13.07.2026 yildagi 380-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI

Voyaga yetmagan shaxslarga ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisida” 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonlarini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisida” 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-son Farmonida voyaga yetmagan shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonlarini soddalashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Voyaga yetmagan shaxsni toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish (emansipatsiya) boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquvchining doimiy yoki vaqtincha yashash uchun xorijiy davlatga ketayotgani sababli uni taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlanadigan maʼmuriy reglamentlarga muvofiq koʻrsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxslar Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Adliya vazirligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy reglamentlarga muvofiq davlat xizmatlarining YIDXP orqali koʻrsatilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan ularning faoliyati boʻyicha, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy reglamentlar talablarini buzganlik uchun vakolatli organlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazo choralarini qoʻllasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ijtimoiy himoya milliy agentligi Emansipatsiya qilingan shaxslar reyestri yuritilishini hamda reyestr maʼlumotlarining “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi D.S. Kattaxanova zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 13-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
380-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 380-son qaroriga
1-ILOVA

Voyaga yetmagan shaxsni toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish (emansipatsiya) boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼMURIY REGLAMENTI

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) voyaga yetmagan shaxsni toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish (keyingi oʻrinlarda — emansipatsiya) boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 28-moddasiga asosan oʻn olti yoshga toʻlgan voyaga yetmagan shaxs mehnat shartnomasi boʻyicha ishlayotgan boʻlsa yoki ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoxud homiysining roziligiga binoan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan boʻlsa, u toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ota-onaning, farzandlikka oluvchilarning yoki homiyning roziligi boʻlmagan taqdirda, voyaga yetmagan shaxsni toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish sudning qarori bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP), “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — tizim), ijtimoiy xodim orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.

2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi

5. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga, vakolatli organga yoki ijtimoiy xodimga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda yoxud tizimda roʻyxatdan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizalar YIDXP yoki tizim orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlarida kelib tushganda, kalendar boʻyicha navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga tushgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi, vakolatli organ xodimi yoki ijtimoiy xodim ariza beruvchi nomidan, YIDXP yoki tizim orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat organlari va tashkilotlari soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlar “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:

voyaga yetmagan shaxsning tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishiga oid maʼlumotlar — Adliya vazirligining Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat shartnomasi asosida ishlashiga oid maʼlumotlar — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voyaga yetmagan shaxsning ota-onasiga oid maʼlumotlar — Adliya vazirligining “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voyaga yetmaganning oʻquv fanlarini oʻzlashtirishi va davomati boʻyicha maʼlumotlar — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Elektron kundalik” axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voyaga yetmagan shaxsning homiysiga oid maʼlumotlar — tizim orqali avtomatik tarzda tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchidan soʻrovnomada koʻrsatilmagan maʼlumot va hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

8. Ariza toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, Face-ID, Mobile-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi YIDXP yoki tizim orqali murojaat etgan taqdirda, arizani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun yigʻim undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning arizasi koʻrilmasdan qoldiriladi.

11. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning arizasi markaz xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng barcha hujjatlar 10 daqiqa ichida, YIDXP yoki tizim orqali murojaat qilinganda esa, ariza avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatini koʻrsatish uchun ariza yuborishda ota-ona, farzandlikka oluvchilar yoki homiyning roziligi Yagona identifikatsiyalash tizimi yoxud shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli orqali tasdiqlangandan soʻng ariza vakolatli organga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ota yoki ona, farzandlikka oluvchilardan biri ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklangan, bedarak yoʻqolgan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganda, faqat bir tarafning tasdigʻi bilan ariza yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vakolatli organning masʼul xodimi 7 ish kuni ichida arizani koʻrib chiqadi, shuningdek, ariza beruvchi bilan suhbat oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vakolatli organ xodimi ariza beruvchini quyidagi shartlar mavjud boʻlganda, toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi 3-ilovaga muvofiq qarorni rasmiylashtiradi va uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda), YIDXP yoki tizim (elektron shaklda murojaat etganda) orqali ariza beruvchiga elektron ravishda yuboradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi psixologik jihatdan yetuk boʻlganda va oʻz xatti-harakatlarining oqibatini anglaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik yoki mehnat faoliyati bilan kamida uch oydan buyon uzluksiz shugʻullanib kelayotganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining oʻquv fanlarini oʻzlashtirishi va davomati boʻyicha ijobiy maʼlumot mavjud boʻlganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchini toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, ushbu maʼlumotlar avtomatik ravishda Emansipatsiya qilingan shaxslar reyestriga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Quyidagi holatlarda davlat xizmatini koʻrsatish rad etiladi va bu haqida ariza beruvchiga xabarnoma yuboriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soʻrovnomada maʼlumotlar notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi oʻz xatti-harakatlarining oqibatini anglamasa, xususan, aqliy zaiflikning barcha darajalarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik yoki mehnat faoliyati bilan shugʻullanmayotgan yoxud shugʻullanayotganligiga uch oy toʻlmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining oʻquv fanlarini oʻzlashtirishi va davomati boʻyicha salbiy maʼlumot mavjud boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, maqsadga muvofiq emaslik vaji bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ariza vakolatli organga taqdim etilganda, vakolatli organ qaror yoki xabarnomani ariza beruvchining elektron manziliga yoxud YIDXP yoki tizimdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Vakolatli organ yoki ijtimoiy xodim ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra qaror yoki xabarnoma elektron shaklda yoxud qogʻoz shaklda taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Davlat xizmatlari markazi qaror yoki xabarnoma kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa ichida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra qaror yoki xabarnomani elektron shaklda yoxud qogʻoz shaklda taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar

17. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlar sir saqlanishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari bajarilishi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Voyaga yetmagan shaxsni toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish (emansipatsiya) boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

Voyaga yetmagan shaxsni toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish (emansipatsiya) boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

(oʻn olti yoshga toʻlgan shaxs)

Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki ijtimoiy xodimga oʻzi kelib murojaat etadi yoxud davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda yoki “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida roʻyxatdan oʻtadi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

1. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, ijtimoiy xodim

1. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi yoki ijtimoiy xodim ariza beruvchi nomidan soʻrovnomani toʻldiradi.

1. Real vaqt rejimida

2. Davlat xizmatlari markazi

2. Davlat xizmatlari markazi xodimi soʻrovnomani toʻldirib, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yuboradi.

2. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng 10 daqiqa ichida

3. YIDXP, “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi

3. Toʻldirilgan soʻrovnoma avtomatik tarzda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yuboradi.

3. Real vaqt rejimida

3-bosqich

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi

Arizani koʻrib chiqadi va ariza beruvchi bilan suhbat oʻtkazib, uni toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilingani toʻgʻrisidagi qarorni yoki toʻla muomalaga layoqatli deb topishni rad etish haqidagi xabarnomani ariza beruvchiga taqdim etadi yoki tegishli Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda), YIDXP yoki “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (elektron shaklda murojaat etganda) orqali ariza beruvchiga elektron shaklda yuboradi.

7 ish kuni ichida

4-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Qarorni yoki QR-kod qoʻyilgan xabarnomani ariza beruvchiga taqdim etadi.

10 daqiqa ichida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Voyaga yetmagan shaxsni toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish (emansipatsiya) boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA

NAMUNA

Voyaga yetmagan shaxsni toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish boʻyicha

SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

1. F.I.O:

2. Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami):

3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):

4. Yashash manzili:

5. Telefon raqami:

6. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

7. Xizmatdan foydalanish asosi:

mehnat shartnomasi boʻyicha ishlash;

□ tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish.

8. Ish joyi haqidagi maʼlumotlar (mehnat shartnomasi boʻyicha ishlayotgan boʻlsa):

9. Ariza beruvchi muassisligidagi yuridik shaxsning STIRi yoxud yakka tartibdagi tadbirkorning JSHSHIR maʼlumotlari (tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan boʻlsa):

II. Ariza beruvchining ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

10. Ota-onasi, farzandlikka oluvchilar yoki homiysining JSHSHIR maʼlumotlari:

11. Ota-onasi, farzandlikka oluvchilar yoki homiysining pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami):

12. Ota-onasi, farzandlikka oluvchilar yoki homiysining telefon raqami:

Ota yoki ona, farzandlikka oluvchilardan biri ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklangan, bedarak yoʻqolgan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan taqdirda, sudning hal qiluv qarori ilova qilinadi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Voyaga yetmagan shaxsni toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish (emansipatsiya) boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

NAMUNA

_________ tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi

Hujjat yaratilgan sana:

Hujjat berilgan:

Ariza raqami: 11000000

JShShIR:12345678912345

Toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish haqida

QAROR

Ushbu qaror bilan fuqaro ___________________________ toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilindi.

(F.I.O.)

Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi hisoblanadi. Elektron hujjatning nusxasida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirish uchun repo.gov.uz veb-saytiga oʻting va elektron hujjatning noyob raqamini kiriting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling.

Diqqat! Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga muvofiq elektron hujjatlardagi maʼlumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishlari qatʼiyan taqiqlangan.

