31.07.2025 yildagi 478-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlariga tutash hududlardan mavsumiy foydalanishni tashkil etishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan to‘rtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2025-yil 1-oktabrdan boshlab umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik subyektlari uchun o‘ziga tegishli bino va inshootlarga hamda yer uchastkalariga tutash bo‘lgan, davlat organlari va tashkilotlariga doimiy foydalanishga berilgan aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yer uchastkalaridan (sog‘liqni saqlash, ta’lim va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tegishli yer uchastkalari bundan mustasno) mavsumiy umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyatini (keyingi o‘rinlarda — tijorat faoliyati) amalga oshirish uchun haq evaziga ijara huquqi asosida foydalanish tizimi amaliyotga joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga tegishli bino va inshootlarga hamda yer uchastkalariga tutash hududlardan tijorat maqsadlarida mavsumiy foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda o‘ziga tegishli bo‘lmagan yer uchastkasida norasmiy tarzda tijorat faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxatini va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (joylashgan joyi, faoliyat turi, egallangan yer maydoni) quyidagi bosqichlarda xatlovdan o‘tkazsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bosqich — barcha tuman (shahar)lardagi markaziy ko‘chalarda 2025-yil 1-sentabrga qadar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bosqich — qolgan ko‘chalarda 2025-yil 1-oktabrga qadar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari manfaatdor davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda 2025-yil 1-oktabrdan boshlab xatlov natijasida aniqlangan obyektlarning mazkur qarorda belgilangan tartibda qonuniy faoliyat yuritishi yoki hududning bo‘shatilishini ta’minlab borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda joylashtirish sxemasiga muvofiq bo‘lgan tijorat faoliyati obyektlari “dizayn-kod”ga asosan loyihalar tasdiqlangunga qadar ushbu bandga ko‘ra faoliyati qonuniylashtirilib, ijara shartnomasi tuzilgan obyektlarda tadbirkorlar tomonidan har qanday qo‘shimcha qurilishlar, maydon, fasad va mavjud yengil konstruksiyalarning konstruktiv elementlarini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi, shunday ishlar amalga oshirilgan taqdirda, tutash maydonda joylashgan obyektlar belgilangan tartibda buziladi hamda yangi shartnoma tuzilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2025-yil 1-oktabrdan boshlab, har yili 1-yanvarga qadar tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, kadastr, soliq idoralari takliflari asosida, tuman (shahar) hokimlarining qarori bilan kelgusi yil uchun tuman (shahar) hududidagi aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yer uchastkalarida tijorat faoliyati obyektlarini joylashtirish sxemasi tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2026-yil 1-fevralga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan reja-grafikka asosan quyidagi organlar tomonidan o‘z hisobidan (yoki mazkur qarorga asosan qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi organlariga tushadigan mablag‘lar hisobidan keyinchalik to‘lab berish sharti bilan) tijorat faoliyati obyektlarini ko‘cha va binolarga mos arxitektura qiyofasida hamda aholi uchun qulay va xavfsiz qilib loyihalashtirishga doir yagona talab va tavsiyalar (“dizayn-kod”) ishlab chiqilib, tasdiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari tomonidan — Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar bo‘ysunuvidagi shaharlar uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limlari tomonidan — boshqa aholi punktlari uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ko‘chalar nomi ko‘rsatilgan holda tijorat faoliyati obyektlarini joylashtirish sxemasi hamda “dizayn-kod”lari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi organlarining rasmiy veb-sahifalariga joylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tadbirkorlarning murojaatlariga muvofiq tijorat faoliyati obyektlarini joylashtirish sxemalariga tuman (shahar) hokimlari qarorlari bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ijara shartnomalari doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkasini tadbirkorlik subyektiga tijorat faoliyatini amalga oshirish uchun haq evaziga ijara huquqida foydalanishga beruvchi davlat organlari va tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — ijaraga beruvchi) hamda o‘ziga tutash hududda tijorat faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan tadbirkorlik subyekti (keyingi o‘rinlarda — ijaraga oluvchi) o‘rtasida Soliq qo‘mitasining ijara shartnomalarini hisobga olish elektron tizimi orqali rasmiylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) tijorat faoliyatini amalga oshirish mo‘ljallangan yer uchastkasi ajratilmagan hamda tuman (shahar) hokimligi zaxirasida bo‘lsa, ushbu yer uchastkasi unda joylashgan obyektlarni (maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, daraxtzorlar, bog‘lar, sayilgohlar, xiyobonlar