30.04.2025 yildagi PQ-160-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.09.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish hamda axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda muhandislik, axborot texnologiyalari, sunʼiy intellekt sohalarida ilgʻor texnik yechimlarni ishlab chiqish va joriy etish koʻnikmalariga ega, iqtisodiyot va jamiyatning raqamli transformatsiyasiga koʻmaklasha oladigan, innovatsion mahsulot va xizmatlar yarata oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, bu borada maktab, oliy taʼlim va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning uzviyligi va oʻzaro integratsiyasini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimida muhandislik va IT sohasida kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan davlat oliy taʼlim muassasasi shaklida Al-Xorazmiy universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Universitetning asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) matematika, aerokosmik texnologiyalar, muhandislik, IT va sunʼiy intellekt sohalari uchun zamonaviy bilim va malakaga ega oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) oʻquv-tarbiya jarayonini ilgʻor pedagogik va zamonaviy axborot texnologiyalarini qoʻllagan holda jahonning yetakchi universitetlarida joriy etilgan taʼlim texnologiyalari va usullari asosida tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) talabalarning intellektual qobiliyatini rivojlantirish, bilimini amaliy tajribalar orqali mustahkamlash, oʻquv materiallarini samarali va puxta oʻzlashtirishga xizmat qiladigan har tomonlama qulay taʼlim muhitini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, shuningdek, chet ellardagi nufuzli, tan olingan ilmiy markazlar bilan yaqindan hamkorlik qilish, talabalarni ilmiy va innovatsion faoliyatga keng jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish jarayonlari integratsiyasi asosida yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash hamda ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etishga xizmat qiladigan innovatsion ekotizimni shakllantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Universitetda taʼlim jarayoni 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab tashkil etiladi hamda talabalarni oʻqitish davlat va ingliz tillarida kredit-modul tizimi asosida olib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Universitetda taʼlim jarayoni Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy Xalq Respublikasi, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutining Urganch filiali faoliyati Universitet binosida tashkil etiladi hamda har bir ilmiy xodimga talaba biriktirish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Universitetda taʼlim jarayoni davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Universitet faoliyatini strategik rivojlantirish maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri raisligidagi Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda Kuzatuv kengashi tarkibi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(e) Agentlik Universitetga malakali professor-oʻqituvchilarni, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni jalb qilishga yaqindan koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) talabalarni qabul qilish parametrlari Agentlik bilan kelishgan holda Universitet tomonidan belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) Universitet talabalariga davlat grantini ajratishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-iyundagi PQ-5158-son qarorining 4-bandi tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Universitetga quyidagilarni amalga oshirish vakolati beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Universitetning tuzilmasi va shtatlar jadvalini tasdiqlash, shuningdek, bakalavriat va magistraturada oʻqish tartibini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan tuzilgan kelishuvlar asosida taʼlim yoʻnalishlarini belgilash, oʻquv rejalari va dasturlarini tasdiqlash hamda pedagog xodimlarning mehnatini meʼyorlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Universitetga malakali xodimlarni, shu jumladan, xorijiy mamlakatlardagi yetuk mutaxassislarni jalb etish, mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda Universitet xodimlarining ish haqi va boshqa toʻlovlar miqdorini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) bakalavriat, magistratura va doktoranturaga qabul qilish shartlarini, shuningdek, talabalikka qabul qilishda test sinovlari topshiriladigan fanlar majmuasini va toʻlov-kontrakt miqdorini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) ilmiy va innovatsion faoliyat olib borish, ilm-fan yutuqlarini tijoratlashtirish hamda moliyaviy resurslarni jalb etish uchun tijorat va notijorat tashkilotlar (startap, jamgʻarma, markazlar va boshqalar) tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(e) xorijiy taʼlim va ilmiy tashkilotlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borish hamda oʻz faoliyatiga oid moliyaviy-iqtisodiy va maʼmuriy boshqaruv yuzasidan qarorlar qabul qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, Universitetda Taʼlim — ilm-fan — sanoat integratsiyasi dasturi (keyingi oʻrinlarda — Integratsiya dasturi) yoʻlga qoʻyiladi va uning doirasida quyidagilar amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) quyidagilar Integratsiya dasturining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) iqtisodiyot, moliya va sogʻliqni saqlash sohalarida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) mudofaa va qishloq xoʻjaligi sohalarida uchuvchisiz texnologiyalarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) biznes jarayonlarini va xoʻjalik faoliyatini yurituvchi subyektlar faoliyatini raqamlashtirish, iqtisodiy tarmoqlarda simulyatsion modellashtirish metodlarini qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Integratsiya dasturini amalga oshirish uchun Universitetga sanoat hamkori sifatida Raqamli texnologiyalar vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Mudofaa vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Savdo-sanoat palatasi (keyingi oʻrinlarda — Sanoat hamkorlari) biriktiriladi hamda ular ishtirokida Universitet huzurida sanoat kengashi tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Sanoat hamkorlari Integratsiya dasturi doirasida quyidagilarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Universitetning iqtidorli talabalari uchun Sanoat hamkorlari stipendiyasini taʼsis etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) tegishli sohadagi ilmiy yondashuv talab etadigan masalalar roʻyxatini shakllantirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) ilmiy yondashuv talab etadigan masalalar asosida grant dasturlarini moliyalashtirish hamda zarur hollarda tadqiqot guruhlari faoliyatiga oʻz mutaxassislarini jalb etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Universitetga Xorazm viloyati Urganch shahridagi Al-Xorazmiy majmuasi hududidan kampus qurish uchun zarur yer maydonini doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) bir oy muddatda Universitetni loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq qurish va jihozlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlarning yetishmagan