22.02.2003 yildagi 99-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARINING SAFARBARLIK CHAQIRUVI REZERVIDAGI XIZMATINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni samarali tashkil etish, muddatli xizmat harbiy xizmatchilarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat qilish nufuzini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2003-yil bahorgi chaqiruvdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatga, shu jumladan cheklanishlar bilan yaroqli boʻlgan hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega boʻlmagan, biroq Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi muddatga chaqirilmagan shaxslar safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olinadilar. Koʻrsatib oʻtilgan shaxslar yigirma yetti yoshgacha safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatida boʻladilar va uni oʻtagandan keyin Qurolli Kuchlarning ikkinchi toifali rezerviga oʻtkaziladilar;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-martdagi 210-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 09/19/210/2757-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorda pul badallarini toʻlashi va xizmat davrida bir marta bir oylik harbiy yigʻinda xizmatni oʻtashi safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmat qilish sharti hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy yigʻinlardan oʻtish davrida, ularni oʻtkazish joyiga borish va qaytishga ketadigan vaqtni qoʻshib hisoblaganda, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining ish joylarida ularning ish oʻrni (lavozimi) saqlab turiladi. Harbiy yigʻinlarga yuborilganlik haqidagi maʼlumotnoma olingan kundan boshlab harbiy yigʻinlardan qaytgunga qadar boʻlgan davrda koʻrsatib oʻtilgan shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishi mumkin emas, korxonaning tugatilishi holatlaridan tashqari. Agar safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisi harbiy yigʻinlar vaqtida kasallanib qolgan boʻlib, ular tugagandan keyin ham tuzalmayotgan boʻlsa uning ish oʻrni (lavozimi) saqlab turiladi, harbiy yigʻinlar tugagan kundan boshlab esa qonunchilikka muvofiq vaqtinchalik ishga yaroqsizligi boʻyicha nafaqa toʻlanadi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olingan shaxslar tomonidan toʻlanadigan mablagʻlar Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” Maxsus hisobraqamida (keyingi oʻrinlarda Maxsus hisobraqam deb ataladi) jamlanadi va muddatli harbiy xizmatni oʻtash nazarda tutilgan tegishli vazirliklar va idoralarning muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilarini zaxiraga boʻshatishda ularga nafaqa pulini toʻlash, shuningdek, Mudofaa vazirligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, shu jumladan qurol-yarogʻ, harbiy-texnik mulk, oʻq-dorilar xarid qilish, binolarni taʼmirlash va qurish, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari ishtirokida harbiy yigʻinlar oʻtkazish, yigʻinlar maʼmuriyatining taʼminoti bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining hisobini yurituvchi xodimlarning mudofaa ishlari organlaridagi taʼminotiga maqsadli tartibda yoʻnaltiriladi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mudofaa ishlari organlarida safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari hisobini yurituvchi xodimlarning qoʻshimcha soni Maxsus hisobraqamning daromadlari va xarajatlari smetasi tasdiqlanayotganda belgilanadi. Bunda yangi moliya yilida Maxsus hisobraqamning daromadlari va xarajatlari smetasi tasdiqlangunicha ularga ish haqi toʻlash oʻtgan moliya yilida belgilangan xodimlar soni doirasida amalga oshiriladi;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olinadigan fuqarolar tomonidan Maxsus hisob raqamiga pul badallari oʻtkazish shartlari Qurolli Kuchlarda harbiy xizmatga navbatdagi chaqiriq davrida ular tomonidan Mudofaa vazirligi bilan tuziladigan shartnomada belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olingan shaxslar tomonidan pul badallari xizmatga olingandan keyin bir yil mobaynida Davlat-tijorat Xalq banki muassasalari orqali toʻlanadi. Tomonlarning kelishuviga koʻra toʻlov toʻliq hajmda bir yoʻla yoxud bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olingan shaxslarning harbiy yigʻinlari hududiy prinsip asosida Mudofaa vazirligining harbiy qismlari bazasida tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus hisob raqamiga belgilangan badalni toʻlagan va harbiy yigʻinlardan oʻtgan shaxslar muddatli harbiy xizmatga chaqirilishdan ozod qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtashi tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” maxsus hisob raqami toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” maxsus hisob raqamiga badal oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy shartnoma 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, Davlat xavfsizlik xizmati va muddatli harbiy xizmat nazarda tutilgan boshqa vazirliklar va idoralar Maxsus hisob raqamiga tushgan pul mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini taʼminlasinlar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qoʻyilsinki, Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” maxsus hisob raqamida jamlanadigan mablagʻlar soliq solishning barcha turlaridan ozod qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashining kotibi Gʻ.D. Oblayarov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 22-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 22-fevraldagi
99-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtashi tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtashini tashkil etish va oʻtash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat — harbiy xizmatga, shu jumladan cheklanishlar bilan yaroqli boʻlgan, chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega boʻlmagan, biroq navbatdagi chaqiriq davomida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga chaqirilmaydigan shaxslar tomonidan oʻtaladigan harbiy xizmat turidir.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-martdagi 210-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 09/19/210/2757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning pul badali toʻlashlari, shuningdek xizmat mobaynida oylik harbiy yigʻinlardan oʻtishlari fuqarolar tomonidan safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtash shartlari hisoblanadi. Bunda shartnomada koʻrsatilgan pul badalining miqdori oʻzgartirilmaydi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 16-sentabrdagi 267-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 37-son, 488-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olingan shaxslar tomonidan toʻlangan pul badallari summasi Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” Maxsus hisobraqamida (keyingi oʻrinlarda Maxsus hisobraqam deb ataladi) jamlanadi va muddatli harbiy xizmatni oʻtash nazarda tutilgan tegishli vazirliklar va idoralarning muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilarini zaxiraga boʻshatishda ularga nafaqa pulini toʻlash, shuningdek, Mudofaa vazirligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, shu jumladan qurol-yarogʻ, harbiy-texnik mulk, oʻq-dorilar xarid qilish, binolarni taʼmirlash va qurish, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari ishtirokida harbiy yigʻinlar oʻtkazish, yigʻinlar maʼmuriyatining taʼminoti bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining hisobini yurituvchi xodimlarning mudofaa ishlari organlaridagi taʼminotiga maqsadli tartibda yoʻnaltiriladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa vazirligining Maxsus hisobraqami Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi hisob-kitob-kassa markazida ochiladi.