Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.11.2018
O‘ZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURATURASI HUZURIDAGI SOLIQ, VALYUTAGA OID JINOYATLARGA VA JINOIY DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA QARShI KURAShISh DEPARTAMENTINING
Qarori
POChTA ALOQASI OPERATORLARI, PROVAYDERLARI UChUN JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA VA TERRORIZMNI MOLIYALAShTIRIShGA QARShI KURAShISh BO‘YIChA IChKI NAZORAT QOIDALARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 1-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2032-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 5-iyuldagi 176-mh 28-sonli “Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3061, 28.08.2018-y.) asosan 2018-yil 30-noyabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi).
O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 43-son, 451-modda) Qonuniga muvofiq O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 10-8/4270 va 33-09-son qarori (ro‘yxat raqami 2032, 2009-yil 3-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 45-son, 490-modda) bilan tasdiqlangan “Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari”ga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori X. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2010-yil 3-noyabr,
10-8/4227-son
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i Z. DO‘SANOV
Toshkent sh.,
2010-yil 3-noyabr,
31-son
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 3-noyabrdagi 10-8/4227, 31-son qaroriga
ILOVA
Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 4-band quyidagi mazmundagi uchinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun mas’ul shaxs pochta aloqasi operatori, provayderining buyrug‘i bilan rahbarlik lavozimini egallagan xodimlar orasidan tayinlanadi.
Mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun mas’ul shaxs quyidagilarga majburdir:
pochta aloqasi sohasidagi qonun hujjatlarini, shu jumladan O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining normativ hujjatlarini bilishga;
pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lishga, shuningdek, maxsus kurslarda malakani muntazam oshirishga.
Mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun mas’ul etib o‘z faoliyatida va axloqida ishonib topshirilgan bo‘linmani noto‘g‘ri boshqargani yoki ishni vijdonan yuritmaganini namoyon etgan, shuningdek, iqtisodiyot sohasidagi jinoyati uchun ilgari sud tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar tayinlanishi mumkin emas.
Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari bo‘linmalari xodimlarining mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun mas’ul shaxs bilan o‘zaro munosabat tartibi pochta aloqasi operatorlari, provayderlarining ichki hujjatlari bilan belgilanadi”.
2. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari har yili 15-yanvargacha mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun mas’ul shaxslar ro‘yxatini so‘rovnoma ma’lumotlarini ilova qilgan holda O‘zbekiston Respublikasida pochta va telekommunikatsiyalar xo‘jalik yurituvchi subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati bo‘yicha Davlat aloqa inspeksiyasiga (bundan keyingi o‘rinlarda Davlat aloqa inspeksiyasi deb yuritiladi) taqdim etadi.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ishlar to‘g‘risidagi hisobotlar har chorakda Davlat aloqa inspeksiyasiga chorak yakunidan keyingi oyning 5-sanasigacha taqdim etiladi.
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi—sakkizinchi xatboshilar tegishincha to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“foydalanuvchilardan amaliy ish munosabatlarining maqsadi va ko‘zlangan xususiyati, shuningdek, zarur holatlarda pul mablag‘larining kelib chiqish manbai to‘g‘risidagi axborotni so‘rash;
lozim darajada tekshirish materiallariga qo‘shib qo‘yiladigan yaqqol iqtisodiy mohiyatga ega bo‘lmagan, foydalanuvchining ta’sis hujjatlarida yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomasida nazarda tutilgan maqsad va faoliyat turlariga to‘g‘ri kelmaydigan barcha operatsiyalar bo‘yicha lozim darajada tekshirish natijalari va xulosalarini yozma ravishda qayd etish;
identifikatsiyalashni yakunlash imkoni bo‘lmaganda yoki lozim darajada tekshirish natijalariga ko‘ra, u bilan amaliy ish munosabatlarini o‘rnatish maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatib turadigan ma’lumotlar olinganda, pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda foydalanuvchiga rad javobini berish”;
yettinchi xatboshi o‘ninchi xatboshi deb hisoblansin.
4. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. So‘nggi yangiliklarga, jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning va terrorizmni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yo‘nalishlari haqidagi axborotga ega bo‘lishlarini ta’minlash hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonun hujjatlari va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish maqsadida pochta aloqasi operatorlari, provayderlari O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan kelishuv bo‘yicha mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun mas’ul shaxslarni doimiy ravishda qayta tayyorgarlikdan o‘tkazishlari shart”.
5. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Lozim darajada tekshirish jarayonida olingan ma’lumotlar asosida, faoliyat turi va pul mablag‘lari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni inobatga olgan holda, foydalanuvchiga jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalar amalga oshirilishining tegishli tavakkalchilik xavfi darajasi (yuqori yoki past) belgilanadi.
Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari avvaldan quyidagi mezonlarga javob beradigan foydalanuvchilarni yuqori darajadagi xatar toifasiga kiritishi va ularga nisbatan kuchaytirilgan e’tibor qaratishi lozim:
ularga nisbatan terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotganligi yoxud terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarning nazorati ostida ekanligi yoxud terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yoki shug‘ullanishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori ekanligi yoxud uni nazorat qilayotgan shaxs ekanligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lgan shaxslar;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda (hududda) yoxud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxslar;
offshor hududlarda hisobvaraqqa ega bo‘lgan rezident va norezidentlar;
haqiqatda joylashgan joyi ta’sis yoki ro‘yxatga olish hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiq bo‘lmagan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
faoliyat davri moliyaviy yilning bir choragidan oshmagan tashkilot va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
haqiqiy mulkdori mazkur bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan shaxslar hisoblangan tashkilotlar;
muntazam ravishda (uch oy davomida ketma-ket ikki martadan ko‘p) shubhali operatsiyalarni amalga oshiruvchi foydalanuvchilar.
Tavakkalchilik xavfining yuqori darajasini belgilashda pochta aloqasi operatorlari, provayderlari foydalanuvchini lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan choralarini ko‘rishi va ular tomonidan sodir etilayotgan operatsiyalarning doimiy monitoringini amalga oshirishi shart.
Agar foydalanuvchi yuqori darajadagi tavakkalchilik xavfi bilan bog‘liq bo‘lmasa, u holda bunday foydalanuvchilar past darajadagi tavakkalchilik xavfi toifasiga kiritiladi.
Foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning xususiyati o‘zgarishiga qarab, pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tavakkalchilik xavfi darajasini qayta ko‘rib chiqishi lozim”.
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“foydalanuvchilar bilan amaliy ish munosabatlarini o‘rnatishda”;
ikkinchi—to‘rtinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — beshinchi xatboshlar deb hisoblansin.
7. 17-banddagi “haqli” degan so‘z “majbur” degan so‘z bilan almashtirilsin.
8. Quyidagi mazmundagi 191 — 194-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“191. Foydalanuvchi va benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalashda pochta aloqasi operatorlari, provayderlari olingan axborotni ushbu Qoidalarning 22-bandida keltirilgan shaxslar ro‘yxati bilan taqqoslashi lozim.
192. Pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar zarurat tug‘ilganda operatsiyaning barcha tafsilotlarini qayta tiklash mumkin bo‘lgan tarzda rasmiylashtirilishi kerak.
193. Barcha murakkab, g‘ayrioddiy yirik miqdordagi operatsiyalar yoxud iqtisodiy yoki qonuniy maqsadsizligi aniq yoxud ko‘rinib turgan boshqa shubhali operatsiyalar bo‘yicha lozim darajada tekshirish natijasida olingan ma’lumotlar qog‘oz ko‘rinishdagi tashuvchilarda qayd qilinadi yoki foydalanuvchilarni identifikatsiyalashni amalga oshiruvchi shaxslarga foydalanuvchi to‘g‘risidagi axborotni tekshirish uchun doimiy rejimda tezkor foydalanish imkonini beradigan ma’lumotlarning elektron bazasiga kiritiladi.
194. Foydalanuvchini lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash natijasida olingan ma’lumotlar pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan har yili yangilanib borilishi kerak”.
9. 20-band quyidagi mazmundagi o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“identifikatsiyalashni yakunlashning imkoni bo‘lmasligi yoki lozim darajada tekshirish natijalariga ko‘ra, foydalanuvchi bilan amaliy ish munosabatlarini o‘rnatish maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatib turadigan ma’lumotlarning olinishi”;
o‘n birinchi xatboshi o‘n ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
10. 27-banddagi “identifikatsiyalash ma’lumotlarini va foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni” degan so‘zlar “identifikatsiyalash ma’lumotlarini va foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni, shu jumladan, ishga doir yozishmalarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
11. Quyidagi mazmundagi 281-band bilan to‘ldirilsin:
“281. Mazkur Qoidalar, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni tartibga soluvchi boshqa hujjatlar pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tarkibiy bo‘linmalarining barcha xodimlariga yetkazilishi kerak”.
12. 29-band “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” degan so‘zlardan keyin “va Davlat aloqa inspeksiyasi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 48-son, 450-modda)