18.11.2025 yildagi PF-217-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni

Ekologiya va turizm sohalarida aholi talablariga tezkor javob bera oladigan boshqaruv tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va turizm sohalarida belgilangan vazifalarni tezkor hamda yangi yondashuv asosida sifatli tashkil etish, shuningdek, mazkur yoʻnalishdagi davlat boshqaruvi va nazorati tizimini takomillashtirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Boshqaruv tizimini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi sifatida qayta tashkil etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Vazirlar Mahkamasi tizimidan chiqarilib, uning negizida amaldagi shtat birliklari saqlangan holda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya qoʻmitasi) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Ekologiya qoʻmitasi qulay ekologik holatni barqaror saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, oʻrmonlarni koʻpaytirish, global iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish va choʻllanishga qarshi kurashish sohalarida yagona davlat siyosati va nazoratini amalga oshirish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tashkiliy tuzilmasida 2 ta shtat birligidan iborat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmasi tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi, Gidrometeorologiya xizmati agentligi hamda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi oʻz faoliyatini Ekologiya qoʻmitasi huzurida davom ettiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining asosiy vazifalaridan tashqari, Ekologiya qoʻmitasi 1-ilovaga muvofiq quyidagi umummilliy loyihalarni amalga oshirish uchun masʼul hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) chiqindilarni qayta ishlash va ular bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan “Chiqindidan holi hudud” umummilliy loyihasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 2028-yilga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida qoʻshimcha ravishda jami maydoni 100 gektardan kam boʻlmagan botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil qilishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) aholi orasida eko-odatlarni shakllantirish va ekologik hayot tarzini keng targʻib qilishga qaratilgan “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) bioxilma-xillikni kelajak avlod uchun asrashga qaratilgan “Bio meros” umummilliy loyihasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ekologiya qoʻmitasi huzurida 15 nafargacha xorijiy va mahalliy ekspertlarni fuqaroviy-huquqiy shartnomalar asosida jalb qilgan holda ekologiya sohasidagi “Ekoloyihalar fabrikasi” (keyingi oʻrinlarda — Loyiha ofisi) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Ekologik nazoratni kuchaytirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, 2026-yil 1-apreldan boshlab 2-ilovaga muvofiq ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash tartibi joriy etiladi, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) moliyaviy sanksiyalar pul undirish (jarimalar) tarzida faqat yuridik shaxslarga qoʻllanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) bir xil huquqbuzarlik uchun moliyaviy sanksiyalar qoʻllangan yuridik shaxslarning xodimlariga maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) huquqbuzarlikning takroran sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida ogohlantirish olish hamda jarimani toʻlash ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi qonunchilikning buzilishiga yoʻl qoʻygan shaxsni Ekologiya qoʻmitasining qarorini (taqdimnomasini, koʻrsatmasini) bajarish yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish majburiyatidan ozod etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar negizida alohida yuridik shaxs boʻlmagan Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) (keyingi oʻrinlarda — Ekopolitsiya) tashkil etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent va Jizzax viloyatlaridagi tabiatni muhofaza qilish boʻyicha hududiy maxsus prokuraturalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri prokuraturalarining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va oʻrmon xoʻjaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat yoʻnalishidagi boʻlinmalarining optimallashtiriladigan shtat birliklari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri prokuraturalariga ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va oʻrmon xoʻjaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat yoʻnalishida ajratilgan 40 ta shtat birligi Ekopolitsiyaga oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Ekopolitsiya Ekologiya qoʻmitasining ekologik xavfsizlikni taʼminlash va bu boradagi huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida huquqni muhofaza qilishga doir ayrim vazifalarga ega boʻlgan maxsus boʻlinmasidir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Ekologiya qoʻmitasi raisi bir vaqtning oʻzida Ekopolitsiya boshligʻi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Ekopolitsiya boshligʻining oʻrinbosari bir vaqtning oʻzida Ekologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari hisoblanadi va Ekopolitsiyaning tezkor shtabiga rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Ekopolitsiyaga uning hududiy boʻlinmalarini maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini hisobga olmagan holda tabiiy ekologik hududlar chegaralari doirasida tashkil etishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ekologiya qoʻmitasi quyidagilar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam ravishda axborot kiritib borsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) yirik korxona va tarmoqlar tomonidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklar, ular va ularning mansabdor shaxslariga nisbatan koʻrilgan choralar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) sohadagi masʼul boshqaruv va nazorat organlarining oʻz vazifalarini sifatli va oʻz vaqtida bajarishi holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) davlat organlarining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik talablariga zid boʻlgan qarorlarini bekor qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ekologiya qoʻmitasi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun yuridik shaxslarga moliyaviy sanksiyalarni joriy etish va ularni qoʻllashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ekologiya qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmon talablaridan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 18-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-217-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-son Farmoniga
1-ILOVA

