Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 24.07.1992 yildagi PF-445-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TAShQI IQTISODIY FAOLIYATNI RAG‘BATLANTIRISh, XORIJIY SARMOYALARNI JALB ETISh VA HIMOYA QILISh ChORALARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasini jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, tashqi iqtisodiy faoliyatni avj oldirish, ichki bozorni eng zarur mollar bilan to‘ldirish, qo‘shimcha kapital mablag‘larni, ilg‘or texnikani va boshqarish tajribasini jalb etish, xorijiy sarmoyadorlarning huquqlarini himoya qilishda ishonchli kafolatlarni ta’minlash, respublikaning eksport imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1992-yilning 1-avgustidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaga olib kelinadigan barcha turdagi mollarning importiga soliqlar 1994-yil 1-yanvarga qadar bekor qilinsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaga olib kelinadigan, xalq iste’mol qiladigan import mollar, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, tibbiyot texnikasi, shuningdek mashina-uskunalar, butlovchi buyumlar va ularni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan xomashyo uchun ilovaga* muvofiq 1994-yil 1-yanvariga kadar boj to‘lashdan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 6-iyundagi PF–3760-sonli Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 23-son, 201-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Markaziy bank 1992-yilning 15-avgustidan boshlab hamma turdagi bitimlar va operatsiyalar uchun respublika hududida valyuta bozoridagi joriy kurs asosida belgilanadigan chet el valyutalarining yagona kursini joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda ikki hafta muddat ichida O‘zbekiston Respublikasining hududida valyuta bilan bog‘liq ishlarni tartibga solishga doir me’yoriy hujjatlarining loyihalarini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddat ichida litsenziya beriladigan eksport va import mollari (ishlar, xizmatlarning) ro‘yxatini hamda litsenziya berish tartibini ta’kidlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya beriladigan va keyinchalik eksport qilinadigan mollarni birjalar orqali sotish miqdorlarini belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini ikki oy ichida ishlab chiqib, e’lon qilinsin. Dasturda respublika hayot faoliyatining dolzarb muammolari hal qilinishini ta’minlaydigan xalq xo‘jaligining ustuvor tarmoqlariga mablag‘ sarflash bo‘yicha eng muhim loyihalarning ro‘yxati va texnikaviy-iqtisodiy ta’rifi berilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
miqdori belgilanadigan mollarni eksport qilishga, litsenziyalarni kim oshdi savdosida sotishni amalda joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning manfaatdor tashkilotlari bilan birgalikda, xorijiy kompaniyalarni va xalqaro moliya tashkilotlarini jalb etib O‘zbekistonda xalqaro paxta birjasini tashkil etish to‘g‘risidagi masalani puxta ishlab chiqsin va hal qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning transport tashkilotlari bilan birgalikda tashqi savdoga xizmat ko‘rsatish va tashqi savdo transport korxonalarining faoliyatini muvofiqlashtirish uchun transport-ekspeditor aksionerlik kompaniyasini tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bojxona komiteti O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi bilan birgalikda 1992-yilning 1-sentabrigacha bojxona kodeksi haqidagi boj tavsifi to‘g‘risidagi qonunlarning loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi bilan birgalikda mazkur Farmonning, shuningdek tuziladigan hukumatlararo bitimlarning qoidalarini e’tiborga olgan holda boj ta’riflarining yangi tabaqalashtirilgan miqdorlari va ularni undirib olish tartibi ishlab chiqilsin hamda ikki tomonlama asosda eng ko‘p qulaylik yaratib berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qonunlarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy sarmoyadorlarga va ularning sheriklariga tanlov asosida va faqat investitsiya maqsadlarida ishlab chiqarish xonalarini, binolarni, mashina uskunalarini, uy-joylarni sotib olish, shuningdek yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga olish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish komiteti Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlarning va Toshkent shahrining hokimiyatlari bilan birgalikda mazkur bandni amalga oshirish borasidagi taklifni 10 kun muddat ichida ishlab chiqib, taqdim etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Xorijiy sarmoyadorlarning zarur moliyaviy-iqtisodiy kafolatlarini ta’minlash uchun xorijiy sarmoyalarni himoya qiluvchi Milliy sug‘urta jamg‘armasi, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi valyuta boyliklarining bir qismini chet el banklarini depozitga qo‘yish, respublika hududida xorijiy sarmoya ishtirokidagi sug‘urta kompaniyalarini ochish yo‘li bilan shunday jamg‘arma tashkil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmonni bajarish yuzasidan 10 kun muddat ichida qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 24-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-445-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 374-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 23-son, 201-modda; 2009-y., 25-son, 282-modda)