T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish |
1. | “Mahalla yettiligi” aʼzolarining mahallalarda vakolatlarini takrorlovchi yoki ortiqcha vazifalarini xatlovdan oʻtkazish hamda oʻzaro hamkorlikdagi ish faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 1. “Mahalla yettiligi” aʼzolariga yuklatilgan vazifalarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish. | 2026-yil iyul | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. “Mahalla yettiligi”ning oʻzaro hamkorlikda ishlash mexanizmlari hamda ularning kollegial masʼuliyati va javobgarligi doirasini aniq belgilash hamda faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish. | 2026-yil avgust |
3. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil sentabr |
2. | “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi qonuni loyihasini ishlab chiqish. | 1. Sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish. | 2026-yil oktabr | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Adliya vazirligi, Markaziy saylov komissiyasi (kelishuv asosida) |
2. Qonun loyihasini belgilangan tartibda ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil dekabr |
II. Tashkiliy chora-tadbirlar |
3. | Mahallalarda aholi muammolari bilan ishlashda deputatlar rolini yanada kuchaytirish. | 1. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari deputatlarining mahallalarda aholi bilan har oyda uchrashuv oʻtkazish jadvalini ishlab chiqish. 2. Deputatlarning mahallalarda aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etish. | 2026-yil iyul | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman va shaharlar kengashlari, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi |
3. Mavjud muammolarni hal etish hamda muddat talab etadigan masalalar boʻyicha uzoq va yaqin muddatga moʻljallangan dasturlarni ishlab chiqish va ijrosini taʼminlash. | Tasdiqlangan jadval asosida |
4. | Mahalla fuqarolar yigʻinlari kengashi yigʻilishlarida mahalladagi davlat taʼlim va sogʻliqni saqlash tashkilotlari rahbarlari (respublika va viloyat darajasidagi tashkilotlar bundan mustasno), “mahalla yettiligi” aʼzolari hamda mahalla bankirining amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobotini eshitish amaliyotini takomillashtirish. | 1. Mahalla fuqarolar yigʻinlari kengashi yigʻilishlarida mahalladagi: atrof-muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holati, uni obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish masalalari yuzasidan oʻz vakolati doirasida tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini; | 2026-yil sentabrdan boshlab har oyning birinchi oʻn kunligida | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
“mahalla yettiligi” aʼzolari hamda mahalla bankirining oʻz vazifalaridan kelib chiqib amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitib borish. | 2026-yil avgustdan | “Mahalla yettiligi”ga masʼul vazirlik va idoralar |
2. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi mahalladagi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi. | Har chorakda | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi |
5. | “Yashil makon” umummilliy loyihasini mahallalarda yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish. | 1. Mahallalarda iqlim va hudud tuproq unumdorligidan kelib chiqib, daraxt koʻchatlarini ekish joylarini belgilash. | Har yili mart — oktabr | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi |
2. Bahor hamda kuz mavsumlarida mevali va manzarali hamda buta koʻchatlarini ekish ishlarini tashkil qilish. | Doimiy |
3. Koʻchatlarni doimiy parvarishlash uchun masʼul tashkilotlar, koʻchaboshi va xonadon egalarini biriktirish. | Doimiy |
6. | Mahalla raislari reytingini eʼlon qilib borish tizimini yoʻlga qoʻyish. | 1. Mahalla raislarining faoliyatini baholash koʻrsatkichlar (indikatorlar) tizimini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2026-yil iyul | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Boshqaruv samaradorligi agentligi |
2. Mahalla raislari faoliyatini baholash, monitoring qilish va tahlil etish. 3. Faoliyati eng namunali hamda koʻrsatkichlari past boʻlgan mahalla raislari roʻyxatini shakllantirish. 4. TOP-100 talik mahallalar reytingini “Mahalla” gazetasi va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish. | Har chorakda |
