26.06.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3862
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining buyrugʻi, 26.06.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3862
Kuchga kirish sanasi
30.09.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer qaʼrini geologik oʻrganishda foydali qazilmalar hamda mineral xomashyoni qazib olish sohasida nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 26-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3862]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yer qaʼrini geologik oʻrganishda foydali qazilmalar hamda mineral xomashyoni qazib olish sohasida nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir B. ISLAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 19-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-son

Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 19-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 18-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining 2026-yil 19-iyundagi 5-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer qaʼrini geologik oʻrganishda foydali qazilmalar hamda mineral xomashyoni qazib olish sohasida nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom yer qaʼrini geologik oʻrganishda foydali qazilmalar hamda mineral xomashyoni qazib olish sohasida nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyekti — belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruv — tadbirkorlik subyekti tomonidan faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganligini tekshirish uchun kerakli materiallar, hujjatlar yoki ularning faoliyatiga doir maʼlumotlarni olish hamda muayyan harakatlarni amalga oshirish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi (bundan buyon matnda Inspeksiya deb yuritiladi) vakolati doirasida oʻtkaziladigan nazorat tadbiri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi – Inspeksiya tomonidan yer qaʼrini geologik oʻrganishda foydali qazilmalar hamda mineral xomashyoni qazib olish sohasida nazorat sohasi boʻyicha aniq mezonlarga asoslanib, tadbirkorlik subyekti tomonidan oʻz faoliyatida qonunchilik buzilish xavfi darajasini aniqlash mexanizmi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Inspeksiya tomonidan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablarga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Minimal talablarga zid boʻlgan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi tadbirkorlik subyektida tekshiruv oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishga asos boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi asosida aniqlangan huquqbuzarlik xavfi qay darajada boʻlishidan qatʼi nazar, tadbirkorlik subyektiga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllashga asos boʻla olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Xavf darajasini tahlil qilishga doir umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tadbirkorlik subyektining qonunni buzish xavfi darajasini tahlil qilish jarayoni tadbirkorlik subyekti faoliyatini toʻxtatib turish, unga toʻsqinlik qilish yoki faoliyatini amalga oshirishga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashishni nazarda tutuvchi xatti-harakatlarni oʻz ichiga olmasligi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xavf darajasining tahlili quyidagi maʼlumotlarni oʻrganish asosida amalga oshirilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy maʼlumotlar (litsenziya, ruxsat etuvchi va davlat organlarida mavjud boshqa hujjatlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davriy statistika maʼlumotlari, jumladan, avval huquqbuzarlik holatlari aniqlangan tadbirkorlik subyektini umumlashtiruvchi belgilar, xabarlar va boshqa korrelyatsion tahlil natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalaridan yoki boshqa tashqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan va tadbirkorlik subyektining odatiy faoliyatiga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatmagan holda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xavf darajasi tahlili jarayonida tadbirkorlik subyektidan hujjatlar va axborotlar talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Nazorat vakolatiga kirmaydigan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tahlil qilish va baholash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Xavf darajasi tasnifi va ularning mezonlariga doir talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida xavf darajasini baholash oʻrganiladigan maʼlumotlar asosida shakllantirilgan mazkur Nizomning 1 — 7-ilovalarida koʻrsatilgan koʻrsatkichlarga tadbirkorlik subyekti faoliyatining muvofiqligini “ball” tizimi asosida baholash orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Inspeksiya tadbirkorlik subyektlarining xavf darajasini baholash uchun quyidagi koʻrsatkichlarni “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishda qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Foydali qazilmalarni qazib olishda qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq Neft-gaz tarmogʻida geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirishda qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq Neft-gaz tarmogʻida uglevodorod xomashyosining qazib olinishini amalga oshirishda qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq Yer osti suvlaridan oqilona foydalanilishini amalga oshirishda qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq Neft-gaz quduqlarini burgʻilash (qurish), ularni taʼmirlash, sinash va oʻzlashtirishda qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq Portlatish ishlari va portlovchi materiallarning aylanmasi sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tashkilotlarning xavf darajasi ushbu koʻrsatkichlar boʻyicha mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlardan foydalangan holda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida avtomatik ravishda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past, oʻrta va yuqori darajalarga tasniflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda baholash natijasida aniqlangan xavf darajasining umumiy ballari asosida tadbirkorlik subyekti tomonidan huquqbuzarlik sodir etish xavfi quyidagi uch xil toifada tasniflanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf darajasi yuqori — baholash natijalari boʻyicha 81 balldan 100 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf darajasi oʻrta — baholash natijalari boʻyicha 61 balldan 81 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf darajasi past — baholash natijalari boʻyicha 61 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Baholash natijalariga muvofiq huquqbuzarlik xavfi yuqori va oʻrta tasnifidagi tadbirkorlik subyektlarida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlarni oʻtkazish amaldagi qonunchilik hujjatlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2022-yil 13-sentabrdagi PQ-374-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “Xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tadbirkorlik subyektlarida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlar faqatgina Inspeksiyaning vakolatiga kiradigan masalalarni oʻrganish maqsadida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xavf darajasi past boʻlgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Xavfni tahlil etish natijalaridan norozi boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer qaʼrini geologik oʻrganishda foydali qazilmalar hamda mineral xomashyoni qazib olish sohasida nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishda qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOʻRSATKICHLARI

T/r

Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari

Koʻrsatkichlarga qoʻyilishi mumkin boʻlgan ballar (maksimal 100 ball)

Oʻtkazilgan tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar

1.

Yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitob mavjud emasligi

10

2.

Tajriba-sanoat usulida qazib olish boʻyicha Inspeksiyaning xabardor qilinmaganligi

10

3.

Foydali qazilmalar zaxiralari hisoblanmaganligi

8

4.

Inspeksiya nazoratidagi obyektlarda elektr qurilmalarini sozlash ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma mavjud emasligi

10

5.

Portlash xavfi boʻlgan texnologik yangi jarayonlar va asbob-uskunalarni, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllaniladigan texnik qurilmalardan foydalanish uchun ruxsatnoma mavjud emasligi

10

6.

Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik va uning oqibatlarini tugatish tadbirlari rejalashtirilmaganligi

15

7.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda attestatsiyadan oʻtkazish amaga oshirilmaganligi

15

8.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotda professional avariya-qutqaruv xizmatlari bilan xizmat koʻrsatishga doir shartnomalar tuzilmaganligi

8

9.

Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha Davlat komissiyasi bayonnomasining mavjud emasligi

8

10.

Geologiya qidiruv ishlari amalga oshirilganda buzilgan yerlar rekultivatsiya qilinmaganligi

6

Jami:

100

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer qaʼrini geologik oʻrganishda foydali qazilmalar hamda mineral xomashyoni qazib olish sohasida nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Foydali qazilmalarni qazib olishda qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari

Koʻrsatkichlarga qoʻyilishi mumkin boʻlgan ballar (maksimal 100 ball)

Oʻtkazilgan tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar

1.

Foydali qazilmalarni qazib olish boʻyicha texnik-iqtisodiy asoslar ishlab chiqilmaganligi

5

2.

Konni oʻzlashtirish loyihasi mavjud emasligi

5

3.

Kon ajratmasi dalolatnomasi mavjud emasligi

5

4.

Kon ishlarini rivojlantirish rejasi Inspeksiya bilan kelishilmaganligi

5

5.

Foydali qazilmalarni qazib olishda foydali qazilmalar zaxirasi harakati toʻgʻrisidagi hisobotning mavjud emasligi

5

6.

Togʻ-kon ishlarini yuritish huquqini beruvchi ruxsatnoma mavjud emasligi

5

7.

Foydali qazilmalar zaxiralarini yer qaʼridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish amalga oshirilmaganligi

3

8.

Davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud emasligi

3

9.

Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma mavjud emasligi

5

10.

Kern, foydali qazilma namunalari dublikatlari belgilangan talablarga muvofiq saqlanmaganligi

3

11.

