OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI boshqaruvi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI boshqaruvi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASINING
Qarori
Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat statistika qoʻmitasining 2013-yil 2-iyuldagi 65, 35, 2013-33, 13/2, 4mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 1411-1, 30.07.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 31-son, 417-modda)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 17-sentabrda 1411-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat statistika qoʻmitasining 2018-yil 22-oktabrdagi 135, 32, 2018-67, 257-V-3 va 4-qq-sonli “Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1411-3, 26.10.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 25-oktabrdagi 422-sonli “Ichki valyuta bozorida almashuv kurslarini birxillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 20-son) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank Boshqaruvi, Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (yangi tahrirda) ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat statistika qoʻmitasining 2013-yil 2-iyuldagi 65, 35, 2013-33, 13/2, 4mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 1411-1, 30.07.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 31-son, 417-modda)
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
2001-yil 7-noyabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 119-sonli, Davlat soliq qoʻmitasining 2001-111-sonli, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining 34-sonli, Markaziy bankning 205-V-sonli “Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (2001-yil 16-noyabr, roʻyxat raqami 1085 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2001-y., 22-son);
2002-yil 14-fevraldagi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 34-sonli, Davlat soliq qoʻmitasining 2002-26-sonli, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining 1-sonli, Markaziy bankning 205-V-1-sonli “Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (2002-yil 5-mart, roʻyxat raqami 1085-1 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 5-son);
2003-yil 15-maydagi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 65-sonli, Davlat soliq qoʻmitasining 2003-52-sonli, Iqtisodiyot vazirligining 5-sonli, Markaziy bankning 205-V-2-sonli, Davlat statistika qoʻmitasining 3-sonli “Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (2003-yil 7-iyun, roʻyxat raqami 1085-2, — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi” 2003-y., 11-son).
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 2-sentabr,
98-son
Iqtisodiyot vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 2-sentabr,
41-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 2-sentabr,
57-son
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 2-sentabr,
257-v-son
Davlat statistika qoʻmitasi raisi G. QUDRATOV
Toshkent sh.,
2004-yil 2-sentabr,
8-son
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi,
Markaziy bank boshqaruvi,
Davlat statistika qoʻmitasining 2004-yil 2-sentabrdagi 98, 41, 2004-57, 257-V, 8-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Markaziy bank boshqaruvi,
Davlat statistika qoʻmitasining 2004-yil 2-sentabrdagi 98, 41, 2004-57, 257-V, 8-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisida
Nizom
(yangi tahriri)
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat statistika qoʻmitasining 2013-yil 2-iyuldagi 65, 35, 2013-33, 13/2, 4mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 1411-1, 30.07.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 31-son, 417-modda)
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 25-oktabrdagi 422-sonli “Ichki valyuta bozorida almashuv kurslarini birxillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2001-y., 20-son, 142-modda) muvofiq ishlab chiqilgan va chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarda aks ettirish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat statistika qoʻmitasining 2013-yil 2-iyuldagi 65, 35, 2013-33, 13/2, 4mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 1411-1, 30.07.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 31-son, 417-modda)
1 §. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi mulkchilik shaklidan, faoliyat turidan, idoraviy boʻysunuvidan qatʼiy nazar, Oʻzbekiston Respublikasi hududida valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi barcha birlashmalar, tashkilotlar, korxonalar, muassasalar (keyingi oʻrinlarda — xoʻjalik yurituvchi subyektlar) uchun taalluqlidir (banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno).
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat statistika qoʻmitasining 2013-yil 2-iyuldagi 65, 35, 2013-33, 13/2, 4mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 1411-1, 30.07.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 31-son, 417-modda)
2. Mazkur Nizomda quyidagilar koʻrilmaydi:
a) taʼsis hujjatlari va boshqalarda qayta hisoblash talab qilingan hollarda, soʻmda tuzilgan moliyaviy hisobot koʻrsatkichlarini chet el valyutasiga qayta hisoblash;
b) Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan soʻmda moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyat yuritishda foydalaniladigan chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning qiymatini milliy valyutaga qayta hisoblash;
v) bosh jamiyat tomonidan tuziladigan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan shuʼba (qaram) xoʻjalik jamiyatlari, mustaqil balansga ajratilgan tarkibiy boʻlinmalarning chet el valyutasida ifodalangan moliyaviy hisobotlarini qayta hisoblash.
