turlarini, ish amaliyotini tatbiq qilishdan yoki yangi yoxud rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanishdan avval oʻtkazilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, bunday tavakkalchilikni aniqlash va baholash pochta aloqasi milliy operatorining yangi xizmat turlarini (yangi texnologiyani) bevosita joriy qilayotgan boʻlinmasi tomonidan Ichki nazorat tizimi tuzilmasining masʼul xodimlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
(39-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Pochta aloqasi milliy operatorining mazkur boʻlinmasi va Ichki nazorat tizimi tuzilmasining masʼul xodimlari ushbu tavakkalchiliklarni monitoring qilish va kamaytirish uchun tegishli choralarni koʻrishlari lozim.
(39-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Koʻrilgan choralar natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumot pochta aloqasi milliy operatori rahbariga taqdim qilinishi kerak.
(39-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
5-bob. Shubhali operatsiyalar mezonlari va alomatlari
40. Quyidagi mezon va alomatlar mavjud boʻlganda operatsiya shubhali deb topiladi:
operatsiyani amalga oshirish uchun taqdim qilingan hujjatlarning haqiqiyligiga (ishonchliligiga) gumon tugʻilishi va (yoki) operatsiya toʻgʻrisidagi, shu jumladan, operatsiya bajaruvchi tomonlarning biri haqidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan maʼlumotlarga muvofiq kelmasligi;
operatsiya aniq iqtisodiy mohiyatga ega emasligi va foydalanuvchi faoliyatining tavsifi va faoliyat turiga muvofiq kelmasligi;
zarur hollarda soʻraladigan, shu jumladan ishonch bildirilgan shaxs toʻgʻrisida soʻraladigan (agar foydalanuvchi ishonch bildirilgan shaxs sifatida ish koʻrayotgan boʻlsa) maʼlumotlar foydalanuvchi tomonidan taqdim etilishining asossiz rad etilishi;
foydalanuvchiga nisbatan mazkur Qoidalarda koʻrsatilgan choralar asosli qoʻllanilayotganda, foydalanuvchi tashabbusi bilan darhol amaliy ish munosabatlarining toʻxtatilishi;
foydalanuvchining bajarilayotgan bitimga nisbatan maxfiylik masalalari yuzasidan ortiqcha tashvishlanishi;
Oldingi tahrirga qarang.
amalga oshirishning maqsadi qonunchilik hujjatlarida belgilangan nazorat jarayonlari bosh tortish deb taxmin qilishga asos boʻladigan operatsiyalarning koʻp marotaba bajarilishini aniqlashi;
(40-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
agar foydalanuvchi bir yoki 30 kalendar kuni davomida umumiy summasi bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobariga teng boʻlgan summadan oshadigan pul oʻtkazmalarini joʻnatsa yoki olsa;
(40-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 23-dekabrdagi 206-mh, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-1, 29.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2020-y., 10/20/3061-1/0130-son)
agar foydalanuvchi chalkash yoki gʻayrioddiy tavsifga ega boʻlgan pul oʻtkazmalarini joʻnatsa yoki olsa (bir yoki 30 kalendar kuni davomida turli manzillar boʻyicha umumiy summasidan qatʼi nazar 10 va undan ortiq pul oʻtkazmalarini joʻnatish);
agar pul oʻtkazmasini qandaydir sabablarga koʻra adresatga yoki joʻnatuvchiga topshirishning imkoniyati boʻlmasa;
identifikatsiyalashni yakunlashning imkoni boʻlmasligi yoki lozim darajada tekshirish natijalariga koʻra, foydalanuvchi bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatish maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatib turadigan maʼlumotlarning olinishi;
pul mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga offshor hududlarda doimiy yashovchi yoki roʻyxatga olingan shaxslarning foydasiga oʻtkazilishi;
agar foydalanuvchi yoki operatsiyaning ishtirokchilaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxs boʻlsa;
operatsiyalarni amalga oshirishda foydalanilgan pul mablagʻlari jinoiy kelib chiqishga egaligi toʻgʻrisidagi har qanday shubhalarning mavjudligi.
Oldingi tahrirga qarang.
