19.09.2025 yildagi PF-174-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yengil sanoat sohasida yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yengil sanoat sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish va sifatli amalga oshirish, shu jumladan, toʻqimachilik, charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik yoʻnalishida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada jadallashtirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Davlat boshqaruvini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tashkil etilsin va Agentlikning asosiy vazifalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, Agentlik toʻqimachilik, charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik sanoati (keyingi oʻrinlarda — yengil sanoat) sohalarida ustuvor yoʻnalishlarni ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agentlikka yuklatilgan vazifalar ijrosini samarali taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat”, “Oʻzcharmsanoat” va “Oʻzbekipaksanoat” uyushmalarining Agentlik qoshida tajribali tadbirkorlardan iborat Yengil sanoat sohasida jamoatchilik kengashini 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Oʻzbekiston-Koreya oʻquv-amaliy toʻqimachilik texnoparki, Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti va Oʻzbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot institutlari amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda Agentlik tizimiga oʻtkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agentlikka mazkur Farmonning 3-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan oʻquv-amaliy va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki, yengil sanoat sohasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda “Oʻztoʻqimachiliksanoat”, “Oʻzcharmsanoat” va “Oʻzbekipaksanoat” uyushmalari hamda kadrlarni tayyorlash, taʼlim yoʻnalishlari va dasturlarini ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti oʻz faoliyatini Agentlik bilan hamkorlikda olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agentlik qoshida yuridik shaxs tashkil etmagan holda budjetdan tashqari Yengil sanoatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin va Jamgʻarma daromadlarini shakllantirish manbalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agentlik tomonidan yengil sanoat sohasidagi korxonalarga Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan 2025-yil 1-oktabrdan boshlab quyidagi moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari qoʻllanilishi belgilab qoʻyilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) xalqaro brendlarni jalb qilish, standartlashtirish va sertifikatlashning xalqaro tizimlarini, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy etish, eksport shartnomalari boʻyicha sugʻurtalashni moliyalashtirish xarajatlarini qoplash hamda mutaxassislarni oʻqitish uchun grantlar ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) xorijiy davlatlarda savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, reklama kampaniyalarini tashkil etish bilan bogʻliq chet eldagi xarajatlarining bir qismini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) xorijiy konsalting kompaniyalarni va malakali mutaxassislarni jalb qilish, koʻrgazma stendlarini tashkil etish va xalqaro koʻrgazma-yarmarkalar, treninglar va biznes-forumlarda ishtirok etish xarajatlarini qoplab berish, xorijiy axborot resurslarida maʼlumotlarni joylashtirishda moliyaviy yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) yengil sanoat korxonalarini, shu jumladan, tayyor tikuv-trikotaj, tabiiy va sunʼiy charmdan tayyor poyabzal va charm attorlik mahsulotlari, ipak mato ishlab chiqaruvchi korxonalarni belgilangan tartibda moliyaviy qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan hududlarda tashkil etiladigan yengil sanoat korxonalariga koʻmaklashish loyiha ofislarini saqlash, jalb qilinadigan xorijiy maslahatchilar va konsalting kompaniyalari xarajatlarini qoplash, Agentlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, hamkor uyushmalar hamda ilmiy muassasalarni oʻrnatilgan tartibda moliyalashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Agentlik Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Oʻzbek-Koreya oʻquv-amaliy toʻqimachilik texnoparki negizida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil 1-iyulga qadar 24 turdagi tekshiruvlar oʻtkaziladigan zamonaviy toʻqimachilik laboratoriyasini tashkil etish hamda uni jihozlash va xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazishni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) uch oy muddatda “Fashion business incubator” loyihasini amalga oshirish hamda uni moliyalashtirish uchun dastlabki bosqichda 5 mlrd soʻm ajratish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki, Jamgʻarmaning yillik xarajatlari choraklar kesimida Agentlik tomonidan Kengash tavsiyalari asosida ishlab chiqilib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgandan keyin tasdiqlanadi. Agentlik direktoriga yillik xarajatlar smetasining 10 foizigacha miqdorda keyinchalik Kengashga maʼlumot kiritish sharti bilan oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilab qoʻyilsinki, olis tumanlarda sanoatni rivojlantirishni ragʻbatlantirish maqsadida 3 — 5 toifadagi tumanlarda ishlab chiqarish filialini ochadigan toʻqimachilik va tikuv-trikortaj korxonalariga filialda 200 ta ish oʻrni yaratish va oylik oʻrtacha ish