21.11.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3706
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi, 21.11.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3706
Kuchga kirish sanasi
22.11.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Retsipiyent va tirik donorni har taraflama tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish, retsipiyentga inson aʼzolari va (yoki) toʻqimalari transplantatsiyasi amaliyotiga muhtojligi hamda tirik donorga transplantatsiya amaliyotiga layoqatliligi toʻgʻrisidagi xulosalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 21-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3706]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Inson aʼzolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-161-son “Islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlash samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda vazirlik va idoralarning masʼuliyati va tashabbuskorligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyundagi 333-son “Inson aʼzolari va (yoki) toʻqimalarini transplantatsiya qilishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Retsipiyent va tirik donorni har taraflama tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish, retsipiyentga inson aʼzolari va (yoki) toʻqimalari transplantatsiyasi amaliyotiga muhtojligi hamda tirik donorga transplantatsiya amaliyotiga layoqatliligi toʻgʻrisidagi xulosalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir A. XUDAYAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 3-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 3-noyabrdagi 2-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Retsipiyent va tirik donorni har taraflama tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish, retsipiyentga inson aʼzolari va (yoki) toʻqimalari transplantatsiyasi amaliyotiga muhtojligi hamda tirik donorga transplantatsiya amaliyotiga layoqatliligi toʻgʻrisidagi xulosalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom retsipiyent va tirik donorni har taraflama tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish (bundan buyon matnda tibbiy tekshiruv deb yuritiladi), retsipiyentga inson aʼzolari va (yoki) toʻqimalari transplantatsiyasi amaliyotiga muhtojligi hamda tirik donorga transplantatsiya amaliyotiga layoqatliligi toʻgʻrisidagi xulosalarni (bundan buyon matnda tibbiy xulosalar deb yuritiladi) berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
retsipiyent — oʻziga nisbatan inson aʼzosining va (yoki) toʻqimasining transplantatsiyasi bajariladigan inson;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tirik donor — oʻzidan aʼzolarning va (yoki) toʻqimalarning transplantatsiya uchun olinishiga ixtiyoriy ravishda, bepul asosda, notarial tartibda tasdiqlangan yozma rozilik bergan inson;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transplantatsiya — retsipiyentda mavjud boʻlmagan yoxud shikastlangan, oʻzining muhim hayotiy vazifalarini bajarishga qodir boʻlmagan aʼzolarni va (yoki) toʻqimalarni tirik donordan yoki inson murdasidan olingan aʼzolarga va (yoki) toʻqimalarga jarrohlik amaliyoti yoki muolaja oʻtkazish yoʻli bilan almashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Retsipiyent va tirik donorni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Retsipiyent va tirik donorni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish davlat sogʻliqni saqlash tizimidagi tibbiyot muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Retsipiyent va tirik donor oʻz xohishiga koʻra inson aʼzolari va (yoki) toʻqimalarining transplantatsiyasini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyundagi 333-son qarori bilan tasdiqlangan Inson aʼzolari va (yoki) toʻqimalarini oladigan hamda transplantatsiya qiladigan davlat sogʻliqni saqlash tizimining tibbiyot muassasalari roʻyxatida keltirilgan davlat sogʻliqni saqlash tizimidagi tibbiyot muassasalariga (bundan buyon matnda tibbiyot muassasalari deb yuritiladi) murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tibbiyot muassasalarining davolovchi shifokori retsipiyent va tirik donor murojaat qilgan kuni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot muassasasiga oʻzining tirik donori bilan kelgan retsipiyent bilan dastlabki suhbat oʻtkazib, boʻlajak jarrohlik amaliyoti va shu munosabat bilan ularning sogʻligʻida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan asoratlar haqida tushuntirish beradi, retsipiyent va tirik donordan imzolangan tilxat olish orqali ularni yozma ravishda ogohlantiradi hamda uni videoyozuvga qayd etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
