Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.09.1995 19.04.1994 yildagi 216-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.09.1995
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

MAHSULOTLAR VA TOVARLARNI SOTISh BO‘YIChA RESPUBLIKA YaRMARKALARINI TAShKIL ETISh VA ULARNI O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 26-sentabrdagi 375-sonli “Birja va yarmarka savdosini, fyuchers asosidagi shartnoma munosabatlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 21-yanvardagi Farmonini va Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston ulgurji va birja savdosi bo‘yicha respublika aksionerlik uyushmasi “O‘zulgurjibirjasavdo”ni tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1994-yil 14-martdagi 136-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va Adliya vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Korxonalar va tashkilotlar ixtiyorida qoladigan mahsulotlar va tovarlarni sotish bo‘yicha respublika yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizom”ni 1-ilovaga, respublika tovar-xomashyo birjalarida va respublika yarmarkalarida sotib olingan mahsulotlarni chetga olib chiqib ketishning Vaqtinchalik tartibini 2-ilovaga muvofiq tasdiqlash to‘g‘risidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 23-aprelda mahsulotlar sotish bo‘yicha yarmarkalar va birja savdosi o‘tkazish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Bojxona bosh boshqarmasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi, O‘rta Osiyo Temir yo‘l boshqarmasi, boshqa tegishli vazirliklar va idoralar 1994-yil 21-yanvardagi Farmonning yarmarkalarda va birjalarda sotib olingan mahsulotlar va tovarlarni (eksport qilish taqiqlangan mahsulotlar va tovarlar bundan istisno) respublika tashqarisiga olib chiqib ketish, tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, litsenziyasiz va boj poshlinalarisiz amalga oshirilishi haqidagi 11-bandi qoidalariga og‘ishmay amal qilsinlar va so‘zsiz bajarsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Birinchi birja savdolari O‘zbekbirlashuvning ko‘rgazma majmuida o‘tkazilsin. O‘zbekbirlashuv rahbariyati (Abdug‘aniyev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja va ko‘rgazma-yarmarka tuzilmalari ishini tashkil etish uchun bino bilan, birja va kimoshdi savdosi o‘tkazish uchun zal bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdosining borishini xorijiy shaxslar, shu jumladan, diplomatik korpus kuzatishi uchun ular tegishlicha joylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar uch kun muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar va tashkilotlar ixtiyorida qoladigan, ulgurji savdo yarmarkasida sotish uchun tarmoq korxonalari tomonidan taklif etiladigan mahsulotlar va tovarlarning natura va pul ifodasidagi hajmlari ro‘yxatini “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasiga taqdim etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ulgurji yarmarkada, mulkchilik shaklidan va hududiy mansubligidan qat’i nazar, sheriklar, yuridik va jismoniy shaxslar qatnashishlarini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Toshkent shahar hokimligi boshqa shaharlardan kelgan yarmarka qatnashchilarining yashashi uchun mehmonxonalarda o‘rinlar bilan ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “O‘zdavteleradio” kompaniyasi, ommaviy axborot vositalari birja savdosiga tayyorgarlikning borishini, uning o‘tishini keng yoritsinlar va uni reklama qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasi yarmarka va birjadagi birinchi savdo yakunlarini ko‘rib chiqsin, respublika yarmarkasi va tovar-xomashyo birjasi faoliyat ko‘rsatishining samaradorligini oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yarmarka va birjaning 1994-yilning birinchi yarim yilligidagi ish yakunlari bo‘yicha yarmarkalarni tashkil etish to‘g‘risidagi Nizomga (1-ilova) va Respublika birjasi va yarmarkasida sotib olingan mahsulotlarni chetga olib chiqib ketish tartibiga (2-ilova) tegishli to‘ldirishlar kiritsinlar hamda ularni doimiy amal qiladigan etib tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish komplekslarning rahbarlari — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 7-apreldagi 138f-son farmoyishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 19-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
216-son

Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 19-apreldagi 216-son qaroriga
1-ILOVA

Korxonalar va tashkilotlar ixtiyorida qoladigan mahsulotlar va tovarlarni sotish bo‘yicha respublika yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAQTINChALIK NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom tadbirkorlikni rivojlantirish, barcha jismoniy va yuridik shaxslarga teng huquqli sharoitlarni yaratish, yarmarka savdosi qoidalariga rioya qilish maqsadida ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yarmarkani tashkil etish va o‘tkazishni “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasining xo‘jalik hisobidagi doimiy ishlaydigan respublika tovar-xomashyo birjasi amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xo‘jalik hisobidagi, doimiy ishlaydigan yarmarka o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga, Prezidentning farmonlariga, hukumat farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Doimiy ishlaydigan yarmarka