21.04.2025 yildagi PF-68-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida jamiyatda diniy bagʻrikenglik, millatlararo totuvlik va ijtimoiy barqarorlikni taʼminlash, jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk alloma va mutafakkirlarimizning boy ilmiy-maʼnaviy merosini chuqur oʻrganish, unib-oʻsib kelayotgan yosh avlodni ona Vatanga sadoqat, milliy-diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, yurtimizning jahon sivilizatsiyasi beshigi sifatidagi tarixiy maqomi va nufuzini tiklash boʻyicha puxta oʻylangan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan qisqa vaqt ichida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Samarqandda Hadis ilmi maktabi, Buxoroda Mir Arab oliy madrasasi tashkil etildi. Ushbu muassasalar “Jaholatga qarshi maʼrifat” ezgu umuminsoniy gʻoyasi asosida jamiyatda sogʻlom maʼnaviy muhitni taʼminlashga, yoshlarni zamonaviy fikrlaydigan va buyuk ajdodlarimizga har jihatdan munosib etib tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shiddat bilan oʻzgarib borayotgan bugungi murakkab sharoitda dunyoda sodir boʻlayotgan voqea-hodisalar mamlakatimizda “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan xalqchil tamoyilga asoslangan islohotlar toʻgʻri ekanligidan dalolat bermoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilarni eʼtiborga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasida belgilangan vazifalarni roʻyobga chiqarish, diniy-maʼrifiy sohadagi ezgu gʻoya va tashabbuslarni xalq manfaatlaridan kelib chiqib izchil davom ettirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar fuqarolarning vijdon erkinligi huquqini taʼminlash hamda diniy-maʼrifiy sohadagi faoliyatni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) jamiyatda diniy bagʻrikenglik va konfessiyalararo totuvlikni yanada mustahkamlashga oid ilgʻor mexanizmlarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ilm-fan va jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk ajdodlarning insonparvarlik, ezgulik, tinchlik va bagʻrikenglik kabi umuminsoniy va oliyjanob gʻoyalarga asoslangan diniy-falsafiy merosini chuqur oʻrganish hamda keng targʻib etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) diniy-maʼrifiy sohada kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish orqali zamon talablariga mos mutaxassislarni yetishtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) aholi orasida birdamlik, oʻzaro hurmat va mehr-oqibat ruhini kuchaytirish, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga qaratilgan dolzarb ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) diniy-maʼrifiy sohadagi xalqaro hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda samaradorligini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Diniy-maʼrifiy soha faoliyati rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamiyatda vijdon erkinligini kafolatlash, diniy bagʻrikenglik, fuqarolararo totuvlik hamda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash maqsadida “Bagʻrikeng jamiyat — barqaror davlat” tamoyili asosida Din ishlari boʻyicha qoʻmita bilan (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Ichki ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining yangi hamkorlik tizimi yoʻlga qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar hamkorlik tizimining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi, asosiy vazifalari va prinsiplarini qatʼiy amalga oshirishda davlat va jamoat tashkilotlarining oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) fuqarolarning vijdon erkinligiga boʻlgan huquqini taʼminlash, jamiyatda turli diniy konfessiyalar vakillarining oʻzaro ahil-inoq va hamjihat hayot kechirishini qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Oʻzbekiston aholisining dini, eʼtiqodi, milliy mansubligi, ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼi nazar huquq va qonuniy manfaatlarini toʻliq roʻyobga chiqara olishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) dinga boʻlgan munosabatidan kelib chiqib ustunlik berish, kamsitish va vijdon erkinligi kafolatlari buzilishining boshqa har qanday koʻrinishlarining oldini olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita bir oy muddatda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Ichki ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi bilan birgalikda hamkorlik tizimining mexanizmlarini belgilovchi qoʻshma qarorni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Diniy-maʼrifiy sohaning institutsional