retsipiyent va tirik donorga tibbiy tekshiruvdan oʻtishi uchun davlat sogʻliqni saqlash tizimidagi tibbiyot muassasalariga yoʻllanma beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Retsipiyent va tirik donor tibbiyot muassasalarining davolovchi shifokori tomonidan berilgan yoʻllanma asosida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq davlat sogʻliqni saqlash tizimidagi tibbiyot muassasalarida uch oy ichida tibbiy tekshiruvdan oʻtishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tibbiy tekshiruvlardan oʻtish muddati uch oydan oshsa, retsipiyent va tirik donor tibbiy tekshiruvlardan qaytadan oʻtishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tibbiyot muassasasining davolovchi shifokori tibbiy tekshiruv natijalari toʻliq taqdim etilgan kundan boshlab bir ish kuni ichida ularni tibbiy xulosalarni olish uchun tibbiyot muassasasining tibbiy konsiliumiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Tibbiy xulosalarni berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tibbiy xulosalar retsipiyent va tirik donorga tibbiyot muassasalarining davolovchi shifokori, transplantologi, anesteziologi, nevropatologi, zaruratga koʻra (qaysi ixtisoslik talab etilishiga qarab) boshqa ixtisosliklar boʻyicha shifokorlardan iborat tarkibdagi mutaxassis-shifokorlarning tibbiy konsiliumi tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tibbiyot muassasalarining tibbiy konsiliumi tibbiy tekshiruvning natijalari taqdim etilgan kuni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
retsipiyent va tirik donorning tibbiy tekshiruv natijalarini koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
retsipiyentga inson aʼzolari va (yoki) toʻqimalari transplantatsiyasi amaliyotiga muhtojligi, tirik donorga esa transplantatsiya amaliyotiga layoqatliligi toʻgʻrisida tibbiy xulosani mazkur Nizomning 2 va 3-ilovalarida keltirilgan shakllarga muvofiq beradi yoki xulosa berishni rad etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tibbiy xulosalar tibbiy konsilium tarkibidagi barcha mutaxassis — shifokorlar tomonidan bir ovozdan ijobiy maqullangan taqdirda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tibbiy tekshiruv natijalariga koʻra transplantatsiya amaliyoti retsipiyent yoki tirik donor uchun quyidagi salbiy oqibatlar olib kelishi mumkin boʻlsa, tibbiy xulosalar berish rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tirik donorning sogʻligʻiga, koʻrish, nutq, eshitish qobiliyatining yoʻqolishiga olib kelsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson aʼzosining (bundan insonning transplantatsiya qilinayotgan aʼzosi va (yoki) toʻqimasi mustasno) funksiyalari qisman yoki toʻliq yoʻqolishiga olib kelsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiyatning buzilishiga olib kelsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat qobiliyatining oʻttiz uch foizdan ortiq barqaror yoʻqolishiga olib kelsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻligʻining boshqa buzilishlariga sabab boʻladigan tarzda ziyon yetkazishiga olib kelsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tibbiyot muassasalarining tibbiy konsiliumi tomonidan tibbiy xulosalar berish rad etilgan taqdirda retsipiyent va (yoki) tirik donor, tibbiy xulosalar berish rad etilganligi ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur Nizomning talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Retsipiyent va tirik donorni har taraflama tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish, retsipiyentga inson aʼzolari va (yoki) toʻqimalari transplantatsiyasi amaliyotiga muhtojligi hamda tirik donorga transplantatsiya amaliyotiga layoqatliligi toʻgʻrisidagi xulosalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Retsipiyent va tirik donorni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish boʻyicha laborator tahlillar, immunologik testlar, instrumental tekshiruvlar va mutaxassis-shifokorlarning maslahatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1-bob. Buyrak transplantatsiyasi

