17.04.2026 yildagi PQ-143-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI

Qoraqalpog‘iston Respublikasida maxsus mayning zonasini tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasiga investitsiyalarni jalb qilish, aholi farovonligini oshirish va mayningni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar ushbu qarorning asosiy maqsadi va ustuvor vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mayning faoliyatini amalga oshirish uchun barcha turdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda qulay shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Qoraqalpog‘iston Respublikasining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish hamda yangi ishchi o‘rinlar yaratish orqali aholi daromadlarini ko‘paytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida maxsus mayning zonasini tashkil etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3832-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) kripto-aktivlar aylanmasi maxsus normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) mayning faqat yuridik shaxs tomonidan quyosh fotoelektr stansiyalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshirish uchun yuridik shaxslar tomonidan yig‘imlar to‘lanishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi (keyingi o‘rinlarda — maxsus zona) tashkil etilsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) maxsus zonaning hududi Qoraqalpog‘iston Respublikasining butun hududi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) maxsus zona doirasida quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) mayningni amalga oshirish uchun yagona elektr energetika tizimidan va barcha turdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, shuningdek, vodorod elektr stansiyasida ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalanishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) mayning natijasida olingan kripto-aktivlar belgilangan tartibda milliy kripto-birjalar yoki xorijiy platformalar orqali, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotilishiga va (yoki) ularni boshqa likvidli kripto-aktivlarga ayirboshlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) mayning natijasida olingan (shu jumladan, boshqa yuqori likvidli kripto-aktivlarga ayirboshlangan) kripto-aktivlarni sotishdan tushgan tushumni majburiy tarzda O‘zbekiston Respublikasidagi banklarning hisobvaraqlariga o‘tkazishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) faqatgina Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida davlat ro‘yxatidan o‘tgan holda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar rezident bo‘lishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) rezidentlarga mayning amalga oshirish natijasida hosil bo‘ladigan issiqlik energiyasi hisobidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarida belgilangan tartibda issiqxonalar tashkil etishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi muassisligida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida “Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi direksiyasi” (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) tashkil etilsin va Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish bo‘yicha ishchi organ etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq maxsus zona doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) talabgorlar (yuridik shaxslar) maxsus zona rezidentligini va mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish to‘g‘risida ariza bilan Direksiyaga murojaat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) talabgorlarning arizalari Direksiya tomonidan ko‘rib chiqiladi, ijobiy xulosa berilganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) talabgorga Direksiya tomonidan maxsus zona rezidenti (keyingi o‘rinlarda — rezident) maqomi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) rezidentga mayning faoliyatini amalga oshirish uchun Agentlik tomonidan qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmasdan ruxsatnoma beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Direksiya rezidentlarni ro‘yxatdan o‘tkazadi, ularning hisobini yuritadi va arizalar sifatli ko‘rib chiqilishiga javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2035-yil 1-yanvarga qadar rezidentlarning mayning faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq operatsiyalardan olingan daromadlari soliqlar va yig‘imlardan ozod qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) maxsus zonada mayning faoliyatini amalga oshirganlik uchun rezidentlar har oyda ushbu faoliyatdan olgan daromadining 1 foizi miqdorida Direksiyaga to‘lov to‘laydi, bunda Direksiyaning sof foydasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetiga o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) yagona elektr energetika tizimiga ulanish orqali elektr energiyasidan foydalanilgan taqdirda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to‘lovlar II tarif guruhiga nisbatan ikki baravar o‘suvchi koeffitsiyentga muvofiq to‘lanadi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktabrdagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-189-son Farmoniga 1-ilovada nazarda tutilgan holatlar mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) iste’mol qilingan elektr energiyasining hisobi alohida hisobga olish uskunasini o‘rnatgan holda yuritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) maxsus zonaning faoliyat yuritish tartibi Agentlik tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agentlik Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur qarorning 6-bandi “a” kichik bandidan kelib chiqib, Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Energetika vazirligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Agentlikning salohiyatli investorlar tomonidan maxsus zona hududida norentabel, past debitli, qazib chiqarilishi kamayib borayotgan, shuningdek, uglevodorodlarni yetkazib berishning transport tizimi mavjud bo‘lmagan yoki eskirgan konlarni yanada o‘zlashtirish, saqlash va jihozlash orqali elektr energiyasini ishlab chiqarish va undan mayningni amalga oshirish uchun foydalanish bo‘yicha loyihani hayotga tatbiq etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Energetika vazirligi Agentlik bilan birgalikda ikki oy muddatda norentabel, past debitli, qazib chiqarilishi kamayib borayotgan, shuningdek, uglevodorodlarni yetkazib berishning transport tizimi mavjud bo‘lmagan yoki eskirgan konlarni investorlarga mayningni amalga oshirish uchun foydalanishga berish to‘g‘risidagi tartib ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun asosiy talab va shartlar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Direksiyaning tashkil etilishi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va joylashtirish uchun joy ajratilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Energetika vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasida mayning amalga oshirish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish maqsadida yer uchastkalari ajratishning soddalashtirilgan tartibini joriy qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Agentlik ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) “Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi va rezidentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ularning faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Qaror ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsan javobgar etib Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.U. Ermanov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 17-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-143-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PQ-143-son qaroriga
1-ILOVA

“Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun asosiy
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TALAB VA SHARTLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yuridik shaxs Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mayningni faqat ro‘yxatga olingan paytda ko‘rsatilgan manzilda amalga oshirish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mayning uskunalarini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan alohida joy mavjud bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mayning uskunalarini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan joyning sanitariya normalari va qoidalariga javob berishi hamda texnik xavfsizlik talablarini inobatga olgan holda elektr energiyasi ta’minoti tizimining texnik sozligini ta’minlash lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mayning yagona elektr energetika tizimiga ulangan holda amalga oshirilgan taqdirda, iste’mol qilinadigan elektr energiyasi alohida hisoblanishini ta’minlash maqsadida Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga (EHNAT) ulanish imkoniyatiga ega bo‘lgan, ro‘yxatdan o‘tkazilgan elektr energiyasini hisobga olish uskunasi bo‘lishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Iqtisodiy jinoyatlar, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirish, uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya va boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlarni sodir etganlik uchun gumonlanayotgan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan yoxud sudlanganlik holati tugallanmagan shaxslar tomonidan rezidentni boshqarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Rezidentning ustav kapitalida egasi va (yoki) yakuniy benefitsiar mulkdori sifatida quyidagi shaxslarning ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mazkur talab va shartlarning 6-bandida ko‘rsatilgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalar hamda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxslarning bo‘lishiga (ishtirok etishiga).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yashirin mayning, anonim kripto-aktivlar mayningini hamda muqaddam muomalada bo‘lgan kripto-aktivlarni muomalaga kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi vakolatli organning talabiga muvofiq faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bepul taqdim qilish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Maxsus zonada faoliyat yuritish uchun qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan ajratmalarni o‘z vaqtida va to‘liq to‘lash shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PQ-143-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3832-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 1-bandning ikkinchi xatboshisidan “(turli kripto-aktivlarda yangi birliklar va komissiya yig‘imlari formatida mukofot olish imkonini beradigan taqsimlash platformasini ta’minlash va yangi bloklar yaratish bo‘yicha faoliyat)” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) “v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“v) mayning bu hisoblash operatsiyalarini bajarish orqali ma’lumotlarning taqsimlangan reyestrini yuritish, bloklarning yaxlitligini yaratish va tasdiqlash faoliyatidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mayning faqat yuridik shaxs tomonidan quyosh fotoelektr stansiyalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi, “Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi hududida amalga oshiriladigan mayning bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona elektr energetika tizimiga ulangan holda elektr energiyadan foydalanilgan taqdirda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to‘lovlar belgilangan tarifga nisbatan 2 