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga yigirma yetti yoshga toʻlgunga qadar olinadilar. Ular safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtash davrida oylik harbiy yigʻinlarni oʻtashga jalb etilishlari, shuningdek favqulodda vaziyatlar yoki Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz roʻy bergan taqdirda haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilishlari mumkin. Harbiy yigʻinlar Mudofaa vazirligining harbiy qismlari bazasida (keyingi oʻrinlarda matnda “harbiy qismlar” deb yuritiladi) hududiy prinsip boʻyicha tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan tartibda pul badalini toʻlagan va safarbarlik chaqiruvi rezervida boʻlgan davrda oylik yigʻinlardan oʻtgan fuqarolar muddatli harbiy xizmatga chaqirilishdan ozod etiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan shaxslar yigirma yetti yoshga toʻlganlaridan keyin Qurolli Kuchlarning ikkinchi toifali rezerviga oʻtkaziladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtash qonunchilikka, shuningdek mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olish va uni oʻtash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tuman (shahar) chaqiruv komissiyasi fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish boʻyicha belgilangan naryad bajarilgandan keyin jismoniy va aqliy jihatdan eng yaxshi tayyorlangan chaqiriluvchilarni tanlash yoʻli bilan qolgan chaqiriluvchilarni safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan fuqarolar bilan yakka tartibda suhbat oʻtkazilgandan keyin Mudofaa vazirligi tomonidan Maxsus hisob raqamiga badal oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida yozma shartnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma shartlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus hisob raqamiga badallar toʻlash muddatlari, miqdori va tartibini;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olinadigan shaxslarning butun xizmat davri mobaynida qonunchilikda belgilangan majburiyatlarni vijdonan bajarish majburiyatini;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa vazirligining qonunchilikka muvofiq fuqaroga safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtashini, xizmat tamom boʻlgandan keyin esa uni Qurolli Kuchlar rezervi tarkibiga oʻtkazishni taʼminlash majburiyatini;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi shaxs (kafil) tomonidan safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxs tomonidan tegishli moliyaviy majburiyatlar zarur tarzda bajarilishi kafolatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomani toʻxtatish shartlarini nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnomada quyidagilar koʻrsatiladi: safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxsning va uning kafilining familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning pasportiga oid maʼlumotlar; Mudofaa vazirligi nomidan shartnomani imzolagan mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻining harbiy unvoni, familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflari; shartnoma imzolangan sana.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan muddatli harbiy xizmatga fuqarolarni navbatdagi chaqirish muddati davomida mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxs va kafil tomonidan imzolanishi hamda mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan va muhrlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan fuqarolarning roʻyxati tuziladi. Roʻyxatning birinchi nusxasi unga ilova qilingan shartnomalar bilan birgalikda mudofaa ishlari boʻlimida saqlanadi. Roʻyxatning ikkinchi nusxasi viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar) mudofaa ishlari boshqarmalariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Maxsus hisob raqamiga pul mablagʻlari safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxs yoki uning kafili (yuridik va jismoniy shaxs) tomonidan Davlat-tijorat Xalq bankining filial tarmogʻi orqali toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet mablagʻlari hisobiga pul badali toʻlash qatʼiyan taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar tomonidan pul badallari toʻlash xizmatga olingandan keyin bir yil mobaynida toʻlanadi. Tomonlarning kelishuviga koʻra toʻlov shartnomada belgilangan muddat mobaynida toʻliq hajmda bir yoʻla yoxud bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pul badali toʻlanganligi toʻgʻrisida Xalq banki filialining belgisi qoʻyilgan kvitansiya nusxasini (agar badal naqd pulsiz oʻtkazish yoʻli bilan toʻlansa elektron toʻlov koʻchirmasi) safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxs uni shaxsiy hisobga qoʻyish uchun tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga taqdim etadi. Kvitansiya mudofaa ishlari boʻlimida imzolangan shartnomada ilova sifatida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash davrida fuqarolar yigirma yetti yoshgacha mudofaa ishlari boʻlimlarida alohida harbiy hisobda turadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pul badalini toʻliq miqdorda toʻlagan shaxslarga safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan kundan boshlab oʻn ikki oy oʻtgandan keyin ularning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatda boʻlganliklari toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan harbiy guvohnomalar beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtayotgan shaxs keyinchalik tinch davrda harbiy xizmatga yaroqsiz yoki urush davrida harbiy xizmatga cheklangan darajada yaroqli deb topilgan taqdirda u zaxiraga oʻtkazilishi kerak, u tomonidan pul badallari toʻlash esa toʻxtatiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-martdagi 210-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 09/19/210/2757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Pul badallarini toʻlagan, biroq harbiy yigʻinlardan oʻtmagan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisiga toʻlangan mablagʻlar, agarda u harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilganda va unga tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi (TIEK) tomonidan 27 yoshgacha I, II yoki III guruh nogironligi berilgan holatda belgilangan tartibda qaytarib beriladi.
(91-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisi vafot etgan taqdirda toʻlangan pul badallari uning yaqin qarindoshiga, merosxoʻriga, vasiysiga yoki homiysiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ortiqcha toʻlangan, shuningdek, Maxsus hisobraqamga yanglishib oʻtkazilgan pul badallari mazkur Nizomning va 9³-bandlarida belgilangan tartibda qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa holatlarda Maxsus hisobraqamga oʻtkazilgan pul badallari qaytarib berilmaydi.
