O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 28-iyundagi PF-6252-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — tashkilotlar) tomonidan shubhali operatsiyalar to‘g‘risida maxsus vakolatli organga xabar berish, ushbu xabarlarni maxsus vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqish hamda tashkilotlarga so‘rov yuborish tartibini nazarda tutuvchi Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq ma’lumotlarni taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
maxsus vakolatli organ, nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda tergov organlarining xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan sohaga doir axborot almashinuvini ta’minlash, xalqaro so‘rovlarni tayyorlash, yuborish, ijro etish va ro‘yxatga olish tartibini nazarda tutuvchi Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
vakolatli organlar tomonidan tashkilotlarning pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarga doir hisobotlarini masofaviy tarzda tahlil qilish hamda ularning faoliyatini tashkilotga chiqqan holda tekshiruv o‘tkazish orqali o‘rganish tartibini nazarda tutuvchi Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — tashkilotlar) tomonidan shubhali deb topilgan operatsiyalar haqidagi xabarlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga (keyingi o‘rinlarda — maxsus vakolatli davlat organi) avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulot yordamida taqdim etiladi, davlat sirlarini tashkil etuvchi axborotlar bundan mustasno;
tashkilotlar tomonidan maxsus vakolatli davlat organiga yuborilayotgan xabarga uni yuborish uchun asos bo‘lgan ma’lumot va hujjatlar ilova qilinadi;
maxsus vakolatli davlat organi qabul qilingan xabarlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tashkilotlarni va ularni nazorat qiluvchi organlarni tahliliy ma’lumotnoma, taqdimnoma, ma’ruza va seminarlar, shuningdek, metodik tavsiyalar orqali muntazam ravishda xabardor qilib boradi;
O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari bilan xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar vakolatli organlari o‘rtasida legallashtirishga va predikat jinoyatlarga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik taraflarning xalqaro so‘rovlariga yoki o‘z tashabbuslariga ko‘ra amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro hamkorlikni amalga oshiruvchi vakolatli organlari maxsus vakolatli davlat organining so‘roviga muvofiq xalqaro hamkorlik haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadilar;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat tashkilotning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmasdan amalga oshiriladi;
monitoring tashkilotlar taqdim etgan hisobotlar, statistik va boshqa ma’lumotlarni vakolatli organlar tomonidan tahlil qilish va o‘rganish yo‘li bilan amalga oshiriladi;
monitoringni amalga oshirishda tashkilotlarga tashrif buyurish, shuningdek, tekshiruv predmetiga taalluqli bo‘lmagan ma’lumotlarni talab qilib olish man etiladi;
nazorat jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari ijrosi holatini tashkilotga chiqqan holda o‘rganish orqali o‘tkaziladi;
nazorat davomida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari doirasiga kirmaydigan masalalarni o‘rganish taqiqlanadi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 5-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 29-iyun,
402-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-son qaroriga
1-ILOVA
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq ma’lumotlarni taqdim etish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom maxsus vakolatli davlat organiga jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga (keyingi o‘rinlarda — legallashtirish) qarshi kurashish bilan bog‘liq ma’lumotlar va hujjatlarni (keyingi o‘rinlarda — ma’lumotlar) taqdim etish, shu jumladan maxsus vakolatli davlat organi tomonidan so‘rovlarni yuborish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulot — avtomatlashtirilgan rejimda shubhali operatsiya haqidagi xabarni namunaviy shaklda shakllantirish imkonini beruvchi maxsus dasturiy ta’minot;
maxsus vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
namunaviy shakl — operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan shubhali operatsiya haqidagi xabarni taqdim etish uchun to‘ldiriladigan maxsus shakl;
operatsiyalar — legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mulk bilan bog‘liq operatsiyalar.
3. Ma’lumotlar maxsus vakolatli davlat organiga “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (keyingi o‘rinlarda — Qonun) 12-moddasida ko‘rsatilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — tashkilotlar) tomonidan taqdim etiladi.
4. Tashkilotlar tomonidan quyidagilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etiladi:
ichki nazorat qoidalari ijrosini ta’minlash davomida legallashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan shubhali operatsiyalar, shu jumladan ularni amalga oshirishga bo‘lgan urinishlar;
amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha taraflardan biri yoki benefitsiar mulkdori bo‘lgan hamda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan xalqaro ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan xalqaro moliya tizimini legallashtirish xavfidan himoyalash maqsadida choralarni ko‘rishga chaqirilgan davlatda (hududda) doimiy yashovchi, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxs;
legallashtirish bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni milliy darajada baholash natijalari bo‘yicha tavakkalchilik darajasi yuqori bo‘lgan operatsiyalar;
terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarning ro‘yxatiga kiritilgan tashkilot yoki jismoniy shaxsning operatsiyalarini to‘xtatib turish va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish bo‘yicha ko‘rilgan choralar;
mijozlar orasida pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish bo‘yicha choralar ko‘rilishi lozim bo‘lgan tashkilotlar va jismoniy shaxslar mavjudligini aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv natijalari;
mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, hisobvaraq ochishni, operatsiyani amalga oshirishni, amaliy munosabatlarga kirishishni rad etish hamda mavjud amaliy munosabatlarni tugatish to‘g‘risidagi, shuningdek, shubhali operatsiya haqidagi xabarlar.
5. Ish samaradorligini ta’minlash va qayta ma’lumot yig‘ish uchun ortiqcha vaqt sarflanishining oldini olish maqsadida, tashkilotlar tomonidan maxsus vakolatli davlat organiga yuborilayotgan operatsiya (mijozlar) haqidagi xabarga ushbu xabarni yuborish uchun asos bo‘lgan ma’lumotlar, shuningdek, uni yuborish asosliligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar ilova qilinishi lozim.
Xabarga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
6. Legallashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq ma’lumotlarni taqdim etish ushbu Nizomning 1-1a-ilovalaridagi sxemalarga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Shubhali operatsiyalar haqidagi ma’lumotlarni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish tartibi
7. Ushbu Nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan xabarda mijozning operatsiyasi legallashtirish maqsadida amalga oshirilayotganligi yoki amalga oshirilishi mumkinligini asoslovchi ma’lumotlar aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
8. Mazkur Nizomning 4-bandi beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan xabarlar maxsus vakolatli davlat organiga operatsiyalar to‘xtatib turilgan va (yoki) pul mablag‘larni yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan vaqtdan boshlab uch soat ichida, qolgan holatlarda operatsiyalar aniqlangan kundan keyingi bir ish kuni davomida yuborilishi lozim.
9. Har bir yuboriladigan xabarga maxsus raqam beriladi va unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
yuboruvchi tashkilotning STIR;
xabarning tartib raqami;
xabarni taqdim etish sanasi (kun, oy, yil).
Har bir xabarga raqami “1” dan boshlanuvchi kalendar yil davomida o‘sib boruvchi tartib raqami beriladi.
Xabar va unga ilova qilinadigan ma’lumotlarning namunaviy shakli maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
3-bob. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq shubhali operatsiyalar haqidagi xabarlarni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish tartibi
10. Xabar avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulot orqali elektron hujjat shaklida tuziladi.
Avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulot va undan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ishlab chiqiladi.
Avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulotdan faqatgina ushbu Nizomda nazarda tutilgan xabarlarni shakllantirish uchun foydalaniladi.
11. Xabar maxsus vakolatli davlat organiga axborotni kriptografik himoyalash vositalari mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni uzatishning elektron tizimlari orqali yoki ruxsat berilmagan foydalanishdan himoyalangan maxsus elektron pochta manzili yoxud shaxsiy kabinet yordamida yuboriladi.
Maxsus vakolatli davlat organi bilan shaxsiy kabinet foydalanuvchilarining o‘zaro elektron hamkorligi, shuningdek, shaxsiy kabinetga kirish va undan foydalanish tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulot orqali shakllantirilgan xabarlar maxsus vakolatli davlat organiga ular shakllantirilgan kunning o‘zida yuboriladi.
12. Xabarni ma’lumotlarni uzatish elektron tizimlari orqali yuborishning imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, xabar maxfiylik talablariga rioya qilingan holda aloqa xat (tashkilot muhri va vakolatli shaxslarning imzosi) bilan elektron (fleshka, kompakt diskda) yoki qog‘oz tashuvchi qurilmada shaxsan yoki maxsus mo‘ljallangan pochta aloqasi orqali taqdim etiladi.
Xabarni taqdim etish sanasi u shaxsan yetkazib berilgan yoki belgilangan tartibda maxsus mo‘ljallangan pochta aloqasi bo‘linmalariga topshirilgan sana hisoblanadi.
13. Tashkilotlar tomonidan maxsus vakolatli davlat organiga xabarni belgilanmagan shaklda yoki qog‘oz manbalarida taqdim etish man etiladi.
14. Maxsus vakolatli davlat organi xabar yuboruvchisini identifikatsiyalash va xabar mazmunining bir xilligi (o‘zgarmasligi) ustidan nazoratni amalga oshiradi.
15. Tashkilotlar tomonidan xabar to‘liq bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri shakllantirilgan holda taqdim etilgan taqdirda, maxsus vakolati davlat organi uni olgan kunning o‘zida aniq kamchiliklarni ko‘rsatgan holda qayta taqdim etish belgisi bilan qaytaradi.
Tashkilotlar xabar qaytarilgan kundan keyingi bir ish kuni davomida ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda, ushbu Nizomda belgilangan talablar asosida maxsus vakolatli davlat organiga xabarni yuboradi.
16. Xabar noto‘g‘ri yuborilgan taqdirda, tashkilot uni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organiga elektron shaklda murojaat yuboradi.
Ushbu murojaatda xabarni haqiqiy emas deb topishning sabablari hamda taqdim etilgan xabarni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi ma’lumotlar (maxsus raqami, taqdim etish usuli, operatsiya summasi va amalga oshirilgan sanasi) ko‘rsatilishi lozim.
4-bob. Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan so‘rovlarni yuborish tartibi
17. Maxsus vakolatli davlat organi legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini ijro etish hamda ushbu sohadagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarini va xorijiy davlatlar vakolatli organlarining so‘rovlarini bajarish maqsadida tashkilotlarga ma’lumotlarni va belgilangan tartibda tasdiqlangan hujjatlar nusxalarini taqdim etish to‘g‘risida so‘rov yuborish huquqiga ega.
18. Tashkilotlar maxsus vakolatli davlat organining so‘rovi bo‘yicha mijozlarining operatsiyalari to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlarni bepul taqdim etadilar:
fuqarolik-huquqiy shartnomalarning tasdiqlangan nusxalari va ular bilan bog‘liq ma’lumotlar;
veksellar bilan bog‘liq operatsiyalar haqidagi ma’lumotlar;
bitimlar pasportlarining tasdiqlangan nusxalari;
bank nazorat varaqalari;
imzo namunalari va muhr bosma izi ko‘rsatilgan varaqalarning tasdiqlangan nusxalari;
mablag‘larni mijozning hisobvaraqlari (omonatlari) bo‘yicha harakatlanishi haqidagi ma’lumotlar (so‘rovda ko‘rsatilgan davr ichida mijozning hisobvaraqlaridan ko‘chirmalar, jismoniy shaxsning hisobvaraqlariga bog‘langan bank kartalari bo‘yicha pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqalar);
jismoniy shaxs tomonidan hisobvaraq ochmagan holda amalga oshirilgan operatsiyalar, shu jumladan valyuta ayirboshlash operatsiyalari haqidagi ma’lumotlar;
elektron pullarni o‘tkazish bo‘yicha operatsiyalar haqidagi ma’lumotlar;
hisobvaraqlarni ochish (yopish) bo‘yicha ariza nusxasi;
mijozlarning shaxsiy ma’lumotnomalari (hujjatlari) nusxalari, shu jumladan mijozlarning benefitsiar mulkdorlari haqidagi ma’lumotlar;
hisobvaraqlar bo‘yicha moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning pasport nusxasi (hisobvaraqlarni ishonchnoma asosida boshqarish huquqiga ega bo‘lgan holatlarda ishonchnoma nusxasi);
masofaviy xizmat turlaridan foydalangan mijozlarning “internet-protokol manzili” (IP manzili) yoki “Media kirish nazorati manzili” (MAC manzili) yoki ushbu xizmat turi biriktirilgan telefon raqamlari, elektron pochta manzillari va boshqa ma’lumotlar;
depozit (omonat) sertifikatlari egalari hisoblangan shaxslar haqidagi ma’lumotlar;
tashkilotlarga tegishli bo‘lgan videokuzatuv kameralari yozuvlari va boshqa ma’lumotlar.
19. Maxsus vakolatli davlat organining so‘rovlari elektron yoki qog‘oz shaklida yuboriladi.
Elektron so‘rovlar raqamli imzo bilan tasdiqlanadi, qog‘oz shaklidagi so‘rovlar esa, maxsus vakolatli davlat organining rasmiy blankida rasmiylashtiriladi, uning rahbari yoki rahbar o‘rinbosari tomonidan imzolanadi hamda tashkilotlarga elektron aloqa kanallari, shaxsan yoki maxsus mo‘ljallangan pochta aloqasi orqali yuboriladi.
20. Tashkilotlar maxsus vakolatli davlat organiga so‘ralayotgan ma’lumotlarni tasdiqlangan holda so‘rovni olgan kundan so‘ng uch ish kuni ichida elektron shaklda elektron aloqa kanallari, shaxsan yoki maxsus mo‘ljallangan pochta aloqasi orqali yuboradilar.
So‘ralayotgan ma’lumotlarning hajmi, xususiyati va mazmunini inobatga olgan holda, ularni taqdim etish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi tomonidan boshqa muddat belgilanishi mumkin.
5-bob. Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ma’lumotlarni boshqa manbalardan olish
21. Maxsus vakolatli davlat organi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida davlat organlari va tashkilotlar, shu jumladan, tegishli nodavlat notijorat tashkilotlaridan (so‘raladigan tomon) ularda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni va hujjatlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalarini so‘rov asosida bepul olish huquqiga ega.
22. So‘raladigan tomon maxsus vakolatli davlat organiga so‘ralayotgan ma’lumotlarni yoki hujjatlarni so‘rovni olgan kundan so‘ng uch ish kuni ichida yoki so‘rovda ko‘rsatilgan muddatda taqdim etishi yoxud ularni taqdim etishga to‘sqinlik qiluvchi sabablar haqida maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilishi lozim.
23. So‘raladigan tomon so‘rovda ko‘rsatilgan shaxslar va boshqa shaxslarni so‘rov haqida, shuningdek, so‘rov yuzasidan taqdim etilgan ma’lumotlarning mazmuni to‘g‘risida xabardor qilishi taqiqlanadi.
6-bob. Shubhali operatsiyalar to‘g‘risidagi xabarlarni ko‘rib chiqish va natijasi bo‘yicha xabar berish (qayta aloqa)
24. Maxsus vakolatli davlat organi yuborilgan shubhali operatsiyalar yuzasidan xabarlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha muntazam ravishda tashkilotlarni hamda ularni nazorat qiluvchi organlarni xabardor qiladi.
25. Xabardor qilish tashkilotlar hamda ularni nazorat qiluvchi organlar tomonidan legallashtirishga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning sifatini va samaradorligini oshirish maqsadida o‘tkaziladi.
26. Xabardor qilish qoida tariqasida quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
axborot xati;
tipologik tadqiqot hisoboti;
tahliliy ma’lumotnoma;
taqdimnoma;
tematik ma’ruza, seminarlar va ma’rifiy tadbirlar;
metodik tavsiyalar.
7-bob. Yakuniy qoidalar
27. Maxsus vakolatli davlat organi legallashtirishga qarshi kurashish maqsadida ushbu Nizomga muvofiq unga taqdim etilgan xabarlar bo‘yicha shaxslar va operatsiyalar haqidagi ma’lumotlarning elektron axborot bazasini yuritadi.
28. Ma’lumotlarni saqlash tartibi va muddatlari maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarni taqdim etish davlat sirlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
30. Ushbu Nizom doirasida olingan va yuborilgan ma’lumotlarni yuritish, saqlash va foydalanishda ularning maxfiyligini ta’minlash talablariga qat’iy rioya qilinishi shart.
31. Ma’lumotlarni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish jarayonida kelib chiqadigan nizolar belgilangan tartibda sud tomonidan hal etiladi.
32. Mazkur Nizomning talablarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq ma’lumotlarni taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Shubhali operatsiyalar haqidagi ma’lumotlarni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar

Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni aniqlash.

Faoliyati davomida doimiy ravishda

2-bosqich

Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar

1. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi xabarni avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulot orqali elektron hujjat ko‘rinishida shakllantirish.

2. Xabarni maxsus vakolatli davlat organiga ma’lumotlarni uzatishning elektron tizimlari orqali yoki ruxsat berilmagan foydalanishdan himoyalangan maxsus elektron pochta manzili yoxud shaxsiy kabinet yordamida yuborish.

1 ish kuni ichida

3-bosqich

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

(maxsus vakolatli davlat organi)

Xabar to‘liq bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri shakllantirilgan holda taqdim etilgan taqdirda, aniq kamchiliklarni ko‘rsatgan holda qayta taqdim etish belgisi bilan uni qaytarish.

Xabar qabul qilingan kunda

4-bosqich

Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar

Ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda, maxsus vakolatli davlat organiga xabarni yuborish.

1 ish kuni ichida

5-bosqich

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

(maxsus vakolatli davlat organi)

1. Xabar yuboruvchisini identifikatsiyalash va xabar mazmunining bir xilligi (o‘zgarmasligi) ustidan nazoratni amalga oshirish.

2. Ma’lumotlarni tahlil qilish, o‘rganish va aniqlangan qonun buzilishi holatlari bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rish.

Doimiy ravishda

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq ma’lumotlarni taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1a-ILOVA
NAMUNA
Notarial idoralar tomonidan shubhali operatsiyalar haqidagi ma’lumotlarni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish
NAMUNAVIY SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Notarial idora

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qaratilgan shartnomani aniqlash.

Faoliyati davomida doimiy ravishda

2-bosqich

Notarial idora

1. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qaratilgan shartnoma to‘g‘risidagi xabarni avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulot orqali elektron hujjat ko‘rinishida shakllantirish.

2. Xabarni maxsus vakolatli davlat organiga ma’lumotlarni uzatishning elektron tizimlari orqali yoki ruxsat berilmagan foydalanishdan himoyalangan maxsus elektron pochta manzili yoxud shaxsiy kabinet yordamida yuborish.

1 ish kuni ichida

3-bosqich

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

(maxsus vakolatli davlat organi)

Xabar to‘liq bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri shakllantirilgan holda taqdim etilgan taqdirda, aniq kamchiliklarni ko‘rsatgan holda qayta taqdim etish belgisi bilan uni qaytarish.

Xabar qabul qilingan kunda

4-bosqich

Notarial idora

Ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda, maxsus vakolatli davlat organiga xabarni yuborish.

1 ish kuni ichida

5-bosqich

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

(maxsus vakolatli davlat organi)

1. Xabar yuboruvchi notarial idorani identifikatsiyalash va xabar mazmunining bir xilligi (o‘zgarmasligi) ustidan nazoratni amalga oshirish.

2. Ma’lumotlarni tahlil qilish, o‘rganish va aniqlangan qonun buzilishi holatlari bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rish.

