1-ILOVA
1. G‘.G‘. Mirzayev | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Vasiylik kengashi raisi |
2. Z.B. Maxkamova | — | Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi |
3. K.A. Sharipov | — | oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri |
4. Sh.X. Shermatov | — | raqamli texnologiyalar vaziri |
5. B.O. Saidov | — | tashqi ishlar vaziri |
6. G.S. Ismailova | — | “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori |
7. U.Sh.Xusainov | — | Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori v.b. |
8. O.A. Xasanov | — | Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori |
9. J.Sh. Salixov | — | Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi rektori, Vasiylik kengashi kotibi |
2-ILOVA
| — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi |
| — | Koreya Davlat siyosati va boshqaruvi maktabi prezidenti |
| — | Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish milliy instituti prezidenti |
| — | Koreya Davlat boshqaruvi instituti (KIPA) prezidenti |
| — | Koreya Respublikasining Yonse universiteti Davlat boshqaruvi maktabi professori |
| — | Koreya Davlat boshqaruvi instituti Xalqaro hamkorlik markazi direktori |
| — | Yaponiyaning Siyosiy tadqiqotlar aspirantlik milliy instituti (GRIPS) professori, “Yosh liderlar” ta’lim dasturi rahbari o‘rinbosari |
| — | Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi (RANXiGS) rektori |
| — | Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik akademiyasi rektori |
| — | “Skolkovo” Moskva boshqaruv maktabi rektori |
| — | Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi (RANXiGS) prorektori |
| — | Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori |
| — | Davlat xizmati bo‘yicha Ostona xabi Boshqaruv qo‘mitasi raisi (Qozog‘iston) |
| — | Bavariya Davlat boshqaruvi maktabi prorektori (Germaniya) |
| — | Fransiya Davlat xizmati milliy instituti Xalqaro hamkorlik markazi direktori o‘rinbosari |
| — | Li Kuan Yu Davlat siyosati va boshqaruvi maktabi dekani o‘rinbosari (Singapur) |
| — | Li Kuan Yu Davlat siyosati va boshqaruvi maktabi dotsenti (Singapur) |
| — | Malayziya universiteti Davlat siyosati va boshqaruvi xalqaro instituti ijrochi direktori |
| — | Pittsburg universiteti professori, Menejment va bozorlar markazi direktori (AQSH) |
| — | Sirakuz universiteti Maksvell fuqarolik va jamoatchilik bilan aloqalar maktabi Global ta’lim va hamkorlik markazi direktori (AQSH) |
| — | Samarali davlat boshqaruvi bo‘yicha xalqaro ekspert (Buyuk Britaniya) |
| — | Vulverxempton universiteti (Buyuk Britaniya) eksperti |
3-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Mas’ullar |
I. Akademiya faoliyatini strategik rejalashtirish, o‘quv jarayoni va o‘quv-uslubiy ishlarni tashkil etish hamda professor-o‘qituvchilar salohiyatini rivojlantirish | |||||
1. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) Li Kuan Yu Davlat siyosati va boshqaruvi maktabi (Singapur) bilan hamkorlikda istiqbolli boshqaruv kadrlari uchun muddati 6 oygacha bo‘lgan qo‘shma ta’lim dasturini tashkil etish. Qo‘shma ta’lim dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etgan davlat xizmatchilarini Li Kuan Yu Davlat siyosati va boshqaruvi maktabiga seminar-treninglarda ishtirok etish va amaliy stajirovka o‘tashga yuborish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab | Davlat budjeti mablag‘lari doirasida, “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari, Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar, texnik ko‘mak hamda boshqa tashqi va ichki beg‘araz ko‘mak mablag‘lari | Akademiya, Boshqaruv samaradorligi agentligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Strategik islohotlar agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. | Akademiyaning xorijiy hamkorlari, grantlar ko‘magida yosh professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilarni xorijiy stajirovkaga yuborish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-2026-yillar davomida | Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar, donor tashkilotlar mablag‘lari | Akademiya, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Tashqi ishlar vazirligi, buyurtmachi vazirlik va idoralar |
3. | Akademiyada Singapur davlat xizmati kolleji bilan hamkorlikda davlat xizmatini rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida davlat xizmatchilari salohiyatini oshirishga qaratilgan qo‘shma ta’lim dasturini tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab | “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari, Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar, texnik ko‘mak hamda boshqa tashqi va ichki beg‘araz ko‘mak mablag‘lari | Akademiya, Boshqaruv samaradorligi agentligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Strategik islohotlar agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