401. Ichki qoidalar bilan shubhali operatsiyalarni qoʻshimcha mezonlari va alomatlari belgilanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Pochta aloqasi milliy operatori maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan va tavsiyaviy xarakterga ega boʻlgan uslubiy qoʻllanmalar asosida shubhali operatsiyalarni dastlabki aniqlash indikatorlari tizimini yoʻlga qoʻyishi mumkin.
(401-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
6-bob. Shubhali operatsiyalarni aniqlash
Oldingi tahrirga qarang.
41. Identifikatsiyalash jarayonida olingan maʼlumotlar, shuningdek, foydalanuvchi bilan ishlashga berilgan tavakkalchilik darajasi foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladigan (oshirilgan) operatsiyalarning foydalanuvchi faoliyatining asosiy yoʻnalishlariga muvofiqligiga ishonch hosil qilish uchun va zarur hollarda mablagʻlar manbalarini oʻrganish uchun monitoringa asos boʻlib hisoblanadi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2021-yil 25-iyundagi 214-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 24-iyundagi 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-2, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/3061-2/0599-son)
42. Foydalanuvchilarni identifikatsiyalash va ular operatsiyalarining joriy tekshiruvi lavozim majburiyatlariga muvofiq pochta aloqasi xodimi tomonidan oʻtkaziladi, u shubhali operatsiyalar alomatlari mavjud operatsiyalarni aniqlagan taqdirda bunday operatsiyalar haqida bevosita oʻz rahbariga va/yoki ichki nazorat xizmati tuzilmasining masʼul xodimiga zudlik bilan xabar berishi lozim.
43. Foydalanuvchi operatsiyalarining keyingi tekshiruvi masʼul xodim tomonidan joriy tekshiruv jarayonida aniqlanmaydigan shubhali operatsiyalarni aniqlash maqsadida, foydalanuvchining oʻtgan davr mobaynida bajargan operatsiyalarini tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.
44. Masʼul xodim foydalanuvchi va operatsiya haqidagi maʼlumotlarni oʻrganadi, tegishli axborotni maxsus jurnalga qayd etadi.
45. Asosli shubhalar mavjud boʻlgan taqdirda masʼul xodim foydalanuvchi operatsiyasini shubhali deb hisoblash toʻgʻrisida yozma qaror qabul qiladi.
46. Operatsiyaning shubhali deb topilishi har bir aniq holatda ushbu Qoidalarda belgilangan shubhalilik mezonlaridan foydalangan holda oʻtkaziladigan kompleks tahlil asosida, shuningdek foydalanuvchining shaxsi, pul oʻtkazmasining maqsadlari va miqdori bilan hamda shubhali operatsiyalarni toʻgʻri aniqlash uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa holatlar asosida aniqlanadigan tavakkalchilik xavfiga bogʻliq ravishda amalga oshiriladi.
47. Foydalanuvchi operatsiyasi shubhali deb tan olingandan soʻng masʼul xodim quyidagi choralarni koʻrishi kerak:
shubhali operatsiya toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berilishini taʼminlash;
foydalanuvchi toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumot olish;
foydalanuvchining tavakkalchilik darajasini qayta koʻrib chiqish;
foydalanuvchining operatsiyalari ustidan monitoringni kuchaytirish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlariga va foydalanuvchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq u bilan munosabatlarni toʻxtatish boʻyicha ichki nazorat tizimi tuzilmasining rahbariga taklif kiritish.
(47-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
48. Shubhali operatsiya haqidagi xabar pochta aloqasi milliy operatori tomonidan shubhali operatsiya aniqlangan kundan bir ish kunidan kechiktirmay, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq maʼlumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq maxsus vakolatli davlat organiga beriladi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Oldingi tahrirga qarang.
49. Pochta aloqasi milliy operatori tegishli operatsiyaning shubhali ekanligini tasdiqlovchi yoki shubhaliligini olib tashlovchi har qanday maʼlumotni darhol maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilishi zarur.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
7-bob. Terrorchilik faoliyati yoki ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishda qatnashayotgan yoki qatnashishda gumon qilinayotgan shaxslar ishtirokida amalga oshirilayotgan operatsiyalar
Oldingi tahrirga qarang.
