1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.13.00 Kinematografiya]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada yagona repertuar siyosati yuritilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan respublika kinoprokat tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 7-avgustdagi PQ-3176-son qaroriga muvofiq, shuningdek, respublikada yagona repertuar siyosati yuritilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan respublika kinoprokat tizimini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “O‘zbekkino” Milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda “O‘zbekkino” MA deb ataladi) va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “O‘zbekkino” MA tizimida “Respublika kinoprokat markazi” davlat unitar korxonasini (keyingi o‘rinlarda “Respublika kinoprokat markazi” DUK deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar “Respublika kinoprokat markazi” DUKning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada yagona repertuar siyosati yuritilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan respublika kinoprokat tizimini (keyingi o‘rinlarda kinoprokat tizimi deb ataladi) tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kinoprokat tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, aholiga kinovideo xizmati ko‘rsatish bo‘yicha maqsadli dasturlar hamda loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
filmlarni namoyish qilish faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarini kinoprokat tizimiga ixtiyoriy jalb qilishni tashkil etish, ushbu tizimga jalb qilingan tadbirkorlik subyektlarini filmlar bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va xorijdan olib kiriladigan filmlarning respublika hududidagi kinoprokati bo‘yicha distribyuterlik faoliyatini amalga oshirish, shuningdek, milliy filmlarni xalqaro kinoprokatga olib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy xalqaro andozalarga muvofiq kinoteatr va kinozallarda yagona texnologik standartlarni shakllantirish va joriy qilishda ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga kinovideo xizmati ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-2019-yillarda milliy kinoprokat tizimini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “O‘zbekkino” MA bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda “Respublika kinoprokat markazi” DUK bazasida “O‘zbekkino” MA tizimidagi kinoteatrlarning birlashtirilishi va xususiy kinoteatrlarning o‘zaro manfaatli shartlar asosida ixtiyoriy kirishini nazarda tutuvchi yagona respublika kinoprokat elektron tarmog‘ini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 1-iyundan boshlab filmlarning kinoteatrlarga raqamli yetkazilishini ta’minlash maqsadida ushbu bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan kinoteatrlarni optik tolali aloqa liniyasi orqali yagona respublika kinoprokat elektron tarmog‘iga bosqichma-bosqich ulash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 1-yanvardan boshlab ushbu bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan kinoteatrlarda elektron kinochiptalarning tezkor hisobini yuritish va sotishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish bo‘yicha choralar ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, hududlarda yagona repertuar siyosatini amalga oshirish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish va nazorat qilish, shuningdek, aholiga kinovideo xizmati ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishini ta’minlash “O‘zbekkino” MAning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “O‘zbekkino” MA va “Respublika kinoprokat markazi” DUKning “Respublika kinoprokat markazi” DUK tarkibida kinoprokat tizimining yillik repertuar rejasiga kiritiladigan milliy va xorijiy filmlarning maqbul nisbatini belgilab beruvchi metodik kengash faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “O‘zbekkino” MA va O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Toshkent shahri Mirobod tumani Mirobod ko‘chasi 25-uy manzilida joylashgan binolarni tegishli hududi bilan birgalikda fasad va tashqi muhandislik kommunikatsiyalarini ta’mirlash bo‘yicha ilgari ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari narxini hisobga olgan holda “Respublika kinoprokat markazi” DUKga operativ boshqaruv huquqi bilan bepul berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ushbu binolar topshirilishini, “Respublika kinoprokat markazi” DUK qabul qilib olinishini hamda ulardan samarali foydalanilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “O‘zbekkino” MA bir oy muddatda “Respublika kinoprokat markazi” DUK ustavi va tuzilmasining tasdiqlanishini hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ““O‘zbekkino” Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 28-dekabrdagi 1030-son qaroriga3-ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “O‘zbekkino” MA boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish “O‘zbekkino” MA Bosh direktori F.Sh. Zokirov zimmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 6-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