haqini 2,5 million soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda toʻlash sharti bilan Jamgʻarmadan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) besh yilga 10 milliard soʻmgacha Markaziy bank asosiy stavkasida kredit beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) xorijdan jalb qiladigan dizayner, texnolog, konstruktor va marketologlar oyligining bir qismi qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Moliyalashtirish manbalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi Jamgʻarmaga 2030-yil 1-yanvarga qadar qaytarish sharti bilan yillik 4 foiz stavkada 200 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni 2025-2026-yillarda mutanosib ravishda, Jamgʻarma buyurtmanomalari asosida bosqichma-bosqich ajratilishini taʼminlasin. Bunda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan korxonalarni aylanma mablagʻ bilan taʼminlash uchun Agentlik tomonidan tijorat banklariga moliyaviy resurslar ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mazkur Farmonning 7-bandida nazarda tutilgan qoʻllab-quvvatlash choralari hamda Agentlik faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq saqlash xarajatlari uchun Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasiga 2025-yilda ajratilgan mablagʻlar hisobidan 20 milliard soʻmni bir hafta muddatda Jamgʻarmaga oʻtkazsin, kelgusi yillarda budjet parametrlarini shakllantirishda ushbu xarajatlarni nazarda tutsin;
(12-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi PF-4-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2026-y., 06/26/4/0043-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Yengil sanoat sohalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish hamda korxonalarni raqamlashtirish tadbirlarini moliyalashtirish uchun Jamgʻarmaga 2026-yilda 50 milliard soʻm, 2027-yilda 100 milliard soʻm miqdorida mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Agentlik faoliyatini tashkil etish va Yengil sanoatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish hamda undan foydalanish tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Agentlik bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Bosh vazir oʻrinbosarlari J. Qoʻchqorov va J. Xodjayev:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ikki oy muddatda yengil sanoat sohasini chuqur tahlil qilgan holda yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarish va eksportni oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) xalqaro konsultantlarni jalb qilgan holda Yengil sanoat sohalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik sanoatini rivojlantirish boʻyicha qaror loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Agentlik boshqaruv xodimlarining cheklangan shtatlari soni 60 ta etib belgilansin hamda mazkur shtat birliklari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-son Farmoni 7-bandi ijrosi doirasida qisqartirilishi belgilangan shtat birliklari hisobidan shakllantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Agentlik direktori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Agentlik direktori, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari maqomi, tibbiy va transport xizmat koʻrsatish shartlari boʻyicha tegishli ravishda vazirning birinchi oʻrinbosari va vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Agentlik xodimlarining mehnatiga haq toʻlash qonunchilikda belgilangan razryadlarga asosan boshqaruv xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari 1,8 baravarga oshirilgan holda qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ikki hafta muddatda Agentlik faoliyatini tashkil qilish uchun talab qilinadigan mablagʻlarni 2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining tasdiqlangan parametrlari doirasida ajratsin hamda Agentlikning 2025-yilga moʻljallangan xarajatlar smetasini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Agentlik tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblarga asosan Agentlikni xizmat avtomashinasi, mebel, kompyuter va boshqa zarur jihozlar bilan taʼminlash uchun mablagʻ ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 2026-yildan boshlab har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Agentlik faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni koʻzda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani Mustaqillik shoh koʻchasi 109-uy manzilidagi bino moddiy-texnik bazasi bilan birgalikda Agentlikka operativ boshqaruv huquqi asosida berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Milliy statistika qoʻmitasi ishlab chiqarishni tahlil qilish va mahsulotlar balansini ishlab chiqish maqsadida korxonalar va mahsulotlar kesimida statistik maʼlumotlarni Agentlikka taqdim etib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tashqi ishlar vazirligi Agentlik buyurtmanomalariga asosan jalb etiladigan chet ellik mutaxassislar va xalqaro konsultantlarning kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov hamda J.A. Xodjayev belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 19-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-174-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ASOSIY VAZIFALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish yoʻnalishida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) boʻyash, mato va gazlama toʻqish, toʻquv, boʻyoq va tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishga shart-sharoit yaratish, oʻzaro