50. Pochta aloqasi milliy operatori operatsiyalarni amalga oshirishda ular ishtirokchilarining identifikatsiya maʼlumotlarini Roʻyxat bilan solishtirishi shart.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Oldingi tahrirga qarang.
51. Operatsiyalar kechiktirilmasdan va oldindan xabar qilinmasdan toʻxtatilishi va pul mablagʻlarini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish lozim, agarda:
(51-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2021-yil 25-iyundagi 214-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 24-iyundagi 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-2, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/3061-2/0599-son)
foydalanuvchi yoki operatsiya qatnashchilaridan birining barcha identifikatsiya maʼlumotlari Roʻyxatga kiritilgan shaxsning maʼlumotlari bilan toʻliq mos kelsa;
foydalanuvchi Roʻyxatga kiritilgan shaxs nomidan yoki uning topshirigʻiga binoan faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa;
operatsiyani amalga oshirishda foydalanayotgan pul mablagʻlari toʻliq yoki qisman Roʻyxatga kiritilgan shaxsga tegishli boʻlsa;
foydalanuvchi — yuridik shaxs Roʻyxatga kiritilgan jismoniy yoki yuridik shaxsning mulkida yoki nazorat ostida boʻlsa.
Oldingi tahrirga qarang.
52. Roʻyxatga kiritilgan shaxsning operatsiyasi toʻxtatib turilganda va (yoki) pul mablagʻlari ishga solinmay toʻxtatib qoʻyilganda pochta aloqasi milliy operatori ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan pul mablagʻlarining miqdorini koʻrsatgan holda maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiya toʻgʻrisida uch soatdan kechiktirmay xabar yuborishi lozim.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
8-bob. Roʻyxatga kiritilgan shaxslar ishtirokidagi operatsiyalar aniqlanganda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
53. Agar foydalanuvchi bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatish davrida yoki pul oʻtkazmalarini joʻnatish va yetkazib berish (topshirish) operatsiyasini amalga oshirishda pochta aloqasi xodimlari tomonidan foydalanuvchi yoki operatsiya qatnashchilaridan birining barcha identifikatsiya maʼlumotlari Roʻyxatga kiritilgan shaxsning maʼlumotlari bilan toʻliq mos kelganligi aniqlangan taqdirda, ular bu haqda zudlik bilan va foydalanuvchini xabardor qilmasdan masʼul xodimga xabar berishlari kerak.
54. Oʻz navbatida masʼul xodim quyidagi chora-tadbirlarni koʻrishi lozim:
foydalanuvchi, foydalanuvchining benefitsiar mulkdori yoki operatsiya qatnashchilaridan birining shaxsini imkon darajasida batafsil identifikatsiyalash;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlari va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq ishga solmay toʻxtatib qoʻyish lozim boʻlgan operatsiya boʻyicha pul mablagʻlari bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyani aniqlash;
(54-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
operatsiya bajarilishini toʻxtatib turish (pul mablagʻlarini kirim qilish va ularni oʻtkazma hisobiga kiritish boʻyicha operatsiyalar bundan mustasno) va bunday operatsiya boʻyicha pul mablagʻlarini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisidagi farmoyishni tayyorlash va pochta aloqasining hududiy tashkiloti, pochta obyektining rahbariga imzo qoʻyish uchun kiritish;
operatsiya toʻxtatib turilgan kunning oʻzida ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan pul mablagʻlari summasini koʻrsatgan holda shubhali operatsiya toʻgʻrisidagi xabarni tayyorlash va uni maxsus vakolatli davlat organiga yuborish;
foydalanuvchi haqida qoʻshimcha maʼlumotlarni olish (ochiq maʼlumotlar bazasi orqali olish mumkin boʻlgan maʼlumotlar, shu jumladan faoliyat turi, aktivlari miqdori va shu kabilar);
foydalanuvchi pul mablagʻlarining manbasini yoki moliyaviy holatining manbasini, shu jumladan foydalanuvchidan axborot olish orqali aniqlash;
operatsiya haqidagi axborotni maxsus jurnalga kiritish.
