25.02.2026 yildagi PQ-74-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ishtirokidagi korxonalar va tijorat banklari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ishtirokidagi korxonalar va tijorat banklarida ilg‘or xorijiy tajriba asosida korporativ boshqaruv tizimini hamda ularning faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, bozor mexanizmlariga o‘tishni jadallashtirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar ushbu qarorning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) davlat ishtirokidagi korxonalar va tijorat banklarida (keyingi o‘rinlarda — jamiyatlar) korporativ boshqaruv madaniyatini rivojlantirish, uning zamonaviy usullarini qo‘llash, jamiyatlar kuzatuv kengashi tarkibidagi mustaqil a’zolar ulushini 50 foizga yetkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2026-yil yakuniga qadar “O‘zbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamg‘armasi” AJ (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) aksiyalar paketining xalqaro va mahalliy fond bozorlarida ommaviy taklifini o‘tkazish;
(1-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PF-65-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) jamiyatlar boshqaruviga xalqaro tanlov asosida chet ellik soha mutaxassislarini, shu jumladan, vatandoshlarni faol jalb qilish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, mahsulot va xizmatlar tannarxini kamaytirish orqali raqobatbardoshligini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Jamiyatlar faoliyati samaradorligini oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Jamg‘armaning quyidagi takliflari ma’qullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) jamiyatlar kuzatuv kengashlari tarkibiga Jamg‘armaning ishonchli boshqaruvchisi “Franklin Templeton Asset Management” MCHJ xorijiy korxonasi vakillarini kiritish va mustaqil a’zolar sonini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) bir oy muddatda “O‘zsuvta’minot” AJ va “O‘zbekinvest” AJ ustav kapitalidagi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tegishli davlat aksiyalar paketlarini Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 2026-yil 1-aprelga qadar “Temiryo‘linfratuzilma” AJ ustav kapitalidagi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga tegishli bo‘lgan 60 foiz aksiyalar paketini nominal qiymatda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini kamaytirish hisobiga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) “Navoiyazot” AJ va AT “Xalq banki” ustav kapitallaridagi Jamg‘armaga tegishli aksiyalar paketlarini Jamg‘armaga berilgan qiymatda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o‘tkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tegishli “O‘zbektelekom” AJ ustav kapitalidagi 5 foiz hamda “O‘zbekinvest” AJ ustav kapitalidagi 10 foiz ulushni Jamg‘armaga o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) bir oy muddatda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB ustav kapitalidagi 10 foiz ulushni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga nominal qiymatda o‘tkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Jamg‘arma ustav kapitaliga o‘tkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) “O‘zmilliybank” AJ ustav kapitalidagi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tegishli aksiyalar paketini Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga mazkur bandning “j” kichik bandida keltirilgan aksiyalar ulushiga teng miqdorda nominal qiymatda o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2024-yil yakuniga qadar shakllangan taqsimlanmagan sof foydasini Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot banki bilan kelishilgan holda bank ustav kapitaliga aksiyadorlar ulushlariga mutanosib ravishda yo‘naltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(k) bir oy muddatda “Smart Integrity Me” MCHJ ishonchli boshqaruvida bo‘lgan “Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi” AJ ustav kapitalidagi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tegishli davlat aksiyalar paketini nominal qiymatda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJga uning ustav kapitalini oshirish hisobiga o‘tkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(l) davlat-xususiy sheriklik asosida Samarqand viloyati hududiy elektr tarmoqlariga xususiy sektorni jalb qilish tajribasidan kelib chiqib, 2 ta viloyat hududiy elektr tarmoqlariga xususiy sheriklarni jalb qilish, qolgan viloyatlar bo‘yicha loyihalarni ikki yil muddatga to‘xtatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Istisno tariqasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Jamg‘armaga aksiyalar paketi (ulushi) xalqaro va mahalliy bozorlarda ommaviy savdolarga chiqariladigan “O‘zbekinvest” AJni xususiylashtirish jarayonida ishtirok etishga ruxsat berilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PQ-289-son qarori 4-bandida va mazkur qarorning 2-bandida nazarda tutilgan qimmatli qog‘ozlarni qabul qilish natijasida shakllanadigan Jamg‘arma daromadlari yuridik shaxslarning foyda solig‘idan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, Jamg‘armaning ulushi bor bo‘lgan jamiyatlar bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) hisoblanadigan dividendlarni jamiyatlar ixtiyorida qoldirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish taqiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) iqtisodiyotdagi o‘rni va ulushi, moliyaviy natijalari, biznes-reja ko‘rsatkichlari bajarilishi va boshqa muhim axborotlarni o‘z ichiga oluvchi ma’lumotlar Jamg‘arma bilan kelishilgandan so‘ng Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) aktivlarni tasarruf etish Jamg‘arma bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) transformatsiya, aksiyalarni fond bozorlarida birlamchi ommaviy taklifini (IPO) o‘tkazish jarayonlari doirasida “Franklin Templeton Asset Management” MCHJ bilan birgalikda eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li bilan tanlab olinadigan konsultantlar bilan shartnomalar tuziladi va bu shartnomalar doirasida ishlab chiqiladigan texnik topshiriqlarga ularni “Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK bilan kelishish tartibi tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligining Jamg‘arma aksiyalar paketining xalqaro va mahalliy fond bozorlarida birlamchi ommaviy taklifini (IPO) o‘tkazish jarayonlarini amalga oshirishda huquqiy konsultantlar sifatida “Cleary Gottlieb Steen & Hamilton LLP” va “Kosta Legal” korxonalarini jalb qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Transport vazirligining “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan foydalanishga topshirilgan Qo‘qon, Zomin va “Toshkent-Humo” aeroportlarini qurish bilan bog‘liq xarajatlarni 2026 — 2028-yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hisobidan qoplab berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Jamg‘armaning ishonchli boshqaruvchisi “Franklin Templeton Asset Management” MCHJ bilan birgalikda 2026-yil 1-iyulga qadar Jamg‘armaning ulushi mavjud bo‘lgan jamiyatlarning rahbari, ularning moliya, transformatsiya va xususiylashtirish bo‘yicha o‘rinbosarlari zamon talablariga javob berishi nuqtai nazaridan o‘rganish o‘tkazib, zarur hollarda, mazkur lavozimlarga tanlov asosida aniqlangan nomzodlarni taklif etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Elektr energiyasini uzatish tizimi, taqsimlash operatorlari hamda umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti infratuzilmasi operatorini ularning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi ellik bir foizdan kam bo‘lmagan aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tashkil etishga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Qaror ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Energetika vazirligi, Transport vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-aprelga qadar O‘zbekiston Respublikasining “Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”, “Elektr energetikasi to‘g‘risida” va “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi qonunlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsan javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qaror ijrosini muhokama qilib borish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 25-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-74-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-fevraldagi PQ-74-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi “2022 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-165-son Farmoni 6-bandi “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi “jamiyatlarida” so‘zidan keyin “(“O‘zbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamg‘armasi” AJ bundan mustasno)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-avgustdagi “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini jadallashtirishning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha mas’uliyatini yanada oshirish to‘g‘risida”gi PQ-4426-son qarori 6-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“korxona rahbarining axborot texnologiyalari va sun’iy intellektni joriy etish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini kiritish hamda mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalarini boshqaruv raisining amaldagi ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosariga (tegishliligi bo‘yicha Bosh muhandisga) yuklatish va ularning faoliyati samaradorligi va natijadorligining asosiy ko‘rsatkichlarini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotlar sotib olish bo‘yicha import shartnomalari (ularga qo‘shimcha shartnomalar) va ularning texnik talablarini korxona rahbarining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari (tegishliligi bo‘yicha Bosh muhandis) bilan kelishish”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-303-son qaroriga ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamg‘armasi” AJ ustav kapitalini shakllantirish uchun davlat ulushi o‘tkaziladigan korxona va tijorat banklarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Nomlanishi

O‘tkaziladigan ulush,

(foizda)

1.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

40

2.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ

25

3.

“O‘zbekgidroenergo” AJ

40

4.

“O‘zbektelekom” AJ

30

5.

“Uzbekistan airways” AJ

25

6.

“Temiryo‘linfratuzilma” AJ

40

7.

“Hududgazta’minot” AJ

40

8.

“Toshshahartransxizmat” AJ

25

9.

“O‘zbekiston MET” AJ

40

10.

“O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ

40

11.

“O‘zbekinvest” AJ

40

12.

“O‘zsuvta’minot” AJ

40

13.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB

40

.

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2026-y., 07/26/74/0175-son)