asoslarini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Fuqarolarning ibodatlar va diniy rasm-rusumlarni amalga oshirishi uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish, “Haj” va “Umra” ziyoratlariga borishi bilan bogʻliq xizmatlarni koʻrsatish jarayonida ortiqcha byurokratik tartibotlarni bartaraf etish maqsadida Qoʻmita va Raqamli texnologiyalar vazirligi 2025-yil 1-sentabrga qadar “Haj va Umra yagona portali”ni (keyingi oʻrinlarda — Portal) hamda uning mobil ilovasini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Portal “Haj” tadbirlariga boruvchi fuqarolarning yagona elektron navbati hamda “Umra” tadbirlariga yuboriladigan ziyoratchilarning elektron roʻyxati shakllantiriladigan tizim hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Portalda “Haj” va “Umra” faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish va rasmiylashtirish bilan bogʻliq jarayonlar raqamlashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) vazirlik va idoralar Qoʻmita soʻroviga koʻra oʻzining axborot tizimlari Portalga integratsiya qilinishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Qoʻmita Portal faoliyatini moliyalashtirishga, texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlashga, aloqador davlat va nodavlat tashkilotlar uchun foydalanish imkoniyatini yaratishga masʼul davlat organi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Qoʻmita “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish litsenziyasiga ega yuridik shaxslar hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Portaldan foydalanish imkoniyatini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Qoʻmitaning Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasini Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) etib qayta nomlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya islomshunoslik va dinshunoslik sohalarida mutaxassislarni hamda oʻquv dasturi, qoʻllanma va darsliklarni tayyorlashga ixtisoslashgan tayanch davlat oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Akademiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) islomshunoslik, dinshunoslik, din psixologiyasi, islom iqtisodiyoti, manbashunoslik, xalqaro munosabatlar va ehtiyoj mavjud boʻlgan boshqa sohalar boʻyicha kadrlar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) taʼlim jarayoniga ilgʻor pedagogik texnologiyalarni, ilm-fan va texnikaning soʻnggi yutuqlarini hamda yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari tajribasi asosida ishlab chiqilgan taʼlim dasturlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) vijdon erkinligi va konfessiyalararo bagʻrikenglikni taʼminlash, radikallashuv, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish hamda diniy sohadagi davlat siyosatining asoslariga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) diniy-maʼrifiy yoʻnalishda ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarni tayyorlash va nashr qilish, shuningdek, internet tarmogʻida taʼlim resurslarini joylashtirish va muntazam yangilab borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) talabalarda yuksak maʼnaviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, Vatanga muhabbat, uning taqdiriga daxldorlik, kasbga sadoqat hissini mustahkamlash, taʼlim-tarbiya jarayoni hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(e) mamlakatimizda va xorijda diniy sohada faoliyat olib borayotgan ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Akademiyaga quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) oʻquv-ilmiy jarayonlarga jalb etilgan yuqori malakali xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash miqdorlarini bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Qoʻmita bilan kelishgan holda toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymatini tegishli yoʻnalish va mutaxassisliklar boʻyicha davlat oliy taʼlim muassasalarida belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt qiymatidan uch baravardan ortiq boʻlmagan miqdorda belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) talabalarning toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddatlarini belgilash va uzaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) yetuk xorijiy mutaxassislarni jalb qilish hamda Akademiya vakillarini xorijiy ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalariga malaka oshirish va tajriba orttirish uchun yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) oʻz grifi asosida darsliklar hamda boshqa oʻquv