QR-kod

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 380-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquvchining doimiy yoki vaqtincha yashash uchun xorijiy davlatga ketayotgani sababli uni taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼMURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) 18 yoshgacha boʻlgan oʻquvchining doimiy yoki vaqtincha yashash uchun xorijiy davlatga ketayotgani sababli uni umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkiloti (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkiloti) oʻquvchilari safidan chiqarish boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ota-onalar oʻqish, ishlash, uzoq muddatli davolanish yoki boshqa maqsadlarda doimiy yoki vaqtincha yashash uchun xorijiy davlatga ketayotgan boʻlsa, farzandini doimiy yoki vaqtincha yashash uchun ketayotgan davlatdagi taʼlim tashkilotiga oʻtkazish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) va taʼlim tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat xizmatlari markazlari va Komissiya oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat xizmatidan foydalanish uchun ota-ona, farzandlikka oluvchi, vasiy yoki homiy (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlarida kelib tushganda, kalendar boʻyicha navbatdagi ish kuni arizalarning Komissiyaga tushgan va Komissiya tomonidan qabul qilingan kun deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlar “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchidan soʻrovnomada koʻrsatilmagan maʼlumot va hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ariza toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, Face-ID, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, arizani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun yigʻim undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning arizasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning arizasi markaz xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng barcha hujjatlar 10 daqiqa ichida, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa, ariza avtomatik tarzda Komissiyaga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatini koʻrsatish uchun ariza yuborishda ota yoki onaning, farzandlikka oluvchilardan birining bolani taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarishga roziligi Yagona identifikatsiyalash tizimi yoki shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli orqali tasdiqlangandan soʻng ariza Komissiyaga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik uchun javobgarlik ariza beruvchilarning zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Komissiya 5 ish kuni ichida arizani koʻrib chiqadi va oʻquvchini taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarish toʻgʻrisida 3-ilovaga muvofiq shakldagi qarorni rasmiylashtiradi yoki oʻquvchini taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarishni rad etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya zaruratga koʻra ota-ona va bola bilan suhbat oʻtkazishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquvchini taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror tegishli tuman (shahar) hokimi tomonidan ERI bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya oʻquvchini taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror yoki rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomani Davlat xizmatlari markaziga yoxud YIDXP orqali ariza beruvchiga elektron ravishda yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquvchini taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror elektron ravishda tegishli taʼlim tashkilotiga ham yuborilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya xorijiy davlatdagi taʼlim muassasasiga oʻtkazilayotgani sababli taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarilganlarning elektron reyestrini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Quyidagi holatlar davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizada notoʻgʻri maʼlumotlarning koʻrsatilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolaning manfaatlariga zid kelishi mumkin boʻlgan holatlarning mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatini koʻrsatishni rad etishda aniq asoslar bayon etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻquvchini taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror kelib tushgach, taʼlim tashkiloti direktori bir ish kunida tegishli axborot tizimida oʻquvchini taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Davlat xizmatlari markazi qaror yoki xabarnoma kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa ichida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra qaror yoki xabarnomani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquvchining doimiy yoki vaqtincha yashash uchun xorijiy davlatga ketayotgani sababli uni taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquvchini taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

(ota-ona, farzandlikka oluvchi, vasiy yoki homiy)

Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

1. Davlat xizmatlari markazi xodimi soʻrovnomani toʻldirib, tegishli Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasiga yuboradi.

1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng 10 daqiqa ichida

2. YIDXP

2. Toʻldirilgan soʻrovnoma avtomatik tarzda tegishli Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasiga yuboradi.

2. Real vaqt rejimida

3-bosqich

Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasi

Arizani koʻrib chiqib, oʻquvchini taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarish toʻgʻrisida qarorni rasmiylashtiradi yoki oʻquvchini taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarishni rad etadi.

Davlat xizmatini koʻrsatish natijasini Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.

5 ish kuni ichida

4-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Oʻquvchini taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarish toʻgʻrisida qaror yoki xabarnoma kelib tushgandan soʻng uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

10 daqiqa ichida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquvchining doimiy yoki vaqtincha yashash uchun xorijiy davlatga ketayotganligi sababli uni taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

Oʻquvchini taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarish boʻyicha

SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlar

1. F.I.O.:

2. Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami):

3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):

4. Yashash manzili:

5. Telefon raqami:

6. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

7. Xizmatdan foydalanish sababi:

□ Oʻqish

□ Ishlash

□ Uzoq muddatli davolanish

□ Boshqa sabab

8. Xorijga chiqish biometrik pasporti maʼlumotlari (seriyasi va raqami):

II. Bola haqidagi maʼlumotlar

9. Bolaning F.I.O.:

10. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):

