15.09.2025 yildagi 583-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 21-apreldagi PF-68-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 21-apreldagi PF-68-son Farmoni bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkazilganligi va uning qo‘shimcha vazifalari belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz islomshunoslik yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlarni hamda din bilan bog‘liq jarayonlar bo‘yicha tahlillarni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ustavi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025 — 2028-yillarda Imom Moturidiyning ilmiy merosi va moturidiylik ta’limotini o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining huquq va majburiyatlari, shuningdek, tuzilgan shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish bo‘yicha Vasiylik kengashi Markaz faoliyatini muvofiqlashtiradi, unga yuklangan vazifalarni amalga oshirishga ko‘maklashadi hamda Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diniy-ma’rifiy sohada ta’lim, fan va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengash Markazning ta’lim va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Markaz direktoriga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda, Markaz tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni hamda mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imom Moturidiy nomidagi xalqaro stipendiyasi g‘oliblariga O‘zbekistonga kirish vizasini rasmiylashtirishda mas’ul vazirlik va idoralarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Markaz Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan birgalikda Markaz kutubxonasini respublika hamda xorijiy davlatlarda nashr etilgan islom ilmlari va moturidiylik ta’limotiga oid zamonaviy nashrlar hamda qo‘lyozma va toshbosma asarlar bilan doimiy boyitib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bir oy muddatda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga qarashli Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11a-uy manzilida joylashgan binoga Markazni ma’muriy binolarga xodimlarni joylashtirish me’yorlaridan kelib chiqqan holda tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi S.D. Toshboyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 15-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
583-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-sentabrdagi 583-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Vasiylik kengashi