1-§. Laborator tahlillar

Retsipiyent

Tirik donor

1. Qon guruhi va rezus-faktor

2. Umumiy qon tahlili

3. Vasserman reaksiyasi

4. Umumiy siydik tahlili

5. Biokimyoviy qon tahlili

6. Koagulogramma

7. Glikirlangan gemoglobin

8. Gepatit B va C markerlari

9. Odam immun tanqislik virusiga (OIV) tahlili

10. TORCH infeksiyaga tahlil

11. Qalqonsimon bezning funksional testlari (T3, T4 va TTG)

12. Siydikni bakterial ekish (siydik borligida)

13. C-reaktiv oqsil tahlili

14. Onkomarkerlar (B-HCG, Ca125)

12. Siydikni bakterial ekish

13. C-reaktiv oqsil tahlili

14. Onkomarkerlar (B-HCG, Ca125)

2-§. Immunologik testlar

Retsipiyent

Tirik donor

1. Human leucocyte antibody (HLA-A, HLA-B, HLA-DR) — odam leykotsitar antitanachalari

2. Cross Match — kesishmaviy sinama

3. Panel Reactive Antibodies (PRA) — panel reaktiv antitanachasi aniqlash

4. Donor-specific antibody (DSA) — tirik donorning maxsus antitanachasi bilan solishtirish

1. Human leucocyte antibody (HLA-A, HLA-B, HLA-DR) — odam leykotsitar antitanachalari

2. Cross Match — kesishmaviy sinama

3-§. Instrumental tekshiruvlar

Retsipiyent

Tirik donor

1. Koʻkrak qafasi rentgen grafiyasi

2. Elektrokardiografiya

3. Exokardiografiya

4. Qorin boʻshligʻi aʼzolar ultratovush tekshiruvi

5. Plevral boʻshligʻi ultratovush tekshiruvi

6. Endoskopik gastroduodenofibroskopiyasi

7. Oyoq venalarining ultratovush tekshiruvi

1. Koʻkrak qafasi rentgen grafiyasi

2. Elektrokardiografiya

3. Exokardiografiya

4. Qorin boʻshligʻi aʼzolar ultratovush tekshiruvi

5. Endoskopik gastroduodenofibroskopiyasi

6. Oyoq venalarining ultratovush tekshiruvi

7. Buyrak va siydik chiqarish tizimi kompyuter tomografiya-angiografiyasi

4-§. Mutaxassis-shifokorlarning maslahatlari

Retsipiyent

Tirik donor

1. Kardiolog

2. Otolaringolog

3. Anesteziolog

1. Kardiolog

2. Nefrolog

3. Anesteziolog

2-bob. Jigar va jigar boʻlagi transplantatsiyasi

1-§. Laborator tahlillar

Retsipiyent

Tirik donor

1. Qon guruhi va rezus-faktor

2. Vasserman reaksiyasi

3. Odam immun tanqislik virusiga (OIV) tahlili

4. Immunoferment analiz (IFA), Gepatit markerlari IFA (HBV, BbsAg kengaytirilgan, HbeAg, AntiHbcore, AbtiHBeAg, AntiHBsAg, HCV, HAV, HDV)

5. Gepatit B va D polimeraz zanjir reaksiyasida son va sifat jihatdan tekshiruv

6. Umumiy qon tahlili

7. Umumiy siydik tahlili

8. Koptokcha (glomerulyar) filtratsiyasi tezligini aniqlash

9. Biokimyoviy qon tahlili

10. Koagulogramma

11. Glikirlangan gemoglobin

12. Serruloplazmin uchun qon tahlili

13. Qonda temir miqdorini aniqlash

14. TORCH infeksiyaga tahlil

1. Qon guruhi va rezus-faktor

2. Vasserman reaksiyasi

3. Odam immun tanqislik virusiga tahlil (OIV) tahlili

4. Immunoferment analiz (IFA), Gepatit markerlari IFA

5. Umumiy qon tahlili

6. Umumiy siydik tahlili

7. Koptokcha (glomerulyar) filtratsiyasi tezligini aniqlash

8. Biokimyoviy qon tahlili

9. Koagulogramma.

10. Glikirlangan gemoglobin

11. Serruloplazmin uchun qon tahlili

12. Qonda temir miqdorini aniqlash

13. TORCH infeksiyasi tahlili

2-§. Immunologik testlar (tibbiy tekshiruvdan oʻtishi yoʻllanmasida nazarda tutilganda boʻlsa)