va ilmiy adabiyotlarni yaratish va nashr etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki, Akademiyaga oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushadigan mablagʻlarning yetishmagan qismi davlat oliy taʼlim muassasalarini saqlash uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida tasdiqlangan budjet parametrlariga tegishli oʻzgartirish kiritish orqali qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazini Din ishlari boʻyicha qoʻmita huzuridagi Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) sifatida qayta tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Institut islomshunoslik, dinshunoslik, davlat va din munosabatlari asoslari, shuningdek, radikallashuvning oldini olish yoʻnalishlarida diniy sohada mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashga masʼul muassasa hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) barcha taʼlim tashkilotlarining islomshunoslik va dinshunoslik fanlari oʻqituvchilarining malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash Institut tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) taʼlim jarayoni sifatini oshirish hamda taʼlim va amaliyot uygʻunligini taʼminlash maqsadida Institut soʻroviga asosan darslarga tegishli vazirlik, idora, ilmiy-tadqiqot va tahlil markazlarining rahbar xodimlari va mutaxassislari jalb etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Institut qayta tashkil etilayotgan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining huquq va majburiyatlari, shuningdek, tuzilgan shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Akademiyaga qarashli Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Zarbuloq koʻchasi, 14-uy manzili boʻyicha joylashgan yotoqxona binosi operativ boshqaruv huquqi asosida Institutga bepul oʻtkazilishi taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu binoni saqlash uchun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga 2025-yil uchun ajratilgan budjet mablagʻlarining qoldiq qismini Institutga oʻtkazib bersin, 2026-yildan boshlab esa binoni saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni Institutning xarajatlar smetasida rejalashtirib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi hamda Buxoro viloyati hokimligining Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi markazi muassisligida Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish va quyidagilarni uning asosiy vazifalari etib belgilash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) buyuk ajdodimiz Bahouddin Naqshband va naqshbandiylik tariqati allomalarining yuksak insonparvarlik gʻoyalarini ilmiy asosda oʻrganish, yosh avlodni bagʻrikenglik hamda oʻzaro hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida targʻibot ishlarini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) tasavvuf taʼlimoti tarixi va uning bugungi kundagi ahamiyatini ilmiy tadqiq etish, “Yetti pir” allomalari va aziz avliyolarning boy ilmiy-maʼnaviy merosini xalqaro maydonda keng targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) naqshbandiylik taʼlimotining ezgu gʻoyalarini tadqiq etish uchun ilmiy-nazariy va uslubiy masalalarga bagʻishlangan anjuman, konferensiya, koʻrgazma, seminar-trening, tanlovlar hamda boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) tasavvuf taʼlimotining ilmiy asoslangan gʻoyalarini targʻib qilish, soxta tariqatchilikning oldini olish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qoʻmita va Akademiyaning Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi islomshunoslik yoʻnalishidagi ilmiy tadqiqotlarni hamda din bilan bogʻliq jarayonlar boʻyicha tahlillarni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Quyidagilar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining qoʻshimcha vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy kabi buyuk alloma ajdodlarimiz qoldirgan boy maʼnaviy merosni oʻrganish, jahon ilm-fani rivojiga qoʻshgan beqiyos hissasini xalqimiz, ayniqsa, yoshlarga yetkazish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini nashr etish, mamlakatimiz hududida roʻy bergan Birinchi va Ikkinchi Renessansning ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq etish hamda Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining maʼnaviy poydevorini yaratishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) islom dinining insonparvarlik mohiyati, maʼrifiy-madaniy roli va rivojlanish yoʻnalishlarini ilmiy asosda oʻrganish va keng ommaga, jumladan, xalqaro jamoatchilikka yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) diniy taʼlim muassasalariga ilmiy-tadqiqot va oʻquv-uslubiy masalalarda hamda pedagog kadrlar va diniy xodimlarning malakasini oshirib borishda amaliy yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini saqlash, yoshlarni yot gʻoyalar taʼsiridan asrashga qaratilgan strategik ahamiyatga ega loyiha va tashabbuslarni ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Diniy-maʼrifiy sohadagi tashkilotlar faoliyatining samaradorligini oshirib borish maqsadida doimiy asosda faoliyat koʻrsatuvchi Diniy-maʼrifiy sohada taʼlim, fan va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi oʻrinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) tashkil etilsin va uning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Muvofiqlashtiruvchi kengash diniy-maʼrifiy sohada taʼlim, fan va ilmiy-tadqiqot ishlarining barcha jarayonlarini muvofiqlashtirish masalalariga masʼul boʻlgan maslahat organi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi vazifasini Qoʻmita amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Akademiya va boshqa diniy-maʼrifiy muassasalarning taʼlim va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyati muvofiqlashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Muvofiqlashtiruvchi kengash majlislari har chorakda kamida bir marotaba oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Quyidagilar Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) “Uchinchi renessans — Yangi Oʻzbekiston” gʻoyasi asosida buyuk ajdodlarimiz ilmiy merosida ulugʻlangan vatanparvarlik, bagʻrikenglik kabi umuminsoniy gʻoyalarni aholi orasida keng targʻib etish yoʻnalishlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) diniy-maʼrifiy sohadagi muassasalar faoliyatini chuqur oʻrganib borish, oʻquv-tarbiya jarayoniga ilgʻor axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalar, innovatsion ishlanmalarni tatbiq etish hamda ilmiy va uslubiy faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) soha tashkilotlarida toʻplangan ilmiy-uslubiy ishlanmalar va tajribalarni tahlil etish asosida ulardagi taʼlim mazmunini takomillashtirish va muvofiqlashtirish, oʻquv reja va fan dasturlarini ishlab chiqishda uzviylik tamoyillarini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) respublikaning barcha taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida bajariladigan diniy mavzudagi tadqiqotlar (dissertatsiyalar)ning mavzu va yoʻnalishlarining ahamiyati, dolzarbligi yuzasidan tegishli tavsiyalarni berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Diniy bagʻrikenglikni yanada mustahkamlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Respublikada istiqomat qiluvchi turli din vakillarining Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga daxldorlik hissini oshirish, jamiyatda konfessiyalararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni yanada mustahkamlash maqsadida Qoʻmitaning Konfessiyalar ishlari boʻyicha kengash (keyingi oʻrinlarda — Kengash) faoliyatini takomillashtirish haqidagi taklifiga rozilik berilsin. Bunda quyidagilar inobatga olinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Kengash tarkibiga siyosiy arboblar, jamoatchilik faollari, dinshunos olim va mutaxassislarni kuzatuvchi sifatida kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Kengashga diniy konfessiyalarning muammolari boʻyicha davlat va nodavlat tashkilotlarga soʻrov, murojaat va tavsiyalar yuborish huquqini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Toshkent, Samarqand, Buxoro va Fargʻona viloyatlarida hududiy kengashlar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Kengash tomonidan turli konfessiyalarga oid diniy tashkilotlarning professional xizmatchilari oʻrtasida sport musobaqalari, intellektual oʻyinlar, madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengashning yangilangan tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Farmon ijrosini tashkil etish va nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qoʻmita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi S.D. Toshboyev belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmon ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 21-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-68-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-68-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diniy-maʼrifiy soha faoliyati rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Masʼul ijrochilar