Direktor

Ilmiy kotib

Direktorning ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

Ishlar boshqaruvchisi

Matbuot kotibi

Moturidiylik ta’limoti tadqiqotlari bo‘limi

5

Ma’muriy-xo‘jalik bo‘limi

1

Xalqaro aloqalar bo‘limi

1

Moliya-iqtisod bo‘limi

2

Zamonaviy islom tadqiqotlari bo‘limi

5

Xodimlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassis

Tarjimalar bo‘limi

3

Bosh yuriskonsult

Nashrlar bo‘limi

3

Axborot-resurs markazi va axborot texnologiyalari bo‘limi

2

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining xodimlari (texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) soni — 29 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish uchun mutaxassislar va ilmiy xodimlar qo‘shimcha ravishda shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni qonun hujjatlarida belgilangan me’yorlar asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-sentabrdagi 583-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
USTAVI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Ustav O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining (keyingi o‘rinlarda — Markaz) asosiy vazifalari va funksiyalarini, huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrlar, shtamplar, ramzlar va qonunchilik hujjatlariga muvofiq faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa rekvizitlarga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Ustavga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Markaz o‘z faoliyatini Islom hamkorlik tashkiloti, Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti (ICESCO), Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRCICA), O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi va xorijiy mamlakatlardagi islomshunoslikka ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot markazlari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Markazning rasmiy nomi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) rus tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘liq nomi — Mejdunarodniy nauchno-issledovatelskiy sentr Imama Maturidi pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — Mejdunarodniy nauchno-issledovatelskiy sentr Imama Maturidi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ingliz tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘liq nomi — Imam Maturidi International Scientific Research Center under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — Imam Maturidi International Scientific Research Center.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) arab tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘liq nomi — أوزبكستان مركز الإمام الماتريدي الدولي للبحوث العلمية لدى مجلس الوزراء لجمهورية
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — مركز الإمام الماتريدي الدولي للبحوث العلمية
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Markazning joylashgan yeri (pochta manzili): Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11a-uy, 100011.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aqida va kalom ilmi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan Imom Moturidiy va uning izdoshlari bo‘lgan allomalarning ulkan ilmiy, diniy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini nashr etish, xalq va jahon jamoatchiligi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, ushbu mavzularga doir ilmiy tadqiqotlarni tizimli tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islom dinining insonparvarlik mohiyati, ma’rifiy-madaniy roli va rivojlanish yo‘nalishlarini ilmiy asosda o‘rganish va keng afkor ommaga, jumladan, xalqaro jamoatchilikka yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy kabi allomalarning kalom ilmi rivojiga qo‘shgan hissasi va uning taraqqiyotida tutgan o‘rnini chuqur tadqiq etish, yosh avlodni millatlararo va dinlararo bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, tinchlik-totuvlik kabi islom dinining asl qadriyatlari ruhida tarbiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatda hamda xorijiy davlatlarning kutubxonalari va arxiv fondlarida saqlanayotgan buyuk allomalarning kalom ilmiga oid merosi hamda islom dunyosi uchun muhim ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan qo‘lyozma, toshbosma asarlarning asl hamda elektron nusxalarini to‘plash va kelajak avlodga yetkazish uchun tizimli ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islomiy ilmlar, xususan, kalom ilmi tarixi va uning bugungi kundagi ahamiyatini ilmiy tadqiq etish sohasidagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida ilmiy-nazariy va uslubiy masalalarga bag‘ishlangan anjuman, konferensiya, simpozium, ko‘rgazma, ilmiy ma’ruza, seminar-trening va tanlovlar hamda boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadqiqot natijalari yuzasidan qomuslar, kataloglar, albomlar, ilmiy-ommabop hujjatli filmlar, axborot-resurs bazasini tayyorlash va ommaviy axborot vositalari, xususan, Internet jahon axborot tarmog‘ida e’lon qilishni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islom tarixi va kalom ilmi yo‘nalishidagi yangi tadqiqotlar natijalaridan ilmiy jamoatchilikni keng xabardor etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida islom dinining ilm-ma’rifat, ma’naviy poklik, tinchlik-osoyishtalik, taraqqiyot va bunyodkorlikka chaqiruvchi g‘oyalarini xalqqa, ayniqsa, yoshlarga yetkazish, mutaassiblik, ekstremizmning maqsadlari, g‘oyaviy negizlari, zamonaviy ko‘rinishlari va faoliyat uslublarini o‘rganish hamda ularga qarshi kurashishning ilmiy-ma’rifiy asoslarini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash uchun tavsiya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy kabi buyuk alloma ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosni o‘rganish, jahon ilm-fani rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasini xalqimiz, ayniqsa, yoshlarga yetkazish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini nashr etish, mamlakatimiz hududida ro‘y bergan Birinchi va Ikkinchi Renessansning ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq etish hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining ma’naviy poydevorini yaratishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islom dinining insonparvarlik mohiyati, ma’rifiy-madaniy roli va rivojlanish yo‘nalishlarini ilmiy asosda o‘rganish va keng ommaga, jumladan, xalqaro jamoatchilikka yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy ta’lim muassasalariga ilmiy-tadqiqot va o‘quv-uslubiy masalalarda hamda pedagog kadrlar va diniy xodimlarning malakasini oshirib borishda amaliy yordam ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini saqlash, yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrashga qaratilgan strategik ahamiyatga ega loyiha va tashabbuslarni ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy va ularning izdoshlari tomonidan yozilgan aqida va kalom ilmlariga oid asarlarning tadqiqiga oid ilmiy loyihalarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islom dunyosining buyuk mutafakkiri, kalom ilmi peshvosi Imom Moturidiy va uning izdoshlarining ibratli hayoti va boy ilmiy-ma’naviy merosini aholi, ayniqsa yoshlar orasida keng targ‘ib qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moturidiylik ta’limotiga oid aqidaviy manbalarning ilmiy-tanqidiy matni hamda ularning zamonaviy sharhlarini tayyorlaydi, xalqchil risolalarni nashr qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islom dinining ilm-ma’rifat, bunyodkorlik va insoniylikka asoslangan mazmun-mohiyatini ochib berishga bag‘ishlangan tadqiqotlarni amalga oshiradi, dinlararo bag‘rikenglik o‘zaro ahillik va hamjihatlik g‘oyalarini keng ommaga yetkazishga ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moturidiylik ta’limotidagi insoniylik, bag‘rikenglik, mo‘tadillik va ma’rifatparvarlik tamoyillarini aholi orasida keng targ‘ib qilish maqsadida filmlar, videoroliklar, infografikalar va boshqa materiallarni tayyorlaydi hamda keng ommalashtirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islom ilm-fani va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk alloma ajdodlarimizning islom ilmlari, jumladan, kalom ilmi bo‘yicha diniy-ma’naviy merosini chuqur tadqiq etishga oid loyihalarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yurtimiz allomalarining Birinchi va Ikkinchi Renessansga qo‘shgan hissasini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan ilmiy loyihalar, media va targ‘ibot ishlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlar, xususan, Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarda saqlanayotgan islom diniga oid nodir yozma ilmiy merosni ommalashtirishga bag‘ishlangan loyihalarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlarning kutubxonalarida saqlanayotgan Imom Moturidiy va uning izdoshlari qalamiga mansub qo‘lyozmalarni aniqlaydi, ularning kataloglarini yaratadi hamda elektron nusxalarini Markazga olib kelish choralarini ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar orasida islom