15.09.2025 yildagi 583-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.09.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 21-apreldagi PF-68-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 21-apreldagi PF-68-son Farmoni bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkazilganligi va uning qoʻshimcha vazifalari belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz islomshunoslik yoʻnalishidagi ilmiy tadqiqotlarni hamda din bilan bogʻliq jarayonlar boʻyicha tahlillarni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ustavi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025 — 2028-yillarda Imom Moturidiyning ilmiy merosi va moturidiylik taʼlimotini oʻrganishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining huquq va majburiyatlari, shuningdek, tuzilgan shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va muvofiqlashtirish boʻyicha Vasiylik kengashi Markaz faoliyatini muvofiqlashtiradi, unga yuklangan vazifalarni amalga oshirishga koʻmaklashadi hamda Markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diniy-maʼrifiy sohada taʼlim, fan va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengash Markazning taʼlim va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Markaz direktoriga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda, Markaz tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni hamda mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imom Moturidiy nomidagi xalqaro stipendiyasi gʻoliblariga Oʻzbekistonga kirish vizasini rasmiylashtirishda masʼul vazirlik va idoralarga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Markaz Din ishlari boʻyicha qoʻmita bilan birgalikda Markaz kutubxonasini respublika hamda xorijiy davlatlarda nashr etilgan islom ilmlari va moturidiylik taʼlimotiga oid zamonaviy nashrlar hamda qoʻlyozma va toshbosma asarlar bilan doimiy boyitib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Din ishlari boʻyicha qoʻmita bir oy muddatda Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga qarashli Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 11a-uy manzilida joylashgan binoga Markazni maʼmuriy binolarga xodimlarni joylashtirish meʼyorlaridan kelib chiqqan holda tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisi S.D. Toshboyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 15-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
583-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-sentabrdagi 583-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Vasiylik kengashi