3. Oʻzbekiston Respublikasida barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar milliy valyutada — soʻmda buxgalteriya hisobini yuritishi va moliyaviy hisobotlarni taqdim etishi shart, agarda qonunchilikda boshqa tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa.
4. Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan quyidagilarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi bitimlar chet el valyutasidagi operatsiyalar hisoblanadi:
a) mol-mulkni (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy zaxiralari va boshqa aktivlarni) chet el valyutasiga sotib olish yoki sotish;
b) chet el valyutasiga ishlar, xizmatlar koʻrsatish va ulardan foydalanish;
v) toʻlash yoki olish summasi chet el valyutasida belgilangan kreditlar va qarzlarni olish yoki berish;
g) chet el valyutasidagi majburiyatlarni oʻziga qabul qilish yoki majburiyatlarni qoplash.
5. Chet el valyutasida ifodalangan xoʻjalik operatsiyalari, aktivlar va majburiyatlarni (ustav kapitalini shakllantirish boʻyicha majburiyatlardan tashqari) soʻmga qayta hisoblashda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan oʻrnatilgan chet el valyutasining soʻmga nisbatan kursining (keyingi oʻrinlarda — Markaziy bank kursi) oʻzgarishiga qarab ijobiy yoki salbiy kurs farqi yuzaga keladi.
§ 2. Buxgalteriya hisobida chet el valyutasidagi operatsiyalarni aks ettirish tartibi
6. Chet el valyutasidagi operatsiyalar, shu jumladan quyidagilar boʻyicha operatsiyalar, buxgalteriya hisobida ular amalga oshirilgan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha soʻm ekvivalentida aks ettiriladi:
a) kassadagi, bankdagi depozit va ssuda hisobraqamlaridagi, akkreditivlardagi valyuta mablagʻlari, valyutadagi ssuda qarzlari;
b) chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari, kreditlar va qarzlar;
v) tuzilgan shartnomalar boʻyicha chetdan keltirilgan tovar-moddiy boyliklar va boshqa aktivlarni bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish sanasida kirim qilish;
g) chet el valyutasida bojxona toʻlovlarini amalga oshirish;
d) chet el valyutasida ifodalangan pul hujjatlari;
e) chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar.
7. Buxgalteriya hisobini yuritish maqsadida chet el valyutasidagi ayrim operatsiyalarni soʻmga qayta hisoblash sanasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2004-yil 23-martdagi 51-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-son BHMS) “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi” ning (2004-yil 21-may, roʻyxat raqami 1364, — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 20-son, 246- modda) ilovasida keltirilgan.
8. Chet el valyutasidagi operatsiyalar ushbu valyutaning soʻmga nisbatan Markaziy bankning operatsiya amalga oshirilgan sanasidagi kursi boʻyicha soʻmda qayta hisoblanishi lozim.
9. Buxgalteriya hisobida chet el valyutasini xarid qilish va sotish Markaziy bankning valyutani xarid qilish yoki sotish kuniga boʻlgan kursi boʻyicha aks ettiriladi.
Chet el valyutasini Markaziy bank kursidan past yoki yuqori qiymatda sotish (xarid qilish) natijasida vujudga keladigan kurs farqlari xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalariga moliyaviy faoliyatdan daromadlar (xarajatlar) sifatida olib boriladi.
10. Buxgalteriya hisobida chet el valyutasini sotish quyidagi tartibda aks ettiriladi:
a) chet el valyutasini Markaziy bank kursi boʻyicha valyuta schyotidan oʻtkazilishi (koʻchirilishi):
debet bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5500);
kredit chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5200);
b) chet el valyutasini Markaziy bank kursidan yuqori bahoda sotilganda sotilgan chet el valyutasining soʻmdagi ekvivalentini hisob-kitob schyotiga kirim qilinishi:
debet hisob-kitob schyotidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5100) — sotilgan chet el valyutasining sotish kunidagi valyuta bozoridagi bitim kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymatiga;
kredit bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5500) — sotilgan chet el valyutasining Markaziy bank kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymatiga;
kredit 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” schyoti — sotilgan chet el valyutasining sotish kunidagi valyuta bozoridagi bitim kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymati bilan sotilgan chet el valyutasining Markaziy bank kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymati oʻrtasidagi farq summasiga;
v) chet el valyutasini Markaziy bank kursidan past bahoda sotilganda sotilgan chet el valyutasining soʻmdagi ekvivalentini hisob-kitob schyotiga kirim qilinishi:
debet hisob-kitob schyotidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5100) — sotilgan chet el valyutasining sotish kunidagi valyuta bozoridagi bitim kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymatiga;
debet 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyoti — sotilgan chet el valyutasining sotish kunidagi valyuta bozoridagi bitim kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymati bilan sotilgan chet el valyutasining Markaziy bank kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymati oʻrtasidagi farq summasiga;
kredit bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5500) — sotilgan chet el valyutasining Markaziy bank kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymatiga.