Oldingi tahrirga qarang.
55. Pochta aloqasi milliy operatori faqat mazkur Qoidalarda koʻrsatilgan choralar qoʻllanilganidan soʻng, Roʻyxatga kiritilgan shaxsni uning operatsiyasi toʻxtatib turilganligi va (yoki) pul mablagʻlarini ishga solmay toʻxtatib qoʻyilganligi haqida xabardor qilishga haqli.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
56. Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarning pul oʻtkazmasi boʻyicha operatsiyalari toʻxtatib turilganda va pul mablagʻlari ishga solinmay toʻxtatib qoʻyilganda, yuqorida koʻrsatilgan pul mablagʻlari ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan pul mablagʻlaridan foydalanishga ruxsat berilgunga va toʻxtatib turilgan operatsiya tiklanishiga qadar “yoʻqlab olinadigan” maxsus depozit hisobvaragʻida saqlanadi.
57. Foydalanuvchining pul oʻtkazmasi operatsiyalari toʻxtatilganda foydalanuvchilarning pul oʻtkazmalari roʻyxatga olinadigan alohida jurnalda roʻyxatga olinishi, shuningdek operatsiya tiklanishiga qadar maxsus jildga joylashtirilishi lozim.
Operatsiyalari toʻxtatilgan foydalanuvchilarning pul oʻtkazmalarini roʻyxatga olish uchun alohida jurnalda toʻxtatilgan operatsiyani, shuningdek ushbu operatsiya ishtirokchilarini identifikatsiyalash imkonini beruvchi axborot qayd etib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
58. Pochta aloqasi milliy operatori faqat maxsus vakolatli davlat organidan quyidagilar toʻgʻrisida tegishli axborotni olgan holdagina ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan pul mablagʻlaridan foydalanishga ruxsat beradi va toʻxtatib turilgan operatsiya oʻtkazilishini tiklaydi:
(58-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
shaxs Roʻyxatdan chiqarib tashlangan boʻlsa. Bu holda belgilangan joyga pul mablagʻlarini oʻtkazish operatsiyasi yangilangan Roʻyxat kelib tushgan kundan uch kundan kechiktirmasdan amalga oshiriladi;
Roʻyxatga kiritilgan shaxs bilan bir xildagi identifikatsiya maʼlumotlariga ega boʻlgan shaxsga nisbatan “yanglishish holati”. Ushbu holda belgilangan joyga pul mablagʻlarini oʻtkazish operatsiyasi xabarnoma olingan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
59. Pochta aloqasi milliy operatori toʻxtatilgan operatsiyani oʻtkazishni tiklashni va ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkdan foydalanishga ruxsat berishni Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 3327, 2021-yil 19-oktabr) belgilangan tartibda amalga oshiradi.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9-bob. Maxsus vakolatli davlat organining soʻrovlarini va koʻrsatmalarini bajarish
(9-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2021-yil 25-iyundagi 214-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 24-iyundagi 28-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-2, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/3061-2/0599-son)
Oldingi tahrirga qarang.
60. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq maxsus vakolatli davlat organi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish choralarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni yozma ravishda soʻrashga va bepul olishga haqlidir, shu jumladan pochta aloqasi milliy operatorining avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari orqali olishga haqlidir.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Oldingi tahrirga qarang.
61. Pochta aloqasi milliy operatori maxsus vakolatli davlat organining yozma soʻrovlari boʻyicha qoʻshimcha axborotni taqdim etadi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Oldingi tahrirga qarang.
611. Pochta aloqasi milliy operatori maxsus vakolatli davlat organining koʻrsatmasiga asosan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish choralarini koʻrish maqsadida pul mablagʻlari bilan bogʻliq operatsiyalarni oʻz vaqtida va foydalanuvchini oldindan xabardor qilmasdan oʻttiz ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyishi shart.
(611-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Oldingi tahrirga qarang.
62. Maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar boʻyicha qonunchilik hujjatlariga va mazkur Qoidalarga muvofiq maxsus jurnalga yozgan holda quyidagilar rasmiylashtiriladi:
(62-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
operatsiya turi va uni amalga oshirish asoslari;
operatsiyani amalga oshirish sanasi va summasi;
operatsiyani amalga oshiruvchi foydalanuvchini identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
topshirigʻiga koʻra va nomidan operatsiyani bajarayotgan foydalanuvchini identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
ushbu shaxs nomidan operatsiyani amalga oshiruvchi foydalanuvchining vakilini (ishonchli vakilini) identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
pul mablagʻlari bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha oluvchi va uning vakilini identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar.
10-bob. Axborot va hujjatlarni rasmiylashtirish, saqlash, maxfiyligini taʼminlash
Oldingi tahrirga qarang.
63. Pochta aloqasi milliy operatori pul mablagʻlari bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish boʻyicha identifikatsiyalash maʼlumotlari hamda materiallarini, shu jumladan ish yozishmalarini va oʻtkazilgan har qanday tahlil natijalarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida, lekin operatsiya amalga oshirilganidan yoki foydalanuvchi bilan munosabatlar toʻxtatilganidan keyin besh yildan kam boʻlmagan muddatda saqlashi shart.
(63-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
64. Hujjatlarning elektron shakllari dasturiy usulda arxivlashtirilishi, elektron axborot tashuvchi uskunalarga yozib qoʻyilishi hamda masʼul shaxs tomonidan ularning roʻyxati bilan birgalikda yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi zarur.
Saqlash muddatlari tugashi bilan hujjatlar belgilangan tartibda pochta aloqasi obyektining arxiviga topshiriladi.
65. Pul oʻtkazmalari va foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirishga doir axborot, zarurat tugʻilgan taqdirda, operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash va axborotdan maxsus vakolatli davlat organi foydalanishi mumkin boʻlgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.
66. Foydalanuvchini lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash natijasida olingan maʼlumotlar, pochta aloqasi operatorlari, provayderlari foydalanuvchi tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishni amalga oshirish tavakkalchiligi yuqori deb baholagan taqdirda kamida bir yilda bir marotaba, boshqa hollarda kamida uch yilda bir marotaba va foydalanuvchi maʼlumotlarida oʻzgarishlar boʻlganda yangilanib borilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
67. Pochta aloqasi milliy operatori jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan axborotga kirish imkoniyatini cheklaydi, uning tarqalib ketmasligini taʼminlaydi hamda yuridik va jismoniy shaxslarga ularning operatsiyalari haqida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berilganligi toʻgʻrisida maʼlum qilish huquqiga ega emas.
Pochta aloqasi milliy operatori ichki nazorat vazifalarini bajarish jarayonida olingan axborotning uning xodimlari tomonidan oshkor qilinmasligini (yoki shaxsiy maqsadda yoxud uchinchi shaxslar manfaatlarida foydalanmasligini) taʼminlaydi.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
11-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
68. Pochta aloqasi milliy operatori ichki va tashqi vaziyatlarning oʻzgarishini inobatga olgan holda, ichki nazorat tizimini doimiy ravishda monitoring qiladi va samaradorligini baholab boradi, shuningdek samarali ishlashini taʼminlash uchun zaruratga qarab uni mustahkamlaydi.
Ichki nazorat tizimi samaradorligini monitoring qilish pochta aloqasi milliy operatorining ichki audit xizmati tomonidan ham olib borilishi mumkin.
(68-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Oldingi tahrirga qarang.
69. Pochta aloqasi milliy operatori tomonidan mazkur qoidalarga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat Inspeksiya, zarur hollarda maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Monitoring qilish davomida Inspeksiya tomonidan aniqlangan ichki nazorat tizimining kamchiliklari oʻz vaqtida pochta aloqasi milliy operatorining rahbariga maʼlum qilinadi. Bunday axborotni olgandan soʻng pochta aloqasi milliy operatorining rahbari aniqlangan kamchiliklarning oʻz vaqtida bartaraf qilinishini taʼminlashi lozim.
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Oldingi tahrirga qarang.
70. Mazkur Qoidalar, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha boshqa qonunchilik hujjatlari barcha masʼul xodimlar va pochta aloqasi xodimlariga yetkazilishi lozim.
