01.07.2026 yildagi PQ-250-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Charm-poyabzal sanoatida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash hamda eksport salohiyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda charm xomashyosini chuqur qayta ishlash hajmini kengaytirish, terini qayta ishlash korxonalarini zamonaviy ekologik talablarga moslashtirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Asosiy maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar 2026-2027-yillarda charm-poyabzal sanoatini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) charm mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2026-yilda 690 million detsimetr kvadratga, 2027-yilda 800 million detsimetr kvadratga olib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2026-yilda 100 million juftga, 2027-yilda 115 million juftga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) eksport hajmini 2026-yilda 110 million AQSH dollariga, 2027-yilda 150 million AQSH dollariga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2026-yilda 246 milliard so‘mga, 2027-yilda 300 milliard so‘mga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) charm-poyabzal sanoatida qo‘shilgan qiymatni 2026-yilda 860 milliard so‘m, 2027-yilda 1,2 trillion so‘mga yetkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Charm xomashyosini sifatli yig‘ib olish va chuqur qayta ishlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining 2026 — 2028-yillarda hududlarda charm-poyabzal sanoatini bosqichma-bosqich yirik kooperatsiyalarni tashkil qilish asosida rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) bilan birga har chorakda “yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Bosh prokuratura Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan “yo‘l xaritasi” ijrosini doimiy nazoratga olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan 2026 — 2028-yillarda hududlarda mahalliy tashabbuskorlarni aniqlagan holda veterinariya-sanitariya talablariga javob beradigan teri va jun xomashyosini yig‘ib olish punktlarini tashkil qilishning maqsadli ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Agentlik hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining teri va jun xomashyosini yig‘ib olish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini mazkur faoliyati bo‘yicha 2026-yil 1-iyuldan 2029-yil 1-iyulga qadar foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashdan ozod qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Agentlik bilan birgalikda uch oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyozlarni qo‘llash bo‘yicha Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, teri va jun xomashyosini yig‘ib olish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga teri va jun xomashyosini yig‘ish maqsadlariga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun tijorat banklaridan olingan milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarining Markaziy bank asosiy stavkasidan yuqori, biroq 10 foizlik punktidan oshmagan qismi, xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarining 5 foizi “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan kompensatsiya qilib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash choralari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-iyuldan boshlab 2028-yil 31-dekabrga qadar Yengil sanoatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) terini qayta ishlab, tayyor charm ishlab chiqaruvchi korxonalarga ishlab chiqarib, realizatsiya qilingan tayyor charmning (krast, finish) har bir detsimetr kvadrati uchun 350 so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) poyabzal va charm-attorlik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga ishlab chiqarishga joriy qilingan har bir yangi model uchun 1 million so‘m, biroq bir korxona uchun bir kalendar yilida 50 million so‘mdan oshmagan miqdorda subsidiya ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) poyabzal ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun import qilingan poyabzal qoliplari (kolodka, press-forma) qiymatining 50 foiz qismi, biroq bir kalendar yilida Yevropa Ittifoqi davlatlari uchun 10 ming AQSH dollari, boshqa davlatlar uchun 5 ming AQSH dollaridan oshmagan miqdorda qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) yengil sanoat korxonalari tomonidan suv tozalash inshootlarida belgilangan me’yorlar doirasida suvni tozalash uchun xarid qilingan kimyoviy vositalar va reagentlar qiymatining 50 foiz qismi qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga yoki ularning ro‘yxatga olingan savdo belgisi (brend nomi) bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy markazi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahri, shuningdek, respublikaning aholi soni 100 ming kishidan oshadigan yirik shaharlarida savdo uylari va firma do‘konlarini tashkil etgan tadbirkorlarga dastlabki 1 yil davomida bino va maydonlarni ijaraga olish xarajatlarining 50 foiz qismi, biroq 100 million so‘mdan oshmagan miqdorda qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki 2026-yil 1-sentabrdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) davlat xaridlarida ishtirok etadigan korxonalarga mahsulot