Direktor

Ilmiy kotib

Direktorning ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha oʻrinbosari

Ishlar boshqaruvchisi

Matbuot kotibi

Moturidiylik taʼlimoti tadqiqotlari boʻlimi

5

Maʼmuriy-xoʻjalik boʻlimi

1

Xalqaro aloqalar boʻlimi

1

Moliya-iqtisod boʻlimi

2

Zamonaviy islom tadqiqotlari boʻlimi

5

Xodimlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis

Tarjimalar boʻlimi

3

Bosh yuriskonsult

Nashrlar boʻlimi

3

Axborot-resurs markazi va axborot texnologiyalari boʻlimi

2

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining xodimlari (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) soni — 29 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish uchun mutaxassislar va ilmiy xodimlar qoʻshimcha ravishda shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni qonun hujjatlarida belgilangan meʼyorlar asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-sentabrdagi 583-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
USTAVI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Ustav Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining (keyingi oʻrinlarda — Markaz) asosiy vazifalari va funksiyalarini, huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrlar, shtamplar, ramzlar va qonunchilik hujjatlariga muvofiq faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa rekvizitlarga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Ustavga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Markaz oʻz faoliyatini Islom hamkorlik tashkiloti, Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (ICESCO), Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRCICA), Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi va xorijiy mamlakatlardagi islomshunoslikka ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot markazlari bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Markazning rasmiy nomi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) rus tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — Mejdunarodniy nauchno-issledovatelskiy sentr Imama Maturidi pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — Mejdunarodniy nauchno-issledovatelskiy sentr Imama Maturidi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ingliz tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — Imam Maturidi International Scientific Research Center under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — Imam Maturidi International Scientific Research Center.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) arab tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — أوزبكستان مركز الإمام الماتريدي الدولي للبحوث العلمية لدى مجلس الوزراء لجمهورية
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — مركز الإمام الماتريدي الدولي للبحوث العلمية
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Markazning joylashgan yeri (pochta manzili): Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 11a-uy, 100011.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aqida va kalom ilmi rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan Imom Moturidiy va uning izdoshlari boʻlgan allomalarning ulkan ilmiy, diniy-maʼnaviy merosini chuqur oʻrganish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini nashr etish, xalq va jahon jamoatchiligi oʻrtasida keng targʻib qilish, ushbu mavzularga doir ilmiy tadqiqotlarni tizimli tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islom dinining insonparvarlik mohiyati, maʼrifiy-madaniy roli va rivojlanish yoʻnalishlarini ilmiy asosda oʻrganish va keng afkor ommaga, jumladan, xalqaro jamoatchilikka yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy kabi allomalarning kalom ilmi rivojiga qoʻshgan hissasi va uning taraqqiyotida tutgan oʻrnini chuqur tadqiq etish, yosh avlodni millatlararo va dinlararo bagʻrikenglik, oʻzaro hurmat, tinchlik-totuvlik kabi islom dinining asl qadriyatlari ruhida tarbiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatda hamda xorijiy davlatlarning kutubxonalari va arxiv fondlarida saqlanayotgan buyuk allomalarning kalom ilmiga oid merosi hamda islom dunyosi uchun muhim ilmiy ahamiyatga ega boʻlgan qoʻlyozma, toshbosma asarlarning asl hamda elektron nusxalarini toʻplash va kelajak avlodga yetkazish uchun tizimli ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islomiy ilmlar, xususan, kalom ilmi tarixi va uning bugungi kundagi ahamiyatini ilmiy tadqiq etish sohasidagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida ilmiy-nazariy va uslubiy masalalarga bagʻishlangan anjuman, konferensiya, simpozium, koʻrgazma, ilmiy maʼruza, seminar-trening va tanlovlar hamda boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadqiqot natijalari yuzasidan qomuslar, kataloglar, albomlar, ilmiy-ommabop hujjatli filmlar, axborot-resurs bazasini tayyorlash va ommaviy axborot vositalari, xususan, Internet jahon axborot tarmogʻida eʼlon qilishni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islom tarixi va kalom ilmi yoʻnalishidagi yangi tadqiqotlar natijalaridan ilmiy jamoatchilikni keng xabardor etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“jaholatga qarshi maʼrifat” gʻoyasi asosida islom dinining ilm-maʼrifat, maʼnaviy poklik, tinchlik-osoyishtalik, taraqqiyot va bunyodkorlikka chaqiruvchi gʻoyalarini xalqqa, ayniqsa, yoshlarga yetkazish, mutaassiblik, ekstremizmning maqsadlari, gʻoyaviy negizlari, zamonaviy koʻrinishlari va faoliyat uslublarini oʻrganish hamda ularga qarshi kurashishning ilmiy-maʼrifiy asoslarini ishlab chiqish va amaliyotda qoʻllash uchun tavsiya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy kabi buyuk alloma ajdodlarimiz qoldirgan boy maʼnaviy merosni oʻrganish, jahon ilm-fani rivojiga qoʻshgan beqiyos hissasini xalqimiz, ayniqsa, yoshlarga yetkazish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini nashr etish, mamlakatimiz hududida roʻy bergan Birinchi va Ikkinchi Renessansning ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq etish hamda Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining maʼnaviy poydevorini yaratishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islom dinining insonparvarlik mohiyati, maʼrifiy-madaniy roli va rivojlanish yoʻnalishlarini ilmiy asosda oʻrganish va keng ommaga, jumladan, xalqaro jamoatchilikka yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy taʼlim muassasalariga ilmiy-tadqiqot va oʻquv-uslubiy masalalarda hamda pedagog kadrlar va diniy xodimlarning malakasini oshirib borishda amaliy yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini saqlash, yoshlarni yot gʻoyalar taʼsiridan asrashga qaratilgan strategik ahamiyatga ega loyiha va tashabbuslarni ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy va ularning izdoshlari tomonidan yozilgan aqida va kalom ilmlariga oid asarlarning tadqiqiga oid ilmiy loyihalarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islom dunyosining buyuk mutafakkiri, kalom ilmi peshvosi Imom Moturidiy va uning izdoshlarining ibratli hayoti va boy ilmiy-maʼnaviy merosini aholi, ayniqsa yoshlar orasida keng targʻib qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moturidiylik taʼlimotiga oid aqidaviy manbalarning ilmiy-tanqidiy matni hamda ularning zamonaviy sharhlarini tayyorlaydi, xalqchil risolalarni nashr qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islom dinining ilm-maʼrifat, bunyodkorlik va insoniylikka asoslangan mazmun-mohiyatini ochib berishga bagʻishlangan tadqiqotlarni amalga oshiradi, dinlararo bagʻrikenglik oʻzaro ahillik va hamjihatlik gʻoyalarini keng ommaga yetkazishga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moturidiylik taʼlimotidagi insoniylik, bagʻrikenglik, moʻtadillik va maʼrifatparvarlik tamoyillarini aholi orasida keng targʻib qilish maqsadida filmlar, videoroliklar, infografikalar va boshqa materiallarni tayyorlaydi hamda keng ommalashtirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islom ilm-fani va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk alloma ajdodlarimizning islom ilmlari, jumladan, kalom ilmi boʻyicha diniy-maʼnaviy merosini chuqur tadqiq etishga oid loyihalarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yurtimiz allomalarining Birinchi va Ikkinchi Renessansga qoʻshgan hissasini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan ilmiy loyihalar, media va targʻibot ishlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlar, xususan, Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarda saqlanayotgan islom diniga oid nodir yozma ilmiy merosni ommalashtirishga bagʻishlangan loyihalarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlarning kutubxonalarida saqlanayotgan Imom Moturidiy va uning izdoshlari qalamiga mansub qoʻlyozmalarni aniqlaydi, ularning kataloglarini yaratadi hamda elektron nusxalarini Markazga olib kelish choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar orasida islom dinining bunyodkorlik, ilm-maʼrifat va odob-axloqqa yoʻgʻrilgan taʼlimotini targʻib etishga qaratilgan tadbirlarda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet jahon axborot tarmogʻi orqali targʻib qilinayotgan radikal mazmundagi maʼlumotlarni monitoring va tahlil qilish asosida ekstremizmning zamonaviy tendensiyalarini aniqlaydi hamda oldini olishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika miqyosida diniy vaziyatga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan omillarni oʻrganish, baholash, shu asosda ularni bartaraf etishga qaratilgan taklif va tashabbuslarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy soʻrovlar, dala tadqiqotlari, monitoring xulosalari asosida din niqobidagi buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi ilmiy asoslangan chora-tadbirlarni tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boy madaniy va maʼnaviy meros, dunyoviy hamda diniy ilmlar uygʻun ravishda tadqiq etilishini tashkil qilish orqali uning natijalarini taʼlim-tarbiya jarayonida qoʻllash va keng jamoatchilikka yetkazishda tashkiliy-amaliy yordam koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi huzuridagi Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti tinglovchilariga dolzarb mavzular yuzasidan maʼruza va seminar darslarini tashkil etishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy taʼlim muassasalarining oʻquv-uslubiy faoliyatini takomillashtirish, professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish, fan dasturlari mavzularini shakllantirish hamda ularning izchilligi va uzviyligini taʼminlash yuzasidan takliflar tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Markazning huquqlari va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Markaz oʻziga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xorijiy tashkilotlar, taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa oʻrnatish va oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida shartnomalar va boshqa hujjatlarni imzolash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahondagi nufuzli ilmiy-tadqiqot markazlari va oliy taʼlim muassasalarining ilmiy, diniy-maʼnaviy qadriyatlarni tadqiq etish yoʻnalishidagi tajribasini oʻrganish, ilmiy-tadqiqot ishlarini zamon talablari darajasida tashkil etish yuzasidan seminar-treninglar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan Markaz vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha maʼlumotlarni soʻrab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imom Moturidiy va boshqa mutafakkirlarning faoliyatini oʻrganish boʻyicha ilmiy va ekspert ishlarini amalga oshirish hamda dolzarb ilmiy loyihalarni bajarishda hamkorlik qilish uchun vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlardan, shu jumladan, chet ellardan yuqori malakali mutaxassislarni shartnoma asosida ishga taklif etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning budjetdan tashqari mablagʻlarini Markaz tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarni tashkil