dinining bunyodkorlik, ilm-ma’rifat va odob-axloqqa yo‘g‘rilgan ta’limotini targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlarda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet jahon axborot tarmog‘i orqali targ‘ib qilinayotgan radikal mazmundagi ma’lumotlarni monitoring va tahlil qilish asosida ekstremizmning zamonaviy tendensiyalarini aniqlaydi hamda oldini olishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika miqyosida diniy vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni o‘rganish, baholash, shu asosda ularni bartaraf etishga qaratilgan taklif va tashabbuslarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy so‘rovlar, dala tadqiqotlari, monitoring xulosalari asosida din niqobidagi buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi ilmiy asoslangan chora-tadbirlarni tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boy madaniy va ma’naviy meros, dunyoviy hamda diniy ilmlar uyg‘un ravishda tadqiq etilishini tashkil qilish orqali uning natijalarini ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llash va keng jamoatchilikka yetkazishda tashkiliy-amaliy yordam ko‘rsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti tinglovchilariga dolzarb mavzular yuzasidan ma’ruza va seminar darslarini tashkil etishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy ta’lim muassasalarining o‘quv-uslubiy faoliyatini takomillashtirish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, fan dasturlari mavzularini shakllantirish hamda ularning izchilligi va uzviyligini ta’minlash yuzasidan takliflar tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Markazning huquqlari va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Markaz o‘ziga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xorijiy tashkilotlar, ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish va o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar va boshqa hujjatlarni imzolash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahondagi nufuzli ilmiy-tadqiqot markazlari va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy, diniy-ma’naviy qadriyatlarni tadqiq etish yo‘nalishidagi tajribasini o‘rganish, ilmiy-tadqiqot ishlarini zamon talablari darajasida tashkil etish yuzasidan seminar-treninglar o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan Markaz vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha ma’lumotlarni so‘rab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imom Moturidiy va boshqa mutafakkirlarning faoliyatini o‘rganish bo‘yicha ilmiy va ekspert ishlarini amalga oshirish hamda dolzarb ilmiy loyihalarni bajarishda hamkorlik qilish uchun vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlardan, shu jumladan, chet ellardan yuqori malakali mutaxassislarni shartnoma asosida ishga taklif etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning budjetdan tashqari mablag‘larini Markaz tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarni tashkil etishga yo‘naltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy tashabbuslar bilan chiqish va ushbu masalada tegishli davlat organlariga takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot tarqatish va belgilangan tartibda budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan matbaa va noshirlik faoliyatini amalga oshirish hamda multimedia mahsulotlarini chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konferensiyalar, simpoziumlar, seminar-treninglar, sayyor majlislar tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish maqsadida o‘z faoliyatini Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida olib boradigan ilmiy hay’at tuzish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Markaz quyidagilarga majburdir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot bilan tanishish erkinligini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli davlat organlariga o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlar taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Markaz faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Markaz faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish bo‘yicha Vasiylik kengashi Markaz faoliyatini muvofiqlashtiradi, unga yuklangan vazifalarni amalga oshirishga ko‘maklashadi hamda Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylik kengashining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boy madaniy va ma’naviy meros, dunyoviy hamda diniy ilmlarni uyg‘un ravishda tadqiq etish orqali uning natijalarini ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llash va keng jamoatchilikka yetkazishda tashkiliy-amaliy yordam ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahondagi nufuzli ilmiy-tadqiqot markazlari va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy, diniy-ma’naviy qadriyatlarni tadqiq etish yo‘nalishidagi tajribasini o‘rganish hamda xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatish va ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda yordam berish, ilmiy-tadqiqot ishlarini zamon talablari darajasida tashkil etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konseptual tadqiqotlar dasturlari hamda ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlash, homiylar mablag‘lari, shuningdek, chet ellik mutaxassis olimlarni tadqiqotlar jarayoniga jalb etishda ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot natijalari asosida ta’lim muassasalari o‘quv dasturlarini takomillashtirish, soha uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, ilmiy-tadqiqot olib borayotgan kadrlarning mahalliy va xorijiy mamlakatlardagi nufuzli ilmiy tadqiqot va ta’lim muassasalarida tajriba orttirishini hamda malaka oshirishini tashkil etish, yuqori natijaga erishgan va faol tadqiqotchilarni rag‘batlantirish chora-tadbirlarini ko‘rish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majlis bir yilda kamida bir marta chaqiriladi. Markaz Vasiylik kengashi majlisining chaqirilishi hamda uning kun tartibi haqidagi ma’lumotlar majlis chaqiriladigan sanadan bir oy oldin e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vasiylik kengashining majlisi o‘z vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga va ushbu Ustavga muvofiq vazifalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylik kengashining majlisi kengashning kamida to‘rtdan uch qismi hozir bo‘lgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majlis qarori ishtirokchilarning yarmidan ko‘pining ovozi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 21-apreldagi PF-68-son Farmoni bilan tasdiqlangan Diniy-ma’rifiy sohada ta’lim, fan va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengash Markazning ta’lim va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Markazning kundalik faoliyatiga Markaz direktori rahbarlik qiladi. Markaz direktori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Markaz direktori o‘z vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz nomidan buyruqlar chiqaradi, ishonchnomalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, taqdim etiladigan tahliliy materiallar va hujjatlarning to‘liqligi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy bo‘limlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, bo‘limlar xodimlari o‘rtasida funksional vazifalarni taqsimlaydi, yuklangan topshiriqlar bajarilishi uchun har bir xodimning javobgarligi darajasini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktorining o‘rinbosari hamda xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda Markaz xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz xodimlarining lavozim maoshlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ustamalar belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va Vasiylik kengashi majlisi muhokamasiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktori qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Markaz direktorining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha bir nafar o‘rinbosari bo‘ladi. Markaz direktori bo‘lmagan taqdirda uning funksiyasini direktor o‘rinbosari bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Markaz faoliyatini moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Markaz o‘zining ko‘chmas va ko‘char mulkiga, pul mablag‘lariga, shu jumladan, chet el valyutasidagi pul mablag‘lariga, qimmatli qog‘ozlari va boshqa mol-mulkiga ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adabiyot materiallarini chop etishdan tushadigan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatdan, startap loyihalarini amalga oshirishdan olinadigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tashkilotlarning grantlari va texnik ko‘maklari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-sentabrdagi 583-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025 — 2028-yillarda Imom Moturidiyning ilmiy merosi va moturidiylik ta’limotini o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YO‘L XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ullar