va boshqalar) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari qarori asosida davlat organlari va tashkilotlariga jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) ijara shartnomasiga asosan ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga tegishli hududga tutash bo‘lgan yoki undan 5 metrdan ko‘p bo‘lmagan masofadagi bo‘sh maydonlarni tijorat faoliyatini amalga oshirish uchun auksion savdolarisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga beradi. Bunda ijaraga beriladigan maydonning yon chegaralari umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish obyekti binosining yoki unga ajratilgan yer uchastkasining boshlanish va tugash nuqtasidan binodan (yer uchastkasidan) chiqish yo‘nalishidagi to‘g‘ri chiziq bo‘yicha aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) qoida tariqasida, ijara shartnomasi bir kalendar yil uchun (kelgusi yillarda mazkur qarorda belgilangan tartibda uzaytirish huquqi bilan) tuziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) tijorat faoliyati uchun ijara huquqi asosida foydalanishga berilgan yer uchastkalarining har bir kvadrat metri uchun shartnoma muddatidan qat’i nazar, yer solig‘i stavkasining uch baravarigacha miqdorida ijara to‘lovi to‘lanadi, bunda asos qilib olinadigan yer solig‘i summasi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan oshiruvchi va kamaytiruvchi koeffitsiyentlari qo‘llangan va soliq imtiyozlari qo‘llanmagan holda hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) ijara to‘lovi har yilgi yer solig‘ini to‘lash uchun belgilangan muddatlarda Yagona billing tizimi orqali amalga oshiriladi, tushgan to‘lovlar quyidagicha taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35 foizi — ijaraga beruvchining bank hisobvarag‘iga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — hududiy soliq boshqarmasining bank hisobvarag‘iga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarining bank hisobvarag‘iga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining bank hisobvarag‘iga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablag‘lar — tuman (shahar) mahalliy budjetiga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ushbu qarorga asosan yer uchastkalarini tijorat faoliyati uchun ijaraga berish yer uchastkalarini ajratish (realizatsiya qilish) hisoblanmaydi, yer uchastkasida bino va inshootlarni qurish yoki ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish huquqini bermaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ijaraga berilgan yer uchastkasidan boshqa maqsadlarda foydalanish zarurati yuzaga kelganda, ijaraga beruvchi ijara shartnomasini bir tomonlama bekor qilishga haqli, bunda ijaraga oluvchi bu to‘g‘risida yozma ravishda ogohlantirilgan kundan boshlab o‘n besh kun muddatda yer uchastkasini bo‘shatishi va uning ustidagi har qanday obyektini ko‘chirishi (buzib olishi) lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ijaraga oluvchi ushbu bandning “b” kichik bandida belgilangan muddatda obyektini ko‘chirish (buzish) choralarini ko‘rmagan taqdirda, obyektni buzish ijaraga beruvchi tomonidan amalga oshiriladi, bunda obyektni buzish bilan bog‘liq xarajatlar ijaraga oluvchidan sud orqali regress tartibida undiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ijara shartnomasi taraflari shartnomaning amal qilish muddati tugash sanasiga qadar uni bekor qilish yuzasidan sabablar mavjud bo‘lmagan taqdirda, shartnomaning amal qilish muddatini keyingi bir yillik muddatga O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq uzaytirish huquqiga ega hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ijaraga oluvchi tomonidan ijara to‘lovi o‘z vaqtida to‘lanmagan, shartnoma majburiyatlari qo‘pol ravishda buzilgan holatlarda ijaraga beruvchi ijara shartnomasini belgilangan tartibda bekor qilish choralarini ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) mavjud va yangi barpo etiladigan gastronomik va turizm ko‘chalarida mulk egalariga tegishli bino va inshootlarga tutash hududlardan hamda umumiy foydalanishdagi yer uchastkalaridan tijorat maqsadlarida foydalanish tartibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri Kengashlari qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun bozor tamoyillari asosida narx belgilash va yillik ijara haqini har oyda teng ulushlarda to‘lab borish talabini nazarda tutish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarning namunali saqlanishini ta’minlash maqsadida ijara to‘lovlarining taqsimotini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gastronomik va turizm ko‘chalarida mavsumiy talablarni hisobga olgan holda obodonlashtirish hamda sanitariya jihatdan tozalash ishlarini (supurish, suv sepish, chang va qordan tozalash va boshqalar) tashkil etish uchun ekspluatatsiya to‘lovlarini belgilash hamda zarur hollarda uni ijara to‘lovlariga qo‘shgan holda undirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gastronomik va turizm ko‘chalarida har xil turdagi ko‘ngilochar tadbirlarni o‘tkazish uchun bir martalik to‘lov miqdorini va ularni o‘tkazish tartibini belgilash inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari har chorak yakuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi 64-moddasiga muvofiq aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlarini, shu jumladan, tijorat faoliyati uchun ijaraga berish mumkin bo‘lgan hududlarni saqlovchi tashkilotlarga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish bo‘yicha ishlar holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ijaraga beruvchilarga yer uchastkalarini o‘zlariga jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish bo‘yicha xarajatlarni mazkur qarorga asosan tushgan mablag‘lar va boshqa manbalar hisobidan bir yil ichida bo‘lib to‘lashga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ijaraga oluvchining zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtinchalik obyektlarni (qurilmalarni) tegishli hudud uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan “dizayn-kod”ga muvofiq o‘rnatish (moslashtirish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli yer uchastkasida kapital qurilmalar (bino va inshootlar) qurmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari muhofaza zonalariga qo‘yilgan talablarga qat’iy rioya etish va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga zarar yetkazmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga berilgan yer uchastkasi aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yer uchastkalari tarkibiga kirishini inobatga olib, ushbu yerlardan birinchi navbatda asosiy foydalanish maqsadiga ko‘ra zarur sharoit yaratish, shu jumladan, piyodalar yo‘laklarida harakatlanish uchun noqulayliklar yaratmaslik, shuningdek, tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari erkin harakatlanishi va boshqa obyektlar faoliyatiga to‘sqinlik qilmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishlicha chakana savdo qoidalari va umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish hamda sotish qoidalarida nazarda tutilgan talablarga rioya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tutash hududlardagi yer uchastkalarida obyektlar qurilishi (o‘rnatilishi) jarayonida qonunchilikka muvofiq yer, kadastr va qurilish nazoratini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Soliq qo‘mitasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2025-yil 1-sentabrga qadar Soliq qo‘mitasining maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimida mazkur qarorda nazarda tutilgan ijara shartnomalarini tuzish va hisobga olish imkoniyatini yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy ovqatlanish tashkilotlari mavsumiy kafelarining ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2025-yil 1-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda sohaga oid shaharsozlik normalari va qoidalariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 31-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
478-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-iyuldagi 478-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga tegishli bino va inshootlarga hamda yer uchastkalariga tutash hududlardan tijorat maqsadlarida mavsumiy foydalanish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom hududlarda umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga tegishli bino va inshootlarga hamda yer uchastkalariga tutash hududlarda mavsumiy umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom ko‘p qavatli binolardagi (uylardagi) noturar joylarda tijorat faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan qo‘shimcha yengil qurilmalarni qurish bilan bog‘liq munosabatlarga ham tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari — aholining madaniy-maishiy ehtiyojini qanoatlantirish va dam olishi uchun foydalaniladigan (daraxtzorlar, bog‘lar, sayilgohlar, xiyobonlar, ariq tarmoqlari egallagan yerlar), shuningdek, maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sug‘orish tarmog‘i, sohil bo‘yi va shu kabi yerlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga beruvchi — doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkasini yoki uning bir qismini tadbirkorlik subyektiga mavsumiy umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun haq evaziga shartnoma asosida foydalanishga beruvchi davlat organlari va tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga oluvchi — davlat organlari va tashkilotlariga doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkasiga tutash hududdagi tegishli yer uchastkasi hamda joylashgan ko‘chmas mulk obyektida mavsumiy umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyatini olib boruvchi tadbirkorlik subyekti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimi — O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining ijara shartnomasini hisobga olish elektron tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat faoliyati obyektlari — tijorat faoliyatini amalga oshirish va (yoki) uni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan, vaqtinchalik asosda joylashtirilgan va (yoki) mavsumiy xususiyatiga ega bo‘lgan tijorat faoliyati obyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat faoliyati — tijorat faoliyati joyida tijorat faoliyati obyektlaridan foydalangan holda turg‘un savdo