etishga yoʻnaltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy tashabbuslar bilan chiqish va ushbu masalada tegishli davlat organlariga takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyati toʻgʻrisida axborot tarqatish va belgilangan tartibda budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan matbaa va noshirlik faoliyatini amalga oshirish hamda multimedia mahsulotlarini chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konferensiyalar, simpoziumlar, seminar-treninglar, sayyor majlislar tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish maqsadida oʻz faoliyatini Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida olib boradigan ilmiy hayʼat tuzish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Markaz quyidagilarga majburdir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyati toʻgʻrisida axborot bilan tanishish erkinligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli davlat organlariga oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlar taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Markaz faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Markaz faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va muvofiqlashtirish boʻyicha Vasiylik kengashi Markaz faoliyatini muvofiqlashtiradi, unga yuklangan vazifalarni amalga oshirishga koʻmaklashadi hamda Markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylik kengashining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boy madaniy va maʼnaviy meros, dunyoviy hamda diniy ilmlarni uygʻun ravishda tadqiq etish orqali uning natijalarini taʼlim-tarbiya jarayonida qoʻllash va keng jamoatchilikka yetkazishda tashkiliy-amaliy yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahondagi nufuzli ilmiy-tadqiqot markazlari va oliy taʼlim muassasalarining ilmiy, diniy-maʼnaviy qadriyatlarni tadqiq etish yoʻnalishidagi tajribasini oʻrganish hamda xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar oʻrnatish va ilmiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda yordam berish, ilmiy-tadqiqot ishlarini zamon talablari darajasida tashkil etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konseptual tadqiqotlar dasturlari hamda ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qoʻllab-quvvatlash, homiylar mablagʻlari, shuningdek, chet ellik mutaxassis olimlarni tadqiqotlar jarayoniga jalb etishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot natijalari asosida taʼlim muassasalari oʻquv dasturlarini takomillashtirish, soha uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, ilmiy-tadqiqot olib borayotgan kadrlarning mahalliy va xorijiy mamlakatlardagi nufuzli ilmiy tadqiqot va taʼlim muassasalarida tajriba orttirishini hamda malaka oshirishini tashkil etish, yuqori natijaga erishgan va faol tadqiqotchilarni ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majlis bir yilda kamida bir marta chaqiriladi. Markaz Vasiylik kengashi majlisining chaqirilishi hamda uning kun tartibi haqidagi maʼlumotlar majlis chaqiriladigan sanadan bir oy oldin eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vasiylik kengashining majlisi oʻz vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga va ushbu Ustavga muvofiq vazifalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylik kengashining majlisi kengashning kamida toʻrtdan uch qismi hozir boʻlgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majlis qarori ishtirokchilarning yarmidan koʻpining ovozi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 21-apreldagi PF-68-son Farmoni bilan tasdiqlangan Diniy-maʼrifiy sohada taʼlim, fan va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengash Markazning taʼlim va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Markazning kundalik faoliyatiga Markaz direktori rahbarlik qiladi. Markaz direktori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Markaz direktori oʻz vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz nomidan buyruqlar chiqaradi, ishonchnomalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, taqdim etiladigan tahliliy materiallar va hujjatlarning toʻliqligi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy boʻlimlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, boʻlimlar xodimlari oʻrtasida funksional vazifalarni taqsimlaydi, yuklangan topshiriqlar bajarilishi uchun har bir xodimning javobgarligi darajasini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktorining oʻrinbosari hamda xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda Markaz xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz xodimlarining lavozim maoshlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ustamalar belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va Vasiylik kengashi majlisi muhokamasiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktori qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Markaz direktorining ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha bir nafar oʻrinbosari boʻladi. Markaz direktori boʻlmagan taqdirda uning funksiyasini direktor oʻrinbosari bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Markaz faoliyatini moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Markaz oʻzining koʻchmas va koʻchar mulkiga, pul mablagʻlariga, shu jumladan, chet el valyutasidagi pul mablagʻlariga, qimmatli qogʻozlari va boshqa mol-mulkiga ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adabiyot materiallarini chop etishdan tushadigan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatdan, startap loyihalarini amalga oshirishdan olinadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tashkilotlarning grantlari va texnik koʻmaklari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-sentabrdagi 583-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025 — 2028-yillarda Imom Moturidiyning ilmiy merosi va moturidiylik taʼlimotini oʻrganishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼullar

I. Tashkiliy chora-tadbirlar

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) xodimlarining moturidiylik taʼlimoti va zamonaviy islomshunoslik muammolari boʻyicha jahonning yetakchi universitetlari hamda ilmiy-tadqiqot markazlarida stajirovka oʻtash va malaka oshirishini yoʻlga qoʻyish.

1. Markaz xodimlari stajirovkalarini tashkil etish mumkin boʻlgan xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, shuningdek, stajirovka muddatlari boʻyicha asoslantirilgan takliflarni shakllantirish.

2025-yil sentabr

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi,

Markaz,

Tashqi ishlar vazirligi

2. Stajirovka oʻtashga yuboriladigan nomzodlar roʻyxati hamda ular qaytib kelganlaridan soʻng ikki yil davomida bajarishi lozim boʻlgan aniq vazifalar boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarni ishlab chiqish, belgilangan tartibda xodimlarning xorijda stajirovka oʻtash va malaka oshirishga yuborishni tashkil etish.

Reja asosida

2.

Xorijiy mamlakatlarda moturidiylik taʼlimoti hamda zamonaviy islomshunoslik muammolariga bagʻishlab oʻtkaziladigan xalqaro konferensiyalarda Markaz xodimlari ishtirokini taʼminlash.

1. Xorijiy mamlakatlarda moturidiylik taʼlimoti va zamonaviy islomshunoslik muammolariga bagʻishlangan xalqaro konferensiyalar roʻyxatini shakllantirish.

2025 — 2028-yillar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Markaz,

Tashqi ishlar vazirligi

2. Markaz ilmiy xodimlarining reja asosida xalqaro konferensiyalarda ishtirokini taʼminlash.

Reja asosida

3.

“Moturidiylik taʼlimoti va hozirgi zamon” mavzusida har ikki yilda bir marta xalqaro konferensiya oʻtkazish.

1. Xalqaro konferensiyani tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita, ishchi va ijodiy guruhlarni tuzish.

2026-yil yanvar

Markaz,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

2. Konferensiyalarni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasini tayyorlash.

2026-yil fevral

3. Xalqaro konferensiyalarni yuqori saviyada oʻtkazish.

Reja asosida

4.

Imom Moturidiy ilmiy merosi va u zot asos solgan taʼlimot boʻyicha xorijlik nufuzli olimlarning “Moturidiylik” mavzusidagi ilmiy seminarlarini oʻtkazish.

1. Ilmiy seminarlarni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2025-yil sentabr

Markaz

2. Ilmiy seminarlarda maʼruza bilan ishtirok etadigan xorijlik yetakchi olim va mutaxassislar roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil oktabr

3. Ilmiy seminarlarni yuqori saviyada oʻtkazish.

Reja asosida

5.

Xorijlik tadqiqotchilar oʻrtasida moturidiylik taʼlimoti boʻyicha xalqaro ilmiy tanlov tashkil etish.

1. Mahalliy va chet ellik mutaxassislardan iborat Tashkiliy guruh tuzish.

2025-yil sentabr

Markaz,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

2. Tanlov konsepsiyasini ishlab chiqish.

2025-yil oktabr

3. Xorijiy mamlakatlarning nufuzli taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalarida tanlov haqida eʼlon berish.