11. Buxgalteriya hisobida chet el valyutasini sotib olish quyidagi tartibda aks ettiriladi:
a) chet el valyutasini sotib olish uchun xarid kuniga boʻlgan valyuta bozoridagi bitim kursi boʻyicha hisob-kitob schyotidan soʻm mablagʻlarini oʻtkazish (koʻchirish):
debet bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5500);
kredit hisob-kitob schyotidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5100);
b) chet el valyutasini Markaziy bank kursidan yuqori bahoda xarid qilinganda:
debet chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5200) — xarid qilingan chet el valyutasining Markaziy bank kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymatiga;
debet 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyoti — xarid qilingan chet el valyutasining Markaziy bank kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymati bilan xarid qilingan chet el valyutasining xarid kunidagi valyuta bozoridagi bitim kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymati oʻrtasidagi farq summasiga;
kredit bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5500) — xarid qilingan chet el valyutasining xarid kunidagi valyuta bozoridagi bitim kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymatiga;
v) chet el valyutasini Markaziy bank kursidan past bahoda xarid qilinganda:
debet chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5200) — xarid qilingan chet el valyutasining Markaziy bank kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymatiga;
kredit bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5500) — xarid qilingan chet el valyutasining xarid kunidagi valyuta bozoridagi bitim kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymatiga;
kredit 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” schyoti — xarid qilingan chet el valyutasining Markaziy bank kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymati bilan xarid qilingan chet el valyutasining xarid kunidagi valyuta bozoridagi bitim kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymati oʻrtasidagi farq summasiga;
12. Buxgalteriya hisobida konsignantga boʻlgan chet el valyutasidagi kreditorlik qarzi konsignatsiyaga olingan tovarlarni sotish sanasidagi Markaziy bankning kursi boʻyicha vujudga keladi. Qarzning keyingi hisobi mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
13. Mahsulot (ish, xizmat) larga chet el valyutasi ekvivalentida baho (tarif) belgilaydigan, toʻlovlarni esa, milliy valyuta — soʻmda oladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, mahsulot (ish, xizmat) larni sotish sanasidan toʻlov kelib tushgan (amalga oshirilgan) sanasigacha boʻlgan davrda Markaziy bank kursining oʻzgarishi sababli vujudga kelgan ijobiy kurs farqini 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” schyotiga, salbiy kurs farqini esa 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyotiga olib boradi.
§ 3. Chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarning xarid qiymatini shakllantirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi
14. Chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarning (konsignatsiya shartnomasi boʻyicha chetdan keltirilgan tovarlar bundan mustasno) xarid qiymati (keyingi oʻrinlarda — xarid qiymati) quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
S = Shq + T + Bx., bu yerda
S — chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarning xarid qiymati;
Shq — Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish sanasidagi Markaziy bank kursi boʻyicha hisoblangan chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarning shartnoma qiymati;
T — bojxona toʻlovlari
QQS ni toʻlovchi korxonalar chetdan keltirilgan tovarlarga hisoblangan QQS summasini xarid qiymatiga qoʻshmaydi, balki umumiy belgilangan tartibda budjetga toʻlashi lozim boʻlgan QQS ni aniqlashda chegirib boradi.
QQS ni toʻlovchi boʻlmagan korxonalar chetdan keltirilgan tovarlarga hisoblangan QQS summasini xarid qiymatiga qoʻshadi.