272-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 272-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga kinovideo xizmati ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom aholiga kinovideo xizmati ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Aholiga kinovideo xizmati ko‘rsatish tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, aholiga kinovideo xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda kinovideo-tomosha tashkilotlari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kinovideo-tomosha tashkilotlari — filmlarni ommaviy namoyishi uchun kinotexnologik uskunalar bilan jihozlangan bino yoki uning bir qismiga ega bo‘lgan tashkilot;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1012-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1012/2321-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kinovideo xizmati — kinovideo-tomosha tashkilotlari tomonidan ommaviy namoyishga mo‘ljallangan filmlarni va boshqa audiovizual asarlarni tomoshabinlarga taqdim qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kinoseans — filmlarni yoki ma’lum bir filmlar dasturini muayyan vaqt ichida tanaffussiz bir martalik namoyish qilish vaqti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomoshabin — kinovideo-tomosha tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan kinovideo xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
film — kinoteatr va kinozallarda ommaviy namoyish qilishga mo‘ljallangan audiovizual asar, televideniyeda namoyish qilishga mo‘ljallangan telefilm yoki teleserial bundan mustasno.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-avgustdagi 695-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2019-y., 09/19/695/3595-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Kinovideo xizmati ko‘rsatishning asosiy qoidalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Muayyan kinoseans uchun kirish chiptasining (shu jumladan, elektron shaklda) sotilishi bilan kinovideo-tomosha tashkiloti va tomoshabin o‘rtasida kinovideo xizmati ko‘rsatishga shartnoma tuzilgan deb hisoblanadi. Kirish chiptasida kinovideo-tomosha tashkilotining nomi, kinoseans vaqti va sanasi, o‘rindiq joyi va chipta narxi ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kinovideo-tomosha tashkilotlari tomoshabinlarga kinovideo xizmati ko‘rsatish vaqtida kinoseansdan tashqari qo‘shimcha xizmatlarni (musiqiy dastur, kinojurnal va h.k.) ham ko‘rsatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “O‘zbekkino” Milliy agentligi tizimidagi kinovideo-tomosha tashkilotlariga kirish chiptalari narxi Agentlik tomonidan, boshqa kinovideo-tomosha tashkilotlariga kirish chiptalarining narxi ushbu tashkilotlarning o‘zlari tomonidan mustaqil belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Kinovideo-tomosha tashkilotlari muayyan kinoseansga avvaldan chiptalar savdosini tashkil qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kinovideo-tomosha tashkilotlari jamoa bo‘lib film tomosha qilishga keluvchilar uchun chipta buyurtma qilinishiga imkoniyat yaratib berishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Kinovideo-tomosha tashkilotlari muayyan kinoseans boshlanishidan kamida 30 daqiqa avval belgilangan kinoseansga chiptalar savdosini boshlashi shart. Kinozalga kirish seansdan kamida 15 daqiqa oldin boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Etti yoshgacha bo‘lgan bolalar voyaga yetgan kuzatuvchi hamrohligida, bolalar uchun belgilangan narxlarda kirish chiptasi bilan kinozalga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Bolalar uchun mo‘ljallangan maxsus kinoseanslarga tashrif buyurgan katta yoshdagi tomoshabinlar kattalar uchun belgilangan narxlarda chipta sotib oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Repertuarda rejalashtirilgan filmlarning almashtirilishiga faqat texnik buzilishlar, filmning ishdan chiqishi yoki yo‘qolishi, shuningdek, belgilangan muddatda film kinovideo-tomosha tashkilotiga yetib kelmagan holatlarda ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Repertuarda rejalashtirilgan film kinoseans uchun kinozalga yig‘ilgan tomoshabinlarning sonidan qat’i nazar chipta sotilgan bo‘lsa namoyish qilinishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Kinoseans vaqtida videokamera, telefon, planshet va boshqa raqamli elektron jihozlardan foydalanish, namoyish etilayotgan filmni video-foto tasvirga olish, baland ovozda gaplashish va boshqa tomoshabinlarga xalaqit berish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. 2019-yil 1-yanvardan boshlab, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, barcha kinovideo-tomosha tashkilotlarida namoyish qilinadigan milliy filmlar hajmlari – sutkada ikkitadan kam bo‘lmasligi, 2021-yil 1-yanvardan esa shu kabi to‘liq metrajli filmlar oylik ekran vaqtining 25 foizidan kam bo‘lmasligi, bayram kunlari 40 foizdan kam bo‘lmasligi kerak.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-avgustdagi 695-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2019-y., 09/19/695/3595-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Kinovideo-tomosha tashkilotlarining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Kinovideo-tomosha tashkilotlari quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomoshabinlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘ziga tegishli bino va inshoot hududiga, shu jumladan, kinozallarga kuzatuv kameralarini o‘rnatish, bunda kuzatuv kamerasidan tomoshabinning shaxsiy hayotiga daxldor videoyozuvlardan nusxa olish, ko‘paytirish va tarqatish qat’iyan taqiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan taqiqlarni buzgan tomoshabinni chipta uchun to‘langan mablag‘ni qaytarmagan holda kinozalga kiritmaslik yoki kinozaldan chiqarib yuborish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kinovideo-tomosha tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Kinovideo-tomosha tashkilotlari quyidagilarga majburdir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kirish