Doimiy ravishda

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-son qaroriga
2-ILOVA
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga (keyingi o‘rinlarda — legallashtirish) qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek, xalqaro so‘rovlarni tayyorlash, jo‘natish va ijro etish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
maxsus vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
operatsiyalar — legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mulk bilan bog‘liq operatsiyalar;
predikat jinoyat — O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan, sodir etilishi natijasida noqonuniy daromad orttirishga qaratilgan har qanday jinoyat;
o‘zarolik prinsipi — xalqaro munosabatlarning umume’tirof etilgan prinsipi bo‘lib, unga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlarining xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan o‘zaro manfaatli, teng asosda hamda har bir tomonning xalqaro hamkorlikni amalga oshirish to‘g‘risidagi yozma majburiyatiga asoslangan hamkorligi yo‘lga qo‘yiladi;
xalqaro so‘rov — O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari yoki xorijiy davlatlar vakolatli organlarining legallashtirishga va predikat jinoyatlarga qarshi kurashish sohasida muayyan harakatlarni amalga oshirish (ma’lumotlar, hujjatlar almashinuvi, protsessual harakatlarni bajarish va h.k.) to‘g‘risidagi so‘rovi;
xalqaro hamkorlik — O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari bilan xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar vakolatli organlari o‘rtasida legallashtirishga va predikat jinoyatlarga qarshi kurashish sohasida muayyan harakatlarni amalga oshirish (ma’lumotlar, hujjatlar almashinuvi, protsessual harakatlarni bajarish va h.k.) masalalari yuzasidan hamkorlik;
xorijiy davlat moliyaviy razvedka bo‘linmasi — xorijiy davlatning qonunchilik hujjatlariga muvofiq legallashtirishga qarshi kurashish borasida moliyaviy monitoringni amalga oshiruvchi va boshqa chora-tadbirlarni ko‘ruvchi vakolatli davlat organi.
3. Xalqaro hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari hamda legallashtirishga va predikat jinoyatlarga qarshi kurashish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga (keyingi o‘rinlarda — O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari) muvofiq amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan xalqaro shartnomalari mavjud bo‘lmagan taqdirda, xalqaro hamkorlik o‘zarolik prinsipi asosida amalga oshiriladi.
Bunda, O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organi tomonidan xorijiy davlat vakolatli organiga o‘zarolik prinsipi asosida yuboriladigan xalqaro so‘rovlarda kelgusida xorijiy davlat vakolatli organi tomonidan yuboriladigan so‘rovlarning ko‘rib chiqilishi kafolatlanishi lozim.
Xorijiy davlatlar vakolatli organlarining o‘zarolik prinsipi asosida yuborgan xalqaro so‘rovlari, agar ularda O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari tomonidan kelgusida yuboriladigan so‘rovlarning ko‘rib chiqilishini kafolatlovchi talablar bo‘lgan taqdirdagina O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
5. Xalqaro hamkorlik O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari yoki xorijiy davlatlar vakolatli organlarining xalqaro so‘rovlariga yoki o‘z tashabbuslariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Xalqaro hamkorlik ushbu Nizomning 1-1a-ilovalaridagi sxemalarga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Quyidagilar xalqaro hamkorlikni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (maxsus vakolatli davlat organi);
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Bosh prokuraturaning tergov bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari);
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Markaziy banki (keyingi o‘rinlarda — nazorat qiluvchi organlar).
2-bob. Maxsus vakolatli davlat organining xalqaro hamkorligi
7. Maxsus vakolatli davlat organi xorijiy davlatlarning vakolatli organlari, moliyaviy razvedka bo‘linmalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan quyidagi yo‘nalishlarda xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi:
maxsus vakolatli davlat organida mavjud va olinishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni almashish;
o‘z tashabbusi yoki xalqaro so‘rovga asosan xorijiy davlatlar moliyaviy razvedka bo‘linmalariga legallashtirish amalga oshirilishini tasdiqlovchi yetarli asoslar (gumonlar) mavjud bo‘lgan taqdirda, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlaridan olingan ma’lumotlar asosida ma’lumotlarni yuborish;
legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq xalqaro so‘rovlar asosida operatsiyalarni to‘xtatib turishga ko‘rsatma berish;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xalqaro tashkilotlarning legallashtirishga qarshi kurashish masalalariga doir faoliyatida ishtirok etish;
legallashtirish holatlarini aniqlash va ular bo‘yicha moliyaviy tergov o‘tkazishda, shuningdek, ushbu jinoyatlarga aloqador bo‘lgan operatsiyalarni, jismoniy yoki yuridik shaxslarni hamda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkning benefitsiar mulkdorlarini aniqlashda ko‘maklashish.
Maxsus vakolatli davlat organining xorijiy davlatlarning moliyaviy razvedka bo‘linmalari bilan xalqaro hamkorligi “Egmont” moliyaviy razvedka bo‘linmalari guruhining ustav hujjatlariga muvofiq ham amalga oshiriladi.
3-bob. Nazorat qiluvchi organlarning xalqaro hamkorligi
8. Nazorat qiluvchi organlar xorijiy davlatlarning tegishli nazorat qiluvchi organlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan quyidagi yo‘nalishlarda xalqaro hamkorlikni amalga oshiradilar:
nazorat qiluvchi organlarda mavjud bo‘lgan yoki vakolat doirasida olish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni almashish;
moliyaviy muassasalar va notijorat tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish hamda tartibga solish sohasida o‘zaro tajriba va ma’lumotlar almashish, shuningdek, xalqaro so‘rovga asosan moliyaviy muassasalar va notijorat tashkilotlar faoliyatini qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirish;
qonunchilikda belgilangan tartibda xalqaro tashkilotlarning legallashtirishga qarshi kurashish masalalarga doir faoliyatida ishtirok etish.
Nazorat qiluvchi organlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ham xalqaro hamkorlikni amalga oshirishlari mumkin.
9. Nazorat qiluvchi organlarning xorijiy davlatlarning nazorat qiluvchi organlari bilan xalqaro hamkorligi quyidagi ma’lumotlarni almashish yo‘li bilan amalga oshiriladi:
legallashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini bajarish bilan bog‘liq nazorat (tekshiruv) faoliyati sohasidagi ma’lumotlar;
operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar to‘g‘risida nazorat qiluvchi organlarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar (faoliyati, boshqaruv tuzilmasi, benefitsiar mulkdori va h.k.);
legallashtirishga qarshi kurashish sohasida operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning ichki nazorat dasturlari va jarayonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
nazorat (tekshiruv) faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar haqidagi ma’lumotlar;
mijozlarni tekshirish natijalari, bank va boshqa hisobvaraqlari yoki amaliy ish munosabatlari va operatsiyalari (bitimlari) haqidagi ma’lumotlar.
4-bob. Huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlarining xalqaro hamkorligi
10. Huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi yo‘nalishlarda xalqaro hamkorlikni amalga oshiradilar:
huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlarida mavjud bo‘lgan yoki olinishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni almashish;
o‘z tashabbuslari yoki xalqaro so‘rovga asosan, xorijiy davlatlar vakolatli organlariga legallashtirish holatlarining sodir etilishini tasdiqlovchi yetarli asoslar (gumonlar) mavjud bo‘lgan taqdirda, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlaridan olingan ma’lumotlarni yuborish;
legallashtirish holatlarini hamda predikat jinoyatlarni aniqlash va tergov qilishda, shuningdek, ushbu jinoyatlarga aloqador jismoniy yoki yuridik shaxslarni va benefitsiar mulkdorlarni aniqlashda ko‘maklashish;
qonunchilikda belgilangan tartibda xalqaro tashkilotlarning legallashtirishga qarshi kurashish masalalarga doir faoliyatida ishtirok etish.
Huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari qonunchilik hujjatlari doirasida boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ham xalqaro hamkorlikni amalga oshiradilar.
5-bob. Xalqaro hamkorlikning boshqa yo‘nalishlari
11. Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro hamkorlik:
xorijiy davlat sudi hukmining, qarorining O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan jinoyat sodir etish natijasida olingan mol-mulkni musodara qilishga oid qismini tan olish va ijro etish yuzasidan — protsessual qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yuzasidan — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda — Majburiy ijro byurosi) tomonidan;
nodavlat notijorat tashkilotlari va benefitsiar mulkdorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni almashish yuzasidan — o‘z vakolatlari doirasida huquqni muhofaza qiluvchi va (yoki) tergov organlari, maxsus vakolatli davlat organi hamda nazorat qiluvchi davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
6-bob. O‘zaro huquqiy yordam masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorlik
12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, maxsus vakolatli davlat organi va Bosh prokuratura Majburiy ijro byurosi xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan tezkor-qidiruv faoliyati, tergov, sud muhokamasi va sud hujjatlarini ijro etish doirasida o‘zaro ma’lumotlar almashish borasida hamda ushbu Nizomda belgilangan boshqa masalalar bo‘yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshiradilar.
13. Huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari legallashtirish holatlarini va predikat jinoyatlarni hamkorlikda tergov qilish maqsadida xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari bilan birgalikda tergov guruhlarini tuzishlari mumkin.
14. Ma’lumotlarni to‘plash, tergov, sud muhokamasi va sud hujjatlarini ijro etish bosqichida, shu jumladan, legallashtirish va predikat jinoyatlarga qarshi kurashish borasida o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonunchilik hujjatlariga muvofiq yoki o‘zarolik prinsipi asosida amalga oshiriladi.
15. Prokuror yoki sud sanksiyasi talab qilinadigan protsessual harakatlar va (yoki) tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish haqidagi topshiriqlar ijrosi bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
16. Huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari o‘z vakolatlari doirasida xorijiy davlatlar vakolatli organlaridan jinoyat sodir etish natijasida olingan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkni musodara qilish maqsadida ularni qidirib topish va xatlash borasidagi o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi so‘rovlarini O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijro etadilar.
17. Xorijiy davlatlar vakolatli organlaridan kelib tushgan xorijiy davlat sudi hukmining, qarorining O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan jinoyat sodir etish natijasida olingan mol-mulkni musodara qilishga oid qismini tan olish va ijro etish borasidagi so‘rovlari qonunchilik hujjatlariga asosan ijro etiladi.
18. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi sudi tomonidan chiqarilgan xorijiy davlat sudi hukmining, qarorining O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan jinoyat sodir etish natijasida olingan mol-mulkni musodara qilishga oid qismini tan olish va ijro etish haqidagi qarori asosida musodara qilingan mol-mulkni qaytarish masalasini ko‘rib chiqadi.
19. Xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan musodara qilinadigan mol-mulkni qidirib topish, xatlash, musodara qilish va qaytarish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash borasida boshqacha tarzda kelishilmagan bo‘lsa, huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari bunday tadbirlarni amalga oshirish uchun ketgan xarajatlarni qaytarilayotgan mol-mulk hisobidan qoplashlari mumkin.
20. Huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari qonunchilik hujjatlari va xalqaro shartnomalarga muvofiq xorijiy davlat vakolatli organlari bilan musodara qilingan mol-mulkni yoki ushbu mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushadigan mablag‘larni bo‘lish borasida shartnoma (bitim) tuzishlari yoki har bir ish bo‘yicha alohida kelishishlari mumkin.
7-bob. Jinoyat sodir etish natijasida olingan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilgan mol-mulkni qaytarish masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorlik
21. Jinoyat sodir etish natijasida olingan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilgan mol-mulkni qidirib topish va xatlash huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari tomonidan qonunchilik hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yoki o‘zarolik prinsipi asosida amalga oshiriladi.
22. Huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari belgilangan tartibda xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan xorijiy aloqa operatorlari orqali yoki aktivlarni qaytarish bo‘yicha bog‘lovchi shaxslar tarmoqlaridan foydalangan holda musodara qilinadigan mol-mulkni qidirib topish va xatlash masalalari bo‘yicha ma’lumotlar almashish borasida ishlarni amalga oshiradilar.
Ma’lumotlar almashish maslahatlashuvlar o‘tkazish, yozishmalar, telefon, faksimil, video va boshqa aloqa vositalaridan foydalangan holda muzokaralar olib borish yoki shaxsan uchrashuvlar o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
23. Huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari mol-mulkni qaytarish masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan shaxsni tayinlaydilar.
24. Huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari musodara qilinadigan mol-mulkni qidirib topish va xatlash maqsadida maxsus vakolatli davlat organi bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradilar.
Maxsus vakolatli davlat organi musodara qilinadigan mol-mulkni qidirib topish masalalari bo‘yicha hamkorlik uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxsni tayinlaydi.
25. Maxsus vakolatli davlat organi xorijiy davlatlar vakolatli organlariga musodara qilinadigan mol-mulkni qidirib topish haqidagi xalqaro so‘rovlarni xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan kelishilgan holda yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha belgilanadigan aloqaning himoyalangan elektron kanallari orqali yoxud “Egmont” moliyaviy razvedka bo‘linmalari guruhining aloqa kanallari orqali yuboradi.
Maxsus vakolatli davlat organi xorijiy davlat vakolatli organining musodara qilinadigan mol-mulkni qidirib topish haqidagi so‘rovni qanoatlantirish to‘g‘risidagi javobini olgan taqdirda, bu haqida huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlarini darhol xabardor qiladi.
Huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari qanoatlantirish to‘g‘risidagi xabarni olgandan so‘ng qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tergov harakatlarini (mol-mulkni xatlash va boshqa holatlar yuzasidan) o‘tkazish haqida xalqaro so‘rovni tayyorlaydi va yuboradi.
26. Mol-mulkni qidirib topish va xatlash masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari hamda maxsus vakolatli davlat organi xodimlaridan iborat idoralararo ishchi guruh tuzilishi mumkin.
27. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan qaytarilishi lozim bo‘lgan hamda qaytarilgan mol-mulk hisobining elektron bazasi yuritiladi.
8-bob. Xalqaro so‘rovlarni tayyorlash, yuborish, ijro etish va ro‘yxatga olish tartibi
28. O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlari tomonidan xalqaro so‘rovlar, agarda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, xorijiy davlat vakolatli organi bilan kelishilgan tilda rasmiylashtiriladi.
29. Xalqaro so‘rovda quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
so‘rov yuborayotgan organning nomi va pochta manzili;
so‘rov qabul qilayotgan organning nomi va pochta manzili;
so‘rov asosi va predmeti;
ish holatining yoki ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarning qisqacha yoxud to‘liq mazmuni, jinoyat tavsifi;
zaruratga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining tegishli normativ-huquqiy hujjatlarining matni;
aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlar, shuningdek, so‘ralayotgan hujjatlar ro‘yxati;
ma’lumotdan foydalanish maqsadi;
maxfiylikka rioya etilishi hamda olingan ma’lumotlardan foydalanish bo‘yicha cheklovlar haqidagi ma’lumot;
zaruratga ko‘ra so‘rovning darhol ijro etilishi sabablari;
zarurat bo‘lganda va imkoni boricha:
jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, sharifi, tug‘ilgan yili, tug‘ilgan joyi, fuqaroligi, yashash joyi manzili, turar joyi, shaxsini tasdiqlovchi hujjatining rekvizitlari haqidagi ma’lumotlar;
yuridik shaxsning to‘liq nomi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami, pochta manzili va joylashgan joyi, mansabdor shaxslari haqidagi ma’lumotlar;
so‘rov obyekti bo‘lgan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk haqida ma’lumotlar (ularning joylashgan joyi, kimga tegishliligi, jinoyatga aloqasi va h.k.).
So‘rovda ishning o‘z vaqtida va to‘g‘ri ko‘rib chiqilishini ta’minlash maqsadida, so‘rov yuborayotgan organning telefon, faks raqamlari, elektron pochta manzili ko‘rsatilishi mumkin.
30. Mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi so‘rovda quyidagi qo‘shimcha ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim:
mol-mulkni xatlash uchun asos bo‘luvchi ma’lumotlar;
xatlanishi lozim bo‘lgan mol-mulkning turi va qiymati;
mol-mulkni jinoyatga aloqasi;
jinoyatning tavsifi;
mol-mulkni xatlash muddati.
31. Mol-mulkni musodara qilish haqidagi sudning hukmini ijro etish to‘g‘risidagi so‘rovda quyidagi qo‘shimcha ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim.
mol-mulkni musodara qilish haqida hukm chiqargan sud to‘g‘risida ma’lumot;
mol-mulkni musodara qilish haqidagi sud hukmining qaysi qismi ijro etilishi lozimligi haqida ma’lumot;
xorijiy davlat hududida bo‘lgan musodara qilinadigan mol-mulk to‘g‘risidagi ma’lumotlar (mol-mulk o‘rniga boshqa narsa yoki pul mablag‘larining musodara qilinishini ta’minlash maqsadida mol-mulk ekvivalentiga teng summa);
mol-mulk mulkdori haqidagi ma’lumotlar, shu jumladan uning tug‘ilgan sanasi va joyi, fuqaroligi, mashg‘uloti turi, yashash joyi yoki turgan joyi haqidagi ma’lumotlar, uning protsessual maqomi, yuridik shaxslar uchun esa ularning nomi, pochta manzili va joylashgan joyi;
musodara qilinishi lozim bo‘lgan mol-mulk xorijiy davlat hududida joylashganligini tasdiqlovchi hujjat;
musodara qilinishi lozim bo‘lgan mol-mulkning kelib chiqishi noqonuniyligini, uning xorijiy davlatga, xorijiy davlat fuqarosiga yoki yuridik shaxsga tegishliligini tasdiqlovchi dalillar, shuningdek, musodara qilish uchun asos sifatida zararning mavjudligi yoki mol-mulkni qaytarish zarurligini tasdiqlovchi boshqa dalillar;
sodir etilgan jinoyatning aniq tafsiloti, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi, shuningdek, mazkur jinoyat tufayli yetkazilgan zararning miqdori haqida ma’lumot;
O‘zbekiston Respublikasiga qaytarilishi lozim bo‘lgan mol-mulk turi yoki pul mablag‘ining hajmi.
So‘rovda xorijiy davlat vakolatli organining talablariga muvofiq boshqa ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi mumkin.
32. So‘rov O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va (yoki) qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq yuboriladi.
33. Xorijiy davlat vakolatli organlaridan kelib tushgan xalqaro so‘rovlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organi ularni ijro etish va ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibini (ustuvorligini, ijro muddatini va h.k.) belgilaydi.
34. Bir nechta xorijiy davlatlar vakolatli organlari tomonidan yuborilgan so‘rovlarni ijro etish jarayonida ularda ko‘rsatilgan masalalar bitta holat yuzasidan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organi birinchi navbatda ijro etilishi lozim bo‘lgan so‘rovni mustaqil belgilaydi. Bunda, zaruratga ko‘ra xorijiy davlat vakolatli organi bilan dastlabki maslahatlashuv o‘tkazilishi mumkin.
35. Kelib tushgan so‘rovni ijro etish uchun ma’lumotlar yetarli bo‘lmagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organi taqdim etish muddatini belgilagan holda qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rab olishi mumkin.
36. O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organi so‘rovni ijro etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar va ularning natijalari to‘g‘risida, shuningdek, so‘rovning (uning qismining) sabablarini ko‘rsatgan holda ijro etish shartlari, uni ijro etishni rad etish yoki kechiktirish haqida so‘rovni yuborgan xorijiy davlat vakolatli organini xabardor qiladi.
37. O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlari so‘rovni quyidagi asoslarga ko‘ra ijro etishni rad etishlari mumkin:
xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalariga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lsa;
O‘zbekiston Respublikasi suvereniteti yoki xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lsa;
so‘rovda ko‘rsatilgan holatlar legallashtirish va predikat jinoyatlarga aloqador bo‘lmasa;
tergov va sud ishlarini yuritish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatsa;
O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlari vakolatiga taalluqli bo‘lmasa;
taqdim etiladigan ma’lumotlarning himoyasini ta’minlash yozma ravishda kafolatlanmasa.
O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organi so‘rovni ijro etishni rad etish haqida asoslarini ko‘rsatgan holda xorijiy davlat vakolatli organini xabardor qiladi.
38. O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlari:
xorijiy davlat vakolatli organi bilan kelishilgan holda so‘rov ijrosini kechiktirishi yoki qisman ijro etishi mumkin;
tijorat, bank, soliq yoki boshqa moliyaviy sirlarni vaj qilgan holda ma’lumotlarni taqdim etishni yoki so‘rovni ijro etishni rad qilishga haqli emas, qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno;
O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organi xorijiy davlat vakolatli organining huquqiy maqomini vaj qilgan holda so‘rovni ijro etishni rad qilishga haqli emas;
so‘rovning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash maqsadida so‘ralayotgan ma’lumotlarni taqdim etish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishi shart;
so‘rov bo‘yicha olingan ma’lumotdan foydalanish tartibi va natijasi haqida xorijiy davlat vakolatli organini xabardor qilishi lozim;
belgilangan tartibda so‘rovlar va undagi mavjud axborotlarning, shuningdek, taqdim etilayotgan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi shart;
agar ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashning imkoni bo‘lmasa, bu haqida so‘rov yuborgan xorijiy davlat vakolatli organini darhol xabardor qilishi lozim.
39. Xorijiy davlatlar vakolatli organlariga ma’lumotlarni yuborishda oldindan berilgan roziliksiz yoki so‘rovda ko‘rsatilmagan maqsadlarda foydalanish shartlari ko‘rsatiladi, O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organi tomonidan bunday ma’lumotlarni oshkor etish yoki taqdim etish haqida oldindan ruxsat berilgan yoxud yuridik majburiyat bo‘lgan holatlar bundan mustasno.
40. Xalqaro hamkorlik doirasida olingan ma’lumotlardan faqatgina so‘rovda yoki shunday so‘rovga berilgan javobda ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalaniladi.
Bunday ma’lumotlarni davlat organlari yoki uchinchi shaxslarga taqdim etish yoxud undan ma’muriy va jinoiy ishni yuritish maqsadlarida foydalanish faqatgina xorijiy davlat vakolatli organining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
41. So‘rovlar O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organi hamda xorijiy davlat vakolatli organi tomonidan belgilanadigan yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ko‘rsatilgan himoyalangan elektron aloqa kanallari orqali qabul qilinadi va yuboriladi.
9-bob. Yakuniy qoidalar
42. Yuborilgan va olingan so‘rovlar hamda ularga berilgan javoblarning hisobi O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlari tomonidan yuritiladi.
O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida xorijiy davlatlar vakolatli organlari tomonidan so‘rovlarga berilgan javoblarning sifatini monitoring qilib boradilar.
Maxsus vakolatli davlat organining so‘roviga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlari xalqaro hamkorlik haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadilar.
43. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