qismi boʻyicha moliyalashtirish manbasini aniqlasin hamda oʻz vaqtida mablagʻ ajratilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) xorijiy loyiha va pudrat kompaniyalarini jalb etgan holda Universitet uchun zamonaviy oʻquv kampusi loyihasi ishlab chiqilishi va xalqaro standartlar asosida qurilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Universitet binosini qurish va jihozlash ishlarini amalga oshirishda Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2025-yil 1-iyulga qadar Universitetni qurish va jihozlash ishlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun buyurtmachi tomonidan taqdim etiladigan hisob-kitoblar asosida 2025-yilgi Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida iqtisod qilingan va oʻzlashtirilmagan mablagʻlar, shuningdek, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan zarur mablagʻlarni ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Urganch filialini qurish va jihozlash ishlarini 2025-yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga, Al-Xorazmiy universitetini qurish va jihozlash ishlarini bosqichma-bosqich 2026 — 2028-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish hamda zarur mablagʻlarni ajratib borish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq Universitet faoliyati yoʻlga qoʻyilgandan boshlab davlat granti asosida qabul qilingan talabalarning oʻqish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Urganch davlat universitetida axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Xorazm viloyati hokimligining 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filialini Urganch davlat universitetiga qoʻshib yuborish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filialida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishini 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab Urganch davlat universitetining mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarida davom ettiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Urganch davlat universiteti Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) hududning, jumladan, iqtisodiyot tarmoqlarining oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan real ehtiyojlariga muvofiq 2025/2026 oʻquv yilidan Urganch davlat universitetida axborot texnologiyalari, muhandislik, ishlab chiqarish sohalarida kadrlar tayyorlash boʻyicha qabul parametrlari oshirib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Urganch davlat universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan obyektlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Urganch davlat universitetini faoliyatini moliyalashtirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Davlat budjeti mablagʻlari, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar, homiylik xayriyalari va grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar sifatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida tasdiqlangan budjet parametrlariga tegishli oʻzgartirish kiritgan holda amalga oshiriladi, 2026-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Urganch filiali (keyingi oʻrinlarda — ixtisoslashtirilgan maktab) Al-Xorazmiy majmuasi hududida tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ixtisoslashtirilgan maktabda oʻquv jarayoni 7 yillik dastur asosida STEM modeli boʻyicha tashkil etiladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) dastlabki 5 yilda ustuvorlik oʻquvchilarda fizika, matematika, informatika va ingliz tili boʻyicha fundamental bilimlarni shakllantirishga, keyingi 2 yilda esa muhandislikka boshlangʻich tayyorgarlikni taʼminlashga qaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) oʻquvchilar tanlovi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining matematika va informatika fanlari boʻyicha qobiliyati bor 4-sinf bitiruvchilari orasidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ixtisoslashtirilgan maktabga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab rahbari, xodimlari va oʻquvchilari uchun belgilangan tashkiliy, akademik va moliyaviy shart-sharoitlar tatbiq etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) ixtisoslashtirilgan maktabni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) ixtisoslashtirilgan maktabni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktorining tavsiyasiga koʻra Agentlik tomonidan tayinlanadigan direktor boshqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ixtisoslashtirilgan maktabning muhandislik taʼlim dasturlari Universitet bakalavriat taʼlim dasturlari bilan oʻzaro integratsiya qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning filiallarining muhandislik taʼlim dasturlarini lozim darajada oʻzlashtirgan bitiruvchilarga oʻz oʻqishini Universitetning tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishida 2-bosqichdan davom ettirish imkoni yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi ixtisoslashtirilgan maktabni yangi bino qurilguniga qadar Xorazm viloyati, Urganch shahri, A. Bahodirxon koʻchasi, 195-uy manzilidagi boʻsh binoga vaqtinchalik joylashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. 2028-yil 1-iyunga qadar Universitet tomonidan belgilangan tartibda shakllantirilgan roʻyxatlar asosida olib kelinadigan, oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan qurilma, dasturiy va texnik vositalar, butlovchi qismlar respublikaga olib kirishda bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.09.2026-y., 06/26/174/0881-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tashqi ishlar vazirligi jalb etiladigan xorijiy oʻqituvchilar va mutaxassislar, ularning oila aʼzolari uchun koʻp martalik kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ichki ishlar vazirligi jalb etiladigan xorijiy oʻqituvchilar va mutaxassislar, ularning oila aʼzolari uchun belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar uzaytirilishini, shuningdek, ularning turgan joylari boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ushbu qaror ijrosi bilan bogʻliq budjet mablagʻlari hisobidan xarajatlarni moliyalashtirish 2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2026-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.U. Umarova, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh.S. Xidoyatov hamda Xorazm viloyati hokimi J.R. Raximov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 30-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-160-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PQ-160-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Urganch davlat universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan obyektlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Obyektning nomi

Manzili

Egallagan maydoni,

(m2)

Kadastr raqami

Balansda saqlovchi

1.

Oʻquv binosi

Urganch shahri, Al-Xorazmiy koʻchasi, 110-uy

6 308,96

22:11:41:02:03:00441

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali

2.

Talabalar turar joyi

Urganch shahri, Al-Xorazmiy koʻchasi, 110-uy

4 160,32

22:11:41:02:03:00440

3.

Yordamchi bino

Urganch shahri, Al-Xorazmiy koʻchasi, 110-uy

76,43

22:11:41:02:03:00439

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 07/25/160/0397-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son; 01.09.2026-y., 06/26/174/0881-son)