I. Diniy-maʼrifiy sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish

1.

“Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va mazkur Farmon asosida diniy-maʼrifiy sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish.

1. Diniy-maʼrifiy sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish va tahlil qilish.

2. Tahlil natijalari asosida qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

3. Normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil iyun

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,

Adliya vazirligi

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi toʻgʻrisida nizomni yangi tahrirda tasdiqlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish.

1. Ushbu Farmon hamda qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlashga oid Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish.

2. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil iyul

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,

Adliya vazirligi

3.

“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish.

1. “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish:

“Umra” tadbirlarini rasmiylashtirish bilan bogʻliq harakatlar “Haj va Umra yagona portali” orqali amalga oshirilishi;

Din ishlari boʻyicha qoʻmita “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish litsenziyasiga ega yuridik shaxslar hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi uchun “Haj va Umra yagona portali”dan foydalanish imkoniyatini taʼminlashi;

“Haj va Umra yagona portali”ni tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.

2. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil noyabr

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Majburiy ijro byurosi

II. Diniy-maʼrifiy sohada ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash faoliyatini qoʻllab-quvvatlash

4.

Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida dual taʼlim tizimini takomillashtirish.

1. Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida quyidagilarni nazarda tutuvchi dual taʼlim tizimini takomillashtirish:

dual taʼlim “4+2” shaklida, yaʼni nazariy qismni 4 kun taʼlim muassasasida, amaliy qismni 2 kun amaliyot oʻtash joyida oʻtkazish;

dual taʼlimga Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining tegishli yoʻnalish va mutaxassisliklarining bitiruvchi kurs talabalarini jalb etish.

2. Amaliyot davrida Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi talabalarini Din ishlari boʻyicha qoʻmita xodimlari, shuningdek, ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy xodimlariga kuzatuvchi-amaliyotchi sifatida biriktirish.

2025-yil may — iyul

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

5.

Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida taʼlim va tadqiqot uygʻunligini taʼminlash.

1. Diniy-maʼrifiy sohadagi ilmiy-tadqiqot markazlarining tadqiqot natijalarini Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida tegishli fanlarning oʻquv dasturlariga muntazam tatbiq etib borish.

doimiy

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,

Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi,

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi,

Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari,

Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi

2. Talabalarda nodir qoʻlyozma, toshbosma asarlar va arxiv hujjatlarini xalqaro standartlarga muvofiq saqlash koʻnikmasini shakllantirish uchun Qadimiy yozma manbalarni konservatsiya va restavratsiya qilish ilmiy laboratoriyasini tashkil etish.

3. Talabalarda psixodiagnostik amaliy koʻnikma va malakalarni shakllantirish hamda psixologik va sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazish uchun “Din sotsiopsixologiyasi” oʻquv laboratoriyasini tashkil etish.

2026/2027 oʻquv yiliga qadar

6.

Kadrlar tayyorlash va ularni ish bilan taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirish.

1. Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv dasturlarini takomillashtirish, amaliy mashgʻulotlar ulushini oshirish orqali talabalarning amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda taʼlim jarayonini oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish choralarini koʻrish.

2025/2026 oʻquv yili davomida

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Dinshunoslik va islomshunoslik yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining yuqori bosqich talabalarining diniy-maʼrifiy sohadagi tashkilotlarda amaliyot oʻtashi va keyinchalik ularni ushbu tashkilotlarda ishga joylashtirish mexanizmini joriy etish.

2025-yil iyul

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

7.

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish.

1. Ushbu Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish.

2. Qaror loyihasida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar bilan bir qatorda uning tuzilmasi va nizomini tasdiqlash hamda markazni Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga qarashli Toshkent shahri, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 11a-uy manzilida joylashgan binoga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirish masalalarini nazarda tutish.

3. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil may-iyun

Vazirlar Mahkamasi,

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

8.

Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish hamda unga bino ajratish va moddiy-texnika bazasini shakllantirish.

1. Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazini belgilangan tartibda nodavlat notijorat tashkiloti sifatida tashkil etish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2025-yil may — iyul

Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi markazi

2. Markazni Buxoro viloyati Kogon tumanida joylashgan Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi markazining tegishli bino va inshootlarida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish.

3. Markaz uchun ajratilgan binoni zarur texnika, ofis anjomlari, mebel va aloqa vositalari bilan taʼminlash.

Buxoro viloyati hokimligi

9.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita huzuridagi Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutining (keyingi oʻrinlarda — Institut) tuzilmasi va nizomini tasdiqlash.

1. Institut tuzilmasini shakllantirish va nizomini ishlab chiqish.

2. Institut tuzilmasi va nizomini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish va uni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

3. Institutning Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga qarashli Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 11a-uy manzilida joylashgan binoga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilishini taʼminlash.

2025-yil may-iyun

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,

Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti,

Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

4. Institutni Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

10.

Diniy-maʼrifiy sohada taʼlim, fan va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Diniy-maʼrifiy sohada taʼlim, fan va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengash toʻgʻrisidagi nizom va yillik faoliyat dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil may

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

2. Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini samarali tashkil qilib borish.

doimiy

III. Vijdon erkinligi huquqini izchil roʻyobga chiqarish, diniy bagʻrikenglik va konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlash boʻyicha tadbirlarni tashkil etish

11.

“Deklaratsiyalar muloqoti” ikkinchi xalqaro forumini oʻtkazish.

1. Toshkent va Samarqand shaharlarida “Deklaratsiyalar muloqoti” ikkinchi xalqaro forumini oʻtkazish konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish.

2025-yil may

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,

Tashqi ishlar vazirligi

2. Xalqaro forumning xorijiy ishtirokchilari roʻyxatini shakllantirish va ularga taklifnomalar yuborilishini taʼminlash.

2025-yil may-iyun

3. Xalqaro forumni yuqori saviyada oʻtkazish va OAVlarda keng yoritilishini taʼminlash.

2025-yil sentabr

12.

Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini amaliyotga tatbiq qilish.

1. Konsepsiya yoʻnalishlari boʻyicha tadbirlarni amaliyotga joriy etish dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil iyun

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,

Adliya vazirligi

2. Konsepsiyaning mazmun-mohiyatini aholi oʻrtasida tushuntirish boʻyicha targʻibot tadbirlarini tashkil etish.

3. Konsepsiyaning aholi va ijrochilar uchun muhim qismlarini sodda va xalqchil tilda yorituvchi qisqa axborot-kontentlar tayyorlash va tarqatish.

4. Konsepsiya mazmun-mohiyatini tushuntirish boʻyicha turkum koʻrsatuvlar tayyorlash va efirga uzatish.

2025-yil iyun — dekabr

5. Konsepsiyaning ijrosini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yoritilishini tashkil etish.

doimiy

13.

Jamiyatda diniy bagʻrikenglik va qonuniylikni qaror toptirish borasida fuqarolarning faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga qaratilgan targʻibot tadbirlarini amalga oshirish.

1. Targʻibot guruhlarini shakllantirish.

2. Targʻibot materiallarini (maʼruza matnlari, taqdimotlar, tarqatma materiallar, koʻrgazmali targʻibot vositalari) tayyorlash.

2025-yil may-iyun

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,

Adliya vazirligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

3. Mahalla fuqarolar yigʻinlarida targʻibot tadbirlarini amalga oshirish.

2025-yil iyun — dekabr

14.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita huzuridagi Konfessiyalar ishlari kengashining doimiy faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Kengash ishchi organini tuzish va tasdiqlash.

2. Samarqand, Buxoro, Fargʻona va Toshkent viloyatlarida hududiy konfessiyalar kengashlarini shakllantirish va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

3. Respublika va hududiy kengashlarning 2025-yil uchun faoliyat rejasini ishlab chiqish. Bunda quyidagilarni inobatga olish:

Kengashga aʼzo konfessiyalarning diniy bayramlari munosabati bilan Kengash rahbari nomidan tabriklar yoʻllash;

sport musobaqalari, koʻngilochar tadbirlar tashkil etish;

dolzarb masalalar yuzasidan navbatdan tashqari yigʻilishlar oʻtkazish;

diniy konfessiyalar tadbirlarini OAVda yoritish.

2025-yil may-iyun

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,

Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi,

Samarqand, Buxoro, Fargʻona va Toshkent viloyatlari hokimliklari

15.

Jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qoʻshgan Oʻzbekiston mutafakkirlarining ilmiy merosi va tarixiy shaxslar faoliyati yoʻnalishida tadqiqot olib borayotgan chet ellik olimlar va tadqiqotchi-ekspertlarni jalb etgan holda turkum maʼruzalar, davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etish.

1. Hamkor tashkilotlar bilan tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Xorijiy maʼruzachilar, ekspertlar, tadqiqotchilar roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil iyun

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,

Tashqi ishlar vazirligi,

OʻzMTRK

3. Uchrashuvlar, davra suhbatlarini yuqori saviyada tashkil etish va ular orqali mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng targʻib etish.

2025-yil iyun — dekabr

4. Xorijiy olimlar va ekspertlarning mamlakatimiz, allomalarimiz haqidagi fikrlari, eʼtiroflarini xorijiy va mahalliy OAVlarda keng yoritish.

doimiy

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-68-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diniy-maʼrifiy sohada taʼlim, fan va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

R.Q. Davletov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-maʼrifiy va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi

2.