I. O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlari tomonidan xalqaro so‘rovlar yuborish

1-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlari

1. Xalqaro so‘rovni rasmiylashtirish.

2. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ko‘rsatilgan himoyalangan elektron aloqa kanallari orqali xalqaro so‘rovni xorijiy davlat vakolatli organlariga yuborish.

Faoliyati davomida zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Xorijiy davlat vakolatli organlari

1. Xalqaro so‘rovga javobni o‘z qonunchiligida yoki xalqaro shartnomada belgilangan tartibda shakllantirish.

2. Xalqaro so‘rovga javobni O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlariga xalqaro shartnomalarda ko‘rsatilgan himoyalangan elektron aloqa kanallari orqali yuborish.

Xorijiy davlat vakolatli organlari qonunchiligida yoki xalqaro shartnomada belgilangan muddatda

II. Xorijiy davlat vakolatli organlaridan kelib tushgan so‘rovlarni ijro etish

1-bosqich

Xorijiy davlat vakolatli organlari

1. Xalqaro so‘rovni rasmiylashtirish.

2. Xalqaro shartnomalarda ko‘rsatilgan himoyalangan elektron aloqa kanallari orqali xalqaro so‘rovni O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlariga yuborish.

Xorijiy davlat vakolatli organlari qonunchiligida yoki xalqaro shartnomada belgilangan muddatda

2-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlari

1. Xalqaro so‘rovni qabul qilish.

3. Xorijiy davlat vakolatli organi bilan dastlabki maslahatlashuv o‘tkazish.

4. Kelib tushgan xalqaro so‘rovni ijro etish uchun yetarli ma’lumot bo‘lmaganda, taqdim etish muddatini belgilagan holda qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rab olish.

Zaruratga ko‘ra

3-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlari

1. Xalqaro so‘rovni ijro etish natijalari to‘g‘risida xorijiy davlat vakolatli organini xabardor qilish.

1. Xalqaro so‘rovda ko‘rsatilgan muddatlarda

2. Yuborilgan va olingan so‘rovlar hamda ularga berilgan javoblarning hisobini yuritish.

2. Doimiy ravishda

III. O‘zaro huquqiy yordam masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorlik

1-bosqich

Huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari

Xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari bilan birgalikda tergov guruhlarini tuzishlari mumkin.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi

O‘zbekiston Respublikasi sudi tomonidan chiqarilgan xorijiy davlat sudi hukmi (qarori)ning O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan jinoyat sodir etish natijasida olingan mol-mulkni musodara qilishga oid qismini tan olish va ijro etish haqidagi qarori asosida musodara qilingan mol-mulkni qaytarish masalasini ko‘rib chiqish.

Qaror kelib tushgandan so‘ng ish holatidan kelib chiqib

3-bosqich

Huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari

1. Xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan musodara qilinadigan mulkni topish, musodara qilish va qaytarish xarajatlarini qoplash bo‘yicha kelishuv bo‘lmasa, ushbu xarajatlarni qaytarilayotgan mol-mulk hisobidan qoplash.

1. Qaror kelib tushgandan so‘ng ish holatidan kelib chiqib

2. Xorijiy davlat vakolatli organlari bilan musodara qilingan mol-mulkni yoki uni realizatsiya qilishdan tushadigan mablag‘larni bo‘lish borasida shartnoma (bitim) tuzish yoki har bir ish bo‘yicha alohida kelishish.

2. Zaruratga ko‘ra

IV. Jinoyat sodir etish natijasida olingan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilgan mol-mulkni qaytarish masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorlik

1-bosqich

Huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari

1. Mol-mulkni qaytarish masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan shaxsni tayinlash.

2. Musodara qilinadigan mol-mulkni qidirib topish va xatlash maqsadida maxsus vakolatli davlat organi bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (maxsus vakolatli davlat organi)

1. Xorijiy davlatlar vakolatli organlariga musodara qilinadigan mol-mulkni qidirib topish haqidagi xalqaro so‘rovlarni xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan kelishilgan holda aloqaning himoyalangan elektron kanallari orqali yoxud “Egmont” moliyaviy razvedka bo‘linmalari guruhining aloqa kanallari orqali yuborish.

1. Xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan kelishilgandan so‘ng

2. Xalqaro so‘rovni qanoatlantirish to‘g‘risidagi javobni olingan taqdirda, bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlarini darhol xabardor qilish.

2. Javob olingandan so‘ng darhol

3-bosqich

Huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari

1. Xabarni olgandan so‘ng qonunchilikda belgilangan tartibda tergov o‘tkazish haqida xalqaro so‘rovni tayyorlash va yuborish.

Xabar olingandan so‘ng ish holatidan kelib chiqib

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1a-ILOVA
NAMUNA
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish
NAMUNAVIY SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

I. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan xalqaro so‘rovlar yuborish

1-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

1. Xalqaro so‘rovni rasmiylashtirish.

2. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ko‘rsatilgan himoyalangan elektron aloqa kanallari orqali xalqaro so‘rovni Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligiga yuborish.

Faoliyati davomida zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi

1. Xalqaro so‘rovga javobni belgilangan tartibda shakllantirish.

2. Xalqaro so‘rovga javobni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga himoyalangan elektron aloqa kanallari orqali yuborish.

Xorijiy davlat vakolatli organlari qonunchiligida yoki xalqaro shartnomada belgilangan muddatda

II. Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligidan kelib tushgan so‘rovlarni ijro etish

3-bosqich

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi

1. Xalqaro so‘rovni rasmiylashtirish.

2. Xalqaro shartnomalarda ko‘rsatilgan himoyalangan elektron aloqa kanallari orqali so‘rovni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuborish.

Xorijiy davlat vakolatli organlari qonunchiligida yoki xalqaro shartnomada belgilangan muddatda

4-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

1. Xalqaro so‘rovni qabul qilish.

3. Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi bilan dastlabki maslahatlashuv o‘tkazish.

4. Kelib tushgan xalqaro so‘rovni ijro etish uchun yetarli ma’lumot bo‘lmaganda, taqdim etish muddatini belgilagan holda qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rab olish.

Zaruratga ko‘ra

5-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

1. Xalqaro so‘rovni ijro etish natijalari to‘g‘risida Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligini xabardor qilish.

1. Xalqaro so‘rovda ko‘rsatilgan muddatlarda

2. Yuborilgan va olingan so‘rovlar hamda ularga berilgan javoblarning hisobini yuritish.

2. Doimiy ravishda

III. O‘zaro huquqiy yordam masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorlik

1-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda tergov guruhlarini tuzish.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi

O‘zbekiston Respublikasi sudi tomonidan chiqarilgan Rossiya Federatsiyasi sudi hukmi (qarori)ning O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan jinoyat sodir etish natijasida olingan mol-mulkni musodara qilishga oid qismini tan olish va ijro etish haqidagi qarori asosida musodara qilingan mol-mulkni qaytarish masalasini ko‘rib chiqish.

