Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

“Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 42-modda) muvofiq buyuraman:
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 2-songa ilova), “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 42-modda) hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar va ishonchnomalarni tasdiqlash tartibini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 136 va 1126-moddalari hamda “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 26-moddasiga muvofiq quyidagilar notarial tasdiqlangan vasiyatnomalar va ishonchnomalarga tenglashtiriladi:
3. Mansabdor shaxslar vasiyatnomalar va ishonchnomalarni tasdiqlashda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Yo‘riqnomaga amal qiladi.
13. Mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalar va ishonchnomalar mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar va ishonchnomalarni ro‘yxatga olish kitobida qayd etiladi. Vasiyatnoma yoki ishonchnoma qayd etilgan tartib raqami tegishli vasiyatnoma yoki ishonchnomaning barcha nusxalaridagi tasdiqlovchi yozuvga qo‘yiladi.
17. Vasiyatnoma loyihasini tuzishda mazkur Yo‘riqnomaning 2 (agar vasiyat qiluvchi o‘zining barcha mol-mulkini vasiyat qilmoqchi bo‘lsa) va 3-ilovalaridagi (agar vasiyat qiluvchi o‘z mulkining bir qismini vasiyat qilmoqchi bo‘lsa) namunaviy shakllardan foydalanish tavsiya etiladi.
Ushbu Yo‘riqnomaning 9-bandi birinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda vasiyat qiluvchining vasiyatnomani shaxsan imzolay olmaslik sababi ko‘rsatilgan holda mazkur Yo‘riqnomaning 5-ilovasiga muvofiq tasdiqlovchi yozuv yoziladi.
30. Mansabdor shaxs vasiyatnoma va ishonchnomalarni tasdiqlashni rad etishda “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 38-moddasi asosida uning sabablarini yozma ravishda bayon etadi. Mansabdor shaxs tomonidan vasiyatnoma va ishonchnomalarni tasdiqlashni rad etish mazkur Yo‘riqnomaning 12-ilovasiga muvofiq shaklda amalga oshiriladi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”