02.06.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3843
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining buyrugʻi, 02.06.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3843
Kuchga kirish sanasi
03.06.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻchmas mulkni texnik inventarizatsiyadan oʻtkazishni tayinlash asoslari va koʻchmas mulkni texnik inventarizatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 2-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3843]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son “Davlat kadastrlarini yuritish sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Koʻchmas mulkni texnik inventarizatsiyadan oʻtkazishni tayinlash asoslari va koʻchmas mulkni texnik inventarizatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor oʻrinbosari M. MIRMAKSUDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 24 aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43-10-son

Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2026-yil 24-apreldagi 43-10-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻchmas mulkni texnik inventarizatsiyadan oʻtkazishni tayinlash asoslari va koʻchmas mulkni texnik inventarizatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YOʻRIQNOMA

Mazkur Yoʻriqnoma koʻchmas mulkni texnik inventarizatsiyadan oʻtkazishni tayinlash asoslari va koʻchmas mulkni texnik inventarizatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Yoʻriqnomaning talablari kapital qurilish obyekti hisoblanmagan, shu jumladan, yengil konstruksiyali qurilmalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
abris — muayyan masshtabsiz, proporsiyalarga rioya etilgan holda, koʻchmas mulkning mavjudligi, joylashgan yeri, tarkibi, maydoni, holati va boshqa tavsiflarini tuzish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar toʻplangan chizmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
antresol — xonaning yuqori qismida joylashgan, yordamchi maqsadlarda foydalanish hamda xonaning foydali maydonini oshirish uchun moʻljallangan qurilmaviy maydoncha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy kirish nuqtasi — obyektga kirib chiqish uchun moʻljallangan asosiy kirish joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy bino — qonunchilikda belgilangan tartibda berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkasida qurilishi belgilangan, foydalanishga qabul qilingan bino, shuningdek huquqni belgilovchi boshqa hujjatlarga asosan binoning foydalanish maqsadiga, arxitektura belgilariga koʻra ustunlik qiluvchi bino;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
balkon — fasad devorining tekisligidan tashqariga chiqib turadigan hamda toʻsiq bilan oʻralgan ochiq yoki yopiq maydon;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binofunksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki boʻlishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
veranda — binoning asosiy hajmiga yopishtirib qurilgan oynavand yozgi xona;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garaj — transport vositalarini doimiy yoki vaqtincha saqlash uchun moʻljallangan bino va inshoot yoki uning bir qismi yoxud bino va inshootlar majmuasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dala ishlari — xodimning doimiy ish joyidan tashqarida bajariladigan ishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
devor — binoning asosiy konstruktiv elementi boʻlib, shiftlar, qavatlar va tom kabi konstruksiyalardan tushadigan yukni koʻtarish hamda binoni yogʻingarchilik, issiqlik oʻtkazuvchanligi va boshqa tabiiy hamda iqlimiy taʼsirlardan himoya qilish uchun moʻljallangan qurilma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inshoothar xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarish, moddiy qimmatliklarni joylashtirish va saqlash, odamlarning vaqtincha boʻlishi (harakatlanishi), shuningdek uskunalar yoki kommunikatsiyalarni joylashtirish (oʻtkazish, ulash) uchun moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi qurilish tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasi — yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega boʻlgan qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasining chegaralari — bir yer uchastkasini boshqa yer uchastkasidan ajratuvchi chiziqlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yertoʻla qavati — xona polining yer sathidan pastda, xona balandligining yarmidan ortiq joylashgan qavat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yordamchi bino — asosiy binoga nisbatan yordamchi vazifasini bajaruvchi bino va inshoot (omborxona, garaj, yozgi oshxona, tandirxona, alohida joylashgan yertoʻla, hammom, hovlidagi hojatxona, dushxona, issiqxona, hovuz, sauna, qozonxona va odamlarning vaqtincha turishi yoki turli ishlarni bajarish uchun moʻljallangan boshqa funksional qurilmalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadastr yigʻmajildi — obyektning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan kadastr suratiga olish, texnik xatlovdan oʻtkazish va pasportlashtirishning, maxsus tekshirish va izlanishlarning, sifat va qiymat jihatidan baholashning hujjatlari, materiallari va maʼlumotlari jamlamasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp kvartirali uy — koʻp kvartirali uyga tutash yer uchastkasiga yoxud bunday uydagi umumiy foydalaniladigan joylarga mustaqil chiqish yoʻlaklariga ega boʻlgan ikki va undan ortiq kvartiralar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulk — yer uchastkalari, binolar, inshootlar, koʻp yillik daraxtlar va yer bilan uzviy bogʻlangan boshqa mol-mulk, yaʼni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini oʻzgartirish mumkin boʻlmaydigan obyektlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulkning tarkibi — koʻchmas mulkni tashkil etuvchi va u bilan uzviy bogʻliq boʻlgan obyektlar, qismlar hamda elementlar yigʻindisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kirish nuqtasi — yer uchastkasi, bino va inshootlarga kirish va chiqish uchun moʻljallangan joy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
