O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
IChKI VALYUTA BOZORIDA ALMAShUV KURSLARINI BIRXILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Valyuta siyosatini yanada erkinlashtirish, birjadan tashqari valyuta bozorini rivojlantirish va mustahkamlash, uning faoliyat ko‘rsatishi samaradorligini oshirish, qatnashchilar sonini kengaytirish hamda banklararo savdo sessiyalarida chet el valyutasini sotib olish va sotish hajmini ko‘paytirish maqsadida, shuningdek valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha bojxona to‘lovlari va hisoblarini hisoblab chiqarish tartibini maqbullashtirish uchun Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining chet el valyutasiga talab va taklifdan kelib chiqqan holda vujudga kelgan birjadan tashqari valyuta bozorini 2001-yil 1-noyabrdan boshlab:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan yoki uning kafolati ostida 2001-yil 1-iyulgacha jalb etilgan chet el valyutasidagi kreditlarga xizmat ko‘rsatish;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
2. Belgilab qo‘yilsinki, 2001-yil 1-noyabrdan boshlab respublika hududida valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistika hisoboti va boshqa hisobotlar, shuningdek bojxona to‘lovlarini va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining birjadan tashqari valyuta bozoridagi almashuv kursini, pul massasi va inflatsiya darajasini hisobga olgan holda belgilanadigan kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan birgalikda o‘n kun muddatda chet el valyutasidagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobida, statistika hisobotida va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga yetkazsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda o‘z normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 25-oktabr,
422-son
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilayotgan hamda o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari
RO‘YXATI
I. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Valyuta va eksport-import operatsiyalari bo‘yicha hisob va hisobot tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2000-yil 28-apreldagi 171-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT 2000-y., 6-son, 31-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qaroriga ilovaning 12-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT 2000-y., 10-son, 69-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
II. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining quyidagi qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-iyuldagi 145-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 30-son, 292-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 20-son, 142-modda; 2003-y., 14-son, 115-modda; 2006-y., 30-son, 292-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son; 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)