I. Tashkiliy chora-tadbirlar

1.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) xodimlarining moturidiylik ta’limoti va zamonaviy islomshunoslik muammolari bo‘yicha jahonning yetakchi universitetlari hamda ilmiy-tadqiqot markazlarida stajirovka o‘tash va malaka oshirishini yo‘lga qo‘yish.

1. Markaz xodimlari stajirovkalarini tashkil etish mumkin bo‘lgan xorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, shuningdek, stajirovka muddatlari bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni shakllantirish.

2025-yil sentabr

“El-yurt umidi” jamg‘armasi,

Markaz,

Tashqi ishlar vazirligi

2. Stajirovka o‘tashga yuboriladigan nomzodlar ro‘yxati hamda ular qaytib kelganlaridan so‘ng ikki yil davomida bajarishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish, belgilangan tartibda xodimlarning xorijda stajirovka o‘tash va malaka oshirishga yuborishni tashkil etish.

Reja asosida

2.

Xorijiy mamlakatlarda moturidiylik ta’limoti hamda zamonaviy islomshunoslik muammolariga bag‘ishlab o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyalarda Markaz xodimlari ishtirokini ta’minlash.

1. Xorijiy mamlakatlarda moturidiylik ta’limoti va zamonaviy islomshunoslik muammolariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalar ro‘yxatini shakllantirish.

2025 — 2028-yillar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Markaz,

Tashqi ishlar vazirligi

2. Markaz ilmiy xodimlarining reja asosida xalqaro konferensiyalarda ishtirokini ta’minlash.

Reja asosida

3.

