Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 3-iyundagi O‘RQ-387-son “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududida qiymatli qog‘ozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom, “Uyushgan birjadan tashqari bozorda korporativ qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisiga doir bitimlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom” (ro‘yxat raqami: 1384).
Agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan tartibda tovarning sifatini tekshirish shartlari nazarda tutilgan bo‘lmasa, tovarning sifati ish muomalasi odatlariga yoki oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha topshirilishi lozim bo‘lgan tovarni tekshirishning odatda qo‘llaniladigan boshqa shartlariga muvofiq tekshirilishi lozim.
Sotib oluvchi ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan majburiyatni bajarmagan taqdirda, sotuvchi bu hol sotib oluvchining talablarini qanoatlantirib bo‘lmaydigan qilib qo‘yganini yoki sotuvchi oldi-sotdi shartnomasi shartlari buzilgani haqida o‘z vaqtida xabardor qilinganida sarflashi mumkin bo‘lgan mablag‘larga nisbatan nomutanosib xarajatlarga olib kelishini isbotlasa, u sotib oluvchining tegishli talablarini qondirishdan to‘liq yoki qisman bosh tortishga haqli.
Sotib oluvchi tovar haqini ushbu Kodeksning 356-moddasiga muvofiq belgilanadigan bahoda to‘lashi, shuningdek qonunchilik, oldi-sotdi shartnomasi yoki odatda qo‘yiladigan talablarga muvofiq to‘lovni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan harakatlarni o‘z hisobidan bajarishi lozim.
Agar sotib oluvchiga sotish joyida ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan tovar to‘g‘risidagi axborotni darhol olish imkoni berilmagan bo‘lsa, u chakana oldi-sotdi shartnomasini tuzishdan asossiz bosh tortilgani tufayli o‘zi ko‘rgan zararni to‘lashni sotuvchidan talab qilishga, agar shartnoma tuzilgan bo‘lsa, oqilona muddatda shartnomani bajarishdan bosh tortishga, tovar uchun to‘langan summani qaytarishni va zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha shartnoma bekor qilinganidan keyin uning o‘rniga boshqa bitim tuzilmagan va tovarning joriy bahosi mavjud bo‘lsa, taraf shartnomada belgilangan baho bilan shartnoma bekor qilingan paytdagi joriy baho o‘rtasidagi farqdan iborat zararni qoplash to‘g‘risida talab qo‘yishi mumkin.
Davlat buyurtmachisi ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi) yo davlat buyurtmachisidan tovarlarni qabul qilish va haqini to‘lashni talab qilish, yoki tovarlarni o‘z ixtiyori bilan realizatsiya qilib, tovarlarni realizatsiya qilish bilan bog‘liq oqilona xarajatlarni davlat buyurtmachisiga yuklash huquqiga ega.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha davlat kontrakti bekor qilinganida mahsulot yetkazib beruvchi davlat ehtiyojlari uchun tovar yetkazib berish shartnomasini bajarishdan bosh tortishga haqli. Mahsulot yetkazib beruvchining bunday bosh tortishi tufayli sotib oluvchiga yetkazilgan zarar davlat buyurtmachisi tomonidan qoplanadi.
Agar mahsulot yetishtiruvchi ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan majburiyatlarini bajarmaganligi oqibatida qishloq xo‘jaligi mahsuloti kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilgan miqdor va assortimentda olinmasligi oldindan ma’lum bo‘lib qolsa, tayyorlovchi shartnomani bekor qilishni yoki o‘zgartirishni va zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talablarga rioya qilmaslik shartnomaning haqiqiy bo‘lmasligiga olib keladi. Bunday shartnoma o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitim hisoblanadi, uni bajarishga yo‘l qo‘yilmaydi va unga nisbatan ushbu Kodeks 112-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanmaydi.
Korxonaning sotilishi to‘g‘risida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinmagan kreditor sotuvchi korxonani sotib oluvchiga topshirgani to‘g‘risida xabar topgan yoki xabar topishi lozim bo‘lgan kundan boshlab bir yil mobaynida ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan talablarni qondirish haqida da’vo qo‘zg‘atishi mumkin.