Reja asosida

4. Xorijlik tadqiqotchilar oʻrtasida har ikki yilda bir marta tanlov oʻtkazish.

5. Tanlov gʻoliblarini aniqlash va ularni taqdirlash marosimini yuqori saviyada oʻtkazish.

Har ikki yilda bir marta

6. Gʻoliblarning Oʻzbekistonga safarini tashkillashtirish.

Reja asosida

6.

Imom Moturidiy nomidagi xalqaro stipendiyaga Imom Moturidiy va moturidiylik taʼlimoti allomalarining ilmiy merosini oʻrganuvchi xorijlik olim va tadqiqotchilarni faol jalb qilish.

1. Stipendiantlarni tanlab olish mezonlarini ishlab chiqish.

2025-yil sentabr

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,

Markaz

2. Xarajatlar smetasini ishlab chiqish.

2025-yil oktabr

3. Xorijiy mamlakatlarning nufuzli taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalarida stipendiyani keng targʻib qilish choralarini koʻrish.

Reja asosida

II. Ilmiy-tadqiqot yoʻnalishida amalga oshiriladigan ishlar

7.

“Musulmon mamlakatlarida konfessiyalararo birdamlik siyosatining ahamiyati” nomli kitob tayyorlash va nashr qilish.

1. Kitobni tayyorlash uchun maʼlumotlar bazasini shakllantirish.

2028-yil yanvar

Markaz,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

2. Maʼlumotlarni tahlil qilish, tizimlashtirish va tahrirlash.

2028-yil may

3. Kitobni nashr qilish choralarini koʻrish.

2028-yil iyul

8.

Buyuk ajdodlarimizning ibratli hayot yoʻli va boy ilmiy-maʼnaviy merosini chuqur oʻrganish hamda keng jamoatchilikka targʻib qilish.

1. Abu Muin Nasafiyning “Tabsirat al-adilla” (Dalillar yogʻdusi) asarini oʻzbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish va nashr etish.

2026-yil iyul

Markaz,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

2. Nuriddin Sobuniyning “Al-Kifoya fi-l-hidoya” (Hidoyatga kifoya) asarini oʻzbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish va nashr etish.

2026-yil oktabr

3. Shamsiddin Samarqandiyning “As-Sahoif al-ilohiya” (Ilohiy sahifalar) asarini oʻzbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish.

2027-yil fevral

4. Abul Barakot Nasafiy “Al-Iʼtimod fi-l-iʼtiqod” (Eʼtiqod tayanchi) asarini oʻzbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish va nashr etish.

2028-yil avgust

5. Kamoliddin Andijoniyning “Sidq al-kalom” (Toʻgʻri soʻz) asarini oʻzbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish.

2028-yil noyabr

6. Nashrlarning joylardagi taqdimotlarini tashkil etish.

7. Nashrlarni Markazga Respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshirish.

Reja asosida

9.

Yurtimiz allomalarining mahalliy hamda xorijiy mamlakatlar fondlarida saqlanayotgan noyob qoʻlyozmalarini oʻrganish, ilmiy jamoatchilikka taqdim etish yuzasidan tadqiqotlarni amalga oshirish.

1. Mahalliy va xorijiy mamlakatlar fondlarida saqlanayotgan yurtimiz allomalari qalamiga mansub noyob qoʻlyozmalarni aniqlash hamda ularning elektron nusxalarini jamlash.

2025-yildan boshlab

Markaz,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

2. Abdurahim ibn Ali Shayxzoda “Sharh al-Aqoid at-tahoviya” (Tahoviy Aqoidi sharhi) qoʻlyozmasining zamonaviy ilmiy-tanqidiy matnini nashrga tayyorlash.

2025-yil sentabr

3. Muayyad Nasafiya “al-Manzuma ar-roiya” (“Ro” harfi asosiga qurilgan nazm) asariga zamonaviy sharh yozish va nashr qilish.

2026-yil mart

4. Abul Husayn Bashogʻariy “Kitob Sharh Jumal usul ad-din” (Din asoslariga oid jumlalar sharhi) qoʻlyozmasining zamonaviy ilmiy-tanqidiy matnini nashr qilish.

