Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.11.2018
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURATURASI HUZURIDAGI SOLIQ, VALYUTAGA OID JINOYATLARGA VA JINOIY DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA QARShI KURAShISh DEPARTAMENTI
Qarori
POChTA ALOQASI OPERATORLARI, PROVAYDERLARI UChUN JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA VA TERRORIZMNI MOLIYALAShTIRIShGA QARShI KURAShISh BOʻYIChA IChKI NAZORAT QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 3-noyabrda 2032-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 5-iyuldagi 176-mh 28-sonli “Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3061, 28.08.2018-y.) asosan 2018-yil 30-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi).
Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 4-son, 139-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-331-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 18-son, 147-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 215-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 19-son, 220-modda) muvofiq Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladilar:
1. Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2009-yil 13-oktabr,
10-8/4270-son
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi Z. DOʻSANOV
Toshkent sh.,
2009-yil 13-oktabr,
33-09-son
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 10-8/4270,3-09-son qaroriga
ILOVA
Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat
QOIDALARI
Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 43-son, 451-modda) muvofiq pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalarini qabul qilish va yetkazib berish (topshirish)da pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
benefitsiar mulkdor — pirovard natijada mulk huquqiga ega boʻlgan yoki pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchini aniq nazorat qiladigan jismoniy shaxs, shu jumladan, uning manfaatlari yoʻlida pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalari bilan bogʻliq operatsiya amalga oshirilayotgan yuridik shaxs;
ichki nazorat — pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalarini qabul qilish va yetkazib berish (topshirish)ni amalga oshiruvchi pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlarining maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni aniqlashga doir faoliyatidir;
identifikatsiyalash — foydalanuvchilarning lozim darajadagi tekshiruvini amalga oshirish maqsadida ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida foydalanuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan aniqlanishi;
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar — ichki nazoratni oʻtkazish davomida pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan shubhali deb topilgan, sodir etilayotgan va tayyorlanayotgan pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalari bilan operatsiyalar;
shubhali operatsiya — pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalari bilan bogʻliq, tayyorlash, sodir etish jarayonida boʻlgan yoki sodir etib boʻlingan, mazkur Qoidalarni amalga oshirishda pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi toʻgʻrisida shubha paydo boʻlgan operatsiya;
pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchi (bundan keyin — foydalanuvchi) — pochta aloqasi xizmatlarining isteʼmolchisi hisoblanadigan yuridik yoki jismoniy shaxs;
pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmasi (bundan keyin — pul oʻtkazmasi) — pochta aloqasi operatori yoki provayderining pochta aloqasi va telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda pul mablagʻlarini joʻnatish va yetkazib berish (topshirish) boʻyicha xizmati;
maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti nomidan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boshqarmasi (bundan keyingi oʻrinlarda Departament deb yuritiladi).
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar — jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tugʻdiruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar;
pochta aloqasi obyekti — pochta aloqasi operatorlarining alohida boʻlinmalari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari, boʻlimlari, punktlari, shuningdek boshqa boʻlinmalar);
offshor hudud — imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi maʼlumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni koʻzda tutuvchi davlatlar va hududlar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 24-iyundagi 34-mh, 14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2032-2, 12.07.2013-y.) asosan oʻninchi — oʻn ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 28-son, 371-modda)
2. Ichki nazoratni amalga oshirish maqsadi quyidagilar hisoblanadi:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qaratilgan pul oʻtkazmalari bilan bogʻliq operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;
pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlarining qasddan yoki qasddan boʻlmagan jinoiy faoliyatga jalb qilinishiga yoʻl qoʻymaslik;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha qonun hujjatlari talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 24-iyundagi 34-mh, 14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2032-2, 12.07.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 28-son, 371-modda)
3. Ichki nazoratni amalga oshirishda pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish xavfi darajasini aniqlash va baholash, shuningdek ularni kamaytirish boʻyicha choralar koʻrish;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 24-iyundagi 34-mh, 14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2032-2, 12.07.2013-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 28-son, 371-modda)
qonun hujjatlari hamda ushbu Qoidalarga muvofiq foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish choralarini amalga oshirish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 24-iyundagi 34-mh, 14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2032-2, 12.07.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 28-son, 371-modda)
benefitsiar mulkdorlarni, shuningdek, operatsiyalarni bajarishda foydalaniladigan pul mablagʻlarining kelib chiqish manbalarini aniqlash va oʻrganish;
ushbu Qoidalarning 20-bandida belgilangan mezonlar asosida shubhali operatsiyalarni aniqlash;
ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan va xabar qilinishi lozim boʻlgan shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotlar (hujjatlar)ni Departamentga oʻz vaqtida taqdim etish;
alohida hollarda xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni bu operatsiya bajarilishi lozim boʻlgan sanadan eʼtiboran uch ish kuniga toʻxtatib turish hamda bunday operatsiya haqida operatsiya toʻxtatib turilgan kunning oʻzida Departamentni xabardor etish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash;
pul oʻtkazmalari bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotning, shuningdek, identifikatsiyalash maʼlumotlari va foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida saqlanishini taʼminlash;
shubhali operatsiyalarning amalga oshirilishi yoki amalga oshirishga urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan foydalanuvchilar bilan bogʻliq shaxslar (rahbarlar, taʼsischilar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq bunday axborot bilan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning oʻzaro almashinuvi;
soʻrovnoma boʻyicha mijozlar bazasidan terrorchilik faoliyatini moliyalashtirish bilan bogʻliq boʻlgan shaxslarni aniqlash.
II. Ichki nazorat tizimini tashkil etish
4. Pochta aloqasining operatorlari, provaydyerlari ichki nazoratni tashkil etish, mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun tarkibiy boʻlinmani shakllantirish yoki masʼul shaxslarni belgilashga javobgar boʻladilar.
Mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun masʼul shaxslarga taqdim etiladigan malaka talablari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlarining talablarini hisobga olgan holda tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi.
Mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun masʼul shaxs pochta aloqasi operatori, provayderining buyrugʻi bilan rahbarlik lavozimini egallagan xodimlar orasidan tayinlanadi.
Mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun masʼul shaxs quyidagilarga majburdir:
pochta aloqasi sohasidagi qonun hujjatlarini, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan qabul qilingan normativ hujjatlar, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini bilishga;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 14-apreldagi 107-mh, 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2032-3, 20.04.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 16-son, 200-modda)
pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalari toʻgʻrisidagi bilimlarga ega boʻlishga, shuningdek, maxsus kurslarda malakani muntazam oshirishga.
Mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun masʼul etib oʻz faoliyatida va axloqida ishonib topshirilgan boʻlinmani notoʻgʻri boshqargani yoki ishni vijdonan yuritmaganini namoyon etgan, shuningdek, iqtisodiyot sohasidagi jinoyati uchun ilgari sud tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar tayinlanishi mumkin emas.
Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari boʻlinmalari xodimlarining mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun masʼul shaxs bilan oʻzaro munosabat tartibi pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlarining ichki hujjatlari bilan belgilanadi.
