24.11.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3710
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi, 24.11.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3710
Kuchga kirish sanasi
25.11.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy davlatlardan olib kelinadigan “donor koʻz shox pardasi va uning qismlari” bioprotezlarini davlat sogʻliqni saqlash tizimining tibbiyot muassasalarida qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 24-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3710]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Inson aʼzolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-161-son “Islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlash samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda vazirlik va idoralarning masʼuliyati va tashabbuskorligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyundagi 333-son “Inson aʼzolari va (yoki) toʻqimalarini transplantatsiya qilishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xorijiy davlatlardan olib kelinadigan “donor koʻz shox pardasi va uning qismlari” bioprotezlarini davlat sogʻliqni saqlash tizimining tibbiyot muassasalarida qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir A. XUDAYAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 3-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 3-noyabrdagi 16-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy davlatlardan olib kelinadigan “donor koʻz shox pardasi va uning qismlari” bioprotezlarini davlat sogʻliqni saqlash tizimining tibbiyot muassasalarida qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom transplantatsiya (keratoplastika) amaliyoti bajarilishini yanada koʻpaytirish va retsipiyent xavfsizligini taʼminlash maqsadida xorijiy davlatlardan olib kelinadigan “donor koʻz shox pardasi va uning qismlari” bioprotezlarini davlat sogʻliqni saqlash tizimining tibbiyot muassasalarida qoʻllash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“donor koʻz shox pardasi va uning qismlari” bioprotezi (bundan buyon matnda “koʻz shox pardasi” deb yuritiladi) — inson murdasining koʻz toʻqimasidan olinib, konservatsiya qilingan hamda transplantatsiya (keratoplastika) amaliyotida foydalanishga moʻljallangan hujayralar va hujayralararo moddalar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
retsipiyent — oʻziga nisbatan “koʻz shox pardasi” bioprotezining transplantatsiya (keratoplastika) amaliyoti bajariladigan inson;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transplantatsiya (keratoplastika) — retsipiyentda mavjud boʻlmagan yoki shikastlangan, oʻzining muhim hayotiy vazifalarini bajarishga qodir boʻlmagan koʻz shox pardasini inson murdasidan olingan “koʻz shox pardasi” bioproteziga jarrohlik amaliyoti yoʻli bilan almashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Transplantatsiya (keratoplastika) amaliyotida foydalanishga moʻljallangan “koʻz shox pardasi” bioprotezlari xorijiy davlatlardan olib kelinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Koʻz shox pardasi” bioprotezlarining transplantatsiya (keratoplastika) amaliyoti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyundagi 333-son qarori bilan tasdiqlangan Inson aʼzolari va (yoki) toʻqimalarini oladigan hamda transplantatsiya qiladigan davlat sogʻliqni saqlash tizimining tibbiyot muassasalari roʻyxatida keltirilgan davlat sogʻliqni saqlash tizimining tibbiyot muassasalarida (bundan buyon matnda tibbiyot muassasalari deb yuritiladi) amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. “Koʻz shox pardasi” bioprotezlarini tashish jarayoniga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Koʻz shox pardasi” bioprotezlari ularni transplantatsiya (keratoplastika) amaliyotini oʻtkazuvchi tibbiyot muassasalari oʻrtasida taqsimlash va transplantatsiya (keratoplastika) amaliyotini oʻtkazish maqsadlari uchun tashish orqali yetkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Koʻz shox pardasi” bioprotezlarini tashish jarayonlarida ishtirok etish uchun tibbiyot muassasalarida bir nafar tibbiyot xodimi masʼul etib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Koʻz shox pardasi” bioprotezlarini tashishda quyidagilarga rioya etilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“koʻz shox pardasi” bioprotezlarini maxsus izolyatsiya paketlariga joylagan holda sovutish va termoizolyatsiya