Geologik va marksheyderlik xizmatlari mavjud emasligi

3

12.

Tarozi mavjud emasligi

4

13.

Shaxtalarni (konlarni) bir toifadan boshqasiga oʻtkazish tasdiqlash va kelishish toʻgʻrisida xulosa mavjud emasligi (yer osti konidan foydalanilganda)

4

14.

Inspeksiya nazoratidagi obyektlarda elektr qurilmalarini sozlash ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma mavjud emasligi

5

15.

Portlash xavfi boʻlgan texnologik yangi jarayonlar va asbob-uskunalarni, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllaniladigan texnik qurilmalardan foydalanish uchun ruxsatnoma mavjud emasligi

5

16.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlari identifikatsiyalash amalga oshirilmaganligi

5

17.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlari sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazilmaganligi

5

18.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining birinchi tipiga muvofiq boʻlgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi mavjud emasligi

5

19.

Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratining tashkil qilinmaganligi

4

20.

Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik va uning oqibatlarini tugatish tadbirlari rejalashtirilmaganligi

5

21.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda attestatsiyadan oʻtkazish amalga oshirilmaganligi

5

22.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotda professional avariya-qutqaruv xizmatlari bilan xizmat koʻrsatishga doir shartnomalar tuzilmaganligi

2

23.

Foydali qazilmalarni ochiq yoki yer osti usulida qazib olishda  —  kon zaxirasi qazib tugatilganda buzilgan yerlar rekultivatsiya qilinmaganligi

4

Jami:

100

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer qaʼrini geologik oʻrganishda foydali qazilmalar hamda mineral xomashyoni qazib olish sohasida nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Neft-gaz tarmogʻida geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirishda qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari

Koʻrsatkichlarga qoʻyilishi mumkin boʻlgan ballar (maksimal 100 ball)

Oʻtkazilgan tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar

1.

Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma mavjud emasligi

10

2.

Neft quduqlarini burgʻilash loyihasi mavjud emasligi

10

3.

Togʻ-kon ishlarini yuritish huquqini beruvchi ruxsatnoma mavjud emasligi

10

4.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda attestatsiyadan oʻtkazish amalga oshirilmaganligi

10

5.

Yashindan himoya qurilmalarini koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasi mavjud emasligi

8

6.

Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik va uning oqibatlarini tugatish tadbirlari rejalashtirilmaganligi

10

7.

Ochiq neft va gaz favvoralarini oldini olish va bartaraf qilish boʻyicha Harbiylashtirilgan qism tashkil etilmaganligi

10

8.

Kern, foydali qazilma namunalari dublikatlari belgilangan talablarga muvofiq saqlanmaganligi

8

9.

Inspeksiya nazoratidagi obyektlarda elektr qurilmalarini sozlash ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma mavjud emasligi

8

10.

Geologiya-qidiruv, tadqiqot hamda ekspluatatsiya quduqlarini qurish ishlari yakunlanganidan soʻng buzilgan yerlar rekultivatsiya qilinmaganligi

8

11.

Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha Davlat komissiyasi bayonnomasi mavjud emasligi

8

Jami:

100

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer qaʼrini geologik oʻrganishda foydali qazilmalar hamda mineral xomashyoni qazib olish sohasida nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

Neft-gaz tarmogʻida uglevodorod xomashyosining qazib olinishini amalga oshirishda qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari

Koʻrsatkichlarga qoʻyilishi mumkin boʻlgan ballar (maksimal 100 ball)

Oʻtkazilgan tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar

1.

Foydali qazilmalarni qazib olish boʻyicha texnik-iqtisodiy asoslar ishlab chiqilmaganligi

8

2.

Konni oʻzlashtirish loyihasi mavjud emasligi

8

3.

Kon ajratmasi dalolatnomasi mavjud emasligi

8

4.

Foydali qazilmalarni qazib olishda foydali qazilmalar zaxirasi harakati toʻgʻrisidagi hisobot taqdim etilmaganligi

8

5.

Davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud emasligi

6

6.

Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma mavjud emasligi

8

7.

