26.06.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3867
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining buyrugʻi, 26.06.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3867
Kuchga kirish sanasi
28.09.2026
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kinematografiya sohasidagi vakolatli davlat organining tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar oʻtkazish borasidagi faoliyatida “xavfni tahlil etish” elektron tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 26-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3867]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2026-yil 17-apreldagi PF-63-son “Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va nazorat tadbirlarining shaffofligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Kinematografiya sohasidagi vakolatli davlat organining tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar oʻtkazish borasidagi faoliyatida “xavfni tahlil etish” elektron tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir O. NAZARBEKOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 24-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
291-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 15-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 15-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining 2026-yil 24-iyundagi 291-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kinematografiya sohasidagi vakolatli davlat organining tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar oʻtkazish borasidagi faoliyatida “xavfni tahlil etish” elektron tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi tomonidan (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) kinematografiya sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishiga oid huquqbuzarliklarni sodir etish xavfi mavjud boʻlgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash imkoniyatini beruvchi “Xavfni tahlil etish” elektron tizimini joriy etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1-bob. Umumiy qoidalar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlari — belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruv — tadbirkorlik subyekti tomonidan faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganligini tekshirish uchun kerakli materiallar, hujjatlar yoki ularning faoliyatiga doir maʼlumotlarni olish hamda muayyan harakatlarni amalga oshirish orqali nazorat qiluvchi organlar tomonidan oʻtkaziladigan nazorat tadbiri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xavfni tahlil etish” elektron tizimi — nazorat qiluvchi organlar tomonidan tegishli nazorat sohasi boʻyicha aniq mezonlarga asoslanib, tadbirkorlik subyekti faoliyatida qonunchilikning buzilish xavfi darajasini aniqlash elektron tizimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi Agentlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “Xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablarga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Minimal talablarga zid boʻlgan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi tadbirkorlik subyektida tekshiruv oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishga asos boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi asosida aniqlangan huquqbuzarlik xavfi qay darajada boʻlishidan qatʼi nazar, tadbirkorlik subyektiga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllashga asos boʻla olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

2-bob. Xavf darajasini tahlil qilishga doir umumiy talablar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tadbirkorlik subyektining qonunni buzish xavfi darajasini tahlil qilish jarayoni tadbirkorlik subyekti faoliyatini toʻxtatib turish, unga toʻsqinlik qilish yoki faoliyatini amalga oshirishga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashishni nazarda tutuvchi xatti-harakatlarni oʻz ichiga olmasligi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xavf darajasining tahlili quyidagi maʼlumotlarni oʻrganish asosida amalga oshirilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy maʼlumotlar (ruxsat etuvchi va davlat organlarida mavjud boshqa hujjatlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davriy statistika maʼlumotlari, jumladan, avval huquqbuzarlik holatlari aniqlangan tadbirkorlik subyektini umumlashtiruvchi belgilar, xabarlar va boshqa korrelyatsion tahlil natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalaridan yoki boshqa tashqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlar axborot tizimlari, dasturiy taʼminotlari va maʼlumotlar bazasi tahlili natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan va tadbirkorlik subyektining odatiy faoliyatiga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatmagan holda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xavf darajasi tahlili jarayonida tadbirkorlik subyektidan hujjatlar va axborotlar talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Nazorat vakolatiga kirmaydigan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tahlil qilish va baholash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

