23.06.2021 yildagi PQ-5158-son

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun mas’ullar

I. Universitet faoliyatini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari

1.

“Yangi O‘zbekiston” universitetini (keyingi o‘rinlarda — Universitet) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va uning tuzilmasini tasdiqlash.

1. Universitet ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Universitetni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

3. Universitet tuzilmasini shakllantirish va tasdiqlash.

2021-yil iyul

-

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik)

2.

Universitet faoliyatini tashkil etish bo‘yicha nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish.

1. Universitet faoliyatini dastlabki bosqichda tashkil etish bo‘yicha nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarini aniqlash.

2. Aniqlangan oliy ta’lim muassasalari bilan muzokaralar olib borish va ular bilan uzoq muddatli kelishuvga erishish.

2021-yil iyul

-

Agentlik (H. Umarova), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)

3.

Universitetni yuqori kasbiy mahoratga ega bo‘lgan tajribali va malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish.

1. Universitet ehtiyojidan kelib chiqib, xorijiy hamkor tashkilotlar bilan birgalikda professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish.

2021-yil iyul

-

Agentlik (H. Umarova), Universitet, Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)

2. Universitet ta’lim jarayoniga jalb etiladigan xorijiy va mahalliy professor-o‘qituvchilar hamda malakali mutaxassislarni ochiq tanlov asosida saralab olish.

2021-yil avgust

4.

Universitetga talabalarni qabul qilish jarayonini tashkil etish.

1. Universitetning ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari kesimida qabul parametrlarini belgilash.

2021-yil iyul

Agentlik huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari

Universitet, Agentlik (H. Umarova), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov)

2. Qabul qilish shartlari va muddatlarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish.

3. Kirish imtihonlarini o‘tkazish va talabalarni o‘qishga qabul qilish.

2021-yil avgust-sentyabr

5.

Universitetda iqtidorli talabalarning ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat grantini berish tartibini ishlab chiqish.

1. Davlat grantini b?rish tartibini belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2. Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil iyul

-

Agentlik (H. Umarova), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

6.

Universitetni rivojlantirish va xalqaro tan olingan reyting tashkilotlari ro‘yxatiga kiritish strategiyasini ishlab chiqish.

1. Strategiyani ishlab chiqishga xorijiy ekspertlar va hamkor oliy ta’lim muassasalari mutaxassislarini jalb etish.

2021-yil iyul

Agentlik huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari

Agentlik (H. Umarova), Universitet, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov)

2. Universitetni o‘rta muddatda eng yaxshi 1000 ta, uzoq muddatda eng yaxshi 500 ta oliy ta’lim muassasalari qatoriga kiritish strategiyasini ishlab chiqish.

2021-yil noyabr

7.

Universitetni nufuzli xalqaro tashkilotlarda akkreditatsiyadan o‘tkazish.

1. Xalqaro tashkilotlarning akkreditatsiyadan o‘tkazish talablarini o‘rganish.

2023-yil iyun

Agentlik huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari, Universitet mablag‘lari

Universitet, Agentlik (H. Umarova), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)

2. Universitetni xalqaro akkreditatsiya talablari darajas�da tayyorlash.

2026-yil yanvar

3. Universitetni xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish ishlarini tashkil etish.

2027-yil iyun

8.

Universitetning xalqaro reytinglarda ishtirokini tashkil etish.

1. Universitet ishtirok etishi kutilayotgan xalqaro reyting tashkilotlari ro‘yxatini tasdiqlash.

2023-may iyun

Agentlik huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari, Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Agentlik (H. Umarova), Universitet

2. Ro‘yxat bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning reyting o‘tkazish talablarini o‘rganish.

2024-yil avgust

3. Universitetni xalqaro reyting tashkilotlari talablari darajasida tayyorlash.

2027-yil iyul

4. Universitetning xalqaro reyting baholash jarayonida ishtirok etishini tashkil etish.

2029-yil dekabr

9.

Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga ta’lim uzluksizligi va sifatini ta’minlash borasida Universitet tomonidan metodik yordam ko‘rsatish.

1. Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini o‘rganish.

2. Maktablarning o‘quv jarayoni tahlili asosida ularda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga ko‘maklashish.

3. Universitet tomonidan maktablarda mahorat darslarini tashkil qilish.

Doimiy

Agentlik huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari

Agentlik (H. Umarova), Universitet

II. Universitetning o‘quv jarayonini tashkil etish

10.

O‘quv jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan tuzilgan kelishuvlar asosida ta’lim yo‘nalishlarini belgilash, o‘quv rejalari va dasturlarini tasdiqlash.

2. Bakalavriat va magistraturada o‘qish muddatlari va talabalarning o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashish tartibini belgilash.

3. Malakali, jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb etish, ularga mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda ish haqi va boshqa to‘lovlar miqdorini belgilash.

2021-yil avgust

-

Universitet, Agentlik (H. Umarova)

11.

Ta’lim jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or ta’lim texnologiyalari va o‘qitish metodikalarini joriy etish.

1. Xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalarining ilg‘or ta’lim texnologiyalari va o‘qitish metodikalarini o‘rganish va joriy etish choralarini ko‘rish.

