21.12.2023 yildagi PF-209-son
Mahallalarni qo‘llab-quvvatlashni yanada takomillashtirish, mahallabay ishlashga mas’ul bo‘lgan shaxslar faoliyatini samarali tashkil etish va ularning hamkorligini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 127-moddasiga muvofiq fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularga qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirishda ko‘maklashish maqsadida:
b) mahalla raisiga 1-ilovadagi vazifalarni bajarish tavsiya etiladi;
5-ilovada keltirilgan ijtimoiy yordam turlarini ko‘rsatish va subsidiyalar ajratish “mahalla yettiligi”ning kollegial qarorlari asosida amalga oshiriladi;

T/r

Ijtimoiy yordam va subsidiyalar turi**

Miqdori

I. Hokim yordamchisi tomonidan shakllantiriladigan hujjatlar

1.

Tomorqa yer egalariga yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun subsidiya ajratish

Bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi o‘rinlarda — BHM) 30 baravarigacha

2.

Tomorqa yer egalariga sug‘orish vositalari xarid qilish uchun subsidiya ajratish

BHMning 10 baravarigacha

3.

Urug‘liklar va ko‘chatlar sotib olish uchun subsidiya ajratish

BHMning 3 baravarigacha

4.

Ishsiz fuqarolar, kam ta’minlangan oilalar a’zolari va tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarga ularning bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga u�ush sifatida kiritish uchun subsidiya ajratish

BHMning 10 baravarigacha

5.

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qo‘lda gilam va ipak mato to‘qish bilan shug‘ullanuvchilarga 3 tadan kam bo‘lmagan ish o‘rni yaratish sharti bilan gilam va ipak mato to‘qish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratish

BHMning 10 baravarigacha

6.

Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi a’zolariga qo‘l mehnati uchun uskunalar xarid qilish bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun kamida bitta ish o‘rni yaratish sharti bilan subsidiya ajratish

BHMning 10 baravarigacha

7.

Jismoniy shaxslarning aholi xonadonlarida baliq yetishtirish yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qish xarajatlarini qoplash uchun bir martalik subsidiya ajratish

BHMning 2 baravaridan oshmagan miqdorda

8.

Tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish

7 million so‘mgacha, xotin-qizlarga 10 million so‘mgacha

9.

Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara to‘lovini to‘lash uchun subsidiya ajratish

BHMning 10 baravarigacha

10.

Aholi bandligiga ko‘maklashish markazida ro‘yxatdan o‘tgan, tadbirkorlik faoliyatini boshlashni xohlayotgan ishsiz shaxslarga — yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun sarflanadigan xarajatlarni to‘lashda bir martalik subsidiya ajratish

BHMning 1 baravarigacha

11.

Kasb-hunarga o‘qitish markazlarining o‘quv xonalarida o‘qitish qiyin bo‘lgan kasb yo‘nalishlarida “ustoz-shogird” an’analari asosida hunar o‘rganmoqchi bo‘lgan yoshlarga yoki hunar o‘rgatayotgan (yoki o‘rgatmoqchi bo‘lgan) ustalarga shogirdlar tayyorlash yoki shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlash

Har oyda BHMning 4 baravarigacha

12.

Kasanachilik faoliyatini tashkil etgan talabgorga har bir kasanachining dastlabki uch oy davomidagi kasanachilik faoliyati uchun bir martalik subsidiya ajratish

Bir oylik o‘rtacha daromadi miqdorida

13.

Tadbirkorlik subyektlariga kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan ishsiz va ish qidirayotgan, shuningdek, “Temir daftar” va “Ayollar daftari” yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolarga asbob-uskunalar va xomashyo xarid qilish bo‘yicha xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish

BHMning 30 baravarigacha

14.

Tadbirkorlik subyektlariga kasanachilik yoki hunarmandchilik asosida uy sharoitida ishlayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish joyini moslashtirish hamda moslashtirilayotgan har bir ish joyi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish

BHMning 40 baravarigacha

15.