shoxobchalari joylashgan joydan tashqarida mavsumiy umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish maqsadlarida amalga oshiriladigan faoliyat turlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tutash hudud — mavsumiy umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyatini olib boruvchi tadbirkorlik subyekti hududiga tutash bo‘lgan yoki undan 5 metrdan ko‘p bo‘lmagan masofada joylashgan, mavsumiy umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish maqsadlarida faoliyat yuritish mumkin bo‘lgan yer uchastkasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tutash hudud chegarasi — yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni birlamchi (qayta) davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yer uchastkasi va uning chegaralariga oid ma’lumotlar Davlat kadastrlari yagona tizimida aks ettirilgandan tashqari tutash yer uchastkasining boshlanishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizom talablari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bayram kunlari va bayramoldi kunlarda savdo xizmati ko‘rsatish yuzasidan yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil etilgan tijorat faoliyatlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida tashkil etilgan ko‘rgazma va yarmarka savdolariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorlar va savdo majmualari hududlaridagi tijorat faoliyatiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini ijaraga berish bilan bog‘liq munosabatlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tutash hududlarda ushbu Nizomda belgilangan tartibda ijara shartnomasi tuzmagan holda tijorat faoliyatini amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi, mazkur holat qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlaridan mavsumiy umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyatini tashkil qilish ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tijorat faoliyatini amalga oshirish talablari va shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ijaraga oluvchi tutash hududdagi yer uchastkasidan ijara huquqida vaqtincha foydalanish maqsadida ijara shartnomasi tuzish bo‘yicha ijaraga beruvchiga yozma yoki elektron shaklda ariza bilan murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda arizaga quyidagi hujjatlar (ma’lumotlar) ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘ziga tegishli bino va inshootlarga va (yoki) yer uchastkasiga tutash hududning tavsifi hamda joylashgan manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy va foydalanishga beriladigan maydoni, qurilgan yili (mavjud bo‘lsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning kommunikatsiyalar (ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi va oqova suv tarmog‘i) bilan ta’minlangani to‘g‘risida ma’lumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanishga beriladigan maydoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning to‘rt tarafdan ko‘rinishi fotosuratlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektdan foydalanish maqsadi (amalga oshiriladigan faoliyat turi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektni ijaraga olishning boshqa shartlari (mavjud bo‘lsa).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ijaraga beruvchi tutash hududdan vaqtincha foydalanishga ijara shartnomasini tuzish bo‘yicha murojaat kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida tutash hududdan vaqtincha foydalanish bo‘yicha maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ijara shartnomasini tuzadi yoki asoslantirilgan holda rad javobini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ijaraga oluvchining arizasi va unga ilova qilingan hujjatlar (ma’lumotlar) to‘liq emasligi aniqlansa, ushbu hujjatlar murojaat qiluvchiga kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ijaraga oluvchining arizasi va unga ilova qilingan hujjatlar (ma’lumotlar) qaytarilishining aniq sabablari ko‘rsatilgan yozma yoki elektron shakldagi xabarnoma murojaat qiluvchiga uch ish kuni ichida yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ijaraga beruvchining ko‘rsatmasiga asosan Davlat kadastrlari palatasi hududiy bo‘linmalari tomonidan besh ish kuni ichida tutash hudud maydoni bo‘yicha o‘lchov ishlari amalga oshiriladi (chegara chizmasi) hamda tegishli dalolatnoma tuziladi va ijaraga beruvchiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quyidagilar ijaraga oluvchining arizasini rad qilish uchun asos hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga oluvchi tomonidan ushbu Nizom talablariga mos bo‘lmagan hududdan vaqtincha foydalanish bo‘yicha ijara shartnomasini tuzish bo‘yicha murojaat qilinishi. Bunda ijaraga beriladigan maydonning yon chegaralari savdo va xizmat ko‘rsatish obyekti binosining boshlanish va tugash nuqtasidan binodan chiqish yo‘nalishidagi to‘g‘ri chiziq bo‘yicha aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan hududlarda faoliyat yuritish bo‘yicha murojaat qilinganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijaraga oluvchining arizasini boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Hujjatlari qaytarilgan ijaraga oluvchi rad etish