S.D. Toshboyev

Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi oʻrinbosari

3.

R.R. Xakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasida belgilangan asosiy vazifalarning bajarilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish boʻyicha parlament komissiyasi raisi

4.

M.M. Kamilov

Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori

5.

F.F. Abduxalikov

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori

6.

Sh.Yu. Ziyodov

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori

7.

J.A. Karimov

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori

8.

M.F. Joniyev

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori

9.

Lavozimi boʻyicha

Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi direktori

10.

Lavozimi boʻyicha

Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti direktori

11.

B.A. Abduhalimov

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti direktori

12.

G.Sh. Rixsiyeva

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori

13.

H.B. Ishmatbekov

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi oʻrinbosari

14.

U.T. Gʻafurov

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti rektori

15.

J.R. Elov

Mir Arab oliy madrasasi rektori

16.

B.M. Amonov

Hadis ilmi maktabi rektori

17.

K.T. Islamov

Imom Termiziy nomidagi islom instituti rektori

18.

K.A. Shermuxamedov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi, Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga tayinlangan yoki tegishli funksiyalar bajarilishi zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-68-son Farmoniga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi huzuridagi Konfessiyalar ishlari boʻyicha kengash aʼzolari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Asosiy aʼzolar

1.

S.D. Toshboyev

Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi, Kengash raisi

2.

N.M. Xoliqnazar

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy

3.

Vikentiy

(V.A. Morar)

Rus pravoslav cherkovi Toshkent va Oʻzbekiston yeparxiyasi rahbari, mitropoliti

4.

E.S. Matsulevich

Rim-katolik cherkovi yepiskopi

5.

A.D. Grigoryan

Arman apostollik cherkovi ruhoniysi

6.

P.M. Kremeruk

Toʻliq Yevangel xristianlari markazi raisi

7.

A.R. Belik

Yevangel xristian baptistlar cherkovlari uyushmasi raisi

8.

A.T. Ten

Toshkent shahar Yettinchi kun xristian adventistlar cherkovi rahbari

9.

A.K. Kim

Toshkent shahar Novoapostol cherkovi rahbari

10.

L.V. Shmidt

Toshkent shahar Yevangel-lyuteran cherkovi ruhoniysi

11.

T.N. Saidov

“Golos Bojiy” xristian cherkovi rahbari

12.

N.N. Korolev

“Iyegova guvohlari” cherkovi rahbari

13.

A.N. Isaxarov

Toshkent shahar yahudiylar diniy jamoasi raisi

14.

T.S. Klemyonova

Toshkent shahar baxoiylar diniy jamoasi vakili

15.

K.X. Yang

Budda ibodatxonasi ruhoniysi

16.

I.R. Zakirov

Toshkent shahar Krishnani anglash jamiyati raisi

17.

S.V. Ternovoy

Oʻzbekiston Bibliya jamiyati prezidenti

 

Kuzatuvchilar

1.

S.S. Safoyev

Oliy Majlis Senati raisining birinchi oʻrinbosari

2.

A.Z. Saʼdullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator

3.

G.A. Agzamova

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi raisi

4.

O.F. Tojiyev

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi aʼzosi

5.

Sh.F. Nurullayeva

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori oʻrinbosari

6.

M.M. Ikramov

adliya vaziri oʻrinbosari

7.

Q.R.Sariyev

Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi raisi

8.

O.A. Xasanov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

9.

M.A. Nurmatova

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

10.

F.F. Abduxalikov

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori

11.

K.N. Ishanxodjayev

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi kengashi raisi

12.

M.M. Kamilov

Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori

13.

O.K. Ernazarov

Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi kafedra mudiri

14.

Sh.Sh. Minovarov

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi boʻlim boshligʻi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Konfessiyalar ishlari boʻyicha kengash aʼzolari va kuzatuvchilari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga tayinlangan yoki tegishli funksiyalar bajarilishi zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/68/0365-son)