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. TIEK tomonidan I, II yoki III guruh nogironligi boʻlgan shaxs (layoqatsiz) deb topilgan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisi yoki belgilangan tartibda berilgan ishonchnoma asosida uning nomidan ish koʻrayotgan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisining layoqatsiz deb topilgan ishonchli vakili yoki vafot etgan (halok boʻlgan) safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisining yaqin qarindoshi (merosxoʻri, vasiysi yoki homiysi) TIEK xulosasining (oʻlganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning) nusxasi, Maxsus hisob raqamiga badallar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi tomonlarning imzolari qoʻyilgan shartnomaning, shuningdek yaqin qarindoshlik aloqalarini (merosxoʻrlik huquqini, vasiylikni yoki homiylikni) tasdiqlovchi tegishli hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda (harbiy hisobga qoʻyilgan joyidagi) mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻining nomiga toʻlangan pul badallarini qaytarish haqida (toʻlangan pul summasini koʻrsatgan holda) ariza beradi.
(92-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus hisob raqamiga pul badallarini toʻlagan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisi toʻlangan pul badallari toʻgʻrisidagi kvitansiyalarning (toʻlov topshiriqnomasining) nusxalarini ilova qilgan holda (harbiy hisobga qoʻyilgan joyidagi) mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻining nomiga ortiqcha toʻlangan pul badallarini qaytarish haqida (toʻlangan va ortiqcha toʻlangan pul summasini koʻrsatgan holda) ariza beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa ishlari boʻlimi toʻlangan pul badallarini qaytarish haqida berilgan arizani koʻrib chiqadi va arizada koʻrsatilgan pul summasini hisob maʼlumotlari bilan taqqoslaydi (arizada koʻrsatilgan pul summasi bilan hisob maʼlumotlari oʻrtasida tafovut mavjud boʻlgan hollarda mudofaa ishlari boʻlimi aniqlangan tafovut haqida ariza bergan shaxsni xabardor qiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizada koʻrsatilgan pul summasini taqqoslab koʻrgandan soʻng mudofaa ishlari boʻlimi taqdim etilgan hujjatlarni uch ish kuni mobaynida mudofaa ishlari boshqarmasiga yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa ishlari boshqarmasi mudofaa ishlari boʻlimi taqdim etgan hujjatlarni koʻrib chiqqandan soʻng uch ish kuni mobaynida tegishli harbiy okrukka toʻlangan pul badallarini qaytarish haqida iltimosnoma yuboradi.
(92-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy okrug mudofaa ishlari boshqarmasi taqdim etgan hujjatlarni koʻrib chiqqandan soʻng uch ish kuni mobaynida Mudofaa vazirligiga tranzit hisobraqamiga toʻlangan pul badallarini qaytarish haqida xat yuboradi.
(92-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa vazirligi harbiy okrug taqdim etgan hujjatlarni koʻrib chiqqandan soʻng uch kun muddatda arizada koʻrsatilgan pul summasini, toʻlov taqdimnomasining “Toʻlov tafsilotlari” satrida harbiy okrugdan yuborilgan xatning, tuzilgan shartnomaning sanasi va raqamini, pul mablagʻlarini oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismini koʻrsatgan holda, Maxsus hisobraqamdagi pul mablagʻlarini saqlash uchun harbiy okrugning depozit hisobraqamiga qaytaradi.
(92-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(92-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy okrugning moliya xizmati, Mudofaa vazirligidan Maxsus hisob raqamiga pul mablagʻlari kelib tushgandan soʻng, ularni mansubligiga koʻra tegishli mudofaa ishlari boshqarmasiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa ishlari boshqarmasi, harbiy okrugning moliya xizmatidan Maxsus hisob raqamiga pul mablagʻlari kelib tushgandan soʻng, ularni mansubligiga koʻra tegishli mudofaa ishlari boʻlimiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa ishlari boʻlimi, mudofaa ishlari boshqarmasidan Maxsus hisob raqamiga pul mablagʻlari kelib tushgandan soʻng uch kun muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza bergan shaxsga pul mablagʻlarini naqd pulda toʻlaydi yoki (ariza beruvchining roziligi bilan) plastik kartochkaga oʻtkazib beradi — pul badallari naqd pulda toʻlangan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul mablagʻlarini ariza bergan shaxsning hisob raqamiga oʻtkazadi — pul badallari Maxsus hisob raqamiga jismoniy (yuridik) shaxslar tomonidan oʻtkazilgan taqdirda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa ishlari boʻlimi, uch ish kuni mobaynida, kvitansiyaning (toʻlov topshiriqnomasining) raqami va sanasini koʻrsatgan holda pul badallarining ariza bergan shaxsga toʻlanganligi (oʻtkazilganligi) haqida belgilangan tartibda mudofaa ishlari boshqarmasiga xabar qiladi hamda hisob maʼlumotlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Maxsus hisob raqamiga pul mablagʻlarini yanglishib oʻtkazgan jismoniy (yuridik) shaxs, oʻtkazilgan pul mablagʻlari toʻgʻrisidagi kvitansiyani (toʻlov topshiriqnomasini) ilova qilgan holda, yanglishib oʻtkazgan pul mablagʻlarini qaytarish haqida (toʻlangan pul summasini koʻrsatib) tegishli mudofaa ishlari boʻlim boshligʻi nomiga ariza beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa ishlari boʻlimi yanglishib oʻtkazilgan pul mablagʻlarini qaytarish haqida berilgan arizani koʻrib chiqadi va arizada koʻrsatilgan pul summasini hisob maʼlumotlari bilan taqqoslab koʻradi (arizada koʻrsatilgan pul summasi bilan hisob maʼlumotlarining oʻrtasida tafovut mavjud boʻlgan hollarda mudofaa ishlari boʻlimi aniqlangan tafovut haqida ariza bergan shaxsga xabar qiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa ishlari boʻlimi, arizada koʻrsatilgan pul summasini taqqoslab koʻrgandan soʻng, uch ish kuni mobaynida mudofaa ishlari boshqarmasiga taqdim etilgan hujjatlarni yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa ishlari boshqarmasi mudofaa ishlari boʻlimi taqdim etgan hujjatlarni koʻrib chiqqandan soʻng uch ish kuni mobaynida tegishli harbiy okrukka yanglishib oʻtkazilgan pul mablagʻlarini qaytarish haqida iltimosnoma yuboradi.
(93-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy okrug mudofaa ishlari boshqarmasi taqdim etgan hujjatlarni koʻrib chiqqandan soʻng uch ish kuni mobaynida Mudofaa vazirligiga tranzit hisobraqamiga yanglishib oʻtkazilgan pul mablagʻlarini qaytarish haqida xat yuboradi.
(93-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa vazirligi harbiy okrug taqdim etgan hujjatlarni koʻrib chiqqandan soʻng uch kun muddatda arizada koʻrsatilgan pul summasini, toʻlov taqdimnomasining “Toʻlov tafsilotlari” satrida harbiy okrugdan yuborilgan xatning, tuzilgan shartnomaning sanasi va raqamini, pul mablagʻlarini oluvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini (yoki yuridik shaxsning nomini) koʻrsatgan holda, tranzit hisobraqamiga pul mablagʻlari yanglishib oʻtkazilgan Xalq banki tegishli filialining alohida maxsus hisobraqamiga qaytaradi.