uchun sabab bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etgandan so‘ng ushbu Nizomda belgilangan tartibda ijaraga beruvchiga yetti ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda qayta murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tutash hududdan vaqtincha foydalanish bo‘yicha ijara shartnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tutash hududdan vaqtincha foydalanish hududining joylashgan joyi, turi va tarkibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtincha ijara to‘lovini to‘lash tartibi va muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtincha ijara to‘lovi miqdorini qayta ko‘rib chiqish asoslari va tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga berilayotgan tutash hududning holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma shartlari, shu jumladan, ijara to‘lovlarini to‘lash muddatlarining buzilishi oqibatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli yer uchastkasida kapital qurilma (bino va inshootlar) qurmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tutash hududdan vaqtincha foydalanish bo‘yicha ijara shartnomasi ijaraga beruvchi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tutash hududdan vaqtincha foydalanish bo‘yicha ijara shartnomasi amal qilish muddati davrida ijaraga oluvchiga ijara obyektidan foydalanishiga va unda faoliyat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qilish taqiqlanadi (fors-major va qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ijaraga oluvchi kommunal xizmatlar, elektr energiyasi, suv, gaz iste’moli va issiqlik ta’minoti uchun ijara shartnomasi asosida yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan qo‘shimcha kelishuv tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Quyidagilar tutash hududda tijorat obyektining ixtisoslashuv turlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) umumiy ovqatlanish faoliyati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavsumiy kafe;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik oshxona;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagi mahsulotlar savdosi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
non va non mahsulotlari, qandolat mahsulotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
go‘sht va go‘sht mahsulotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sut va sut mahsulotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meva-sabzavotlar va poliz ekinlari, shuningdek, quruq mevalar, pista va yong‘oqlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzqaymoq va alkogolsiz ichimliklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa oziq-ovqat mahsulotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nashriyot mahsulotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gullar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalq badiiy va amaliy san’ati buyumlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hunarmandchilik mahsulotlari, suvenirlar, kiyim-kechak, poyabzal va yengil sanoat buyumlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nooziq-ovqat mahsulotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yengil konstruksiyali ko‘chma muzlatkichlarda saqlash va sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) quyidagi xizmatlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yengil transport vositalarini (yengil avtomobil, velosiped, samokat, skuter va boshqalar) ijaraga berish va ta’mirlash xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektromobillarni zaryadlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sartaroshlik xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kosmetolog xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
poyabzal ta’mirlash xizmati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maishiy texnika vositalarini ta’mirlash xizmati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kalit yasash xizmati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlari ijaraga olingan tutash hududda tijorat faoliyati obyektining ixtisoslashuviga ko‘ra faoliyat turlarining bir nechtasi bilan shug‘ullanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu faoliyat qonunchilikda nazarda tutilgan savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga amal qilgan hamda shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan (2D skanerlar), onlayn nazorat-kassa texnikalari yoki virtual kassalaridan hamda hisob-kitob terminalidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Quyidagi tutash hududlarda tijorat faoliyati obyektlarining joylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy meros obyektlari va qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar fasadi oldida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshootlarning yong‘inga qarshi oraliqlarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhandislik kommunikatsiyalariga zarar yetkazadigan (himoya) zonalarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorrahalarga 15 metrdan yaqinroq joylarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
piyodalar o‘tish joylarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