liter — texnik inventarizatsiya hujjatlarida bino va inshootlar hamda ularning qavatlarini belgilash uchun ishlatiladigan lotin alifbosidagi harf;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mansarda qavati — chordoq boʻshligʻida joylashtiriladigan qavat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pardevor — bino ichida joylashgan xonalarni oʻzaro ajratish uchun moʻljallangan, yuk koʻtarmaydigan vertikal ichki toʻsiq qurilmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
poydevor — bino yoki inshootning yer usti qismidan tushadigan yuklarni tuproqqa uzatish va taqsimlash uchun moʻljallangan konstruktiv elementi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pol — ekspluatatsiya qilish paytidagi taʼsirlarni qabul qilish va orayopma yoki grunt boʻylab qayta taqsimlash uchun moʻljallangan bino yoki inshootning elementi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tambur — bino yoki inshootga kirishda eshiklar orasidagi oʻtish joyi (tambur sovuq havo, chang, tutun va hidlarning kirib kelishini oldini olishga xizmat qiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
terrasa — binoga tutashtirib qurilgan, ochiq yoki yopiq holdagi maydoncha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulkni texnik inventarizatsiyadan oʻtkazish (bundan buyon matnda texnik inventarizatsiyadan oʻtkazish deb yuritiladi) — koʻchmas mulkni tekshirish natijalari asosida koʻchmas mulkning mavjudligi, joylashgan yeri, tarkibi, maydoni, holati, qiymati va boshqa tavsiflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash, aniqlash hamda ularga ishlov berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik qavat — muhandislik qurilmalarini joylashtirish va kommunikatsiyalarni oʻtkazishga moʻljallangan qavat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tom — bino yoki inshootning yogʻingarchilik, shamol, quyosh nuri va boshqa tashqi taʼsirlardan himoya qiluvchi ustki qoplama konstruktiv elementi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy maydon — binolar, inshootlar barcha qavatlarining gorizontal perimetri boʻyicha oʻrab turgan tashqi chegaralovchi elementlar boʻyicha hisoblangan maydon (koʻp qavatli uylarning qismlari hamda yertoʻlalar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy foydali maydon — bino, inshootning inson foydalanishi mumkin boʻlgan barcha oʻrab turuvchi elementlarining ichidagi maydonlari yigʻindisi (yertoʻlalar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadastr va koʻchmas mulklarni roʻyxatdan oʻtkazish integratsion axborot tizimi (bundan buyon matnda UZKAD tizimi deb yuritiladi) — kadastr va koʻchmas mulklarni roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashtirilgan axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kapital qurilish obyektlari — yer bilan uzviy bogʻliq boʻlgan va ularning belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini oʻzgartirish mumkin boʻlmaydigan binolar, inshootlar, shuningdek, qurilishi tugallanmagan obyektlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lodjiya — uch tomondan devor bilan oʻralgan, tashqi tomondan ochiq yoki oynavand, bino hajmiga ega botiq yozgi bino;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xona — binoning ichki hajmida joylashgan, devorlar, deraza va eshiklar, shift hamda pol bilan chegaralangan alohida qism;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sokol qavati — xonalar polining sathi yerning rejaviy sathidan xona balandligining yarmidan kam qismi miqdorida pastda joylashgan qavat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chordoq — binoning tepa qavati orayopmasi va tomyopma konstruksiyalari orasidagi boʻshliq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erker — xonaning fasad qismidan tashqariga chiqib turadigan, qisman yoki toʻliq oynalangan hamda xonaning tabiiy yoritilishi va insolyatsiyasini yaxshilash uchun moʻljallangan qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksplikatsiya — bino va inshootlarning nomi, qavatlar soni, konstruktiv elementlari hamda mavjud muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yashash maydoni — yashash xonasining maydoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishi tugallanmagan obyektlar ajratilgan yer uchastkasida tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq qurilishi boshlangan, lekin koʻrsatilgan muddatda tugallanmagan yoki qurilishi tugallangan, biroq qurilishni (rekonstruksiya qilinishni) qabul qilib olish dalolatnomasi (foydalanish uchun ruxsatnoma) asosida foydalanish uchun qabul qilib olinmagan bino va inshootlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish osti maydoni — bino yoki inshootning tashqi devorlari va yertoʻla qismining yer yuzasiga proyeksiyasidan hosil boʻlgan, shuningdek yer osti, yer usti va yuqori qavatlardagi turtib chiqqan qismlari (veranda, terrasa, yertoʻla qavatiga kirish joylari va boshqa elementlar) hisobga olingan holda tashqi kontur boʻylab egallagan yer yuzasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Texnik inventarizatsiyadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari muhandislari yoki malaka shahodatnomasiga ega kadastr muhandislari (bundan buyon matnda ijrochilar deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Texnik inventarizatsiyadan oʻtkazish maqsadlari, turlari va ularni tayinlash asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Koʻchmas mulk quyidagi maqsadlarda texnik inventarizatsiyadan oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulkning kadastr yigʻmajildini shakllantirish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulkning chegaralarini va maydonlarini aniqlash uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulkning tarkibini aniqlash uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulkning texnik tavsiflarini hamda foydalanish maqsadini aniqlash uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni belgilovchi hujjatlardagi maʼlumotlar bilan tafovutlarni aniqlash uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulkning holati va joriy oʻzgarishlarini aniqlash uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Texnik inventarizatsiyadan oʻtkazish quyidagi turlarga boʻlinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birlamchi texnik inventarizatsiyadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta texnik inventarizatsiyadan oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Birlamchi texnik inventarizatsiya quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalari berilganda (realizatsiya qilinganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino yoki inshootlar qurilganda va foydalanishga qabul qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obyekt mavjud boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulk boʻlinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulk birlashtirilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlamchi texnik inventarizatsiya qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qayta texnik inventarizatsiyadan oʻtkazish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasining chegarasi, maydoni yoki chegara nuqtalari oʻzgarganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshootlar qayta qurilganda, rekonstruksiya qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasida qoʻshimcha bino va inshootlar qurilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishi tugallanmagan obyektlarda qurilish ishlari yakunlanib, foydalanishga qabul qilinganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Texnik inventarizatsiyadan oʻtkazish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) dastlabki kameral ishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) dala ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) dala ishlaridan keyingi kameral ishlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Texnik inventarizatsiyadan oʻtkazish quyidagi hollarda rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallarida koʻchmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlarining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulk obyektiga kirish imkoni yoʻqligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Dastlabki kameral ishlar va dala ishlarini amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Dastlabki kameral ishlar ijrochilar tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning ishonchli vakillari tomonidan berilgan arizaga yoxud ijrochilar bilan tuzilgan shartnomaga ilova qilingan hujjatlarni va arxiv hujjatlarni (mavjud boʻlsa) oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadastr maʼlumotlari bazasidagi maʼlumotlarni (mavjud boʻlsa) oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududning mavjud xaritalarini oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dala ishlarini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Dala ishlari dastlabki kameral ishlaridan soʻng, ijrochilar tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasini (agar mavjud boʻlsa), shuningdek unda joylashgan bino va inshootlarni koʻzdan kechirish hamda ulardagi qavatlar sonini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasini (agar mavjud boʻlsa), shuningdek undagi bino va inshootlarning har bir qavat boʻyicha oʻlchov ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasini (agar mavjud boʻlsa) hamda undagi bino va inshootlarning (har bir qavat boʻyicha) abrisini tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasi, bino va inshootlarga asosiy hamda boshqa kirish nuqtalarini belgilash (bunda kirish nuqtasi bitta boʻlsa uning oʻzi asosiy kirish nuqtasi hisoblanadi, kirish nuqtasi ikkita va undan ortiq boʻlsa, mulkdor tomonidan koʻrsatilgan kirish joyi asosiy kirish nuqtasi etib belgilanadi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshootlarning qurilish-texnik tavsiflarini oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksplikatsiyani tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshootlarning qurilgan sanasini qayd etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasini (agar mavjud boʻlsa), shuningdek unda joylashgan bino va inshootlarni fotosuratga hamda topografik suratga olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Dala ishlarida yer uchastkasi, bino va inshootlarni oʻlchash ishlari elektron, poʻlat tasmali yoki geodezik oʻlchov asboblari yordamida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Dala ishlari boshlanishidan oldin yer uchastkasi, bino va inshootlar perimetr boʻyicha qoʻshni yer uchastkasi, bino va inshootlar bilan tutash qismlari toʻliq koʻzdan kechiriladi hamda ularning umumiy holati oʻrganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ijrochilar tomonidan dala ishlari olib borilishi jarayonida yer uchastkasi, bino va inshootlarni oʻlchash hamda oʻrganish natijalari yuzasidan abris tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abris bir nechta varaqlardan iborat boʻlishi mumkin. Undagi yozuvlarning toʻliq saqlanishi va abrisdan foydalanish imkoniyati taʼminlanishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Abris tuzishda topografik xaritalar, bino va inshootlarning avvalgi chizmalari, loyiha hujjatlari nusxalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Abrisga muayyan masshtabsiz, biroq proporsiyalarga rioya qilgan holda yer uchastkasida mavjud boʻlgan barcha bino va inshootlar hamda yer uchastkasi tarkibiy qismlarining (hovli, bogʻ, poliz, koʻkat ekinlari va boshqa hududlar) chegaralari kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasida mavjud boʻlgan barcha bino va inshootlar literlanadi. Agar bino va inshootlar bir nechta qavatdan iborat boʻlsa, har bir qavat abrisda alohida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Yer uchastkasini bevosita oʻlchash yoki uning chegaralarini joyida aniqlash imkoni mavjud boʻlmaganda, topograf tomonidan tayyorlangan topografik surat asosida yer uchastkasi chegaralari aniqlanadi hamda ushbu chegaralarning oʻlchamlari 0,1 m gacha aniqlikda yaxlitlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shahar va shaharchalarda yer uchastkalari, binolar va inshootlar dala ishlarini olib borishda topografik suratga olish ishlari 1:500 masshtabda bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Landshaft obyektlari, bogʻlar, gulzorlar, kichik arxitektura shakllari, qabristonlar joylashgan yer uchastkalarining topografik surati 1:2 000 yoki 1:1 000 masshtabda bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasida barcha bino va inshootlar, yer uchastkasining tarkibiy qismlari, toʻsiqlar va boshqa obyektlar topografik suratga olinishi lozim. Yer uchastkasining tarkibiy qismlarining toʻliq nomi bosh harflar bilan belgilanadi (masalan, obodonlashtirish hududi, bogʻ, gulzor yoki mutanosib ravishda — O, B, G).