Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

“Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 30-moddasiga muvofiq hamda davlat sud ekspertlari ijtimoiy himoya qilinishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
6. Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha sug‘urta qildiruvchi va sug‘urtalovchi o‘rtasida bir yil muddatga tuziladi.
7. Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzish uchun sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchiga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi arizani taqdim qiladi.
ushbu Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan sanadan e’tiboran o‘n besh ish kunidan kechikmay qaror qabul qilishi va sug‘urta tovonini to‘lashi shart.
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(24-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)

Davlat sud ekspertlarining hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilishning
NAMUNAVIY ShARTNOMASI
№ _____________

__________ shahri

20__ y. “___” __________

Keyingi o‘rinlarda “Sug‘urta qildiruvchi” deb ataladigan _________________ ___________________________________________________________ nomidan

(sug‘urta qildiruvchining nomi)

_________________________________________________ asosida ish ko‘ruvchi

(hujjatning nomi)

_____________________________________________________, bir tomondan,

(F.I.O., lavozimi)

va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 20_ yil “__”____da berilgan ___________________________________________________________

(hujjatning nomi)

_____________-son litsenziya asosida, keyingi o‘rinlarda “Sug‘urtalovchi” deb ataladigan _________________________________________________________
___________________________________________________________ nomidan

(sug‘urtalovchining nomi)

ish ko‘ruvchi ________________________________________________________

(F.I.O., lavozimi)

ikkinchi tomondan, ushbu shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdik:

1. Shartnomaning predmeti

1. Sug‘urtalovchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 321-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat sud ekspertlarining hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda belgilangan to‘lov (sug‘urta mukofoti) evaziga sug‘urta qilingan shaxsga yoxud naf oluvchiga mehnatda olgan mayibligi, sug‘urta qilingan shaxsning ushbu shartnoma amal qiladigan davrda mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni sug‘urta summasi miqdorida to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

2. Sug‘urta summasi va sug‘urta mukofoti

2. Ushbu shartnoma bo‘yicha sug‘urta summasi ______________________________ _________________________________________________ so‘mni tashkil etadi.

(summa raqamlar va so‘z bilan yoziladi)

3. Ushbu shartnoma bo‘yicha sug‘urta mukofoti _____________________________ _________________________________________________ so‘mni tashkil etadi.

4. Sug‘urta mukofoti ushbu shartnoma tuzilgan sanadan boshlab besh ish kuni mobaynida bir yo‘la to‘lanadi.

3. Shartnomaning kuchga kirishi va amal qilish muddati

5. Ushbu shartnoma tomonlar imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va bir yil mobaynida amal qiladi.

Sug‘urtalovchining majburiyatlari sug‘urta mukofoti sug‘urtalovchining hisob raqamiga tushgan kundan keyingi kundagi 00 soat 00 minutdan boshlab kuchga kiradi va majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ko‘rsatilgan sug‘urta davrining oxirgi sanasidagi 24 soat 00 minutda tugaydi.

6. Sug‘urta mukofoti sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urtalovchining hisob raqamiga naqd pulni o‘tkazish yo‘li bilan to‘lanadi. Pul mablag‘lari sug‘urtalovchining hisob raqamiga tushgan sana davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti to‘langan sana hisoblanadi.

4. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

7. Sug‘urta qildiruvchi:

sug‘urtalovchidan davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasining shartlarini tushuntirib berishni talab qilish;

sug‘urtalovchining sug‘urta pulini to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;

sug‘urta qilingan shaxslarning soni kamayganda sug‘urta mukofotining sug‘urta qilingan shaxslarning kamaygan soniga va davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasining tugallanmagan davriga mutanosib qismini olish huquqiga ega.

Sug‘urta qildiruvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

8. Sug‘urta qildiruvchi:

Nizomda belgilangan tartibda davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofotini to‘lashga;

sug‘urta qilingan shaxslarni davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi shartlari bilan tanishtirishga, shu jumladan, ushbu shartnoma bo‘yicha tomonlarning huquq va majburiyatlarini tushuntirishga;

sug‘urta qilingan shaxs (naf oluvchi) yozma shakldagi ariza bilan murojaat qilgan sanadan e’tiboran ikki ish kuni mobaynida sug‘urtalovchi haqidagi barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etishiga;

sug‘urta qilingan shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilganligi borasida o‘ziga ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran 20 ish kunidan kechikmay sug‘urtalovchiga yozma shaklda bildirishga majburdir.