(4-band Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 3-noyabrdagi 10-8/4227, 31-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2032-1, 01.12.2010-y.) muvofiq uchinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 48-son, 450-modda)
5. Ichki nazorat tizimi pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan ularning faoliyat koʻrsatish xususiyatlari, faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, foydalanuvchilar va ularning operatsiyalari bilan bogʻliq tavakkalchilik xavfi darajasini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
6. Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari har yili 15-yanvargacha mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun masʼul shaxslar roʻyxatini ularning soʻrovnoma maʼlumotlarini ilova qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasiga (bundan buyon matnda Inspeksiya deb yuritiladi) taqdim etadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 14-apreldagi 107-mh, 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2032-3, 20.04.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 16-son, 200-modda)
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlar har chorakda Inspeksiyaga chorak yakunidan keyingi oyning 5-sanasigacha taqdim etiladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 24-iyundagi 34-mh, 14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2032-2, 12.07.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 28-son, 371-modda)
7. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun masʼul shaxslar quyidagi funksiyalarni bajaradilar:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish xavflarini aniqlash, baho berish, nazorat qilish, boshqarish va ularning darajasini pasaytirish tadbirlarini amalga oshiradilar;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 24-iyundagi 34-mh, 14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2032-2, 12.07.2013-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 28-son, 371-modda)
mazkur Qoidalarga muvofiq ichki nazorat va foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish protseduralarini joriy etish va amalga oshirishni tashkil etadilar;
xatarlarni baholash tahlili asosida ichki nazoratni amalga oshirish boʻyicha tadbirlar dasturlarini ishlab chiqadilar va tasdiqlash uchun rahbariyatga kiritadilar (tasdiqlaydilar);
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 24-iyundagi 34-mh, 14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2032-2, 12.07.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 28-son, 371-modda)
mazkur Qoidalar va ichki nazorat dasturlarini amalga oshirish natijalari toʻgʻrisidagi hisobotni tashkilot rahbariga belgilangan (yilda bir martadan kam boʻlmagan) muddatlarda taqdim etadilar;
foydalanuvchilarning ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalari yoki xatti-harakatlari toʻgʻrisidagi xabarlarning oʻz vaqtida Departamentga yuborilishini, shuningdek, Departamentning qoʻshimcha axborot taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrovlarini bajarilishini taʼminlaydilar;
mazkur Qoidalar va ichki nazoratni amalga oshirish boʻyicha tadbirlar dasturlarini amalga oshirish jarayonining maxfiyligini taʼminlaydilar;
(7-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 24-iyundagi 34-mh, 14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2032-2, 12.07.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 28-son, 371-modda)
ichki nazoratni tashkil etish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari hamda mazkur Qoidalar talablarini buzish holatlarining oldini olish va bartaraf etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Inspeksiya va Departamentning masʼul shaxslari bilan hamkorlikni amalga oshiradilar.
(7-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 14-apreldagi 107-mh, 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2032-3, 20.04.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 16-son, 200-modda)
8. Mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun masʼul shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
oʻz tashkilotlari xodimlaridan ichki nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tashkiliy-boshqaruv, buxgalterlik va boshqa hujjatlarni talab qilish;
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida olingan hujjatlardan nusxa koʻchirish, tashkilotning elektron maʼlumotlar bazalari, mahalliy hisoblash tarmoqlari va avtomatlashtirilgan kompyuter tizimlarida saqlanadigan fayllar va boshqa yozuvlar nusxalarini olish;
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyaga nisbatan keyingi xatti-harakatlar (shu jumladan, foydalanuvchi yoki operatsiya toʻgʻrisidagi qoʻshimcha axborotni olish yoki mavjud axborotni tekshirish maqsadida operatsiya oʻtkazilishini toʻxtatib turish) boʻyicha rahbariyatga takliflar kiritish.
Mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun masʼul shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
9. Mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun masʼul shaxslar quyidagi majburiyatlarga ega:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga oid xatarlarni aniqlash va baholash, ularni rasmiylashtirish va kamaytirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish;
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 24-iyundagi 34-mh, 14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2032-2, 12.07.2013-y.) asosan ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 28-son, 371-modda)
foydalanuvchilarning lozim darajada tekshiruvini va identifikatsiyalanishini amalga oshirish;
benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash boʻyicha choralarni koʻrish;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 3-noyabrdagi 10-8/4227, 31-sonli qarori (roʻyxat raqami 2032-1, 01.12.2010-y.) bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 48-son, 450-modda)
shubhali operatsiyalarni aniqlaganda, belgilangan tartibda Departamentga maʼlumot berish;
olingan axborotning maxfiyligiga rioya qilish;
ichki nazoratni amalga oshirish davomida olingan hujjatlarni saqlanishi va qaytarilishini taʼminlash;
foydalanuvchilardan amaliy ish munosabatlarining maqsadi va koʻzlangan xususiyati, shuningdek, zarur holatlarda pul mablagʻlarining kelib chiqish manbai toʻgʻrisidagi axborotni soʻrash;
(9-band Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 3-noyabrdagi 10-8/4227, 31-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2032-1, 01.12.2010-y.) muvofiq yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 48-son, 450-modda)
lozim darajada tekshirish materiallariga qoʻshib qoʻyiladigan yaqqol iqtisodiy mohiyatga ega boʻlmagan, foydalanuvchining taʼsis hujjatlarida yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomasida nazarda tutilgan maqsad va faoliyat turlariga toʻgʻri kelmaydigan barcha operatsiyalar boʻyicha lozim darajada tekshirish natijalari va xulosalarini yozma ravishda qayd etish;
(9-band Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 3-noyabrdagi 10-8/4227, 31-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2032-1, 01.12.2010-y.) muvofiq sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 48-son, 450-modda)
identifikatsiyalashni yakunlash imkoni boʻlmaganda yoki lozim darajada tekshirish natijalariga koʻra, u bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatish maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatib turadigan maʼlumotlar olinganda, pul oʻtkazmalarini amalga oshirishda foydalanuvchiga rad javobini berish.
