Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat uy-joy siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining qabul qilinishi fuqarolar, davlat organlari, korxona, muassasa va tashkilotlarning uy-joy munosabatlaridan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarini aniq chegaralab berdi.
— Uy-joy kodeksining 71—74, 79, 85-moddalarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha turar-joydan ko‘chirish bilan bog‘liq nizolar;
Uyga yashash uchun kiritish hamda turar-joydan foydalanishga bo‘lgan huquqini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi da’volarni hal etishda sud turar-joyga da’vo qiluvchi shaxs O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 32-moddasi 2 va 3-qismlarida qayd etilgan shaxslar safiga kirishi yoki boshqa asos bo‘yicha uyda yashashga bo‘lgan huquqiy holatlarini, qanday sabablarga ko‘ra yashamayotganligini va da’voni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlarni aniqlashlari lozim.
7. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 107-moddasi talabiga muvofiq turar-joyning mulkdori va uning voyaga etgan oila a’zolari, ijaraga oluvchi va uning voyaga etgan oila a’zolari, hamda u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosi va pay jamg‘armasining qismiga huquqi bo‘lgan uning oila a’zolari o‘rtasida turar-joyni almashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishilmagan bo‘lsa, ulardan har biri egallab turgan joyini turli uylar, kvartiralardagi turar-joylarga majburan almashtirishni sud tartibida talab qilishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Sudya fuqarolarni qonunda ko‘zda tutilgan asoslar bo‘yicha (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 27-28, 71—73-moddalari) boshqa uy-joy berish bilan uy-joydan ko‘chirish to‘g‘risida da’vo arizani qabul qilishda uydan ko‘chirilayotgan fuqarolarga taqdim qilinadigan uy-joyning aniq manzili ko‘rsatilganligini tekshirishi shart. Agarda da’vo arizada manzil ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bunday holat O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi normalariga muvofiq arizani harakatsiz qoldirish haqida ajrim chiqarishga asos bo‘ladi. Bu xususda da’vogarga ma’lum qilinadi va unga arizada mavjud bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun muddat belgilaydi. Sudyaning talabi bajarilmagan taqdirda ariza taqdim qilinmagan deb hisoblanib da’vogarga qaytariladi.
12. Sud, ishni ko‘rishda ishning haqiqiy holatini, taraflarning huquq va majburiyatlarini har tomonlama to‘liq va xolisona o‘rganib chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining tegishli moddalarida bayon etilgan harakatlarni amalga oshirishi zarur, xususan, taraflar yoki ularning vakillarini suhbatga taklif etishi, ularning mazkur da’voga oid barcha dalil hamda e’tirozlarini va ishni kelishuv bitimi yo‘li bilan hal etish imkoniyatlarini o‘rganib chiqishi, zarur hollarda, taraflarga ishni sudda ko‘rishga tayyorlash va ish sudda ko‘rilayotgan jarayonda ham kelishuv bitimi yo‘li bilan tugatishni taklif qilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 42-moddasiga muvofiq uy-joy maydonining ijtimoiy normasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlari tomonidan bir kishi hisobiga o‘n olti kvadrat metrdan kam bo‘lmagan umumiy maydon hajmida, kreslo-aravalarda harakatlanayotgan nogironlar uchun esa yigirma uch kvadrat metrdan kam bo‘lmagan hajmda belgilangan. Er-xotindan tashqari turli jinsga mansub shaxslar bir xonaga yoki bir xonali kvartiraga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaslik maqsadida davlat uy-joy fondidan uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan ortiqcha turar-joy berilishi mumkin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 43-moddasi talabiga muvofiq korxona, muassasa, tashkilotlar tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan munitsipal va idoraviy uy-joy fondi uylarida bo‘shayotgan turar-joylar, shuningdek, bu idoralarning ulushli ishtirok etish tartibida topshirilgan mablag‘lariga qurilgan uylarda bo‘shayotgan turar-joylar birinchi navbatda ushbu korxona, muassasa, tashkilotlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan xodimlarga ko‘chib kirish uchun berilishiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 50-moddasi talabiga ko‘ra ijaraga oluvchining oila a’zolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar turar-joydan foydalanishda ijaraga oluvchi bilan teng huquqqa egadir va bu shaxslar ijaraga berish shartnomasi majburiyatlari yuzasidan ijaraga beruvchi oldida javobgardirlar.