ishlab chiqarishda kooperatsiya asosida mahalliy charm xomashyosi va butlovchilardan foydalanish darajasi, yaratilgan ish o‘rinlari soni, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazgan savdo belgisi va brendiga ko‘ra qo‘shimcha ball berish va 15 foizgacha narx preferensiyasi taqdim etish tartibi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) davlat buyurtmachilari uchun davlat xaridlari elektron tizimi orqali xarid qilinadigan maxsus poyabzallarning davlat xaridlari tavsifida muvofiqlik sertifikati to‘g‘risidagi axborotni joylashtirish talabi joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Charm-poyabzal sanoat zonalarini tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash choralari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Agentlik, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining Agentlik huzurida 7 ta shtat birligidan iborat, ustav fondi 23 million AQSH dollari bo‘lgan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida Charm-poyabzal sanoat zonalarini boshqarish direksiyasini (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) tashkil etish va 2-ilovaga muvofiq uning asosiy vazifalarini belgilash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mazkur qarorning 3-ilovasiga muvofiq Toshkent viloyati Ohangaron tumani va Andijon viloyati Shahrixon tumanlarida tashkil etilgan charm-poyabzal sanoat zonalari egallagan yer uchastkalari Direksiyaga ijara huquqi asosida ajratiladi va ushbu yerlarni boshqarish funksiyasi Direksiyaga yuklatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Direksiyaning yagona ta’sischisi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisoblanadi va Direksiya Agentlik tomonidan ishonchli boshqaruv huquqi asosida boshqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi charm-poyabzal sanoat zonasi hamda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida joylashgan teri va junni qayta ishlash korxonalari uchun zamonaviy suv tozalash inshootlarini barpo etishga O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan 2026-2027-yillarda 360 milliard so‘m miqdorida mablag‘lar ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mazkur suv tozalash inshootlarini qurish bo‘yicha buyurtmachi etib “O‘zsuvta’minot” AJ belgilanadi hamda mazkur inshootlar 2028-yil 1-yanvarga qadar foydalanishga topshirilib, Direksiya balansiga bepul o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari ikki oy muddatda terini qayta ishlash korxonalarida suv tozalash inshootlarini xalqaro talablarga moslashtirish va barpo etish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni shakllantirib, unga kiritilgan loyihalarni 2026 — 2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida moliyalashtirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Belgilansinki, charm-poyabzal tarmog‘ida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, loyihalarda ulushdor bo‘lib qatnashish va aylanma mablag‘larni to‘ldirish maqsadlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-maydagi “Charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik tarmoqlarini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-181-son qarori bilan ajratilishi belgilangan 33 million AQSH dollar miqdoridagi mablag‘larning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 10 million AQSH dollari Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 2035-yil 31-dekabrgacha qaytarish sharti bilan 2026-2027-yillarda Jamg‘armaga quyidagi maqsadlarda korxonalarga tijorat banklari orqali kredit ajratish uchun yo‘naltiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) investitsiya loyihalarini moliyalashtirish maqsadlari uchun 10 yil muddatga, shundan 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 5 foiz stavkada (Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi marjasi 3,5 foiz, bank marjasi 1,2 foiz va Agentlik xarajatlari 0,3 foiz);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun yillik 3,5 foiz stavkada (Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi marjasi 2,5 foiz, bank marjasi 1,2 foiz va Agentlik xarajatlari 0,3 foiz) 36 oy muddatgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 23 million AQSH dollari Direksiya ustav fondiga junni qayta ishlash va charm-poyabzal ishlab chiqarish loyihalari doirasida tadbirkorlar talablari asosida ishlab chiqarish bino hamda inshootlarini qurish va Direksiya bilan kelishilgan grafik asosida 7 yil muddatgacha tadbirkorlarga qiymatini bo‘lib-bo‘lib to‘lash asosida sotish uchun yo‘naltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Agentlikning 2026-yil 1-iyuldan 2029-yil 1-iyulga qadar Direksiya hamda Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi “Charm-poyabzal kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasi” MCHJni foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Agentlik bilan birgalikda uch oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyozlarni qo‘llash bo‘yicha Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Belgilab qo‘yilsinki, Direksiyani saqlash va ish haqi xarajatlari 2026 — 2028-yillarda Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan, 2029-yildan boshlab Direksiyaga tegishli bino va inshootlar hamda yer uchastkalarini