19.09.2025 yildagi PQ-289-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish orqali uning aksiyalarini mahalliy va xalqaro fond birjalarida birlamchi joylashtirishga puxta tayyorgarlik koʻrish va Jamgʻarmaning investitsion jozibadorligini oshirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Oʻzbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tegishli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) “Uzbekistan Airports” AJ, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va “Mikrokreditbank” ATBning aksiyalari Jamgʻarmaning ustav kapitalidagi davlat ulushini kamaytirish hisobiga Iqtisodiyot va moliya vazirligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) “Oʻzbekiston pochtasi” AJning aksiyalari Jamgʻarmaning ustav kapitalidagi davlat ulushini kamaytirish hisobiga Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga tegishli 30 foiz aksiya ulushi keyinchalik Jamgʻarmaga oʻtkazish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) “Oʻzbekgidroenergo” AJning 20 foiz, “Oʻzbekinvest” AJning 10 foiz va “Temiryoʻlinfratuzilma” AJning 15 foiz aksiya ulushlarini qoʻshimcha ravishda Jamgʻarmaga oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (Sh. Vafayev) “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga tegishli 30 foiz aksiya ulushi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov) “Oʻzbekinvest” AJning 10 foiz aksiya ulushi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Z. Narzullayev) ustav kapitalidagi davlat ulushini kamaytirish hisobiga “Temiryoʻlinfratuzilma” AJning 15 foiz aksiya ulushi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ikki hafta muddatda oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov) bir oy muddatda “Agrobank” ATB hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tegishli davlat ulushi mavjud boshqa tijorat banklarining aksiyalari ulushi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga mazkur qarorning 2-bandi “a” kichik bandida keltirilgan aksiyalar ulushiga teng qiymatda oʻtkazilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki, Jamgʻarmaning investitsiya portfelidagi korxonalar va tijorat banklarining ustav kapitalida davlat ulushi oshirilgan taqdirda, shuningdek, xalqaro moliya institutlarining konvertatsiya qilinadigan kredit liniyalarini konvertatsiya qilish natijasida ularning ulushi oshganda, Jamgʻarmaga uning ulushini saqlab qolish uchun davlat ulushidan aksiyalar mutanosib ravishda oʻtkaziladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PF-65-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamgʻarmasi aksiyalarini birlamchi ommaviy savdoga chiqarish ishlarini muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Jamgʻarmaning dividendlar tarzidagi daromadlarini dividend soligʻidan ozod etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga oʻzgartirish kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining “Investitsiya va pay fondlari toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga ishonchli boshqaruvchiga ruxsat etilgan amaliyotlarni kengaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 19-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-289-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PQ-289-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamgʻarmasi aksiyalarini birlamchi ommaviy savdoga chiqarish ishlarini muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

J. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Ishchi guruh rahbari

2.

B. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament boshligʻi, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

3.

X. Mustafayev

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

4.

N. Saydullayev

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari

5.

N. Xusanov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari

6.

B. Abdinazarov

“Uzassets” AJ boshqaruvi raisi

7.

J. Abdushukurov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament direktori, Ishchi guruh kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PQ-289-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-apreldagi PQ-149-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 07/26/149/0395-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-iyuldagi “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-253-son qarorining 2-bandi “g” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-303-son qaroriga ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
““Oʻzbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamgʻarmasi” AJ ustav kapitalini shakllantirish uchun davlat ulushi oʻtkaziladigan korxona va tijorat banklarining
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Nomlanishi

Oʻtkaziladigan ulush,

(foizda)

1.

“Navoiyazot” AJ

25

2.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

40

3.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ

25

4.

AT “Xalq banki”

30

5.

“Oʻzbekgidroenergo” AJ

40

6.

“Oʻzbektelekom” AJ

25

7.

“Uzbekistan airways” AJ

25

8.

“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ

40

9.

“Hududgaztaʼminot” AJ

40

10.

“Toshshahartransxizmat” AJ

25

11.

“Oʻzbekiston MET” AJ

40

12.

“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ

40

13.

“Oʻzbekinvest” AJ

30

14.

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

40

15.

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB

30

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-avgustdagi “Qimmatli qogʻozlarni muomalaga kiritish kvotalari va tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 239-son qarorga ilovaning 22-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga asosan xalqaro va mahalliy fond bozorida aksiyalarining birlamchi (IPO) va (yoki) ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifi oʻtkaziladigan davlat ishtirokidagi korxonalarga mazkur bandda belgilangan tartib tatbiq etilmaydi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 07/25/289/0859-son; 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son; 21.04.2026-y., 07/26/149/0395-son)