(9-band Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 3-noyabrdagi 10-8/4227, 31-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2032-1, 01.12.2010-y.) muvofiq toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 48-son, 450-modda)
mazkur Qoidalarning 22-bandida qayd etilgan alohida hollarda Departamentga xabar berilishi lozim boʻlgan operatsiyalarni toʻxtatish;
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 24-iyundagi 34-mh, 14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2032-2, 12.07.2013-y.) asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 28-son, 371-modda)
foydalanuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni boshqa pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlarining mazkur Qoidalarga rioya qilish uchun masʼul boʻlgan shaxslari bilan almashish;
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 24-iyundagi 34-mh, 14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2032-2, 12.07.2013-y.) asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 28-son, 371-modda)
Mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun masʼul shaxslar zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
10. Soʻnggi yangiliklarga, jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning va terrorizmni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yoʻnalishlari haqidagi axborotga ega boʻlishlarini taʼminlash hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonun hujjatlari va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish maqsadida pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishuv boʻyicha mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun masʼul shaxslarni doimiy ravishda qayta tayyorgarlikdan oʻtkazishlari shart.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 14-apreldagi 107-mh, 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2032-3, 20.04.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 16-son, 200-modda)
11. Lozim darajada tekshirish jarayonida olingan maʼlumotlar asosida, faoliyat turi va pul mablagʻlari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni inobatga olgan holda, foydalanuvchiga jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalar amalga oshirilishining tegishli tavakkalchilik xavfi darajasi (yuqori yoki past) belgilanadi.
Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari avvaldan quyidagi mezonlarga javob beradigan foydalanuvchilarni yuqori darajadagi xatar toifasiga kiritishi va ularga nisbatan kuchaytirilgan eʼtibor qaratishi lozim:
ularga nisbatan terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotganligi yoxud terrorchilik faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslarning nazorati ostida ekanligi yoxud terrorchilik faoliyati bilan shugʻullanayotgan yoki shugʻullanishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori ekanligi yoxud uni nazorat qilayotgan shaxs ekanligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlgan shaxslar;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda yoxud offshor hududlarda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxslar;
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 24-iyundagi 34-mh, 14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2032-2, 12.07.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 28-son, 371-modda)
offshor hududlarda hisobvaraqqa ega boʻlgan rezident va norezidentlar;
haqiqatda joylashgan joyi taʼsis yoki roʻyxatga olish hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiq boʻlmagan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
faoliyat davri moliyaviy yilning bir choragidan oshmagan tashkilot va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
haqiqiy mulkdori mazkur bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxslar hisoblangan tashkilotlar;
muntazam ravishda (uch oy davomida ketma-ket ikki martadan koʻp) shubhali operatsiyalarni amalga oshiruvchi foydalanuvchilar.
Tavakkalchilik xavfining yuqori darajasini belgilashda pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari foydalanuvchini lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan choralarini koʻrishi va ular tomonidan sodir etilayotgan operatsiyalarning doimiy monitoringini amalga oshirishi shart.