Oʻzining ehtiyojlari uchun chetdan keltirilgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobda boshlangʻich qiymati boʻyicha QQS summasini qoʻshgan holda aks ettiriladi.
Bx — chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarni sotib olish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlar. Ushbu xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1.1.12-bandiga, Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralari”ga (roʻyxat raqami 1595, 2006-yil 17-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 282-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-son BHMS) “Asosiy vositalar”ga (roʻyxat raqami 1299, 2004-yil 20-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 3-son, 35-modda) muvofiq shakllanadi.
(14-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat statistika qoʻmitasining 2013-yil 2-iyuldagi 65, 35, 2013-33, 13/2, 4mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 1411-1, 30.07.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 31-son, 417-modda)
15. Chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarni (konsignatsiya shartnomasi boʻyicha chetdan keltirilgan tovarlar bundan mustasno) xarid qilish bilan bogʻliq operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks ettiriladi:
a) tovar-moddiy qiymatliklar va asosiy vositalar obyektlarini yuk bojxona deklaratsiyasini toʻldirish sanasidagi Markaziy bank kursi boʻyicha kirim (qabul) qilish:
debet kapital quyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800), oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700), materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar (2900);
kredit 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyoti — qarzlarning joriy qismi yoki 7010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyoti — qarzlarning uzoq muddatli qismi;
b) bojxona toʻlovlari (import uchun QQS dan tashqari) va chetdan keltirishda vujudga keladigan va belgilangan tartibda xarid qilish qiymatiga qoʻshiladigan boshqa xarajatlar:
debet kapital quyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800), oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700), materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar (2900);
kredit 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” schyoti;
kredit turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
v) QQS ni toʻlovchi korxonalar uchun chegirishga olib borilgan QQS summasiga:
debet 4410 “Budjetga soliqlar va yigʻimlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari (turlari boʻyicha)” schyoti;
kredit 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” schyoti;
g) QQS ni toʻlamaydigan korxonalar uchun xarid qiymatiga qoʻshilgan QQS summasiga:
debet materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000) yoki tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar (2900);
kredit 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” schyoti;
d) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning boshlangʻich qiymatiga qoʻshiladigan QQS summasiga:
debet kapital quyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800), oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700);
kredit 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” schyoti.
16. Konsignatsiya shartnomasiga asosan chetdan keltirilgan tovarlar boʻyicha operatsiyalar xoʻjalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) konsignatsiya shartnomasi boʻyicha chetdan keltirilgan tovarlar konsignatorning buxgalteriya hisobida balansdan tashqari 004 “Komissiyaga qabul qilingan tovarlar” schyotining debeti boʻyicha aks ettiriladi;
b) chetdan keltirilgan konsignatsiya tovarlari boʻyicha bojxona toʻlovlari, QQS qoʻshilgan holda hisoblanganda:
debet 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyoti;
kredit 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” schyoti;
v) chetdan keltirilgan konsignatsiya tovarlari boʻyicha QQS va bojxona toʻlovlari boʻyicha qarzlar toʻlanganda (qoplanganda):
debet 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” schyoti;
kredit pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar;
g) konsignatsiya tovarlari sotilganda:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti — shartnoma bahosi boʻyicha sotilgan tovarlar summasiga hisoblangan QQS (QQS ni toʻlovchilar uchun) qoʻshilgan holda;
kredit 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan daromadlar” schyotikomissiya mukofotlari (ragʻbatlantirish) summasiga;
kredit turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) — tovar invoysi va BYuD boʻyicha sotish sanasidagi Markaziy bank kursi boʻyicha konsignatsiya tovari qiymatiga;
kredit 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” schyoti — komissiya mukofotidan kelib chiqib aniqlanadigan QQS summasiga (QQS ni toʻlovchilari uchun).
Bir vaqtning oʻzida, sotilgan konsignatsiya tovarlari qiymatini hisobdan chiqarish balansdan tashqari 004 “Komissiyaga qabul qilingan tovarlar” schyotining krediti boʻyicha aks ettiriladi.
d) sotilgan konsignatsiya tovarlarining ulushiga toʻgʻri keladigan chetdan keltirilgan konsignatsiya tovarlari boʻyicha QQS qoʻshilgan holda bojxona toʻlovlari boʻyicha xarajatlarni ushbu tovarlarni sotish paytida moliyaviy natijalarga olib borib hisobdan chiqarish:
debet davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (9400);
kredit 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyoti.
