16.07.2025 yildagi 446-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025 — 2027-yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Budjet mablag‘laridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 10-iyuldagi PF-100-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimining tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish orqali davlat budjeti mablag‘laridan foydalanishning samaradorligi va natijadorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni o‘z ichiga olgan 2025 — 2027-yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat sektorida ichki nazorat tizimini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro tajriba va mamlakatimizdagi joriy holat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat muhitining yaxlit tizimini shakllantirish va xavflarni boshqarishning samarali tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat jarayonlarining natijadorligini oshirish va axborot — kommunikatsiya tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat tizimining doimiy monitoringini amalga oshirish hamda hisobdorlikni yanada mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat tizimini tashkil etishni standartlashtirish maqsadida qonunchilik asoslarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat tizimini tashkil etish hamda xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada rivojlantirish va standartlashtirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar, harakatlarning mantiqiy ketma-ketligi, muddatlari va amalga oshirish mexanizmlarini o‘z ichiga olgan 2025 — 2027-yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 16-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
446-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-iyuldagi 446-sonli qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025 — 2027-yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KONSEPSIYASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida samarali ichki nazorat tizimini joriy etish ularga yuklatilgan vazifalarning to‘laqonli bajarilishini, davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda davlat boshqaruvi va davlat moliyasini boshqarish sohalarida olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirishda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2025 — 2027-yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) ichki nazorat tizimini ilg‘or xalqaro tajribalar asosida standartlashtirish hamda rivojlantirishning konseptual yondashuvini belgilash maqsadida ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsepsiya respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari, vazifalari, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi rivojlanish bosqichlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konsepsiyada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat koordinatori — respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organida ichki nazorat tizimini baholash hamda uning tashkil etilishi va samaradorligi bo‘yicha rahbariyatga ma’lumotlar kiritish vazifalari yuklatilgan mas’ul tuzilma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat tizimi — respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda xavflarni kamaytirish, faoliyatning qonunchilikka muvofiqligi, tejamkorligi, samaradorligi, hisobdorligi, ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga qaratilgan rahbariyat va xodimlar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tartiblar, jarayonlar hamda mexanizmlarning kompleks tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari — respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimining samarali joriy etilishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
strategik maqsadlarni aniq belgilash va ularga erishishga ishonchni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
samarali faoliyat yurituvchi boshqaruv tizimini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash va faoliyatga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyatga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish orqali byurokratik to‘siqlarni qisqartirish va aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yaxshilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rahbar va xodimlarning mas’uliyatini oshirish hamda ular faoliyatini natijadorlikka yo‘naltirishga oid vazifalarni bajarishga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Konsepsiyada belgilangan ichki nazorat tizimini yo‘lga qo‘yishga oid talablar respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari qarori asosida uning tizimidagi, bo‘ysunuvidagi respublika va hududiy darajadagi budjet tashkilotlari uchun tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Jahonda davlat sektorida ichki nazorat tizimi rivojlanishining umumiy tendensiyasi va asosiy xulosalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xorijiy mamlakatlarda ichki nazorat tizimi xalqaro tan olingan modellar, tegishli qonunchilik hujjatlari hamda davlat organlarining ichki hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlarida ichki nazorat tizimini tashkil etish, yuklatilgan vazifalarni bajarish, xavflarni boshqarishning samarali tizimini joriy etish, hisobdorlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida Xalqaro ichki auditorlar instituti tomonidan ishlab chiqilgan “Uch bo‘g‘in” modelidan keng foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur modelda davlat organlariga yuklatilgan vazifalarni bajarishdagi boshqaruv funksiyalari hamda ularga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan xavflardan himoyalanishning uch bo‘g‘ini keltirilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bo‘g‘in — asosiy faoliyat bilan bog‘liq vazifalarni bajarish uchun mas’ul o‘rta va quyi bo‘g‘in xodimlaridan iborat operatsion funksiyalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mazkur funksiyalarni amalga oshiruvchi tuzilmalarda yuzaga kelgan xavflarni minimallashtirish (bartaraf etish) orqali davlat organi faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq vazifalarning bajarilishi ta’minlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bo‘g‘in — asosiy faoliyatga yordamchi sifatidagi vazifalarni, jumladan, xavflarni boshqarish, inspeksiya va muvofiqlikni ta’minlashga qaratilgan (komplayens) boshqaruv va nazoratni qo‘llab-quvvatlovchi maxsus funksiyalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchi bo‘g‘in faoliyatga oid asosiy vazifalarni amalga oshirishga mas’ul tuzilmalarda (birinchi bo‘g‘in) qo‘llanadigan tartiblar, muvofiqlik va xavflarni boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqish hamda ularning bajarilishini monitoring qilish bilan bog‘liq boshqaruv funksiyalarini o‘z ichiga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi bo‘g‘in — nazorat va boshqaruv tizimlarining samaradorligini mustaqil baholashni ta’minlaydigan ichki audit.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki audit birinchi va ikkinchi bo‘g‘indan tashkiliy va funksional jihatdan ajratilgan bo‘lib, unga tashkiliy va funksional mustaqillik berish orqali uning xolisliligini ta’minlaydi, manfaatlar to‘qnashuvining oldini oladi hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat organi rahbariga taklif va tavsiyalar berish imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida “Uch bo‘g‘in” modelidan foydalanish, tashkiliy va funksional taqsimotni amalga oshirish orqali vazifalarni bajarishda operatsion faoliyat, hisobdorlik va muvofiqlikni ta’minlashga yordam beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uch bo‘g‘in” modeli bilan bir qatorda davlat organlarida ichki nazorat tizimini tashkil etish bo‘yicha “Ichki nazorat — integratsiyalashgan model (Internal Control — Integrated Framework)” modeli qo‘llanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu model tarkibi 5 ta komponent va 17 ta tamoyildan iborat bo‘lib, unda ichki nazorat tizimini tashkil etishning konseptual asoslari hamda tarkibi keltirilgan. Mazkur modelda ichki nazorat tizimi nazorat muhiti, xavflarni baholash, nazorat jarayonlari, axborot va kommunikatsiya hamda monitoring komponentlaridan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ilg‘or xalqaro tajribada davlat organlarining ichki nazorat tizimini uslubiy ta’minlash va muvofiqlashtirish markazlashgan tarzda ma’lum bir davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarning ko‘pchiligida ushbu vazifa Moliya vazirligiga yuklatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, uslubiy ta’minlash va muvofiqlashtirish vazifalari yuklatilgan davlat organi tomonidan ichki nazorat tizimi tashkil etilishini o‘rganish va ularning natijalarini tahlil qilish asosida hisobotlar tayyorlash hamda Hukumatga hisobot berib borish amaliyoti mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini joriy etishdagi tizimli muammolar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida samarali ichki nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha quyidagi tizimli muammolar mavjud:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat tizimini xalqaro tan olingan standart va modellar asosida tashkil etish bo‘yicha yagona yondashuv va yo‘nalish belgilanishi zarurligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy xato va kamchiliklar, davlat mablag‘laridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish holatlari yuzaga kelayotgani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
takrorlanuvchi va samarasiz funksiyalarning mavjudligi natijasida davlat mablag‘larini iqtisod qilish hamda ulardan oqilona foydalanish imkoniyatining cheklangani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavflarni boshqarish tizimini yanada rivojlantirish hamda uning boshqaruvni amalga oshirishdagi rolini oshirish zarurati mavjud;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat tizimiga oid talablarning turli darajadagi va turdagi normativ-huquqiy hujjatlarda o‘z aksini topgani, amaliyotda tegishli normalarning qo‘llanishida muammolarni yuzaga keltiradi. Shuningdek, standartlashgan va samarali ichki nazorat hamda ichki audit tizimini takomillashtirishga oid yagona qonun shaklidagi hujjat mavjud emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat tizimining tashkil etilishini uslubiy ta’minlash, muvofiqlashtirish, o‘rganish va tahlil qilish bo‘yicha vakolatli organ belgilanmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat tizimini tashkil etish va xavflarni boshqarishga mas’ul xodimlarni o‘qitish, malakasini oshirish ishlari yo‘lga qo‘yilmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘rganish va ularning natijalarini tahlil qilish asosida hisobotlar tayyorlash tizimini joriy etish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimining samarali yo‘lga qo‘yilishi boshqaruv va nazoratning yanada takomillashtirilishini, davlat budjeti mablag‘lari va aktivlaridan oqilona foydalanishni, hisobdorlik hamda qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki nazorat tizimining yaxlit normativ-huquqiy hujjatlar va uslubiy yo‘riqnomalar asosida tashkil etilishi respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat mexanizmlarining standartlashtirilishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu esa o‘z navbatida, nazorat muhiti va xavflarni boshqarish tizimini mustahkamlash, nazorat jarayonlaridan samarali foydalanilishini ta’minlaydi, sifatli axborotlardan foydalanish va kommunikatsiyani yaxshilash hamda ishonchli muvofiqlik va hisobdorlik tizimlarini takomillashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini samarali tashkil etishni uslubiy ta’minlash, muvofiqlashtirish, o‘rganish va ularning natijalarini tahlil qilish asosida hisobotlar tayyorlash Iqtisodiyot va moliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Mas’ul organ) tomonidan amalga oshiriladi va unga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini o‘rganish, tahlil qilish hamda hisobotlar tayyorlash va e’lon qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini tashkil etish, uning qonunchilik asoslari va uslubiyoti xalqaro tan olingan tajribalar va standartlarga muvofiq ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ichki nazorat tizimi quyidagilarni ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyatning ichki idoraviy hujjatlar, odob-axloq qoidalari hamda tejamkorlik, samaradorlik va natijadorlik tamoyillariga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aktivlar va resurslardan maqsadsiz foydalanish, suiiste’molliklar hamda talon-toroj holatlarining oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyati to‘g‘risida ishonchli va aniq ma’lumotlarning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyat bo‘yicha hisobdorlikka oid majburiyatlarning bajarilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini rivojlantirish quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat muhitining yaxlit tizimini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavflarni boshqarishning samarali tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat jarayonlarining natijadorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot va kommunikatsiya tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat tizimini doimiy monitoring qilish hamda hisobdorlikni yanada mustahkamlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Nazorat muhitining yaxlit tizimini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Nazorat muhiti respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organiga yuklatilgan vazifalar va majburiyatlarning bajarilishini ta’minlovchi tashkiliy tuzilma, siyosat, tartib-taomillar va xodimlarning odob-axloq qoidalarini o‘z ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organida nazorat muhiti quyidagi asosiy elementlardan iborat bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
halollik tamoyili va odob-axloq qoidalariga amal qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rahbariyat tomonidan nazorat jarayonlarini samarali amalga oshirish imkonini beruvchi tadbirlarning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy bo‘linmaning yuklatilgan vazifalarga mos shakllantirilishi hamda vakolat va majburiyatlarning samarali taqsimlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
salohiyatli mutaxassislarni jalb qilish, rivojlantirish va saqlab qolishga oid jarayonlarning yo‘lga qo‘yilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyat uchun javobgarlikning belgilanishi, xodimlarni baholash, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish tizimlarining mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Halollik tamoyili va odob-axloq qoidalariga amal qilinishi quyidagilarning bajarilishi orqali ta’minlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organida halollik va odob-axloqqa oid normalarning ichki hujjatlar bilan tasdiqlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning odob-axloq va malakasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ichki hujjatlarda belgilangan talablarning joriy etilishi hamda faoliyatni amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvining yuzaga kelish ehtimolining oldi olinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qaror qabul qilish jarayonida jamoatchilik takliflarining inobatga olinishi, ochiqlik va shaffoflikning ta’minlanishi hamda jamoatchilik oldida hisobdorlikning yo‘lga qo‘yilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning odob-axloq qoidalariga zid barcha shubhali xatti-harakatlarining o‘rganilishi va belgilangan tartibda xizmat tekshiruvlarining o‘tkazilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning odob-axloq qoidalari, lavozim yo‘riqnomasi va davlat sirlarini yoki qonunchilik bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirlarni oshkor etmaslikka oid qoidalarga rioya etishini belgilovchi hujjatlar bilan tanishish amaliyoti joriy etilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Rahbariyat tomonidan nazorat jarayonlarini samarali amalga oshirish imkonini beruvchi tadbirlarning mavjudligi quyidagilar orqali ta’minlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muammolarni (xavflarni) aniqlash va bartaraf etish tadbirlarining muvofiqlashtirilishi, huquqiy jihatdan tartibga solinishi va nazorat funksiyalarining amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat tuzilmalari va nazoratni amalga oshirishga oid vakolat va majburiyatlarning tegishli normativ-huquqiy hujjatlar hamda ichki hujjatlar bilan aniq belgilanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat jarayonini amalga oshiruvchi xodimlarning o‘z vazifa va majburiyatlarini bajarishi uchun zarur bilim, ko‘nikma va malakalariga egaligi, malakasini doimiy oshirib borish va baholash mexanizmlarining joriy etilgani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organidagi nazorat tuzilmalari (Xavflarni boshqarish qo‘mitasi va boshqalar) tarkibida vazifalarning bevosita ijrochilaridan mustaqil bo‘lgan a’zolarning bo‘lishi ta’minlanishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tashkiliy tuzilmaning yuklatilgan vazifalarga mos shakllantirilishi hamda vakolat va majburiyatlarning samarali taqsimlanishi quyidagilar orqali ta’minlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuklatilgan vazifalarni bajarish, nazorat qilish va baholash imkonini beruvchi hamda ajratilgan mablag‘lar doirasida tashkiliy tuzilma va shtat birliklarining tasdiqlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib vakolatlarning belgilanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rahbariyat va xodimlar o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvi va ularning shaffofligi ta’minlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki va tashqi hisobdorlik normativ-huquqiy hujjatlar hamda ichki hujjatlar bilan belgilanishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Salohiyatli mutaxassislarni jalb qilish, rivojlantirish va saqlab qolishga oid jarayonlarning yo‘lga qo‘yilgani quyidagilar orqali ta’minlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rahbariyat va boshqa xodimlarning kompetensiyasiga (bilim, malaka va ko‘nikmalari) talablarning belgilanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy bo‘linmalarning malakali kadrlar bilan to‘ldirilishi, ularning bilim va ko‘nikmalarini uzluksiz oshirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaxira kadrlarni shakllantirish tizimini yo‘lga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rahbar xodimlar va boshqa xodimlarning rotatsiyasi hamda doimiy rivojlanishiga oid reja-dasturlarning ishlab chiqilgani.