Agar foydalanuvchi yuqori darajadagi tavakkalchilik xavfi bilan bogʻliq boʻlmasa, u holda bunday foydalanuvchilar past darajadagi tavakkalchilik xavfi toifasiga kiritiladi.
Foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning xususiyati oʻzgarishiga qarab, pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari foydalanuvchini tegishlicha tekshirish natijalari boʻyicha toʻplangan maʼlumotlarni hisobga olgan holda tavakkalchilik xavfi darajasini qayta koʻrib chiqishi lozim.
(11-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 24-iyundagi 34-mh, 14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2032-2, 12.07.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 28-son, 371-modda)
111. Foydalanuvchini tegishlicha tekshiruvdan oʻtkazilishining kuchaytirilgan choralariga quyidagilar kiradi:
foydalanuvchi haqida qoʻshimcha maʼlumotlar (faoliyat turi, aktivlarining miqdori, ochiq maʼlumotlar bazalari, jumladan Internet tarmogʻi yoki boshqa manbaalar orqali olinishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumot) olish va foydalanuvchi yoki benefitsiar mulkdor haqidagi maʼlumotlarni tez-tez yangilab borish;
yuboruvchidan pul mablagʻlari manbalari yoki foydalanuvchining moliyaviy holati haqida maʼlumot olish;
pul oʻtkazmalari boʻyicha rejalashtirilgan yoki oʻtkazilgan operatsiyalar boʻyicha maʼlumotlar olish;
pul oʻtkazmasi operatsiyasini amalga oshirish uchun pochta aloqasi obyekti rahbaridan ruxsat olish;
pochta oʻtkazmalarining kuchaytirilgan monitoringini amalga oshirish.
(111-band Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 24-iyundagi 34-mh, 14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2032-2, 12.07.2013-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 28-son, 371-modda)
III. Foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish
12. Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari quyidagi hollarda foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish choralarini koʻradilar:
foydalanuvchilar bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatishda;
(12-band Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 3-noyabrdagi 10-8/4227, 31-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2032-1, 01.12.2010-y.) muvofiq ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 48-son, 450-modda)
pul oʻtkazmalarini qabul qilish va yetkazib berish (topshirish) boʻyicha xizmatlarni koʻrsatishda;
olib borilayotgan operatsiyalarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadlariga aloqador ekanligiga har qanday shubhalar mavjud boʻlganda;
identifikatsiyalash uchun avval olingan maʼlumotlarning haqiqiyligi va ishonchliligiga shubha mavjud boʻlganda.
13. Foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish xizmatlar koʻrsatishning barcha bosqichlarida amalga oshirilishi shart.
Foydalanuvchini yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash bilan bir qatorda qonun hujjatlariga muvofiq ular tomonidan taqdim etiladigan hujjatlardan foydalangan holda ularning operatsiyalarni amalga oshirishga boʻlgan vakolatlari tekshirilishi shart.
14. Foydalanuvchi operatsiyalarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi topshiriq bilan bir yoki bir necha marotaba murojaat qilganda pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari quyidagilarni bajarishga majbur:
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 24-iyundagi 34-mh, 14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2032-2, 12.07.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 28-son, 371-modda)
mazkur Qoidalar yoki boshqa qonun hujjatlarining talablariga muvofiq operatsiya boʻyicha foydalanuvchini yoki naf oluvchini identifikatsiyalash;
foydalanuvchining avvalgi hisobot davri (oy, chorak, yarim yil, yil) mobaynida amalga oshirgan operatsiyalarini, agar bunday operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlsa, oʻrganib chiqish;
operatsiyaning turini va uning foydalanuvchi — yuridik shaxsning taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan faoliyati maqsadi va turlariga muvofiqlik darajasini aniqlash;
operatsiya turini hamda uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan foydalanuvchi — jismoniy shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomasida koʻrsatilgan faoliyat turiga muvofiqlik darajasini aniqlash.
xalqaro pul oʻtkazmalari bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarda yuboruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yuridik shaxslarning toʻliq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) va yuboruvchining bank hisobvaragʻi) taqdim etilmaganda yoki toʻliq hajmda taqdim etilmaganda, ularga alohida eʼtibor berish va sinchiklab tahlil qilish.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 24-iyundagi 34-mh, 14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2032-2, 12.07.2013-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 28-son, 371-modda)
15. Foydalanuvchi — jismoniy shaxsni identifikatsiyalash shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki unga tenglashtirilgan hujjat) asosida amalga oshiriladi.