velosiped yo‘laklarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yo‘l qatnov qismining xavfli burilishlarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loaqal bir yo‘nalishdagi ko‘rinish masofasi yuz metrdan kam bo‘lgan yo‘l do‘ngliklari yaqinida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qatnov qismining kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga o‘n besh metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishmalarda (chorrahalarda) yondan tutashgan yo‘lning sidirg‘a chiziq yoki ajratuvchi bo‘lak bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositasi svetofor ishoralari, yo‘l belgilarini boshqa transport vositalarining haydovchilaridan to‘sib qo‘yadigan, boshqa harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“to‘xtash taqiqlanadi” yo‘l belgisi yoki “to‘xtash taqiqlanadi” yo‘l chizig‘i ta’siri doirasida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Sotish uchun taklif etilayotgan tovarlar (xizmatlar) turlari va ro‘yxati tijorat faoliyati obyektining ixtisoslashuviga muvofiq sotuvchi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Savdo avtomatlari orqali ommaviy talabdagi, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob beradigan tovarlar (choy, kofe, salqin va alkogolsiz ichimliklar, nooziq-ovqat tovarlari (gazeta va matbaa mahsulotlari), qandolat va non mahsulotlari, shirinliklar) sotiladi, xizmatlar ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Savdo avtomatlarini mahsulot bilan ta’minlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish tijorat faoliyati subyektlariga yuklanadi, shuningdek, ular zimmasiga tovar-moddiy boyliklarni saqlash bo‘yicha choralar ko‘rish hamda savdo avtomati buzilganda tovarlar buzilishining oldini olish ham yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tutash hududlarda obyektlarni o‘rnatish (qurish) bo‘yicha qo‘shimcha shartlar quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tutash hududni joylashtirish, o‘rnatish (qurish) va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga, texnik reglamentlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, yong‘in xavfsizligi talablariga, shuningdek “dizayn-kod”ga muvofiq qurish (moslashtirish) normalariga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tutash hududni joylashtirishda (o‘rnatishda, qurishda) aholi (shu jumladan, piyodalar yo‘laklari), shuningdek, tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari erkin harakatlanishiga xalaqit bermaslik, muhandislik-kommunikatsiya tizimlaridan foydalanishga, bino va inshootlarga kirib-chiqishga to‘sqinlik qilmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari muhofaza zonalariga qo‘yilgan talablariga qat’iy rioya etish hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga zarar yetkazmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur bo‘lgan taqdirda, tutash hududdagi barcha yopiq xonalar va kabinalarga shamollatish (ventilyatsiya qilish) tizimini o‘rnatish, shuningdek, ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi va oqova suvning tashqi kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda arxitektura-rejalashtirish topshiriqlari va alohida loyihalar ishlab chiqilishini ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tutash hududda obyektlar tutash hududdan vaqtincha foydalanish bo‘yicha ijara shartnomasida nazarda tutilgan muddatning boshlanish sanasidan keyin o‘rnatiladi (quriladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tutash hududdagi obyekt faoliyati tugatilgan taqdirda, obyekt uning faoliyati to‘xtatilgan yoki tugatilgan sanadan e’tiboran o‘n besh kun ichida qismlarga ajratiladi (demontaj qilinadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tutash hududlar joylashgan hududda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda yong‘in o‘chirish, boshqa tezkor xizmatlarning avtotransport vositalari erkin harakatlanishi uchun bino va inshootlar o‘rtasida ochiq masofa, yopiq hududlarda esa kamida ikkita kirish-chiqish darvozalari bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tutash hududdagi tijorat faoliyati obyektlari soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq to‘laydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tutash hududdan vaqtincha foydalanish bo‘yicha ijara shartnomasi shartlarining buzilishi bilan bog‘liq nizolar o‘zaro muzokaralar asosida yoki sud tartibida hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tutash hududdan vaqtincha foydalanish bo‘yicha ijara shartnomasini tuzmasdan yoki aniq maydoni shartnomada ko‘rsatilmagan (yoki kam ko‘rsatgan holda) foydalanishga berish holati aniqlanganda, ijaraga beruvchi o‘n ish kuni ichida ushbu tutash hudud qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanishga berilishini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga tegishli bino va inshootlarga hamda yer uchastkalariga tutash hududlardan tijorat maqsadlarida mavsumiy foydalanish tartibini tasdiqlash to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlaridan mavsumiy umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyatini tashkil qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Tuman (shahar) hokimlari

Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, kadastr, soliq idoralari takliflari asosida kelgusi yil uchun tuman (shahar) hududidagi aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yer uchastkalarida tijorat faoliyati obyektlarini joylashtirish sxemasini tasdiqlaydi.

2025-yil 1-oktabrdan boshlab har yili 1-yanvarga qadar

2-bosqich

1. Hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari — Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar bo‘ysunuvidagi shaharlar uchun.

2. Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limlari — boshqa aholi punktlari uchun.

O‘z hisobidan mavsumiy savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini ko‘cha va binolarga mos arxitektura qiyofasida hamda aholi uchun qulay va xavfsiz qilib loyihalashtirishga doir yagona talablar va tavsiyalarni (“dizayn-kod”) tasdiqlaydi.

2026-yil 1-fevralga qadar

3-bosqich

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi organlari

Ko‘chalarning nomini ko‘rsatgan holda, tijorat faoliyati obyektlarini joylashtirish sxemasi va “dizayn-kod”ini rasmiy veb-sahifalariga joylashtiradi.

Har yili 1-fevralga qadar

4-bosqich

Ijaraga oluvchi

Ijaraga beruvchiga tutash hududdagi yer uchastkasidan vaqtincha foydalanish maqsadida ijara shartnomasi tuzish bo‘yicha murojaat qiladi.

2026-yil 1-fevraldan boshlab doimiy ravishda

5-bosqich

Ijaraga beruvchi

Tutash hududdan vaqtincha foydalanish bo‘yicha Soliq qo‘mitasining ijara shartnomalarini hisobga olish elektron tizimi orqali ijara shartnomasini tuzadi yoki asoslantirilgan holda rad javobini beradi.

5 ish kuni ichida

6-bosqich

Soliq qo‘mitasi

Mavsumiy savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun tutash yer uchastkasidan haq evaziga foydalanish bo‘yicha ijara shartnomalarini ushbu yer uchastkalari doimiy foydalanishga berilgan davlat organlari, muassasalari va korxonalari hamda o‘ziga tutash hududda mavsumiy savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan tadbirkorlik subyekti o‘rtasida Soliq qo‘mitasining ijara shartnomalarini hisobga olish elektron tizimi orqali rasmiylashtiradi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab doimiy ravishda

7-bosqich

Davlat kadastrlari palatasi hududiy bo‘linmalari

Ijaraga beruvchining ko‘rsatmasiga asosan tutash hududdan vaqtincha foydalanish bo‘yicha ijara shartnomasini tuzish maqsadga muvofiq deb topganda tutash hudud maydoni bo‘yicha o‘lchov ishlarini amalga oshiradi (chegara chizmasini) hamda tegishli dalolatnoma tuzadi va ijaraga beruvchiga taqdim etadi.

5 ish kuni ichida

8-bosqich

Ijaraga oluvchi

Tutash hududdagi tijorat faoliyati tugatilgan taqdirda, tutash hududni qismlarga ajratadi (demontaj qiladi).

15 kun ichida

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2025-y., 09/25/478/0681-son)