Konsignatsiya shartnomasi boʻyicha olingan tovarlar konsignantga qaytarilgan hollarda, 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyotida aks ettirilgan bojxona toʻlovlari va QQS boʻyicha konsignator xarajatlarining qaytarilgan tovarlar ulushiga toʻgʻri keladigan qismi konsignatorlarning moliyaviy natijalariga (davr xarajatlariga) olib borib hisobdan chiqariladi;
e) xaridorlar va buyurtmachilardan pul mablagʻlari kelib tushganda:
debet pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti;
j) budjetga QQS boʻyicha (QQS ni toʻlovchilar uchun) qarzlar toʻlanganda (qoplanganda):
debet 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)”;
kredit pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar;
z) konsignatorga qarzlar toʻlanganda (qoplanganda):
debet turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
kredit pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar.
§ 4. Kurs farqlari hisobi
17. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar balansning valyuta moddalarini har oyi hisobot oyining oxirgi sanasi va xoʻjalik operatsiyalarni amalga oshirish sanasida Markaziy bank kursi boʻyicha qayta baholashni amalga oshiradi.
18. Mazkur Nizomda qayta baholash va kurs farqlarini aniqlash maqsadida balansning valyuta moddalariga quyidagilar kiradi:
a) kassadagi, bankdagi depozit va ssuda schyotlaridagi valyuta mablagʻlari, shu jumladan akkreditivlar;
b) chet el valyutasidagi pul hujjatlari;
v) chet el valyutasida ifodalangan qisqa muddatli va uzoq muddatli investitsiyalar;
g) chet el valyutasida ifodalangan debitorlik va kreditorlik qarzlar, kreditlar va pul qarzlar.
19. Quyidagilar qayta baholanmaydi:
a) chet el valyutasiga sotib olingan xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, oʻrnatiladigan asbob-uskunalari, kapital qoʻyilmalari, tovar-moddiy qiymatliklari;
b) ustav kapitali miqdori va xoʻjalik yurituvchi subyektning, shuningdek chet el investitsiyalariga ega boʻlgan korxonalarning taʼsischilari (qatnashchilari) ulushlarining nisbatlari.
20. Balansning valyuta moddalarini har oy qayta baholash natijasida vujudga keladigan kurs farqlari toʻgʻri olib borish usuli qoʻllanilganda moliyaviy-xoʻjalik faoliyati natijalariga hisobdan chiqariladi va buxgalteriya hisobida quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
a) ijobiy kurs farqi — 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” schyotining kredeti boʻyicha;
b) salbiy kurs farqi — 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyotining debeti boʻyicha.
21. Balansning valyuta moddalarini har oy qayta baholash natijasida vujudga keladigan kurs farqlari jamgʻarish usuli qoʻllanilganda ular vujudga kelgan vaqtda moliyaviy-xoʻjalik faoliyati natijalariga olib borilmaydi va buxgalteriya hisobida quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
a) ijobiy kurs farqi — 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyotining krediti boʻyicha — ularning joriy qismi va (yoki) 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyotining krediti boʻyicha — ularning uzoq muddatli qismi;
b) salbiy kurs farqi — 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyotining debeti boʻyicha — ularning joriy qismi va (yoki) 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyotining debeti boʻyicha — ularning uzoq muddatli qismi.
22. Jamgʻarish usulini qoʻllash natijasida jamgʻarilgan kurs farqlari moliyaviy-xoʻjalik faoliyat natijalariga quyidagi tartibda olib boriladi:
a) chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari boʻyicha — ularning toʻlanishi (yoki hisobdan chiqarilishi) boʻyicha;
b) boshqa hollarda — balansning tegishli valyuta moddalari bilan xoʻjalik operatsiyalari amalga oshirilishi boʻyicha.
23. Kurs farqlaridan vujudga kelgan uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar va xarajatlarning joriy qismini oʻtkazish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) ijobiy kurs farqi boʻyicha vujudga kelgan uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlarning joriy qismi oʻtkazilganda:
debet 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti;
kredit 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti;
b) salbiy kurs farqi boʻyicha vujudga kelgan uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi oʻtkazilganda:
debet 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyoti;
kredit 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyoti;
24. Jamgʻarilgan kurs farqlarini moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining natijalariga mazkur Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan tartibda olib borish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) ijobiy kurs farqi:
debet 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti;
kredit 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” schyoti;
b) salbiy kurs farqi:
debet 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyoti;
kredit 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyoti.