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi umummilliy loyihalarning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ASOSIY VAZIFALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Chiqindidan holi hudud” umummilliy loyihasi doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) respublikaning barcha hududlarini qamrab oladigan chiqindilarni yoqib, elektr energiya ishlab chiqarish korxonalarini qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) tibbiyot va xavfli chiqindilarni xavfsiz va toʻlaqonli utilizatsiya qilish tizimini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) chiqindilarni olib chiqib ketish boʻyicha yuridik shaxslar masʼuliyatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmati sifatini oshirish va aholi talablariga moslashtirish, shu jumladan, texnika va konteynerlar sonini tubdan oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) poligonlarni rekultivatsiya qilish va ular sonini keskin kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) qayta yuklash stansiyalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Toza havo” umummilliy loyihasi doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) markaziy va sanoatga ixtisoslashtirilgan tuman (shahar)larning havo sifatini yaxshilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) havo sifati surunkali buzilayotgan tuman (shahar)da alohida maxsus nazorat tizimini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) sanoat korxonalari tomonidan avtomatik monitoring stansiyalari, chang-gaz tozalash uskunalari va suv tozalash inshootlarining oʻrnatilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) atmosfera havosining ifloslanishi kuzatuvlarining davlat tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) tashlamalarning umumiy hajmini kamaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Yashil makon” umummilliy loyihasiga quyidagi qoʻshimcha vazifalarni kiritish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida qoʻshimcha ravishda jami maydoni 100 gektardan kam boʻlmagan botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) har bir shahar va tumanda kamida 2 tadan soyali sayr koʻchalarini tashkil qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) maktabgacha taʼlimning eng asosiy samaradorlik koʻrsatkichi sifatida bolalarda eko-odatlarni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) bolalar orasida ekologik hayot tarzini tashviqot qilish uchun eko-kontent bazasini shakllantirish (bunda multfilm, roliklar, qisqa metrajli filmlar yaratish, bloglar yuritish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Ekovolontyorlar milliy tarmogʻini yaratish hamda maktablarda tashabbuskor maktab oʻquvchilarini taqdirlash maqsadida uch darajali eko-aʼlochilar koʻkrak nishonini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida eko-oromgohlar tashkil qilish. Bunda eko-aʼlochilarning oromgohlarda imtiyozli ravishda dam olishini tashkillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) oʻquvchilar va talabalarning startap loyihalari uchun mini-grantlar ajratib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) ekologik kraudfanding faoliyatiga huquqiy maqom berish va qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) har bir mahallada jamoatchilik ekologiya nazoratchisi tizimini joriy qilish, bunda ular ishtirokida amalga oshirilgan maʼmuriy jarimaning oʻn foiz miqdoridagi mablagʻlarni jamoatchilik ekologiya nazoratchisini ragʻbatlantirishga yoʻnaltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) “Ekofaol”, “Yashil tadbirkor” platformalarini joriy qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Bio meros” umummilliy loyihasi doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish tizimi samaradorligini oshirish va ularning hududlarini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) kamyob va yoʻqolib ketish xavfi boʻlgan yovvoyi hayvon va oʻsimlik turlari boʻyicha alohida pitomniklar tashkil qilish hamda ularni qayta tiklash (reintroduksiya) chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) biologik resurslardan barqaror foydalanish, shu jumladan, biologik xilma-xillik va ekotizim xizmatlarining qiymatini iqtisodiy baholash mexanizmlarini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-son Farmoniga
2-ILOVA

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar joriy qilinadigan qonun buzarlik holatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

1. Daryolarning oʻzanlarini tozalashga va qirgʻoqlarini mustahkamlashga doir ishlarni amalga oshirish tartibini buzish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Suv resurslarini muhofaza qilish qoidalarini buzish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Daraxtlar va butalarni gʻayriqonuniy ravishda kesish, yoʻq qilish va ularni muhofaza qilish choralarini koʻrmaslik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash yoki atmosfera havosidan belgilangan talablarni buzgan holda foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yoqilgʻi, moddalar, material va chiqindilarni yoqishda atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Chiqindilar bilan muomalada boʻlishda atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-son Farmoniga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi “Kino sanʼati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6202-son Farmoni 9-bandining“a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a) xorijiy kinokompaniyalar uchun, agar xarajatlar summasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3 milliard soʻmgacha boʻlsa — 10 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3 milliard soʻmdan 5 milliard soʻmgacha boʻlsa — 15 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5 milliard soʻmdan 10 milliard soʻmgacha boʻlsa — 20 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 milliard soʻmdan ortiq boʻlsa — 25 foiz, biroq bitta film uchun 4 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda qoplab beriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“11. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” boʻlimi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 39-boʻlim bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

39. Turizm qoʻmitasi

Turizm qoʻmitasi

275

275

shu jumladan, rais oʻrinbosarlari soni

2

2

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Izohlar” qismidan 5.9., 5.10. va 5.11.-kichik bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-band hamda 11.1 — 11.4-kichik bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 42-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“42. Turizm qoʻmitasi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11 — 11.4.-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 42-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

42.