savdosini o‘tkazish hamda barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tovarlar bozorida savdo bitimlarini tuzishda qulay shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, tovarlar va mahsulotlar, texnologik asbob-uskunalar, yangi ilmiy-texnik ishlanmalar va texnologiyalarning yarmarkalarini, ko‘rgazmalarini, vakillarning savdo operatsiyalarini amalga oshirish maqsadida muntazam savdo yig‘ilishlarini o‘tkazishlari uchun maxsus jihozlangan binolar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Yarmarkalarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yarmarkalarni o‘tkazishdan oldin korxonalar, tashkilotlar, boshqa bozor tuzilmalari va tadbirkorlar bilan birgalikda talabni o‘rganish, yarmarkalarda sotish uchun taqdim etilayotgan tovarlar va mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning takliflarini, foydalanilmayotgan mahsulotni, zarur asbob-uskunalarni, texnologiyalarni va ikkilamchi resurslarni aniqlash, kataloglarni hamda zarur ma’lumotlarni e’lon qilish ishlari amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Yarmarka qatnashchilari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xaridorgir tovarlarni sotish uchun taklif etuvchi O‘zbekiston Respublikasi va boshqa mamlakatlarning har qanday korxonalari, tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslari yarmarka qatnashchilari bo‘lishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yarmarka komissiyasi bilan yarmarkaga qo‘yilayotgan tovarlarning sotuvchilari, xaridorlari o‘rtasida tuziladigan bitimlar tovarlarni yarmarkada sotish uchun asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Yarmarkalar o‘tkazishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yarmarkalarni tashkil etish va ularga operativ rahbarlik qilish uchun yarmarka qo‘mitalari tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yarmarka qo‘mitasi tarkibiga davlat va tijorat tuzilmalarining vakillari kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yarmarka qo‘mitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yarmarka savdolarini o‘tkazish davrlarini, muddatlarini va joylarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yarmarkaning ishchi organlari (direksiya, hakamlik, shartnomalarni hisobga olish (byurosi) guruhini), komissiyalar va yarmarkaning oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan boshqa organlar tartibini aniqlaydi va tashkil qiladi, ularning rahbarlarini kelishib oladi hamda tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yarmarkani tashkil etish va o‘tkazish hamda shartnomalar tuzish bilan bog‘liq masalalarni hal etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalda tuzilgan savdo bitishuvlaridan olinadigan vositachilik haqi, yig‘imlar miqdorini va ularni undirish tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yarmarkani tashkil etish va o‘tkazish xarajatlari miqdorini va ularni taqsimlash tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori sifatli va xaridorgir mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarish, eskirgan, sifati past mahsulotlarni, shuningdek, xaridorgir bo‘lmagan mahsulot turlarini ishlab chiqarmaslik to‘g‘risida korxonalarga takliflar kiritadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yarmarkaga xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar va vositachi tashkilotlarning doimiy ishlaydigan vakolatxonalarini joylashtirish va ularning ishlashi uchun mavjud maydonlarni, shuningdek, texnik vositalarni ijaraga yoki boshqa shartlarda beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotni yetkazib berish va oldi-sotdi borasida tuzilayotgan shartnomalar, sotish to‘g‘risidagi takliflar va sotishga taqdim etilayotgan mahsulotni xarid qilish buyurtmalari haqidagi ma’lumotlar asosida yarmarkada sotish uchun taklif etilayotgan mahsulotlar bo‘yicha talab va takliflar konyunkturasini tahlil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yarmarkalarda tuzilgan mahsulot yetkazib berish, oldi-sotdi shartnomalari va tovar ayirboshlash bitimlari bo‘yicha joriy (erkin va tijorat) narxlarning hisobini yuritadi, o‘rtacha darajani aniqlagan holda joriy narxlar vedomostlarini tuzadi, ularni e’lon qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yarmarka faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan boshqaruvchilik, tovarshunoslik va yuridik maslahatlar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Yarmarka qo‘mitasining qarorlari protokollar bilan rasmiylashtiriladi va yarmarka qo‘mitasi raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yarmarka qo‘mitasi a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan hollarda yarmarka qo‘mitasining qarori ko‘pchilik ovoz bilan, ovozlar teng bo‘lgan hollarda esa yarmarka qo‘mitasining raisi tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Yarmarka qo‘mitasi yarmarka ochilishidan oldin yarmarkani o‘tkazish muddatlari va joyi haqida qatnashuvchilarni xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Yarmarka ishida mahsulot yetkazib beruvchilar sifatida qatnashish istagini bildirgan korxonalar yarmarka qo‘mitasiga kataloglar, namunalar, modellar, ma’lumotnomalar, reklama-byulletenlarni va shu kabilarni yuboradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Yarmarka ishida iste’molchi sifatida qatnashish istagini bildirgan korxonalar yarmarka