2021-yil sentyabr

Agentlik huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari, Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Universitet, Agentlik (H. Umarova), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov)

2. Xorijiy mutaxassislar ishtirokida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish.

Doimiy

12.

O‘quv va ilmiy-tadqiqot jarayonini zamonaviy darslik, o‘quv qo‘llanma va adabiyotlar, shuningdek, ilmiy nashrlar, o‘quv-uslubiy, ilmiy-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash, talabalar uchun ilg‘or elektron ma’lumotlar bazalaridan foydalanishga sharoit yaratish.

1. O‘quv va ilmiy-tadqiqot jarayonini tegishli o‘quv-metodik, ilmiy-metodik qo‘llanmalar va ilmiy nashrlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.

2021-yil sentyabr

Agentlik huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari, Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Agentlik (H. Umarova), Universitet, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)

2. Talabalar ta’lim jarayonida foydalanishi uchun ilg‘or elektron ma’lumotlar bazalariga ulanish.

2021-2022-yillar

3. Talabalar uchun zamonaviy, jumladan raqamli shaklda kutubxona tashkil etish va uni zamonaviy adabiyot va axborot resurslari bilan boyitib borish.

13.

Universitet talabalarining tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlari hamda malaka amaliyotlari davlat organlari, davlat ulushiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida o‘tkazilishini tashkil etish.

1. Kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarining xususiyatidan kelib chiqib, talabalarni tegishli tashkilotlarga biriktirish va shartnomalar tuzish.

2. Shartnoma shartlariga muvofiq amaliy mashg‘ulotlar va malakaviy amaliyotni o‘quv jarayoni jadvali asosida tashkil etish, ushbu jarayonni nazorat qilish uchun Universitet va tashkilotlar vakillarini biriktirish.

Reja jadvalga muvofiq

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, Agentlik huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari

Universitet, Agentlik (H. Umarova), manfaatdor vazirlik va idoralar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari

14.

Universitetda talabalar bo‘sh vaqtining mazmunli o‘tishini tashkil qilish va ularning ijtimoiy hayotini faollashtirish.

1. Talabalar uchun sport to‘garaklari va san’at studiyalarini tashkil qilish.

2021-yil oktyabr

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, Agentlik huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari

Universitet, Agentlik (H. Umarova)

2. Talabalar uchun ekskursiyalar tashkil etish, turli trening va madaniy uchrashuvlar o‘tkazish.

Reja jadvalga muvofiq

15.

2021 — 2024-yillar uchun Universitet ta’lim jarayonini tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash.

1. Fakultetlar sonini 5 taga, yo‘nalishlar sonini 10 taga yetkazish.

2021-yil sentyabr

-

Universitet, Agentlik (H. Umarova)

2. Magistratura bosqichiga qabul kvotasini 50 taga yetkazish.

2022-yil sentyabr

3. Ilmiy unvon va xalqaro sertifikatlarga ega pedagoglar sonini 124 nafarga yetkazish.

2023-yil sentyabr

4. Bakalavr bosqichi talabalari sonini 500 nafarga, doktorantlar sonini 10 nafarga yetkazish.

2024-yil sentyabr

16.

2025 — 2028-yillar uchun Universitet ta’lim jarayonining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash.

1. Fakultetlar sonini 6 taga, yo‘nalishlar sonini 12 taga yetkazish.

2025-yil sentyabr

-

Universitet, Agentlik (H. Umarova)

2. Magistratura bosqichida talabalar sonini 400 nafarga yetkazish.

2027-yil sentyabr

3. Ilmiy unvon va xalqaro sertifikatlarga ega pedagoglar sonini 587 nafarga yetkazish.

2028-yil sentyabr

4. Bakalavr bosqichi talabalari sonini 4700 nafarga, doktorantlar sonini 100 nafarga yetkazish.

2028-yil sentyabr

17.

Xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va talabalarning amaliy ko‘nikmalarini orttirish tizimini joriy etish va takomillashtirish.

1. Xalqaro kompaniyalar va korxonalarda amaliyot o‘tash tizimini joriy etish.

2. Yirik kompaniyalar faoliyatini o‘rganish.

3. Talabalarni ixtisoslik sohasiga amaliyot orqali o‘rgatish tizimini joriy etish.

2022-yil yanvar — may

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, Agentlik huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari

Universitet, Agentlik (H. Umarova)

18.

Agrotexnologiyalar fakultetini tashkil etish.

1. Fakultetni tashkil etishda xalqaro tajribalarni o‘rganish. Bunda, “Gen muhandisligi”, “Atrof-muhit muhandisligi”, “Biotizimlar muhandisligi” va “Agroiqtisodiyot” sohalarini tahlil qilish.

2022 — 2024-yillar

-

Universitet, Agentlik (H. Umarova)

2. Agrotexnologiyalar fakultetiga talabalarni qab?l qilish.

2024/2025 o‘quv yilidan

III. Ilmiy-innovatsion faoliyat va xalqaro hamkorlikni tashkil etish

19.