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi

Turizm qoʻmitasi

Komitet po turizmu

.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-81-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshidagi “70” raqami “30” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshidagi “77” raqami “37” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi, yettinchi — oʻninchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-martdagi “Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-56-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 4-band quyidagi mazmundagi “n” kichik band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“n) Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi Energetika vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda, zaruratga koʻra, Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun ekosanoat zonalariga tutash hududlarda havo elektr uzatish tarmoqlarini va elektr infratuzilmasi qurilmalarini qurish uchun zarur yer uchastkalarini tanlab olsin hamda ularning chegaralariga aniqlik kiritib, tegishliligi boʻyicha ommaviy servitut belgilash va yer fondi toifasini oʻzgartirish yuzasidan Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga takliflarni kiritsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 4-ilovaning 9-pozitsiyasi “I va II toifalarga mansub korxonalar” soʻzlaridan keyin “hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5-son Farmoniga 2a-ilovada keltirilgan chiqindilarni qayta ishlashni yoki ekologik xavfsiz tarzda utilizatsiya qilishni yoʻlga qoʻygan tadbirkorlar” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hamda oʻrmonlarni boshqarish tizimida islohotlarni izchil davom ettirish, yashil hududlarni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-90-son Farmoni 9-bandining birinchi xatboshisidagi “2025/2026” raqamlari “2026/2027” raqamlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4896-son qarori 9-bandining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Belgilansinki, ushbu bandda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq, shuningdek, Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot institutini saqlash, xodimlar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha xarajatlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-171-son qaroriga 1-ilovaning “o”, “p” va “r” kichik bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-174-son qarori quyidagi mazmundagi 91-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“91. Belgilansinki, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetining xalqaro hamkorlik va aloqalar boʻlimi boshligʻi, reja-moliya boʻlimi boshligʻi, bosh auditor, bosh hisobchi lavozim maoshlari oliy taʼlim muassasasining fakultet dekani bazaviy lavozim maoshiga, boshqa boʻlim boshliqlari, markaz va direksiya rahbarlari, katta yuriskonsult, matbuot kotibi, ilmiy kengash kotibi va universitet kengashi kotibi lavozim maoshlari oliy taʼlim muassasasining fakultet dekani oʻrinbosari bazaviy lavozim maoshiga, boʻlim boshligʻi oʻrinbosarlari, bosh hisobchi oʻrinbosari, bosh energetik, bosh muhandis lavozim maoshlari oliy taʼlim muassasasining katta oʻqituvchi bazaviy lavozim maoshiga, bosh mutaxassis, bosh iqtisodchi, psixolog, oliy maʼlumotli yetakchi mutaxassis, uslubchi, ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha muhandis, kabinet mudiri, buxgalter, iqtisodchi va kutubxonachi lavozim maoshlari oliy taʼlim muassasasining oʻqituvchi-stajyori bazaviy lavozim maoshiga tenglashtiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi “Turizm yoʻnalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-238-son qarori 2-bandining “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a) 3 yulduzli toifa uchun 60 ta xonadan kam boʻlmagan, 4 va 5 yulduzli toifa uchun 120 ta xonadan kam boʻlmagan xonalar fondiga ega besh qavatdan past boʻlmagan mehmonxona 2026-yil 31-dekabrga qadar foydalanishga topshirilgan taqdirda, mehmonxona toifasi tasdiqlangach, investorlarning yangi mehmonxonani qurish (rekonstruksiya qilish bundan mustasno) va jihozlash hamda 2026-yil 1-yanvardan boshlab mehmonxonani qoʻshimcha bino va inshootlar qurish orqali kengaytirish yoki mavjud bino va inshootlarning ixtisoslashishini mehmonxona faoliyatiga oʻzgartirish uchun ketgan xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi miqdorlarda qoplab berish tizimi joriy qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 40 million soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4 va 5 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 65 million soʻm.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda respublika boʻyicha toifali (yulduzli) mehmonxonalar mavjud boʻlmagan tuman (shahar)larda yangidan quriladigan mehmonxonalarga, mazkur xarajatlar quyidagi tartib asosida 50 foizga oshirilgan miqdorda qoplab berilishi belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki 2 ta 4 yoki 5 yulduzli toifaga ega mehmonxonalarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki 3 ta 3 yulduzli toifaga ega mehmonxonalarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki qavatlar soni bilan bogʻliq talablar YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda yoki togʻli va togʻoldi hududlarda yangi qurilgan mehmonxonalarga tatbiq etilmaydi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-martdagi “Toshkent shahri, Toshkent va Andijon viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-116-son qarorining 8-bandi quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“(g) Investorga barcha soliqlar va yigʻimlar toʻlangan holda, investitsiya loyihasini moliyalashtirish doirasida quyidagi huquqlar beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit olish, chet el valyutasida mablagʻlar olish va ulardan foydalanish (shu jumladan, chet el valyutasida kredit tushumlari) uchun chet eldagi xorijiy banklarda bank hisobvaraqlari ochish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlgan xorijiy pudrat tashkilotlari, yetkazib beruvchilar yoki xorijiy kreditorlarga toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobvaraqlari orqali oʻtkazmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 06/25/217/1060-son)