kooperatsiya tizimini ragʻbatlantirish va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni oshirish boʻyicha dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) toʻqimachilik, charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik sohalarida, shu jumladan, rivojlanayotgan tuman va shaharlarda, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va sanoat kooperatsiyasi uchun shart-sharoit yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) sohada ilmiy yondashuvlarni joriy etish va malakali mutaxassislarni (texnolog, injener, dizayner, dasturchi va boshqalar) jalb qilishda tashkiliy va moliyaviy koʻmak koʻrsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Eksportni oshirishni ragʻbatlantirish yoʻnalishida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) marketing tadqiqotlarini olib borish, xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etish, istiqbolli tayyor mahsulotlar bilan yangi bozorlarga chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) yengil sanoat sohasiga xorijiy sorsing kompaniyalar va xalqaro brendlarni jalb qilish, milliy brendlarni rivojlantirish, shu jumladan, “Made in Uzbekistan” brendi shakllanishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) xalqaro sifat, ekologik, boshqaruv va ijtimoiy sertifikatlarni korxonalarga joriy etish, zamonaviy laboratoriyalarni tashkil etish, jihozlash va xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazishga koʻmaklashish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) logistikaga koʻmaklashish va yetkazib berish xarajatlarini maqbullashtirish boʻyicha xorijiy tashkilotlar bilan ishlarni tashkil etish, istiqbolli bozorlarda (Yevropa Ittifoqi, AQSH va boshqalar) eksport tashqi infratuzilmasi, jumladan, savdo uylari, doʻkonlar va omborxona tashkil etish va elektron savdo platformalari orqali eksportni oshirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) xalqaro jamoat tashkilotlari va brendlarni Oʻzbekiston Respublikasida majburiy mehnatning bartaraf etilgani haqida keng xabardor qilish, “Better work”, “FWF” va “BCI” kabi dasturlar hamda standartlarni joriy etishni kengaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Investitsiyalarni jalb qilish yoʻnalishida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ishlab chiqarish zanjiridagi boʻshliqlarni toʻldirish (toʻqimachilikda toʻquv va boʻyoq-pardozlash, charm-poyabzal va ipak sanoatida tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish)ga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) sunʼiy va aralash xomashyodan mahsulotlar, aksessuar va furnitura, boʻyoq va kimyoviy vositalar ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan loyihalarga investorlarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Yevropa, Turkiya, Xitoy va boshqa xorijiy davlatlar korxonalari hamda brend kompaniyalarining ishlab chiqarish quvvatlarini relokatsiya qilish boʻyicha investorlar bilan ishlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Soha korxonalarining moliyaviy holatini yaxshilash va zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish yoʻnalishida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) sohada uzoq yillardan buyon faoliyat koʻrsatayotgan, moliyaviy barqaror va doimiy ish oʻrinlarini yaratgan korxonalarni doimiy qoʻllab-quvvatlab borish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) mahsulot tannarxini tushirish, jumladan, ishlab chiqarishni raqamlashtirish, axborot tizimlarini keng joriy qilish, energiya samaradorligini oshirishni qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini (IFRS) joriy qilish, amalga oshiriladigan investitsiya loyihalariga xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklardan toʻgʻridan-toʻgʻri kreditlar hamda investitsiyalarni jalb qilishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) sohada ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) prinsiplarini joriy etish orqali mahsulot sifatini hamda mehnat sharoitlarini yaxshilashga sharoitlar yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mahalliy va xorijiy bozorlarning holati hamda rivojlanish tendensiyalarini oʻz ichiga qamrab olgan tahliliy materiallarni doimiy eʼlon qilib borish asosida soha korxonalariga koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agentlik tasarrufiga oʻtkazilayotgan oʻquv-amaliy va ilmiy-tadqiqot muassasalarini “Oʻztoʻqimachiliksanoat”, “Oʻzcharmsanoat” va “Oʻzbekipaksanoat” uyushmalari hamda toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik sanoati korxonalari bilan manfaatli hamkorligini va oʻzaro tajriba almashuvini yoʻlga qoʻyish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yengil sanoat sohasida grant, ijtimoiy buyurtma va boshqa qonunchilikda taqiqlanmagan moliyalashtirish mexanizmlari orqali dasturlar va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga jamoat birlashmalarini ularning roziligiga koʻra jalb etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yengil sanoat sohasida Agentlikka yuklatilgan vazifalarni “Oʻztoʻqimachiliksanoat”, “Oʻzcharmsanoat” va “Oʻzbekipaksanoat” uyushmalari hamda kadrlarni tayyorlash, taʼlim yoʻnalishlari va dasturlarini ishlab chiqish, ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti bilan hamkorlikda amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yengil sanoat sohasida jamoatchilik kengashi tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