25. Kurs farqlarini buxgalteriya hisobida yuritishni soddalashtirish maqsadida kechiktirilgan daromadlar va xarajatlar schyotlarida mos ravishda aks ettirilgan ijobiy va salbiy kurs farqlarini hisobdan chiqarishni hisobot oyining oxiridagi chet el valyutasining bir birligiga toʻgʻri keladigan kurs farqining oʻrtacha miqdori boʻyicha amalga oshirishga ruxsat etiladi (kurs farqini oʻrtacha miqdori boʻyicha hisobdan chiqarishning shartli misoli mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan).
26. Kurs farqlarini olib borishda qoʻllanilayotgan usullar xoʻjalik yurituvchi subyektning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisob siyosatini kalendar yil davomida oʻzgartirmasligi lozim, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 26-iyulda 17-07/86-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (1-sonli BHMS) “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” (1998-yil 14-avgust, roʻyxat raqami 474 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-y., 5-son)ning 56-bandida nazarda tutilgan hollar mustasno.
27. Kurs farqlarini olib borishning jamlash usulidan toʻgʻri olib borish usuliga oʻtishda balansning valyuta moddalarini har oyda qayta baholash natijasida oldin toʻplangan kurs farqlari xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati natijalariga hisob siyosati qabul qilingan kalendar yilining oxirigacha har oyda (bir meʼyorda) hisobdan chiqarib boriladi.
28. Ustav kapitali miqdori chet el valyutasida oʻrnatilgan hollarda har bir taʼsischi tomonidan ulushlarning kiritilishi Markaziy bankning ulushni kiritish sanasidagi kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
29. Ustav kapitali miqdori chet el valyutasida oʻrnatilgan hollarda va ustav kapitaliga ulushlar kiritish milliy valyuta — soʻmda yoki boshqa mulk shaklida amalga oshirilganda ham, qayta hisoblash Markaziy bankning ulushlarni kiritish sanasidagi kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
30. Xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav kapitalini shakllantirishda taʼsis hujjatlarini roʻyxatdan oʻtkazish sanasidagi va haqiqatda ustav kapitaliga ulushlarni kiritish sanasidagi Markaziy bank kurslari oʻrtasida vujudga keladigan ijobiy kurs farqi buxgalteriya hisobida qoʻshilgan kapital sifatida 8420 “Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi” schyotida aks ettiriladi.
31. Xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav kapitalini shakllantirishda taʼsis hujjatlarini roʻyxatdan oʻtkazish sanasidagi va haqiqatda ustav kapitaliga ulushlarni kiritish sanasidagi Markaziy bank kurslari oʻrtasida vujudga keladigan salbiy kurs farqi buxgalteriya hisobida 8420 “Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi” schyotining debetida ustav kapitalini shakllanishida vujudga kelgan oldingi ijobiy kurs farqi summasi chegarasida aks ettiriladi. Ustav kapitalini shakllantirishdagi salbiy kurs farqi summasining ijobiy kurs farqi summasidan oshgan qismi moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarga olib boriladi.
32. Chet el valyutasida aks ettirilgan ustav kapitali oshirilganda (kamaytirilganda) buxgalteriya hisobi maqsadida ustav kapitalining faqat oshirilgan (kamaytirilgan) qismi taʼsis hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadagi Markaziy bank kursi boʻyicha milliy valyutaga qayta hisoblanadi.
34. Agar chet el valyutasida aks ettirilgan ustav kapitalining oshirilishi munosabati bilan ulushlar kiritish qonunchilikka muvofiq taʼsis hujjatlariga oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazishga qadar amalga oshirilgan boʻlsa, buxgalteriya hisobida ushbu xoʻjalik operatsiyasi taʼsischilarga qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6600)ning kreditida aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻliqlikda aks ettiriladi.