direksiyasiga tegishli bildirish xati yuboradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yarmarkalardan tushadigan daromadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Doimiy ishlaydigan yarmarka foyda olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymaydi va ko‘rsatiladigan xizmatlarga eng kam stavkalarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yarmarkalarni o‘tkazishdan olinadigan daromadlar uni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan xarajatlarni qoplashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Doimiy ishlaydigan yarmarka oldi-sotdi ishlarini har qanday valyutada amalga oshirish, quyidagilardan daromad olish huquqiga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yarmarkalar, ko‘rgazmalar, savdo-sotiq yig‘ilishlarini tashkil etish, o‘tkazish va ularga xizmat ko‘rsatishdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yarmarkalar, ko‘rgazmalar, savdo-sotiq yig‘ilishlarida ish o‘rinlarini berishdan, xonalar va maydonlarni ijaraga berishdan, mahsulot yetkazib berish shartnomalarini tuzishda vositachilik xizmatini ko‘rsatishdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reklamalarni tashkil etishdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot xizmati ko‘rsatishdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tijorat-vositachilik xizmatlarini ko‘rsatishdan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Doimiy ishlaydigan yarmarkadagi hisobga olish va hisobot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Doimiy ishlaydigan yarmarka buxgalteriya, statistika va operativ hisobni yuritadi, tasdiqlangan shakllar bo‘yicha buxgalteriya va operativ hisobotlarni tuzadi va uni belgilangan muddatlarda tegishli tashkilotlarga taqdim etadi hamda uning to‘g‘riligi uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Yarmarkaning bo‘linmalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Yarmarka respublikaning barcha mintaqalarida vakolatlar bergan holda o‘z filiallarini tashkil etish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Shartnomalarni hisobga olish guruhi (byurosi):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yarmarka qatnashchilari-korxonalar vakillarining shartnomalar tuzish bo‘yicha vakolatlarini tekshiradi, zarur hisob hujjatlarini yuritadi va yarmarkada tuzilgan shartnomalarni ro‘yxatga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomalar tuzish va spetsifikatsiyaga muvofiqlashtirish jarayonini tahlil qiladi, yarmarka qo‘mitasi yoki yarmarka direksiyasining talabi bo‘yicha analitik ma’lumotnomalar, qaydnomalar, takliflarni tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotlarni valyuta mablag‘lariga va chet el firmalari bilan ayirboshlash operatsiyalari yo‘li bilan sotish shartnomalari (kontraktlari)ni alohida hisobga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Yarmarka hakamligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yarmarkaga huquqiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yarmarka qatnashchilariga huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yarmarkada tuzilayotgan shartnomalar shartlari bo‘yicha yuzaga keladigan kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Shartnomalarni tuzish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarni tuzish va spetsifikatsiyalarni muvofiqlashtirish bevosita yarmarkada amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur bo‘lganda yarmarkada shartnomalar tuzish tartibini yarmarka qo‘mitasi belgilaydi va uni yarmarka qatnashchilariga yetkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Yarmarkalarda kontraktlar tuzish va eksport-import operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining yo‘riqnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Korxonalarning vakillari Shartnomalar (kontraktlar) tuzish uchun tegishli ravishda rasmiylashtirilgan vakolatlarga, shuningdek, yetkazib berish shartnomasi (kontrakti) tuzilayotgan mahsulot yoki tovar ishlab chiqaruvchi ixtiyorida qoladigan mahsulot yoki tovar ekanligini tasdiqlovchi birinchi shaxs (yoki uning vazifasini bajaruvchi) va bosh buxgalter tomonidan imzolangan, yumaloq muhr bilan tasdiqlangan tasdiqnomaga ega bo‘lishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mahsulotlarni sotish shartnomalari yarmarkalarda korxonalar taqdim etgan mahsulot namunalari va modellari, kataloglar, ma’lumotnomalar, reklama byulletenlari va mahsulotni tavsiflovchi boshqa hujjatlar bo‘yicha tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Shartnoma loyihasi va spetsifikatsiya kamida uch nusxada tuziladi, ikkala tomon imzolaganidan keyin bir nusxasi shartnomalarni hisobga olish guruhiga (byurosi)ga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tomonlar ilgari tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatni yarmarkada shartnomalarni hisobga olish guruhida (byurosi)da ro‘yxatdan o‘tkazib o‘zgartirishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. E’tirozlar bo‘lsa tomonlar bu kelishmovchiliklarni birgalikda ko‘rib chiqadilar, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, kelishmovchiliklar protokolini tuzadilar va ko‘rib chiqish uchun yarmarka hakamligiga topshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizolar hakamlikda tomonlarning vakillari ishtirokida ariza tushgandan keyingi