“Moturidiylik ta’limoti va hozirgi zamon” mavzusida har ikki yilda bir marta xalqaro konferensiya o‘tkazish.

1. Xalqaro konferensiyani tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita, ishchi va ijodiy guruhlarni tuzish.

2026-yil yanvar

Markaz,

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

2. Konferensiyalarni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasini tayyorlash.

2026-yil fevral

3. Xalqaro konferensiyalarni yuqori saviyada o‘tkazish.

Reja asosida

4.

Imom Moturidiy ilmiy merosi va u zot asos solgan ta’limot bo‘yicha xorijlik nufuzli olimlarning “Moturidiylik” mavzusidagi ilmiy seminarlarini o‘tkazish.

1. Ilmiy seminarlarni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2025-yil sentabr

Markaz

2. Ilmiy seminarlarda ma’ruza bilan ishtirok etadigan xorijlik yetakchi olim va mutaxassislar ro‘yxatini shakllantirish.

2025-yil oktabr

3. Ilmiy seminarlarni yuqori saviyada o‘tkazish.

Reja asosida

5.

Xorijlik tadqiqotchilar o‘rtasida moturidiylik ta’limoti bo‘yicha xalqaro ilmiy tanlov tashkil etish.

1. Mahalliy va chet ellik mutaxassislardan iborat Tashkiliy guruh tuzish.

2025-yil sentabr

Markaz,

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

2. Tanlov konsepsiyasini ishlab chiqish.

2025-yil oktabr

3. Xorijiy mamlakatlarning nufuzli ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida tanlov haqida e’lon berish.

Reja asosida

4. Xorijlik tadqiqotchilar o‘rtasida har ikki yilda bir marta tanlov o‘tkazish.

5. Tanlov g‘oliblarini aniqlash va ularni taqdirlash marosimini yuqori saviyada o‘tkazish.

Har ikki yilda bir marta

6. G‘oliblarning O‘zbekistonga safarini tashkillashtirish.

Reja asosida

6.

Imom Moturidiy nomidagi xalqaro stipendiyaga Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limoti allomalarining ilmiy merosini o‘rganuvchi xorijlik olim va tadqiqotchilarni faol jalb qilish.

1. Stipendiantlarni tanlab olish mezonlarini ishlab chiqish.

2025-yil sentabr

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita,

Markaz

2. Xarajatlar smetasini ishlab chiqish.

2025-yil oktabr

3. Xorijiy mamlakatlarning nufuzli ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida stipendiyani keng targ‘ib qilish choralarini ko‘rish.

Reja asosida

II. Ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida amalga oshiriladigan ishlar

7.

“Musulmon mamlakatlarida konfessiyalararo birdamlik siyosatining ahamiyati” nomli kitob tayyorlash va nashr qilish.

1. Kitobni tayyorlash uchun ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

2028-yil yanvar

Markaz,

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

2. Ma’lumotlarni tahlil qilish, tizimlashtirish va tahrirlash.

2028-yil may

3. Kitobni nashr qilish choralarini ko‘rish.

2028-yil iyul

8.

Buyuk ajdodlarimizning ibratli hayot yo‘li va boy ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish hamda keng jamoatchilikka targ‘ib qilish.

1. Abu Muin Nasafiyning “Tabsirat al-adilla” (Dalillar yog‘dusi) asarini o‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish va nashr etish.

2026-yil iyul

Markaz,

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

2. Nuriddin Sobuniyning “Al-Kifoya fi-l-hidoya” (Hidoyatga kifoya) asarini o‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish va nashr etish.

2026-yil oktabr

3. Shamsiddin Samarqandiyning “As-Sahoif al-ilohiya” (Ilohiy sahifalar) asarini o‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish.

2027-yil fevral

4. Abul Barakot Nasafiy “Al-I’timod fi-l-i’tiqod” (E’tiqod tayanchi) asarini o‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish va nashr etish.

2028-yil avgust

5. Kamoliddin Andijoniyning “Sidq al-kalom” (To‘g‘ri so‘z) asarini o‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish.

2028-yil noyabr

6. Nashrlarning joylardagi taqdimotlarini tashkil etish.

7. Nashrlarni Markazga Respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshirish.

Reja asosida

9.

Yurtimiz allomalarining mahalliy hamda xorijiy mamlakatlar fondlarida saqlanayotgan noyob qo‘lyozmalarini o‘rganish, ilmiy jamoatchilikka taqdim etish yuzasidan tadqiqotlarni amalga oshirish.