Qaror kelib tushgandan so‘ng ish holatidan kelib chiqib

3-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

1. Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi bilan musodara qilinadigan mol-mulkni topish, musodara qilish va qaytarish xarajatlarini qoplash bo‘yicha kelishuv bo‘lmasa, ushbu xarajatlarni qaytarilayotgan mol-mulk hisobidan qoplash.

1. Qaror kelib tushgandan so‘ng ish holatidan kelib chiqib

2. Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi bilan musodara qilingan mol-mulkni yoki uni realizatsiya qilishdan tushadigan mablag‘larni bo‘lish borasida shartnoma (bitim) tuzish yoki har bir ish bo‘yicha alohida kelishish.

2. Zaruratga ko‘ra

IV. Jinoyat sodir etish natijasida olingan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilgan mol-mulkni qaytarish masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorlik

1-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

1. Mol-mulkni qaytarish masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan shaxsni tayinlash.

2. Musodara qilinadigan mol-mulkni qidirib topish va xatlash maqsadida maxsus vakolatli davlat organi bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

(maxsus vakolatli davlat organi)

1. Rossiya Federatsiyasi vakolatli organlariga musodara qilinadigan mol-mulkni qidirib topish haqidagi xalqaro so‘rovlarni Rossiya Federatsiyasi vakolatli organlari bilan kelishilgan holda aloqaning himoyalangan elektron kanallari orqali yoxud “Egmont” moliyaviy razvedka bo‘linmalari guruhining aloqa kanallari orqali yuborish.

1. Rossiya Federatsiyasi vakolatli organlari bilan kelishilgandan so‘ng

2. Xalqaro so‘rovni qanoatlantirish to‘g‘risidagi javob olingan taqdirda, bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligini darhol xabardor qilish.

2. Javob olingandan so‘ng darhol

3-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

1. Xabarni olgandan so‘ng qonunchilikda belgilangan tartibda tergov o‘tkazish haqida xalqaro so‘rovni tayyorlash va Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligiga yuborish.