(70-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
71. Pochta aloqasi milliy operatori, shu jumladan pochta aloqasi milliy operatorining rahbari, ichki nazorat tizimi tuzilmasining rahbari va masʼul xodimlari hamda pochta aloqasi ishchilari mazkur Qoidalarni buzganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312 –– 315-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
72. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi hollarini yashirishda, shuningdek mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(72-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1793-moddasi, Jinoyat kodeksining 243-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga
1-ILOVA
1-ILOVA
(1-ilovaning ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 23-dekabrdagi 206-mh, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-1, 29.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2020-y., 10/20/3061-1/0130-son)
Jismoniy shaxslarni identifikatsiyalashda zarur boʻladigan
MAʼLUMOTLAR
1. Familiyasi, ismi va otasining ismi.
2. Tugʻilgan sanasi va joyi.
3. Fuqaroligi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Yashash joyi va (yoki) turgan joyi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 24-fevraldagi 290-mh-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 20-fevraldagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-6, 13.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2026-y., 10/26/3061-6/0234-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud ularning oʻrnini bosadigan hujjat rekvizitlari: hujjat seriyasi va raqami, hujjat berilgan sana, hujjatni bergan organ nomi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022-yil 2-iyundagi 225-mh-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 25-maydagi 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-3, 10.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 10/22/3061-3/0514-son)
6. Telefon raqami (agar mavjud boʻlsa).
Oldingi tahrirga qarang.
Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga
2-ILOVA
2-ILOVA
(2-ilovaning ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 23-dekabrdagi 206-mh, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-1, 29.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2020-y., 10/20/3061-1/0130-son)
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni identifikatsiyalashda zarur boʻladigan
MAʼLUMOTLAR
1. Yuridik shaxslarni identifikatsiyalashda zarur boʻladigan maʼlumotlar:
a) toʻliq, shuningdek agar davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan boʻlsa, qisqartirilgan nomi;
b) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot (sana, raqam, roʻyxatga oluvchi organ nomi);
v) soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
g) joylashgan yeri (pochta manzili);
d) imzo huquqiga ega boʻlgan jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxs nomidan ish koʻruvchi jismoniy shaxsning identifikatsiyasi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
e) yuridik shaxs taʼsischilari (yirik aksiyadorlari, ishtirokchilari) haqidagi hamda foydalanuvchining ustav fondidagi (kapitalidagi) ularning ulushlari toʻgʻrisida maʼlumotlar;
j) roʻyxatga olingan va toʻlangan ustav fondi (kapitali) miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
z) yuridik shaxs boshqaruv organlari (yuridik shaxsning boshqaruv organlarining tuzilmasi va shaxsiy tarkibi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
i) telefon raqamlari.
2. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni identifikatsiyalashda zarur boʻladigan maʼlumotlar:
Oldingi tahrirga qarang.
a) pochta aloqasi milliy operatori uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarining 1-ilovasida koʻzda tutilgan maʼlumotlar;
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 8-iyuldagi 268-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2024-yil 1-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3061-5, 09.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son)
b) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot (sana, raqam, roʻyxatga oluvchi organ nomi);
v) faoliyat amalga oshiriladigan joy;
g) telefon raqamlari.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 5-iyuldagi 176-mh 28-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 10-8/4270, 33-09-son “Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2032, 2009-yil 3-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 45-son, 490-modda).
2. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 3-noyabrdagi 10-8/4227, 31-son “Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2032-1, 2010-yil 1-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 48-son, 450-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 24-iyundagi 34-mh, 14-son “Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2032-2, 2013-yil 12-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 28-son, 371-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 14-apreldagi 107-mh, 12-son “Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2032-3, 2015-yil 20-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 16-son, 200-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2018-y., 10/18/3061/1807-son; 29.01.2020-y., 10/20/3061-1/0130-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/3061-2/0599-son, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 10.06.2022-y., 10/22/3061-3/0514-son; 23.06.2023-y., 10/23/3061-4/0422-son; 12.08.2024-y., 10/24/3061-5/0603-son; 14.03.2026-y., 10/26/3061-6/0234-son; 26.05.2026-y., 10/26/3061-7/0535-son)