4. | Akademiyada davlat organlari rahbarlari uchun boshqaruv sohasida yangi g‘oyalarni shakllantirish, bu boradagi so‘nggi tendensiyalarni muhokama va tahlil etish, istiqbolli imkoniyatlarni prognozlashtirish, sohalararo tajriba almashish hamda aholi bilan ochiq muloqot madaniyatini yuksaltirishga ilmiy-uslubiy ko‘maklashuvchi muloqotlar maydonini yaratish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil avgustdan boshlab | Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari, buyurtmachilar mablag‘lari | Akademiya, Boshqaruv samaradorligi agentligi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar |
5. | Akademiya magistraturasiga xorijiy ta’lim tashkilotlari yoki ilmiy markazlar bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari (jumladan, Double Degree) asosida tinglovchilar qabulini tashkil etish. | Vasiylik kengashi qarori | 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab o‘zaro kelishuvga muvofiq | Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari, buyurtmachilar mablag‘lari | Akademiya, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, nufuzli xorijiy ta’lim tashkilotlari (kelishuv asosida) |
6. | Akademiyaning xalqaro tan olingan akkreditatsiya tashkilotlari va akademik reyting agentliklari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirib borish. Bunda Akademiyaning magistratura dasturlarini bosqichma-bosqich xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish, davlat boshqaruvi sohasidagi nufuzli xalqaro va mintaqaviy ta’lim tashkilotlarining o‘quv dasturlari va modullari hamda ta’lim texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, sohada xalqaro nufuzga ega assotsiatsiyalarga a’zo bo‘lish choralarini ko‘rish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Muntazam ravishda 2025/2026 o‘quv yili yakuniga qadar | Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari, grant mablag‘lari | Akademiya, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
7. | Akademiyaga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlaydigan tashkiliy tuzilmani tasdiqlash hamda unda transformatsiya va strategik rivojlantirish bo‘yicha rektor maslahatchisi lavozimini joriy etish (shartnoma asosida), shuningdek, mazkur lavozimga nufuzli ta’lim, tadqiqot yoki akademik boshqaruv sohasida amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan xorijlik ekspert yoki vatandosh mutaxassisni jalb etish. | Vasiylik kengashi qarori | 2025-yil avgust | Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari, “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari | Akademiya, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi |
8. | Tasdiqlangan davlat buyurtmasi doirasida va to‘lov-kontrakt asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida tahsil oladigan tinglovchilar kontingentini shakllantirish. | Buyurtmalar portfelini shakllantirish | Har yili iyun — avgust oylarida | Talab etilmaydi | Boshqaruv samaradorligi agentligi, Akademiya, davlat organlari va tashkilotlar, buyurtmachi tashkilotlar |
9. | Akademiyaning o‘quv jarayoniga yetakchi xorijiy ta’lim va tadqiqot muassasalari olimlari va ekspertlari hamda davlat organlari va xalqaro tashkilotlarning tajribali mutaxassislarini jalb etish. Bunda xorijlik professor-o‘qituvchilar va ekspertlar mehnatiga haq to‘lashni ular bilan tuziladigan ikki tomonlama shartnomalarga muvofiq amalga oshirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab | “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari, Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari | Akademiya, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Tashqi ishlar vazirligi |
10. | Akademiyaning boshqaruv kadrlari, professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari uchun har yili kamida bir marotaba taniqli xorijiy va mahalliy olimlar, ekspertlarni (shu jumladan, Akademiyaning Xalqaro akademik maslahat kengashi a’zolarini) jalb etgan holda Akademiyada, shuningdek, xorijiy davlatlarda stajirovka o‘tash dasturlarini amalga oshirish. | Vasiylik kengashi qarori | 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab har yili kamida bir marotaba | “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari, Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari | Akademiya, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Tashqi ishlar vazirligi |
11. | Akademiyaga so‘nggi uch yilda ajratilgan budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishini o‘rganish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil iyun-iyul | Talab etilmaydi | Akademiya, Hisob palatasi |
12. | Akademiya xodimlari va professor-o‘qituvchilarining malakasi, bilim va ko‘nikmalarini baholash orqali lavozimiga muvofiqligini aniqlash hamda xodimlar tarkibini qayta shakllantirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil iyul — sentabr | Talab etilmaydi | Akademiya |
II. O‘quv jarayoni, o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish | |||||
13. | Akademiya magistraturasi va hamda oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul qilish va o‘qitish tartibini belgilash. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2025-yil iyul | Talab etilmaydi | Akademiya, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