(93-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq bankining tegishli filiali yanglishib oʻtkazilgan pul mablagʻlarini Mudofaa vazirligidan alohida maxsus hisob raqamiga qabul qilib:
(93-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul mablagʻlari naqd pul bilan toʻlanganda — ularni ariza bergan shaxsga naqd pul mablagʻlari bilan toʻlaydi yoki (ariza bergan shaxsning roziligi bilan) plastik kartochkasiga oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul mablagʻi jismoniy (yuridik) shaxslar tomonidan oʻtkazilganda — pul mablagʻlarini ariza bergan shaxsning bankdagi hisob raqamiga oʻtkazadi.
(91-93-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 16-sentabrdagi 267-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 37-son, 488-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan va yashash joyini oʻzgartirgan fuqarolar “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan tartibda harbiy hisobga qoʻyiladi va undan chiqariladi. Bunda pul badalining qolgan qismini toʻlash uning tomonidan yangi yashash joyi boʻyicha belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtayotgan fuqarolar doimiy yashash uchun chet elga ketgan taqdirda, faqat maxsus hisob raqamiga pul badalining toʻliq summasi toʻlangandan keyin harbiy hisobdan chiqariladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga xizmatga olingan, harbiy-hisobga olish boʻyicha turdosh mutaxassislikka ega boʻlgan, maxsus hisob raqamiga pul badalini toʻliq hajmda toʻlagan va oylik yigʻinlardan oʻtgan shaxslar kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga ixtiyoriy tartibda qabul qilinishi, shuningdek Mudofaa vazirligining serjantlar tayyorlash maktabiga oʻqishga yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorini bajarish yuzasidan chaqiriluvchilar bilan Mudofaa vazirligi oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda, bunday kelishmovchiliklar qonunga muvofiq sud tartibida koʻrib chiqiladi va hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxs tomonidan pul badali toʻliq hajmda toʻlanmagan yoki uning bir qismi toʻlanmagan taqdirda, shartnoma shartlariga muvofiq, toʻlanmagan summa (muddatida toʻlanmagan qismi) fuqarodan sud tartibida undirib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Badalning toʻliq summasi shartnomada belgilangan muddatda toʻlanmaganda yoki belgilangan toʻlov olti oydan ortiq muddatga kechiktirilganda fuqaro muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin. Bunda uning tomonidan badal summasining toʻlangan qismi qaytarilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma tuzishdan bosh tortilgan taqdirda maxsus hisob raqamiga toʻlanishi kerak boʻlgan pul badallari qonunchilikka muvofiq undiriladi.
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy tayyorgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan va belgilangan badalni Maxsus hisobraqamga toʻliq hajmda toʻlagan shaxslar oylik oʻquv yigʻinlariga jalb etilishi mumkin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Yigʻinlarga jalb etiladigan shaxslarni tanlash tuman chaqiruv komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslarning sogʻligi, jismoniy tayyorgarligi, maʼlumoti darajasi va ularning mutaxassisligi, qoʻshinlarning tegishli harbiy-hisobga olish mutaxassisliklariga boʻlgan ehtiyoji hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Safarbarlik chaqiruvchi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslarning harbiy yigʻinlari ishlab chiqarishdan ajratilgan holda va fuqarolarning tegishli qoʻshilmalar va qismlarning harbiy shaharchalarda yashashi sharti bilan Mudofaa vazirligining harbiy qismlari kadrlari boʻlinmalari negizida tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslarning harbiy yigʻinlari Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy tayyorgarlik dasturiga muvofiq amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslarning harbiy tayyorgarligi Mudofaa vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan harbiy tayyorgarlikni oʻtkazishning yillik rejalariga muvofiq tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy tayyorgarlikni oʻtkazish rejalarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha joriy yilda yigʻinlardan oʻtishi kerak boʻlgan fuqarolarning umumiy soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy tayyorgarlikka yuborilayotgan fuqarolarning soni, yigʻinlarni oʻtkazish muddatlari, shuningdek yigʻinlarni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa tadbirlar koʻrsatilgan holda negizida harbiy yigʻinlar tashkil etadigan harbiy qismlar belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy tayyorgarlikni oʻtkazish rejasi Mudofaa vazirining koʻrsatmasi bilan amalga joriy etiladi. Rejadan koʻchirmalar ijro etish uchun harbiy okruglarga, mudofaa ishlari boshqarmalariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslarni harbiy tayyorgarlik oʻtkaziladigan joylarga joʻnatish komandalar tarkibida va harbiy tayyorgarlikni oʻtkazish rejasida belgilangan muddatlarda mudofaa ishlari boshqarmalarining yigʻish punktlarida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Yigʻinlardan oʻtish davrida fuqarolarga muddatli xizmat harbiy xizmatchilari uchun qonunchilikda nazarda tutilgan ijtimoiy kafolatlar joriy etiladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Harbiy qism komandirining buyrugʻi bilan fuqaro oʻzgaruvchan tarkib roʻyxatiga olingan kun harbiy yigʻinlar boshlangan kun, harbiy qism komandirining buyrugʻi bilan fuqaro qismning oʻzgaruvchan tarkibi roʻyxatidan chiqarilgan kun harbiy yigʻinlar tamom boʻlgan kun deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Mudofaa vazirligi va harbiy boshqaruv organlarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni tashkil etish boʻyicha funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni tashkil etishga umumiy rahbarlikni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi amalga oshiradi. Unga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarni safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olish boʻyicha faoliyatni va fuqarolarning harbiy tayyorgarligini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarni safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olish va u tamom boʻlgandan keyin Qurolli Kuchlar zaxirasiga oʻtkazishning samarali tizimini barpo etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar tomonidan pul badallarining oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini, shuningdek Mudofaa vazirligining talab qilib olinadigan ikkilamchi depozit hisob raqamiga tushgan pul mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa vazirligining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olishni amalga oshiradigan tarkibiy boʻlinmalarini tayyorgarlik koʻrgan harbiy xizmatchilar bilan butlash, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan fuqarolarni hisobga olish va ularning harbiy tayyorgarligi yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Harbiy okruglarning qoʻmondonliklariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga oʻz vaqtida olinishi, maxsus hisob raqamiga pul mablagʻlari tushishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslarning harbiy tayyorgarligiga