F.I.Sh.

Lavozimi*

1.

M. Razzakov

“Global Textile” korxonalar guruhi rahbari, Jamoatchilik kengashi raisi

I. Toʻqimachilik sanoati

2.

Lavozimi boʻyicha

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi raisi

3.

A. Axrorov

“Samarkand apparel” korxonasi rahbari

4.

Sh. Kayumov

“Trusted Textile Marketplace” korxonasi rahbari

5.

I. Xamrayev

“Merganteks” korxonasi rahbari

6.

N. Ergashev

“Sultontex Group” korxonasi rahbari

7.

Sh. Jumayev

Navbahor teks” korxonasi rahbari

8.

D. Reyna

“Indorama Kokand Textile” korxonasi rahbari

II. Gilamchilik sanoati

9.

K. Abdullayev

“SAG” korxonasi rahbari

10.

Sh. Xolnazarov

Navoiy-Ishonch-Gilamlari” korxonasi rahbari

III. Charm-poyabzal sanoati

11.

Lavozimi boʻyicha

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi

12.

A. Abduvaxobov

“Peng Sheng Charm” korxonasi direktori oʻrinbosari

13.

A. Xamidov

“Namkor Nur Savdo” korxonasi rahbari

14.

R. Salixov

“RUS-SAL” korxonasi rahbari

IV. Ipakchilik sanoati

15.

Lavozimi boʻyicha

“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi raisi

16.

O. Pirmatov

“Xarir tola” korxonasi rahbari

17.

Q. Katayev

“Romstar” korxonasi rahbari

18.

Sh. Xojiyev

“Kumushkent ipagi” korxonasi rahbari

19.

Lavozimi boʻyicha

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi boshqarma boshligʻi, Jamoatchilik kengashi kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Jamoatchilik kengashi raisiga Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori bilan kelishgan holda kengash tarkibiga oʻzgartirish kiritish vakolati beriladi. Bunda Jamoatchilik kengashi tarkibiga korporativ boshqaruv sohasidagi mahalliy va xorijiy ekspertlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, auditorlik tashkilotlari vakillari jalb qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-son Farmoniga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yengil sanoatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish manbalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tijorat banklari orqali korxonalarni aylanma mablagʻ bilan taʼminlash uchun moliyaviy resurslar ajratish maqsadida Jamgʻarma buyurtmanomalari asosida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan bosqichma-bosqich ajratiladigan 200 million AQSH dollari.*
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat budjetidan belgilangan tartibda oʻtkazib beriladigan, jumladan, korxonalarni qoʻllab-quvvatlash choralarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablagʻlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining grantlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ushbu mablagʻlarni bank depozitlariga joylashtirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-son Farmoniga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) “Jami” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “49 034” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunidagi “45 099” raqamlari tegishincha “49 094” va “45 159” raqamlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) quyidagi mazmundagi 37-boʻlim bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

37. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

60

60

shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni

3

3

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) quyidagi mazmundagi 40-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“40. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) izoh qismidagi “69” raqami “70” raqami bilan, “26” raqami “27” raqami bilan, “mustaqil agentliklar — 9 ta” soʻzlari “mustaqil agentliklar — 10 ta” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 2a-ilova quyidagi mazmundagi 40-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

40.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

Yengil sanoat agentligi

Agentstvo legkoy promishlennosti

.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-205-son Farmonining 5-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) “a” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “20 foizigacha” soʻzlari “30 foizigacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “b” kichik bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“paxta xom ashyosi yalpi hosili xaridi boʻyicha yakuniy hisob-kitob va terim uchun paxta xom ashyosi qiymatining 80 foizigacha yillik 14 foiz stavkada, 60 foizigacha yillik 10 foiz stavkada (shundan, bank marjasi 2 foiz) 12 oyga, shu jumladan, 6 oylik imtiyozli davr va oxirgi 6 oy davomida teng ulushlarda qaytarish sharti bilan”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) “b” kichik bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “20 foizigacha” soʻzlari “30 foizigacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) “b1” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-maydagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PF-71-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 4-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda Tarif va notarif tartibga solish kengashi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan takliflari asosida har chorakda ushbu roʻyxatga tegishli oʻzgartirish kiritib borishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 7-bandda “2024-yil may oyidan boshlab, 4 oy davomida 50 milliard soʻmdan, jami 200 milliard soʻm” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-119-son Farmonining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi “Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini taʼminlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-229-son Farmonining 2-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) uchinchi — yettinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) uchinchi xatboshidagi “kamida 90 foizini” soʻzlari “kamida 70 foizini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-yanvardagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash zanjirini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 6-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi 5 yil muddatga 2028-yil 1-yanvardan qaytarish sharti bilan yillik 4 foiz stavkada Kompaniyaga uning buyurtmasiga asosan 50 million AQSH dollari, Markaziy bankning buyurtmasiga asosan tijorat banklariga 50 million AQSH dollari, jami 100 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“mazkur mablagʻlarning tijorat banklariga ajratiladigan 50 million AQSH dollari qismi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining tavsiyasiga asosan yengil sanoat korxonalariga qulay shartlarda faktoring va lizing xizmatlari, xomashyo xarid qilish va sotish boʻyicha savdo operatsiyalari uchun moliyaviy xizmatlarni koʻrsatishga yoʻnaltiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-15-son Farmonining 1-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) toʻrtinchi va oltinchi xatboshilardagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ipakchilik qoʻmitasi balansida boʻlgan moddiy-texnik baza (davlat aktivlari) Yengil sanoatni rivojlantirish agentligiga foydalanish uchun beriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi “Mahsulotlarni eksport qilish tartib-taomillarini takomillashtirish va qoʻshilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-47-son Farmoniga 1-ilovaning 33-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

33.

4101

Yirik shoxli qoramol (jumladan, hoʻkizlar (buyvol) yoki otlar oilasiga mansub hayvonlarning yangi shilingan holatidagi yoki tuzlangan, quritilgan, oshlangan, pikellangan yoki boshqa usulda konservalangan, oshlanmagan pergament uchun tayyorlangan yoki qoʻshimcha ishlov berilmagan, jun qatlami boʻlgan yoki boʻlmagan, ikki qatlamga ajratilgan yoki ajratilmagan xom terilari

