Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.05.2001 14.03.1994 yildagi 136-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.05.2001
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON ULGURJI VA BIRJA SAVDOSI BO‘YIChA RESPUBLIKA AKSIONERLIK UYuShMASI — “O‘ZULGURJIBIRJASAVDO”NI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ulgurji va birja savdosini tashkil etish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2001-yil 1-maydagi 198-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston shartnomalar va savdo bo‘yicha davlat aksionerlik uyushmasi — “O‘zshartnomasavdo”ni tugatish hamda O‘zbekiston ulgurji va birja savdosi bo‘yicha respublika aksionerlik uyushmasi — “O‘zulgurjibirjasavdo”ni ta’sis etish to‘g‘risida” 1994-yil 28-fevraldagi PF-772-son Farmonini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1-ilova*ga muvofiq tarkibda tashkiliy qo‘mita tuzilsin va unga “O‘zshartnomasavdo”ni tugatish bo‘yicha tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni ishlab chiqish va bajarish hamda O‘zbekiston ulgurji va birja savdosi bo‘yicha respublika “O‘zulgurjibirjasavdo” aksionerlik uyushmasini tashkil etish uchun ta’sis hujjatlarini tayyorlash yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston ulgurji va birja savdosi bo‘yicha respublika aksionerlik uyushmasini funksional boshqarish sxemasi 2-ilovaga* muvofiq hamda uyushmaning ijro etuvchi apparati tuzilmasi 3 va 3a-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1, 2-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3, 3a-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy qo‘mita bir oy muddatda O‘zbekiston ulgurji va birja savdosi bo‘yicha respublika aksionerlik uyushmasi Ustavini ishlab chiqsin, belgilangan tartibda Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazsin va tarkibiy bo‘linmalarni barpo etish hamda “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasini ta’sis etishga doir barcha tashkiliy ishlarni shu yilning 10-iyuligacha tugallasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zshartnomasavdo” uyushmasi to‘liq tugatilguniga qadar hamda O‘zbekiston ulgurji va birja savdosi bo‘yicha respublika “O‘zulgurjibirjasavdo” aksionerlik uyushmasi ta’sis etilguniga qadar o‘z funksiyalarini “O‘zshartnomasavdo” Ustaviga muvofiq yuklatilgan huquqlar bilan amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 28-fevraldagi PF-772-son Farmonining 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan qoidalar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zshartnomasavdo” uyushmasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 28-fevraldagi PF-772-son Farmoniga muvofiq “O‘zshartnomasavdo” uyushmasining tarkibiy bo‘linmalarini va uning hududiy organlarini 4 va 4a-ilovalarga* muvofiq davlat tasarrufidan chiqarish dasturini ishlab chiqqan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 4a-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ulgurji va birja savdosi bo‘yicha respublika “O‘zulgurjibirjasavdo” aksionerlik uyushmasi 2-ilovaga muvofiq ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlari negizida, shuningdek, ham O‘zbekiston Respublikasining, ham xorijiy davlatlarning boshqa yuridik va jismoniy shaxslari ishtirokida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi boshqaruviga aksiyalarning davlatga tegishli ulushini tasarruf etish huquqini bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qo‘yilsinki, ulgurji va birja savdosi bo‘yicha respublika “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z faoliyatini aksionerlarning umumiy yig‘ilishida “Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni asosida qabul qilingan Ustavga muvofiq amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda davlat organlarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda o‘zini o‘zi mablag‘ bilan to‘liq ta’minlash va o‘zini o‘zi boshqarish asosida faoliyat ko‘rsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ehtiyojlari uchun hukumatlararo bitimlar va to‘g‘ridan to‘g‘rikontraktlar bo‘yicha tovar resurslarini xarid qilish va sotish yuzasidan ilgari tuzilgan kontraktlarni bajarish, shuningdek, qo‘shma korxonalarning, aksionerlik jamiyatlarining ustav fondlarida ulush qo‘shgan holda ishtirok etish, kredit resurslaridan foydalanganlik uchun bank foizlari to‘lash majburiyatlari hamda yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan boshqa shartnomaviy majburiyatlar bo‘yicha “O‘zshartnomasavdo”ning huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, quyidagilar faoliyatning asosiy yo‘nalishlari hiso6lanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlarga, shu jumladan, tadbirkorlarga tijorat-vositachilik, savdo, ishlab chiqarish, lizing, transport, moliya, auditor, axborot xizmatlari ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ulgurji, birja, yarmarka va kim oshdi savdosini tashkil etish hamda tovar-xomashyo resurslari bozorida savdo bitishuvlarini tuzish ishlariga barcha yuridik va jismoniy shaxslarga qulay shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumat buyurtmalari bo‘yicha, trast bitim-shartnoma asosida O‘zbekiston Respublikasi davlat ehtiyojlari uchun vatanimizdagi va xorijdagi tovar ishlab chiqaruvchilardan, tijorat firmalaridan, kompaniyalar va biznesmenlardan mahsulot xarid qilish hamda uni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda iste’molchilarga sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari bilan bitim tuzish asosida, saqlash uchun javobgar bo‘lgan korxonalar va tashkilotlarning punktlarida davlat zaxirasidagi moddiy resurslarni qabul qilib olish, saqlash; yangilash, qo‘shimcha ishlash va sotishni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) viloyat aksionerlik kompaniyalari bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yuridik va jismoniy shaxslarga tijorat-vositachilik, savdo, ishlab chiqarish, transport, axborot xizmatlari ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat tovar — xomashyo birjalari, yarmarka va kimoshdi savdosini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yuridik va jismoniy shaxslarning mahsulotlar sotish hamda moddiy-texnika resurslari sotib olishlari bo‘yicha qulay va o‘zaro foydali shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali bitimlarni amalga oshirish uchun respublika hududida va chet mamlakatlarda xomashyo resurslarini qidirib topish, narxlarning belgilanishi bo‘yicha axborot xizmatlari ko‘rsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda fond birjasi va ko‘chmas mulk birjasi tashkil qilish uchun maydonlar ajratish va shart-sharoitlar yaratish masalalarini hal etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga aksionerlik birja bankini tashkil qilish va uning faoliyat ko‘rsatishi uchun huquq beruvchi ruxsatnoma (litsenziya)ni rasmiylashtirishda unga uslubiy yordam ko‘rsatish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi tugatilayotgan “O‘zshartnomasavdo”ga belgilangan yengil avtomobil transporti xizmati ko‘rsatish bo‘yicha limitlarini O‘zbekiston ulgurji va birja savdosi bo‘yicha respublika “O‘zulgurjibirjasavdo” aksionerlik uyushmasida qoldirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi tugatilayotgan “O‘zshartnomasavdo” va uning tarkibiy bo‘linmalarida o‘rnatilgan barcha telefon va aloqa turlarini “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasida qoldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston shartnomalar va savdo bo‘yicha davlat-aksionerlik uyushmasi (“O‘zshartnomasavdo”) faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 9-martdagi 115-son, “O‘zbekiston shartnomalar va savdo bo‘yicha davlat-aksionerlik uyushmasining Ustavini tasdiqlash to‘g‘risida” 1992-yil 10-avgustdagi 369-son qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Resurslar, moddiy-texnika ta’minoti va bitimlar bo‘limiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 14-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
136-son