2026-yil sentabr

5. Roziy “Radd jidol al-Imom ar-Roziy” (Tahoviy Aqoidi sharhi) qoʻlyozmasining zamonaviy ilmiy-tanqidiy matnini nashrga tayyorlash.

6. Ilmiy-tanqidiy matnlarning xalqaro kitob koʻrgazmalaridagi namoyishlarini tashkil etish.

2028-yil aprel

7. Nashrlarni Markazga Respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshirish.

Reja asosida

10.

Jahonning nufuzli moturidiyshunos olimlari tomonidan Imom Moturidiy va moturidiylik allomalarining hayoti va ilmiy merosiga bagʻishlangan yirik tadqiqotlarni oʻzbek tiliga tarjima qilish.

1. Chora-tadbirlar rejasi va tarjimonlar guruhini shakllantirish.

2. Imom Moturidiy va moturidiylik allomalarining hayoti va ilmiy merosiga bagʻishlangan yirik tadqiqotlarni saralash.

2025-yil sentabr

Markaz,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

3. Tarjima ishlarini amalga oshirish va nashr etish.

Reja asosida

11.

Moturidiylik taʼlimoti va zamonaviy islomshunoslik muammolariga bagʻishlangan monografiyalar tayyorlash va nashr qilish.

1. Ilmiy-ijodiy guruh tuzish.

2026-yil sentabr

Markaz,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

2. Moturidiylik taʼlimoti va zamonaviy islomshunoslik muammolariga bagʻishlangan monografiyalar roʻyxatini shakllantirish.

2026-yil noyabr

3. Monografiyalarni tahrir qilish.

2027-yil noyabr

4. Monografiyalarni nashr etish.

Reja asosida

12.

Din niqobidagi buzgʻunchi kuchlarning gʻoyalari va ularga qarshi kurashning maʼnaviy-maʼrifiy asoslariga bagʻishlangan monografiya, risola va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar nashr etish.

1. “Markaziy Osiyodagi ekstremizm va terrorizm tendensiyalari” toʻplami uchun maʼlumotlar bazasini shakllantirish.

2026-yil avgust

Markaz,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

2. Toʻplamni nashrga tayyorlash, tahrirlash va chop etish.

3. Nashrlarni Markazga Respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshirish.

2026-yil oktabr

III. Maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot yoʻnalishida amalga oshiriladigan ishlar

13.

Tele va radiokanallar orqali yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalarning hayoti, boy ilmiy-maʼnaviy merosi, islom dinining asl insonparvarlik mohiyati haqida koʻrsatuv va eshittirishlar tayyorlash.

1. Yurtimiz allomalari hayoti va ilmiy merosi, islom dinining tinchlikparvar va insonparvarlik mohiyati haqida koʻrsatuvlar ssenariylarini tayyorlash.

2025 — 2028-yillar

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

“Ziyo” media markazi,

Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi

2. Koʻrsatuv va eshittirishlarni tasvirga olish hamda efirga uzatish.

Reja asosida

14.

Respublikadagi oliy taʼlim muassasalari, Oʻzbekiston musulmonlari diniy idorasi tasarrufidagi oliy va oʻrta maxsus diniy taʼlim muassasalari talabalari uchun radikallashuv va ekstremizmning oldini olishga qaratilgan profilaktik suhbatlar tashkil etish.

1. Targʻibotchilar guruhlarini shakllantirish.

2. Suhbatlar mavzulari, tezislar va taqdimot materiallarini tayyorlash.

2025-yil sentabr

Markaz,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi,

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi,

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

3. Tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish.

Reja asosida

15.

Moturidiylik taʼlimoti asosida yoshlarni bagʻrikenglik va moʻtadillikka chorlovchi tarqatma materiallar, jumladan, flayer va bukletlar tayyorlash.