35. Sugʻurta tashkilotlarida Ustav kapitalining valyuta ekvivalenti qismidagi valyuta mablagʻlarini har oyda qayta baholash natijasida vujudga keladigan ijobiy kurs farqlari rezerv kapitali tarkibidagi “Devalvatsiya uchun rezerv” schyotiga olib boriladi. Ustav kapitalining valyuta ekvivalenti qismidagi valyuta mablagʻlarini har oyda qayta baholash natijasida vujudga keladigan salbiy kurs farqlari rezerv kapitali tarkibidagi “Devalvatsiya uchun rezerv” schyotiga oldingi ijobiy kurs farqlari summasi chegarasida kamaytirishga olib boriladi. Salbiy kurs farqi summasining ijobiy kurs farqi summasidan oshgan qismi moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarga olib boriladi.
§ 5. Moliyaviy hisobotlarda chet el valyutasidagi operatsiyalarni aks ettirish
(5-paragraf nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat statistika qoʻmitasining 2013-yil 2-iyuldagi 65, 35, 2013-33, 13/2, 4mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 1411-1, 30.07.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 31-son, 417-modda)
36. Jamgʻarish usulida 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar”, 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar”, 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar”, 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyotlarida hisobga olingan kurs farqlari “Buxgalteriya balansi” (1-sonli shakl) ning aktiv va passivining tegishli qatorlarida aks ettiriladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat statistika qoʻmitasining 2013-yil 2-iyuldagi 65, 35, 2013-33, 13/2, 4mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 1411-1, 30.07.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 31-son, 417-modda)
37. Xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalariga olib borilgan kurs farqlari Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda (2-sonli shakl) aks ettiriladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat statistika qoʻmitasining 2013-yil 2-iyuldagi 65, 35, 2013-33, 13/2, 4mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 1411-1, 30.07.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 31-son, 417-modda)
38. Xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav kapitali shakllanishida vujudga kelgan kurs farqlari buxgalteriya balansi (1-sonli shakl) ning passivida “Qoʻshilgan kapital” moddasida, “Xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobot” (5-sonli shakl) ning “Qoʻshilgan kapital” ustunida aks ettiriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat statistika qoʻmitasining 2013-yil 2-iyuldagi 65, 35, 2013-33, 13/2, 4mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 1411-1, 30.07.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 31-son, 417-modda)
Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
ILOVA
Kurs farqlarini oʻrtacha miqdor boʻyicha hisobdan chiqarishga shartli misol
|
Balansning valyuta moddasining nomi |
AQSh dollarining summasi |
Milliy valyutadagi summasi (soʻmda) |
Balansning valyuta moddalarini xar oyi qayta baholash natijasida jamlangan kurs farqlari (soʻmda) | |||
|
MB kursi 1$=900 soʻm |
MB kursi 1$=950 soʻm |
MB kursi 1$=1000 soʻm |
Ijobiy 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyotining krediti boʻyicha |
Salbiy | ||
|
Valyuta mablagʻlari |
100 $ |
90 000 |
95 000 |
100 000 |
5 000 (95 000— 90 000) 5 000 (100 000 — 95 000) | |
|
Debitorlik qarzlari |
300 $ |
270 000 |
285 000 |
300 000 |
15 000 (285 000 — 270 000) 15 000 (300 000 — 285 000) | |
|
Kreditorlik qarzlari |
500 $ |
450 000 |
475 000 |
500 000 |
| 25 000 (475 000 — 450 000) 25 000 (500 000 — 475 000) |
|
JAMI |
900 $ |
| | |
40 000 |
50 000 |
Bir birlik chet el valyutasiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha kurs farqi hajmini hisoblash:
(40 000 soʻm + 50 000 soʻm) / 900 $ = 90 000 soʻm / 900 $ = 100 soʻm
Masalan:
200 AQSh dollari miqdorida kreditorlik qarzi toʻlandi, moliya-xoʻjalik faoliyati natijasiga hisobdan chiqariladigan salbiy kurs farqi summasi 20 000 soʻm (200 $ x 100 soʻm) ga teng.
debitorlardan 150 AQSh dollari miqdorida valyuta mablagʻi kelib tushdi, moliya-xoʻjalik faoliyati natijasiga hisobdan chiqariladigan ijobiy kurs farqi summasi 15 000 soʻm (150$ x 100 soʻm) ga teng.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 419-modda; 2013-y., 31-son, 417-modda; 2015-y., 2-son, 22-modda)