chiptalari sotiladigan kassasi va kirish joyida kinoteatr nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), telefon raqami, ish vaqti, rahbariyatining familiyasi, ismi va otasining ismining bosh harflari kabi ma’lumotlarni aks ettirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomni o‘z rasmiy veb-saytlarida e’lon qilish, shuningdek, jamoat joylari, maxsus stendlar, binoning hamma ko‘rishi mumkin bo‘lgan boshqa joylariga osib qo‘yish yo‘li bilan tomoshabinlarning tanishishlariga imkoniyat yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kinofilmlarni sifatli namoyish qilish, zarur kinotexnologik uskunalar mavjudligini ta’minlash, tomoshabinlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, qulayliklar yaratish va ularning xavfsizligini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomoshabinlar uchun hojatxona, ona va bola xonasi, birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish vositalaridan bepul foydalanishga imkoniyat yaratib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yong‘in xavfsizligi va sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga rioya etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kinovideo-tomosha tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Kinovideo-tomosha tashkilotlari tomoshabinlarga quyidagilar to‘g‘risida to‘liq va aniq ma’lumot berib borishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
namoyish qilinayotgan va namoyishi rejalashtirilayotgan filmlar (film ishlab chiqarilgan yil, ishlab chiqaruvchi mamlakat, kinostudiya, bosh rol ijrochilari va xokazolar) haqidagi ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiptalar narxi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarga mo‘ljallangan kinoseanslar uchun chiptalar narxi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kinozal o‘rindiqlarining joylashuvi chizmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kinoseansning aniq boshlanish vaqti va davomiyligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomoshabinlarga ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlar (pullik xizmatlar uchun ularning narxlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayrim toifadagi tomoshabinlar uchun belgilangan imtiyozlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Tomoshabinlarning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tomoshabinlar quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kinovideo-tomosha tashkilotlari tomonidan tomoshabinlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risida to‘liq va aniq ma’lumotlar olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kinovideo xizmati va boshqa qo‘shimcha xizmatlardan belgilangan tartibda foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kinovideo-tomosha tashkilotining aybi bilan repertuarda rejalashtirilgan film to‘xtatilgan, almashtirilgan yoki sifatsiz namoyish qilingan taqdirda kirish chiptasi uchun to‘langan mablag‘ni to‘laligicha qaytarib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kinovideo-tomosha tashkilotlaridan muayyan filmni ommaviy namoyishini amalga oshirish uchun bir martalik ruxsatnomani ko‘rsatishni talab qilish;
(20-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-avgustdagi 695-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2019-y., 09/19/695/3595-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
film namoyishi uchun yoshga doir cheklovning (o‘z yoshiga taalluqli) mavjudligi haqida ma’lumotning yo‘qligi sababli filmni tomosha qilishdan bosh tortish va kirish chiptasi uchun to‘langan mablag‘ni to‘laligicha qaytarib olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomoshabinlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tomoshabinlar quyidagilarga majburdir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kinovideo-tomosha tashkilotida ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan taqiqlarga hamda kinovideo-tomosha tashkiloti tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiptani kinoseans oxirigacha saqlab qolish va nazoratchi yoki ma’muriyat talabi bilan ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z chiptasida ko‘rsatilgan o‘rindiqqa o‘tirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ushbu Nizomda belgilangan talablarga rioya etilishini nazorat qilish “O‘zbekkino” Milliy agentligi, shuningdek, vakolati doirasida iste’molchilar huquqini himoya qilish va boshqa nazorat organlari hamda jamoatchilik vakillari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Kinovideo-tomosha tashkilotlari tomonidan ushbu Nizom talablari buzilgan taqdirda, buning oqibatida tomoshabinlarga yetkazilgan zarar kinovideo-tomosha tashkiloti hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tomoshabin o‘zi sababli kinovideo-tomosha tashkilotiga yetkazilgan moddiy zarar bo‘yicha belgilangan tartibda mulkiy javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 272-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-2019-yillarda milliy kinoprokat tizimini rivojlantirish bo‘yicha kompleks
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ChORA-TADBIRLAR REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Tadbirlar nomi
Taqdim etiladigan hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi
Bajarish muddati
Ijro uchun mas’ullar
1.
Kino namoyishiga mo‘ljallangan obyektlarni xatlovdan o‘tkazish hamda respublika yagona kinoprokat tarmog‘iga kiruvchi rekonstruksiya qilinadigan va qayta jihozlanishi talab etiladigan kinoteatrlar va kinozallarning ro‘yxatini shakllantirish.