Tadbirkorlik subyektlariga kasanachilarni kasb-hunarga o‘qitishga sarflanadigan xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish

Har bir kasanachi uchun har oyda BHMning 2 baravarigacha

16.

Tadbirkorlik subyektlariga aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun jalb qilingan har bir kasanachi uchun foizsiz ssuda ajratish

1 million so‘mgacha, biroq 2 yilgacha muddatga jami 150 million so‘mgacha

17.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar ajratish

Jismoniy shaxslarga 33 million so‘mgacha, yuridik shaxslarga 300 million so‘mgacha

18.

Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuman (shahar)larning toifasiga qarab quyidagi maqsadlar uchun:

“ustoz-shogird” an’analari asosida yoshlarga hunar o‘rgatayotgan hunarmandlarga shogirdlar tayyorlash, zarur xomashyo sotib olish va shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlash uchun;

BHMning 2 baravaridan 5 baravarigacha
Xarajatlarning

shogirdlarga — mustaqil faoliyat boshlashi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olish uchun;

50-75 foizi, biroq BHMning 30 baravarigacha

ustalarga — internet saytlarini yaratish, o‘z mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama xarajatlari uchun;

Xarajatlarning 50-75 foizi, biroq BHMning
30 baravarigacha

hunarmandlarning Hunarmand uyushmasiga a’zolik badali xarajatlari uchun subsidiya ajratish

BHMning 5 baravarigacha

II. Xotin-qizlar faoli tomonidan shakllantiriladigan hujjatlar

1.

Kamida ikki haftalik, lekin olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga, ayrim hollarda esa Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan holda, o‘n bir oygacha muddatga band bo‘lmagan aholini haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish

Mehnat shartnomasiga asosan belgilanadigan miqdorda

2.

Ish beruvchilarga — aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari yo‘llanmasi bo‘yicha ishga qabul qilingan xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun to‘lovni amalga oshirish

Har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda BHMning 4 baravari

3.

Kasb-hunarga ega bo‘lmagan ishsiz xotin-qizlarni ka�b-hunarga o‘qitish, qayta tayyorlash va ularni malakasi oshirish kurslariga jalb etish

Hisob-kitobga ko‘ra

4.

Tadbirkorlik subyektlariga ish o‘rinlari va sharoitlarini nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirish uchun subsidiya ajratish

Har bir moslashtirilayotgan ish joyi uchun BHMning 40 baravarigacha

5.

Sektor rahbari xulosasi asosida bir martalik moddiy yordam berish

BHMning 2 baravari

6.

Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kredit ajratish

33 million so‘mgacha

7.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan xotin-qizlarni maxsus o‘qitish dasturi bo‘yicha o‘qitilishini ta’minlash

Hisob-kitobga ko‘ra

8.

Bir martalik moddiy yordam berish

BHMning 4 baravari

9.

Sektor rahbari xulosasi asosida, og‘ir turmush sharoitidagi (uy-joyi ta’mirlashga muhtoj, biroq oilasining moddiy imkoniyati yetmaydigan) xotin-qizlarning uy-joyini ta’mirlash

BHMning 30 baravarigacha

10.

Turar joy ijarasi uchun kompensatsiya to‘lash

Turar joy ijarasi uchun to‘lovlarning 50 foizi, lekin ko‘pi bilan 500 ming so‘mgacha

11.

Ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalni to‘lab berish va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish

Boshlang‘ich badalni to‘lash: 32 million so‘m

12.

Ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalni to‘lab berish

Uy-joyning hisoblangan qiymatining 10 foizi

13.

Uy-joy bilan ta’minlash

Hisob-kitobga ko‘ra

14.

Sektor rahbari xulosasi asosida, bir martalik moddiy yordam berish

BHMning 2 baravari

15.