ijaraga berish, sotish yoki qiymatini bo‘lib to‘lash shartlari asosida sotish, suv tozalash inshootlarini ekspluatatsiya qilishdan olinadigan daromadlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Agentlik O‘zbekiston-Koreya o‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparki bilan birgalikda 2026-yil 1-oktabrdan boshlab hududlarda “Dizayner-modelyerlar maktabi”, “Marketologlar maktabi” va “Texnologlar maktabi” tayyorlov kurslarini tarmoqdagi mutaxassis va ishchilar, kasanachi va kosiblar uchun davriy ravishda tashkil etib borsin. Bunda qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish maqsadida xorijiy professor-o‘qituvchilar, trener va ekspertlarni jalb etish bilan bog‘liq xarajatlar Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Qaror ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026 — 2027-yillarda Toshkent viloyati Ohangaron tumani va Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi charm-poyabzal sanoat zonalari hamda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidagi jun va terini qayta ishlash korxonalari uchun tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (yo‘l, suv, elektr va gaz tarmoqlari) bilan ta’minlashga 80 milliard so‘m ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) mazkur qarorning 10-bandi hamda mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan mablag‘larni ikki oy muddatda 2026-yilda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda qurilish-pudrat ishlariga ajratish bo‘yicha 2026 — 2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga o‘zgartirishlar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) mazkur qarorning 6-bandida nazarda tutilgan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari uchun Agentlik so‘roviga asosan 2026-yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan Jamg‘armaga mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin va kelgusi yillarda ushbu shartlarda mablag‘lar ajratilishini budjet parametrlarini shakllantirishda nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Bosh prokuratura (Kasimov) mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq hududlarda teri va jun xomashyosini yig‘ib olish punktlarini tashkil qilishning maqsadli ko‘rsatkichlari ijrosi sifatli va o‘z vaqtida ta’minlanishi ustidan ta’sirchan nazorat o‘rnatsin hamda har chorakda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Charm xomashyosini chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi elektron tizimini tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish asosida mazkur qarorning 7-bandida nazarda tutilgan tartibni 2026-yil 1-sentabrga qadar joriy qilish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi Direksiyaning ustav fondini bosqichma-bosqich shakllantirish uchun 23 million AQSH dollarini Agentlik so‘rovi asosida sanoat zonalari va hududlarda Direksiya ulushdor sifatida ishtirok etayotgan loyihalar “Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” DMdan ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng bir oy muddatda ajratib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari munosib mehnat sharoitlarini yaratish, maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal bilan ta’minlash borasida mehnat xavfsizligi va gigiyenasi talablariga rioya etilishiga qaratilgan chora-tadbirlarni olib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Agentlik Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi va “O‘zsuvta’minot” AJ bilan birgalikda uch oy muddatda mazkur qarorning 6-bandi “g” kichik bandida nazarda tutilgan kompensatsiya to‘lovlari uchun to‘qimachilik, junni qayta ishlash, charm-poyabzal, gilamchilik va ipakchilik sohalari bo‘yicha 1 metr kub suvni tozalash uchun talab etiladigan kimyoviy vositalar va reagentlar turlari hamda ularning maksimal miqdorlarini belgilashni nazarda tutuvchi texnik reglamentni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Toshkent va Andijon viloyati hokimliklari Agentlik hamda Kadastr agentligi bilan birgalikda mazkur qarorning 3-ilovasiga muvofiq yer maydonlari Direksiyaga belgilangan tartibda o‘tkazilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi hunarmand, kasanachi, kosib, yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning malakasini O‘zbekiston-Koreya o‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparkida oshirish hamda ishlab chiqarishni sanoatlashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Soliq qo‘mitasi Bojxona qo‘mitasi va Agentlik bilan birgalikda charm mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kichik korxonalar tomonidan tovarlar importida to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini o‘zaro hisobga olinishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsan javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori N.Q. Xolmurodov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 1-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-250-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026 — 2028-yillarda hududlarda teri va jun xomashyosini yig‘ib olish punktlarini tashkil qilishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAQSADLI KO‘RSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar

Soni

shundan

Mas’ullar

2026-yil

2027-yil

 

 

Jami

63

24

39

 

Teri yig‘ish punkti

44

19

25

Jun yig‘ish punkti

19

5

14

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

7

3

4

F. Ermanov — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi,

A. Shamuratov — Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari,

Lavozimi bo‘yicha“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi

Teri yig‘ish punkti

4

2

2

Jun yig‘ish punkti

3

1

2

2.

Andijon viloyati

4

1

3

Sh. Abduraxmonov — viloyat hokimi,

A. To‘lanov — viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari,

Lavozimi bo‘yicha“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi

Teri yig‘ish punkti

3

1

2

Jun yig‘ish punkti

1

0

1

3.

Buxoro viloyati

5

2

3

B. Zaripov — viloyat hokimi,

B. Axmedov — viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari,

Lavozimi bo‘yicha“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi

Teri yig‘ish punkti

3

1

2

Jun yig‘ish punkti

2

1

1

4.

Jizzax viloyati

5

2

3

U. Mustafoyev — viloyat hokimi,

Z. Azimov — viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari,

Lavozimi bo‘yicha“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi

Teri yig‘ish punkti

3

1

2

Jun yig‘ish punkti

2

1

1

5.

Qashqadaryo viloyati

5

2

3

M. Azimov — viloyat hokimi,

A. Qodirov — viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari,

Lavozimi bo‘yicha“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi

Teri yig‘ish punkti

4

2

2

Jun yig‘ish punkti

1

0

1

6.

Navoiy viloyati

5

2

3

N. Tursunov — viloyat hokimi,

R. Sulaymonov — viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari,

Lavozimi bo‘yicha“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi

Teri yig‘ish punkti

3

1

2

Jun yig‘ish punkti

2

1

1

7.

Namangan viloyati

5

2

3

Sh. Abdurazakov — viloyat hokimi,

Z. Baxriddinov — viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari,

Lavozimi bo‘yicha“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi

Teri yig‘ish punkti

4

2

2

Jun yig‘ish punkti

1

1

8.

Samarqand viloyati

4

1

3

A. Boboyev — viloyat hokimi,

Sh. Buranov — viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari,

Lavozimi bo‘yicha“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi

Teri yig‘ish punkti

3

1

2

Jun yig‘ish punkti

1

0

1

9.

Surxondaryo viloyati

6

3

3

U. Qosimov — viloyat hokimi,

Sh. Rajabov — viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari,

Lavozimi bo‘yicha“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi

Teri yig‘ish punkti

4

2

2

Jun yig‘ish punkti

2

1

1

10.

Sirdaryo viloyati

3

1

2

E. Turdimov — viloyat hokimi,

F. Kushakov — viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari,

Lavozimi bo‘yicha“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi

Teri yig‘ish punkti

2

1

1

Jun yig‘ish punkti

1

0

1

11.

Toshkent viloyati

5

2

3

Z. Mirzayev — viloyat hokimi,

O. Tursunov — viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari,

Lavozimi bo‘yicha“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi

Teri yig‘ish punkti

4

2

2

Jun yig‘ish punkti

1

0

1

12.

Farg‘ona viloyati

5

2

3

X. Bozarov — viloyat hokimi,

M. Ubaydullayev — viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari,

Lavozimi bo‘yicha“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi

Teri yig‘ish punkti

4

2

2

Jun yig‘ish punkti

1

0

1

13.