1. Mahalliy va xorijiy mamlakatlar fondlarida saqlanayotgan yurtimiz allomalari qalamiga mansub noyob qo‘lyozmalarni aniqlash hamda ularning elektron nusxalarini jamlash.

2025-yildan boshlab

Markaz,

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

2. Abdurahim ibn Ali Shayxzoda “Sharh al-Aqoid at-tahoviya” (Tahoviy Aqoidi sharhi) qo‘lyozmasining zamonaviy ilmiy-tanqidiy matnini nashrga tayyorlash.

2025-yil sentabr

3. Muayyad Nasafiya “al-Manzuma ar-roiya” (“Ro” harfi asosiga qurilgan nazm) asariga zamonaviy sharh yozish va nashr qilish.

2026-yil mart

4. Abul Husayn Bashog‘ariy “Kitob Sharh Jumal usul ad-din” (Din asoslariga oid jumlalar sharhi) qo‘lyozmasining zamonaviy ilmiy-tanqidiy matnini nashr qilish.

2026-yil sentabr

5. Roziy “Radd jidol al-Imom ar-Roziy” (Tahoviy Aqoidi sharhi) qo‘lyozmasining zamonaviy ilmiy-tanqidiy matnini nashrga tayyorlash.

6. Ilmiy-tanqidiy matnlarning xalqaro kitob ko‘rgazmalaridagi namoyishlarini tashkil etish.

2028-yil aprel

7. Nashrlarni Markazga Respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshirish.

Reja asosida

10.

Jahonning nufuzli moturidiyshunos olimlari tomonidan Imom Moturidiy va moturidiylik allomalarining hayoti va ilmiy merosiga bag‘ishlangan yirik tadqiqotlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish.

1. Chora-tadbirlar rejasi va tarjimonlar guruhini shakllantirish.

2. Imom Moturidiy va moturidiylik allomalarining hayoti va ilmiy merosiga bag‘ishlangan yirik tadqiqotlarni saralash.

2025-yil sentabr

Markaz,

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

3. Tarjima ishlarini amalga oshirish va nashr etish.

Reja asosida

11.

Moturidiylik ta’limoti va zamonaviy islomshunoslik muammolariga bag‘ishlangan monografiyalar tayyorlash va nashr qilish.

1. Ilmiy-ijodiy guruh tuzish.

2026-yil sentabr

Markaz,

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

2. Moturidiylik ta’limoti va zamonaviy islomshunoslik muammolariga bag‘ishlangan monografiyalar ro‘yxatini shakllantirish.

2026-yil noyabr

3. Monografiyalarni tahrir qilish.

2027-yil noyabr

4. Monografiyalarni nashr etish.

Reja asosida

12.

Din niqobidagi buzg‘unchi kuchlarning g‘oyalari va ularga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslariga bag‘ishlangan monografiya, risola va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar nashr etish.

1. “Markaziy Osiyodagi ekstremizm va terrorizm tendensiyalari” to‘plami uchun ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

2026-yil avgust

Markaz,

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

2. To‘plamni nashrga tayyorlash, tahrirlash va chop etish.

3. Nashrlarni Markazga Respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshirish.

2026-yil oktabr

III. Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot yo‘nalishida amalga oshiriladigan ishlar

13.

Tele va radiokanallar orqali yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalarning hayoti, boy ilmiy-ma’naviy merosi, islom dinining asl insonparvarlik mohiyati haqida ko‘rsatuv va eshittirishlar tayyorlash.

1. Yurtimiz allomalari hayoti va ilmiy merosi, islom dinining tinchlikparvar va insonparvarlik mohiyati haqida ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlash.

2025 — 2028-yillar

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

“Ziyo” media markazi,

O‘zbekiston milliy media assotsiatsiyasi

2. Ko‘rsatuv va eshittirishlarni tasvirga olish hamda efirga uzatish.

Reja asosida

14.

Respublikadagi oliy ta’lim muassasalari, O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari talabalari uchun radikallashuv va ekstremizmning oldini olishga qaratilgan profilaktik suhbatlar tashkil etish.

1. Targ‘ibotchilar guruhlarini shakllantirish.

2. Suhbatlar mavzulari, tezislar va taqdimot materiallarini tayyorlash.

2025-yil sentabr

Markaz,

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi,

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi,

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

3. Tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish.

Reja asosida

15.