bevosita rahbarlik qilish, uning tashkil etilishi va oʻtkazilishini nazorat qilish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar harbiy tayyorgarligining oʻquv moddiy-texnika bazasini barpo etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus hisob raqamiga tushgan mablagʻlarni belgilangan tartibda taqsimlash va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarni safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olish ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar harbiy hisobga olinishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy okruglarga pul badallari va harbiy yigʻinlardan oʻtgan fuqarolarning soni toʻgʻrisida har oylik yigʻma hisobotlar taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan fuqarolarni hisobga olishni va harbiy yigʻinlarga joʻnatishni, yigʻinlar tamom boʻlgandan keyin esa — yigʻish punktigacha qaytarib olib kelishni tashkil etish yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Fuqarolarni safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olish tumanlar (shaharlar) mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi, boʻlimlarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlar orasida safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatning xususiyatlari va oʻziga xos jihatlari toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olinadigan fuqarolar bilan shartnomalar tuzish, badallar tushumi summalarini Davlat-tijorat Xalq banki boʻlimlari bilan har oyda taqqoslash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslarning shaxsiy hisobini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan va harbiy tayyorgarlik yigʻinlariga jalb etiladigan shaxslarni yigʻish punktlariga joʻnatish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar tomonidan pul badallari oʻz vaqtida toʻlanishini nazorat qilish, toʻlovlar belgilangan muddatlarda toʻlanmagan taqdirda esa — toʻlovlarning qonunchilikda belgilangan tartibda talab qilib olinishi chora-tadbirlarini koʻrish;
(24-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mudofaa ishlari boshqarmasiga fuqarolar tomonidan Maxsus hisob raqamiga pul mablagʻlari toʻlanishi va harbiy yigʻinlardan oʻtganlar soni toʻgʻrisida har oylik hisobotlar taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mudofaa ishlari boshqarmasiga safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni tamomlagan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari tomonidan tegishli yoʻriqnomalarni, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni tashkil etish tartibini tartibga soluvchi boshqa normativ hujjatlarni qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 22-fevraldagi
99-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” maxsus hisob raqami toʻgʻrisida
(2-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni asosida ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” maxsus hisob raqami (keyingi oʻrinlarda Maxsus hisob raqami deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Maxsus hisob raqamida mablagʻlarni shakllantirish manbalari va jamlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maxsus hisob raqami mablagʻlari safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar toʻlaydigan pul badallari hisobiga shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Pul badali miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar toʻlaydigan pul badallari mablagʻlarni jamlash uchun quyidagi hisob raqamlari ochiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga — Xalq bankining tegishli tuman (shahar) filialida 29896 “Boshqa majburiyatlar” tranzit hisob raqami (keyingi oʻrinlarda tuman (shahar) tranzit hisob raqami deb ataladi) ochiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahrining) mudofaa ishlari boshqarmasiga — Xalq bankining tegishli viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahrining) filialida 29896 “Boshqa majburiyatlar” tranzit hisob raqami (keyingi oʻrinlarda viloyat tranzit hisob raqami deb ataladi) ochiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa vazirligiga — Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi hisob-kitob-kassa markazida 21512 “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” talab qilib olinadigan maxsus (depozit) hisobraqami ochiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tegishli tuman tranzit hisob raqamlariga pul mablagʻlari safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar yoki ularning kafillari tomonidan (yuridik shaxslardan tashqari) faqat Davlat-tijorat Xalq bankining filiallari orqali, mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan yoziladigan, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan tranzit hisob raqamlari rekvizitlari qoʻyilgan kvitansiyalar blankalari asosida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Badallar boshqa tumanlar (shaharlar)ning xalq banklari tuman (shahar) filiallari orqali toʻlangan taqdirda Xalq bankining ushbu filiallari tushgan mablagʻlarni keyingi ish kunidan kechikmay safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxsning yashash joyidagi Xalq banki filiallarida ochilgan mudofaa ishlari tegishli boʻlimlarining tranzit hisob raqamlariga koʻrsatib oʻtilgan rekvizitlarga muvofiq oʻtkazadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan fuqarolarning yuridik shaxslar hisoblanadigan kafillari pul badallarini oʻzining xizmat koʻrsatuvchi banklari orqali toʻlov topshiriqnomalari bilan tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlarining tranzit hisob raqamlariga toʻlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Pul badalini safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslarning kafillari tomonidan budjet mablagʻlari hisobiga oʻtkazish (toʻlash) qatʼiyan taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xalq bankining tuman (shahar) filiallari toʻlangan badallar summasini Xalq banki filiallarining viloyat tranzit hisobraqamlariga, Xalq bankining viloyat filiallari esa toʻlangan badallar summasini Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi hisob-kitob-kassa markazidagi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 21512 “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” talab qilib olinadigan maxsus (depozit) hisobraqamiga keyingi ish kunidan kechiktirmay oʻtkazadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Maxsus hisob raqamiga mablagʻlar tushishi hisobi va hisoboti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xalq bankining mudofaa ishlari tegishli boʻlimlariga xizmat koʻrsatuvchi tuman (shahar) filiallari tranzit hisob raqami boʻyicha operatsiyalar tugallangandan soʻng keyingi ish kunida ularga belgilangan tartibda koʻchirmalar taqdim etishadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari bank koʻchirmalariga muvofiq tushgan badallar summasini safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslarning shaxsiy hisob raqamlarida aks ettirilgan summa bilan badal toʻlanganligi toʻgʻrisida ular tomonidan taqdim etilgan kvitansiyalar nusxalari asosida taqqoslaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi pul mablagʻlari tushishi