7. | Mahallalarda ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy muhitni yanada sogʻlomlashtirish maqsadida aholi oʻrtasida targʻibot tadbirlarini tashkil etish. | Mahallalarda: “Yurt tinchligi va taraqqiyotiga mening hissam”, “Maqsad, burch va masʼuliyat”, “Yashash baxti”; “Oila — muqaddas dargoh”, “Oila — mehr-oqibat beshigi”, “Maʼnaviyat oiladan boshlanadi”; “Sogʻlom turmush tarafdorimiz!”; “Dunyo va din odobi”, “Ommaviy madaniyat”ning halokatli taʼsiri”, “Jaholatga qarshi maʼrifat”; “Mening mahallam maishiy korrupsiyadan xoli mahalla” singari maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish. | 2026-yil iyuldan boshlab doimiy | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
8. | Ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining aholi muammolarini hal etish boʻyicha mahallalarda amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotini eshitish tizimini yoʻlga qoʻyish. | 1. Ijro etuvchi hokimiyat organlarining mahallalar bilan hamkorlikda aholi muammolarini oʻrganish va “tezkor infratuzilma diagnostikasi”ni amalga oshirish. | 2026-yil 1-avgust | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Amalga oshirilgan ishlar boʻyicha axborot, sohadagi tizimli muammolar va ularning yechimlari boʻyicha takliflar berish: | 2026-yil 15-avgust |
har chorakda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar kengashida; har oyda — Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlarida. | 2026-yil davomida |
9. | Mahallalarda aholi kayfiyati, muammolarni hal etish darajasi hamda “mahalla yettiligi” faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha onlayn sotsiologik soʻrovlarni tizimli ravishda tashkil etish amaliyotini joriy etish. | 1. Mahallalarda aholi oʻrtasida onlayn sotsiologik soʻrov oʻtkazish boʻyicha qoʻshma qaror loyihasini ishlab chiqish. | 2026-yil iyul | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi |
2. Sotsiologik soʻrov natijalarini tahlil qilish asosida mahallalarni “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratish hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash. | Har chorakda |
10. | “Mahalla yettiligi” aʼzolarining huquqiy savodxonligini oshirib borish, ilgʻor tajribalarni ommalashtirish chora-tadbirlarini koʻrish. | 1. Yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlarini “mahalla yettiligi” aʼzolariga tezkor yetkazish choralarini koʻrish. | 2026-yil iyul-avgust | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, “Mahalla davriy nashrlari” MCHJ |
2. “Mahalla” gazetasi, “Mahalla koʻzgusi” jurnali, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining axborot tarmoqlari orqali qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati sodda va xalqchil tilda yoritib borilishini taʼminlash. 3. Har haftada ikki marotaba hududlardagi “mahalla yettiligi”ning ilgʻor tajribalarini yoritish. | Doimiy |
11. | Mahallalarda oilalar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish tizimini yaratish. | 1. “Biz — kitobxon oilamiz!” shiori ostida tanlovlarni oʻtkazish boʻyicha qoʻshma qaror loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2026-yil iyul | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
2. Qoʻshma qaror talablaridan kelib chiqib tanlovlarni oʻtkazish. | 2026-yil avgust |
3. Mahallalarda “Kitobxonlik — kelajak kafolati”, “Yosh kitobxon”, “Oilaviy kitobxonlik — azaliy qadriyat” singari kitobxonlik tadbirlarini oʻtkazish. | Doimiy |
12. | Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish va uning faoliyatini raqamlashtirishga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar talablarini tushuntirish boʻyicha tuman va shaharlarda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi va “mahalla yettiligi” aʼzolari uchun oʻquv seminarlarini tashkil etish. | 1. Oʻquv seminarlarini oʻtkazish reja-grafigi va targʻibot materiallar loyihasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash. | 2026-yil iyul | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Tuman va shaharlar kesimida tasdiqlangan grafik asosida oʻquv seminarlarini oʻtkazish. | 2026-yil davomida |
13. | Milliy urf-odatlar, anʼanalar va qadriyatlarni keng targʻib etish maqsadida “Mahalla — qadriyatlar maskani” haftaligini tashkil etish. | 1. Haftalikni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Haftalik doirasida milliy urf-odatlar, anʼanalar va qadriyatlarni targʻib etuvchi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, uchrashuvlar, koʻrgazmali darslarni tashkil etish. | 2026-yil iyul | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi |
14. | Xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishda mahallaning rolini oshirish. | 1. Mahallalardagi Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi faoliyatini tahlil qilish va uning samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar loyihasini ishlab chiqish. | 2026-yil iyul | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi |
2. Mahallada tazyiq va zoʻravonlikning mazmun-mohiyatini tushuntirish. 3. Tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil boʻlgan shaxslarning zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish va ijtimoiy reabilitatsiya qilish choralarini koʻrish. | Har oyda |
15. | Erta nikoh va erta tugʻuruqlarning oldini olish hamda oilaviy ajrim va ajrim yoqasidagi oilalar bilan individual ishlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish. | 1. Ijobiy tajribaga erishgan yoki aksincha koʻrsatkichlari salbiy boʻlgan mahallalar amaliyotini tahlil qilish orqali tegishli muammolarni hal qilish mexanizmlarini joriy etish boʻyicha hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda uni vazirlik va idoralar bilan kelishish. 2. Kelishilgan hujjat loyihasini qoʻshma qaror bilan tasdiqlash va amaliyotga joriy etish. | 2026-yil avgust | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi |
16. | Mahallalarda yoshlar oʻrtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi targʻibot hamda tarbiyaviy-profilaktik tadbirlarni oʻtkazish. | 1. Mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan “Giyohvandlik — umr zavoli” mavzusida targʻibot tadbirlarini tashkil etish. | 2026-yil har oyda | Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi |
2. Giyohvandlik va narkojinoyatlarni aniqlashda jamoatchilik imkoniyatlaridan samarali foydalanish. | Doimiy |
3. “Narkojinoyatlardan xoli mahalla” tamoyili ostida sport musobaqalari va koʻngilochar tadbirlarni tashkil etish. | Har chorakda |
17. | “Mahalla raisi bilan yoshlar muloqoti” uchrashuvlarini tashkil etish. | 1. Mahalla raisi va yoshlar muloqot uchrashuvi jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlangan jadvallar asosida uchrashuvlarni mahallalarda, ayniqsa, eng chekka, olis hududlarda oʻtkazish. 2. Uchrashuvlarda yoshlar tomonidan bildirilgan takliflar va muammolarni tizimlashtirish, ularni hal etish. | 2026-yil iyul oyidan boshlab doimiy | Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi |
18. | Mahallalarda jinoyatlarning barvaqt oldini olishda jamoatchilik imkoniyatlaridan keng foydalanish. | 1. Mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimiga kiritilgan huquqbuzarlik sodir etish yoki huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli yuqori boʻlgan shaxslarga mahalla jamoatchilik vakillarini biriktirish. | 2026-yil iyun | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Ichki ishlar vazirligi |
2. Sodir etilgan huquqbuzarliklarni keng jamoatchilik oʻrtasida muhokama qilish orqali taʼsirchan targʻibot tadbirlarini amalga oshirish. | Doimiy |
3. Jinoyatchilikdan xoli mahallalar ijobiy tajribasini ommalashtirish. | Har chorakda |
19. | “Obod xonadon”, “Obod koʻcha” va “Obod mahalla” koʻrik-tanlovini oʻtkazish. | 1. Koʻrik-tanlovni tashkil etish va oʻtkazish nizomi va tashkiliy qoʻmita tarkibini tasdiqlash. | 2026-yil iyul | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Tanlovni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish. 3. Koʻrik-tanlov gʻoliblarini idoraviy va davlat mukofotlariga tavsiya etish. | Reja-grafik asosida |
20. | Aholi uchun qulay sharoit yaratish, hududni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish hamda kommunal xizmatlar koʻrsatish sifatini yaxshilash uchun mahalla bilan boshqaruv servis kompaniyasining uzviy hamkorligini taʼminlash. | 1. “Raqamli mahalla” platformasida “aholi muammolari” moduli bilan “Mening uyim” platformasi “aholi murojaati” modulini integratsiya qilish. | 2026-yil iyul | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Adliya vazirligi |
2. Platformaga kelib tushgan murojaatlarni tizimli hal etish hamda aholi bilan ishlash faoliyati qoniqarsiz boʻlgan boshqaruv servis kompaniyalariga nisbatan chora koʻrish boʻyicha qoʻshma qaror loyihasini ishlab chiqish. | 2026-yil avgust |
