29.06.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3380-3
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi, 29.06.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3380-3
Kuchga kirish sanasi
01.10.2026
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 29-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3380-3]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3150-son “Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi, 2018-yil 3-iyuldagi PQ-3832-son “Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2026-yil 17-apreldagi PQ-143-son “Qoraqalpogʻiston Respublikasida maxsus mayning zonasini tashkil etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2022-yil 14-iyuldagi 32-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3380, 2022-yil 15-avgust) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 10/22/3380/0742-son) bilan tasdiqlangan Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor D. LI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 15-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 15-iyundagi 20-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) “z” va “i” kichik bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“z) xizmatlar provayderlarini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
terroristik faoliyatda yoki ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishda ishtirok etgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy jinoyatlar, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirish, uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi, korrupsiya va axborot texnologiyalari bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etganlik uchun gumonlanayotgan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan yoxud oʻtalmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda doimiy yashayotgan, boʻlib turgan yoki roʻyxatga olingan shaxslar tomonidan boshqarishga yoʻl qoʻymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) xizmatlar provayderlarining ustav jamgʻarmasida (kapitalida) ushbu bandning “z” kichik bandida koʻrsatilgan shaxslarning hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda roʻyxatdan oʻtgan kompaniyalarning ishtirok etishiga yoʻl qoʻymaslik;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) quyidagi mazmundagi “k” va “l” kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“k) jismoniy va yuridik shaxslarga, shu jumladan norezidentlarga, litsenziatning ustav kapitalidagi ulushini realizatsiya qilishni litsenziyalovchi organ bilan kelishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) litsenziatning rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari), shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm, ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatish, ularni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tarkibiy boʻlinma rahbarini almashtirish masalasini litsenziyalovchi organ bilan kelishish.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 31-banddagi “oltinchi xatboshisida” degan soʻzlar “oltinchi va yettinchi xatboshilarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) “b” va “v” kichik bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“b) xizmatlar provayderlarini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
terroristik faoliyatda yoki ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishda ishtirok etgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy jinoyatlar, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgin qurollarini tarqatishni moliyalashtirish, uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi, korrupsiya va axborot texnologiyalari bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etganlik uchun gumonlanayotgan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan yoxud oʻtalmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda doimiy yashayotgan, boʻlib turgan yoki roʻyxatga olingan shaxslar tomonidan boshqarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) xizmatlar provayderlarining ustav jamgʻarmasida (kapitalida) ushbu bandning “b” kichik bandida koʻrsatilgan shaxslarning va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda roʻyxatdan oʻtgan kompaniyalarning ishtirok etishi;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) quyidagi mazmundagi “j” kichik band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“j) litsenziatning ustav kapitalidagi ulushini jismoniy va yuridik shaxslarga, shu jumladan norezidentlarga realizatsiya qilish toʻgʻrisida litsenziyalovchi organ bilan kelishmaslik.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) oʻn ikkinchi xatboshidagi “a” — “e” kichik bandlarida” degan soʻzlar “a” — “j” kichik bandlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagi mazmundagi 61-bob bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“61-bob. Аyrim litsenziya talablari va shartlarini amalga oshirishning maxsus tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
541. Xizmatlar provayderlari litsenziyalovchi organ bilan quyidagilarni kelishishlari lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz ustav kapitalidagi ulushlarni jismoniy va yuridik shaxslarga, shu jumladan norezidentlarga realizatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzining rahbariyati (rahbar, uning oʻrinbosarlari), jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarining tarqalishini moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tarkibiy boʻlinma rahbarini almashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
542. Mazkur Nizomning 541-bandida koʻrsatilgan holatlarda xizmatlar provayderlari litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), elektron pochta manzili, xizmat koʻrsatuvchi bank nomi va hisobvaragʻi, murojaat qilish maqsadi (ustav kapitalidagi ulushni realizatsiya qilishga yoki rahbariyatni (rahbar, uning oʻrinbosarlarini), jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tarkibiy boʻlinma rahbarini almashtirishni kelishish) koʻrsatilgan ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) jismoniy shaxs, shu jumladan xizmatlar provayderining ustav kapitalidagi ulushni potentsial oluvchi haqidagi maʼlumotlar (F.I.O., shaxsni tasdiqlovchi hujjat raqami, JSHSHIR). Chet el fuqarolari uchun mazkur bandning “g” kichik bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar qoʻshimcha ravishda taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) xizmatlar provayderining ustav kapitalidagi ulushni potensial oluvchi — yuridik shaxsning rahbariyati (rahbar, uning oʻrinbosarlari) va taʼsischilari haqida ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi maʼlumotlar. Bunda, taʼsischilar haqidagi maʼlumotlar oxirgi benefitsiar mulkdorga qadar (oxirgi benefitsiar mulkdor ham) koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) xizmatlar provayderining ustav kapitalidagi ulushni potensial oluvchi — yuridik shaxsning rahbariyati (rahbar, uning oʻrinbosarlari) va taʼsischilari chet el fuqarolari boʻlganda, ushbu Nizomning 9-bandi “z” kichik bandida nazarda tutilgan jinoyatlar boʻyicha belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan tegishli xorijiy mamlakatning vakolatli organidan olingan sudlanmaganlik haqidagi maʼlumotnoma hamda uning Oʻzbekiston Respublikasi davlat tiliga notarial tartibda tasdiqlangan tarjimasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
543. Litsenziyalovchi organ arizani qabul qilgan kundan boshlab oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda kelishish yoki kelishishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, mazkur Nizomning 541-bandida koʻrsatilgan shaxslar litsenziya talablari va shartlariga muvofiq boʻlgan taqdirda, litsenziyalovchi organ tomonidan ularni kelishish haqida qaror qabul qilinadi. Аgar ular litsenziya talablari va shartlariga muvofiq emas deb topilganda, shuningdek asoslantirilgan mulohazaga muvofiq ularni kelishish rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalovchi organ tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni ichida litsenziatni qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
544. Аrizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish uchun yigʻim undirilmaydi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq 3-ilova bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kripto-aktivlar aylanmasi iyundagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVА
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmatlar provayderining ustav kapitalidagi ulushni sotib oluvchi potensial shaxs yuridik shaxsning rahbariyati (rahbar, uning oʻrinbosarlari) va taʼsischilari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼLUMOTLАR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1-jadval

Xizmatlar provayderining ustav kapitalidagi ulushni potensial oluvchi — yuridik shaxs rahbariyati (rahbar, uning oʻrinbosarlari)

Lavozimi

Familiyasi, ismi, otasining ismi

Fuqaroligi

JShShIR

(Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari uchun)

Shaxsini tasdiqlovchi hujjat

Hujjat turi

Seriya va raqami

Berilgan sanasi va amal qilish muddati

Kim tomonidan berilgan

1

2

3

4

5

6

7

8

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

2-jadval

Xizmatlar provayderining ustav kapitalidagi ulushni potensial oluvchi — yuridik shaxsning taʼsischilari

Familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yuridik shaxs nomi

Ulush miqdori

Fuqaroligi

(jismoniy shaxslar uchun)

yoki davlat roʻyxatidan oʻtgan joyi

(yuridik shaxslar uchun)

JShShIR

(Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari-jismoniy shaxslar uchun)

yoki STIR

(Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari-yuridik shaxslar uchun)

Shaxsini tasdiqlovchi hujjat yoki davlat roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma

Hujjat turi

Seriya va raqami

Berilgan sanadi va amal qilish muddati

Kim tomonidan berilgan

1

2

3

4

5

6

7

8

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2026 y., 10/26/3880-3/0650-son)