toʻgʻrisida Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan shakl boʻyicha har oylik hisobot tuzadi va Xalq bankining tuman (shahar) filiali bilan kelishilgandan keyin uni hisobot davri tugagandan soʻng 3 ish kuni mobaynida mudofaa ishlarining tegishli boshqarmalariga taqdim etadi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mudofaa ishlari boshqarmasi mudofaa ishlari boʻlimlarining har oylik hisobotlarini umumlashtiradi va Xalq bankining viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahar) filiali bilan kelishilgandan keyin hisobot davri tugagandan soʻng besh ish kunidan kechikmay Mudofaa vazirligiga yigʻma hisobot taqdim etadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mudofaa vazirligi mudofaa ishlari boshqarmalarining har oylik hisobotlarini umumlashtiradi va hisobot davri tugagandan soʻng oʻn ish kunidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublika aksiyadorlik tijorat Xalq banki bilan kelishadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Maxsus hisob raqami mablagʻlaridan foydalanish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Maxsus hisobraqam mablagʻlaridan muddatli harbiy xizmatni oʻtash nazarda tutilgan tegishli vazirliklar va idoralarning muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilarini zaxiraga boʻshatishda ularga nafaqa pulini toʻlash, shuningdek, Mudofaa vaziriligining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, shu jumladan qurol-yarogʻ, harbiy-texnik mulk, oʻq-dorilar xarid qilish, binolarni taʼmirlash va qurish, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari ishtirokida harbiy yigʻinlar oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash, yigʻinlar maʼmuriyatining taʼminoti, mudofaa ishlari organlaridagi safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining hisobini yurituvchi xodimlarni taʼminlash va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga asosan belgilanadigan boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 198-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/198/0317-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus hisobraqam mablagʻlaridan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga (yigʻma va tegishli vazirliklar va idoralar boʻyicha) muvofiq foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir idora boʻyicha xarajatlar smetalari uning rahbari tomonidan tasdiqlanadi va belgilangan tartibda Mudofaa vazirligida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mudofaa vazirligi har yili 15-martgacha Maxsus hisobraqamga pul badali tushumlaridan kelib chiqqan holda, tegishli hisob-kitoblar va asoslar bilan birga daromadlar hamda mablagʻlarni sarflash smetasini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus hisobraqam daromadlari va mablagʻlarini sarflash smetasi tasdiqlanib, Moliya vazirligida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng, Mudofaa vazirligi xarajatlar smetalarini ishlab chiqish uchun nazorat raqamlarini muddatli harbiy xizmatni oʻtash nazarda tutilgan tegishli vazirliklar hamda idoralarga yetkazadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Maxsus hisob raqamidan vazirliklarga va muddatli harbiy xizmat nazarda tutilgan idoralarga, harbiy okruglarga, harbiy qismlarga va muassasalarga tushgan mablagʻlarning sarflanishini hisobga olish uchun ularga xizmat koʻrsatuvchi banklarda:
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21506 — agar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hududiy bosh boshqarmalari hisob-kitob-kassa markazlarida xizmat koʻrsatilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20203 — agar tijorat banklarida xizmat koʻrsatilsa talab qilib olinadigan ikkilamchi depozit hisob raqamlari ochiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vazirliklarda va muddatli harbiy xizmat nazarda tutilgan idoralarda ushbu tuzilmalarning rahbarlari, harbiy okruglarda — tegishli harbiy okruglar qoʻshinlari komandirlari, harbiy qismlar va muassasalarda — ularning komandirlari (boshliqlari) Maxsus hisob raqamidan tushgan mablagʻlarning tasarrufchilari hisoblanadilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mudofaa vazirligiga Maxsus hisob raqami boʻsh mablagʻlarini:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat qisqa muddatli pul majburiyatlarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklaridagi depozitlarda joylashtirishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joylashtirish natijasida olingan daromadlar Maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Maxsus hisob raqami mablagʻlarini ushbu Nizomda nazarda tutilmagan maqsadlarga oʻtkazish va vaqtinchalik olib qoʻyish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Maxsus hisob raqami mablagʻlarining hisobot yili oxiridagi qoldiqlari olib qoʻyilmaydi va keyingi yilga oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Maxsus hisob raqamiga mablagʻlarni hisoblash va oʻtkazish boʻyicha bank xizmatlari uchun toʻlov undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Maxsus hisob raqamining mablagʻlaridan foydalanish hisobi va hisoboti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslarning harbiy tayyorgarligi oʻtkaziladigan harbiy qismlar qilingan sarf-xarajatlar yuzasidan har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 8- kunidan kechikmay harbiy okruglarga “Safarbarlik chaqiruvi rezervi boʻyicha xarajatlar smetasining ijrosi toʻgʻrisida hisobot” 2-shakli boʻyicha hisobot taqdim etishadi. Hisobotda qilingan sarf-xarajatlarning hammasi moddalar boʻyicha aks ettirilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Harbiy okruglar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay yigʻma hisobotlar taqdim etishadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Muddatli harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar va idoralar (Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, Davlat xavfsizlik xizmati va boshqalar) har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunidan kechikmay Mudofaa vazirligiga tasdiqlangan xarajatlar smetasining ijrosi boʻyicha hisobotlar taqdim etishadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Maxsus hisob raqami mablagʻlarining tushishi va ulardan foydalanish ustidan nazorat
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Maxsus hisob raqamiga mablagʻlarning oʻz vaqtida va toʻliq tushishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Maxsus hisob raqami mablagʻlaridan tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq qatʼiy belgilangan maqsadda foydalanilishi ustidan javobgarlik mablagʻlarni oluvchi vazirliklar va idoralarga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Maxsus hisob raqami mablagʻlarining maqsadli moliyalashtirilishi va foydalanilishi ustidan nazorat tegishli vazirliklar va idoralarning nazorat-taftish boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 22-fevraldagi
99-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” maxsus hisob raqamiga badal oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
(3-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
namunaviy shartnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