Retsipiyent

Tirik donor

1. Human leucocyte antibody (HLA-A, HLA-B, HLA-DR) — odam leykotsitar antitanachalari

2. Cross Match — kesishmaviy sinama

3. Panel Reactive Antibodies (PRA) — panel reaktiv antitanachasi aniqlash

4. Donor-specific antibody (DSA) — tirik donorning maxsus antitanachasi bilan solishtirish

1. Human leucocyte antibody (HLA-A, HLA-B, HLA-DR) — odam leykotsitar antitanachalari

2. Cross Match — kesishmaviy sinama

3-§. Instrumental tekshiruvlar

Retsipiyent

Tirik donor

1. Koʻkrak qafasi rentgen grafiyasi

2. Elektrokardiografiya

3. Exokardiografiya

4. Qorin boʻshligʻi aʼzolar ultratovush tekshiruvi

5. Plevral boʻshligʻi ultratovush tekshiruvi

6. Endoskopik gastroduodenofibroskopiyasi

7. Jigar va qorin boʻshligʻining kompyuter tomografiya-angiografiyasi va perfuziyasi

8. Magnitnorezonans xolangiopankreatografiya

1. Jigar fibroskanerlash

2. Koʻkrak qafasi rentgen grafiyasi

3. Elektrokardiografiya

4. Exokardiografiya

5. Qorin boʻshligʻi aʼzolar ultratovush tekshiruvi

6. Oyoq venalarining ultratovush tekshiruvi

7. Endoskopik gastroduodenofibroskopiyasi

8. Jigar va qorin boʻshligʻining kompyuter tomografiya-angiografiyasi va perfuziyasi

9. Magnitnorezonans xolangiopankreatografiya

4-§. Mutaxassis-shifokorlarning maslahatlari

Retsipiyent

Tirik donor

1. Kardiolog

2. Anesteziolog

1. Kardiolog

2. Anesteziolog

3-bob. Gemapoetik suyak koʻmigining oʻzak hujayralari transplantatsiyasi

1-§. Laborator tahlillar

Retsipiyent

Tirik donor

1. Qon guruhi va rezus-faktor

2. Umumiy qon tahlili

3. Vasserman reaksiyasi

4. Umumiy siydik tahlili

5. Biokimyoviy qon tahlili

6. Koagulogramma

7. Glikirlangan gemoglobin

8. Gepatit B va C markerlari

9. Odam immun tanqislik virusiga (OIV) tahlili

10. TORCH infeksiyaga tahlil

11. Qalqonsimon bezning funksional testlari (T3, T4 va TTG)

12. Siydikni bakterial ekish (siydik borligida)

13. C-reaktiv oqsil tahlili

14. Onkomarkerlar (B-HCG, Ca125)

15. Gepatit markerlari immunoferment tekshiruvi (HBV, HbsAg kengaytirilgan; HBeAg; AntiHbcore; AntiHBeAg; AntiHbsAg), HCV, HAV, HDV)

1. Qon guruhi va rezus-faktor

2. Umumiy qon tahlili

3. Vasserman reaksiyasi

4. Umumiy siydik tahlili

5. Biokimyoviy qon tahlili

6. Koagulogramma

7. Odam immun tanqislik virusiga (OIV) tahlili

8. TORCH infeksiyaga tahlil

9. Qalqonsimon bezning funksional testlari (T3, T4 va TTG)

10. Siydikni bakterial ekish

11. Gepatit markerlari immunoferment tekshiruvi (HBV, HvsAg kengaytirilgan; HBeAg; AntiHbcore; AntiHBeAg; AntiHbsAg), HCV, HAV, HDV)

