1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.05.00 Eksport nazorati]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali charm va moʻyna xom ashyosini olib chiqishni monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli “Charm-poyabzal sanoatida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash hamda eksport salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2019-yil 6-martdagi PF-5684-son Farmoni hamda “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 3-maydagi PQ-3693-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali charm va moʻyna xom ashyosini olib chiqishni monitoring qilish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu qaror 2019-yil 1-maydan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M.Ganiyev va “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi v.b. F.A. Boboyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 12-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
303-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-apreldagi 303-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali charm va moʻyna xom ashyosini olib chiqishni monitoring qilish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali charm va moʻyna xom ashyosini olib chiqishni monitoring qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomning amal qilishi Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (keyingi oʻrinlarda Uyushma deb ataladi) hamda charm va moʻyna xom ashyosini eksport qiluvchi tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda eksportchi tashkilotlar deb ataladi) charm-poyabzal va moʻynachilik sohalaridagi faoliyatiga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali charm va moʻyna xom ashyosini olib chiqishni monitoring qilish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“vet blyu” — oshlangan yarim tayyor charm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
charm va moʻyna xom ashyosi — TIF TN boʻyicha 4101 — 4107, 4112 00 000 0 — 4114, 4301 — 4302 kodlari bilan tasniflanuvchi mahsulotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Monitoringni amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Charm va moʻyna xom ashyosining eksport hajmi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlari bilan belgilangan hajmlarga muvofiqligi yuzasidan Uyushma tomonidan eksportchi tashkilotlarning eksport kontraktlari monitoringdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Eksportchi tashkilotlar eksport kontraktlari monitoringini amalga oshirish uchun Uyushmaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport kontraktining asli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport kontraktiga narx kalkulyatsiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali “vet blyu” (TIF TN boʻyicha 4104, 4105, 410621 0000 kodlari) xom ashyosini olib chiqish uchun eksport qilinadigan mahsulot qiymatining 10 foizi miqdorida (TIF TN boʻyicha 4104 kodiga muvofiq 2024-yil 1-iyuldan boshlab 10 foiz, lekin bir tonnasi uchun 300 AQSH dollaridan kam boʻlmagan miqdorda, 2026-yil 1-yanvardan boshlab 20 foiz, lekin bir tonnasi uchun 600 AQSH dollaridan kam boʻlmagan miqdorda, 2028-yil 1-yanvardan boshlab 30 foiz, lekin bir tonnasi uchun 900 AQSH dollaridan kam boʻlmagan miqdorda) Uyushmaning Charm-poyabzal sohasini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga toʻlangan yigʻim boʻyicha toʻlov hujjati nusxasi yoki yigʻim summasini bir oy muddat ichida toʻlab berish boʻyicha kafolat xati (mayda shoxli molning TIF TN boʻyicha 4105, 4106 21 000 0 kodlari boʻyicha tasniflanadigan yarim tayyor charmini olib chiqishda undirilishi belgilangan eksport qilinadigan mahsulot qiymatining 10 foizi miqdoridagi yigʻim 2025-yil 1-yanvarga qadar undirilmaydi).
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 642-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/642/0786-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Eksportchi tashkilotlar tomonidan taqdim qilingan eksport kontraktlari Uyushma tomonidan ikki ish kuni muddatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlari bilan belgilangan hajmlarga muvofiqligi boʻyicha monitoringdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Eksport kontraktlari monitoringini amalga oshirishda bozor konyunkturasini va ishlab chiqarish xarajatlarini tahlil qilish jarayonida kontraktda koʻrsatilgan narxlarning nisbatan pastligi yuzasidan asosli shubha paydo boʻlganida Uyushma charm va moʻyna xom ashyosining oʻrtacha narxlari toʻgʻrisida eksportchi tashkilotga tavsiyaviy xulosa beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Eksportchi tashkilotlar tomonidan taqdim qilingan eksport kontraktlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlari bilan belgilangan hajmlarga muvofiq boʻlgan hollarda Uyushma ushbu eksportchi tashkilotlar va kontraktlar boʻyicha uch ish kuni muddatida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda maʼlumotnoma beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Eksportchi tashkilotlar tomonidan taqdim qilingan eksport kontraktlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlari bilan belgilangan hajmlarga muvofiq boʻlmagan hollarda barcha hujjatlar kamchiliklari koʻrsatilgan holda ikki ish kuni muddatida Uyushma tomonidan eksportchi tashkilotga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Eksportchi tashkilot tomonidan Uyushmaga monitoring uchun taqdim qilingan hujjatlarning asl nusxalari eksportchi tashkilotga qaytariladi, hujjatlar nusxalari Uyushmada saqlash uchun qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali charm va moʻyna xom ashyosini olib chiqishni nazorat qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Charm va moʻyna xom ashyosi eksportining bojxona nazorati Uyushma tomonidan eksportchi tashkilot toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga taqdim qilingan maʼlumotnoma asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Uyushma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga taqdim qilingan maʼlumotnomalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali charm va moʻyna xom ashyosini olib chiqish (eksport) monitoringi va hisobini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi har oy yakuni bilan, keyingi oyning 5-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib chiqilgan charm va moʻyna xom ashyosi toʻgʻrisidagi eksportchi tashkilotlar kesimidagi maʼlumotlarni Uyushmaga taqdim etib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Eksportchi tashkilotlar eksport kontraktlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq toʻgʻri tuzilishi, Uyushmaga monitoring uchun mazkur Nizomga muvofiq taqdim qilingan hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi, charm va moʻyna xom ashyosi eksport narxlarining toʻgʻri shakllantirilishi, bojxona chegarasi orqali olib chiqilayotgan charm va moʻyna xom ashyosining mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan TIF TN kodlariga toʻgʻri kelishi boʻyicha javobgardirlar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ushbu Nizom talablarini buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali charm va moʻyna xom ashyosini olib chiqishni monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali charm va moʻyna xom ashyosini olib chiqishni monitoring qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali charm va moʻyna xom ashyosini olib chiqishni monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
_______-son
20 ___ yil “___” ________________
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi*
_____________________________________________________________________________________________ning (tashkilot nomi) ___________________________________________________________________________________ kodlari boʻyicha (TIF TN kodlari) _______________________________________________________________________________________ miqdorida (hajmi va summasi) (har bir TIF TN kodi boʻyicha alohida koʻrsatiladi)
charm va moʻyna xom ashyosini eksport qilish boʻyicha 20___ yil “___” __________ dagi _____-sonli kontrakti “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali charm va moʻyna xom ashyosini olib chiqishni monitoring qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq monitoringdan oʻtkazildi.
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi
___________________________________ (F.I.O.)
M.Oʻ
_______________________ (imzo)
_______________________ (lavozimi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* “Oʻzcharmsanoat” uyushmasining rasmiy blankasida rasmiylashtiriladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2019-y., 09/19/303/2930-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 08.10.2024-y., 09/24/642/0786-son)