№ ___________________________‎

“____” ___________________ yil‎

______________________________‎

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi nomidan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qarori asosida ish koʻruvchi _________________________ tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi __________________________________________________
‎ ______________________________________________________________________________bir tomondan,
‎(F.I.O., harbiy unvoni)

‎‎keyingi oʻrinlarda Chaqiriluvchi deb ataluvchi fuqaro
‎___________________________________________________________________________________________
(Familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport maʼlumotlari)‎
‎___________________________________________________________________________________________

‎(yashash joyi manzili)

‎‎Yuridik shaxslar uchun ________________________________________________________________________
‎(yuridik shaxs nomi, yuridik manzili)

‎‎___________________________________________________________________________________________
‎(bank rekvizitlari)

‎‎nomidan, ___________________________________________________________________________ asosida
‎(shartnoma tuzish vakolatini beruvchi hujjat)

‎‎ish koʻruvchi, keyingi oʻrinlarda Kafil deb ataluvchi ____________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎(F.I.O., lavozimi)

‎‎mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Shartnoma mavzuyi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.1. Chaqiriluvchi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga kira turib oʻz zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi: ‎‎

— “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” maxsus hisob raqamiga Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining _____ baravari miqdorida pul badali oʻtkazish.‎‎

Shartnoma tuzilayotgan kunda badal

______________________________
‎(soʻz bilan)

soʻmni tashkil etadi.