Inspeksiya nazoratidagi obyektlarda elektr qurilmalarini sozlash ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma mavjud emasligi

8

8.

Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratining tashkil qilinmaganligi

6

9.

Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik va uning oqibatlarini tugatish tadbirlari rejalashtirilmaganligi

6

10.

Yashindan himoya qurilmalarini koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasi mavjud emasligi

6

11.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda attestatsiyadan oʻtkazish amalga oshirilmaganligi

6

12.

Ochiq neft va gaz favvoralarini oldini olish va bartaraf qilish boʻyicha Harbiylashtirilgan qism tashkil etilmaganligi

8

13.

Qidirib topilgan konni sanoat yoʻli bilan oʻzlashtirish uchun qabul qilish-berish dalolatnomasi mavjud emasligi

6

14.

Neft va neft mahsulotlari hamda neft sanoati oqovalari bilan ifloslangan yerlar rekultivatsiya qilinmaganligi

8

Jami:

100

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer qaʼrini geologik oʻrganishda foydali qazilmalar hamda mineral xomashyoni qazib olish sohasida nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

Yer osti suvlaridan oqilona foydalanilishini amalga oshirishda qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari

Koʻrsatkichlarga qoʻyilishi mumkin boʻlgan ballar (maksimal 100 ball)

Oʻtkazilgan tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar

1.

Yer osti suvlariga ruxsat etuvchi hujjatlar mavjud emasligi

15

2.

Gidrogeologik xulosa mavjud emasligi

15

3.

Yer osti suvlari quduqlarini burgʻilash uskunalarining texnik pasportlari mavjud emasligi

15

4.

Yer osti suv olish inshootlarining suv hisoblash vositalari bilan jihozlanmaganligi

15

5.

Yer osti suvlarini olish va berishda suv miqdori toʻgʻrisida hisobot taqdim etilmaganligi

15

6.

Suv hisoblash vositasini belgilangan talablar asosida oʻrnatilmaganligi

10

7.

Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash faoliyatiga ruxsatnoma mavjud emasligi

15

Jami:

100

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer qaʼrini geologik oʻrganishda foydali qazilmalar hamda mineral xomashyoni qazib olish sohasida nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA

Neft-gaz quduqlarini burgʻilash (qurish), ularni taʼmirlash, sinash va oʻzlashtirishda qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari

Koʻrsatkichlarga qoʻyilishi mumkin boʻlgan ballar (maksimal 100 ball)

Oʻtkazilgan tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar

1.

Togʻ-kon ishlarini yuritish huquqini beruvchi ruxsatnoma mavjud emasligi

20

2.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda attestatsiyadan oʻtkazish amalga oshirilmaganligi

20

3.

Yashindan himoya qurilmalarini koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasi mavjud emasligi

20

4.

Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik va uning oqibatlarini tugatish tadbirlari rejalashtirilmaganligi

20

5.

Ochiq neft va gaz favvoralarini oldini olish va bartaraf qilish boʻyicha Harbiylashtirilgan qism tashkil etilmaganligi

20

Jami:

100

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer qaʼrini geologik oʻrganishda foydali qazilmalar hamda mineral xomashyoni qazib olish sohasida nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Portlatish ishlari va portlovchi materiallarning aylanmasi sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari

Koʻrsatkichlarga qoʻyilishi mumkin boʻlgan ballar (maksimal

100 ball)

Oʻtkazilgan tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar

1.

Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya mavjud emasligi

15

2.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda attestatsiyadan oʻtkazish amalga oshirilmaganligi

15

3.

Portlovchi materiallarni ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash, tashish, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish talablari bajarilmaganligi

15

4.

Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik va uning oqibatlarini tugatish tadbirlari rejalashtirilmaganligi

15

5.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash amalga oshirilmaganligi

10

6.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlari sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazilmaganligi

10

7.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining birinchi tipiga muvofiq boʻlgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi mavjud emasligi

10

8.

Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratining tashkil qilinmaganligi

10

Jami:

100

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2026 y., 10/26/3862/0646-son)