21. | Mahallalarda tozalik va ozodalik oyligi doirasida hasharlarni yuqori saviyada tashkil etish. | 1. Har bir mahallada amalga oshiradigan “oylik” manzilli rejalarini ishlab chiqish hamda koʻtarinki ruhda oʻtkazilishini tashkil etish. 2. Hasharlar samaradorligini oshirish uchun mahalla faollari va koʻcha (uy) boshilardan iborat monitoring guruhini tashkil qilish. | Har oyda | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
22. | Oilalar oʻrtasida nikoh shartnomasini tuzishda ragʻbatlantirish amaliyotini qonunchilikka kiritish boʻyicha taklif ishlab chiqish. | 1. Manfaatdor vazirlik va idoralardan iborat ishchi guruh tuzish. | 2026-yil iyul | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Adliya vazirligi |
2. Xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish va amaliyotda qoʻllanadigan samarali modellarni tahlil qilish. | 2026-yil avgust |
3. Qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil sentabr |
23. | Mahallalarda odam savdosi, majburiy mehnat va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha targʻibot tadbirlarini tashkil etish. | 1. Mahallalarda targʻibot guruhlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish. 2. Targʻibot materiallarini ishlab chiqish va mahallalarga yetkazish. | 2026-yil iyul | Ichki ishlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari |
3. Targʻibot tadbirlarini amalga oshirish. | Yil davomida |
24. | Oʻz xizmat binosiga ega boʻlmagan, avariya holatidagi, shuningdek, rekonstruksiya va kapital taʼmirga muhtoj mahalla binolarida qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish. | 1. Oʻz xizmat binosiga ega boʻlmagan, avariya holatidagi, shuningdek, binosi rekonstruksiya va kapital taʼmirga muhtoj mahallalar roʻyxatlarini shakllantirish. | 2026-yil iyul | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi |
2. Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi va homiylik mablagʻlari hisobidan 1800 ta mahalla binolarini joriy taʼmirlash. 3. Avariya holatidagi, shuningdek, rekonstruksiya va kapital taʼmirga muhtoj mahalla binolarida qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish. | 2026-2027-yillarda |
25. | Mahalla binolarini qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari asosida modernizatsiya qilish. | 1500 ta mahalla binolariga quyosh panelini oʻrnatish. | 2026-yil davomida | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari |
26. | Mahallalar moddiy-texnika bazasini yaxshilash choralarini koʻrish. | 2 078 ta mahallani kompyuter, 2 005 ta mahallani printer hamda 3 296 ta mahallani mebel jihozlari bilan taʼminlash. | 2026-yil davomida | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
27. | Mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash, shuningdek, tungi yoritish chiroqlari va kuzatuv kameralarini oʻrnatish. | 1. Mahalla hududidagi koʻchalar, jamoat joylariga yoritish chiroqlarini oʻrnatish. 2. Mahallalarning kirish-chiqish joylariga bosqichma-bosqich yuzni va transport vositalarini tanib oluvchi kameralarni oʻrnatish. 3. Koʻp qavatli uylarning yoʻlaklaridagi kirish eshiklarida zamonaviy domofon vositalarini oʻrnatish. | 2026-yil davomida | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
28. | Aholining huquqiy va siyosiy ongi, maʼnaviyati va dunyoqarashini oshirishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish. | 1. Maʼnaviy-maʼrifiy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. | 2026-yil iyul | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Adliya vazirligi, Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi |
2. Aholi oʻrtasida mutasaddi tashkilotlar va idoralarni jalb qilgan holda uchrashuvlar, davra suhbatlari va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish. | Doimiy |
29. | Aholi oʻrtasida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish. | 1. Ziyolilar va mahallalardagi obroʻli nuroniylar ishtirokida targʻibot guruhlarini shakllantirish. 2. Aholi oʻrtasida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ixcham va tartibli oʻtkazish boʻyicha targʻibot tadbirlarini oʻtkazish. | Doimiy | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar |
30. | Markaziy shaharlardagi xonadonlar soni 1 000 tagacha boʻlgan mahallalar faoliyatini tashkiliy va moliyaviy jihatdan takomillashtirish. | 1. Amaldagi mahallalar boshqaruv tizimining samaradorligini oʻrganish. 2. Belgilangan talablarga javob bermaydigan mahallalarni birlashtirish, ularni ixchamlashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil noyabr | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