Xorazm viloyati

4

1

3

J. Raximov — viloyat hokimi,

A. Davletov — viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari,

Lavozimi bo‘yicha“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi

Teri yig‘ish punkti

3

1

2

Jun yig‘ish punkti

1

0

1

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Charm-poyabzal sanoat zonalarini boshqarish direksiyasining asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agentlik hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan manzilli dastur asosida tayanch korxonalarni rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladigan charm-poyabzal sanoat zonalarining bosh rejasini Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan kelishib, tasdiqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Charm-poyabzal sanoat zonalari faoliyatini boshqarish, loyiha tashabbuskorlari tomonidan o‘z zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarning zarur darajada bajarilishini nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xorijiy va mahalliy investorlarni izlash va jalb etish, sanoat zonalari hududida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, yo‘l-transport infratuzilmalarini barpo etishda buyurtmachi funksiyasini bajarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Charm-poyabzal tarmog‘ida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida bino va inshootlar qurish uchun loyiha qiymatining 30 foizigacha miqdorda ulushdor sifatida keyinchalik o‘z ulushini sotish sharti bilan 7 yil muddatgacha ishtirok etish, yer maydonlarini qayta ijaraga berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda investitsiyaviy loyihalar bo‘yicha hujjatlarni “Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” davlat muassasasidan kompleks ekspertizadan o‘tkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Charm-poyabzal sanoat zonalari va hududlardagi suv tozalash inshootlari ekspluatatsiyasi va modernizatsiyasini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Charm-poyabzal sanoat zonalari faoliyatini va hududlardagi obyektlarni tezkor boshqarish bo‘yicha boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Charm-poyabzal sanoat zonalarini boshqarish direksiyasiga ijara huquqi asosida o‘tkaziladigan yer uchastkalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hudud nomi

Yerdan foydalanuvchi nomi

Kontur raqami

Jami yer maydoni, ga

1.

Andijon viloyati

Shahrixon tumani Yangi Vaxim mavzesi hududi

“Andijon viloyati sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi

99q

7,8

2.

Toshkent viloyati

Ohangaron tumani Ubayd mavzesi hududi

“Toshkent viloyati sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi

1182q

15,7

1184q

20,0

Jami

43,5

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Charm xomashyosini chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish samaradorligini oshirish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Hududlarda veterinariya-sanitariya talablariga javob beradigan teri va jun xomashyosini yig‘ib olish punktlarini tashkil qilish.

1. Xomashyo yig‘ish punktlarini tashkil qilish uchun yer maydonlarini aniqlash.

2026-yil 1-avgust

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Aniqlangan yer maydonlarini xomashyo yig‘ish punktlarini tashkil qilish uchun belgilangan tartibda elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish.

2026-yil 1-sentabr

3. Xomashyo yig‘ish bilan shug‘ullanuvchi korxonalarni aylanma mablag‘ bilan ta’minlash.

Doimiy

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

4. Xomashyo yig‘ish punktlari va terini qayta ishlash korxonalari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish.

2026-2027-yillar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi

5. Teri va jun xomashyosi nobudgarchiligining oldini olish bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida targ‘ibot ishlarini tashkil etish.

Doimiy

2.

Charm-poyabzal tarmog‘ida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish.

Charm-poyabzal tarmog‘ida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, loyihalarda ulushdor bo‘lib qatnashish va aylanma mablag‘larni to‘ldirish maqsadlari uchun Yengil sanoatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 10 mln AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratish.

2026-2027-yillar

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi,

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

3.

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi huzurida Charm-poyabzal sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi faoliyatini tashkil etish.

1. Charm-poyabzal sanoat zonalarini boshqarish direksiyasini tashkil etish va uni ishonchli boshqaruv huquqi asosida Yengil sanoatni rivojlantirish agentligiga o‘tkazish.

2026-yil 1-avgust

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi

2. Toshkent viloyati Ohangaron tumani va Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi charm-poyabzal sanoat zonalari yer uchastkalarini Direksiyaga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish va ro‘yxatdan o‘tkazish.

2026-yil 1-sentabr

Kadastr agentligi,

Toshkent va Andijon viloyati hokimliklari

4.

Teri va junni qayta ishlash korxonalari uchun zamonaviy suv tozalash inshootlarini barpo etish ishlarini moliyalashtirish.

Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi charm-poyabzal sanoat zonasida hamda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida tashkil etiladigan teri va junni qayta ishlash korxonalari uchun zamonaviy suv tozalash inshootlarini barpo etishga O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan 2026-2027-yillarda 360 milliard so‘m mablag‘ ajratish.

2026-2027-yillar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

5.

Teri va junni qayta ishlash korxonalari uchun zamonaviy suv tozalash inshootlarini barpo etish.

1. Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi charm-poyabzal sanoat zonasida hamda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida tashkil etiladigan teri va junni qayta ishlash korxonalari uchun zamonaviy suv tozalash inshootlarini barpo etish.

2. Barpo etilgan suv tozalash inshootlarini belgilangan tartibda Charm-poyabzal sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi balansiga bepul o‘tkazib berish.