11. Bolaning tugʻilishi qayd etilgani haqidagi maʼlumotlar:

12. Bola taʼlim olayotgan taʼlim tashkiloti va sinf:

13. Oʻqishi koʻchirilayotgan xorijiy davlat:

14. Bolaning ota-onasining nikohi haqidagi maʼlumotlar:

15. Bolaning xorijga chiqish biometrik pasporti maʼlumotlari (seriyasi va raqami):

□ Bolani voyaga yetguniga qadar boqishga, uning tarbiyasi, taʼlim olishi, sogʻlom, toʻlaqonli va har tomonlama kamol topishi xususida gʻamxoʻrlik qilishga rozilik bildiraman hamda bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik uchun javobgarlik haqida ogohlantirildim.

Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 47-moddasiga muvofiq bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquvchining doimiy yoki vaqtincha yashash uchun xorijiy davlatga ketayotganligi sababli uni taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

NAMUNA

Bolalar masalalari boʻyicha ______ tuman (shahar) komissiyasi

Hujjat yaratilgan sana:

Hujjat berilgan:

Ariza raqami: 11000000

JShShIR:12345678912345

Oʻquvchini _________________ oʻquvchilari safidan chiqarish toʻgʻrisida

______ (taʼlim tashkiloti nomi) ________________________________

QAROR

Ushbu qaror bilan voyaga yetmagan shaxs _____________________________ ___________________,

____________________________________________________ (F.I.O.) ________________ (hududiy birlik nomi)

_____________ tumani __________________ oʻquvchilari safidan chiqarildi.

______________________ (taʼlim tashkiloti nomi)

Voyaga yetmagan shaxs ________________________ning tarbiyasi, taʼlim olishi, sogʻlom, toʻlaqonli

__________________________________ (F.I.O.)

va har tomonlama kamol topishi uchun uning ota-onasi/vasiy/homiysi masʼul ekanligi hamda bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik javobgarlikka olib kelishi tushuntiriladi.

 Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi hisoblanadi. Elektron hujjatning nusxasida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirish uchun repo.gov.uz veb-saytiga oʻting va elektron hujjatning noyob raqamini kiriting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling.

 Diqqat! Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga muvofiq elektron hujjatlardagi maʼlumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishlari qatʼiyan taqiqlangan.

QR-kod

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 380-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagi mazmundagi 61-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“61. Oʻn olti yoshga toʻlgan voyaga yetmagan shaxsni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida yoki uning muassisligidagi tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoxud homiysining roziligi Yagona identifikatsiyalash tizimi yoki shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli orqali tasdiqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida yoki uning muassisligidagi tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazish taqiqlanadi, tadbirkorlik subyektining ustav fondidagi ulushlar meros sifatida oʻtadigan holatlar bundan mustasno”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 21-band quyidagi mazmundagi yigirma uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Voyaga yetmagan shaxsga tadbirkorlik subyektining ustav fondidagi ulushlar meros sifatida oʻtadigan holatlarda, voyaga yetmagan shaxs nomidan uning ota-onasi, farzandlikka oluvchilar, vasiylik va homiylik organi ruxsati bilan vasiy yoki homiysi harakat qiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 4-ilova quyidagi mazmundagi II1-boʻlim bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

II1.

Ariza beruvchining ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysi haqida maʼlumotlar

21-1

Ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining familiyasi:

21-2

Ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining ismi:

21-3

Ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining pasport seriyasi:

21-3-1

Ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining pasport raqami:

21-4

Ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining JSHSHIRi:

21-5

Ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining telefon raqami:

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 3-4-9-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

3-4-9

Muassisning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining pasport seriyasi:

3-4-9-1

Muassisning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining pasport raqami:

3-4-9-2

Muassisning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining telefon raqami:

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-izohda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 4-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4) 3-4-9-band muassis voyaga yetmagan shaxs boʻlgan taqdirda toʻldiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 9-ilova quyidagi mazmundagi 5-5-11-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

5-5-11

Voyaga yetmagan muassisning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining pasport seriyasi:

5-5-11-1

Voyaga yetmagan muassisning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining pasport raqami:

5-5-11-2

Voyaga yetmagan muassisning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining telefon raqami:

.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarori bilan tasdiqlangan Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46-band “xorijiy davlatga ketayotgan boʻlsa,” soʻzlaridan keyin “Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47 — 51-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya toʻgʻrisidagi nizomni va Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 6-iyuldagi 363-son qaroriga 3-ilovaning 14-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2026-y., 09/26/380/0728-son)