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Faoliyat uchun javobgarlikning belgilanishi, xodimlarni baholash, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish tizimlarining mavjudligi quyidagilar orqali ta’minlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning vazifa va majburiyatlarini bajarish uchun javobgarlikning belgilangani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlar faoliyatining samaradorligi, natijadorligi va malakasining doimiy odob-axloq qoidalari va boshqa tegishli tartiblarga muvofiq baholanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat faoliyatini amalga oshirishda va mehnatga haq to‘lashda munosib va adolatli shart-sharoitlarning yaratilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning odob-axloq qoidalari, lavozim yo‘riqnomalari va boshqa ichki hujjatlar bilan belgilangan vazifalarni amalga oshirishida ortiqcha yuklamalar yuzaga kelmasligining tartibga solinishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Xavflarni boshqarishning samarali tizimini joriy etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Xavflarni boshqarish respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan xavflarni aniqlash, baholash, kamaytirish va monitoring qilishga qaratilgan jarayon hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organida xavflarni boshqarish birinchi rahbar tomonidan tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda xavflarni boshqarish, jumladan, tarkibiy bo‘linmalar tomonidan xavflarni boshqarishda amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish, xavflarni boshqarish tizimining samaradorligini ta’minlashga qaratilgan Xavflarni boshqarish qo‘mitasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Xavflarni boshqarish jarayoni tegishli normativ-huquqiy hujjatlar va ichki hujjatlarga muvofiq tarkibiy bo‘linmalar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida xavflarni boshqarish jarayonining bosqichlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bosqich — Xavflarni aniqlash. Xavflarni aniqlash respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining barcha tarkibiy bo‘linmalarida amalga oshiriladi. Bunda tarkibiy bo‘linma tomonidan uning faoliyatiga salbiy ta’sir etuvchi xavflar aniqlanadi. Xavflarni aniqlash jarayoni muntazam o‘tkazilib turilishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bosqich — Xavflarni baholash. Xavflarni baholash aniqlangan xavflarning yuzaga kelish ehtimoli va ta’sirini tahlil qilgan holda baholashni hamda ularni darajalarga ajratishni o‘z ichiga oladi. Bunda xavflarning ahamiyatliligidan kelib chiqib, ularning “vazn”i belgilanadi hamda xavflar reyestri shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi bosqich — Xavflarni bartaraf etish choralarini ko‘rish. Ushbu bosqichda tarkibiy bo‘linma tomonidan baholash bosqichi natijalaridan kelib chiqib, xavflarni bartaraf etish choralari belgilanadi. Bunda xavflarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi hamda Xavflarni boshqarish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi. Xavflarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi asosida tegishli ishlar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi bosqich — Monitoring. Xavflarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi xavflar aniqlangan hamda tegishli choralar ko‘rilishi belgilangan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan monitoring qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Nazorat jarayonlarining natijadorligini oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Nazorat jarayonlari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishga salbiy ta’sir etuvchi xavflarni kamaytirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Nazorat jarayonlarini amalga oshirish bo‘yicha tartib-taomillar ushbu konsepsiyadan kelib chiqib, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining tegishli ichki hujjati bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Nazorat jarayonlari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organidagi barcha tarkibiy bo‘linmalarda quyidagilarni ta’minlash orqali amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha funksiyalar va biznes jarayonlarni bajarish bo‘yicha aniq qoidalar va standartlarning belgilanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning funksiyalar va biznes jarayonlarni bajarish bo‘yicha vakolat va majburiyatlarining belgilanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
funksiyalarni bajarishda va biznes jarayonlarida doimiy va tanlanma nazoratning (monitoring) amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
funksiyalarni bajarilishida va biznes jarayonlarida axborot texnologiyalar yordamida nazoratning, xato — kamchiliklar va xavflardan ogohlantirish tizimlarining yo‘lga qo‘yilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Nazorat jarayonining respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organidagi har bir funksiya va biznes jarayoniga integratsiyalashuvi rahbariyat tomonidan ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari hamda nazorat tuzilmalari tomonidan nazorat jarayonlarining o‘tkazilishi monitoring qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda quyidagilar orqali monitoring qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
funksiyalar va biznes jarayonlarni bajarish bo‘yicha tartib-taomillar va standartlarning bajarilishini o‘rganib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimlar, jarayonlar va tashkiliy tuzilmadagi o‘zgarishlarda tarkibiy bo‘linmalardagi nazorat jarayonlarini qayta ko‘rib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xato va kamchiliklar hamda xavflar yuzaga kelganda o‘z vaqtida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat jarayonlaridagi kamchiliklar bo‘yicha xodimlarga ta’sir choralarini qo‘llash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining har bir xodimi nazorat jarayonlarini amalga oshirish bilan bog‘liq vakolat, vazifa va majburiyatlardan xabardor bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Nazorat jarayonlari tarkibiy bo‘linma tomonidan rasmiylashtirilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Axborot va kommunikatsiya tizimini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organida samarali ichki nazorat tizimini yo‘lga qo‘yishda rahbariyat va xodimlarning kerakli axborot va ma’lumotlarni olish, tahlil qilish va manfaatdor tomonlarga taqdim etish imkoniyati ta’minlanishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organida samarali axborot va kommunikatsiya tizimini yo‘lga qo‘yish quyidagilarni nazarda tutadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat tizimini yo‘lga qo‘yishda kerakli axborot va ma’lumotlarni belgilay olish hamda ulardan foydalana olish zarur. Bunda axborot va ma’lumotlar ishonchli, to‘liq va manfaatdor tomonlar uchun undan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot va ma’lumotlarni almashishni ta’minlovchi samarali ichki kommunikatsiya tizimi yo‘lga qo‘yilishi zarur;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi manfaatdor tomonlar bilan axborot va ma’lumotlar almashishda samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi zarur, bunda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi hamda ochiqlik va shaffoflik ta’minlanishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot va ma’lumotlarning samarali almashinuvini ta’minlovchi mexanizmlar ishlab chiqilishi hamda axborot texnologiyalaridan keng, qulay va xavfsiz foydalanilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organida axborot va ma’lumotlar hamda ularning almashinuviga oid talablar normativ-huquqiy hujjatlar hamda ichki hujjatlar bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organida axborot va ma’lumotlar bilan ichki va tashqi ta’minlash hamda samarali kommunikatsiya tizimining yo‘lga qo‘yilishi birinchi rahbar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Ichki nazorat tizimini monitoring qilish hamda hisobdorlikni yanada mustahkamlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organida ichki nazorat tizimi samaradorligi doimiy monitoring qilinadi va davriy baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Tarkibiy bo‘linma tomonidan funksiyalar va biznes jarayonlarini amalga oshirish doimiy monitoring qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Davriy baholash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat koordinatori tomonidan amalga oshiriladigan umumiy monitoring qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit xizmati tomonidan ichki nazorat tizimini baholash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Tarkibiy bo‘linmalar tomonidan ichki nazorat tizimini baholashda funksiyalar va biznes jarayonlarining normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshirilishi hamda nazorat jarayonlarining samaradorligiga e’tibor qaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Ichki nazorat koordinatori monitoring doirasida tarkibiy bo‘linmalarda ichki nazorat tizimini tashkil etishga oid ma’lumotlarni jamlaydi hamda o‘rganish va ma’lumotlarni tahlil qilish orqali ichki nazorat tizimi samaradorligini aniqlaydi va natijasi bo‘yicha ichki nazorat tizimining faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda hisobotni tayyorlashda ichki audit xizmatlarining ichki nazorat tizimi faoliyatini baholash bo‘yicha ma’lumotlaridan foydalanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Ichki audit xizmati ichki nazorat tizimining samarali yo‘lga qo‘yilishini baholaydi va baholash natijalari bo‘yicha rahbariyatga ma’lumot taqdim etib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan ichki nazorat tizimining faoliyati to‘g‘risidagi hisobot Mas’ul organga yilda bir marta — keyingi yilning 25-yanvariga qadar taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Mas’ul organ tomonidan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ichki nazorat tizimining faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlari tahlil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Mas’ul organ tomonidan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimining samaradorligi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Mas’ul organ tomonidan har yili Vazirlar Mahkamasiga respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimining holati va faoliyati to‘g‘risida hisobot taqdim etib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobotda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimining samarali yo‘lga qo‘yilishi hamda yanada takomillashtirilishi bo‘yicha takliflar ham aks etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish mexanizmlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini quyidagi mexanizmlar orqali amalga oshirish lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat tizimini tashkil etishni standartlashtirish maqsadida qonunchilik asoslarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat tizimini tashkil etishni yanada rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Ichki nazorat tizimini tashkil etishni standartlashtirish maqsadida qonunchilik asoslarini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini tashkil etishni standartlashtirish maqsadida qonunchilik asoslarini takomillashtirish quyidagilarni nazarda tutadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat ichki nazorati va ichki auditi to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro standartlar asosida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini joriy etish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma loyihasini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarishni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat tizimini tashqi baholashni amalga oshirish tartibini belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Ichki nazorat tizimini tashkil etishni yanada rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini tashkil etishni yanada rivojlantirish quyidagilarni nazarda tutadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat tizimini muvofiqlashtirish, tegishli ma’lumotlarni jamlash va tahlil qilish hamda manfaatdor tomonlarga ichki nazorat tizimi bo‘yicha hisobot taqdim etishni amalga oshiruvchi ichki nazorat koordinatorini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat tizimini joriy etish bo‘yicha Mas’ul organ boshchiligida idoralararo ishchi guruh shakllantirish hamda ishchi guruh yig‘ilishlarida ichki nazorat tizimiga oid masalalarni muhokama qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi guruh tomonidan tanlangan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ikkitasida yangi ichki nazorat tizimini tajriba-sinov tariqasida joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat tizimini tashkil etish va raqamlashtirishga axborot texnologiyalarini joriy qilish.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-martdagi 100-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2026-y., 09/26/100/0233-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
461. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini tashkil etish va raqamlashtirishga axborot texnologiyalarini joriy qilish quyidagilarni nazarda tutadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazoratga ochiq hujjatlar va ularni yangilab borish natijalarini jamlashni raqamlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat tizimini baholash jarayoniga avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishni jadallashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat tizimining faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni Mas’ul organ tomonidan qabul qilish va tahlil qilishni raqamlashtirish asosida ichki nazorat tizimi holatini masofadan o‘rganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavflarni baholash jarayonlarini avtomatlashtirish orqali xavflar reyestrini shakllantirish hamda undagi o‘zgarishlarni kuzatib borishni raqamlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavflarni kamaytirish bo‘yicha tuzilgan chora-tadbirlarning raqamli shaklini yaratish orqali uning monitoringi samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavflar tasnifi va toifasini raqamlashtirish asosida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tarkibiy bo‘linmalar, funksiyalar va sohalar kesimida xavflar xaritasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
funksiya va jarayonlarning raqamlashtirilgan reyestrini shakllantirish hamda yuritib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xavflarni boshqarish qo‘mitasi tarkibi va faoliyati natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qabul qilish va tahlil etishni raqamlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazoratga oid ma’lumot va hisobotlarning raqamli shakldagi almashinuviga o‘tish, hisobdorlik bo‘yicha mas’uliyat va javobgarlikni oshirish.
(461-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-martdagi 100-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2026-y., 09/26/100/0233-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Ichki nazorat tizimi bo‘yicha xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish bo‘yicha quyidagilar nazarda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarish faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarish yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish, sohaga oid darslik, o‘quv qo‘llanma va materiallar tayyorlashni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat sektorida ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarish bo‘yicha maxsus fanlarni o‘qitishni oliy ta’limdagi tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlash jarayonlariga joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Konsepsiyani amalga oshirish orqali respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida quyidagi natijalarga erishish nazarda tutilmoqda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro andozalarga muvofiq samarali, standartlashgan hamda muvofiqlashtirilgan ichki nazorat tizimi joriy etiladi va uni tahlil qilish orqali baholash imkoni yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsolidatsiyalashgan budjet mablag‘laridan foydalanishda dastlabki va joriy nazoratni kuchaytirish, qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash orqali mablag‘lardan maqsadsiz va samarasiz foydalanish holatlari, shuningdek, moliyaviy xato va kamchiliklarning oldi olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
takrorlanuvchi hamda samarasiz funksiya va vazifalarni aniqlash, ayrim funksiyalarni xususiy sektorga o‘tkazish orqali budjet mablag‘larini tejash va iqtisod qilish hamda ulardan oqilona foydalanish imkoniyati ortadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat tizimining faoliyati uchun mustahkam huquqiy asosni ta’minlash maqsadida ushbu sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinadi va amaliyotga joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarni o‘qitish va ularning malakasini oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi, ichki nazorat tizimi bo‘yicha maxsus fanlarni o‘qitish oliy ta’limdagi tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlash jarayonlariga joriy etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat jarayonlari, ma’lumotlar va hisobotlarning raqamlashtirilishi orqali faoliyat samaradorligi ortadi, inson omili ta’siri kamayadi hamda ma’lumotlarning to‘liqligi va sifati ta’minlanadi.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-martdagi 100-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2026-y., 09/26/100/0233-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-iyuldagi 446-sonli qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025 — 2027-yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish yuzasidan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YO‘L XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Ijro uchun mas’ullar

I. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish

1. Nazorat muhitining yaxlit tizimini shakllantirish

1.

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organida nazorat jarayonlarini samarali tashkil etish.

1. Nazorat jarayonini amalga oshiruvchi xodimlarning o‘z vazifa va majburiyatlarini bajarishi uchun zarur bilim, ko‘nikma va malakalariga egaligini baholash mexanizmlarini joriy etish.

2. Nazorat tuzilmalari (Xavflarni boshqarish qo‘mitasi, Odob-axloq komissiyasi va boshqalar) tarkibiga vazifalarning bevosita ijrochilaridan mustaqil a’zolarning kiritilishini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil noyabr

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

2.

Tashkiliy tuzilmaning yuklatilgan vazifalarga mos shakllantirilishi hamda vakolat va majburiyatlarning samarali taqsimlanishini ta’minlash.

1. Vazifa va funksiyalarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish hamda tashkiliy tuzilmani ularga moslashtirish asosida qayta ko‘rib chiqish.

2. Har bir shtat birligi bo‘yicha lavozim yo‘riqnomalarini to‘liq qayta ko‘rib chiqish hamda unda majburiyat va vakolatlarni aniq belgilash.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil yanvar

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

3. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida rahbariyat va xodimlar o‘rtasidagi ma’lumotlar almashinuvi hamda ichki va tashqi hisobdorlikni belgilash.

Idoraviy hujjat

3.

Faoliyatga salohiyatli mutaxassislarni jalb qilish, rivojlantirish va saqlab qolishga oid jarayonlarni yo‘lga qo‘yish.

1. Xodimlarning kompetensiyasiga (bilim, malaka va ko‘nikmalari) bo‘lgan talablarni belgilash.

2. Xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini uzluksiz oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

3. Zaxira kadrlarni shakllantirish tizimini yo‘lga qo‘yish.

4. Xodimlarning rotatsiyasi hamda doimiy rivojlanishiga oid reja-dasturlarni ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil noyabr

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

4.

Xodimlar faoliyatini baholash, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish tizimlarini yo‘lga qo‘yish.

1. Xodimlar faoliyatining samaradorligini belgilangan tartibda doimiy baholab borish va natijalar asosida rag‘batlantirish choralarini ko‘rish.

2. Mehnat faoliyatini amalga oshirish va mehnatga haq to‘lashda munosib va adolatli shart-sharoitlarni yaratish.

3. Xodimlarga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda ortiqcha yuklamalarning yuzaga kelmasligini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil yanvar

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

2. Xavflarni boshqarishning samarali tizimini joriy etish.

5.

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida xavflarni boshqarish tizimini joriy etish.