17. Sudlarga tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 32-moddasida qayd etilgan shaxslar, agar ularni uyga ko‘chirib kelgan paytda yozma ravishda boshqa hol qayd etilgan bo‘lmasa, uydagi xonalardan, kvartiralardan mulkdor bilan teng foydalanishga haqlidirlar. Ular mulkdor bergan turar-joyga o‘zlarining voyaga etmagan farzandlarini ko‘chirib kiritishlari, oilaning boshqa a’zolarini esa uyga (kvartiraga), mulkdorning roziligi bilangina ko‘chirib kiritishlari mumkin. Bu shaxslar uy, kvartiraning mulkdori bilan oilaviy munosabatlarni tugatgan taqdirda ham, ularda turar-joydan foydalanish huquqi saqlanib qoladi.
18. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 52-moddasiga muvofiq munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar-joyni ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar vaqtincha bo‘lmaganlarida (agar, turar-joy bo‘yicha uzoq muddat saqlanishi ko‘rsatilmagan bo‘lsa) turar-joy olti oy muddat davomida uning hisobida saqlanadi. (Shu moddaning ikkinchi qismida bayon qilingan holatlar bundan mustasno).
26. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 80-moddasi talabiga muvofiq xizmat turar-joylarida istiqomat qiluvchi ayrim toifadagi fuqarolar boshqa turar-joy ajratilmasdan ko‘chirilishi mumkin bo‘lmaganligidan kelib chiqib, sud, bunday fuqarolar mazkur moddada ko‘zda tutilgan imtiyozlarga ega ekanligini aniqlashi zarur. Bunday imtiyozga ega bo‘lgan fuqarolar xizmat turar-joylaridan faqat boshqa sanitariya, yong‘inga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, shu aholi punkti chegarasi doirasida bo‘lgan turar-joy berilishi bilan ko‘chirilishi mumkin.
Sud, xizmat lavozimi bilan bog‘liq ravishda berilgan yotoqxonadan chiqarishda da’vogar va javobgar o‘rtasida qanday mehnat shartnomasi tuzilganligi va u qanday asoslarga ko‘ra bekor qilinganligini aniqlashi zarur. Bunda, sudlar, shuni nazarda tutishlari lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 85-moddasiga muvofiq ishni tugatgan mavsumiy-vaqtinchalik ishchilar, muddatli mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlovchilar, shuningdek, uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘z ixtiyori bilan yoki mehnat intizomini buzganligi sababli yoki jinoyat sodir etganligi sababli mehnat shartnomasi bekor bo‘lib ishdan bo‘shaganlar hamda o‘quv yurtida o‘qishni tugatganlar, o‘quv yurti talabasi safidan chiqarilganlar boshqa turar-joy berilmasdan ko‘chirilishi lozim.
Boshqa asoslar bo‘yicha mehnat munosabatlarini to‘xtatgan shaxslar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 80-moddasida qayd etilgan shaxslar, faqat, Uy-joy kodeksining 9-moddasi talablariga javob beradigan boshqa uy ajratilgan holda yotoqxonadan ko‘chirilishlari mumkin.
Agarda yotoqxonadan joy ajratish mumkin bo‘lmagan fuqaroga yotoqxona berilgan bo‘lsa, bunday shaxsga nisbatan ko‘chirib chiqarish to‘g‘risida da’vo taqdim qilinganda O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 46-moddasiga muvofiq yotoqxonadan joy egallash to‘g‘risidagi hujjat (order)ni haqiqiy emas deb topish masalasi hal etilishi lozim. Bunda sudlar Uy-joy kodeksining 47-moddasida ko‘zda tutilgan qoidalar qo‘llanilishini e’tiborga olishlari zarur.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”