Agar jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor boʻlsa, uning davlat roʻyxatiga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi ham oʻrganilishi kerak.
16. Foydalanuvchi — yuridik shaxsni identifikatsiyalashda zarur hollarda pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari davlat roʻyxatiga olinganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarni, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi, rahbarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek, taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarni tekshirishlari kerak.
17. Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari foydalanuvchi tomonidan taqdim etiladigan axborotni:
davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olingan foydalanuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanish;
foydalanuvchining pochta aloqasining boshqa operatorlari, provaydyerlari bilan oʻzaro munosabatlarini oʻrganish orqali tekshirishga majbur.
(17-band Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 3-noyabrdagi 10-8/4227, 31-sonli qarori (roʻyxat raqami 2032-1, 01.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 48-son, 450-modda)
18. Yuridik va jismoniy shaxslarni identifikatsiyalash jarayonida pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash boʻyicha, shu jumladan, foydalanuvchi mol-mulkining tuzilishini oʻrganish yoʻli bilan, asoslangan va mumkin boʻlgan chora-tadbirlarni qoʻllashi lozim.
19. Pochta aloqasi operatori, provayderi foydalanuvchilar tomonidan identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, ularga operatsiyalarni amalga oshirishda rad javobini beradi.
191. Foydalanuvchi va benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalashda pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari olingan axborotni ushbu Qoidalarning 22-bandida keltirilgan shaxslar roʻyxati bilan taqqoslashi lozim.
(191-band Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 3-noyabrdagi 10-8/4227, 31-sonli qarori (roʻyxat raqami 2032-1, 01.12.2010-y.) bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 48-son, 450-modda)
192. Pul oʻtkazmalari bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar zarurat tugʻilganda operatsiyaning barcha tafsilotlarini qayta tiklash mumkin boʻlgan tarzda rasmiylashtirilishi kerak.
(192-band Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 3-noyabrdagi 10-8/4227, 31-sonli qarori (roʻyxat raqami 2032-1, 01.12.2010-y.) bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 48-son, 450-modda)
193. Barcha murakkab, gʻayrioddiy yirik miqdordagi operatsiyalar yoxud iqtisodiy yoki qonuniy maqsadsizligi aniq yoxud koʻrinib turgan boshqa shubhali operatsiyalar boʻyicha lozim darajada tekshirish natijasida olingan maʼlumotlar qogʻoz koʻrinishdagi tashuvchilarda qayd qilinadi yoki foydalanuvchilarni identifikatsiyalashni amalga oshiruvchi shaxslarga foydalanuvchi toʻgʻrisidagi axborotni tekshirish uchun doimiy rejimda tezkor foydalanish imkonini beradigan maʼlumotlarning elektron bazasiga kiritiladi.
(193-band Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 3-noyabrdagi 10-8/4227, 31-sonli qarori (roʻyxat raqami 2032-1, 01.12.2010-y.) bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 48-son, 450-modda)
194. Foydalanuvchini lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash natijasida olingan maʼlumotlar pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan har yili yangilanib borilishi kerak.