barobar o‘suvchi koeffitsiyentga muvofiq to‘lanadi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktabrdagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-189-son Farmoniga 1-ilovada nazarda tutilgan holatlar mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tig‘iz davrda iste’mol qilingan elektr energiya uchun tegishli tariflarga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ustamalar qo‘llaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iste’mol qilingan elektr energiyasining hisobi alohida hisoblagich o‘rnatilgan holda yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mayning Agentlik tomonidan majburiy ro‘yxatdan o‘tkaziladi va litsenziyalanadigan faoliyat turiga kirmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mayning bilan shug‘ullanuvchi shaxslar (maynerlar) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maynerlarni ro‘yxatdan o‘tkazish faqat Internet tarmog‘i orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maynerlar o‘z faoliyatini faqat ro‘yxatga olingan paytda ko‘rsatilgan manzilda, yong‘in xavfsizligi hamda sanitariya normalari va qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirishi lozim”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) “d” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“d) 2023-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va (yoki) ayirboshlash bo‘yicha operatsiyalarni faqat milliy provayderlar orqali belgilangan tartibda amalga oshiradi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) “i” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“i) xizmatlar provayderlari faoliyatiga qo‘yiladigan litsenziya talablari va shartlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi serverlarda joylashgan elektron platforma va (yoki) texnik hamda dasturiy vositalar majmuining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar bilan bog‘liq barcha operatsiyalar bo‘yicha ma’lumotlarni, platforma ishtirokchilarining identifikatsiya ma’lumotlarini, xizmatlar provayderlarining platforma ishtirokchilari bilan munosabatlariga oid materiallarni (shu jumladan, platforma ishtirokchilari o‘rtasida), shu jumladan, ish yozishmalarini besh yil davomida saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar aylanmasi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishini moliyalashtirishga qarshi kurashish hamda shaxsga doir ma’lumotlarni saqlash va ulardan foydalanish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi reklamaga qo‘yiladigan, shu jumladan, kripto-aktivlardan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatning samaradorligi (daromadi) haqida va’dalar berish, kripto-aktivlar bilan bitimlarni tuzish boyishning yengil usuli ekanligi haqidagi ma’lumotlarni tarqatish taqiqlanganligi hamda kripto-aktivlar O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘lov yoki to‘lovni qabul qilish vositasi (qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno) sifatida qo‘llanilishi mumkin emasligi haqidagi talablarga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
platforma faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq ma’lumotlarni vakolatli organning so‘roviga binoan bepul taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarga, shu jumladan, norezidentlarga, litsenziatning ustav kapitalidagi ulushini realizatsiya qilishni litsenziyalovchi organ bilan kelishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziatning rahbariyati (direktor va uning o‘rinbosarlari), shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm, ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatish, ularni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha tarkibiy bo‘linma rahbarini almashtirish masalasini litsenziyalovchi organ bilan kelishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa talablar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar kripto-birjalarga qo‘yiladigan qo‘shimcha litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlarni kotirovkalashni ularga bo‘lgan talab va taklif asosida amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza berilgan sanada pul mablag‘i shaklida bazaviy hisoblash miqdorining kamida besh ming baravari miqdorida shakllantirilgan ustav jamg‘armasi (kapitali) mavjudligi, shundan uch ming baravarini O‘zbekiston Respublikasining tijorat bankida alohida hisobvaraqda zaxiraga qo‘yish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) “m” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“m) kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun yuridik shaxslar yig‘im to‘laydilar. Yig‘imlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Agentlik o‘rtasida taqsimlanadi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yig‘imlar miqdori, ularni to‘lash va ularning taqsimlanishi Agentlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Soliq qo‘mitasi bilan birgalikda tasdiqlanadigan tartib asosida amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) xizmatlar provayderlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘rsatilgan xizmatlar uchun, shu jumladan, kripto-aktivlar shaklida mukofot olish, uning miqdorini va uni mijozlardan undirish tartibini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari bilan kripto-aktivlarni milliy va xorijiy valyutaga sotib olish va (yoki) begonalashtirishga, shuningdek, kripto-aktivlarni boshqa kripto-aktivlarga ayirboshlashga qaratilgan bitimlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kripto-do‘konlarga o‘z faoliyatini faqat elektron platforma orqali amalga oshirish jarayonida mijozlarining mablag‘larini tranzaksiya amalga oshirilgan va ma’lumotlarning taqsimlangan reyestrida tegishli yozuv paydo bo‘lgan paytdan boshlab Agentlik tomonidan belgilangan muddatda saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) maynerlarga mayning natijasida olingan kripto-aktivlarni milliy kripto-birjalar yoki xorijiy platformalar orqali, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha, belgilangan tartibda sotish va (yoki) ularni boshqa kripto-aktivlarga ayirboshlash huquqi berilsin. Bunda mayning natijasida olingan kripto-aktivlarni boshqa yuqori likvidli kripto-aktivlarga ayirboshlash va ularni keyinchalik milliy kripto-birjalar yoki xorijiy platformalar orqali, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotishga yo‘l qo‘yiladi. Mayning natijasida olingan (shu jumladan, boshqa yuqori likvidli kripto-aktivlarga ayirboshlangan) kripto-aktivlarni sotishdan tushgan tushum majburiy tarzda O‘zbekiston Respublikasidagi bankning hisobvaraqlariga o‘tkaziladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) quyidagi mazmundagi 5-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5. Shunday tartib o‘rnatilsin, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir vaqtning o‘zida quyidagi mezonlardan kamida ikkitasi mavjud bo‘lganda, kripto-aktivlar bilan operatsiya (keyingi o‘rinlarda — operatsiya) o‘tkazish joyi sifatida O‘zbekiston Respublikasi tan olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiyaning bir tomoni O‘zbekiston Respublikasining rezidenti (jismoniy yoki yuridik shaxs) bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiya O‘zbekiston Respublikasining hududida amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiya O‘zbekiston Respublikasining hududida ro‘yxatdan o‘tgan IP-manzildan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro kodi mavjud bo‘lgan mobil telefon raqamidan foydalangan holda amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiya bo‘yicha hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasining tijorat banki tomonidan emissiya qilingan bank kartasidan foydalanilganda yoki to‘lovlarga ishlov berish va ularning kliringi O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiyani amalga oshirish uchun xizmatlar O‘zbekiston Respublikasining hududida yashovchi mijozlar uchun mo‘ljallanganda, shu jumladan, davlat tilida taqdim etilganda yoki reklama qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Agentlikka quyidagi vakolatlar beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga kripto-aktivlar aylanmasi sohasida noqonuniy xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy yuridik shaxslarning (keyingi o‘rinlarda — xorijiy yuridik shaxslar) faoliyatini tekshirish. Bunda ushbu tekshirishlarga O‘zbekiston Respublikasining tadbirkorlik subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati sohasidagi qonunchilik hujjatlari tatbiq etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun xorijiy yuridik shaxslarga nisbatan jarimalar qo‘llash. Bunda ushbu jarimaning 50 foizi litsenziyalovchi organning hisobvarag‘iga yo‘naltiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) 6-bandning “a” va “b” kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a) xizmatlar provayderlarini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
terroristik faoliyatda yoki ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishda ishtirok etgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy jinoyatlar, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirish, uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi, korrupsiya va axborot texnologiyalari bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlik uchun gumonlanayotgan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan yoxud o‘talmagan shaxslar tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda doimiy yashayotgan, bo‘lib turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxslar tomonidan boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xizmatlar provayderlarining ustav jamg‘armasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan shaxslarning;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalar ishtirok etishi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga 1-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2-bandning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mayning — hisoblash operatsiyalarini bajarish orqali ma’lumotlarning taqsimlangan reyestrini yuritish, bloklarning yaxlitligini yaratish va tasdiqlash faoliyatidir”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 80-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“80. Mayning faqat yuridik shaxs tomonidan quyosh fotoelektr stansiyalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi. Bunda “Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasida barcha qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mayning uchun yagona elektr energetika tizimiga belgilangan tartibda ruxsat olib ulangan holda elektr energiyasidan foydalangan taqdirda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iste’molchilar iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni II tarif guruhiga nisbatan ikki baravar o‘suvchi koeffitsiyentga muvofiq to‘laydilar. Bundan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil22-oktabrdagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-189-son Farmoniga 1-ilovada belgilangan holatlar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iste’mol qilingan elektr energiyasining hisobi alohida hisoblagich o‘rnatilgan holda yuritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda ruxsat olmasdan mayning bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning yagona elektr energetika tizimiga ulanish holatlari aniqlanganda, ularga II tarif guruhiga nisbatan amaldagi tarifga besh baravar o‘suvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2026-y., 07/26/143/0386-son)