— Mudofaa ishlari boʻlimi yoʻllanmasiga muvofiq harbiy tayyorgarlik boʻyicha bir oylik harbiy yigʻinlardan oʻtish. ‎‎

1.2. Mudofaa vazirligi Chaqiriluvchi tomonidan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtashi uchun shart-sharoitlar yaratish, belgilangan pul badalini toʻliq hajmda toʻlagan va harbiy tayyorgarlikdan oʻtgan Chaqiriluvchiga u yigirma yetti yoshga toʻlganda harbiy guvohnoma berish majburiyatini oladi.

(1.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toʻlovlarni toʻlash tartibi va muddatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

2.1. Toʻlovlar Chaqiriluvchi yoki Kafil tomonidan Davlat-tijorat Xalq banki filiallari orqali “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” maxsus hisob raqamiga shaxsan toʻlanishi kerak.

‎‎2.2. Badal xizmatga qabul qilingandan keyin bir mobaynida quyidagi shartlarda toʻlanadi (shartnoma tomonlari quyidagi variantlardan birini tanlaydi):
‎‎a) biryoʻla, toʻliq hajmda 200 yil ___________dan kech boʻlmagan muddatda;
‎‎b) har chorakda teng ulushlarda;

v) boshqa shartlarda: ‎‎______‎‎______________________________________________
(tomonlarning kelishuviga koʻra belgilanadi)

‎‎2.3. Toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi Chaqiriluvchi tomonidan tuman mudofaa ishlari boʻlimiga toʻlov toʻlangandan keyin uch ish kunidan kechiktirmay taqdim etilishi kerak.‎‎

2.4. Badal summasi shartnoma imzolangan kunda Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdori miqdori asosida belgilanadi.

(2.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kafillik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

3.1. Kafil Chaqiriluvchi tomonidan Mudofaa vazirligi oldidagi majburiyatlarning toʻliq hajmda bajarilishi majburiyatini oladi.

3.2. Chaqiriluvchi tomonidan shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganda yoki zarur darajada bajarilmaganda Kafil Mudofaa vazirligi oldida Chaqiriluvchi moliyaviy majburiyatlarining bajarilmagan qismi boʻyicha toʻliq javob beradi hamda Chaqiriluvchi tomonidan toʻlanmagan summani qoplash majburiyatini oladi.

3.3. Kafilning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligining mazkur shartnomada nazarda tutilmagan qismi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining kafillik shartnomamini tartibga soluvchi normalari bilan reglamentlanadi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Majburiyatlarning bajarilmaganligi va zarur darajada
bajarilmaganligi uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

4.1. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxs tomonidan shartnoma shartlariga koʻra pul badali toʻlanmagan taqdirda, toʻlanmagan summa Chaqiriluvchidan sud orqali undirib olinadi.

4.2. Badalning toʻliq miqdori mazkur shartnomada belgilangan muddatda toʻlanmagan va toʻlov olti oydan kechiktirib yuborilgan taqdirda chaqiriluvchi muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin. Bunda badalning toʻlangan qismi qaytarilmaydi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
‎‎‎‎5.1. Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan, tomonlarning har biri uchun bir nusxadan, uch
nusxada tuzilgan. ______________________

(notarial idora rekvizitlari)

da saqlanadi. ‎
‎‎5.2. Shartnoma taraflar imzolagan paytdan boshlab kuchga kiradi va Chaqiriluvchi safarbarlik chaqiruvi rezervi safida xizmatda boʻlgan butun davrda amal qiladi.
‎‎5.3. Shartnoma Chaqiriluvchi tomonidan pul badallarining toʻliq summasi 2.2-bandda belgilangan muddatlarda toʻlanmagan taqdirda Mudofaa vazirligi tashabbusi bekor bekor qilinishi mumkin.
‎‎5.4. Mazkur shartnomada tartibga solinmagan masalalar boʻyicha tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilikka amal qiladilar.
‎‎5.5. Shartnomani bajarish jarayonida, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorini bajarish yuzasidan paydo boʻladigan barcha nizolar qonunchilikka muvofiq sudda koʻrib chiqiladi va hal qilinadi.


‎‎‎Tomonlarning imzolari


‎Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi nomidan


‎Cha
qiriluvchi

‎‎


‎Kafil

________________tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi
‎______________________
‎(harbiy unvoni, F.I.O

__________________
‎(F.I.O)
____________________
‎(imzo)

______________________
(F.I.O. yoki yuridik shaxs nomi)
______________________
‎(imzo, muhr (yuridik shaxs uchun)

______________________
‎(imzo, muhr)

‎‎‎
(5.4-5.5-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 4-son, 36-modda; 2015-y., 37-son, 488-modda; 2017-y., 28-son, 666-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son; 12.03.2019-y., 09/19/210/2757-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 12.04.2021-y., 09/21/198/0317-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)