1. Tarkibiy bo‘linmalar tomonidan xavflarni aniqlash, baholash va xavflar reyestrini shakllantirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil yanvar

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

2. Xavflarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

3. Xavflarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini monitoring qilish.

2026-yil yanvar oyidan boshlab har chorakda

6.

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida Xavflarni boshqarish qo‘mitalari faoliyatini tashkil etish.

1. Xavflarni boshqarish qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash.

2. Xavflarni boshqarish qo‘mitasi yig‘ilishlarini o‘tkazib borish.

Idoraviy hujjat

2025-yil sentabr

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

3. Xavflarni boshqarish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot tayyorlash va tasdiqlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil sentabr oyidan boshlab har chorakda

3. Nazorat jarayonlarining natijadorligini oshirish

7.

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida nazorat jarayonlarini amalga oshirish tartibini belgilash.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi nazorat jarayonlarini amalga oshirish tartibini belgilash:

xodimlarning nazorat jarayonlarini amalga oshirishi bo‘yicha majburiyat va vakolatlarini belgilash;

funksiyalar va biznes jarayonlarni bajarish jarayonida doimiy va tanlanma nazoratni (monitoring) amalga oshirish;

axborot texnologiyalar yordamida nazoratni, xato-kamchiliklar va xavflardan ogohlantirish tizimlarini yo‘lga qo‘yish;

nazorat jarayonlarini rasmiylashtirish.

Idoraviy hujjat

2026-yil mart

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

8.

Tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari hamda nazorat tuzilmalari tomonidan nazorat jarayonlarining o‘tkazilishini monitoring qilish.

Quyidagilar orqali monitoring qilish:

funksiyalar va biznes jarayonlarni bajarish bo‘yicha belgilangan tartiblarning bajarilishini o‘rganib borish;

tizimlar, jarayonlar va tashkiliy tuzilmadagi o‘zgarishlarda tarkibiy bo‘linmalardagi nazorat jarayonlarini qayta ko‘rib chiqish;

xato va kamchiliklar hamda xavflar yuzaga kelganda, o‘z vaqtida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

nazorat jarayonlaridagi kamchiliklar bo‘yicha xodimlarga ta’sir choralarini qo‘llash.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yildan yanvar oyidan boshlab har chorakda

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

4. Axborot va kommunikatsiya tizimini takomillashtirish

9.

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organida samarali axborot va kommunikatsiya tizimini yo‘lga qo‘yish.

Samarali axborot va kommunikatsiya tizimini yo‘lga qo‘yishni quyidagilar orqali ta’minlash:

axborot va ma’lumotlarni almashishni ta’minlovchi samarali ichki kommunikatsiya tizimini yo‘lga qo‘yish;

tashqi manfaatdor tomonlar bilan axborot va ma’lumotlar almashishda samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash;

axborot va ma’lumotlarning samarali almashinuvini ta’minlovchi mexanizmlar ishlab chiqish, axborot texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil yanvar

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

5. Ichki nazorat tizimini monitoring qilish hamda hisobdorlikni yanada mustahkamlash

10.

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organida ichki nazorat tizimi samaradorligini monitoring qilish tartibini belgilash.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi ichki nazorat tizimi samaradorligini monitoring qilish tartibini belgilash:

ichki nazorat tizimi samaradorligini doimiy monitoring qilish;

ichki nazorat kordinatori tomonidan umumiy monitoring qilish;

ichki audit xizmati tomonidan ichki nazorat tizimini baholash.

Idoraviy hujjat

2026-yil yanvar

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

11.

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi ichki nazorat tizimi samaradorligini monitoring qilish.

1. Tarkibiy bo‘linmalar tomonidan doimiy monitoring qilib borsin.

2. Ichki nazorat kordinatori tomonidan ichki nazorat tizimini umumiy monitoring qilish va ichki nazorat tizimi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash.

3. Ichki audit xizmati tomonidan ichki nazorat tizimining samarali yo‘lga qo‘yilishini baholash va baholash natijalari bo‘yicha rahbariyatga ma’lumot taqdim etib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil yanvar oyidan boshlab har chorakda

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

II. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish mexanizmlari

1. Ichki nazorat tizimini tashkil etishni standartlashtirish maqsadida qonunchilik asoslarini takomillashtirish

12.

“Davlat ichki nazorati va ichki auditi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida xalqaro standartlar asosida ichki nazorat va ichki audit tizimini tashkil etish, asosiy tamoyillar, vazifalar, vakolatlar va majburiyatlar, javobgarlik normalarini belgilash.

Qonun loyihasi

2026-yil mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Hisob palatasi,

respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

13.

Xalqaro standartlar asosida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini tashkil etish tartibini belgilash.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqish:

ichki nazorat tizimini tashkil etishda rahbariyat va xodimlarning vazifa va majburiyatlari;

nazorat muhitini shakllantirish;

xavflarni boshqarish tizimini joriy etish va nazorat jarayonlarini amalga oshirish;

axborot va kommunikatsiya tizimini yo‘lga qo‘yish;

ichki nazorat tizimini monitoring qilish hamda hisobdorlik.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil oktabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Hisob palatasi

14.

Ichki nazorat tizimini tashqi baholash tartibini belgilash.

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimining sifatini baholash tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil fevral

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Hisob palatasi,

respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

2. Ichki nazorat tizimini tashkil etishni yanada rivojlantirish

15.

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat koordinatorini belgilash.

Ichki nazorat tizimini muvofiqlashtirish, tegishli ma’lumotlarni jamlash va tahlil qilish hamda manfaatdor tomonlarga ichki nazorat tizimi bo‘yicha hisobot taqdim etishni amalga oshiruvchi ichki nazorat koordinatorini belgilash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil noyabr

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

16.

Xalqaro standartlar asosida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish.

Ichki nazorat tizimini joriy etish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhni shakllantirish hamda ishchi guruh yig‘ilishlarida ichki nazorat tizimiga oid masalalarni muhokama qilib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil mart oyidan boshlab har chorakda

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

17.

2 ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organini tanlab, yangi ichki nazorat tizimini tajriba-sinov tariqasida joriy etish.

1. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining mas’ul shaxslari va xalqaro ekspertlar bilan birgalikda ishchi guruhni shakllantirish.

2. Tashkilot ichki nazorat tizimining joriy holatini tahlil qilish.

3. Ichki nazoratni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

4. Tajriba-sinov bo‘yicha xulosalarni tayyorlash va kelgusida amalga oshiriladigan ishlarni belgilash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-2027-yillar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

18.

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimining yo‘lga qo‘yilishini baholashdan o‘tkazish.

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimi sifatini baholash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil dekabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

3. Xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish

19.

Ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarish faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.

Iqtisodiyot va moliya vazirligining O‘quv markazida ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarish faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish kurslarini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil yanvar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

20.

Ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarish yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish, sohaga oid monografiya, o‘quv qo‘llanma va materiallar tayyorlashni tashkil etish.

1. Xalqaro ekspertlar, manfaatdor vazirliklar bilan birgalikda ichki nazorat, xavflarni boshqarish va ichki audit yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish.

2. Oliy ta’lim tashkilotlari bilan birgalikda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat, xavflarni boshqarish va ichki audit masalalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish hamda xalqaro va mahalliy ilmiy konferensiyalar tashkil etish.

3. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat, xavflarni boshqarishga oid monografiya, o‘quv qo‘llanma va materiallar tayyorlash.

4. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va oliy ta’lim tashkilotlari bilan birgalikda ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarishga oid maxsus fanlarni o‘qitishni kadrlar tayyorlash jarayoniga joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-iyuldagi 446-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv markazini tashkil etish to‘g‘risida” 2007-yil 20-martdagi 54-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) nomi, 1-band, 5-bandning birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ichki audit milliy malaka sertifikatiga ega bo‘lgan shaxslar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarish faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarini o‘qitish va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “moliya vaziri” so‘zlari “iqtisodiyot va moliya vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7. Markaz Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Darxontepa ko‘chasi 7-uydagi binoga joylashtirilsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ilova nomidagi “Moliya vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 326-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolar ishtirokidagi audit o‘tkaziladigan obyektni aniqlash va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyati samaradorligini jamoatchilik tomonidan baholab borish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 7-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7. Fuqarolar tomonidan kelgusi yil uchun tanlanishi mumkin bo‘lgan nazorat obyektlari ro‘yxati vakolatli tuzilmalar tomonidan har yili 31-dekabr sanasiga qadar joriy yil uchun tasdiqlangan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilari sifatida belgilangan vazirlik va idoralar kesimida shakllantiriladi hamda “Davlat auditi” dasturiga kiritiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 8-bandning oltinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 13-bandning birinchi xatboshisidagi “20-sanasiga qadar” so‘zlari “10-sanasiga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 17-banddagi “5 ish kuni” so‘zlari “3 ish kuni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 21-banddagi “chorakdan keyingi chorak birinchi oyining 20-sanasiga qadar” so‘zlari “chorakning oxirgi o‘n kunligida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bosqichning “Muddatlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“har yili 31-dekabrga qadar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bosqichning “Muddatlar” ustunida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bandda “20-sanasiga qadar” so‘zlari “10-sanasiga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandda “5 ish kuni” so‘zlari “3 ish kuni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bosqichning “Muddatlar” ustunining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nazorat tadbiri o‘tkazilgan chorakning oxirgi o‘n kunligida”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bosqichning “Muddatlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nazorat tadbiri o‘tkazilgan chorakdan keyingi oyning birinchi kunida”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmati to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 1-avgustdagi 416-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) nomi, muqaddimasi, 1-bandning birinchi, ikkinchi va yettinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “vazirlik va idoralar” so‘zlari tegishli kelishikdagi “davlat organlari va tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomi, 1-band, 5 va 7-bandlar, 8-bandning birinchi xatboshisi, 2-bob nomi, 9-bandning ikkinchi xatboshisi, 12-band, 13-bandning beshinchi xatboshisi, 14-band “a” kichik bandining o‘n sakkizinchi xatboshisi, “b” kichik bandining to‘qqizinchi xatboshisi, “v” kichik bandining ikkinchi, beshinchi, oltinchi xatboshilari, “g” kichik bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari, 15-bandning to‘qqizinchi, o‘n ikkinchi, o‘n beshinchi, o‘n oltinchi xatboshilari, 16-bandning beshinchi, oltinchi, o‘n yettinchi xatboshilari, 17 va 18-bandlarda tegishli kelishikdagi “vazirlik va idoralar” so‘zlari tegishli kelishikdagi “davlat organlari va tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari — ichki audit xizmati tashkil etilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat maqsadli jamg‘armalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda boshqa budjet tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit xizmati — davlat organlari va tashkilotlarida ichki audit faoliyatini amalga oshiruvchi hamda boshqa tarkibiy tuzilmalardan mustaqil tarkibiy bo‘linma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit faoliyati — davlat organlari va tashkilotlarida budjet intizomini mustahkamlash, budjet to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi holatlarining oldini olish, budjet tizimi budjetlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalardan foydalanish natijadorligini baholash, ichki nazorat va xavflarni boshqarish tizimlari samaradorligini o‘rganishga qaratilgan mustaqil faoliyat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit obyekti — ichki audit tadbiri amalga oshirilishi nazarda tutilgan davlat organlari va tashkilotlarining tegishincha markaziy apparati va boshqaruv apparati tarkibiy bo‘linmalari, tizim tashkilotlari hamda tasarrufidagi budjet tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit tadbiri — ichki audit obyektlarida ichki audit xizmati maqsadlariga erishishga qaratilgan ichki audit xizmati xodimi tomonidan amalga oshiriladigan jarayon;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat tizimi — davlat organlari va tashkilotlariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda xavflarni kamaytirish, faoliyatning qonunchilikka muvofiqligi, tejamkorligi, samaradorligi, hisobdorligi, ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga qaratilgan rahbariyat va xodimlar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tartiblar, jarayonlar hamda mexanizmlarning kompleks tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavflarni boshqarish — respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida xavflarni aniqlash, baholash, kamaytirish (oldini olish, bartaraf etish) choralarini ko‘rish, xavflar monitoringi va xavflar yuzasidan hisobdorlikni o‘z ichiga oluvchi jarayon”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-band, 9-bandning birinchi xatboshisi, 14-bandning “a” kichik bandi o‘n birinchi xatboshisi, 16-bandning o‘n birinchi xatboshisida tegishli kelishikdagi “vazirlik va idora” so‘zlari tegishli kelishikdagi “davlat organlari va tashkiloti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4. Ichki audit xizmati o‘zi tashkil etilgan davlat organi va tashkilotida ichki audit faoliyatini amalga oshirishga mas’ul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari ichki audit xizmatlari tomonidan ichki audit xizmatlari tashkil etilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat maqsadli jamg‘armalarining bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlarida ichki audit tadbirlari o‘tkazilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ichki audit tadbirlari davlat organi va tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan ichki audit yillik rejasi va Hisob palatasi taqdim etgan xavf tahlillariga asosan majburiy tartibda o‘tkaziladi. Bunda ichki audit yillik rejasiga kiritiladigan ichki audit tadbirlari majburiy tartibda Hisob palatasi bilan kelishiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Hisob palatasi bilan kelishishda ichki audit yillik rejasiga kiritilgan “yuqori” xavf darajasiga ega ichki audit obyektlarining chiqarib tashlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 81-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“81. Vazirlik shaklidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tarkibiga kiruvchi hamda tarkibida tizim va bo‘ysunuvdagi tashkilotlar mavjud bo‘lmagan qo‘mita, agentlik va inspeksiyalarda ichki audit faoliyati vazirlikning ichki audit xizmati tomonidan amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 91 — 94-bandlar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“91. Ichki audit xizmatlarining rahbarini (ichki audit xizmati bir nafar shtatdan iborat bo‘lganda, ushbu shtatda faoliyat yurituvchi xodimni) lavozimidan ozod qilish masalasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishiladi. Bunda davlat organi va tashkiloti tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ichki audit xizmati rahbarini lavozimidan ozod etish haqidagi taqdimnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu taqdimnomada ichki audit xizmati rahbarini lavozimidan ozod etish sabablari hamda ularni tasdiqlovchi hujjatlar (ichki audit xizmati rahbarining arizasi, ichki mehnat tartibi qoidalarini buzganligini ko‘rsatuvchi, ijro intizomi va odob-axloq qoidalariga amal qilmaganlikni tasdiqlovchi ma’lumotlar) ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ichki audit xizmati rahbarini lavozimidan ozod etish yuzasidan ichki audit xizmati rahbari bilan suhbat o‘tkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ichki audit xizmati rahbari bilan o‘tkaziladigan suhbat taqdimnomani ko‘rib chiqish jarayonida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Quyidagilar ichki audit xizmati rahbarini lavozimidan ozod etishni kelishishni rad etish uchun asos bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit xizmati rahbarini lavozimidan ozod etish yuzasidan tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit xizmati rahbarining zimmasiga yuklatilgan vazifa va majburiyatlar doirasidan tashqari vazifalarni bajarmaganligi yoki o‘ziga yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni bajarganligi uchun ta’qib qilinganligi holati aniqlanganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94. Taqdim etilgan hujjatlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan o‘n ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, tegishli davlat organi va tashkilotiga ichki audit xizmati rahbarini lavozimidan ozod etishni kelishish yoki kelishishning rad etilganligi sabablari ko‘rsatilgan xat taqdim etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 101 va 102-bandlar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“101. Ichki audit xizmatlari shtat birliklarining eng kam soni ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari shtat birliklari sonini belgilashning mezonlari va eng kam me’yorlariga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi ichki audit xizmatlari xodimlarini sonini hisoblashda vazirliklarning quyi muassasalarida tashkil etilgan markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tarkibidagi tashkilotlar va ularda ishlovchi moliya-iqtisod xodimlari soni alohida hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tarkibidagi tashkilotlar va ularda ishlovchi moliya-iqtisod xodimlari soni asosida ichki audit xizmatlarining shtat birliklarini hisoblashning me’yorlari va mezonlari mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki audit xizmatlarining shtat birliklarini belgilash davlat organi va tashkilotidagi belgilangan boshqaruv shtat birliklari soni doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102. Davlat organi va tashkilotining markaziy apparatida tashkil etilgan ichki audit xizmati tomonidan ichki audit xizmati mavjud tizim tashkilotida faqat birinchi rahbar topshirig‘i asosida ichki audit tadbirlari o‘tkazilishi hamda tizim tashkiloti faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar olinishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ushbu bandning ikkinchi-to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan holatlar yuzaga kelgan taqdirda, ichki audit xizmati rahbari bu haqda davlat organi va tashkilotining birinchi rahbarini yozma shaklda xabardor qiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 111-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“111. Davlat organi va tashkiloti rahbari ichki audit xizmatiga faoliyatni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi, xususan, masofaviy auditni amalga oshirish uchun zamonaviy rusumdagi kompyuter texnikalari bilan ta’minlash, davlat organi va tashkilotida mavjud barcha axborot tizimlariga onlayn rejimda kirish va undagi ichki audit tadbirini o‘tkazishga oid ma’lumotlarni tahlil qilish huquqini berish hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlarining zarur bo‘lgan axborot dasturlaridan foydalanish choralarini ko‘radi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarish jarayoni samaradorligini o‘rganish, tahlil qilish va baholash.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-band “g” kichik bandining oltinchi xatboshisidagi “vazirliklar va idoralar” so‘zlari “davlat organlari va tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-band quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“d) ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarish jarayoni samaradorligini o‘rganish, tahlil qilish va baholash bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat tizimining samarali yo‘lga qo‘yilishini baholaydi va baholash natijalari hamda takomillashtirish bo‘yicha takliflar yuzasidan rahbariyatga ma’lumot taqdim etib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy bo‘linmalar tomonidan aniqlangan xavflarning belgilangan tartibda baholanishini o‘rganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavflar yuzasidan chora-tadbirlar rejasining ishlab chiqilishi va bajarilishi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavflarni boshqarish jarayoni bilan bog‘liq audit tadbirlarini o‘tkazadi hamda xavflarning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish ishlarini amalga oshiradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi yigirma uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xavflarni boshqarish qo‘mitasiga xavflarni boshqarish jarayonini o‘rganish va tahlil qilish natijalari, xavflarni boshqarish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar, yuzaga kelayotgan kamchiliklar bo‘yicha ma’lumotlar kiritib borish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yigirma uchinchi va yigirma to‘rtinchi xatboshilar tegishlicha yigirma to‘rtinchi va yigirma beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 1 va 2-ilovalar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmati to‘g‘risida namunaviy nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari shtat birliklari sonini belgilashning mezonlari va eng kam me’yorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Davlat organi va tashkiloti bo‘ysunuvidagi yuridik maqomga ega bo‘lgan tashkilotlari soni

Davlat organi va tashkilotining yillik budjeti (budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni hisobga olgan holda)

Jami boshqaruv shtat birliklari soni

Hisoblanadigan koeffitsiyent

Minimal shtat birliklari soni

500 tadan ortiq

5 trln so‘mdan ortiq

1000 tadan ortiq

6,0

18

 

201 — 500

1 — 5 trln so‘m

751 — 1000

5,0

15

 

101 — 200

501 mlrd — 1 trln so‘m

501 — 750

3,0

9

 

51 — 100

201 — 500 mlrd so‘m

201 — 500

2,0

6

 

26 — 50

101 — 200 mlrd so‘m

101 — 200

1,0

3

 

25 tagacha

100 mlrd so‘mgacha

100 tagacha

0,3

1

 

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari eng kam shtat birliklari ushbu jadvalda ko‘rsatilgan koeffitsiyentlarni qo‘shish orqali aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda umumiy yig‘indida hosil bo‘lgan son 0,50 dan (1,75, 2,75 va hokazo) ortiq bo‘lganda ushbu son 1 gacha yaxlitlanadi, agar 0,50 dan past bo‘lsa, hisobga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan, davlat organi va tashkiloti tizimida 100 ta tashkilot mavjud. Davlat organi va tashkilotining yillik budjeti 150 mlrd so‘mni, jami boshqaruv shtat birliklari soni 150 nafarni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda: 2+1+1=4. Ya’ni ushbu davlat organi va tashkilotida ichki audit xizmati uchun belgilanadigan eng kam shtat birliklari soni 4 tani tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining ichki audit xizmatlari shtat birliklarining eng kam soni ushbu jadval hamda ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tarkibidagi tashkilotlar va ularda ishlovchi xodimlar sonidan kelib chiqib hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tarkibidagi tashkilotlar va ularda ishlovchi xodimlar soni ushbu jadvaldagi davlat organi va tashkiloti bo‘ysunuvidagi yuridik maqomga ega bo‘lgan tashkilotlari soni va jami boshqaruv shtat birliklari soniga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmati to‘g‘risida namunaviy nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tarkibidagi tashkilotlar va ularda ishlovchi moliya-iqtisod xodimlari soni asosida ichki audit xizmatlarining shtat birliklarini hisoblashning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ME’YORLARI VA MEZONLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tarkibidagi tashkilotlar soni

Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari shtatlari soni

Har bir ustun bo‘yicha hisoblanadigan koeffitsiyent miqdori

Jami shtat birliklari minimal soni

Markazlash-tirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tarkibidagi tashkilotlar soni

Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari shtatlari soni

Har bir ustun bo‘yicha hisoblanadigan koeffitsiyent miqdori

Jami shtat birliklari minimal soni

150 tadan ortiq

50 tadan ortiq

0,375

0,75

30 tadan ortiq

35 tadan ortiq

0,375

0,75

101 — 150

26 — 50

0,25

0,5

26 — 30

26 — 35

0,25

0,5

51 — 100

16 — 25

0,125

0,25

21 — 25

16 — 25

0,125

0,25

50 tagacha

15 tagacha

0,075

0,15

20 tagacha

15 tagacha

0,075

0,15

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tarkibidagi tashkilotlar va ularda ishlovchi moliya-iqtisod xodimlari soni asosida ichki audit xizmatlarining shtat birliklarini hisoblash Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining tuman (shahar)lardagi tashkilotlarida tashkil etilgan markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tarkibidagi tashkilotlar va ulardagi moliya-iqtisod tuzilmalari shtatlari sonidan kelib chiqib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda umumiy yig‘indida (respublika bo‘yicha jamida) hosil bo‘lgan son 0,50 dan ortiq bo‘lganda ushbu son 1 gacha, 0,25 dan ortiq bo‘lganda ushbu son 0,50 gacha yaxlitlanadi, agar 0,25 dan past bo‘lsa, hisobga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tuman bo‘limida joylashgan markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati tarkibida 60 ta tashkilot mavjud va moliya-iqtisod tuzilmasida 30 nafar shtat mavjud. Bunda: 0,125+0,25=0,375 birlik. Ya’ni ushbu tuman markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatidan kelib chiqib, Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi ichki audit xizmatiga 0,375 shtat birligi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda vazirlik bo‘ysunuvida tashkil etilgan barcha markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tarkibidagi tashkilotlar va moliya-iqtisod tuzilmalari shtatlari sonidan kelib chiqib, shtat birliklari hisoblab chiqiladi hamda ularning yig‘indisi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan me’yorlar va mezonlar asosida hisoblangan shtat birliklari soniga qo‘shiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda vazirliklar va idoralarning ichki audit xizmatlari xodimlari malakasini sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2023-yil 13-fevraldagi 62-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari xodimlari malakasini sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari xodimlari malakasini sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari xodimlari malakasini sertifikatlash tartibi to‘g‘risida nizom”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Inspeksiya) hamda davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmati (keyingi o‘rinlarda — ichki audit xizmati) xodimlari malakasini sertifikatlash va ichki audit milliy malaka sertifikatiga (keyingi o‘rinlarda — sertifikat) ega bo‘lgan shaxslar malakasini oshirish tartibini belgilaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari — ichki audit xizmati tashkil etilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat maqsadli jamg‘armalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda boshqa budjet tashkilotlari”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “vazirliklar va idoralarda” so‘zlari “davlat organlari va tashkilotlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshidagi “sertifikat olgan yildan keyingi yildan” so‘zlari “sertifikat olgan sanadan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Inspeksiya xodimlari lavozimga tayinlangandan so‘ng uch oy ichida sertifikat olishi shart, bunda xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan xodimlarning sertifikat olish talab etilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“37.Talabgor malaka imtihoniga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik pasporti, identifikatsiyalovchi ID-karta) asosida kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lmagan yoki malaka imtihoniga belgilangan vaqtda kelmagan, shuningdek, qatnasha olmagan talabgor malaka imtihoniga kelmagan deb hisoblanadi va navbatdagi malaka imtihonidan o‘tadigan talabgorlar ro‘yxatiga kiritiladi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-bandning birinchi xatboshisidagi “Malaka imtihoni” so‘zlaridan keyin “davlat tilidagi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“40. Malaka imtihonini topshirish jarayonida talabgorlarga quyidagilar taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari, yo‘riqnoma materiallari, test savollari bo‘yicha tayyorlangan ma’lumotlar, axborotnomalar va maxsus adabiyotlardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mobil aloqa va boshqa aloqa vositalaridan (shu jumladan, “aqlli soatlar”dan) foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa talabgorlar bilan muloqot qilish (suhbatlashish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka imtihoni o‘tkazilayotgan xonadan imtihon komissiyasi ruxsatisiz tashqariga chiqish (test sinovi o‘tayotgan xonadan tashqariga chiqqan shaxslar qayta test sinoviga kiritilmaydi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu talablarni buzgan talabgorlar malaka imtihonidan chiqarib yuboriladi va malaka imtihonidan o‘tmagan deb hisoblanadi. Bunda malaka imtihonini topshirish uchun to‘langan yig‘im qaytarilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-bandning uchinchi xatboshisi “zarur texnika vositalari” so‘zlaridan keyin “(kompyuter, ovozli videokamera, internet aloqasi va boshqalar)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 601-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“601. Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin”.;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93-bandning birinchi xatboshisidagi “sertifikat olgan yildan keyingi yildan” so‘zlari “sertifikat olgan sanadan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda malaka oshirish kursi tinglovchilar soni kamida 10 nafardan oshgan taqdirda tashkil etiladi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “vazirliklar va idoralar” so‘zlari “davlat organlari va tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “murojaat qilish huquqiga ega” so‘zlari “murojaat qiladi” so‘zi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96-band “ichki audit xizmati xodimlarining” so‘zlaridan keyin “har ikki yilda bir marta” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“98. O‘quv markazi malaka oshirish kurslarini o‘tagan shaxslar to‘g‘risidagi oylik ma’lumotlarni keyingi oyning 5-sanasiga qadar, yillik ma’lumotlarni keyingi yilning 10-yanvariga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-ilovaning ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari xodimlari malakasini sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ilova”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-ilovaning ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari xodimlari malakasini sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilova”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari xodimlari malakasini sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ilova”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
izohning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatida faoliyat yuritish uchun ichki audit milliy malaka sertifikati 20__ yil “___” _______ da berildi. Sertifikat egasi sertifikat olgan sanadan boshlab belgilangan tartibda malaka oshirish kursini o‘tashi shart”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2023-yil 14-avgustdagi 377-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) nomi, muqaddimasi, 1-band, 2-bandning birinchi xatboshisi, 3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “vazirlik va idoralar” so‘zlari tegishli kelishikdagi “davlat organlari va tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomi, 11-band, 21-bandning uchinchi xatboshisi, 37-band, 4-bob nomi, 39-bandning uchinchi xatboshisidagi tegishli kelishik va sondagi “vazirlik va idoralar” so‘zlari tegishli kelishik va sondagi “davlat organlari va tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Mazkur Nizom davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari (keyingi o‘rinlarda — ichki audit xizmatlari) faoliyatini baholash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda davlat organlari va tashkilotlari deganda ichki audit xizmatlari tashkil etilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat maqsadli jamg‘armalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda boshqa budjet tashkilotlari tushuniladi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-band, 12-bandning ikkinchi xatboshisi, 20, 26, 32 va 33-bandlardagi tegishli kelishikdagi “vazirlik va idora” so‘zlari tegishli kelishikdagi “davlat organi va tashkiloti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshisidagi “vazirlik va idora” so‘zlari “davlat organi va tashkiloti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi xatboshisidagi “vazirlik va idoralarda” so‘zlari “davlat organlari va tashkilotlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“35. Davlat organlari va tashkilotlarida o‘tkazilgan baholash va uning natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-ilovaning belgisi, nomi, 2-bosqichning “Tadbirlar” ustuni va 4-bosqichning “Subyektlar” ustunidagi tegishli kelishikdagi “vazirlik va idoralar” so‘zlari tegishli kelishikdagi “davlat organlari va tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY SAVOLNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Nazorat savollari

Baholash mezoni

Ball

Vazn

1. Ichki audit xizmati faoliyatining belgilangan tartibda tashkil etilishi, mustaqilligi hamda resurslar bilan ta’minlanishi

1.1.

Ichki audit xizmati davlat organi va tashkilotining tegishincha markaziy apparati va boshqaruv apparatida mustaqil tarkibiy tuzilma sifatida tashkil etilganmi?

Ha, mustaqil tarkibiy tuzilma sifatida tashkil etilgan — 2 ball.

Yo‘q, mustaqil tarkibiy tuzilma sifatida tashkil etilmagan — 0 ball.

1.2.

Ichki audit xizmatining davlat organi va tashkilotining birinchi rahbariga bo‘ysunuvi belgilanganmi?

Ha, birinchi rahbarga bo‘ysunuvi belgilangan — 2 ball.

Yo‘q, birinchi rahbarga bo‘ysunuvi belgilanmagan — 0 ball.

1.3.

Ichki audit xizmati xodimlarining mustaqilligi qabul qilingan ichki hujjatlar bilan belgilanganmi?

Ha, mustaqillik ichki hujjatlar bilan belgilangan — 2 ball.

Yo‘q, mustaqillik ichki hujjatlar bilan belgilanmagan — 0 ball.

1.4.

Ichki audit xizmatiga o‘z faoliyatidan tashqari boshqa faoliyatga oid vazifalar yuklanishiga cheklov(lar) ichki audit xizmati to‘g‘risidagi (ichki) nizomda belgilanganmi?

Ha, belgilangan — 2 ball.

Yo‘q, belgilanmagan — 0 ball.

1.5.

Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyatiga aralashuvlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bandlar qabul qilingan ichki hujjatlar bilan belgilanganmi?

Ha, qabul qilingan — 2 ball.

Yo‘q, qabul qilinmagan — 0 ball.

1.6.

Ichki audit xizmati xodimining asosiy faoliyat natijalariga javobgar hisoblanmasligi qabul qilingan ichki hujjatlar bilan belgilanganmi?

Ha, tegishli normalar belgilangan — 2 ball.

Yo‘q, tegishli normalar belgilanmagan — 0 ball.

1.7.

Ichki audit xizmati o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun xodimlar bilan to‘ldirilganmi?

Xodimlar bilan to‘ldirilganlik darajasi 90 foiz va undan yuqori — 2 ball.

Xodimlar bilan to‘ldirilganlik darajasi 80 foizdan (80 foiz ham kiradi) 90 foizgacha — 1 ball.

80 foizdan past — 0 ball.

1.8.

Ichki audit xizmati o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun yetarli moddiy-texnik baza bilan ta’minlanganmi?

Ha, yetarli moddiy-texnik baza bilan ta’minlangan — 2 ball.

Yo‘q, moddiy-texnik baza bilan ta’minlanmagan — 0 ball.

1.9.

Ichki audit xizmati xodimlarining qo‘nimsizligi qanday? (oxirgi 12 oyda)

Ichki audit xizmati xodimlari tarkibi almashmagan — 2 ball.

Ichki audit xizmati xodimlari tarkibi 30 foizgacha almashgan — 1 ball.

Ichki audit xizmati xodimlari tarkibi 30 foizdan yuqori almashgan — 0 ball.

2. Ichki audit xizmati faoliyatiga oid tegishli ichki hujjatlarning qabul qilinishi

2.1.

Davlat organi va tashkilotining ichki audit xizmati to‘g‘risidagi (ichki) nizomi Ichki audit xizmati to‘g‘risidagi namunaviy nizomga muvofiq ishlab chiqilganmi?

Ha, muvofiq ishlab chiqilgan — 2 ball.

Yo‘q, muvofiq ishlab chiqilmagan — 0 ball.

2.2.

Ichki audit xizmati xodimlarining lavozim yo‘riqnomalari mavjudmi (tasdiqlanganmi)?

Ha, ishlab chiqilgan — 2 ball.

Yo‘q, ishlab chiqilmagan — 0 ball.

2.3.

Ichki audit xizmati xodimlarining lavozim yo‘riqnomalari Ichki audit xizmati to‘g‘risidagi namunaviy nizomga muvofiqmi?

Ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizomga to‘liq muvofiq — 2 ball.

Ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizomga muvofiq bo‘lmagan qismlar mavjud — 0 ball.

2.4.

Lavozim yo‘riqnomalarida ichki audit xizmati xodimlarining vazifa va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, javobgarligi ko‘rsatilganmi?

Ko‘rsatilgan — 2 ball.

To‘liq ko‘rsatilmagan — 0 ball.

2.5.

Ichki audit xizmati hisobdorligi ichki hujjatlar bilan belgilanganmi hamda ichki auditga oid qonunchilik hujjatlariga muvofiqmi?

Ha, belgilangan hamda ichki auditga oid qonunchilik hujjatlariga muvofiq — 2 ball.

Yo‘q, ichki auditga oid qonunchilik hujjatlariga muvofiq emas (Ichki audit xizmati hisobdorligi belgilanmagan) — 0 ball.

2.6.

Ichki audit xizmatiga ichki audit tadbirlarida ishtirok etishga yoki ushbu tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaslik holatlari qabul qilingan ichki hujjatlar bilan belgilanganmi?

Ha, qabul qilingan va amal qilinadi — 2 ball.

Qabul qilingan, lekin amal qilinmaydi — 1 ball.

Qabul qilinmagan — 0 ball.

3. Ichki audit yillik rejasining xavf tahlili asosida ishlab chiqilishi

3.1.

Ichki audit yillik rejasi xavf tahlili asosida ishlab chiqilganmi?

Ha, xavf tahlili asosida ishlab chiqilgan — 2 ball.

Ichki audit yillik rejasi ishlab chiqilgan, lekin uni ishlab chiqishda xavf tahlili o‘tkazilmagan — 1 ball.

Yo‘q, yillik reja ishlab chiqilmagan — 0 ball.

3.2.

Xavf tahlilini amalga oshirishda barcha ichki audit obyektlari qamrab olinganmi?

Barcha ichki audit obyektlari qamrab olingan — 2 ball.

Ayrim ichki audit obyektlari qamrab olinmagan — 0 ball.

3.3.

Ichki audit yillik rejasini ishlab chiqishda xavf darajasi yuqori bo‘lgan ichki audit obyektlari to‘liq qamrab olinganmi?

To‘liq qamrab olingan — 2 ball.

Mavjud vaqt va inson resurslari yetarli bo‘lmaganligi sababli to‘liq qamrab olinmagan — 1 ball.

To‘liq qamrab olinmagan (boshqa sabablarga ko‘ra) — 0 ball.

3.4.

Xavf darajasi yuqori bo‘lgan ichki audit obyektlarini to‘liq qamrab olish uchun resurslar yetarlimi (yoki yetarli bo‘lmagan taqdirda, bu to‘g‘risida birinchi rahbar xabardor qilinganmi)?

Ha, resurslar yetarli (yoki resurslar yetarli bo‘lmaganligi to‘g‘risida xabardor qilingan) — 2 ball.

Yo‘q, resurslar yetarli bo‘lmaganligi to‘g‘risida xabardor qilinmagan — 0 ball.

3.5.

Ichki audit yillik rejasini ishlab chiqishda rejadan tashqari ichki audit tadbirlariga ajratiladigan vaqt resurslari jami vaqt resurslarining qancha qismini tashkil qiladi?

20 foizgacha bo‘lgan qismini tashkil qiladi — 2 ball.

20 foizdan ko‘proq qismini tashkil qiladi — 0 ball.

3.6.

Ichki audit yillik rejasi mavjud vaqt resurslarini hisobga olgan holda ishlab chiqilganmi?

Ha, mavjud vaqt resurslarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan — 2 ball.

Yo‘q, mavjud vaqt resurslarini hisobga olmagan holda ishlab chiqilgan — 0 ball.

3.7.

Barcha o‘tkazilgan ichki audit tadbirlari tarkibida rejadan tashqari audit tadbirlari ulushi qancha qismni tashkil etadi?

20 foizdan kam — 2 ball.

20 foizdan ko‘p — 0 ball.

3.8.

Ichki audit xizmatining ichki audit yillik rejasi davlat organi va tashkiloti rahbari tomonidan o‘z vaqtida tasdiqlanadimi?

Ha, o‘z vaqtida tasdiqlanadi — 2 ball.

Tasdiqlanadi, lekin o‘z vaqtida emas — 1 ball.

Yo‘q, o‘z vaqtida tasdiqlanmaydi — 0 ball.

4. Ichki audit tadbirlarining qonunchilikka muvofiq o‘tkazilishi va natijalarining rasmiylashtirilishi (tanlama tartibda o‘rganiladi)

4.1.

Ichki audit tadbirlari uchun belgilangan tartibda dastur ishlab chiqilganmi?

Ha, ishlab chiqilgan — 2 ball.

Yo‘q, ishlab chiqilmagan — 0 ball.

4.2.

Ichki audit tadbirlari natijalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilganmi?

Ha, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan — 2 ball.

Yo‘q, belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan — 0 ball.

4.3.

Ichki audit tadbiri hisobotida taklif va tavsiyalar mavjudmi?

Ha, taklif va tavsiyalar mavjud — 2 ball.

Yo‘q, taklif va tavsiyalar mavjud emas — 0 ball.

4.4.

Ichki audit xizmati faoliyati natijalari yuzasidan hisobot Iqtisodiyot va moliya vazirligiga muntazam ravishda va o‘z vaqtida taqdim etiladimi?

Hisobot belgilangan muddatlarda taqdim etiladi — 2 ball.

Ichki audit xizmati faoliyati to‘g‘risida hisobot taqdim etiladi, lekin belgilangan muddatlarda emas — 1 ball.

Ichki audit xizmati faoliyati to‘g‘risida hisobot taqdim etilmaydi — 0 ball.

4.5.

Ichki audit tadbirlari belgilangan muddatlarda o‘tkazilganmi?

Ha, belgilangan muddatlarda o‘tkazilgan — 2 ball.

Yo‘q, belgilangan muddatlarda o‘tkazilmagan — 0 ball.

4.6.

Ichki audit tadbiri davomida aniqlangan qonunbuzilish holatlarida jinoyat alomati mavjud bo‘lgan taqdirda davlat organi va tashkiloti rahbari yozma ravishda xabardor qilinganmi?

Xabardor qilingan — 2 ball.

Xabardor qilinmagan — 0 ball.

4.7.

Ichki audit tadbirlari natijalari belgilangan muddatlarda “Davlat auditi” dasturiy kompleksiga kiritilganmi?

Ha, belgilangan muddatlarda kiritilgan — 2 ball.

Kiritilgan, lekin belgilangan muddatlarda emas — 1 ball.

Yo‘q, kiritilmagan — 0 ball.

4.8.

Hisob palatasi tomonidan taqdim etilgan xavf-tahlillar bo‘yicha belgilangan muddatlarda audit tadbirlarini o‘tkazish to‘g‘risida tegishli choralar ko‘rilganmi?

Ha, belgilangan muddatlarda choralar ko‘rilgan — 2 ball.

Choralar ko‘rilgan, lekin muddatida emas — 1 ball.

Yo‘q, choralar ko‘rilmagan — 0 ball.

4.9.

Hisob palatasi tomonidan taqdim etilgan xavf-tahlillar bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish natijalari belgilangan muddatlarda “Masofaviy audit” axborot tizimi orqali Hisob palatasiga taqdim etilganmi?

Ha, belgilangan muddatlarda taqdim etilgan — 2 ball.

Taqdim etilgan, lekin muddatida emas — 1 ball.

Yo‘q, taqdim etilmagan — 0 ball.

4.10.

Budjet dasturlarining ijrosi ichki audit xizmati tomonidan belgilangan yo‘nalishlarda baholanganmi?