31. | Mahallalarda boʻsh turgan bino-inshootlardan samarali foydalanish. | 1. Mahallalarda boʻsh turgan bino-inshootlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Shakllantirilgan boʻsh turgan bino-inshootlarning roʻyxatini fuqarolar eʼtiboriga havola etish uchun mahalla binolarida qulay joyga ilib qoʻyish. 3. Xorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilgan holda aholi uchun zarur boʻlgan xizmat koʻrsatish, ishlab chiqarish va boshqa tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilish. | 2026-yil davomida | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lar hokimliklari |
32. | Mahallalarning chegaralarini tasdiqlash hamda chegaralar chizmasini har bir mahalla binolariga oʻrnatish. | 1. Kadastr agentligi tomonidan taqdim etilgan kadastr hujjatlari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri kengashlarida mahallalarning chegaralarini tasdiqlash. 2. Mahallalar chegaralari chizmasini har bir mahalla binolariga oʻrnatish. | 2026-yil iyul | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lar hokimliklari, Kadastr agentligi |
33. | Mahallalarning nomlarini qonunchilik talablariga muvofiq qaytadan koʻrib chiqish. | 1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha hududiy komissiyalar bilan barcha (jumladan, bir xil nomda yuritiladigan, nomlari talabga javob bermaydigan) mahallalarning nomlarini qonunchilik talablariga muvofiq qaytadan koʻrib chiqish. | 2026-yil iyul | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lar hokimliklari, Kadastr agentligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi |
2. Mahallalarning nomlari “Raqamli mahalla” platformasi mahallaning yagona reyestri moduli orqali yuritilishini amalga oshirish. | Doimiy |
34. | Mahallalarning kadastr boʻyicha toʻliq qaytadan boʻlinishini hamda yangi kadastr raqamlarini shakllantirish uchun “UzKAD” tizimiga tuzatishlar kiritish. | 1. Mahallalar chegaralaridagi oʻzgarishlarni inobatga olgan holda mahallalarni kadastr boʻyicha toʻliq qaytadan xatlovdan oʻtkazish. | 2026-yil iyul | Kadastr agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lar hokimliklari, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi |
2. Mahallalarning yangi kadastr raqamlarini shakllantirish uchun “UzKAD” tizimiga tuzatishlar kiritish. | 2026-yil avgust |
35. | Mahallalarda nuroniylar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish. | 1. Mahallalarda “Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” tamoyilini qaror toptirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlardan foydalanish samaradorligini oʻrganish. | 2026-yil iyul | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi |
2. Mahallalarda katta hayotiy tajribaga ega boʻlgan obroʻ-eʼtiborli uch nafar faol nuroniyning har biriga beshtadan kambagʻal oilalarni biriktirish orqali ularni kambagʻallikdan chiqarishga koʻmaklashishini taʼminlash. | 2026-yil avgust |
3. Oilalarni kambagʻallikdan chiqarish hamda yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda nuroniylarning bilim va boy hayotiy tajribasidan foydalangan holda muhokamalar oʻtkazib borish. | Har oyda |
36. | Mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashda keksa yoshdagi fuqarolar imkoniyatidan foydalanish. | 1. Har bir mahallada Nuroniylar va ota-onalar kengashini tashkil etish. | 2026-yil iyul | “Nuroniy jamgʻarmasi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lar hokimliklari |
2. Faol nuroniylar va “mahalla yettiligi” aʼzolari bilan hamkorlikda oilalarning ijtimoiy-maʼnaviy muhiti va ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilashda yaqindan yordam berish tizimini yoʻlga qoʻyish. | Doimiy |
3. Faol nuroniylarni ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | Har oyda |
37. | Uyushmaning qisqa raqami orqali kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish. | 1. Murojaatlarni qabul qilish va yoʻnaltirishni raqamlashtirish uchun “Raqamli mahalla” platformasida koll-markaz modulini yaratish. | 2026-yil iyul | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi |
2. “Unicon soft” MCHJ dasturiy taʼminoti bilan “Raqamli mahalla” modulini integratsiya qilish. | 2026-yil avgust |
3. Murojaatlarni masʼullarga onlayn yoʻnaltirish va ijrosini monitoring qilish. | Doimiy |
III. Mahallalar faoliyatini raqamlashtirish |