Ushbu Kodeks 507-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarda hadya qiluvchi kelajakda hadya oluvchiga ashyoni yoki mulk huquqini berish yo bo‘lmasa, uni mulkiy majburiyatdan ozod etish va’da qilingan shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqli.
Renta to‘lovchi ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmasa, shuningdek renta oluvchi javobgar bo‘lmaydigan holatlarda ta’minlash yo‘qotilgan yoki ta’minlash sharoitlari yomonlashgan taqdirda renta oluvchi renta shartnomasini bekor qilishga va shartnoma bekor qilinishi tufayli ko‘rgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Ushbu Kodeks 241-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga va 334-moddasiga muvofiq, bosh pudratchi buyurtmachining pudrat shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun yordamchi pudratchi oldida javobgar bo‘ladi, buyurtmachi oldida esa, yordamchi pudratchi o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligining oqibatlari uchun javobgar bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismidagi qoidalarni yoki pudrat shartnomasini buzib, shartnomani bajarish uchun yordamchi pudratchini jalb qilgan pudratchi ushbu yordamchi pudratchi shartnomani bajarishda qatnashib, yetkazgan zarar uchun buyurtmachi oldida javobgar bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar to‘g‘risida buyurtmachini ogohlantirmagan yoki ogohlantirishga javob olish uchun shartnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tishini, bunday muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, oqilona muddat o‘tishini kutmasdan yoxud buyurtmachi ishni to‘xtatib turish to‘g‘risida o‘z vaqtida ko‘rsatma bergan bo‘lishiga qaramasdan ishni davom ettiravergan pudratchi buyurtmachi unga yoki pudratchi buyurtmachiga tegishli talablar qo‘yganida mazkur holatlarni vaj qilib keltirishga haqli emas.
Agar buyurtmachi pudratchining ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan holatlar to‘g‘risida o‘z vaqtida va asosli ogohlantirganiga qaramasdan, oqilona muddatda yaroqsiz yoki sifatsiz materialni almashtirmasa, ishni bajarish usuli to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini o‘zgartirmasa yoxud ishning yaroqliligi yoki pishiqligini xavf ostiga qo‘yadigan holatlarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan boshqa choralarni ko‘rmasa, pudratchi shartnomani bajarishdan bosh tortishga va yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Agar buyurtmachi ushbu Kodeks 642-moddasining to‘rtinchi qismiga yoki 650-moddasining uchinchi qismiga asosan pudrat shartnomasini bajarishdan voz kechsa, pudratchi buyurtmachi tomonidan berilgan materiallarni, uskunalarni, qayta ishlash (ishlov berish) uchun berilgan ashyo va boshqa mol-mulkni buyurtmachiga qaytarib berishi yoki buyurtmachi ko‘rsatgan shaxsga topshirishi, agar buning iloji bo‘lmasa — materiallar, uskunalar, ashyo va boshqa mol-mulkning qiymatini to‘lashi shart.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hollarda pudratchi ish natijasini sotish o‘rniga uni ushlab turish yoki keltirilgan zararni buyurtmachidan undirib olish huquqidan foydalanishi mumkin.
Ushbu moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlarida belgilangan majburiyatlarni bajarmagan pudratchi, agar buyurtmachining manfaatini ko‘zlab, xususan ishning to‘xtatilishi qurilish obyektining nobud bo‘lishiga yoki shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lganligi munosabati bilan darhol harakat qilish zarur bo‘lganligini isbotlay olmasa, u bajargan qo‘shimcha ishi uchun buyurtmachidan haq to‘lashni va shu tufayli ko‘rilgan zararni qoplashni talab qilish huquqidan mahrum bo‘ladi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-martdagi 128-son “Toshkent metropolitenida pensionerlarni bepul tashish to‘g‘risida”gi Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 1-avgustdagi 213-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish Qoidalari”, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining 2013-yil 21-oktabrdagi 57-mh-son qarori bilan tasdiqlangan “Havo kemalarida pochtani tashish Qoidalari”, Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-noyabrdagi 308-son qarori bilan tasdiqlangan “Toshkent shahrida yo‘nalishli xususiy taksilarda yo‘lovchi tashish tartibi to‘g‘risida Nizom”, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2013-yil 26-apreldagi 76-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Daryo transportida yuk tashish Qoidalari”, Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-apreldagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish Qoidalari”, O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 11-apreldagi 45-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Havo transportida yo‘lovchi va bagaj tashish Qoidalari”, Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 35-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish Qoidalari”, O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “O‘zdavtemiryo‘lnazorat”, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2006-yil 17-iyuldagi GI 1/6-7-16-son va 01-8/2319-son qarori bilan tasdiqlangan “Temir yo‘llarda pochtani tashish va pochta vagonlarini ekspluatatsiya qilish qoidalari Qoidalari”, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining 2005-yil 25-maydagi 5 va 80-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni temir yo‘l transportida tashish Qoidalari”, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Sanoatkontexnazorat� davlat inspeksiyasining 2005-yil 25-maydagi 4 va 79-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni avtomobil transportida tashish Qoidalari”.