kundan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlik majlisining protokoli nizoni ko‘rib chiqqan hakamlar tomonidan imzolanadi. Protokoldan ko‘chirmalar manfaatdor tomonlarga qaror qabul qilingan kunda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlikning qarori yarmarka qo‘mitasi tomonidan u qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay qayta ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. Yarmarka ishini yakunlash va yarmarkalarni tugatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Yarmarka direksiyasi belgilangan muddatlarda yarmarka qo‘mitasiga tuzilgan shartnomalar, sotilayotgan mahsulotlar konyunkturasi bo‘yicha ma’lumotlarni xabar qiladi, shuningdek, o‘z faoliyati haqida hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi yarmarka tashkilotchilari bo‘lgan tashkilotlar bilan birgalikda yarmarkalarning ish yakunlarini ko‘rib chiqadi, qondirilmagan ehtiyojlar hajmini va tarkibini manfaatdor korxonalar ishtirokida aniqlaydi, mahsulotni qo‘shimcha ishlab chiqarish va yetkazib berish haqidagi takliflarni ishlab chiqadi, mahsulotni puxta ishlash yoki uni ishlab chiqarishdan olish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Yarmarkani tashkil etish va o‘tkazish xarajatlari yarmarka qatnashchilarining mablag‘lari hisobiga, “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi tasdiqlagan yarmarkani o‘tkazish smetasi doirasida yarmarka qo‘mitasi belgilagan tartibda va miqdorlarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 19-apreldagi 216-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika tovar-xomashyo birjalarida va respublika yarmarkalarida sotib olingan mahsulotlarni chetga olib chiqib ketishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAQTINChALIK TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirish, xorijiy sarmoyalarni jalb etish va himoya qilish choralari to‘g‘risida” 1992-yil 24-iyuldagi va “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 21-yanvardagi farmonlariga muvofiq so‘m-kuponning xarid qobiliyatini mustahkamlash va tadbirkorlikning barcha qatnashchilari, shu jumladan, xorijiy qatnashchilarning imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1994-yil 21-yanvardagi Farmonning 11-bandiga muvofiq har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar, birjalar ishtirokidagi yarmarkalarda korxonalar va xo‘jaliklar ixtiyorida qoladigan mahsulotlar va tovarlarni so‘m-kuponga sotib olishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu yarmarkalarda sotib olingan mahsulotlarni (eksport qilish taqiqlangan mahsulotlar bundan istisno) respublikadan chetga olib chiqib ketish, tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, litsenziyalashtirilmaydi va ularga boj poshlinasi solinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bunday tovarlar birjada sotishga tavsiya etilganda qatnashchi-sotuvchi birjaga yoki yarmarka qo‘mitasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur mahsulot haqiqatdan ham korxona va xo‘jalikning ixtiyorida qoldirilgan mahsulot ekanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi. Hujjat birinchi shaxs (yoki uning vazifasini bajaruvchi), bosh buxgalter tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sifat sertifikatini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bitishuv aniq mavjud tovar bo‘yicha rasmiylashtiriladi va u fyuchers shaklida bo‘lishi ham mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ham mahalliy, ham chet ellik qatnashchilarning xohishiga ko‘ra “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasining barcha aksionerlik savdo firmalari aniq, mavjud tovar bo‘yicha konsignatsiya xizmatlari ko‘rsatadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Bitishuvlar tuzilgandan keyin birja yoki yarmarka qo‘mitasi yuqorida qayd etilgan barcha hujjatlarning mavjudligini hamda ularning to‘g‘riligini tekshirib, kontraktni birja muhrida “Litsenziyasiz va poshlinasiz O‘zbekistondan chetga olib chiqib ketishga” shtampi bilan tasdiqlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Bojxona bosh boshqarmasiga chopar orqali jo‘natadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona kelishilgan jadvalga muvofiq birja choparidan tasdiqlangan kontraktlarni reyestr bo‘yicha qabul qiladigan, ularga imzo qo‘yib, ro‘yxatga olib, muhr bilan tasdiqlab choparga qaytaradigan mas’ul xodimlarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona bir reyestrdagi kontraktlarni bir ish kuni mobaynida rasmiylashtirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Birja yoki yarmarka qo‘mitasi qatnashchilarga ularning bojxonaning “Darhol” belgisi qo‘yilgan kontraktlarini bir sutka muddatda beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kontraktlar sheriklar tomonidan (mahsulotlar sotilayotganda) yuk-transport bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu tartib-qoidalar yuk qiymatining 0,15 foiziga teng bo‘lgan boj yig‘imi to‘lashni bekor qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xorijiy sheriklar yarmarka yoki birja savdosida qatnashganlarida viza olish masalalarini ular mustaqil hal qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulotning litsenziya olinmaydigan tusdaligini tasdiqlovchi boshqa tegishli hujjatlarni taqdim etish tartibi va shakllari birja va yarmarka qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.