1. Tarqatma materiallar, bukletlar va flayerlarni tayyorlash.

2. Tarqatma materiallarni nashr etish va tarqatish.

2025 — 2028-yillar

Markaz,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

16.

Islom dunyosidagi taniqli ulamolar va xalqaro islom tashkilotlari tomonidan mutaassiblik, ekstremizm va terrorizmni qoralab chiqarilgan fatvolarni ilmiy asosda oʻrganish, oʻzbek tiliga tarjima qilish va nashr etish.

1. Xalqaro islom tashkilotlari va ulamolarning fatvolarini jamlash, tahlil va tarjima qilish.

2025-yil sentabr

Markaz,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi

2. Fatvolar toʻplamini nashr etish.

2025-yil oktabr

17.

Yoshlar orasida islomning ilm-fanga ijobiy munosabatini keng targʻib qilish orqali din va zamonaviy taraqqiyot uygʻunligini asoslab berishga qaratilgan targʻibot faoliyatini olib borish.

1. Islom dini manbalaridagi hamda ulamolarning zamonaviy ilm-fan haqidagi fikrlarini jamlash.

2025-yil sentabr

Markaz,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

2. Jamlangan maʼlumotlarni tizimlashtirish va tahrir qilish.

2025-yil noyabr

3. Maʼlumotlar asosida tezislar, taqdimotlar, bukletlar, flayerlar va boshqa targʻibot materiallarini tayyorlash.

2025-yil dekabr

4. Tayyorlangan materiallardan maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlarida keng foydalanish.

2026-yildan muntazam

18.

Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligi va vijdon erkinligiga tahdid tugʻdirishi mumkin boʻlgan omillarni aniqlash, tahlil qilish hamda ularning oldini olish yuzasidan ilmiy asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish.

1. Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligi va vijdon erkinligiga tahdid tugʻdirishi mumkin boʻlgan omillarni aniqlash boʻyicha muntazam monitoring olib borish.

2025-yildan muntazam

Markaz,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

2. Monitoring natijasida aniqlangan omillar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tahliliy maʼlumotlar tayyorlash.

Har oyda

3. Tayyorlangan tahliliy maʼlumotlarni mutasaddi tashkilotlarga kiritib borish.

Har chorakda

19.

Jamiyatda shaxs radikallashuvini erta bosqichda aniqlash va uni sogʻlom ijtimoiy hayotga integratsiya qilishga qaratilgan chuqur tahliliy tadqiqotlarni amalga oshirish.

1. Radikallashuv jarayonini tahlil qilishga qaratilgan tadqiqotlar olib borish.

2. Tadqiqot natijalari asosida shaxs radikallashuvini erta bosqichda aniqlash metodlarini ishlab chiqish.

3. Radikalizmga qarshi kurash hamda mutaassib shaxslarni sogʻlom ijtimoiy hayotga qaytarishning milliy modelini yaratish hamda uni amaliyotga tatbiq etishga yoʻnaltirilgan tadqiqotlarni amalga oshirish.

4. Tadqiqotlarni Markazga Respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshirish.

2025 — 2028-yillar

Markaz,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

20.

Diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilish asosida dolzarb mavzular yoʻnalishlarini belgilash, ularning Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasiga muvofiqligini taʼminlash yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

1. Diniy-maʼrifiy sohadagi taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalarida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar tahlilini amalga oshirish.

2. Dolzarb mavzulardagi ilmiy tadqiqot yoʻnalishlari va mavzularini shakllantirish yuzasidan tegishli tashkilotlarga takliflar kiritib borish.

2025-yildan muntazam

Markaz,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

3. Ilmiy tadqiqotlarning Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinlgini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasiga muvofiqligini taʼminlash boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularni tegishli tashkilotlarga taqdim etish.

Har yarim yilda

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-sentabrdagi 583-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatning ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 6-noyabrdagi 693-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) nomidagi “Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) direktoriga, zarur hollarda, Markaz tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni hamda mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 7-banddagi “Akademiyaning” soʻzi “Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qarorining 6-bandidagi “Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2025-y., 09/25/583/0829-son)