Yangi o‘zlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug‘orish tizimi (artezian quduqlar, tomchilatib sug‘orish tizimi va boshqalar) va elektr energiyasi bilan ta’minlash, berilgan yerlarni o‘zlashtirish uchun (er haydash, urug‘lik ko‘chat xarid qilish va boshqalar) subsidiya ajratish

BHMning 40 baravarigacha

16.

O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan (ta’lim shaklidan qat’i nazar) “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlar yoxud ularning oliy ta’lim tashkilotida tahsil olayotgan ikki va undan ortiq farzandlarining bir nafariga bir marotaba to‘lov-kontrakti to‘lab berish

BHMning 15 baravarigacha

17.

O‘rmon fondi yerlarini ijaraga olgan ijarachilar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazida ro‘yxatdan o‘tgan ishsiz shaxslarni ishga qabul qilgan taqdirda, ularga ish haqi to‘lash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish

6 oy davomida o‘rtacha ish haqining 50 foizi miqdorida, biroq har bir oy uch�n BHMning 2 baravaridan oshmagan miqdorda

18.

Kasb-hunar ta’limi tashkilotlariga — band bo‘lmagan shaxslar, ayniqsa, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar, kam ta’minlangan oilalarda yashovchi xotin-qizlarni kasbga qayta o‘qitishga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish uchun grant ajratish

Har bir ishsiz fuqaro uchun BHMning 4 baravarigacha

19.

Kasb-hunarga o‘qitish markazlari, kollejlar va oliy ta’lim tashkilotlarida kasb-hunarga tayyorlash, agrotexnologiya, bog‘dorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilik sohasida fermer va dehqon xo‘jaliklarining rahbarlari va ishchilari hamda tomorqa yer egalarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni moliyalashtirish uchun grant ajratish

Har bir ishsiz fuqaro uchun BHMning 4 baravarigacha

20.

Tibbiy yordam ko‘rsatish zarurati bo‘lganda, belgilangan tartibda tegishli birlamchi tibbiy sanitariya muassasasi tomonidan statsionar yoki ambulator davolash

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida

21.

Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifaga kiradigan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek ularning voyaga yetmagan (qaramog‘ida 1 guruh nogironligi bo‘lgan farzandlarining yoshidan qat’iy nazar) farzandlarini o‘rnatilgan tartibda elektron navbatga qo‘yish orqali viloyat yoki respublika darajasida tibbiy muassasalarda davolash

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida

22.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va (yoki) ularning voyaga yetmagan (qaramog‘ida I guruh nogironligi bo‘lgan farzandlarining yoshidan qat’i nazar) farzandlariga davolash, dori-darmon olib berish yoki murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun mablag‘ zarur bo‘lgan holatlarda tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi va sektor rahbari xulosalari bilan tibbiy muolaja xarajatlarini to‘lab berish

Dori-darmon olib berish uchun BHMning 20 baravarigacha;
murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun BHMning 100 baravarigacha

23.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, nogironligi bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar va ularning farzandlarini reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash

Hisob-kitobga ko‘ra

24.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan yoki surunkali hamda yuqumli kasalliklarga chalingan ehtiyojmand xotin-qizlarning va (yoki) ularning voyaga yetmagan (qaramog‘ida I guruh nogironligi bo‘lgan farzandlarining yoshidan qat’i nazar) farzandlarining, lozim bo‘lganda I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga hamrohlik qiluvchining davolanish amaliyoti uchun O‘zbekiston Respublikasining boshqa hududida joylashgan tibbiy muassasalarga borish-kelish yo‘l xarajatlarini qoplab berish

Yo‘l xarajatlarini tasdiqlovchi (chipta va hokazo) hujjatlarda ko‘rsatilgan summa;

Yo‘l hujjatlari mavjud bo‘lmaganda, har bir kilometrga BHMning 0,08 foizi miqdorida;

