06.11.2020 yildagi 693-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-sentabrdagi 583-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2025-y., 09/25/583/0829-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4802-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4802-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro islom akademiyasi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilganligi va uning asosiy vazifalari belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) direktoriga, zarur hollarda, Markaz tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni hamda mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-sentabrdagi 583-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2025-y., 09/25/583/0829-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Akademiya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda Markazga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi buyuk ajdodlarimizdan qolgan yozma manbalar boʻyicha maqsadli ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, oliy taʼlim muassasalari va muzey fondlarida saqlanayotgan qoʻlyozma hamda toshbosma manbalarning faksimile, foto, skaner nusxalari bilan Markazni bepul taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Akademiya, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita va Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Akademiya tarkibidagi Ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar markazini tugatish va uning mavjud moddiy-texnika bazasini belgilangan tartibda Markazga berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga biriktirilgan 1 ta yengil xizmat avtotransport vositasi uchun limit ajratilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorda nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish 2020-yilda Akademiyaning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnik dasturlari uchun respublika budjetidan grantlar doirasida ajratilgan mablagʻlar hisobidan, 2021-yildan boshlab esa — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Markaz Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 11-uy manzilidagi binosida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-sentabrdagi 583-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2025-y., 09/25/583/0829-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki, Markaz rahbariyati va ilmiy xodimlariga Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy xodimlar mehnatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori tatbiq etiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PF-6212-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 06/21/6212/0358-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 22-iyundagi 466-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 6-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
693-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-sentabrdagi 583-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2025-y., 09/25/583/0829-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-sentabrdagi 583-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2025-y., 09/25/583/0829-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 693-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 22-iyundagi 466-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 22-iyundagi 466-son qaroriga ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI*

* Akademiya (fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy boʻlinmalar) xodimlarining cheklangan umumiy soni oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Akademiyaning budjetdan tashqari (toʻlov-kontraktlar hisobidan tashqari) mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/693/1476-son; 22.04.2021-y., 06/21/6212/0358-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son; 16.09.2025-y., 09/25/583/0829-son)