1. Tegishli vazirliklar va idoralardan iborat ishchi guruh tuzish.
2. Ishchi guruh tomonidan obyektlarning holati, jihozlanish darajasi va boshqa parametrlari o‘rganilishi.
3. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kino namoyishiga mo‘ljallangan obyektlarning kinof�lmlar namoyishi faoliyatini tiklash bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
2018-yil
mart — iyun
“O‘zbekkino” Milliy agentligi, “Respublika kinoprokat markazi” DUK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari
2.
Respublika yagona kinoprokat tarmog‘ida kinofilmlar afishasi va stendlarning yagona standartini ishlab chiqish hamda ularni respublikadagi shahar markazlari va boshqa aholi punktlaridagi qulay joylarga o‘rnatish.
1. Stendlarning yagona standarti eskizlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2. Stendlar o‘rnatiladigan manzillar dislokatsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2018-yil
mart — avgust
“O‘zbekkino” Milliy agentligi, “Respublika kinoprokat markazi” DUK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari
3.
“Respublika kinoprokat markazi” DUKning ustavi va tuzilmasini ishlab chiqish.
“Respublika kinoprokat markazi” DUKning ustavi va tuzilmasini tasdiqlash.
2018-yil aprel
“O‘zbekkino” Milliy agentligi
“Respublika kinoprokat markazi” DUK tarkibidagi metodik kengash haqidagi nizom loyihasini ishlab chiqish.
“Respublika kinoprokat markazi” DUK tarkibidagi metodik kengash haqidagi nizomni tasdiqlash.
2018-yil aprel
“O‘zbekkino” Milliy agentligi, “Respublika kinoprokat markazi” DUK
4.
Respublika yagona kinoprokat tarmog‘ida kinoprokatni amalga oshirishni tartibga solishni nazarda tutuvchi nizom loyihasini ishlab chiqish.
Respublika yagona kinoprokat tarmog‘ida kinoprokatni amalga oshirishni tartibga solishni nazarda tutuvchi nizomni tasdiqlash.
2018-yil aprel
“O‘zbekkino” Milliy agentligi, “Respublika kinoprokat markazi” DUK
5.
Respublikadagi kinoteatrlar va kinozallarni elektron kinochiptalarning tezkor hisobini yuritish va sotishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulash uchun zarur bo‘lgan uskunalar bilan jihozlash va joriy qilishda yagona texnologik talablarni ishlab chiqish.
Yagona texnologik talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
2018-yil oktyabr
“O‘zbekkino” Milliy agentligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
6.
Yagona texnologik konsepsiyaga asosan respublika yagona kinoprokat tarmog‘idagi kinoteatr va kinozallarning kinoproyeksion texnik uskunalarini unifikatsiya qilish.
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri va respublika viloyatlari markazlaridagi birinchi toifali kinoteatrlar uchun jahon standartlariga javob beradigan texnik talablarni ishlab chiqish va joriy qilish.
2. Respublikaning kichik shaharlari, tumanlar markazlari va boshqa alohida hududlardagi ikkinchi toifali kinoteatrlar va kinozallarni jihozlash uchun minimal texnik talablarni ishlab chiqish va joriy qilish.
2018-2019 yillar
“O‘zbekkino” Milliy agentligi, “Respublika kinoprokat markazi” DUK
7.
Milliy filmlarni xalqaro kinoprokatga olib chiqish maqsadida Markaziy Osiyo mamlakatlari va xor�jiy davlatlar bilan kinoprokat sohasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.
1. Markaziy Osiyo mamlakatlari va xorijiy davlatlarning distribyutorlik kompaniyalari bilan aloqalar o‘rnatish chora-tadbirlarini amalga oshirish.
2. Xalqaro kinobozorlarda milliy filmlarimiz ishtirokini ta’minlash.
3. Kinoprokat sohasida Markaziy Osiyo mamlakatlari va xorijiy davlatlar bilan sheriklik aloqalarini o‘rnatish.
2018-2019 yillar
“O‘zbekkino” Milliy agentligi, “Respublika kinoprokat markazi” DUK
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 272-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining ““O‘zbekkino” Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 28-dekabrdagi 1030-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1-ilovadagi “Do‘rmon kinoijodkorlar uyi” davlat unitar korxonasi blokidan keyin “Respublika kinoprokat markazi” davlat unitar korxonasi” bloki qo‘shilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “O‘zbekkino” Milliy agentligi to‘g‘risida nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 13-bandga quyidagi mazmundagi 6-kichik band qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“hududlarda yagona repertuar siyosatini amalga oshirish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi, shuningdek, aholiga kinovideo xizmati ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishini ta’minlaydi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish