27.05.2025 yildagi PQ-193-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mebel va yog‘ochsozlik sanoatining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mebel ishlab chiqaruvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hamda eksportni rag‘batlantirish, shuningdek, sohani rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar 2025 — 2028-yillarda mebel va yog‘ochsozlik sanoatini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mebel va yog‘ochsozlik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 30 foizga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) eksport hajmini 100 million AQSH dollariga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) umumiy qiymati 200 million AQSH dollari miqdoridagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) sohada 50 ming nafar aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Imtiyozlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2029-yil 1-yanvarga qadar 1-ilovaga muvofiq mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlar importida bojxona boji 1 foiz stavkada qo‘llanilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi uch oy muddatda mebel sanoatida foydalaniladigan, o‘xshashi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan, shuningdek, olib kirishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan texnologik asbob-uskunalar distribyutorlar tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilarga realizatsiya qilinganda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq bazasini mazkur asbob-uskunalarni sotib olish narxi va realizatsiya qilish narxi o‘rtasidagi ijobiy farqdan kelib chiqib aniqlash tartibini joriy etish yuzasidan Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2025-yil 1-iyuldan boshlab o‘z xonadonida faoliyat yuritadigan yakka tartibdagi tadbirkorlarga mebel mahsulotlarini tayyorlash faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-avgustga qadar yog‘och qirindili hamda yog‘och tolali plitalarning (TIF TN 4410 va 4411 tovar pozitsiyasidagi mahsulotlar, bundan pol, devor va shift qoplamalari mustasno) texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash tartibini soddalashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mahalliy ishlab chiqaruvchilarning o‘z mebel mahsulotlari bilan xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etishida bir korxona uchun amaldagi ijara xarajatlari qoplanadigan maydon hajmini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) mebel mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan muhandis-texnolog, lak va bo‘yoq sepish ustasi, dizayner kabi xorijiy mutaxassislar jalb qilinganda ularning ish haqi bo‘yicha xarajatlarni qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) tayyor mebel mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun xalqaro sertifikatlarni (ISO, CE, BIFMA, OEKO-Tex Standard 100, Greenguard kabi) olish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) 2025-yil 1-iyuldan boshlab 2027-yil 1-iyunga qadar mebel mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha (CRM, ERP, PLM kabi) axborot tizimlarini joriy etish xarajatlarining 50 foizi, biroq 5 ming AQSH dollaridan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ish o‘rinlarini yaratish, saqlab qolish, brend yaratish, logistika, marketing kabi yo‘nalishlarda samaradorlikni oshirishga ko‘maklashish maqsadida mebel va yog‘ochsozlik sanoati tarmog‘idagi tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatish hamda ularni o‘qitish uchun xorijiy mutaxassislarni Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jalb qilsin. Bunda xorijiy mutaxassislarni jalb qilish xizmati bo‘yicha xarid qilish tartib-taomillarini elektron shaklda o‘tkazmasdan amalga oshirishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda Kasbiy ko‘nikmalar markazlarida tadbirkorlik subyektlari talabnomasiga ko‘ra xorijiy va mahalliy mutaxassislarni jalb qilgan holda mebel va yog‘ochsozlik sanoati yo‘nalishida qisqa muddatli malakaviy tayyorlov kurslari (shu jumladan, dual ta’lim asosida) yo‘lga qo‘yiladi. Bunda o‘qitish xarajatlarining 60 foizi Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Savdo-sanoat palatasi hamda “O‘zbekekspertiza” AJ tomonidan 2025-yil 1-iyulga qadar davlat xaridlarida ishtirok etayotgan mebel va yog‘ochsozlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari xatlovdan o‘tkaziladi hamda 2025-yil 15-avgustdan boshlab mebel va yog‘ochsozlik mahsulotlarining mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganligini aniqlash bo‘yicha “O‘zbekekspertiza” AJ tomonidan to‘lov undirilmasdan ekspertizadan o‘tkazish, shu jumladan, mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish amaliyoti joriy etiladi. Bunda “O‘zbekekspertiza” AJning xarajatlari Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 2025-yil 1-avgustdan boshlab mahalliy mebel texnologlari uchun rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi nufuzli tashkilotlarning sohaga tegishli bo‘lgan malaka sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizini Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab berish tartibi joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki, 2025-yil 1-oktabrdan boshlab elektron kooperatsiya portali va davlat xaridlari elektron tizimlari operatorlarining “Milliy do‘kon” sahifalarida faqatgina mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan mebel mahsulotlarini joylashtirish va savdolarda ushbu sertifikatga ega tadbirkorlik subyektlarining ishtirok etishiga ruxsat beriladi. Bunda mazkur tartib korporativ buyurtmachilar tomonidan tijorat maqsadlarida qayta sotish yoki shu maqsadlarda tovarlardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-62-son qaroriga muvofiq ajratilgan mablag‘lar doirasida yoshlarning mebel va yog‘ochsozlik sanoati yo‘nalishidagi loyihalariga 50 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablag‘lar yo‘naltirilsin. Bunda AT “Aloqabank” tomonidan tadbirkorlarni bino va uskunalar bilan ta’minlash uchun yangi moliyaviy mahsulotlar joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Tashkiliy chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mebel va yog‘ochsozlik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xonqa tajribasi asosida 2025-2026-yillarda mebelchilik jadal rivojlantiriladigan tumanlar ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hududlarda mebelchilik markazlarini tashkil etish va ularda loyihalarni joylashtirishni quyidagilarni nazarda tutuvchi Xonqa tajribasi asosida amalga oshirish choralarini ko‘rsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mebel mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan hududlarda, shu jumladan, kichik sanoat zonalarida mebel ishlab chiqaruvchi korxonalarni joylashtirish hamda ishlab chiqarilayotgan mahalliy mebel mahsulotlari uchun tegishli hududning alohida qismida shourumlar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) tadbirkorlik subyektlariga ishlab chiqarish bino-inshootlari uchun arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish, loyiha hujjatlarini kelishish, qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ruxsat olishda ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) ishlab chiqarish bino-inshootlari bevosita tadbirkorlik subyektlari tomonidan jalb qilingan qurilish korxonalari tomonidan barpo etilishi uchun barcha zaruriy sharoitlarni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) ishlab chiqarish bino-inshootlari barpo etilgandan so‘ng bir oy ichida asbob-uskunalar xaridi uchun tijorat banklari tomonidan kredit mablag‘lari ajratilishini ta’minlash. Bunda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan kredit, lizing va mikrokreditlar ajratish uchun resurslar taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasining O‘zbekiston mebel va yog‘ochsozlik sanoati korxonalari uyushmasi bilan birgalikda mebel va yog‘ochsozlik mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan dasturni amalga oshirish yuzasidan taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda O‘zbekiston mebel va yog‘ochsozlik sanoati korxonalari uyushmasiga, shu jumladan, mahalliy mebel va yog‘ochsozlik mahsulotlarini xorijiy bozorlarga olib chiqishga ko‘maklashish, ishlab chiqaruvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun xorijiy dizayner, texnolog va marketolog kabi mutaxassislarni jalb qilish, talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish kabi ustuvor yo‘nalishlardagi vazifalarni amalga oshirish uchun asoslantirilgan hisob-kitoblarga muvofiq Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi hisobidan 5 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Xodjayev ikki oy muddatda mebel ishlab chiqaruvchilarni xom ashyo bilan barqaror ta’minlashning zamonaviy mexanizmlari yuzasidan taklif ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bir oy muddatda mebel va yog‘ochsozlik mahsulotlari bozorida sog‘lom raqobatni ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlariga zarar yetkazilishi xavflarini aniqlash va bartaraf etish, demping holatlariga yo‘l qo‘ymaslikka oid qonunchilik hujjatlari ijrosiga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Qaror ijrosini tashkil etish va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Bosh vazir o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov hamda J.A.Xodjayev ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mazkur qarorning 1-bandida belgilangan 2025 — 2028-yillarga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlarni hududlar kesimida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2025 — 2028-yillarda mebel va yog‘ochsozlik sanoati yo‘nalishlarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini ishga tushirishning yig‘ma parametrlarini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Savdo-sanoat palatasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 27-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-193-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-maydagi PQ-193-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2029-yil 1-yanvarga qadar bojxona boji 1 foiz stavkada qo‘llaniladigan mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

TIF TN kodi

Nomlanishi

1.

3208 90 9109

Sintetik polimerlarga asoslangan, suvsiz muhitda tarqalgan yoki erigan bo‘yoqlar va laklar (shu jumladan emal va laklar)

2.

3208 90 990 0

Kimyoviy modifikatsiyalangan tabiiy polimerlar asosidagi, dispergirlangan yoki suvsiz muhitda eritilgan bo‘yoqlar va laklar (jumladan, emal va polituralar)

3.

3506 91 0000

Tayyor yelim

4.

3814 00 9000

Bo‘yoq va laklarni o‘chirish uchun tayyor eritkich va suyultirgichlar

5.

3920 30 0000

ABS qirralar, polimer stiroldan tayyorlangan, g‘ovaksiz, mustahkamlanmagan, qatlamsiz, tagliksiz va boshqa materiallar bilan o‘xshash usulda biriktirilmagan plitalar, listlar, plyonkalar, tasmalar yoki lentalar

6.

3926 30 0000

Mebel uchun mahkamlaydigan buyumlar va furnitura

7.

4410

Yog‘och qirindili plitalar (bundan sirti qoplangan plitalar mustasno)

8.

4411

Yog‘och tolali plitalar (bundan sirti qoplangan plitalar mustasno)

9.

5407 53 000 0

Mebel uchun tarkibida 85 mas.% yoki undan ortiq poliefir bo‘lgan, teksturalangan, turli rangdagi kompleks iplardan tayyorlangan gazlama

10.

7318 14

7318 15

Qora metalldan ishlab chiqarilgan o‘zi qirqar vintlar, komplektida gayka yoki shayba bo‘lgan yoki bo‘lmagan boshqa vintlar va boltlar

11.

8302 10 0000

8302 20 0000

Qimmatbaho bo‘lmagan metalldan yasalgan mahkamlovchi armatura, furnitura, kronshteynlar, sharnirlar va shunga o‘xshash mebel uchun ishlatiladigan buyumlar

8302 42 0000

Qimmatbaho bo‘lmagan metalldan yasalgan mahkamlagichli mebel g‘ildiragi

12.

8302 60 000 9

Eshiklarni avtomatik yopuvchi qimmatbaho bo‘lmagan metalldan yasalgan qurilmalar

13.

8305 20 000 0

Mebellarni qoplashda ishlatiladigan bloklarda simli skobalar

14.

9403 99 000 1

Metalldan yasalgan mebel qismlari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-maydagi PQ-193-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mebel va yog‘ochsozlik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ faoliyati yo‘nalishlariga mos ravishda mazkur qaror bilan ko‘zda tutilayotgan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralarini amalga oshirish.

“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ faoliyati yo‘nalishlariga mos ravishda Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi qo‘llab-quvvatlash choralari amaliyotga joriy etilishini ta’minlash:

(a) mahalliy ishlab chiqaruvchilarning o‘z mebel mahsulotlari bilan xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etishida bir korxona uchun amaldagi ijara xarajatlari qoplanadigan maydon hajmini oshirish;

(b) mebel mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan muhandis-texnolog, lak va bo‘yoq sepish ustasi, dizayner kabi xorijiy mutaxassislar jalb qilinganda ularning ish haqini qoplash;

(v) tayyor mebel mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun xalqaro sertifikatlarni (ISO, CE, BIFMA, OEKO-Tex Standard 100, Greenguard kabi) olish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash.

2025-yil 1-iyul

Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha

Hukumat komissiyasi (J. Xodjayev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov),

Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

2.

Kasbiy ko‘nikmalar markazlarida xorijiy va mahalliy mutaxassislarni jalb qilgan holda mebel va yog‘ochsozlik sanoati yo‘nalishida qisqa muddatli malakaviy tayyorlov kurslarida (shu jumladan, dual ta’lim asosida) o‘qitishni yo‘lga qo‘yish.

1. Kasbiy ko‘nikmalar markazlarida xorijiy va mahalliy mutaxassislarni jalb qilgan holda qisqa muddatli malakaviy tayyorlov kurslarini (shu jumladan, dual ta’lim asosida) yo‘lga qo‘yish. Bunda bo‘yicha mebel va yog‘ochsozlik sanoati yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tushuntirishlar o‘tkazgan holda ularning talabnomalarini shakllantirish choralarini ko‘rish.

2025-yil 

1-sentabr

Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov),

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov)

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov),

Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov)

2. Qisqa muddatli malakaviy tayyorlov kurslarini tashkil etish.

Reja-grafik asosida

3.

Ish o‘rinlarini yaratish, saqlab qolish, milliy brendni shakllantirish, logistika, marketing va boshqa yo‘nalishlarda samaradorlikni oshirishga ko‘maklashish maqsadida mebel va yog‘ochsozlik korxonalari uchun xorijiy va mahalliy ekspertlarni jalb qilish.

1. Ish o‘rinlarini yaratish, saqlab qolish, milliy brendni shakllantirish, logistika, marketing va boshqa yo‘nalishlarda samaradorlikni oshirishga ko‘maklashish maqsadida mebel va yog‘ochsozlik sanoati yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga markazlashgan holda xizmat ko‘rsatish hamda ularni o‘qitish uchun xorijiy va mahalliy ekspertlarni Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan jalb qilish.

2025-yil
1-sentabr

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov),

Savdo-sanoat palatasi
(D. Vahobov)

2. Amalga oshirilgan ishlar natijalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish.

2026-yil

1-yanvar, 2026-yil 1-iyul

4.

Mebel va yog‘ochsozlik mahsulotlarini mahalliy ishlab chiqarilgan tovar
bo‘yicha
ekspertizadan o‘tkazish, shu jumladan, mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish tartibini joriy etish.

Quyidagilarni ko‘zda tutuvchi choralarni amalga oshirish tartibi yuzasidan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

(a) mebel va yog‘ochsozlik mahsulotlari uchun tadbirkorlik subyektlaridan to‘lov undirmasdan mahalliy ishlab chiqarilgan tovar bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazish, shu jumladan, mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish;

(b) “O‘zbekekspertiza” AJning ushbu xarajatlarini Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab berish.

2025-yil
15-iyul

Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov)

5.

Yog‘och qirindili hamda yog‘och tolali plitalarning (TIF TN 4410 va 4411 tovar pozitsiyasidagi mahsulotlar, bundan pol, devor va shift qoplamalari mustasno) texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash tartibini soddalashtirish.

Yog‘och qirindili hamda yog‘och tolali plitalarning (TIF TN 4410 va 4411 tovar pozitsiyasidagi mahsulotlar, bundan pol, devor va shift qoplamalari mustasno) texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash tartibini soddalashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2025-yil
1-avgust

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (A. Jumanazarov),

Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov)

6.

Mebel va yog‘ochsozlik sanoatini 2035-yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish.

Mebel va yog‘ochsozlik sanoatini 2035-yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil

1-oktabr

Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(X. Mustafayev),  

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov)

7.

2025 — 2028-yillarda mebel va yog‘ochsozlik sanoatini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlarini hududlar kesimida belgilash, shuningdek, sohada amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini ishga tushirishning yig‘ma parametrlarini tasdiqlash.

Quyidagilarni tasdiqlash:

(a) 2025 — 2028-yillarda mebel va yog‘ochsozlik sanoatini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlarini (hududlar kesimida);

(b) 2025 — 2028-yillarda mebel va yog‘ochsozlik sanoati yo‘nalishlarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini ishga tushirishning yig‘ma parametrlari.

2025-yil
1-avgust

Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov,

J. Xodjayev)

8.

Mebel va yog‘ochsozlik mahsulotlari bozorida sog‘lom raqobatni ta’minlash choralarini ko‘rish.

Mebel va yog‘ochsozlik mahsulotlari bozorida sog‘lom raqobatni ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlariga zarar yetkazilishi xavflarini aniqlash va bartaraf etish, demping holatlariga yo‘l qo‘ymaslikka oid qonunchilik hujjatlari ijrosiga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni ko‘rish va natijasi bo‘yicha har yarim yilda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borish.

2025-2026-yillar

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
(L. Kudratov)

9.

Mebel va yog‘ochsozlik bozorini kengaytirish choralarini ko‘rish.

1. Chet eldagi diplomatik va savdo vakolatxonalari orqali xorijiy davlatlar mebel sanoati strategiyalari va bozor hajmini o‘rganish, shuningdek, ularda mahalliy mebel mahsulotlarini sotishda tadbirkorlar duch keladigan tarif va notarif choralar yuzasidan tahliliy ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil
1-avgust

Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov),
Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov)

2. Respublikada tashkil etiladigan mebel va yog‘ochsozlik hamda mebel va dekor ko‘rgazmalariga muntazam ravishda chet eldan xaridorlarni jalb qilish hamda ularning tashrifini tashkil etishga qaratilgan amaliy choralarni ko‘rish.

Doimiy

10.

Mahalliy mebel texnologlari uchun nufuzli xorijiy tashkilotlarning sohaga tegishli bo‘lgan sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizini qoplash tizimini joriy etish.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda mahalliy mebel texnologlari uchun xorijiy nufuzli sertifikat olish tartibini qisman qoplab berilishi tartibining amaliyotga joriy etilishini ta’minlash:

(a) rivojlangan xorijiy mamlakatlarda faoliyat yurituvchi nufuzli tashkilotlarning sohaga tegishli sertifikatlari ro‘yxatini belgilash;

(b) mazkur sertifikatlarni olish xarajatlarining 50 foizini Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab berish.

2025-yil
1-avgust

Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi
(J. Xodjayev),

Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

11.

Mebel va yog‘ochsozlik mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturini amalga oshirish.

1. 2025-2026-yillarda mebel va yog‘ochsozlik mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan, shu jumladan, quyidagi ustuvor yo‘nalishlardagi vazifalarni ko‘zda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash:

(a) mahalliy mebel va yog‘och mahsulotlarini xorijiy bozorlarga olib chiqishga ko‘maklashish;

(b) ishlab chiqaruvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun xorijiy dizayner, texnolog va marketolog kabi mutaxassislarni jalb qilish;

(v) talab yuqori mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish.

2025-yil

1-iyul

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (X. Mustafayev), Savdo-sanoat palatasi
(D. Vahobov),

O‘zbekiston mebel va yog‘ochsozlik sanoati korxonalari uyushmasi

(hamkorlikda)

2. Dasturdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan mazkur qarorning 14-bandida ko‘zda tutilgan mablag‘larni asoslantirilgan hisob-kitoblarga muvofiq ajratib borish.

Dasturda belgilangan muddatlarda

3. Dastur amalga oshirilishi natijadorligi yuzasidan ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka hisobotlar berib borish.

Har chorakda

12.

Milliy mebel mahsulotlarini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish.

Ommaviy axborot vositalarida mazkur qarorga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun-mohiyatini yoritish, mahalliy mebel mahsulotlarini keng targ‘ib qilishni tashkil etish.

Mediareja asosida

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Djurabayev), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-maydagi PQ-193-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xonqa tajribasi asosida 2025-2026-yillarda mebelchilik jadal rivojlantiriladigan tumanlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hudud nomi

Tuman nomi

1.

Jizzax viloyati

Sharof Rashidov tumani

2.

Namangan viloyati

Yangi Namangan tumani

3.

Samarqand viloyati

Pastdarg‘om tumani

4

Toshkent viloyati

O‘rta Chirchiq tumani

5.

Farg‘ona viloyati

Quva tumani

6.

Buvayda tumani

7.

Toshkent shahri

Uchtepa tumani

8.

Yunusobod tumani

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 07/25/193/0478-son)