(194-band Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 3-noyabrdagi 10-8/4227, 31-sonli qarori (roʻyxat raqami 2032-1, 01.12.2010-y.) bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 48-son, 450-modda)
IV. Shubhali operatsiyalarni aniqlash mezonlari va tartibi
20. Pul mablagʻlarini qabul qilish, oʻtkazish va toʻlash boʻyicha operatsiya quyidagi hollarda shubhali deb topilishi mumkin:
zarurat tufayli soʻralayotgan, shu jumladan ishonch bildiruvchi shaxs (agar foydalanuvchi ishonchli vakil sifatida ishtirok etsa) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning foydalanuvchi tomonidan taqdim etilishining asossiz rad etilishi (qonun hujjatlarida belgilangan holatlardan tashqari);
foydalanuvchining amalga oshiriladigan bitimga nisbatan maxfiylik masalalari bilan ortiqcha tashvishlanishi;
operatsiyani amalga oshirishda foydalanuvchi talabi bilan qilinayotgan asoslanmagan shoshma-shosharlik;
amalga oshirishning maqsadi qonun hujjatlarida oʻrnatilgan nazorat jarayonlari bosh tortish deb taxmin qilishga asos boʻladigan operatsiyalarning koʻp marotaba bajarilishini aniqlash;
agar foydalanuvchi bir yoki 30 kalendar kuni davomida umumiy summasi eng kam ish haqi miqdorining 1000 barobariga teng boʻlgan summadan oshadigan pul oʻtkazmalarini joʻnatsa yoki olsa;
agar foydalanuvchi chalkash yoki gʻayrioddiy xaraktyerga ega boʻlgan pul oʻtkazmalarini joʻnatayotgan yoki olayotgan boʻlsa (umumiy summasiga bogʻliq boʻlmagan holda bir yoki 30 kalendar kuni davomida 10 va undan ortiq pul oʻtkazmalarini turli manzillar boʻyicha joʻnatish);
agar pul oʻtkazmasini qandaydir sabablarga koʻra adresatga yoki joʻnatuvchiga topshirishning imkoniyati boʻlmasa;
agar foydalanuvchi — yuridik shaxs oʻzaro hisob-kitoblarni naqd pul mablagʻlari bilan oʻtkazishni talab qilsa;
agar foydalanuvchi yoki operatsiya ishtirokchilaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxs boʻlsa;
identifikatsiyalashni yakunlashning imkoni boʻlmasligi yoki lozim darajada tekshirish natijalariga koʻra, foydalanuvchi bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatish maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatib turadigan maʼlumotlarning olinishi;
(20-band Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 3-noyabrdagi 10-8/4227, 31-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2032-1, 01.12.2010-y.) muvofiq oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 48-son, 450-modda)
operatsiyalarni amalga oshirishda foydalanilgan pul mablagʻlari jinoiy kelib chiqishga egaligi toʻgʻrisidagi har qanday shubhalarning mavjudligi.
21. Operatsiyaning shubhali deb topilishi har bir aniq holatda ushbu Qoidalarda oʻrnatilgan shubhalilik mezonlaridan foydalangan holda oʻtkaziladigan kompleks tahlil asosida, shuningdek, foydalanuvchining shaxsi, pul oʻtkazmasining maqsadlari va miqdori bilan hamda shubhali operatsiyalarni toʻgʻri aniqlash uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa holatlar asosida aniqlanadigan tavakkalchilik xavfiga bogʻliq ravishda amalga oshiriladi.
22. Pul oʻtkazmalari bilan bajariladigan har qanday operatsiya, bu operatsiyaning taraflaridan biri:
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
terrorchilikni amalga oshirayotgan yoki amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs ekanligi haqida belgilangan tartibda olingan axborot mavjud boʻlsa, Departamentga xabar qilinishi lozim.
Bunday hollarda pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari pul oʻtkazmalari bilan bogʻliq operatsiyalarni bu operatsiya bajarilishi lozim boʻlgan sanadan eʼtiboran uch ish kuniga toʻxtatib turish hamda bunday operatsiya haqida operatsiya toʻxtatib turilgan kunning oʻzida Departamentni xabardor qilishga majburdirlar. Pul oʻtkazmalari bilan bogʻliq operatsiyani toʻxtatib turish toʻgʻrisida Departamentning koʻrsatmasi boʻlmasa, koʻrsatilgan muddat oʻtgach, pochta aloqasi operatori, provayderi toʻxtatib turilgan operatsiyani bajarishga kirishadi.