Mijoz ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan axborotni taqdim etish majburiyatini buzganligi munosabati bilan ekspeditorga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilab qo‘yilgan qoida talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechishni taqiqlash yoki cheklash haqida mijoz bilan qarzdor o‘rtasidagi kelishuvni buzgan holda talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechilishi munosabati bilan mijozni qarzdor oldidagi majburiyatlar yoki javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Bankning xizmatlari uchun ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan haq, agar bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, bank tomonidan har oyning oxirida mijozning hisobvarag‘ida turgan pul mablag‘laridan undirib olinadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan foizlar bank tomonidan bank hisobvarag‘i shartnomasida belgilanadigan miqdorda, shartnomada tegishli shartlar nazarda tutilmagan taqdirda esa— odatda bank talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar yuzasidan to‘laydigan miqdorda to‘lanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan talablar bank tomonidan hisobga olinib, u talablar hisobga olinganligi to‘g‘risida mijozga bank hisobvarag‘i shartnomasida belgilab qo‘yilgan tartibda va muddatlarda, bordiyu tegishli shartlarni taraflar kelishib olishmagan bo‘lsa, banklar odatda tegishli hisobvaraqdagi pul mablag‘larining holati to‘g‘risida mijozlarga axborot beradigan tartibda va muddatlarda axborot berishi shart.
Bank o‘z vaqtida kiritilmagan yoki asossiz o‘chirilgan summaga ushbu Kodeksning 327-moddasiga muvofiq foizlar to‘lashi va zararning o‘rnini qoplashi ham shart. Bank hisobvaraqdan mablag‘larni o‘z vaqtida bermaganligi va mijozning hisobvaraqdan mablag‘larni o‘tkazish haqidagi farmoyishlarini o‘z vaqtida bajarmaganligi uchun ham javobgar bo‘ladi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Chek saqlovchining ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan da’vosi chekni haq to‘lashga taqdim etish muddati tamom bo‘lgan kundan e’tiboran olti oy mobaynida qo‘zg‘atilishi mumkin. Majburiyatli shaxslarning bir-birlariga nisbatan da’volari bo‘yicha regress talablari tegishli majburiyatli shaxs talabni qondirgan kundan yoki unga da’vo qo‘zg‘atilgan kundan boshlab olti oy o‘tgach qoplanadi.
Ushbu moddaning beshinchi qismi asosida bitim bo‘yicha huquqlarni komitentga topshirishga, vositachining uchinchi shaxs bilan huquqlarni bunday berishni taqiqlaydigan yoki cheklaydigan kelishuvidan qat’i nazar, yo‘l qo‘yiladi. Bu hol vositachi huquqni topshirishni taqiqlash yoki cheklash haqidagi kelishuvni buzib huquqni topshirganligi munosabati bilan uni uchinchi shaxs oldidagi javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Vositachi ushbu Kodeksning 290-moddasiga muvofiq o‘z qo‘lida bo‘lgan, komitentga yoki komitent ko‘rsatgan shaxsga topshirilishi kerak bo‘lgan ashyolarni vositachilik shartnomasi bo‘yicha o‘z talablarini ta’minlash uchun ushlab turishga haqli.