uskunalarida (konteynerlarda) steril sharoitda tashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sovutish va termoizolyatsiya uskunalarida (konteynerlarda) +2°C dan +8°C gacha boʻlgan haroratni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir nechta “koʻz shox pardasi” bioprotezlari boʻlganda, ularni sovutish hamda termoizolyatsiya uskunalarida (konteynerlarda) alohida-alohida tashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Koʻz shox pardasi” bioprotezlari xorijiy davlatlardan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinganidan soʻng, ular masʼul tibbiyot xodimi kuzatuvida 12 soat ichida tibbiy muassasalariga yetkazib berilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. “Koʻz shox pardasi” bioprotezlarini tibbiyot muassasalariga qabul qilish, saqlash va utilizatsiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tibbiyot muassasalariga yetkazilgan “koʻz shox pardasi” bioprotezlari tibbiyot muassasalarining bunga masʼul boʻlgan tibbiyot xodimlari tomonidan qabul qilib olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Koʻz shox pardasi” bioprotezlari tibbiyot muassasalariga qabul qilib olinganidan soʻng, shu kunning oʻzida ularning mavjudligi haqidagi maʼlumotlar masʼul tibbiyot xodimi tomonidan “Donorlar, retsipiyentlar, shuningdek, inson aʼzolari va (yoki) toʻqimalarining yagona davlat reyestri” axborot tizimiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Koʻz shox pardasi” bioprotezlari tibbiyot muassasasida +2°C dan +8°C gacha boʻlgan haroratni doimiy taʼminlay oladigan maxsus muzlatkichlarda saqlanadi. Bunda saqlash muddati “koʻz shox pardasi” bioprotezlari xorijiy davlatda konservatsiya qilingan sanadan boshlab oʻn toʻrt kundan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Koʻz shox pardasi” bioprotezlari yaroqsiz deb topilganda (“Koʻz shox pardasi” bioprotezlari shikastlanganda, ularda yot jismlar aniqlanganda yoki rangi oʻzgarganda) yoxud ularning mazkur Nizomning 10-bandida belgilangan saqlash muddati tugagan taqdirda, tibbiyot muassasasi tomonidan utilizatsiya qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Koʻz shox pardasi” bioprotezlarining utilizatsiyasi Davolash-profilaktika muassasalarida chiqindilarni yigʻish, saqlash va yoʻq qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0317-15-son SanQvaN) boʻyicha amalga oshiriladi hamda utilizatsiya yakunlanganidan soʻng bu haqda masʼul tibbiyot xodimi tomonidan “Donorlar, retsipiyentlar, shuningdek, inson aʼzolari va (yoki) toʻqimalarining yagona davlat reyestri” axborot tizimiga maʼlumotlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. “Koʻz shox pardasi” bioprotezlarini tibbiyot muassasalarida qoʻllash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Retsipiyent transplantatsiya (keratoplastika) amaliyotidan oldin Retsipiyent va tirik donorni har taraflama tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish, retsipiyentga inson aʼzolari va (yoki) toʻqimalari transplantatsiyasi amaliyotiga muhtojligi hamda tirik donorga transplantatsiya amaliyotiga layoqatliligi toʻgʻrisidagi xulosalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 3706, 2025-yil 21-noyabr) muvofiq har taraflama tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilishi hamda unga tibbiyot muassasalarining tibbiy konsiliumi tomonidan inson aʼzolari va (yoki) toʻqimalari transplantatsiyasi amaliyotiga muhtojligi toʻgʻrisida tibbiy xulosa berilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Retsipiyentni transplantatsiya (keratoplastika) amaliyotiga tayyorlash va uning amaliyotdan keyingi reabilitatsiyasi va kuzatuvda boʻlishi Davlat sogʻliqni saqlash tizimidagi tibbiyot muassasalarida retsipiyent hamda tirik donorni transplantatsiya amaliyotiga tayyorlash va ularning amaliyotdan keyingi reabilitatsiyasi va kuzatuvda boʻlish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3708, 2025-yil 21-noyabr) asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. “Koʻz shox pardasi” bioprotezlari transplantatsiya (keratoplastika) amaliyotidan bir soat oldin maxsus muzlatkichlardan olinib, +18°C dan +25°C gacha boʻlgan harorat taʼminlangan xonada saqlanishi va shundan keyin transplantatsiya (keratoplastika) amaliyotida qoʻllanilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur Nizomning talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3710/1088-son)