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar bogʻ yoki koʻp yillik daraxtlar joylashgan hududlarning aniq chegaralari mavjud boʻlmasa, ularning maydoni chekka daraxtlar tanasidan 2 m masofada olingan chegaralar asosida hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Bogʻlar, uzumzorlar, tutzorlar va boshqa oʻrmon daraxtlarining maydonida (geodezik oʻlchov asboblari yordamida 1:1000 va 1:10000 gacha masshtabda topografik xaritalari yaratiladi) oʻlchov ishlari oʻtkaziladi va koʻchatlarning soni aniqlanadi. Bogʻlardagi daraxtlar turlarga (olma, nok, shaftoli va boshqalar) ajratilmasdan, egallagan umumiy maydoni hamda soni aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakka tartibdagi uy-joyda hamda jamoa bogʻdorchiligi va uzumchiligini yuritish (dala hovli) uchun berilgan yer uchastkalarida oʻstirilgan koʻp yillik daraxtlarga dala ishlari amalga oshirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Abrisda binolar va inshootlarning uzunligi va kengligining oʻlchami lotin alifbosidagi “m” harfi bilan, balandligi esa “h” harfi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Abrisni tuzishda barcha oʻlchamlar, yozuvlar va raqamli maʼlumotlar tushunarli boʻlishi, shuningdek ular qaysi oʻlchamga tegishli ekanligi aniq koʻrinib turishi taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abrisga oʻlchamga oid notoʻgʻri yozuv kiritilgan taqdirda, tuzatish notoʻgʻri oʻlcham ustidan chiziq tortish va uning yoniga toʻgʻri qiymatni yozish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Abrisdagi yozuvlarni oʻchirib tashlash hamda raqamlarni boshqa raqamlar ustiga yozish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Dala ishlarini olib borishda yer uchastkasi, bino va inshootlarni oʻlchashdagi yoʻl qoʻyiladigan xatolik quyidagilardan oshmasligi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) yer uchastkasi chegaralari oʻlchovi uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 m gacha boʻlgan uzunlikdagi chiziqlar uchun — 0,5 foizgacha, biroq 10 sm dan oshmagan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 m dan ortiq boʻlgan uzunlikdagi chiziqlar uchun — 0,5 foizgacha, biroq 200 m dan ortiq boʻlgan uzunlikdagi chiziqlar uchun — koʻpi bilan 100 sm oshmagan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) bino va inshootlar uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6 m gacha boʻlgan uzunlikdagi chiziqlar uchun — 3 sm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6 m dan ortiq boʻlgan uzunlikdagi chiziqlar uchun — 0,5 foizgacha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Yer uchastkasining barcha chegaralari ularning butun uzunligi boʻyicha yaxlit oʻlchanadi. Agar chegaralarda toʻsiqlar mavjudligi sababli oʻlchash imkoniyati boʻlmasa, oʻlchash ishlari qismlarga boʻlib yoki chegaraga parallel yoʻnalishda bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir yer uchastkasi yopiq (toʻsiqlar, panjaralar, bino va inshootlar) va ochiq (ariqlar, belgilar va boshqalar) chegaralarga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasini oʻlchash ishlari ularning orasida joylashgan toʻsiqlar qaysi yer uchastkasiga tegishliligini inobatga olgan holda toʻsiqning ichki tomoni, oʻq chizigʻi yoki tashqi tomoni boʻyicha amalga oshiriladi. Agar toʻsiqning qaysi yer uchastkasiga tegishli ekanligini aniqlash imkoni boʻlmasa, toʻsiqning oʻq chizigʻi boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasi chegaralari hamda bino va inshootlarning butun perimetri boʻyicha oʻlchash ishlari dastlabki nuqtadan chapdan oʻngga siljigan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasi chegaralarini oʻlchashda ularning konfiguratsiyasi, burilish joylari, burchaklar yoʻnalishi, yer uchastkasi qismlarining chegaralari, bino va inshootlarning yer uchastkasida joylashish holatini aniqlash uchun barcha oʻlchamlar olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ochiq chegaraga ega boʻlgan yer uchastkasining chegaralarini oʻlchov ishlari belgilar (masalan, ariqlar, daraxtlar va boshqalar) asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ochiq chegaraga ega boʻlgan yer uchastkasining chegaralarida belgilar (masalan, ariqlar, daraxtlar va boshqalar) mavjud emasligi aniqlangan holatlarda, ijrochi tomonidan qoʻshni yer uchastkasining chegaralari oʻrganib chiqilib, yer uchastkasining chegaralari shartli ravishda belgilanadi va bu haqda abrisda tegishli izoh qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Dala ishlarini olib borishda yer uchastkasida joylashgan quyidagi koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha oʻlchov ishlari amalga oshiriladi hamda ular abrisga kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy va yordamchi bino hamda inshootlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binoga qoʻshimcha birlashtirib (taqab) qurilgan qismlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp kvartirali uylar (kvartiralar, yashash uchun moʻljallanmagan joylar, umumiy foydalanishdagi mol-mulklar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Yer uchastkasi, bino va inshootlarning devorlaridan qalinligi 10 sm gacha va (yoki) eni 1 m gacha boʻlgan turtib chiqqan qismlar hamda tirgovchilar abrisda koʻrsatilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar yer uchastkasi, bino va inshootlarning devorlaridan qalinligi 10 sm dan ortiq va (yoki) eni 1 m dan ortiq turtib chiqqan qismlar hamda tirgovchilar mavjud boʻlsa, ular abrisda koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bino va inshootlarning tashqi perimetri boʻyicha oʻlchash ishlari sokoldan yuqori qismda, deraza oʻrinlari sathidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Bino va inshootlarning abrisini tuzishda ularning tashqi devorlari, pardevorlari, zinapoyalari, deraza va eshik oʻrni konturlari tasvirlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Bino va inshootlarni oʻlchash va ushbu oʻlchash natijalarini abrisda belgilash ishlari bir vaqtning oʻzida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda oʻlchash ishlari bino va inshootlarning tashqi burchaklaridan biridan deraza va eshik oʻrinlarining boshlanish hamda tugash joylarigacha, boshqa elementlarning boshlanish va tugash joylarigacha, shuningdek bino va inshootlarga qoʻshimcha birlashtirib (taqab) qurilgan qismlar devorlarining butun perimetri boʻyicha bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Bino va inshootlarning