2026-2027-yillar

“O‘zsuvta’minot” AJ,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi,

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

6.

Charm-poyabzal sanoat zonalari va korxonalari uchun tashqi muhandislik infratuzilmasini barpo etish loyihalarini moliyalashtirish.

Toshkent viloyati Ohangaron tumani va Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi charm-poyabzal sanoat zonalari hamda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidagi jun va terini qayta ishlash korxonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (yo‘l, suv, elektr va gaz tarmoqlari) bilan ta’minlashga 80 milliard so‘m mablag‘ ajratish.

2026-2027-yillar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

7.

Terini qayta ishlash korxonalarida suv tozalash inshootlarini xalqaro talablarga moslashtirish va barpo etish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni ishlab chiqish.

1.Terini qayta ishlash korxonalarida suv tozalash inshootlarini xalqaro talablarga moslashtirish va barpo etish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni shakllantirish.

2. Manzilli ro‘yxatga kiritilgan loyihalarni 2026 — 2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida moliyalashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil 1-sentabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

8.

Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Soliq kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

(a) teri va jun xomashyosini yig‘ib olish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashdan ozod etish;

(b) Charm-poyabzal sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi hamda Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi Charm-poyabzal kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasini foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod etish.

2026-yil 1-oktabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Soliq qo‘mitasi,

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

9.

Yengil sanoat korxonalarida sanoat ishlab chiqarishida hosil bo‘ladigan suvni tozalash ishlarini takomillashtirish.

To‘qimachilik, junni qayta ishlash, charm-poyabzal, gilamchilik va ipakchilik tarmog‘i korxonalarida 1 metr kub suvni tozalash uchun talab etiladigan kimyoviy vositalar va reagentlar turlari hamda ularning maksimal miqdorlarini belgilashni nazarda tutuvchi texnik reglamentni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil 1-oktabr

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi,

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi,

“O‘zsuvta’minot” AJ

10.

Charm-poyabzal tarmog‘ida kadrlarni tizimli tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish orqali kadrlar zaxirasini shakllantirib borish.

1. Korxonalarda dizayner-modelyer, marketolog, texnolog va boshqa mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash.

Doimiy

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi

2. “Dizayner-modelyerlar maktabi”, “Marketologlar maktabi” va “Texnologlar maktabi” tayyorlov kurslari o‘quv dasturlarini ishlab chiqish.

2026-yil 1-noyabr

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti,

O‘zbekiston-Koreya o‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparki

3. O‘zbekiston-Koreya o‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparkida malaka oshirish, qayta tayyorlash kurslari va amaliy treninglarni tashkil etish.

Doimiy

11.

Davlat xaridlarida mahalliy charm-poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari ulushini oshirish.

1. Davlat buyurtmachilari va mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokida charm-poyabzal va charm-attorlik mahsulotlarining ishlab chiqarish imkoniyatlari, mahsulotlar tavsifi, sifati va boshqa xususiyatlari, shuningdek, davlat xaridlaridagi imkoniyatlar yuzasidan amaliy uchrashuv va treninglar tashkil qilib borish.

Har chorakda

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi,

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi,

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi

2. Davlat xaridlarida mahalliy charm-poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari ulushini 80 foizga yetkazish.

2026-2027-yillar

12.

Tayyor mahsulotlarning ichki va tashqi bozorlarda sotuv hajmini kengaytirish.

1. Poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki ularning rasmiy dilerlari tomonidan aholi soni 100 ming kishidan oshadigan yirik shaharlarda savdo uylari va firma do‘konlarini tashkil etish.

2026-2027-yillar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi,

Manfaatdor tashkilotlar

2. Davlat ishtirokidagi korxonalar uchun davlat xaridlari elektron tizimida xarid qilinadigan maxsus poyabzallarning davlat xaridlari tavsifida muvofiqlik sertifikati to‘g‘risidagi axborotni joylashtirish talabini joriy etish.

2026-yil 1-oktabr

3. Ichki bozorda realizatsiya qilinadigan poyabzal mahsulotlariga majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy qilish.

2028-yil 1-yanvar

Soliq qo‘mitasi,

“Asl belgisi” MAT

13.