Vositachi ushbu Kodeksning 343-moddasiga muvofiq vositachilik shartnomasi bo‘yicha o‘ziga tegishli bo‘lgan summalarni komitent hisobidan o‘ziga tushgan hamma summalardan ushlab qolishga haqli. Biroq komitentning o‘z talablarini qondirish navbati bo‘yicha garov saqlovchilar oldida imtiyozdan foydalanadigan kreditorlari bu talablarni vositachi ushlab qolgan summalardan qanoatlantirish huquqidan mahrum etilmaydilar.
Agar omonat saqlovchi xabardor bo‘lgani holda va uning roziligi bilan saqlashga qabul qilingan ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ashyolar, garchi ularni saqlash shartlariga rioya etilgan bo‘lsa-da, atrofdagilar uchun yoki omonat saqlovchi yoxud uchinchi shaxslarning mol-mulki uchun xavfli bo‘lib qolgan bo‘lsa hamda vaziyat omonat saqlovchining yuk topshiruvchidan ularni darhol olib ketishni talab qilishiga imkon bermasa yoki yuk topshiruvchi bu talabni bajarmasa, ushbu ashyolar omonat saqlovchi tomonidan yuk topshiruvchiga ziyonni to‘lamagan holda zararsizlantirilishi yoki yo‘q qilib tashlanishi mumkin. Bunday hollarda yuk topshiruvchi ushbu ashyolarni saqlash munosabati bilan keltirilgan zarar uchun omonat saqlovchi va uchinchi shaxslar oldida javobgar bo‘lmaydi.
Agar ushbu Kodeksning 894 — 913-moddalarida nazarda tutilgan omonat saqlashning alohida turlari to‘g‘risidagi qoidalarda, boshqa qonunchilik hujjatlarida o‘zgacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, omonat saqlash haqidagi umumiy qoidalar uning alohida turlariga ham tatbiq etiladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan ariza bo‘lmaganida, agar aksi isbot qilingan bo‘lmasa, ombor tovarni omborda omonat saqlash shartnomasi shartlariga muvofiq qaytargan deb hisoblanadi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 26-maydagi O‘RQ-386-son “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 21-apreldagi O‘RQ-155-son “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 16-apreldagi O‘RQ-210-son “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori bilan tasdiqlangan “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish Qoidalari”, Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish Qoidalari”, Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-son qarori bilan tasdiqlangan “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish Qoidalari”, Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 22-iyundagi 166-son qarori bilan tasdiqlangan “Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarining hayoti va sog‘lig‘ini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida Nizom”.
Qarang: “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunning 51-moddasi, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 13-bobi, “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunning 30-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi 2008-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-174-son “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida” Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 321-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat sud ekspertlarining hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida Nizom”, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-dekabrdagi 532-son qarori bilan tasdiqlangan “Obyektlarni davlat mablag‘lari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida Nizom”, “Oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning davlat majburiy sug‘urtasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom Nizom” (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 29-avgustda 1266-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan), Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 16-iyuldagi 365-son “Ko‘mir, neft, gaz qazib olish va geologiya-razvedka ishlari tizimi xodimlarining majburiy davlat shaxsiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi Qarori, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 30-dekabrdagi 631-son “O‘zbekiston Respublikasi soliq organlari xodimlarining majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summalari va sug‘urta tariflari miqdorlari to‘g‘risida”gi Qarori, “Soliq idoralari xodimlarini majburiy davlat shaxsiy sug‘urtasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Qoidalar” (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1995-yil 27-fevralda 126-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan), Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 321-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat sud ekspertlarining hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida Nizom”.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 26-maydagi O‘RQ-386-son “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 21-apreldagi O‘RQ-155-son “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 16-apreldagi O‘RQ-210-son “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori bilan tasdiqlangan “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish Qoidalari”, Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish Qoidalari”, Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-son qarori bilan tasdiqlangan “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish Qoidalari”, Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 22-iyundagi 166-son qarori bilan tasdiqlangan “Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarining hayoti va sog‘lig‘ini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida Nizom”.