butun perimetri boʻyicha oʻlchash ishlarining imkoniyati mavjud boʻlmaganda bino va inshootning chordogʻi boʻyicha oʻlchash ishlari bajarilishi yoki ichki oʻlchov hamda devorlar va pardevorlar qalinligini jamlash yoʻli bilan aniqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Derazalarining kengligi bir xil boʻlgan hamda barcha qavatlarda bir vertikal oʻq boʻylab joylashgan koʻp qavatli binolarni oʻlchashda derazalarning joylashuvi faqat birinchi qavat boʻyicha oʻlchanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir vertikal oʻq boʻylab joylashmagan yoki kengligi turlicha boʻlgan derazalar binoning ichki qismidan har bir qavat boʻyicha alohida oʻlchanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Burchaklari toʻgʻri boʻlmagan shakldagi bino va inshootlarning rejasini toʻgʻri chizish uchun birinchi qavatdagi barcha burchak xonalar hamda bino va inshootlarning konfiguratsiyasidan kelib chiqib, boshqa xonalarning diagonallari oʻlchanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Burchaklari toʻgʻri boʻlmagan shakldagi bino va inshootlarning rejasini toʻgʻri chizish uchun oʻlchov ishlari bino va inshootlarning tashqi tomonidan ham amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Burchaklari toʻgʻri boʻlmagan shakldagi xonalarda devorlarning uzunligi hamda xonaning diagonallari oʻlchanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Dala ishlari olib borilayotgan joy bino yoki inshootning bir qismi boʻlgan taqdirda, ushbu joyning bino yoki inshootning qaysi qismida joylashganligi aniqlanishi lozim. Bunda bino yoki inshootning eng yaqin tashqi burchagidan dala ishlari olib borilayotgan joyning eng yaqin deraza yoki eshik oʻrnigacha boʻlgan masofani oʻlchash orqali aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Dala ishlarini amalga oshirishda balkon va lodjiyalar alohida oʻlchanadi hamda ularning ochiq, yopiq yoki oynavand qilingan holati abris va eksplikatsiyada aks ettiriladi. Lodjiyaning oʻlchov ishlari uning ichki perimetri boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Bino va inshootlarning devorlari hamda ulardagi xonalarning devorlari va pardevorlari qalinligi oʻlchanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eshik yoki deraza oʻrinlari boʻlmagan bino va inshootlarning devorlari hamda xonalarining devorlari va pardevorlarining qalinligi tashqi va ichki oʻlchamlar oʻrtasidagi farq asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Bino va inshootlardagi xonalarning devorlari va pardevorlarining uzunligi poldan 1,10 — 1,30 m balandlikda butun perimetri boʻylab 1 sm aniqlikda oʻlchanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda eshik va derazalar oʻrinlari ularning yorugʻlik oʻtkazish chegarasi boʻyicha oʻlchanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Bino va inshootlardagi xonalarda devorlar hamda pardevorlar panellar bilan qoplangan yoki plitkalar bilan pardozlangan boʻlsa, ular shiftgacha yetkazilmagan hamda balandligi poldan 150 sm va undan ortiqni tashkil etsa, oʻlchash ishlari panellar yoki plitkalar bilan qoplangan amaldagi yuzasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Bino va inshootlardagi zinapoyalarni oʻlchashda zinapoya qismi bilan bir qatorda zinapoya maydonchalari ham oʻlchanadi va abrisda zinapoyalar soni hamda koʻtarilish yoʻnalishi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Chordoq maydoni, shuningdek bino va inshootlarning ichida balandligi 190 sm dan kam pardevor yoki toʻsiqlar bilan ajratilgan shiftga yetmaydigan boʻlimlar alohida xona sifatida hisobga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Balandligi 190 sm va undan ortiq shiftga yetmaydigan, qalinligi 10 sm dan kam boʻlmagan pardevorlar yoki toʻsiqlar bilan ajratilgan boʻlimlar alohida xona sifatida hisobga olinadi va oʻlchanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Poldan shiftgacha boʻlgan balandlik ichki balandlik hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yerning rejalashtirilgan sathidan boshlab chordoq bostirmasining yuqori qismigacha boʻlgan masofa tashqi balandlik hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Chordogʻi va bostirmasi boʻlmagan bino va inshootlarning balandligi pol sathidan tom yopmasigacha oʻlchanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qiya shiftli, qiya tomli (chordoq va bostirmali) bino va inshootlarda mansarda qavatlarning balandligi eng past va eng baland oʻlchamlarning oʻrtacha qiymatidan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Tomi bir tomonga nishab boʻlgan bino va inshootlarda balandlik nishabning pastki qismi boʻyicha oʻlchanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Bino va inshootlarning ichki balandligi ularning xonalaridan birida oʻlchanadi. Agar xonalarda balandliklar turlicha boʻlsa, har bir turdagi balandlik ham oʻlchanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda oʻlchash natijalari abrisda tegishli xonalar koʻrsatilgan holda qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Qubbasi mavjud xonalarning balandligi ikki nuqtada, poldan qubbaning tagigacha hamda poldan qubbaning eng yuqori nuqtasigacha oʻlchanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Balkali shiftga ega boʻlgan xonalarda, jumladan metall yoki temir-beton balkalar qoʻllanilgan hollarda, xona balandligi poldan balkaning pastki qismigacha oʻlchanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Bino va inshootlarni oʻlchash ishlari yakunlangandan soʻng, ularning tashqi va ichki oʻlchamlariga oid maʼlumotlar tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tekshiruv natijasida tashqi va ichki oʻlchamlarga oid maʼlumotlarda nomuvofiqliklar aniqlansa, qayta oʻlchov ishlari amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bino va inshootlarning tashqi oʻlchamlari ularning ichki oʻlchamlariga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Bino va inshootlarni koʻzdan kechirishda ularning quyidagi konstruktiv elementlari va texnik tavsiflari aniqlanadi va eksplikatsiyada aks ettiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