23. Foydalanuvchi operatsiyasi shubhali deb topilganidan keyin mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun masʼul shaxs foydalanuvchiga nisbatan koʻriladigan keyingi harakatlar toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, shu jumladan:
shubhali operatsiya toʻgʻrisida Departamentga xabar qilish;
tegishlicha tekshirish boʻyicha kuchaytirilgan choralarni koʻrish;
(23-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 24-iyundagi 34-mh, 14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2032-2, 12.07.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 28-son, 371-modda)
qonun hujjatlariga yoki foydalanuvchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq u bilan munosabatlarni toʻxtatish.
24. Shubhali operatsiyalar haqidagi maʼlumotlar pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan Departamentga shubhali operatsiyalar deb topilgan paytdan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan shaklda beriladi.
Shubhali operatsiyaga nisbatan har bir xabar toʻgʻrisidagi axborot mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun masʼul shaxs tomonidan qogʻoz va (yoki) elektron koʻrinishda yuritiladigan maxsus daftarga kiritiladi.
25. Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari, shuningdek, tegishli operatsiyaga nisbatan shubhalarni tasdiqlashi yoki olib tashlovchi har qanday axborotni darhol Departamentga xabar berishi zarur.
V. Ichki nazoratni amalga oshirish natijasida olingan axborot va hujjatlarni rasmiylashtirish, topshirish, saqlash, maxfiyligini taʼminlash
26. Qonun hujjatlari va ushbu Qoidalarga muvofiq Departamentga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar boʻyicha quyidagilar hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi:
operatsiya turi va uni bajarish asoslari;
operatsiyani bajarish sanasi va qanday summaga bajarilganligi;
operatsiyani bajarayotgan foydalanuvchini identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
topshirigʻiga koʻra va nomidan operatsiyani bajarayotgan foydalanuvchini identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
foydalanuvchini nomidan operatsiyani bajaruvchi, bu shaxsning vakili (ishonchli vakili)ni identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
pul mablagʻlari bilan operatsiyalar boʻyicha oluvchini va uning vakilini identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar.
27. Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari pul mablagʻlari bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek, identifikatsiyalash maʼlumotlarini va foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni, shu jumladan, ishga doir yozishmalarni qonun hujjatlarida belgilangan, lekin operatsiyalar amalga oshirilganidan yoki foydalanuvchilar bilan munosabatlar toʻxtatilganidan keyin besh yildan kam boʻlmagan muddat davomida saqlashlari shart.
(27-band Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 3-noyabrdagi 10-8/4227, 31-sonli qarori (roʻyxat raqami 2032-1, 01.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 48-son, 450-modda)
28. Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq axborotdan erkin foydalanishni cheklaydilar, uni tarqalib ketmasligini taʼminlaydilar hamda yuridik va jismoniy shaxslarni ularning operatsiyalari toʻgʻrisidagi xabarlar Departamentga taqdim etilganligi toʻgʻrisida xabardor qilishga haqli emaslar.
Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari ularning xodimlari tomonidan ichki nazorat boʻyicha funksiyalarni bajarish jarayonida olingan axborotning oshkor etilmasligi (yoki shaxsiy maqsadlarda yoxud uchinchi shaxslar manfaatlarida foydalanmaslik)ni taʼminlaydilar.
281. Mazkur Qoidalar, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni tartibga soluvchi boshqa hujjatlar pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tarkibiy boʻlinmalarining barcha xodimlariga yetkazilishi kerak
(281-band Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 3-noyabrdagi 10-8/4227, 31-sonli qarori (roʻyxat raqami 2032-1, 01.12.2010-y.) bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 48-son, 450-modda)
VI. Yakuniy qoidalar
29. Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan ushbu Qoidalarning talablariga rioya qilinishining monitoringi va nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Inspeksiya tomonidan Departament bilan birgalikda amalga oshiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 14-apreldagi 107-mh, 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2032-3, 20.04.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 16-son, 200-modda)
30. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik faktlarini yashirishda, shuningdek, ushbu Qoidalar talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 45-son, 490-modda; 2010-y., 48-son, 450-modda; 2013-y., 28-son, 371-modda; 2015-y., 16-son, 200-modda)