38. | Mahalla fuqarolar yigʻinlari kengashlarida qarorlar qabul qilish va ovoz berish jarayonlarini raqamlashtirish. | 1. “Raqamli mahalla” platformasida mahalla fuqarolar yigʻinlari kengashlari qarorlarini qabul qilish va ovoz berish jarayonlarini qamrab olgan alohida modul ishlab chiqish. | 2026-yil oktabr | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
2. Mahalla fuqarolar yigʻinlari kengashlari qarorlari modulini tegishli vazirlik va idoralar axborot tizimlariga integratsiya qilish. | 2026-yil oktabr |
39. | “Mahalla yettiligi” faoliyatiga oid maʼlumotlarni “Raqamli mahalla” platformasida aks ettirish, aholi muammolarini xonadonbay oʻrganish hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ularning hal etilishini onlayn nazorat qilish tartibini joriy etish. | 1. Vazirlik va idoralarning elektron tizimlaridagi platforma va boshqa maʼlumotlardan “Raqamli mahalla” platformasiga toʻliq integratsiya qilinishi zarur boʻlgan maʼlumotlar roʻyxatini shakllantirish. | 2026-yil iyul | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Shakllantirilgan roʻyxat asosida maʼlumotlarni bosqichma-bosqich integratsiya qilish ishlarini amalga oshirish. 3. “Mahalla yettiligi” aʼzolari tomonidan har bir xonadon kesimida muammolarni reja-grafikka asosan oʻrganib borish, aniqlangan muammolar “Raqamli mahalla” elektron platformasiga kiritilishini taʼminlash. 4. Muammolarni tegishliligi boʻyicha “Raqamli mahalla” elektron platformasida sunʼiy intellekt orqali tegishli vazirlik va idoralarga taqsimlash imkoniyatini yaratish, ular hal qilinmagunga qadar ijro holatini nazoratga olish mexanizmlarini joriy etish. | 2026-yil sentabr — noyabr |
40. | Uyushma tizimidagi xodimlar hamda “mahalla yettiligi” vakillarini doimiy oʻqitish, ijtimoiy-siyosiy bilim va koʻnikmalari, malakasini oshirish maqsadida “Raqamli mahalla” platformasida masofaviy oʻqitish tizimini yoʻlga qoʻyish. | 1. Mutasaddi vazirlik, idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda mutaxassislik hamda shaxsiy rivojlanish onlayn kurslarini (maʼruza va videorolik koʻrinishida) ishlab chiqish va platformaga joylash. | 2026-yil iyul-avgust | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Adliya vazirligi, Boshqaruv samaradorligi agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Har chorak yakuni bilan Uyushma tizimidagi xodimlar hamda “mahalla yettiligi” vakillarining malaka oshirishlarini tashkil etish va oʻquv natijalariga koʻra xodimlar reytingini yuritish. | 2026-yil avgustdan boshlab doimiy |
41. | Uyushma tizimidagi xodimlar hamda mahalla raislarini oʻqitish, malakasini oshirish va xorijiy davlatlarda stajirovka oʻtashlarini tashkil etish. | 1. Oʻqitish va malaka oshirish dasturini ishlab chiqish. | 2026-yil iyul | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Boshqaruv samaradorligi agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Uyushma tizimidagi xodimlar va mahalla raislarini bosqichma-bosqich oʻqitish. | Reja-grafik asosida |
42. | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining xodimlarni boshqarishga oid faoliyatini raqamlashtirish maqsadida “HR Mahalla” tizimini joriy etish. | 1. “Raqamli mahalla” platformasida “HR Mahalla” modulini ishlab chiqish. | 2026-yil avgust | Boshqaruv samaradorligi agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Soliq qoʻmitasi |
2. Tizimni YAMMT va “UzAsbo” tizimi bilan integratsiya qilish choralarini koʻrish. | 2026-yil oktabr |
3. Tizimda xodimlarning yagona bazasi hamda zaxira kadrlar bankini yaratish. | 2026-yil noyabr |
43. | “Mahalla yettiligi” aʼzolarini shaxsiy-professional diagnostikadan oʻtkazish amaliyotini joriy etish. | 1. “Mahalla yettiligi” aʼzolarini shaxsiy-professional diagnostikadan oʻtkazish metodikasini ishlab chiqish. | 2026-yil iyun | Boshqaruv samaradorligi agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. “Mahalla yettiligi” aʼzolarini diagnostikadan oʻtkazish natijalarini “Raqamli mahalla” platformasiga uzatib borish tizimini yoʻlga qoʻyish. | Doimiy |
3. “Mahalla yettiligi” aʼzolarining shaxsiy-professional diagnostikasi natijalariga koʻra mahalladagi “mahalla yettiligi” vakillaridan iborat salohiyatli kadrlar zaxirasini shakllantirish. | Har chorakda |
44. | Aholining statistik koʻrsatkichlarini inson omilisiz yuritish mexanizmini joriy etish. | Aholiga oid statistik koʻrsatkichlar “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali real vaqt rejimida olinishini taʼminlash. | 2026-yil iyul | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