poydevor — poydevor materiallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi devorlar — tashqi devor materiallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki devorlar — ichki devor materiallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pardevorlar — pardevor materiallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pollar — pol materiallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tom — tom yopish materiallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy foydalanish joylari (zinapoyalar, ayvonlar, rampalar, balkonlar, lojiyalar, terrasalar va boshqalar) — umumiy foydalanish joylarining materiallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isitish — isitish tizimining turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sovuq suv taʼminoti — sovuq suv taʼminoti tizimining turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi — oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr taʼminoti — elektr taʼminotining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gaz taʼminoti — gaz taʼminotining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiq suv taʼminoti — issiq suv taʼminoti tizimining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
liftlar — liftlarning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari — maxsus muhandislik tizimlari va uskunalarning mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Dala ishlari yakunlangach abrisda koʻchmas mulk obyektining manzili, yer uchastkasining chegaralari hamda dala ishlarini amalga oshirgan ijrochining familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatilishi va abris ijrochi tomonidan imzolanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abrisga dala ishlarini amalga oshirgan ijrochi tomonidan tuzilgan eksplikatsiya ilova qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Dala ishlarini olib borishda xavfsizlikka rioya etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Yaxmalak, quyuq tuman sharoitlarida, tomning nishabligi yigirma besh foizdan ortiq boʻlgan holatlarda dala ishlarini bino va inshootlarning tomlarida amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dala ishlari olib borilishi lozim boʻlgan, biroq yuqumli kasalliklar manbai mavjud boʻlgan xonalarda dala ishlari kasalliklar manbai bartaraf etilgunga qadar amalga oshirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Dala ishlarini olib borishda ijrochi qulashi mumkin boʻlgan uskunalar va qurilmalarga yaqin turmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eskirgan va yarim vayron bino va inshootlarni oʻrganish ishlari faqat ushbu ishlarning xavfsizlik choralari taʼminlanganidan soʻng bajarilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Tabiiy yorugʻlikka ega boʻlmagan yertoʻlalar, zinalar, chordoqlar, omborlarni oʻlchash ishlari yoritish vositalaridan foydalangan holda bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Dala ishlari quyidagi hollarda vaqtincha toʻxtatib turiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dala ishlarini amalga oshirish inson hayoti va sogʻligʻi uchun xavf tugʻdirsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dala ishlari olib boriladigan hududni suv bosgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ob-havo sharoiti dala ishlarini olib borishga imkon bermasa (qattiq sovuq, kuchli yogʻingarchilik va boshqa noqulay ob-havo sharoitlari mavjud boʻlsa).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Dala ishlaridan keyingi kameral ishlarni amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Dala ishlari yakunlanganidan soʻng, ijrochi tomonidan dala ishlaridan keyingi kameral ishlar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Dala ishlaridan keyingi kameral ishlarni amalga oshirishda avtomatik loyihalashtirish dasturida (bundan buyon matnda dastur deb yuritiladi) quyidagilar chiziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasining chegaralari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasi chegarasiga, bino va inshootlarga kirish va asosiy kirish nuqtalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshootlar (qavatlar kesimida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki balandligi 1,8 m va undan ortiq boʻlgan yertoʻlalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Dasturda bino va inshootlarning rejasini chizish ularning birinchi qavatidan boshlanadi. Bino va inshootlarning asosiy devorlari joylashuvi qolgan qavatlarni chizish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturda bino va inshootlarning qavatlarini chizishni boshlashdan oldin ularning tashqi va ichki oʻlchamlarining yigʻindisi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Dasturda bino va inshootlarning qavatlarini chizishda dastlab ularning tashqi devorlari chizib olinadi, shundan soʻng kirish eshiklari, pardevorlar, derazalar, zinapoyalar va boshqa elementlari chiziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Dasturda bino va inshootlarning hamda ulardagi barcha xonalarning oʻlchamlari koʻrsatiladi. Bunda oʻlchamlar 0,01 m gacha yaxlitlangan holda koʻrsatiladi hamda devorlar va pardevorlar yoʻnalishiga parallel ravishda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Dasturda bino va inshootlarning toʻgʻri toʻrtburchak shakldagi xonalari uchun ikkita oʻlcham (boʻyi va eni) koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar bino va inshootlarning xonalari toʻgʻri toʻrtburchak shaklda boʻlmasa, ushbu xonalarning oʻlchamlari barcha devor va pardevorlar boʻylab koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustunlar, boʻshliqlar, arkalar, derazalar, eshiklar hamda diagonal oʻlchamlar rejada koʻrsatilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Dasturda shakllantirilgan bino va inshootlar rejalari 1:50, 1:100, 1:150 va 1:200 gacha boʻlgan masshtablarda tuzilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bino va inshootlar rejalarini A4, A3 yoki undan katta formatlarda rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Qavatlar rejasida kvartiralar va xonalar raqamlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xona raqami xona rejasining markazida koʻrsatiladi. Xona raqami ostida chiziq bilan ajratilgan holda 0,01 m2 yaxlitlangan xona maydoni koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Koʻp kvartirali uydagi kvartiralar raqamlari qavat rejalarida kvartiraning kirish eshigi tashqi tomonida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Xonalarni raqamlash bino va inshootlarga kirish joyidan boshlab soat yoʻnalishi boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kvartiralar