3-bob. Xavf darajasi tasnifi va ularning mezonlariga doir talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida xavf darajasini baholash oʻrganiladigan maʼlumotlar asosida shakllantirilgan mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalaridagi nazorat sohalarida koʻrsatilgan asosiy koʻrsatkichlarga (sub-koʻrsatkichlarga) tadbirkorlik subyekti faoliyatining muvofiqligini “ball” tizimi asosida baholash orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda sub-koʻrsatkichlar mavjud boʻlganda har bir asosiy koʻrsatkichning bahosi ushbu koʻrsatkich ostidagi sub-koʻrsatkichlar bahosining yigʻindisidan kelib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Agentlik tadbirkorlik subyektlarining xavf darajasini baholash uchun mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalaridagi nazorat sohalarida koʻrsatilgan asosiy koʻrsatkichlarni (sub-koʻrsatkichlarni) “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tadbirkorlik subyektlarining xavf darajasi mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalaridagi nazorat sohalarida koʻrsatilgan asosiy koʻrsatkichlar (sub-koʻrsatkichlar) boʻyicha “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida avtomatik ravishda alohida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past, oʻrta va yuqori darajalarga tasniflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda baholash natijasida aniqlangan xavf darajasining umumiy ballari asosida tadbirkorlik subyekti tomonidan huquqbuzarlik sodir etish xavfi quyidagi uch xil toifaga tasniflanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf darajasi yuqori — baholash natijalari boʻyicha 81 balldan 100 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf darajasi oʻrta — baholash natijalari boʻyicha 61 balldan 81 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf darajasi past — baholash natijalari boʻyicha 61 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Baholash natijalariga muvofiq huquqbuzarlik xavfi yuqori va oʻrta tasnifidagi tadbirkorlik subyektlarida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlarni oʻtkazish amaldagi qonunchilik hujjatlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2022-yil 13-sentabrdagi PQ-374-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “Xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tadbirkorlik subyektlarida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlar faqatgina Agentlikning vakolatiga kiradigan masalalarni oʻrganish maqsadida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoidalar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12 Xavfni tahlil etish natijalaridan norozi boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kinematografiya sohasidagi vakolatli davlat organining tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar oʻtkazish borasidagi faoliyatida “xavfni tahlil etish” elektron tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filmni ommaviy namoyish etish boʻyicha qonunchilik hujjatlariga oid huquqbuzarlik sodir etish xavfini baholash jarayonida tadbirkorlik subyekti faoliyatidagi huquqbuzarlik alomatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatkichlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Koʻrsatkichlar

Ball

Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball

1.

Milliy mentalitetga va qonunchilikka zid mazmun (kontent), shuningdek filmlarning gʻoyaviy-badiiy muvofiqlik darajasini buzishga qaratilgan harakatlarni sodir etish

20

1.1.

Zoʻravonlik va pornografiyani targʻib qilish

5

1.2.

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni targʻib qilish

5

1.3.

Oʻzbekiston Respublikasi haqida notoʻgʻri axborot tarqatish hamda uning tarixiy, madaniy va maʼnaviy qadriyatlari, adabiy til meʼyorlari buzib koʻrsatilishi mumkin boʻlgan hamda taqiqlangan leksikadan foydalanilganlik

5

1.4.

Mamlakatda xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka tahdid qiluvchi, fuqarolar tinchligi, millatlararo va dinlararo totuvlikka raxna soluvchi holatlarning mavjudligi

5

2.

Chiptalar bilan bogʻliq talablarning buzilishi

20

2.1.

Kinoseans oʻtkaziladigan sana, aniq vaqt, tomoshabin uchun zaldagi aniq qator va oʻrindiq joyining belgilanmasligi hamda chiptada aks etmaganligi

5

2.2.

Chiptaning yagona elektron dasturda roʻyxatdan oʻtkazilmaganligi

5

2.3.

Chiptada kinovideo-tomosha tashkiloti rasmiy nomining mavjud emasligi hamda chiptaning yakuniy narxi qayd etilmaganligi

5

2.4.

Chiptaning elektron shakli QR-kod (identifikatsiyalovchi noyob kod raqam) bilan taʼminlanganligi

5

3.

Milliy filmlar hajmlari bilan bogʻliq talablarga rioya etmaslik

20

3.1.

Toʻliq milliy metrajli filmlar oylik ekran vaqtining 25 foizidan kam boʻlishi

10

3.2.

Bayram kunlarida toʻliq milliy metrajli filmlar oylik ekran vaqtining 40 foizidan kam boʻlishi

10

4.

Filmni ommaviy namoyish etish bilan bogʻliq qonunchilikning buzilishi

20

4.1.

Filmni ommaviy namoyish etish uchun bir martalik ruxsatnomaning mavjud emasligi

5

4.2.

Filmni ommaviy namoyish etish uchun bir martalik ruxsatnoma berilgan filmdagi sahnalarni ruxsatnoma olingandan keyin oʻzgartirish

5

4.3.

Filmni ommaviy namoyish etishda mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi

5

4.4.

Filmda qoʻshimcha ruxsatlarning (yosh chegarasining) yoʻqligi

5

5.

Aholiga kinovideo xizmati koʻrsatish qoidalari, tomoshabinlarga majburiy maʼlumotlarni taqdim etish va kinozallardagi xavfsizlik talablarining buzilishi

20

5.1.

