1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
2.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUYRUGʻI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmatsevtika faoliyatida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 16-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3940]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Farmatsevtika faoliyatida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir E. ADILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 26-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 20-avgust
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 17-avgust
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 26-avgustdagi 24-son buyrugʻiga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmatsevtika faoliyatida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom farmatsevtika faoliyatida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyekti — belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) tomonidan tegishli nazorat sohasi boʻyicha aniq mezonlarga asoslanib, tadbirkorlik subyekti tomonidan oʻz faoliyatida qonunchilik buzilish xavfi darajasini aniqlash elektron tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruv— tadbirkorlik subyekti tomonidan faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganligini tekshirish uchun kerakli materiallar, hujjatlar yoki ularning faoliyatiga doir maʼlumotlarni olish hamda muayyan harakatlarni amalga oshirish orqali oʻtkaziladigan nazorat qilish tadbiri.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Markaz tomonidan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablarga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Minimal talablarga zid boʻlgan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi tadbirkorlik subyektida tekshiruv oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishga asos boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ishlab chiqilgan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi asosida aniqlangan huquqbuzarlik xavfi qay darajada boʻlishidan qatʼi nazar, tadbirkorlik subyektiga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllashga asos boʻla olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Xavf darajasini tahlil qilishga doir umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tadbirkorlik subyektining qonunni buzish xavfi darajasini tahlil qilish jarayoni tadbirkorlik subyekti faoliyatini toʻxtatib turish, unga toʻsqinlik qilish yoki faoliyatini amalga oshirishga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashishni nazarda tutuvchi xatti-harakatlarni oʻz ichiga olmasligi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xavf darajasining tahlili quyidagi maʼlumotlarni oʻrganish asosida amalga oshirilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy maʼlumotlar (litsenziya, ruxsat etuvchi va davlat organlarida mavjud boshqa hujjatlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davriy statistika maʼlumotlari, jumladan, avval huquqbuzarlik holatlari aniqlangan tadbirkorlik subyektini umumlashtiruvchi belgilar, xabarlar va boshqa korrelyatsion tahlil natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalaridan yoki boshqa tashqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat xaridi natijalari asosida aniqlangan kamchiliklarning tahlili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan va tadbirkorlik subyektining odatiy faoliyatiga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatmagan holda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xavf darajasi tahlili jarayonida tadbirkorlik subyektidan hujjatlar va axborotlar talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Nazorat vakolatiga kirmaydigan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tahlil qilish va baholash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Xavf darajasi tasnifi va ularning mezonlariga doir talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida xavf darajasini baholash oʻrganiladigan maʼlumotlar asosida shakllantirilgan mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalarida koʻrsatilgan koʻrsatkichlarga tadbirkorlik subyekti faoliyatining muvofiqligini “ball” tizimi asosida baholash orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Markaz tadbirkorlik subyektlarining xavf darajasini baholash uchun quyidagi koʻrsatkichlarni “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimiga kiritadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq Dori vositalarini ishlab chiqarish, tayyorlash va ulgurji realizatsiya qilish faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Dori vositalari va tibbiy jihozlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tadbirkorlik subyektlarining xavf darajasi mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan koʻrsatkichlar boʻyicha “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida avtomatik ravishda alohida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Amalga oshirilgan baholash natijalariga koʻra aniqlangan xavf darajasining umumiy ballari asosida tadbirkorlik subyektlari huquqbuzarlik sodir etish xavfi boʻyicha quyidagi uch xil toifada tasniflanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf darajasi yuqori — baholash natijalari boʻyicha 81 balldan 100 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf darajasi oʻrta — baholash natijalari boʻyicha 61 balldan 81 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf darajasi past — baholash natijalari boʻyicha 61 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Baholash natijalariga muvofiq huquqbuzarlik xavfi yuqori va oʻrta tasnifidagi tadbirkorlik subyektlarida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlarni oʻtkazish amaldagi qonunchilik hujjatlari, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2022-yil 13-sentabrdagi PQ-374-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tadbirkorlik subyektlarida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlar faqatgina farmatsevtika faoliyatidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini oʻrganish maqsadida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xavf darajasi past boʻlgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Xavfni tahlil etish natijalaridan norozi boʻlgan tadbirkorlik subyektlari qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmatsevtika faoliyatida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dori vositalarini ishlab chiqarish, tayyorlash va ulgurji realizatsiya qilish faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari
Ball
Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar
1.
Dori vositalarini ishlab chiqarish, tayyorlash va ulgurji realizatsiya qilish faoliyatida qonunchilik hujjatlariga, jumladan, Zarur ishlab chiqarish amaliyoti, Zarur distribyutorlik amaliyoti, Zarur saqlash amaliyoti milliy standartlariga, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga majburiy rioya qilinmaganligi
15
2.
Dori vositalarini ishlab chiqarish, tayyorlash va ulgurji realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyada koʻrsatilgan doirada yoki amalga oshirish manzilida (manzillarda) amalga oshirilmaganligi
5
3.
Farmatsevtika mahsulotlari harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimiga ulanilmaganligi yoki maʼlumotlarning ular muomalaga kiritilgan vaqtdan boshlab kiritilmaganligi yoxud litsenziyalovchi organga har oyning beshinchi kunidan kechiktirmay oʻtgan oy uchun ishlab chiqarilgan dori vositalari nomi, shakli, xalqaro patentlanmagan nomi, TIF TN kodi, joriy yil uchun ishlab chiqarish istiqbolli koʻrsatkichlari yoki oylik ishlab chiqarilgan miqdori va narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning taqdim qilinmaganligi
3
4.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish bilan shugʻullanilgan taqdirda shtatida farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlgan, shuningdek, lavozim majburiyatlariga muvofiq malakasini oshirganligi toʻgʻrisida sertifikatga va ish tajribasiga ega boʻlgan dori vositalarini ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilot omborxonasi mudirining mavjud emasligi yoki xodimlar bilan yangi mehnat shartnomalarini tuzish, shartnomalarga oʻzgartishlar kiritish va ularni bekor qilish hollarining, shuningdek, amaldagi mehnat shartnomalari toʻgʻrisidagi axborotning “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida majburiy roʻyxatdan oʻtkazilmaganligi
8
5.
Dori vositalarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanilgan taqdirda shtatida tegishli ixtisoslikka ega boʻlgan, lavozim majburiyatlariga muvofiq malakasini oshirganligi toʻgʻrisida sertifikatga va ish tajribasiga ega boʻlgan, dori vositalarini ishlab chiqarish va sifat nazoratiga masʼul boʻlgan kamida ikki nafar mutaxassisning mavjud emasligi yoki xodimlar bilan yangi mehnat shartnomalarini tuzish, shartnomalarga oʻzgartishlar kiritish va ularni bekor qilish hollarining, shuningdek, amaldagi mehnat shartnomalari toʻgʻrisidagi axborotning “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida majburiy roʻyxatdan oʻtkazilmaganligi
3
6.
Dori vositalarini tayyorlash faoliyati bilan shugʻullanilgan taqdirda yuridik shaxs shtatida oliy farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlgan, shuningdek, lavozim majburiyatlariga muvofiq malakasini oshirganligi toʻgʻrisida sertifikatga va ish tajribasiga ega boʻlgan mutaxassisning mavjud emasligi yoki xodimlar bilan yangi mehnat shartnomalarini tuzish, shartnomalarga oʻzgartirishlar kiritish va ularni bekor qilish hollarining, shuningdek, amaldagi mehnat shartnomalari toʻgʻrisidagi axborotning “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida majburiy roʻyxatdan oʻtkazilmaganligi
6
7.
Litsenziyalanayotgan faoliyat turini amalga oshirish uchun moʻljallangan, oʻziga mulk huquqi bilan yoki soliq organlarida hisobga qoʻyilgan boshqa ashyoviy huquq (ijara yoki tekin foydalanish) asosida tegishli boʻlgan va tegishli sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlarga, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq xonalarning mavjud emasligi
35
8.
Litsenziyalanadigan aniq faoliyat turini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratilmaganligi, shu jumladan, tegishli moddiy-texnika bazadan, asbob-uskunalardan, boshqa texnik vositalardan, shuningdek, ulardan foydalanishga qoʻyilgan talablarga muvofiq foydalanilmaganligi
25
Jami ballar yigʻindisi
100
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmatsevtika faoliyatida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dori vositalari va tibbiy jihozlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari
Ball
Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar
1.
Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni tayyorlash, berish, realizatsiya qilish qoidalariga va ularning sifatini taʼminlovchi saqlash sharoitlariga rioya etilmaganligi
30
2.
Shtatda kamida bir xodim — oliy farmatsevtik yoki oliy farmatsevtika taʼlim muassasasida maxsus tayyorlov kursini tugatgan oliy tibbiy maʼlumotga ega boʻlgan, qonunchilik hujjatlarining aniqlangan buzilishi, shu jumladan, dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash tartibi qoʻpol buzilganligi oqibatida litsenziyasining amal qilishi bekor boʻlgan dorixonalarning xodimlari reyestriga kiritilmagan dorixona mudirining mavjud emasligi
20
3.
Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga, jumladan, Zarur farmatsevtika (dorixona) amaliyoti milliy standartlariga, shuningdek, dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga majburiy rioya etilmaganligi
20
4.
Dori vositalari va tibbiy jihozlarni chakana realizatsiya qilish faoliyati litsenziyada koʻrsatilmagan manzilda amalga oshirilganligi
10
5.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishda ularning narxini davlat tomonidan tartibga solishning belgilangan tartibiga rioya qilinmaganligi
10
6.
Belgilangan tartibda dorixona va (yoki) dorixona filiali mudiri malakasi oshirilmaganligi
10
Jami ballar yigʻindisi
100
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2026 y., 10/26/3940/0941-son)