raqamlari ularning manzil raqamlari bilan mos boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Koʻp kvartirali uydagi noturar joylarni raqamlash barcha kvartiralar raqamlanishi tugagandan soʻng amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zinapoyalar va umumiy foydalanish yoʻlaklari ham raqamlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Koʻp qavatli noturar joy binolarida xonalarni raqamlash, qoida tariqasida, qavatlar soniga qarab (birinchi qavat 101, 102, ikkinchi qavat 201, 202) belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Bino va inshootlar hamda ularning qismlarini literlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshootlarni alohida xususiyatlariga koʻra bloklarga boʻlish zarurati boʻlganda, har bir blok alohida binolar sifatida literlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshootlar soni lotin alifbosida keltirilgan harflardan koʻp boʻlsa, ikki yoki undan ortiq harflar kombinatsiyasidan (masalan, “AA”, “BA”, yoki “AAA”, “BAA” koʻrinishida) foydalaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshootlar qavatlarini literlashda harfga qoʻshimcha arab raqamlari (masalan, “A1”, “A2”, “B1”, “B2” koʻrinishida) qoʻshib yoziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshootga birlashtirib (taqab) qurilgan qismlarni literlashda kichik lotin harflari va qavat raqamini qoʻshish orqali (masalan, “Aa1”, “Ab2”, “Ba1” “Bb2” koʻrinishda) belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer sathidan pastda joylashgan qavatlar arab raqamidan oldin “-“ belgisini qoʻshish orqali (binoning yertoʻla qavati “A-1” koʻrinishida, yertoʻla qavati bir nechta sathdan iborat boʻlganda “A-1”, “A-2”, “A-3” koʻrinishida, sokol qavati “A0” koʻrinishda) koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik qavat oʻzidan pastki qavatning liter nomiga “T” katta harfi qoʻshish orqali, mansarda qavatlar oʻzidan pastki qavatning liter nomiga “M” katta harfi qoʻshish orqali (uch qavatli binoning mansarda qavati “A3M” koʻrinishida), terrasa qavati oʻzidan pastki qavatning liter nomiga “TR” katta harfi qoʻshish orqali (2 va 3-qavatlar orasida joylashgan texnik qavat “A2T”) belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Bino va inshootlarning turli qismlarida qavatlar soni har xil boʻlgan taqdirda, bino va inshootlar bloklarga ajratiladi hamda har bir blok boʻyicha alohida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yer uchastkasi, bino va inshootlarning maydonlarini hamda ularning hajmini va kadastr qiymatini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Dala ishlaridan keyingi kameral ishlarni amalga oshirishda koʻchmas mulk obyektlarining maydonlari va hajmi aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yer uchastkasining umumiy maydoni (yer uchastkasining umumiy maydoni kvadrat metrda butun son aniqligida koʻrsatiladi), bino va inshootlarning qurilish osti maydoni, umumiy maydoni, umumiy foydalanish maydoni, foydalanish maydoni aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Yer uchastkasining umumiy maydoni dasturda yer uchastkasi chegaralari belgilanib, chizilgandan soʻng aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Amalda foydalanilayotgan yer uchastkasi maydoni huquqni belgilovchi hujjatda koʻrsatilgan maydondan ortiq boʻlsa va yer uchastkasining chegaralari hujjatda aniq belgilangan boʻlsa, ortiqcha egallangan yer qismining maydoni alohida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Bino va inshootlarning maydonlari dala ishlari natijasida olingan oʻlchov qiymatlari hamda dasturda chizilgan rejalar asosida hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Bino va inshootlarning qurilish osti maydoni ularning tashqi konturi boʻyicha olingan oʻlchov natijalari asosida hisoblab chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustunlar ustiga qurilgan bino ostidagi maydon, shuningdek uning ostidagi oʻtish yoʻllari qurilish osti maydoniga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bino va inshootlarning qurilish osti maydoni kvadrat metrda butun son aniqligida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Tashqi devorlari yoki toʻsiqlari mavjud boʻlmagan bino va inshootlarning qurilish osti maydoni quyidagicha aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustunlardan chiqib turuvchi konstruksiyalar 1,20 m gacha boʻlsa — ustunlarning tashqi yuzasi boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustunlardan chiqib turuvchi konstruksiyalar 1,20 m dan ortiq boʻlsa — mazkur konstruksiyalarning tashqi chegarasi boʻyicha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Bino va inshootlarning umumiy maydoni ularning barcha qavatlari tashqi devorlari boʻylab oʻlchangan maydonlar yigʻindisi asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bino va inshootlarning umumiy maydoni kvadrat metrda butun son aniqligida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qavat ichidagi balandligi 2,1 m dan kam boʻlgan antresolga joylashtirilgan xonalar maydoni bino va inshootlarning umumiy maydoniga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Turtib chiqib turuvchi (10 sm dan kam) arxitektura detallari va konstruktiv elementlar, oynalanmagan osma balkonlar, binoga oʻrnatilgan osma soyabonlar, panduslar, binoning tashqarisida joylashtirilgan metall zinalar va boshqa shunga oʻxshash konstruksiyalar bino va inshootlarning umumiy maydoniga kiritilmaydi, biroq dasturda shartli grafik elementlari sifatida koʻrsatib oʻtilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Bino va inshootlar xonalarining maydoni dala ishlari natijasida tuzilgan abris asosida hisoblab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Isitish qurilmalari (pech va pech-kamin) egallagan maydon xona maydoniga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kvartira ichidagi zina osti maydoni, poldan chiqib turgan konstruksiya ostigacha boʻlgan balandligi 1,6 m va undan ortiq boʻlsa, zina joylashgan xona maydoniga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mansarda qavatidagi xona maydonini hisoblashda qiya shiftli xonaning balandligi 1,6 m dan kam boʻlmagan qismi maydoni hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Bino va inshootlarning foydali hamda yashash maydonlari 0,01 m2 aniqlikda koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Kvartira