Universitet professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va talabalarini tegishli sohalarning ilmiy-texnik muammolariga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish.

1. Sohalarning ilmiy-texnik muammolari bazasini shakllantirish va doimiy yangilab borish.

2. Universitet professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va talabalarini tegishli ilmiy-tadqiqot ishlariga biriktirish.

Har o‘quv yilining sentyabr-oktyabr oylari

Agentlik huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari

Universitet, Agentlik (H. Umarova), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)

3. Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini impakt faktori yuqori bo‘lgan xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda chop etish hamda natijalarni amaliyotga joriy etish choralarini ko‘rish.

Doimiy

20.

Bugungi kun talablaridan kelib chiqib, yuqori natijadorlikka erishishga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlarni olib borish orqali Universitetning ilmiy salohiyatini oshirish.

1. Professor-o‘qituvchilarning xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda tizimli ravishda ishtirokini ta’minlash.

2022-yil yanvar oyida� boshlab doimiy

Agentlik huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari

Universitet, Agentlik (H. Umarova), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Universitetning ilmiy salohiyatini oshirish uchun mutaxassislik yo‘nalishlaridan kelib chiqib, falsafa fanlari doktori (RhD) hamda fan doktorlarining (DSs) yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish.

3. Etakchi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va xodimlarini ilmiy-tadqiqot ishlariga faol jalb etish.

2023-yil yanvar oyidan boshlab doimiy

21.

Xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda talabalar almashinuvini va qo‘shma ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish.

1. Etakchi xorijiy universitetlar va ilmiy markazlar bilan qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borishni yo‘lga qo‘yish.

2022-yil noyabr

Universitet mablag‘lari, Agentlik huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari

Universitet, Agentlik (H. Umarova), “El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov)

2. Talabalarning xalqaro ilmiy konferensiyalarda ishtirokini ta’minlash.

2023-yil martdan boshlab doimiy

22.

Innovatsiya va ilmiy faoliyatni olib borish, ilm-fan yutuqlarini tijoratlashtirish hamda moliyaviy resurslarni jalb etish.

1. Innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish yuzasidan ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish.

2. Mamlakatdagi iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarish korxonalari ehtiyojlarini tahlil qilish.

3. Universitet professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va talabalari salohiyatdan foydalanib tijorat hamda notijorat tashkilotlar tuzish.

Doimiy

-

Universitet, Agentlik (H. Umarova), Innovatsion rivojlanishvazirligi (I. Abduraxmonov), manfaatdor vazirlik va idoralar

23.

Universitet ilmiy maktablarini shakllantirish va respublika ilmiy muassasalari bilan hamkorlik qilish.

1. Universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy maktablarini yo‘lga qo‘yish.

2. Ilmiy maktablar faoliyatini ommalashtirish va qo‘lga kiritilgan yutuqlar bo‘yicha xalqaro konferensi??ar tashkil qilish.

3. Mahalliy va xorijiy ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni kuchaytirish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

-

Universitet, Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)

24.

Universitet talabalarini amaliyot o‘tash obyektlariga biriktirish.

1. Tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha amaliyot o‘tash obyektlari bazasini shakllantirish.

2. Davlat organlari va davlat ulushiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, yetakchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari ro‘yxatini tasdiqlash.

Har yili 1-martga qadar

Agentlik huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari, Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Agentlik (H. Umarova), manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. Universitetning moddiy-texnika bazasini kuchaytirish

25.

Universitet binosini barpo etish va uning hududini obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish.

1. Universitet binosini barpo etish uchun yer maydoni ajratish.

2. Universitet uchun bino va inshootlarda qurilish-ta’mirlash ishlarini tayyor holda foydalanishga topshirish sharti bilan bajarish.

3. Talabalar turar joyini qurish va jihozlash ishlarini bajarish.

4. Universitet hududini zamonaviy landshaft dizayni asosida obodonlashtirish.

2022/2023 o‘quv yiliga qadar

Davlat budjeti mablag‘lari, homiylik xayriyalari

Vazirlar Mahkamasi, Agentlik (H. Umarova), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev)

26.

Universitetning o‘quv binolarini zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash.

1. Ta’lim yo‘nalishlarining xususiyatini hisobga olgan holda auditoriyalarni jihozlash uchun zarur vositalar ro‘yxatini shakllantirish.

2021-yil iyul

Davlat budjeti mablag‘lari, homiylik xayriyalari

Universitet, Agentlik (H. Umarova), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

2. Universitetni o‘quv va ilmiy laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, multimedia mahsulotlari, o‘quv va ilmiy-metodik adabiyotlar, qurilish materiallari, inventar va moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlash.

Reja jadvalga muvofiq

27.

Universitet sport kompleksini tashkil etish va uni zamonaviy inventarlar bilan jihozlash.

1. Sport kompleksi uchun zarur inventarlar ro‘yxatini shakllantirish va tasdiqlash.

2. Sport inventarlari bilan doimiy ta’minlash choralarini ko‘rish.

2022-yil sentyabr

Davlat budjeti mablag‘lari, homiylik xayriyalari

Universitet, Agentlik (H. Umarov�), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)