2-§. Immunologik testlar

Retsipiyent

Tirik donor

1. Kengaytirilgan immunogramma testi

2. Human leucocyte anutgenlari (HLA) — odam leykotsitar antigeni

3. Cross Match — kesishmaviy sinama

4. Luminescent Single Antibody tekshiruvi

1. Human leucocyte anutgenlari (HLA) — odam leykotsitar antigeni

2. Cross Match — kesishmaviy sinama

3-§. Instrumental tekshiruvlar

Retsipiyent

Tirik donor

1. Koʻkrak qafasi rentgen-grafiyasi

2. Elektrokardiografiya

3. Exokardiografiya

4. Qorin boʻshligʻi aʼzolar ultratovush tekshiruvi

5. Kichik chanoq aʼzolari va prostata bezining ultratovush tekshiruvi

6. Endoskopik gastroduodenofibroskopiyasi

1. Koʻkrak qafasi rentgen-grafiyasi

2. Elektrokardiografiya

3. Exokardiografiya

4. Qorin boʻshligʻi aʼzolar ultratovush tekshiruvi

5. Kichik chanoq aʼzolari va prostata bezining ultratovush tekshiruvi

6. Endoskopik gastroduodenofibroskopiyasi

4-§. Mutaxassis-shifokorlarning maslahatlari

Retsipiyent

Tirik donor

1. Kardiolog

2. Terapevt yoki Pulmonolog

3. Ginekolog (ayollar uchun)

4. Urolog (erkaklar uchun)

5. Psixiatr

1. Kardiolog

2. Terapevt yoki pulmonolog

3. Ginekolog (ayollar uchun)

4. Urolog (erkaklar uchun)

5. Tibbiy psixolog

6. Psixiatr

4-bob. Koʻz shox pardasi va uning qismlari transplantatsiyasi

1-§. Laborator tahlillar

Retsipiyent

1. Umumiy qon tahlili

2. Vasserman reaksiyasi

3. Umumiy siydik tahlili

4. Biokimyoviy qon tahlili

5. Koagulogramma

6. Gepatit B va C markerlari

7. Odam immun tanqislik virusiga (OIV) tahlili

8. TORCH infeksiyaga tahlil

2-§. Instrumental tekshiruvlar

Retsipiyent

1. Oftalmometriya

2. Biomikroskopiya

3. Optik kogerent tomografiya (old va orqa)

4. Viziometriya

5. Tonometriya

8. A va B ultratovush tekshiruvi

3-§. Mutaxassis-shifokorlarning maslahatlari

Retsipiyent

1. Kardiolog

2. Terapevt yoki pulmonolog

3. Otolaringolog

4. Stomatolog

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: retsipiyent va tirik donorning sogʻligʻiga qoʻshimcha ishonch hosil qilish zarurati boʻlgan hollarda tibbiyot muassasasining davolovchi shifokori koʻrsatmasiga muvofiq retsipiyent va tirik donor ushbu roʻyxatda nazarda tutilmagan laborator tahlillar, immunologik testlar va instrumental tekshiruvlardan oʻtishlari hamda tegishli mutaxassis-shifokorlarning maslahatlarini olishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Retsipiyent va tirik donorni har taraflama tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish, retsipiyentga inson aʼzolari va (yoki) toʻqimalari transplantatsiyasi amaliyotiga muhtojligi hamda tirik donorga transplantatsiya amaliyotiga layoqatliligi toʻgʻrisidagi xulosalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Retsipiyent inson aʼzolari va (yoki) toʻqimalari transplantatsiyasi amaliyotiga muhtojligi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TIBBIY XULOSA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

                                       _______________________________________________________

                                                                    (tibbiyot muassasasining nomi)

Retsipiyent _____________________________________________________________________________

                                                                                   (F.I.O)

Retsipiyentning tugʻilgan sanasi _________________________________, yoshi ______________________

_______________________________________ (kuni, oyi, yili)

Retsipiyentning statsionar (ambulator) kasallik tarixining raqami _____________________________

Tirik donor ____________________________________________________________________________

                                                                                    (F.I.O)

Tirik donorning tugʻilgan sanasi ________________________________, yoshi ______________________

_______________________________________ (kuni, oyi, yili)

Retsipiyentga qoʻyilgan klinik tashxis: ____________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Oʻtkazilgan tibbiy tekshiruvdan natijalaridan kelib chiqib, tibbiy konsilium retsipiyentga ______

_________________________________________________________________________________________

                                                              (aʼzo va (yoki) toʻqimaning nomi)

transplantatsiyasi zarurligi toʻgʻrisida tibbiy xulosani beradi.