Qo‘llab-quvvatlash choralari samaradorligini tahlil qilish hamda natijadorligini oshirish yoki ularni bekor qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

1. Qo‘llab-quvvatlash choralari samaradorligi va natijadorligini, ularni ko‘rishda yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish.

2. O‘rganish natijalari va qo‘llab-quvvatlash choralari bo‘yicha yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Doimiy

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi,

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi

14.

Oltinko‘l tumani charm-poyabzal kichik sanoat zonasi direksiyasiga AT “Xalq banki” tomonidan ajratilgan mablag‘ni qaytarish muddatini uzaytirish.

AT “Xalq banki” tomonidan Oltinko‘l tumani charm-poyabzal kichik sanoat zonasini tashkil etish uchun Oltinko‘l tumani charm-poyabzal kichik sanoat zonasi direksiyasiga ajratilgan 124 mlrd so‘mning qoldiq qismini qaytarish muddatini 2027-yil 31-dekabrga qadar uzaytirish.

2026-yil 1-avgust

AT “Xalq banki”,

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-fevraldagi “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-143-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) ikkinchi xatboshi birinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) birinchi xatboshidagi “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” so‘zlari “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi va” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) to‘rtinchi xatboshidagi “ikki” so‘zi “bir” so‘zi bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 1 — 1.14-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-oktabrdagi “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarida islohotlarni yanada jadallashtirish va sohaning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-331-son qarorga 3-ilovaning 9-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustunidagi “Har yili ikki marotaba” hamda “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Eksportni rag‘batlantirish agentligi” so‘zlari tegishincha “Har yili bir marotaba” hamda “Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-maydagi “Charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik tarmoqlarini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-181-son qarorining 1-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ikkinchi xatboshidagi “tashkil qilish” so‘zlaridan keyin “to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi “O‘zcharmsanoat” uyushmasi korxonalari tomonidan bojxona to‘lovlaridan ozod qilingan holda olib kiriladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan import asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, xom ashyolar, materiallar va furnituralar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi F-5350-son farmoyishining rus tilidagi matnida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ob utverjdenii perechnya importiruyemogo oborudovaniya, komplektuyushix izdeliy, sirya, materialov i furnituri, ne proizvodimix v respublike, vvozimix s osvobojdeniyem ot tamojennix platejey”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 1-band hamda ilovaning nomidan “predpriyatiyami assotsiatsii ““Uzcharmsanoat”” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali charm va mo‘yna xom ashyosini olib chiqishni monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 303-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 729-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yengil sanoat korxonalarining foiz stavkasi xorijiy valyutada 7 foizdan va milliy valyutada 16 foizdan baland bo‘lgan amaldagi kreditlarini Agentlikning mavjud resurslari hisobidan xorijiy valyutada qayta kreditlash”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi xatboshi beshinchi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) 4-bandda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a” kichik banddagi “12 oy muddatgacha xorijiy valyutada” so‘zlari “36 oy muddatgacha xorijiy valyutada” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“v) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi “Mahalliy yengil sanoat korxonalarining xalqaro yetkazib berish zanjirlarida ishtirokini kengaytirish hamda tashqi bozorlarda o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4-son Farmonining 15-bandida nazarda tutilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “Yengil sanoat sohasida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi PF-174-son Farmonining 11-bandi bilan ajratilgan mablag‘lar hisobidan, shu jumladan, Jamg‘armaga jalb qilinadigan xorijiy kredit liniyalari hisobidan yengil sanoat korxonalarining foiz stavkasi xorijiy valyutada 7 foizdan baland bo‘lgan amaldagi kreditlarini qayta kreditlash asosida, ularning muddatiga mutanosib ravishda, biroq 36 oydan oshmagan muddatga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-yanvardagi “Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-2-son Farmoni 2-bandining “d” kichik bandida ko‘rsatilgan shartlar asosida kreditlar ajratiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) 13-bandning birinchi xatboshisida “Jamg‘armaning ijro organi” so‘zlaridan keyin “rahbarining buyrug‘iga asosan shakllantirilgan komissiyalar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) 18-bandning “z” kichik bandida “malakali mutaxassislarni” so‘zlari “ishchi va mutaxassislarni” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)