OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI BOSHQARUV SAMARADORLIGI AGENTLIGI DIREKTORINING
buyrugʻi
Respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining hududiy va tuman (shahar) darajasidagi boʻlinmalari roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 4-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3702-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi PF-95-son “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yoʻnaltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-son “Ekologiya va turizm sohalarida aholi talablariga tezkor javob bera oladigan boshqaruv tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2025-yil 19-noyabrdagi PF-219-son “Oʻzbekiston Respublikasida uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi direktorining 2025-yil 3-noyabrdagi 5-2025-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3702, 2025-yil 11-noyabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 10/25/3702/1038-son) bilan tasdiqlangan Respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining hududiy va tuman (shahar) darajasidagi boʻlinmalarining roʻyxatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor v.b. U. XUSAINOV
Toshkent sh.,
2026-yil 23-fevral,
1-2026-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi direktorining 2026-yil 23-fevraldagi 1-2026-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining hududiy va tuman (shahar) darajasidagi boʻlinmalarining roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 10-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
« | |
10. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalari |
». |
2. 33-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
« | |
33. | Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari |
». |
3. 53-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
« | |
53. | Tuman (shahar) ekologiya va iqlim oʻzgarishi boʻlimlari* |
». |
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2026 y., 10/26/3702-1/0203-son)