30, lekin har bir tonnasi uchun 300 AQSH dollaridan kam boʻlmagan miqdorda

.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-sentabrdagi “Chang boʻronlariga qarshi kurashish va atmosfera havosi sifatini yaxshilash boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-338-son qaroriga 2-ilovaning 1-pozitsiyasi “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “2024” raqami “2025” raqami bilan hamda “Amalga oshirish muddati” ustunidagi “2025” raqami “2026” raqami bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi “Paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yigʻim-terimi xarajatlarini kreditlash hamda ularni realizatsiya qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 680-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yigʻim-terimi xarajatlarini hamda paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini kreditlash toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) 2-bandning toʻrtinchi xatboshisidan “paxta-toʻqimachilik klasterlari bilan fyuchers shartnomasi tuzgan” soʻzlari chiqarib tashlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) 9-bandda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a” kichik bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi subyektlariga paxta xom ashyosi yigʻim-terimi uchun — paxta xom ashyosi yalpi qiymatining 30 foizigacha yillik 8 foiz stavkada, kredit resurslarini qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz joylashtiradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“v” va “g” kichik bandlardagi “20 foizigacha” soʻzlari “30 foizigacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“d” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“d) paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan korxonalarning paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi va terimini kreditlash uchun 12 oy muddatga, 6 oylik imtiyozli davr va soʻnggi 6 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan, paxta xom ashyosi qiymatining 80 foizigacha yillik 12 foiz stavkada, 60 foizigacha yillik 8 foiz stavkada kredit resurslarini qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz joylashtiradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“e” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) 11-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“paxta xom ashyosini yetkazib berish boʻyicha fyuchers va spot shartnomalari”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) 18-bandda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a” kichik bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi subyektlariga paxta xom ashyosi yigʻim-terimi uchun — paxta xom ashyosi yalpi qiymatining 30 foizigacha yillik 10 foiz stavkada (shundan bank marjasi 2 foiz) 4 oyga kredit ajratiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“d” kichik bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“d) paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan korxonalarning paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi va terimini kreditlash uchun 12 oy muddatga, 6 oylik imtiyozli davr va soʻnggi 6 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan, paxta xom ashyosi qiymatining 80 foizigacha yillik 14 foiz stavkada, 60 foizigacha yillik 10 foiz stavkada (shundan bank marjasi 2 foiz) kredit ajratadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“e” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Paxta xom ashyosini birja savdolari orqali sotishni tartibga solish toʻgʻrisidagi nizom 3-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yetishtirilgan paxta xom ashyosi yoki uni qayta ishlash natijasida olingan birlamchi va ikkilamchi mahsulotlarni (tola, chigit, lint, oʻlik paxta) xaridorga sotish shartnomasi birjaning axborot portalida tuziladi va ushbu shartnoma boʻyicha toʻlovlar birjaning hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish (toʻlov hujjatlariga muvofiq pul oʻtkazish) qoidalari asosida amalga oshiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-sentabrdagi “Paxta xom ashyosi yetishtiruvchilarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 574-son qarorining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Jamgʻarmaning mazkur qaror doirasida yuzaga keladigan qoʻshimcha xarajatlarini qoplash uchun Jamgʻarmaga Davlat budjetidan 3,5 trln soʻmgacha begʻaraz mablagʻlar ajratsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-iyuldagi “Paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini muqobil manbalar hisobidan moliyalashtirish va samarali faoliyat yuritayotgan qishloq xoʻjaligi subyektlarini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 466-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda integratsiya xarajatlari Davlat budjeti hisobidan amalga oshirilsin hamda ushbu portalga integratsiya qilingan axborot tizimlari orqali kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligiga tegishli vazirlik va idoralar masʼul etib belgilansin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-maydagi “Respublikada toʻqimachilik, charm-poyabzal va elektrotexnika mahsulotlari eksportini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 274-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish va mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 12-bandining oʻn toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“elektrotexnika va elektro maishiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarda hamda Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tavsiya etgan toʻqimachilik korxonalarida ishlab chiqarish jarayonini raqamlashtirish (ERP, MES, PLM tizimlarini hamda sunʼiy intellekt asosidagi tizimlarni, shu jumladan IT-park rezidentlarining sunʼiy intellekt yechimlarini joriy qilish) bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini, lekin bitta tadbirkorlik subyektiga koʻpi bilan 20 ming AQSH dollari ekvivalenti miqdorini qoplash”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son; 15.01.2026-y., 06/26/4/0043-son)