14.09.2017 yildagi PQ-3274-son
Oldingi tahrirga qarang.
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanib borishi mazkur sohada xizmat qilishga qodir kadrlarni tayyorlash masalasini o‘ta dolzarb vazifaga aylantirdi. Xorijiy davlatlarda kommunikatsiya texnologiyalari xalq xo‘jaligining barcha sohalariga joriy etilgani siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy sohalarning rivojiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.

Iqtisodiyot ko‘rsatkichlarining ijobiy o‘sishi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga yangidan-yangi investitsiyalarning kiritilishiga olib keladi. Eng muhim investitsiya esa, kadrlarni tayyorlashga, ularni yoshlik davridan tayyorlab borishga katta e’tibor qaratishdir.

Ulug‘ ajdodimiz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilishi ham aynan ana shu vazifani amalga oshirishdagi ilk qadam bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida oxirgi yillarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jamiyatning barcha sohalari, shu jumladan, davlat boshqaruvi, jamiyat, ta’lim, tibbiyot sohalariga joriy etish hamda davlat xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha yirik islohotlar amalga oshirildi va oshirilmoqda.

Mazkur maktabning tashkil etilishi davrning ana shu da’vatiga javob bera oladigan kadrlarni yoshligidanoq tayyorlab borish, sohada yetuk hamda zamon talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlashga zamin yaratadi.

Maktabni tashkil etishdan asosiy maqsad — ulug‘ ajdodimiz Muhammad al-Xorazmiyning buyuk va bebaho merosini qadrlash, o‘rganish va tadqiq etish, uni yosh avlod ongiga chuqur singdirish, o‘quvchilarga aniq fanlarning yuksak cho‘qqilarini zabt etish, boshlang‘ich sinflardan boshlab o‘quvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi iqtidorini aniqlash va ularni qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar bazasini yaratishdan iboratdir.

Ixtisoslashtirilgan maktabning asosiy vazifalari etib — axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb qilgan holda matemat�ka, fizika, informatika va chet tili fanlarini chuqur o‘zlashtirilishiga erishish, o‘quvchilarni dasturlash asoslari, ma’lumotlar bazasini shakllantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘nikmalarga ega qilish, axborot va media hamda intellektual madaniyatni maktab davridan boshlab shakllantirishdan iboratdir.

Shuningdek, mazkur sohada yuqori mahoratga ega pedagoglarni hamda mutaxassislarni jalb qilgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi maxsus maktabini yaratish, yosh matematiklar, yosh fiziklar, yosh dasturchilar, yosh ixtirochilar jamoalarini tuzish, ularning respublika va xalqaro fan olimpiadalarida muntazam va samarali ishtirokini ta’minlashni tashkil etish ham maktabning asosiy vazifalaridandir.

Maktab oldiga qo‘yilayotgan talablardan biri — ana shu maqsadlarga erishish uchun yuqori malakali, sohasining bilimdoni bo‘lgan o‘qituvchi-pedagoglar bazasini shakllantirish bilan birgalikda, maktabda chet tilini o‘qitishga ham katta e’tibor qaratilganidir.

Maktabda o‘quv jarayoni xalqaro andozalar asosida olib borilishi maqsadida unga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti professor-o‘qituvchilarini ham jalb etish belgilangan.

Mazkur qaror bilan maktabda tahsil oladigan o‘quvchilarga barcha shart-sharoitlarni yaratish bilan birgalikda ularni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirib borish, maktab yoshidagi iqtidorli o‘quvchilarga matematika, fizika, informatika fanlarini integratsiyalashgan holda qamrab olgan ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish, ularning natijalariga ko‘ra beriladigan “Muhammad al-Xorazmiy izdoshlari” nomli mukofot ham ta’sis etildi.

Ixtisoslashtirilgan maktabning tashkil etilishi — respublikada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash, kelajak avlodni buyuk ajdodlarimizga munosib etib tarbiyalash, davr talablariga dadil javob bera oladigan mutaxassislarga bo‘lgan katta ehtiyojni qondirishga xizmat qiladi.