45. | Mahalla jamgʻarmalari daromadlari va xarajatlarini shakllantirish, “mahalla yettiligi”ning elektron davomatini (tabel) “UzAsbo” elektron tizimi bilan integratsiya qilish. | 1. Platformada shakllanadigan elektron davomat (tabel) hujjati asosida “mahalla yettiligi” aʼzolarining oylik ish haqi hisoblanishini taʼminlash choralarini koʻrish. 2. Mahalla jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlarini hamda “mahalla yettiligi” davomatini “UzAsbo” elektron tizimiga integratsiya qilish. | 2026-yil oktabr | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
46. | Aholini kiberjinoyatlarning shakllari va ularni sodir etish usullari toʻgʻrisida ogohlantirish. | 1. Aholini kiberjinoyatlarning shakllari va ularni sodir etish usullari toʻgʻrisida ogohlantirish maqsadida targʻibot materiallarini tayyorlash. | 2026-yil iyul | Ichki ishlar vazirligi, Raqamli texnologiyalari vazirligi, “Kiberxavfsizlik markazi” DM, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lar hokimliklari |
2. Kibertahdidlardan himoyalanish hamda axborot texnologiyalari sohasida savodxonlikni oshirish boʻyicha “mahalla yettiligi” aʼzolarining bilim va koʻnikmalarini oshirib borish. | 2026-yil iyul-avgust |
3. Yoshlarning virtual zoʻravonlik, maʼlumotlar soxtalashtirilishi (feyk kontent) va ularning ijtimoiy taʼsiriga oid tahdidlar toʻgʻrisida xabardorlik darajasini oshirish. | Doimiy |
47. | Mahallalarda “xorijga ish — mahalladan” tamoyili asosida chet elda ishlash istagida boʻlgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash, xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini tashkil etish choralarini koʻrish. | 1. Chet elda ishlash istagida boʻlgan fuqarolar roʻyxatini mahallalar kesimida shakllantirish. | 2026-yil iyul | Migratsiya agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lar hokimliklari |
2. Yevropa standartlari asosida kasb va tilga oʻrgatish ishlarini tashkil qilish. | Doimiy |
3. Xorijda boʻlib turgan fuqarolar bilan yaqin qarindoshlari orqali bogʻlanish, qiyin ahvolga tushib qolgan, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz yoki mablagʻsiz qolgan fuqarolarga yordam koʻrsatish choralarini koʻrish. | Har oyda |
48. | Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar bandligini taʼminlash. | 1. “Mahalla yettiligi” tomonidan mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni xatlovdan oʻtkazish, oilaviy sharoitini, turmush darajasini oʻrganish. | 2026-yil iyun | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lar hokimliklari |
2. Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarning kasbiy malakasini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini ragʻbatlantirish orqali bandligini taʼminlash. | Doimiy |
3. Mahallalarda davra suhbatlari, uchrashuvlar va boshqa targʻibot tadbirlari oʻtkazish orqali ular ongiga faol, sogʻlom turmush tarzini singdirish boʻyicha profilaktik tadbirlar tashkil etish. | Har oyda |
IV. Mahalla tizimini rivojlantirishda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish |
49. | Mahalla tizimini model sifatida keng targʻib qilish maqsadida “Mahalla elchisi” jamoatchilik lavozimini joriy etish. | 1. Xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoshlar, oʻzbek diasporasi yetakchilari orasida “Mahalla elchisi” jamoatchilik lavozimini joriy etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2026-yil iyul | “Vatandoshlar” jamoat fondi, Tashqi ishlar vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi |
2. Xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoshlar, oʻzbek diasporasi yetakchilari tajribasini AQSH, Germaniya, Koreya Respublikasida oʻtkazish. | 2026-yil sentabr |
50. | “Mahalla” atamasini YUNESKOning nomoddiy boyliklar roʻyxatiga kiritish choralarini koʻrish. | 1. “Mahalla” atamasini YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ roʻyxatiga kiritish boʻyicha hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2026-yil avgust | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Tashqi ishlar vazirligi |
2. Turkiya Respublikasi bilan hamkorlikda “Mahalla” istilohini YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ roʻyxatiga kiritish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish. | 2026-yil sentabr |