Kirish chiptalari sotiladigan kassasi va kirish joyida kinoteatr nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), telefon raqami, ish vaqti, rahbariyatining familiyasi, ismi va otasining ismining bosh harflari kabi maʼlumotlarni aks ettirmaslik

4

5.2.

Tomoshabinlarni qoidalar bilan tanishtirmaslik

4

5.3.

Namoyish qilinayotgan va namoyishi rejalashtirilayotgan filmlar haqida toʻliq va aniq maʼlumot bermaslik

3

5.4.

Tomoshabinlar uchun hojatxona, ona va bola xonasi, birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish vositalaridan bepul foydalanishga imkoniyat yaratib bermaslik

3

5.5.

Yongʻin xavfsizligi va sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga rioya etmaslik

3

5.6.

Kuzatuv kamerasi tizimidan notoʻgʻri foydalanish

3

Jami ballar yigʻindisi

100
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kinematografiya sohasidagi vakolatli davlat organining tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar oʻtkazish borasidagi faoliyatida “xavfni tahlil etish” elektron tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida filmlarni kino va video tasvirga olishga oid huquqbuzarlik sodir etish xavfini baholash jarayonida tadbirkorlik subyekti faoliyatidagi huquqbuzarlik alomatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatkichlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Koʻrsatkichlar

Ball

Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball

1.

Ssenariy mazmuniga qoʻyilgan talablarning buzilishi

25

1.1.

Milliy, irqiy, etnik yoki diniy dushmanlikni targʻib etuvchi sahnalarning mavjudligi

5

1.2.

Fuqarolarning milliy mansubligi, diniy eʼtiqodlari munosabati bilan ularning qadr-qimmatini kamsituvchi, haqorat qiluvchi yoki axloq normalariga va milliy mentalitetga zid boʻlgan sahnalarning mavjudligi

5

1.3.

Oʻzbekiston Respublikasi xalqlarining tarixi, madaniyati, anʼanalari va urf-odatlarini nohaqqoniy yoki buzib aks ettiruvchi sahnalarning mavjudligi

5

1.4.

Ekstremizm va terrorizm gʻoyalarini, zoʻravonlik va shafqatsizlikni targʻib qiluvchi sahnalarning mavjudligi

5

1.5.

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq jinoiy yoki boshqa javobgarlikka olib keluvchi pornografik va boshqa xususiyatga ega boʻlgan sahnalarning mavjudligi

5

2.

Tasvirga olish muddatlarining buzilishi

25

2.1.

Ishlarning ruxsatnomada koʻrsatilgan muddatdan kechikib boshlanishi

5

2.2.

Kundalik suratga olish grafigidan orqada qolish va choʻzilish

5

2.3.

Ishlarning ruxsatnomadagi yakuniy sanadan oʻtib ketish ehtimolining mavjudligi

5

2.4.

Ruxsatnoma muddati tugagandan keyin ham ishlarni davom ettirish

5

2.5.

Ruxsatnoma muddatini uzaytirish boʻyicha vakolatli organdan ruxsat soʻralmaganligi

5

3.

Tasvirga olinayotgan materialning haqiqiy mazmuni bilan ruxsatnoma olish jarayonida koʻrib chiqilgan film ssenariysi oʻrtasida tafovutlarning yuzaga kelishi

25

3.1.

Ruxsatnomasiz yangi va bahsli sahnalarni jarayonga qoʻshish

5

3.2.

Ssenariydagi kadrlar mazmunini real tasvirda butunlay oʻzgartirish

5

3.3.

Filmning epizodlar ketma-ketligi va tuzilmasini oʻzgartirish

5

3.4.

Sahnalashtiruvchi rejissyorning tasdiqlangan loyihadan chiqishi

5

3.5.

Ssenariyning umumiy mazmuniga suratga olingan asl materialning mos kelmasligi

5

4.

Film turi va texnik parametrlar

25

4.1.

Film turiga (seriyalar soniga) amalda rioya qilmaslik

6

4.2.

Filmni tasvirga olishning ijodiy loyihasi talablarining buzilishi

6

4.3.

Ishlab chiqarish-texnik loyiha talablarining buzilishi

6

4.4.

Ishlab chiqarish-texnik loyiha boʻyicha tasvirga olishni tashkil etish rejasini oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirish yoki tasdiqlangan texnik sahnalarni maydonda boshqacha usulda bajarish

7

Jami ballar yigʻindisi

100

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2026 y., 10/26/3867/0641-son)