Sug‘urta qildiruvchi qonun hujjatlariga muvofiq o‘z zimmasiga boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.

9. Sug‘urtalovchi:

sug‘urta qilingan shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi holatlarini tekshirishda ishtirok etish va zarur bo‘lgan hollarda tegishli ekspertlarni jalb etish;

sug‘urta qilingan shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi holatlariga doir axborotlarni tekshirish huquqiga ega.

Sug‘urtalovchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

10. Sug‘urtalovchi:

davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi shartlari bilan sug‘urta qildiruvchini tanishtirishi, shu jumladan, uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;

o‘z faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan sug‘urta qildiruvchi va (yoki) sug‘urta qilingan shaxs (naf oluvchi) to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi;

sug‘urta pulini to‘lashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, sug‘urta qildiruvchi sug‘urta tovonini to‘lash uchun murojaat etganidan keyin o‘n besh ish kunidan kechikmay bu haqda sug‘urta qildiruvchiga rad etish sabablari dalillar bilan asoslangan holda yozma shaklda xabar qilishi;

Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan sanadan e’tiboran o‘n besh ish kunidan kechikmay qaror qabul qilishi va sug‘urta pulini to‘lashi shart.

Sug‘urtalovchi qonun hujjatlariga muvofiq o‘z zimmasiga boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.

5. Tomonlarning javobgarligi

11. Tomonlar davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha o‘z zimmasiga olingan majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

6. Nizolarni hal etish tartibi

12. Ushbu shartnomadan kelib chiqadigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

7. Yakunlovchi qoida

13. Ushbu shartnomani tuzish va o‘zgartirish tartibi, sug‘urta mukofotini to‘lash tartibi, ushbu shartnoma bo‘yicha ko‘rilgan zarar miqdorini aniqlash va sug‘urta tovonini to‘lash tartibi shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan Nizomga muvofiq belgilanadi.

8. Tomonlarning rekvizitlari:

Sug‘urtalovchi _____________________Sug‘urta qildiruvchi:_______________
Manzili: ________________________ Manzili: ________________________
tel: ____________ faks: ____________tel: ____________ faks: ____________
h/r ______________________________h/r ______________________________
MFO _________ STIR: ____________MFO _________ STIR: ____________
__________________________________________________________________

(F.I.O., lavozimi)

(F.I.O., lavozimi)

_______________

_______________

(imzo)

(imzo)

M.O‘.M.O‘.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 321-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat sud ekspertlarining hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi nizomni oldim.

__________________________________________________
Sug‘urtalovchi _________________________________________________________ ga

(sug‘urtalovchining nomi)

Davlat sud ekspertlarining hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzish to‘g‘risida
ARIZA

_______________________________________________________________ nomidan

(Sug‘urtalanuvchining nomi)

________________________________________________________________ asosida

(hujjatning nomi)

ish ko‘ruvchi shaxs ________________________________________________________

(vakolatli shaxsning F.I.O. va lavozimi)

Sizdan Davlat sud ekspertlarining hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan shartlarda davlat sud ekspertlarining hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzishni so‘raydi.

1. Sug‘urtalanuvchining rekvizitlari:
pochta manzili: __________________________________________________________
telefoni: __________ faksi _________ e-mail: _______________________________
ariza beruvchi — jismoniy shaxsning pasporti:

seriyasi _____________ tartib raqami ___________________

20___ yil “___” ____________da ______________ tomonidan berilgan.
2. Sug‘urtalanuvchining bank rekvizitlari:
bankning nomi __________________________________________________________
hisob raqami № _________________________________________________________
xizmat ko‘rsatuvchi bank MFO __________ STIR _____________________________
3. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) mehnat shartnomasi (kontrakti) nusxasi;
b) __________________________________.

4. Biz ushbu Arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va to‘liqligini tasdiqlaymiz.

____________________

___________________________________

(imzo)

(sug‘urtalanuvchi vakolatli shaxsining F.I.O)

20___ yil “___” _________________
M.O‘.
5. Ariza ________________________________________________________________

(sug‘urtalovchi xodimining lavozimi va F.I.O.)

tomonidan qabul qilindi va daftarda 20___ yil “___” _____________________da _______-son tartib raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Arizaga
ILOVA

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”