14. | Akademiya magistraturasi va qayta tayyorlash kurslariga xorijiy davlatlar fuqarolarini qabul qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2025-yil iyul | Talab etilmaydi | Akademiya, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi |
15. | Ilg‘or xorijiy tajriba hamda amaliyotda aprobatsiyadan o‘tgan ta’lim modullarini O‘zbekiston sharoitiga adaptatsiya qilishga alohida e’tibor qaratgan holda quyidagi hujjatlarni xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda ishlab chiqish hamda milliy va xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish: magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari, malaka talablari; Akademiyada ta’lim jarayonini tashkil etish, o‘quv jarayoni grafigi va o‘quv yuklamalari bo‘yicha vaqt me’yorlari, professor-o‘qituvchilar o‘quv yuklamalarini rejalashtirish borasida tashkiliy va normativ-uslubiy hujjatlar. | Vasiylik kengashi qarori | 2025-yil iyul | Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari | Akademiya, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, nufuzli xalqaro va xorijiy ta’lim tashkilotlari (kelishuv asosida) |
16. | Akademiyadagi barcha professor-o‘qituvchilar lavozimlari bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qilish hamda 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab ularni bir yillik mehnat shartnomalari orqali ishga qabul qilishni nazarda tutadigan Akademiyaga professor-o‘qituvchilarni ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va qabul qilish. | Vasiylik kengashi qarori | 2025-yil iyul | Talab etilmaydi | Akademiya, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligi |
17. | Mamlakatda davlat xizmati, siyosati va boshqaruvi fanlari va amaliyotining milliy maktablari ilg‘or an’analarini shakllantirish, bu borada dunyoda tan olingan ilmiy maktablar, olimlar, shu jumladan, ilmiy tajribaga bo‘lgan ega vatandoshlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish. Bunda: Akademiyaning yosh professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlarini maqsadli ravishda xorijiy ilmiy stajirovkalarga yuborish, iqtidorli yoshlarni xorijda magistratura va doktoranturada tayyorlash maqsadida 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan maxsus dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash; Akademiyaga davlat xizmati, siyosati va boshqaruvi fanlarining yetuk olimlarini jalb etish hamda ularga zarur shart-sharoitlar yaratish, jumladan, maqsadli ilmiy grantlar ajratish, xalqaro ilmiy tadbirlar tashkil etish orqali ilmiy laboratoriyalarni shakllantirish. | Vasiylik kengashi qarori | Muntazam ravishda
| Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari, ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar | Akademiya, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
18. | Akademiyada ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘yicha quyidagi nizomlarni Akademiya kengashida tasdiqlash: Ta’lim-tadqiqot va amaliyot maktablarini tashkil etish va boshqarish to‘g‘risida; Magistratura ta’lim dasturi to‘g‘risida; Magistraturada kredit-modul tizimini joriy etish to‘g‘risida; Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va uni himoya qilish tartibi to‘g‘risida; Magistratura va qayta tayyorlash kurslarida amaliyot va stajirovka, shu jumladan, xorijiy stajirovkani tashkil etish to‘g‘risida. | Akademiya kengashi qarori | 2025-yil iyul | Talab etilmaydi | Akademiya, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
19. | Quyidagilarni tartibga soluvchi Akademiyada oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash to‘g‘risida nizomni ishlab chiqish: Akademiyada ilmiy kengashlar tuzish; oliy ta’limdan keyingi ta’limni tayanch doktorantura va doktorantura, mustaqil izlanuvchilik shaklida hamda to‘lov-kontrakt asosida tashkil etish; izlanuvchilar faoliyati samaradorligini monitoring qilish; falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) dissertatsiyalarini tayyorlash va ularni himoya qilish; ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchilik tartibi; ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar berish, oliy ta’lim muassasalari tomonidan berilgan ilmiy unvon va ilmiy darajalarni tan olish; yangi ilmiy ixtisosliklar bo‘yicha Vasiylik kengashi tomonidan mustaqil ravishda ilmiy kengashlar tuzish; Akademiya ilmiy kengashlari tomonidan berilgan ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar bo‘yicha tegishli davlat namunasidagi diplomlarni berish va ro‘yxatga olish. | Akademiya kengashi qarori | 2025-yil iyul | Talab etilmaydi | Akademiya, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
III. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan o‘quv, ilmiy-uslubiy va konsultativ aloqalarni yo‘lga qo‘yish | |||||
20. | Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar buyurtmalariga asosan maqsadli ravishda ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish va ularning natijalarini amaliyotga tatbiq etish, buyurtmachilarga konsultativ xizmatlar ko‘rsatish hamda ular uchun tegishli o‘quv treninglarini tashkil etish. Mazkur tadbirlarga xorijlik olimlar, konsultant va ekspertlarni jalb etish, shuningdek, mahalliy boshqaruv kadrlari va mutaxassislar uchun xorijda amaliy stajirovkalar tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Muntazam ravishda | Buyurtmachilar mablag‘lari, Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari | Akademiya, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Tashqi ishlar vazirligi, buyurtmachi vazirlik va idoralar |
21. | Lavozimga yangi tayinlanadigan davlat xizmatchilari uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimi, liderlik va xalq bilan ochiq muloqot qilish kompetensiyalari, davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi axloq kodeksi kabi mustaqil ta’lim resurslarini yaratish va onlayn platforma orqali muntazam foydalanish imkoniyatini ta’minlash. | Qo‘shma qaror loyihasi | Muntazam ravishda | Davlat xizmatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari, buyurtmachilar mablag‘lari | Akademiya, Boshqaruv samaradorligi agentligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi |
22. | Davlat fuqarolik xizmatining siyosiy, boshqaruv va yordamchi lavozim guruhlari uchun bazaviy kompetensiyalar modelini ishlab chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil fevral | Talab etilmaydi | Boshqaruv samaradorligi agentligi, Akademiya, manfaatdor vazirlik va idoralar |
IV. Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni rivojlantirish | |||||
23. | Akademiyada davlat siyosati va boshqaruvi hamda iqtisodiy rivojlanishning zamonaviy tendensiyalari va istiqbolli tizimlarini o‘rganishga qaratilgan Davlat boshqaruvini tadqiq etish ilmiy-amaliy markazini tashkil etish. Markazga yuqori ilmiy salohiyat, katta amaliy tajribaga ega kadrlar va xorijlik mutaxassislarni hamda ilmiy grantlarni jalb qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil iyul | Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari, ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar | Akademiya, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi |
24. | Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, kadrlar siyosati va davlat xizmatining samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish. | Ilmiy-tadqiqot loyihalari | Muntazam ravishda | Ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar, buyurtmachilar mablag‘lari | Akademiya, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
25. | Xalqaro moliya institutlari va yetakchi tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, Akademiyada amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlar uchun xalqaro grantlar va donor tashkilotlar mablag‘larini jalb qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Muntazam ravishda | Xalqaro grantlar va donor tashkilotlar mablag‘lari | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Akademiya, Tashqi ishlar vazirligi |
26. | “Davlat siyosati va boshqaruvi” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalari beruvchi Ilmiy kengash tarkibini shakllantirish. | Akademiya kengashi qarori | 2025-yil avgust | Talab etilmaydi | Akademiya, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
27. | O‘zbekistonning davlat boshqaruvi va iqtisodiy rivojlanish borasidagi xalqaro reytinglar va indekslarda yuqori ko‘rsatkichlarga erishishini ta’minlashga qaratilgan ilmiy va innovatsion tadqiqotlar olib borish, ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar tashkil etish hamda ularning natijalari bo‘yicha boshqaruv kadrlari uchun maxsus malaka oshirish kurslarini ishlab chiqish va ularni amalga tatbiq etish. Bunda ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, xalqaro ilmiy-amaliy tadbirlar o‘tkazish va malaka oshirish kurslariga sohalar bo‘yicha xorijlik olimlar va ekspertlarni jalb etish. | Ilmiy-tadqiqot loyihalari | 2025-2026-yillar | Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari, ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar | Akademiya, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
28. | Davlat granti asosida tashkil etiladigan ilmiy tadqiqotlarda davlat siyosati va boshqaruvi ixtisosligi bo‘yicha fanlar rivojlanishining global tendensiyalarini ilmiy tahlil qilish hamda mazkur yo‘nalishlarda milliy ilmiy maktab yaratish. Bunda davlat hokimiyatining aholining keng qatlamlari bilan ochiq muloqotini samarali tashkil qilish, davlat-xususiy sheriklik va ijtimoiy hamkorlikning ilg‘or xorijiy tajribasini o‘rganish, ularni ilmiy tadqiq etish va respublikada tatbiq etish. | Ilmiy-tadqiqot loyihalari | Muntazam ravishda | Ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar | Akademiya, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