Xabar olingandan so‘ng ish holatidan kelib chiqib

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-son qaroriga
3-ILOVA
Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni tashkil etish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan legallashtirishga (keyingi o‘rinlarda — legallashtirish) qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomning tekshiruv o‘tkazishga doir talablari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ushbu sohada o‘tkaziladigan tekshiruvlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ushbu Nizomning Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimi hamda “Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobi” bilan ishlashga doir talablari tadbirkorlik subyekti bo‘lmagan tashkilotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
maxsus vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
monitoring — tashkilotlar tomonidan legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari ijrosi yuzasidan hisobot va axborotlarni masofadan tahlil qilishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui;
monitoring va nazoratni amalga oshiruvchi vakolatli organlar (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organlar) — tegishli tashkilotlar uchun legallashtirishga qarshi kurashish borasida ichki nazorat qoidalarini ishlab chiquvchi va tasdiqlovchi organlar yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq nazorat qilish vakolati berilgan boshqa organlar va tashkilotlar;
nazorat — legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari ijrosi holatini tashkilotga chiqqan holda o‘rganishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui;
operatsiyalar — legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mulk bilan bog‘liq operatsiyalar;
tashkilotlar — O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasida nazarda tutilgan tashkilotlar.
3. Legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Monitoring va nazorat tashkilotning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda amalga oshiriladi.
4. Monitoring va nazorat qonuniylik, adolatlilik, xolislik, oshkoralik, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
5. Monitoring va nazoratni amalga oshirishning asosiy maqsadi tashkilotlar tomonidan legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlash hisoblanadi.
Quyidagilar monitoring va nazoratning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tashkilotlarning jinoiy faoliyatga qasddan yoki qasddan bo‘lmagan holda jalb etilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
tashkilotlarning legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish bo‘yicha mas’uliyatini oshirish, shuningdek, ushbu sohada huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash;
legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzishni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
legallashtirishga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish.
6. Monitoring va nazoratni amalga oshirish ushbu Nizomning 1-1a-ilovalaridagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Monitoringni tashkil etish va o‘tkazish tartibi
7. Monitoring legallashtirishga qarshi kurashish sohasida tashkilotlar taqdim etgan hisobotlar, statistik va boshqa ma’lumotlarni vakolatli organlar tomonidan tahlil qilish va o‘rganish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Hisobot shakllari vakolatli organlar tomonidan ishlab chiqiladi va maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
8. Monitoringni amalga oshirishda tashkilotlarga tashrif buyurish, shuningdek, legallashtirishga qarshi kurashish sohasiga taalluqli bo‘lmagan ma’lumotlarni talab qilib olish man etiladi.
9. Monitoring davomida legallashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish alomatlari aniqlangan taqdirda, vakolatli organlar tomonidan ularni bartaraf etish choralari ko‘riladi yoki monitoring natijalariga ko‘ra tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
3-bob. Nazoratni tashkil etish va o‘tkazish tartibi
10. Nazorat ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari talablari asosida vakolatli organlar tomonidan mustaqil yoki maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda tashkilotlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini o‘rganish maqsadida tekshiruv shaklida amalga oshiriladi.
Maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasi asosida tegishli vakolatli organlari tomonidan uning nazorati ostidagi tashkilotlarda tekshiruv o‘tkazilishi mumkin.
11. Tekshiruv Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor qilgan holda o‘tkaziladi, tadbirkorlik subyekti bo‘lmagan tashkilotlar bundan mustasno.
12. Tekshiruv davomida legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari doirasiga kirmaydigan masalalarni o‘rganish taqiqlanadi.
13. Tekshiruv vakolatli organlar tomonidan mustaqil yoki hamkorlikda chiqarilgan tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqqa (farmoyishga) (keyingi o‘rinlarda — buyruq (farmoyish) asosan o‘tkaziladi.
Tekshiruvni o‘tkazish uchun vakolatli organlarning ikki yoki undan ortiq xodimlari jalb etilgan taqdirda, buyruq yoki farmoyishda ulardan biri tekshiruvda vazifalarni taqsimlash bo‘yicha guruh rahbari etib belgilanadi.
14. Hamkorlikda o‘tkaziladigan tekshiruvlar tekshiruv boshlanishidan kamida besh kun oldin o‘zaro xabardor qilgan holda o‘tkaziladi.
15. Buyruq (farmoyish)da quyidagilar ko‘rsatiladi:
tekshiruv o‘tkazadigan vakolatli organ(lar) nomi;
buyruq (farmoyish) raqami va sanasi;
tekshiruv o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi;
tekshiruv o‘tkaziladigan tashkilotning nomi, pochta manzili va faoliyat ko‘rsatish joyi;
tekshiruv jarayonida o‘rganiladigan masalalar doirasi hamda tekshirilayotgan faoliyat davri;
tekshiruvni boshlash va tugash muddati.
Tekshiruvni boshlashdan oldin tekshiruv dasturi tuzilishi va unda o‘rganiladigan masalalar aks ettirilishi lozim.
16. Tekshiruv dasturiga quyidagilar kiritiladi:
mas’ul shaxslarni tayinlash tartibiga rioya etilishi;
mas’ul shaxsni o‘qitish va qayta tayyorlashni tashkil etish ahvoli;
tashkilot faoliyatining o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda ichki nazoratni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarning ishlab chiqilganligi va ularga rioya etilishi;
ichki nazoratni va mijozlarni tekshirish choralarini joriy etish;
legallashtirish bilan bog‘liq tavakkalchilikni aniqlash, baholash va hujjatlar bilan qayd etish, shuningdek, ushbu tavakkalchilik haqida rahbariyatni o‘z vaqtida xabardor qilish va ularni kamaytirish bo‘yicha choralar ko‘rish holati;
mas’ul shaxslarning zimmasiga ichki nazorat qoidalari va lavozim yo‘riqnomasi bilan yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishi;
mijozlarni, shu jumladan benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash bo‘yicha o‘z vaqtida va to‘liq choralar ko‘rilganligi;
mas’ul shaxslar tomonidan mijozlarni tekshirish, mijoz yoki operatsiyalarning tavakkalchilik darajasini aniqlash, tavakkalchiliklarni qayd etish hamda nazorat qilishning kengaytirilgan choralarini qo‘llashning tartib va talablariga rioya etilishi;
operatsiya ishtirokchilari o‘rtasida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga (keyingi o‘rinlarda — Ro‘yxat) kiritilgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha ishlar holati;
Ro‘yxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish tartib va talablariga rioya etilishi;
maxsus vakolatli davlat organi tomonidan operatsiyalarni to‘xtatib turish yuzasidan yuborilgan ko‘rsatmalarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi;
legallashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq ishlarda maxfiylik talablariga rioya etilishi;
operatsiyalar haqidagi axborotlarni, identifikatsiyalash ma’lumotlarini, mijozlarni tekshirish materiallarini, shuningdek, legallashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlarni saqlash tartiblariga rioya etilishi;
shubhali operatsiyalar haqida xabarlarni tayyorlash talablariga hamda ularni maxsus vakolatli davlat organiga yuborish muddati va tartibiga rioya etilishi;
shubhali operatsiyalarning amalga oshirilishi yoki amalga oshirishga urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar bilan bog‘liq shaxslar (rahbarlar, ta’sischilar), shu jumladan ushbu operatsiyalarning barcha holatlari va kontragentlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasining shakllantirilishi;
maxsus vakolatli davlat organining qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etish haqidagi so‘rovlarining o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishi;
legallashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi tashkilotlar, shu jumladan ushbu sohadagi xorijiy davlat vakolatli organlari, xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshirish ahvoli;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa masalalar.
17. Tekshiruvni o‘tkazish vaqtida tekshiruvga aloqador bo‘lmagan shaxslarning ishtirok etishi taqiqlanadi, vakolatli organlar tomonidan jalb etilgan mutaxassislar bundan mustasno.
18. Tashkilotning mansabdor shaxsi buyruq (farmoyish)ni qabul qilishdan bosh tortishi tekshiruvni o‘tkazishga to‘sqinlik qilmaydi. Bunday holatlarda dalolatnoma tuzilib, tekshiruv hujjatlariga qo‘shib qo‘yiladi.
Tekshiruvni o‘tkazish muddati o‘ttiz kundan oshmasligi lozim.
19. Tekshiruv dalolatnomasiga “Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobi”ning to‘ldirilgan shakli (qog‘oz shakli to‘ldirilganda — elektron shakli to‘ldirilmaganligi sababi) yoki kitob taqdim etilmaganda — uning taqdim etilmaganligi to‘g‘risida tegishli yozuv kiritiladi.
Tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxs “Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobi”ni to‘ldirishdan bosh tortgan taqdirda, tashkilot mansabdor shaxsi tekshiruv o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslikka haqli.
20. Buyruq (farmoyish)da ko‘rsatilgan sana ushbu tekshiruvni o‘tkazish muddatining boshlanishi deb hisoblanadi.
21. Vakolatli organlar barcha o‘tkazilgan tekshiruv natijalari haqida maxsus vakolatli davlat organini tekshiruv tugagan kundan so‘ng uch ish kuni ichida xabardor qilishi lozim.
4-bob. Tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxslar hamda tashkilot mansabdor shaxsining huquq va majburiyatlari
22. Tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
tashkilotdan tekshiruv predmetiga taalluqli ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilish, ularni o‘rganish hamda nusxa olish;
tashkilotning mansabdor shaxsidan tekshiruv predmetiga taalluqli masalalar bo‘yicha yozma tushuntirish berishni hamda aniqlangan qonun buzilish holatlarini bartaraf etish choralarini ko‘rishni talab qilish;
tashkilot rahbariyati oldiga aybdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish masalasini qo‘yish;
aniqlangan qonun buzilish holatlari bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rish.
Tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxslarning qonuniy talablari tekshirilayotgan tashkilot mansabdor shaxslari uchun majburiy hisoblanadi.
23. Tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxslar quyidagi majburiyatlarga ega:
tekshiruv boshlangunga qadar tashkilot mansabdor shaxsini buyruq (farmoyish) bilan tanishtirish va uning nusxasini imzo qo‘ydirgan holda taqdim etish;
tashkilot mansabdor shaxsini tekshiruv maqsadi bilan tanishtirish, unga o‘z xizmat guvohnomasi va tekshiruv o‘tkazish huquqini beruvchi maxsus guvohnomasini ko‘rsatish;
tekshirilayotgan tashkilotda “Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobi” mavjud bo‘lgan hollarda, uning elektron yoki qog‘oz shaklini to‘ldirish;
tekshiruvni o‘tkazish vaqtida tashkilot mansabdor shaxsiga uning huquq va majburiyatlarini, shu jumladan, tekshiruv vaqtida mutaxassislarni jalb qilishga haqli ekanligini tushuntirish;
o‘ziga ma’lum bo‘lgan tijorat, bank siri yoki boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash;
o‘tkazilgan tekshiruv natijalari bilan tashkilot mansabdor shaxsini tanishtirish;
tekshiruv natijalari tekshiruv tamomlangandan keyin uch kun ichida Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga kiritilishini ta’minlash;
o‘z vakolatlari va buyruq (farmoyish)da belgilangan tekshiruv maqsadlari doirasidan chiqmaslik.
Tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxslar zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
24. Tashkilot mansabdor shaxsi quyidagi huquqlarga ega:
buyruq (farmoyish) nusxasini olish, tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxsning xizmat guvohnomasi va tekshiruv o‘tkazish huquqini beruvchi maxsus guvohnomasi bilan tanishish;
tekshiruv jarayonida vakil orqali yoki shaxsan ishtirok etish;
tekshiruvni o‘tkazish uchun qonuniy asoslarga ega bo‘lmagan shaxslarga tekshiruvni o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik;
tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxsdan “Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobi”ning elektron yoki qog‘oz shaklini to‘ldirishni talab qilish, to‘ldirishdan bosh tortgan taqdirda esa — o‘zining hududi va binolariga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik;
tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxsning vakolatiga kirmaydigan yoki tekshiruv predmetiga aloqador bo‘lmagan masalalar bo‘yicha talablarni bajarmaslik;
tekshiruv materiallarini ko‘rib chiqish jarayonida ishtirok etish, ular bilan tanishish va nusxa olish;
tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxsning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan shikoyat qilish.
Tashkilot mansabdor shaxsi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
25. Tashkilot mansabdor shaxsi quyidagi majburiyatlarga ega:
tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxsga tekshiruv bilan bog‘liq hujjatlar, shuningdek, elektron manbalarda saqlanadigan tegishli axborot bilan tanishish imkoniyatini ta’minlash;
tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxsning tekshiruv bilan bog‘liq qonuniy talablarini bajarish hamda uning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilmaslik;
tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxsga o‘z vazifalarini bajarishda ko‘maklashish va tekshiruv predmetiga aloqador masalalar bo‘yicha yozma tushuntirishlar berish.
Tashkilot mansabdor shaxsi zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
5-bob. Tekshiruv natijalarini rasmiylashtirish
26. Tekshiruv natijalari bo‘yicha tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxs tomonidan tekshiruv dalolatnomasi tuziladi.
Tekshiruv dalolatnomasi ikki nusxada, hamkorlikda o‘tkazilgan tekshiruvlar bo‘yicha esa, uch nusxada tuziladi hamda tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxslar va tashkilot mansabdor shaxsi tomonidan imzolanadi.
27. Tekshiruv dalolatnomasida quyidagilar qayd etilishi lozim:
tekshiruvni o‘tkazgan vakolatli organ(lar) nomi;
dalolatnoma tuzilgan joy va sana;
buyruq (farmoyish) raqami va sanasi;
tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi;
tekshirilgan tashkilotning nomi, pochta manzili va faoliyat ko‘rsatish joyi;
tekshiruv o‘tkazilgan joy va sana, tekshirilgan faoliyat davri;
tekshiruv natijalari, shu jumladan aniqlangan qonun buzilish holatlari, ularning xususiyatlari hamda qonun buzilishida javobgar bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar;
tashkilotning mansabdor shaxsi dalolatnoma bilan tanishganligi (imzolaganligi), tekshiruv natijalari bo‘yicha berilgan shikoyat va e’tirozlar hamda tanishishdan yoki imzolashdan bosh tortganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
“Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobi”ning to‘ldirilgan shakli (qog‘oz shakli to‘ldirilganda — elektron shakli to‘ldirilmaganligi sababi) yoki kitob taqdim etilmaganda — uning taqdim etilmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxsning imzosi.
28. Tekshiruv dalolatnomasining bir nusxasi tekshiruv o‘tkazilgan tashkilot mansabdor shaxsiga tilxat orqali topshiriladi hamda tekshiruv natijalari haqidagi ma’lumotlar belgilangan tartibda Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga kiritiladi.
29. Tekshiruv dalolatnomasi tashkilot mansabdor shaxsiga topshirilgan kun tekshiruv yakunlangan kun deb hisoblanadi.
30. Tekshiruvni o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlarning nusxalari, tekshiruv davomida rasmiylashtirilgan hujjatlar, mutaxassislar xulosalari, tekshiruv davomida olingan materiallar, shuningdek, tekshiruv doirasidagi harakatlarning bajarilishini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar tekshiruv dalolatnomasiga ilova qilinadi.
31. Tekshiruv natijasi bo‘yicha aniqlangan qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va qonuniy chora ko‘rish tekshiruvni o‘tkazgan vakolatli organ, hamkorlikdagi tekshiruv bo‘yicha esa, tekshiruv tashabbuskori tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda, tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxs aniqlangan qonun buzilish holatlari bo‘yicha faqat o‘z vakolati doirasida ularni bartaraf etishga yo‘naltirilgan choralarni ko‘rishi mumkin.
32. Tekshiruv davomida aniqlangan legallashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining buzilishi faktlari bo‘yicha ish yuritish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6-bob. Yakuniy qoidalar
33. Vakolatli organlar ushbu Nizomga muvofiq o‘tkazilgan tekshiruvlar hamda ko‘rilgan choralar hisobini yuritishlari lozim.
34. Vakolatli organlar o‘tkazilgan monitoring va nazorat natijalari haqidagi ma’lumotlarni elektron shaklda mazkur Nizomga 2-ilovada ko‘rsatilgan jadval asosida maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadilar.
35. Ushbu Nizomning talablarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning faoliyati ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Vakolatli organlar

1. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar taqdim etgan hisobotlarni, statistik va boshqa ma’lumotlarni masofaviy tarzda tahlil qilish va o‘rganish.

1. Doimiy ravishda

2. O‘rganish davomida qonunchilikni buzish alomatlari aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish yoki monitoring natijalariga ko‘ra tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish.

2. Monitoring natijalariga ko‘ra

 

2-bosqich

Vakolatli organlar

1. Tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risida buyruq (farmoyish) qabul qilish.

2. Tekshiruvni Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish, tadbirkorlik subyekti bo‘lmagan tashkilotlar bundan mustasno.

3. Tekshiruv dasturini ishlab chiqish.

1 kun ichida

3-bosqich

Vakolatli organlarning tekshiruvni amalga oshiruvchi xodimlari

1. Tekshirilayotgan tashkilot mansabdor shaxsini buyruq bilan tanishtirish.

1. Tekshiruv boshlangan kunda

2. “Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobi”ni to‘ldirish.

2. 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda

3. Tekshiruvni amalga oshirish, tekshiruv predmetiga doir hujjatlar, materiallar va ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil qilish.

4-bosqich

Tekshirilayotgan tashkilot mansabdor shaxsi

1. Tekshiruv jarayonida vakil orqali yoki shaxsan ishtirok etish.

2. Tekshiruv materiallari bilan tanishish va nusxa olish.

3. Tekshiruvni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan shaxsga o‘z vazifalarini bajarishda ko‘maklashish va tekshiruvga doir masalalar bo‘yicha yozma tushuntirishlar berish.

Tekshiruv davomida

5-bosqich

Vakolatli organlarning tekshiruvni amalga oshiruvchi xodimlari

1. Tekshiruv natijalari bo‘yicha dalolatnoma tuzish va nusxasini tashkilot mansabdor shaxsiga taqdim etish.

1. Tekshiruv yakunlangan kunda

2. Tekshiruv natijalari bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organini xabardor qilish hamda ularni Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga kiritish.

2. Tekshiruv yakunlangandan so‘ng uch kun ichida

3. Aniqlangan qonun buzilish holatlari bo‘yicha choralar ko‘rish.

Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1a-ILOVA
NAMUNA
Auditorlik tashkilotlarining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirish
NAMUNAVIY SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Moliya vazirligi

1. Auditorlik tashkiloti taqdim etgan hisobotlarni, statistik va boshqa ma’lumotlarni masofaviy tarzda tahlil qilish va o‘rganish.

1. Doimiy ravishda

2. O‘rganish davomida qonunchilikni buzish alomatlari aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish yoki monitoring natijalariga ko‘ra tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish.

2. Monitoring natijalariga ko‘ra

2-bosqich

Moliya vazirligi

1. Tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risida buyruq (farmoyish) qabul qilish.

2. Tekshiruvni Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish.

3. Tekshiruv dasturini ishlab chiqish.

1 kun ichida

3-bosqich

Moliya vazirligining tekshiruvni amalga oshiruvchi xodimlari

1. Auditorlik tashkilotining mansabdor shaxsini buyruq bilan tanishtirish.

1. Tekshiruv boshlangan kunda

2. “Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobi”ni to‘ldirish.

2. 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda

3. Tekshiruvni amalga oshirish, tekshiruv predmetiga doir hujjatlar, materiallar va ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil qilish.

4-bosqich

Auditorlik tashkilotining mansabdor shaxsi

1. Tekshiruv jarayonida vakil orqali yoki shaxsan ishtirok etish.

2. Tekshiruv materiallari bilan tanishish va nusxa olish.

3. Moliya vazirligining vakolatli xodimiga o‘z vazifalarini bajarishda ko‘maklashish va tekshiruvga doir masalalar bo‘yicha yozma tushuntirishlar berish.

Tekshiruv davomida

5-bosqich

Moliya vazirligining tekshiruvni amalga oshiruvchi xodimlari

1. Tekshiruv natijalari bo‘yicha dalolatnoma tuzish va nusxasini auditorlik tashkiloti mansabdor shaxsiga taqdim etish.

1. Tekshiruv yakunlangan kunda

2. Tekshiruv natijalari bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organini xabardor qilish hamda ularni Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga kiritish.

2. Tekshiruv yakunlangandan so‘ng uch kun ichida

3. Aniqlangan qonun buzilish holatlari bo‘yicha choralar ko‘rish.

Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

_________________________________________________________________________ tomonidan 20_____ yilning ______ choragida

(vakolatli organ nomi)

pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat natijasida bo‘yicha
‎MA’LUMOT

‎T/r

‏Tashkilot nomi

Nazorat turi

Aniqlangan qonun buzilish holatlarining qisqa mazmuni

Qonun buzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar

Tashkilotga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar

Javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslar soni

‏monitoring natijalari

nazorat natijalari

Jami

Shu jumladan

ma’muriy

intizomiy

‎1.

‎2.

3.‎

4.‎

5.‎

‎6.

7.‎

(vakolatli organ rahbari)
20__ yil “____” ___________
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-son qaroriga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xizmatchilarining lavozimlari ro‘yxatining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti” bo‘limida “Departament boshlig‘ining yordamchisi” so‘zlaridan keyin “Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan 2-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2026-yil 8-fevral — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Kichik tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 1998-yil 27-maydagi 232-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 5-son, 20-modda) 1-ilovaning “Kafolatlar mazmuni” ustuni 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Quyidagilar belgilansin:
tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) belgilangan tartibda faqat davlat soliq xizmati organlari, ular tomonidan tekshirish davomida soliq va valyutaga oid jinoyat alomatlari aniqlangan taqdirda esa — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti tomonidan amalga oshiriladi;
nazorat organlarining rahbarlari va mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlarini o‘z vakolatlari va nazorat sohasi doirasidan tashqari masalalar bo‘yicha har qanday tekshiruvlar o‘tkazganligi uchun shaxsan javobgar, hatto jinoiy javobgar ham bo‘ladilar”.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-oktabrdagi 725-sonli qaroriga asosan 5-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 3-fevral — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2024-y., 09/24/725/0879-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentida yagona axborot-kompyuter tarmog‘ini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 23-iyundagi 123-son qarorining nomidagi, 1-bandi uchinchi xatboshisidagi va 2-ilovasi nomidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga” so‘zlari “Iqtisodiy jinoyatlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 432-sonli qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/432/0717-son)
9. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 166-son qarori bilan tasdiqlangan Sotib olingan reabilitatsiya texnik vositasi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun kompensatsiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandida:
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 56-modda) bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
2-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga” so‘zlari “Iqtisodiy jinoyatlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
53-bandi 4-kichik bandi birinchi xatboshisidagi va uchinchi xatboshisidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga” va “Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” so‘zlari “Iqtisodiy jinoyatlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2012-yil 1-fevraldagi 25-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 48-modda) 2-bandidagi “Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” so‘zlari “Iqtisodiy jinoyatlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi to‘g‘risidagi Bitimni amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar haqida” 2013-yil 23-yanvardagi 16-son qarorida:
a) 1-banddagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” so‘zlari “Iqtisodiy jinoyatlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat xavfsizlik xizmati, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan birgalikda Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi to‘g‘risidagi Bitimdan kelib chiquvchi majburiyatlarning bajarilishini ta’minlasinlar”;
v) 3-banddagi va 4-bandning birinchi xatboshisidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” so‘zlari “Iqtisodiy jinoyatlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qog‘ozlarni muomalaga kiritish kvotalari va tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 20-avgustdagi 239-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 90-modda) ilovasining 19-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “jinoiy faoliyatdan va terrorizmni moliyalashtirishdan olingan daromadlar legallashtirilishiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik” so‘zlari “jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 414-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 25-son, 553-modda) bilan tasdiqlangan Terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandi birinchi xatboshisidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” so‘zlari “Iqtisodiy jinoyatlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-oktabrdagi 856-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari (akademiklari)ni tanlov asosida saralash va tasdiqlash tartibi haqida nizomning 13-bandi o‘n ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-152-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son)
19. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-yanvardagi 33-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2018-y., 3-son, 48-modda) bilan tasdiqlangan Tovar-xom ashyo birjalarida hisob-kitob-kliring operatsiyalarini o‘tkazish qoidalarining 25-bandi sakkizinchi xatboshisidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” so‘zlari “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 334-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy dorixona faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 24-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Ijtimoiy dorixonada dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxlarini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
22. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 10-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish”;
“v” kichik banddan yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi “e” kichik bandi bilan to‘ldirilsin:
“e) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:
maxsus vakolatli davlat organi bilan birga tovar-xom ashyo birjalari uchun ichki nazorat qoidalarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek ularga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi;
tovar-xom ashyo birjalari faoliyatida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni baholaydi, tahlil qiladi va o‘rganadi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir choralar ko‘radi;
belgilangan tartibda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etadi;
Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevrosiyo guruhi to‘g‘risidagi Bitimdan kelib chiquvchi majburiyatlarning bajarilishini ta’minlashda ishtirok etadi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar qo‘llaydi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi”;
o‘ttiz uchinchi — qirq ikkinchi xatboshilar tegishincha o‘ttizinchi — o‘ttiz to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-yanvardagi 23-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 09/24/23/0023-son)
24. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-iyuldagi 616-son qarori bilan tasdiqlangan “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish va undan foydalanishni tashkil etish reglamentining 14-bandida:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
25. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 54-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Agar kameral soliq tekshiruvi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan berilgan ma’lumotlar asosida o‘tkazilgan bo‘lsa, kameral soliq tekshiruvi natijasida ko‘p va juda ko‘p miqdorda soliqlar va yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlari bo‘yicha undirilgan soliqlar, penya va moliyaviy jarimalar summalarining 20 foizi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi hamda 20 foizi Departamentning maxsus budjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
Bunda, sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish va undirilgan mablag‘larni taqsimlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan kelishgan holda tasdiqlanadi”.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-son qaroriga
5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 18-maydagi 223-son qarori bilan tasdiqlangan Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byuro to‘g‘risida namunaviy nizomning 112-bandi “b” va “g” kichik bandlari.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyot va soliq sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 6-iyuldagi 291-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 2005-yil 6-noyabrdagi 243-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2006-yil 6-iyuldagi 130-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 7-son, 48-modda) ilovaning 4-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq ma’lumotlarni taqdim etish to‘g‘risida” 2009-yil 12-oktabrdagi 272-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 367-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 11-bandi “v” kichik bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2013-yil 31-maydagi 152-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 5-son, 34-modda) ilovaning 8-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyot va soliq sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 6-iyuldagi 291-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 2013-yil 5-dekabrdagi 318-son qarori.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2016-yil 25-apreldagi 122-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda) 1-ilovaning 38-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 9-iyundagi 365-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 914-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish bo‘yicha tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risida nizomning 10-bandi “g”, “d” va “e” kichik bandlari.
11. Vazirlar Mahkamasining “Fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 26-martdagi 238-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 29-maydagi 396-son qaroriga ilovaning 46-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son; 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son; 06.08.2022-y., 09/22/432/0717-son; 12.01.2024-y., 09/24/23/0023-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 02.11.2024-y., 09/24/725/0879-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son; 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)