ushbu Qonunning 21 va 22-moddalariga muvofiq harbiy xizmatga chaqirishini kechiktirish to‘g‘risida yoki harbiy xizmatga chaqirilishdan ozod qilish haqida;
Ushbu modda ikkinchi qismining 1-bandida ko‘rsatilgan chaqiriluvchilar o‘z roziligi va ota-onasining (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning) roziligi bilan harbiy xizmatga chaqirilish muddati kechiktirilmagan holda chaqirilishi mumkin.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 291-modda, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2002-yil 1-apreldagi 21-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomning 28 va 29-bandlari (ro‘yxat raqami 1136, 08.05.2002-y.).

Agar ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni doimiy turar joyidan chetga chiqish bilan bajarsalar, ularning turar joyidan ish joyiga borish va u erdan qaytib kelish, turar joyni ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlari mudofaa ishlari organlarining taqdimiga ko‘ra tegishli hokimliklar tomonidan qoplanadi, ularga xizmat safarlari uchun belgilangan normalar asosida kundalik xarajatlari puli to‘lanadi.