Maxsus transport vositasi uchun sarflangan summa

25.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolaridan kelib chiqib, huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar, shu jumladan, tug‘ilganlik haqida guvohnoma va fuqarolik pasportini olish, sudga da’vo arizasi kiritgani uchun undiriladigan davlat boji to‘lovlari va boshqa xarajatlarni (advokatlarning xizmati uchun to‘lovlar bundan mustasno) sektor rahbari xulosasiga asosan to‘lab berish

Davlat boji sifatida belgilangan summa

26.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar uchun madaniy-ma’rifiy, sport va boshqa tadbirlar tashkil etish

Shakllantirilgan xarajatlar smetasi miqdorida

27.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning sayohatlarini tashkil etish

Hisob-kitobga ko‘ra

III. Yoshlar yetakchisi tomonidan shakllantiriladigan hujjatlar

1.

Moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish

BHMning 4 baravarigacha

2.

Yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish kurslari xarajatlarini qoplash

O‘qish xarajatlarning 75 foizigacha qismi, biroq mos ravishda har bir oy uchun BHMning 4, 8, 12 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismi

3.

Yoshlarning davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish

BHMning 4 baravarigacha

4.

Dehqonchilik va tomorqa xo‘jaligini yuritish bilan shug‘ullanayotgan yoshlarga urug‘lik va ko‘chatlar xarid qilish uchun subsidiya ajratish

BHMning 8 baravarigacha

5.

Yoshlarga tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilish uchun noturar joyning ijara xarajatlarini qoplash

12 oygacha ijara xarajatlarining bir yilda 30 foizi, biroq BHMning 25 baravarigacha bo‘lgan qismi

6.

Yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar yoki mehnat qurollarini xarid qilishga subsidiya ajratish

BHMning 40 baravarigacha

7.

Professional va oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalarining ta’lim to‘lov-kontrakt summasining bir qismini to‘lab berish

To‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravari

8.

Yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish

6 oygacha har oyda BHMning 4 baravari

9.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalish�aridagi o‘quv kurslari uchun subsidiya ajratish

Har oyda BHMning bir baravarigacha

10.

Yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlari uchun subsidiya ajratish

Mahalliy bosqichlar uchun BHMning 4 baravari, xalqaro bosqichlar uchun BHMning 40 baravari

11.

Yoshlarni ta’lim, madaniyat va san’at, sport, axborot texnologiyalari sohasiga va fanlarga o‘qitishga ixtisoslashgan nodavlat ta’lim tashkilotining noturar joy ijara xarajatlarini qoplash

Uch oy muddatgacha BHMning 50 baravari

12.

Bemor yoshlarga davolanish xarajatlari uchun subsidiya ajratish

BHMning 50 baravari

13.

Psixologik maslahatga muhtoj yoshlarga pullik psixologik xizmat ko‘rsatilishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash

BHMning 4 baravari

14.

Yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini qoplash uchun subsidiya ajratish

Xizmatni o‘tash badalining to‘liq qismi

15.

Yangi turmush qurayotganida o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratishga uchun kafillik berish

Uy-joy qurish uchun 33 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratishda “Yoshlar daftari” jamg‘armasining kafilligi

16.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga turar joy ijarasi uchun subsidiya ajratish

12 oygacha har oyda BHMning 3 baravaridan oshmagan miqdorda

17.

Yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, besh muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish

Mahalla darajasida bir kalendar oy uchun BHMning 10 baravarigacha

18.

Chekka qishloq va ovullarda ilm-fan, sport, san’at va madaniyat, kitobxonlik yo‘nalishlaridagi to‘garaklarni tashkil etish uchun zarur jihozlar xarid qilish

BHMning 50 baravarigacha

19.

Nogironligi bo‘lgan yoki bemor yoshlarga zarur tibbiy asbob-uskuna va jihozlarni ijtimoiy xodim bilan birgalikda xarid qilish

BHMning 40 baravarigacha