29. | Akademiyada Davlat boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlashni ilmiy-uslubiy muvofiqlashtirish markazi faoliyatini tashkil etish. Markazga manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan tegishli yo‘nalishlar va mavzular bo‘yicha tadqiqot ishlariga buyurtmalar berish hamda markazni qo‘shimcha moliyalashtirishda ishtirok etish tizimini yo‘lga qo‘yish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil iyul | Ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar, buyurtmachilar mablag‘lari va grantlar, texnik ko‘mak va boshqa tashqi va ichki beg‘araz ko‘mak mablag‘lari | Akademiya, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
30. | Akademiya filiallari hamda hududlardagi davlat xizmatchilari salohiyatini zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llagan holda oshirishga ko‘maklashuvchi Onlayn ta’lim va masofaviy o‘qitish markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil iyul | Akademiyaning budjetdan tashqari va buyurtmachilar mablag‘lari | Akademiya, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
V. Moddiy-texnik bazani rivojlantirish, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish | |||||
31. | “Raqamli akademiya” innovatsion platformasini quyidagilarni inobatga olgan holda takomillashtirish: Akademiyada ta’lim va tadqiqotlar jarayonlarini samarali boshqarish hamda hududiy filiallar bilan aloqalarni tashkil etishda raqamli texnologiyalarni joriy etish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, tuman (shahar) hokimlari va ularning o‘rinbosarlari uchun muntazam ravishda masofaviy ta’lim olish imkoniyatini ta’minlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil davomida | Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar, texnik ko‘mak hamda boshqa tashqi va ichki beg‘araz ko‘mak mablag‘lari | Akademiya, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
32. | Akademiyada: axborot-resurs markazini qayta tashkil etish, kapital ta’mirlash va jihozlash, raqamli texnologiyalarga asoslangan kutubxona-qidiruv dasturi va kompyuter texnikalari bilan ta’minlash, zamonaviy adabiyotlar bilan boyitish; tinglovchilari va tadqiqotchilarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Davlat boshqaruvida raqamli va sun’iy intellekt texnologiyalari ta’lim markazini tashkil etish; bosmaxona va yangi tashkil etilayotgan tegishli ilmiy-uslubiy, tadqiqot markazlari faoliyati uchun zamonaviy texnik jihozlar va dasturlar hamda foto va videouskunalarni xarid qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil davomida | Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Akademiyaning budjetdan tashqari va homiylar mablag‘lari, | Akademiya, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi |
33. | Akademiyaning moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va zamonaviy ta’lim infratuzilmasini yaratish bo‘yicha quyidagilarni amalga oshirish: o‘quv auditoriyalarni zamonaviy videopanellar, videoproyektorlar va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash; tarkibiy tuzilmalarni zamonaviy kompyuter va tashkiliy texnika, mebel jihozlari hamda boshqa zaruriy asbob-uskunalar va anjomlar bilan ta’minlash; axborot-resurs markazining xalqaro ilmiy-texnikaviy ma’lumotlar bazalariga doimiy a’zoligini tashkil etish; bosh anjumanlar zalini kapital ta’mirlash, videokonferensiya aloqa vositalari (LED ekran), sinxron tarjima va ovoz kuchaytirgich uskunalari bilan jihozlash; Akademiya hududida tinglovchilar uchun internet va axborot-resurs bazalaridan doimiy foydalanish imkoniyatini yaratish, 400 Mbit/s dan kam bo‘lmagan tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanish hamda barcha hududlarda bepul “Wi-Fi” zonalarini tashkil etish; ichki axborot telekommunikatsiya infratuzilmasini to‘liq yangilash, axborot xavfsizligi siyosatini joriy etish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-yil yanvar | Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar, texnik ko‘mak hamda boshqa tashqi va ichki beg‘araz ko‘mak mablag‘lari, ijrochilarning tegishli jamg‘armalari mablag‘lari | Akademiya, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
34. | Akademiya mediamarkazi moddiy-texnika bazasini modernizatsiyalash, zamonaviy audio-video va kompyuter hamda tashkiliy texnika, mebel jihozlari hamda boshqa zaruriy asbob-uskunalar va anjomlar bilan ta’minlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr | Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar, texnik ko‘mak hamda boshqa tashqi va ichki beg‘araz ko‘mak mablag‘lari | Akademiya, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
4-ILOVA
5-ILOVA
Nomlanishi | Kvota soni (davlat granti asosida) | |
1. | Davlat fuqarolik xizmatchilari malakasini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli kurslar | 7 000 |
2. | Davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash ta’lim dasturlari | 350 |
jumladan: | ||
2.1. | Akademiyada xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan ta’lim dasturlari | 100 |
3. | Magistratura | 150 |