Ha, belgilangan yo‘nalishlarda baholangan — 2 ball.

Baholangan, lekin belgilangan barcha yo‘nalishlarda emas — 1 ball.

Yo‘q, baholanmagan — 0 ball.

4.11.

Budjet mablag‘lari taqsimlovchilarning budjet dasturlarining ijrosi bo‘yicha hisobotlari ichki audit xizmati tomonidan belgilangan muddatlarda baholanganmi?

Ha, belgilangan muddatlarda baholangan — 2 ball.

Baholangan, lekin muddatida emas — 1 ball.

Yo‘q, baholanmagan — 0 ball.

4.12.

Ichki audit xizmati tomonidan budjet dasturlarining ijrosini baholash natijalari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilganmi?

Ha, taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan — 2 ball.

Yo‘q, taklif va tavsiyalar ishlab chiqilmagan — 0 ball.

4.13.

Ichki audit xizmati faoliyati bo‘yicha davlat organi va tashkiloti rahbariga hisobotlar taqdim etib borilganmi?

Ha, taqdim etib borilgan — 2 ball.

Yo‘q, taqdim etib borilmagan — 0 ball.

4.14.

Ichki audit xizmati faoliyati bo‘yicha har chorakda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida hisobotlar jamoatchilikka e’lon qilib borilganmi?

Ha, e’lon qilib borilgan — 2 ball.

E’lon qilib borilgan, lekin har chorakda emas — 1 ball.

Yo‘q, e’lon qilib borilmagan — 0 ball.

5. Chora-tadbirlar rejasining bajarilishi

5.1.

Ichki audit tadbirida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarning barchasi chora-tadbirlar rejasiga kiritilganmi?

Barcha taklif va tavsiyalar chora-tadbirlar rejasiga kiritilgan — 2 ball.

Ayrim taklif va tavsiyalar chora-tadbirlar rejasiga kiritilmagan — 1 ball.

Taklif va tavsiyalar chora-tadbirlar rejasiga kiritilmagan — 0 ball.

5.2.

Ichki audit obyektlari tomonidan chora-tadbirlar rejasining bajarilish ko‘rsatkichi qanday?

Chora-tadbirlar rejasining bajarilish ko‘rsatkichi 90 foiz va undan yuqori — 2 ball.

Chora-tadbirlar rejasining bajarilish ko‘rsatkichi 80 foizdan (80 foiz ham kiradi) 90 foizgacha — 1 ball.

80 foizdan past — 0 ball.

5.3.

Ichki audit xizmati tomonidan chora-tadbirlar rejasining bajarilishi bo‘yicha monitoring yo‘lga qo‘yilganmi?

Ha, monitoring yo‘lga qo‘yilgan — 2 ball.

Yo‘q, monitoring yo‘lga qo‘yilmagan — 0 ball.

5.4.

Ichki audit tadbiri natijalari yakuniga ko‘ra chora-tadbirlar rejasi belgilangan tartibda tuzilganmi?

Ha, belgilangan tartibda tuzilgan — 2 ball.

Yo‘q, belgilangan tartibdan farq qiladi — 0 ball.

5.5.

Ichki audit xizmati tomonidan qonunchilik hujjatlarining buzilishi holatlarining oldini olish (profilaktika) amalga oshirilganmi?

Ha, profilaktika amalga oshirilgan — 2 ball.

Yo‘q, profilaktika amalga oshirilmagan — 0 ball.

5.6.

Ichki audit xizmati tomonidan axborot texnologiyalaridan foydalangan holda masofaviy audit amalga oshirilganmi?

Ha, amalga oshirilgan — 2 ball.

Yo‘q, amalga oshirilmagan — 0 ball.

5.7.

Ichki audit xizmatining barcha xodimlari masofaviy audit o‘tkazish uchun “O‘zASBO” dasturiy majmuasidan foydalanadimi?

Ha, barchasi foydalanadi — 2 ball.

Ayrim xodimlar foydalanadi — 1 ball.

Yo‘q, foydalanmaydi — 0 ball.

5.8.

Ichki audit xizmati tomonidan yillik ish rejasining bajarilishi ko‘rsatkichi qanday?

90 foiz va undan yuqori — 2 ball.

80 foizdan (80 foiz ham kiradi) 90 foizgacha — 1 ball.

80 foizdan past — 0 ball.

6. Ichki audit xizmati xodimlarining malaka darajasi hamda faoliyati samaradorligining Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida baholanishi

6.1.

Ichki audit xizmati xodimlari malakasini oshirish, shuningdek, ichki audit xizmati xodimlarini kasbiy rivojlantirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilganmi?

Xodimlar salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha choralar ko‘rilgan — 2 ball.

Xodimlar salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha choralar ko‘rilmagan — 0 ball.

6.2.

Ichki audit xizmati xodimlari ichki audit faoliyatiga oid seminar, treninglarda, shu jumladan, xorijiy davlatlarda tashkil etilgan seminar, treninglarda ishtirok etadimi?

Ha, seminar, treninglarda muntazam ravishda ishtirok etadi — 2 ball.

Seminar, treninglarda ishtirok etadi, lekin muntazam emas — 1 ball.

Seminar, treninglarda ishtirok etmaydi — 0 ball.

6.3.

Ichki audit xizmati rahbari va xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash amalga oshirilganmi?

Ha, baholash amalga oshirilgan — 2 ball.

Yo‘q, baholash amalga oshirilmagan — 0 ball.

6.4.

Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholashda eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlaridan to‘liq foydalanilganmi?

Ha, eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlaridan to‘liq foydalanilgan — 2 ball.

Yo‘q, eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlaridan to‘liq foydalanilmagan — 0 ball.

6.5.

Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholashda eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash to‘g‘ri amalga oshirilganmi?

Ha, eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari to‘g‘ri hisoblangan — 2 ball.

Yo‘q, eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari to‘g‘ri hisoblanmagan — 0 ball.

6.6.

Ichki audit xizmatining faoliyati samaradorlik ko‘rsatkichi qanday?

86 foiz va undan yuqori — 2 ball.

71 foizdan (71 foiz ham kiradi) 86 foizgacha — 1 ball.

71 foizdan past — 0 ball.

7. Ichki audit xizmati faoliyatiga oid boshqa savollar

7.1.

Ichki audit faoliyatiga oid murojaatlar ijrosi ko‘rsatkichi qanday?

100 foiz — 2 ball.

90 foizdan (90 foiz ham kiradi) 100 foizgacha — 1 ball.

90 foizdan past — 0 ball.

7.2.

Ichki audit xizmati o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun ichki va tashqi axborot tizimlaridan foydalanish imkoniyati mavjudmi?

Ha, barcha ichki va tashqi axborot tizimlaridan foydalanish imkoniyati mavjud — 2 ball.

Ichki va tashqi axborot tizimlaridan qisman foydalanish imkoniyati mavjud — 1 ball.

Yo‘q, foydalanish imkoniyati mavjud emas — 0 ball.

7.3.

Ichki audit xizmati xodimlarining odob-axloq qoidalariga rioya etilganlik holati?

Odob-axloq qoidalariga rioya etilgan — 2 ball.

Odob-axloq qoidalariga rioya etilmaganlik holatlari mavjud — 0 ball.

7.4.

Ichki audit xizmati tomonidan fuqarolar ishtirokidagi audit tizimi bo‘yicha nazorat obyektlari “Davlat auditi” dasturiy kompleksiga to‘liq kiritilganmi?

To‘liq kiritilgan — 2 ball.

Kiritilgan, lekin to‘liq emas — 1 ball.

Kiritilmagan — 0 ball.

7.5.

Ichki audit xizmati davlat organi va tashkiloti tizimidagi budjet hisobidan moliyalashtirilmaydigan nobudjet muassasa hamda tashkilotlarda moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha o‘tkazilgan audit (nazorat) ishlariga oid hujjatlar monitoringini yuritganmi?

Ha, monitoring yuritilgan — 2 ball.

Yo‘q, monitoring yuritilmagan — 0 ball.

7.6.

Ichki audit xizmatining davlat organi va tashkilotida “Xavflarni boshqarish” qo‘mitasining ishchi organi sifatida faoliyati yo‘lga qo‘yilganmi?

Ha, to‘liq yo‘lga qo‘yilgan — 2 ball.

Qisman yo‘lga qo‘yilgan — 1 ball.

Yo‘q, yo‘lga qo‘yilmagan — 0 ball.

7.7.

Ichki audit xizmati faoliyati bo‘yicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan oldingi baholashda berilgan taklif va tavsiyalar bajarilganmi?

Ha, bajarilgan — 2 ball.

Yo‘q, bajarilmagan (yoki qisman bajarilgan) — 0 ball.

Baholash natijasi (foizda)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namunaviy savolnomaga baholovchi tashkilot tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Bunda nazorat savollariga mezonlar ishlab chiqish hamda ball berish baholash tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namunaviy savolnomadagi ayrim savollar bo‘yicha ichki audit xizmati faoliyatini baholash imkoni bo‘lmagan taqdirda, ya’ni savolda keltirilgan holat va jarayonlar mavjud bo‘lmaganda, baholash ushbu savol inobatga olinmagan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash natijasi

___________ (davlat organi va tashkiloti nomi) ___________ (ichki audit tuzilmasi nomi) tomonidan ichki audit faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlariga muvofiqlik va sifat darajasi “__” foiz ko‘rsatkich bilan ________ (biri tanlanadi: yuqori, o‘rta, past) deb baholandi.

Ma’lumot uchun. Baholash natijasiga ko‘ra ichki audit xizmati faoliyatining sifat darajasi quyidagicha baholanadi:

yuqori — 90 foiz va undan yuqori, o‘rta — 70 foizdan (70 foiz ham kiradi) 90 foizgacha, past — 70 foizdan kam.

____________________________

____________

____________

Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ul xodimi

(imzo)

(kun, oy, yil)

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilova belgisidagi “vazirlik va idoralarning” so‘zlari “davlat organlari va tashkilotlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qo‘shimcha” bo‘limining “b” kichik bandidagi “vazirlik va idora” so‘zlari “davlat organi va tashkiloti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2025-y., 09/25/446/0626-son; 14.03.2026-y., 09/26/100/0233-son)