va turar joy binolarining yordamchi xonalari, dahlizlari, yoʻlaklari, balkonlar maydonlari hamda yashash maydonlari yigʻindisi ularning umumiy foydali maydoni hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Zinapoyalar, lift va boshqa shaxtalar maydoni ularning shu qavat sathidagi maydoni hisobi bilan bitta qavatda umumiy foydali maydoniga qoʻshiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Chordoq va balandligi 1,8 m dan kam boʻlgan yertoʻla, qavatlararo har qanday boʻshliq qavatlar hamda zina boʻlmasi va lift shaxtasi, tamburlar maydoni bino va inshootning umumiy foydali maydoniga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Noturar joy bino va inshootlarning asosiy xonalari, yordamchi xonalar va jamoat xonalari maydoni yigʻindisi bino va inshootlarning foydali maydoni hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Turar joy, maxsus uyning (yotoqxona, vaqtinchalik uy-joy fondi uyi, nogironligi boʻlgan shaxslar, faxriylar, yolgʻiz qariyalar uchun internat-uy, shuningdek bolalar uyi va boshqa maxsus maqsadli uy), kvartiraning yashash xonalari maydonlarining yigʻindisi turar joyning, maxsus uyning, kvartiraning yashash maydoni deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Binoning yertoʻla maydoni yertoʻlaning ichki maydonlar yigʻindisidan tashkil topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda balandligi 1,8 m dan kam boʻlgan yertoʻla maydoni dasturda hisobga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Kvartiralar boʻyicha umumiy maydon va qurilish osti maydoni aniqlanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Bino va inshootlarning qavatlarining hajmini hisoblashda quyidagilarga rioya etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir qavatli binoning hajmi — bino tashqi balandligini binoning tashqi oʻlchov boʻyicha umumiy maydoniga koʻpaytirish orqali aniqlanadi, bunda tashqi balandlik pol sathidan chordoq bostirmasining ustki qoplamasigacha oʻlchanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp qavatli binoning hajmi — har bir (yer ustki va yer ostki) qavat balandligini ushbu qavatning tashqi oʻlchov boʻyicha umumiy maydoniga koʻpaytirish va natijalarni umumlashtirish orqali aniqlanadi, bunda qavatlar balandligi pol sathidan boshlab ustki qavat poligacha, soʻnggi qavat balandligi pol sathidan chordoq bostirmasining ustki qoplamasigacha oʻlchanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino yoki inshootning alohida qismlari turli balandlikka ega boʻlsa, har bir qismning hajmi alohida hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshootlarning hajmi kub metrda butun son aniqligida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Bloklarga boʻlingan bino va inshootlarning hajmi har bir blok boʻyicha alohida hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Erker, tambur, oʻtish joylari hamda bino va inshootlarning boshqa qismlari bino va inshootlarning hajmiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Dala ishlaridan keyingi kameral ishlar yakunlanganidan soʻng, ijrochi tomonidan dasturdagi hamda eksplikatsiya maʼlumotlari UZKAD tizimiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan uy-joy fondi koʻchmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini hisoblash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-dekabrdagi 1043-son qarori bilan tasdiqlangan Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarining, turar joy fondining kadastr qiymatini hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan noturar koʻchmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini hisoblash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-iyuldagi 561-son qarori bilan tasdiqlangan Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqida tegishli boʻlgan noturar koʻchmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Koʻchmas mulk obyektlarining qurilish sanalarini belgilash va dasturdan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. UZKAD tizimida bino va inshootlarning qurilgan yili, foydalanishga qabul qilingan sanasi, rekonstruksiya qilingan yili, mukammal taʼmirlangan yili toʻrt raqamli formatda yillar va soʻz bilan (masalan, 2023-yil) yoki kun, oy, yil koʻrinishda raqamli formatda (masalan, 28.10.2023) koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Bino va inshootlarning qurilishi amalda yakunlangan sanasi qurilgan yili sifatida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish yili koʻchmas mulk obyektiga egalik huquqi, balans qiymati va qurilish sanasini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar qurilish sanasini aniqlash imkoni mavjud boʻlmasa, mulkdorning maʼlumotiga koʻra bino va inshootlarning qurilish sanasi inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Bir necha bosqichda foydalanishga qabul qilinadigan bino va inshootlar uchun har bir qurilish bosqichining foydalanishga qabul qilish sanasi alohida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Dasturda chizilgan chizmalarda chiziqlar qalinligi, yozuvlar, literlar hamda raqamlar oʻlchamlari bir xil boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturda chizmalarni rasmiylashtirishda quyidagi koʻrsatkichlardan foydalanish tavsiya etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiziqlar qalinligi — 0.015 mm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yozuvlar va literlar oʻlchamlari — Arial shriftda, 12 oʻlchamda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻlcham yozuvlari — 5 birlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshootlarning rejalarini chizish masshtabi — 1:50, 1:100, 1:150 yoki 1:200.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Dasturda chizilgan chizmalar DWG formatida koʻchmas mulk obyektining manzili koʻrsatilgan holda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Dasturdagi chizilgan chizmalarga oid maʼlumotlar masʼul xodim tomonidan serverdagi maxsus elektron arxivga, UZKAD tizimiga va Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning ishonchli vakillari koʻchmas mulkni texnik inventarizatsiyadan oʻtkazish natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligiga yoki bevosita sudga murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Mazkur Yoʻriqnoma talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2026 y., 10/26/3843/0557-son)