Ushbu Kodeksning 938-moddasida nazarda tutilgan qoidalar sug‘urta puli ayni bitta mol-mulkni yoki tadbirkorlik xavfini ikki yoki bir necha sug‘urtalovchida sug‘urta qilish (qo‘shaloq sug‘urta) natijasida sug‘urta qiymatidan oshib ketgan taqdirda ham tegishincha suratda qo‘llaniladi.
Sug‘urta shartnomasi ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha muddatidan oldin bekor bo‘lganda, sug‘urtalovchi sug‘urta mukofotining bir qismini sug‘urta amal qilgan vaqtga mutanosib ravishda olish huquqiga ega.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatning bajarilmasligi sug‘urtalovchiga, agar sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi yuz berganini o‘z vaqtida bilganligi, yoxud bu haqda sug‘urtalovchida ma’lumotlar yo‘qligi uning sug‘urta tovonini to‘lash majburiyatiga ta’sir etmasligi isbotlanmasa, sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish huquqini beradi.
Ushbu Kodeks 921-moddasining uchinchi qismi asosida shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan shaxsning merosxo‘rlariga to‘lanadigan sug‘urta puli sug‘urtalangan shaxsning merosi tarkibiga kirmaydi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi 2008-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-174-son “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida” Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 321-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat sud ekspertlarining hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida Nizom”, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-dekabrdagi 532-son qarori bilan tasdiqlangan “Obyektlarni davlat mablag‘lari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida Nizom”, “Oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning davlat majburiy sug‘urtasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom” (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 29-avgustda 1266-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan), Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 16-iyuldagi 365-son “Ko‘mir, neft, gaz qazib olish va geologiya-razvedka ishlari tizimi xodimlarining majburiy davlat shaxsiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi Qarori, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 30-dekabrdagi 631-son “O‘zbekiston Respublikasi soliq organlari xodimlarining majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summalari va sug‘urta tariflari miqdorlari to‘g‘risida”gi Qarori, “Soliq idoralari xodimlarini majburiy davlat shaxsiy sug‘urtasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Qoidalar” (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1995-yil 27-fevralda 126-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan).
Ushbu Kodeks 382-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan asos bilan bir qatorda, muddat ko‘rsatilib yoki bekor qilish sharti sifatida maqsad ko‘rsatilib tuzilgan oddiy shirkat shartnomasining tarafi shartnomani bekor qilish tufayli yetkazilgan haqiqiy zararni qolgan sheriklarga qoplagan holda shartnomani o‘zi va qolgan sheriklar o‘rtasidagi munosabatlarda bekor qilishni talab etishga haqli.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shartnomani tuzish to‘g‘risidagi taklif lotereyalar o‘tkazish muddati va yutuqni aniqlash tartibi hamda uning miqdori haqidagi shartlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.
Lotereyalar tashkilotchisi ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan majburiyatini bajarmagan taqdirda, lotereyada yutgan ishtirokchi lotereyalar tashkilotchisidan yutuqni to‘lashni, shuningdek shartnomaning tashkilotchi tomonidan buzilishi tufayli yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplashni talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 15-noyabrdagi 396-son qarori bilan tasdiqlangan “Lotereyalar tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom”, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 314-son qarori bilan tasdiqlangan “Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida Nizom”, “Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat Qoidalari” (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 17-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3310), O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 25-sentabrdagi 83-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Tirajli lotereya o‘yinlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma”.
Agar ota-ona (farzandlikka oluvchilar), vasiylar, shuningdek ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan boshqa shaxslar vafot etgan bo‘lsalar yoki ular zararni to‘lash uchun yetarli mablag‘ga ega bo‘lmasalar, to‘liq muomalaga layoqatli bo‘lib qolgan zarar yetkazuvchining o‘zi bunday mablag‘ga ega bo‘lsa, sud taraflarning mulkiy ahvolini, shuningdek boshqa holatlarni inobatga olib, zararni to‘liq yoki qisman zarar yetkazuvchining o‘z mol-mulki hisobidan qoplash to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.
Ushbu Kodeksning 993 –– 996, 998-moddalarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha zararni to‘lagan shaxslar zarar yetkazgan shaxsga nisbatan qayta talab qilish (regress) huquqiga ega emas.
Ishlamaydigan va marhumning ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan bolalari, nevaralari, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlashda band bo‘lgan ota-onasidan biri, er (xotin) yoxud oilaning boshqa a’zosi parvarishlashni amalga oshirish davrida mehnatga qobiliyatsiz bo‘lib qolgan taqdirda, ana shu shaxslarni parvarishlash tugaganidan keyin zararni undirish huquqini saqlab qoladi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 331-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi to‘g‘risida Nizom”.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan majburiyat, shuningdek mol-mulkni egallab olish yoki tejab qolish asosi keyinchalik bekor bo‘lganda ham yuzaga keladi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi O‘RQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 11-moddasi va 5-bobi, O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustdagi 397-II-son “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustdagi 395-II-son “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 218-II-son “Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi 267-II-son “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 4, 6, 322-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 298-son qarori bilan tasdiqlangan “Patent vakillari to‘g‘risida Nizom”, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrdagi 856-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellatsiya kengashi to‘g‘risida nizom, O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2018-yil 4-iyundagi 14/6-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom”.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shartnoma yaratilishi lozim bo‘lgan intellektual faoliyat natijasining xususiyatini, shuningdek undan foydalanish maqsadlari yoxud usullarini belgilashi lozim.
Ushbu Kodeks 1056-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan mulkiy huquqlar faqat mualliflik shartnomasini tuzish yo‘li bilan huquq egasi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi mumkin, ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan hollar bundan mustasno.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrdagi 856-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellatsiya kengashi to‘g‘risida nizom, “Foydali modelga, sanoat namunasiga hamda dori vositasi yoki pestitsidga taalluqli ixtiroga O‘zbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish” Qoidalari (ro‘yxat raqami 1678, 05.05.2007-y.), Ixtiroga O‘zbekiston Respublikasining patenti berilishi uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish Qoidalari I-bobi (22.03.2004-y. ro‘yxat № 1329), Foydali modelga O‘zbekiston Respublikasining patenti berilishi uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish Qoidalari I-bobi (29.04.2004-y. ro‘yxat № 1343), Sanoat namunasiga O‘zbekiston Respublikasining patenti berilishi uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish Qoidalarining (20.05.2004y. ro‘yxat № 1361) I-bobi, Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-apreldagi 65-son qarori bilan tasdiqlangan Patent bojlari va to‘lovlari stavkalari, Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishini tiklash qoidalari (ro‘yxat raqami 1937, 07.04.2009-y.), Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 298-sonli qarori bilan tasdiqlangan Patent vakillari to‘g‘risidagi nizom.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustdagi 395-II-son “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi Qonuni, Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2017-yil 6-noyabrdagi 26-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Seleksiya yutug‘i patentining amal qilishini tiklash Qoidalari”, O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirining 2014-yil 16-iyundagi 155-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Naslchilik sohasida seleksiya, biotexnologiya va irsiyat-muhandislik usullarini qo‘llanish shartlarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi Nizom”, “Seleksiya yutug‘iga O‘zbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish qoidalari” (ro‘yxat raqami 1793, 16.04.2008-y.), O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2022-yil 31-martdagi 8-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug‘i, tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisiga bo‘lgan huquqni o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomani va ulardan foydalanish uchun litsenziya shartnomalarini, integral mikrosxemalar topologiyalariga bo‘lgan huquqni o‘tkazish, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturga yoki ma’lumotlar bazasiga bo‘lgan barcha mulkiy huquqlarni o‘tkazish va mulkiy huquqlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish Qoidalari”, O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004-yil 30-dekabrdagi 62-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Seleksiya yutug‘iga O‘zbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish Qoidalari”.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi 267-II-son “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni, “Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari” (ro‘yxat raqami 1988, 29.07.2009-y.), Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom”ning 11-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Bosh direktorining 2017-yil 27-martdagi 17-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Tovar belgisiga va xizmat ko‘rsatish belgisiga doir guvohnomaning hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish qoidalari”.
Tovar chiqarilgan joyning nomi ushbu Kodeks 1108-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida aytib o‘tilgan talablarga javob beradigan tovarni belgilash uchun bir necha shaxs tomonidan ham birgalikda, ham bir-biridan mustaqil tarzda ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin. Tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqi ana shu shaxslarning har biriga tegishlidir.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan vasiyatnomalarga nisbatan ushbu Kodeksning 1125-moddasi qoidalari qo‘llaniladi, vasiyatnomani notarial tasdiqlash to‘g‘risidagi talab bundan mustasno.
Ushbu Kodeksning 1136 –– 1138-moddalarida ko‘rsatilgan qonun bo‘yicha merosxo‘rlar jumlasiga mansub bo‘lgan, biroq vorislikka chaqiriladigan navbatning merosxo‘rlari doirasiga kirmaydigan mehnatga qobiliyatsiz shaxslar, meros qoldiruvchi bilan birgalikda yashagan-yashamaganliklaridan qat’i nazar, agar meros qoldiruvchining vafotiga qadar kamida bir yil uning qaramog‘ida turgan bo‘lsalar, ana shu vorislikka chaqiriladigan navbatning merosxo‘rlari bilan birgalikda meros oladilar.
Ushbu Kodeksning 1131-moddasiga muvofiq vasiyatnoma bo‘yicha merosxo‘rlar yoki sud tomonidan tayinlangan vasiyatnoma ijrochisi, agar qonun bo‘yicha merosxo‘rlar merosning qonun bo‘yicha vorislik qilish tartibida o‘tadigan qismiga nisbatan ko‘rsatilgan majburiyatlarni ijro etish uchun meros boshqaruvchisini tayinlashni talab qilmasalar, umuman butun merosni muhofaza qilish hamda uni boshqarish majburiyatlarini amalga oshiradi.
Merosni boshqaruvchi ushbu Kodeksning 1131-moddasida nazarda tutilgan vakolatlarni, agar qonun bo‘yicha vorislik xususiyatlaridan boshqacha tartib kelib chiqmasa, vasiyatnomani ijro etishga nisbatan amalga oshiradi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan imtiyozli huquqlar amalga oshirilganda meros taqsimotida qatnashayotgan boshqa merosxo‘rlarning mulkiy manfaatlariga rioya etilishi lozim. Agar mazkur huquqlarni amalga oshirish natijasida merosni hosil qiluvchi mol-mulk boshqa merosxo‘rlarga tegishli ulushlarni berish uchun yetarli bo‘lmasa, imtiyozli huquqni amalga oshirayotgan merosxo‘r ularga tegishli pul yoki mol-mulk tovonini to‘lashi lozim.
Merosxo‘r merosdan voz kechgan yoxud ushbu Kodeksning 1119-moddasida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha merosxo‘rlar orasidan chiqib ketgan taqdirda merosning unga tegadigan qismi vorislikka chaqirilgan qonun bo‘yicha merosxo‘rlarga o‘tadi va ular o‘rtasida merosdagi ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Agar ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq qo‘llanilishi lozim bo‘lgan huquqni aniqlashning imkoni bo‘lmasa, chet el elementi bilan murakkablashgan fuqarolik-huquqiy munosabatlar bilan eng uzviy bog‘langan huquq qo‘llanadi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatib o‘tilmagan shartnomalarga nisbatan qo‘llanilishi lozim bo‘lgan huquq to‘g‘risida taraflarning kelishuvi bo‘lmagan taqdirda, bunday shartnomaning mazmuni uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ijroni amalga oshirayotgan taraf ta’sis etilgan, turar joyga ega bo‘lgan yoki asosiy faoliyat joyi bo‘lgan mamlakatning huquqi qo‘llaniladi. Shartnomaning mazmuni uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ijroni aniqlashning imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, shartnoma eng uzviy bog‘langan mamlakatning huquqi qo‘llaniladi.
Vorislikka doir munosabatlar, basharti ushbu Kodeksning 1198 va 1199-moddalarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, meros qoldiruvchi vasiyatnomada o‘zi fuqarosi bo‘lgan mamlakatning huquqini tanlagan bo‘lmasa, meros qoldiruvchi oxirgi doimiy turar joyga ega bo‘lgan mamlakatning huquqi bo‘yicha belgilanadi.