Moturidiylik ta’limoti asosida yoshlarni bag‘rikenglik va mo‘tadillikka chorlovchi tarqatma materiallar, jumladan, flayer va bukletlar tayyorlash.

1. Tarqatma materiallar, bukletlar va flayerlarni tayyorlash.

2. Tarqatma materiallarni nashr etish va tarqatish.

2025 — 2028-yillar

Markaz,

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

16.

Islom dunyosidagi taniqli ulamolar va xalqaro islom tashkilotlari tomonidan mutaassiblik, ekstremizm va terrorizmni qoralab chiqarilgan fatvolarni ilmiy asosda o‘rganish, o‘zbek tiliga tarjima qilish va nashr etish.

1. Xalqaro islom tashkilotlari va ulamolarning fatvolarini jamlash, tahlil va tarjima qilish.

2025-yil sentabr

Markaz,

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

2. Fatvolar to‘plamini nashr etish.

2025-yil oktabr

17.

Yoshlar orasida islomning ilm-fanga ijobiy munosabatini keng targ‘ib qilish orqali din va zamonaviy taraqqiyot uyg‘unligini asoslab berishga qaratilgan targ‘ibot faoliyatini olib borish.

1. Islom dini manbalaridagi hamda ulamolarning zamonaviy ilm-fan haqidagi fikrlarini jamlash.

2025-yil sentabr

Markaz,

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

2. Jamlangan ma’lumotlarni tizimlashtirish va tahrir qilish.

2025-yil noyabr

3. Ma’lumotlar asosida tezislar, taqdimotlar, bukletlar, flayerlar va boshqa targ‘ibot materiallarini tayyorlash.

2025-yil dekabr

4. Tayyorlangan materiallardan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarida keng foydalanish.

2026-yildan muntazam

18.

Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va vijdon erkinligiga tahdid tug‘dirishi mumkin bo‘lgan omillarni aniqlash, tahlil qilish hamda ularning oldini olish yuzasidan ilmiy asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish.

1. Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va vijdon erkinligiga tahdid tug‘dirishi mumkin bo‘lgan omillarni aniqlash bo‘yicha muntazam monitoring olib borish.

2025-yildan muntazam

Markaz,

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

2. Monitoring natijasida aniqlangan omillar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tahliliy ma’lumotlar tayyorlash.

Har oyda

3. Tayyorlangan tahliliy ma’lumotlarni mutasaddi tashkilotlarga kiritib borish.

Har chorakda

19.

Jamiyatda shaxs radikallashuvini erta bosqichda aniqlash va uni sog‘lom ijtimoiy hayotga integratsiya qilishga qaratilgan chuqur tahliliy tadqiqotlarni amalga oshirish.

1. Radikallashuv jarayonini tahlil qilishga qaratilgan tadqiqotlar olib borish.

2. Tadqiqot natijalari asosida shaxs radikallashuvini erta bosqichda aniqlash metodlarini ishlab chiqish.

3. Radikalizmga qarshi kurash hamda mutaassib shaxslarni sog‘lom ijtimoiy hayotga qaytarishning milliy modelini yaratish hamda uni amaliyotga tatbiq etishga yo‘naltirilgan tadqiqotlarni amalga oshirish.

4. Tadqiqotlarni Markazga Respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshirish.

2025 — 2028-yillar

Markaz,

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

20.

Diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilish asosida dolzarb mavzular yo‘nalishlarini belgilash, ularning O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasiga muvofiqligini ta’minlash yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

1. Diniy-ma’rifiy sohadagi ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar tahlilini amalga oshirish.

2. Dolzarb mavzulardagi ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari va mavzularini shakllantirish yuzasidan tegishli tashkilotlarga takliflar kiritib borish.

2025-yildan muntazam

Markaz,

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

3. Ilmiy tadqiqotlarning O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinlgini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasiga muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularni tegishli tashkilotlarga taqdim etish.

Har yarim yilda

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-sentabrdagi 583-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatning ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi 693-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) nomidagi “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) direktoriga, zarur hollarda, Markaz tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni hamda mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 7-banddagi “Akademiyaning” so‘zi “O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qarorining 6-bandidagi “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2025-y., 09/25/583/0829-son)