                         Tibbiy konsilium tarkibiga kiruvchi shaxslar va ularning imzosi:

Davolovchi shifokor _______________________________________________

___________________

                                                                           (F.I.O)

             (imzosi)

Transplantolog ___________________________________________________

___________________

                                                                           (F.I.O)

             (imzosi)

Anesteziolog _____________________________________________________

___________________

                                                                           (F.I.O)

             (imzosi)

Nevropatolog _____________________________________________________

___________________

                                                                           (F.I.O)

              (imzosi)

Mutaxassis-shifokorlar:

___________________

_______________________

____________________

(mutaxassisligi)

(F.I.O)

(imzosi)

___________________

_______________________

____________________

(mutaxassisligi)

(F.I.O)

(imzosi)

___________________

_______________________

____________________

(mutaxassisligi)

(F.I.O)

(imzosi)

___________________

_______________________

____________________

(mutaxassisligi)

(F.I.O)

(imzosi)

Sanasi ______________________

___________ (kuni, oyi, yili)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Retsipiyent va tirik donorni har taraflama tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish, retsipiyentga inson aʼzolari va (yoki) toʻqimalari transplantatsiyasi amaliyotiga muhtojligi hamda tirik donorga transplantatsiya amaliyotiga layoqatliligi toʻgʻrisidagi xulosalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tirik donor transplantatsiya amaliyotiga layoqatliligi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TIBBIY XULOSA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

                                                 _______________________________________________________

                                                                                 (tibbiyot muassasasining nomi)

Tirik donor ____________________________________________________________________________

                                                                                      (F.I.O)

Tirik donorning tugʻilgan sanasi _________________________________, yoshi _____________________

                                                                             (kuni, oyi, yili)

Retsipiyent ______________________________________________________________________________

                                                                                   (F.I.O)

Retsipiyentning tugʻilgan sanasi _________________________________, yoshi ______________________

                                                                          (kuni, oyi, yili)

Retsipiyentning statsionar (ambulator) kasallik tarixining raqami ______________________

Tirik donorni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish natijalaridan kelib chiqib, tibbiy konsilium tirik donordan retsipiyentga ____________________________________________________________________

                                                                                 (aʼzo va (yoki) toʻqimaning nomi)

transplantatsiya amaliyotiga layoqatliligi toʻgʻrisida tibbiy xulosani beradi.

Tibbiy konsilium tarkibiga kiruvchi shaxslar va ularning imzosi:

Davolovchi shifokor _______________________________________________

___________________

                                                                       (F.I.O)

              (imzosi)

Transplantolog ___________________________________________________

___________________

                                                                       (F.I.O)

              (imzosi)

Anesteziolog _____________________________________________________

___________________

                                                                       (F.I.O)

              (imzosi)

Nevropatolog _____________________________________________________

___________________

                                                                       (F.I.O)

              (imzosi)

Mutaxassis-shifokorlar:

___________________

_______________________

____________________

(mutaxassisligi)

(F.I.O)

(imzosi)

___________________

_______________________

____________________

(mutaxassisligi)

(F.I.O)

(imzosi)

___________________

_______________________

____________________

(mutaxassisligi)

(F.I.O)

(imzosi)

___________________

_______________________

____________________

(mutaxassisligi)

(F.I.O)

(imzosi)

Sanasi ______________________

____________ (kuni, oyi, yili)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 10/25/3706/1077-son)