30.01.2025 yildagi PQ-33-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari samarali himoyasini taʼminlashda tizimli islohotlar amalga oshirildi. Ayniqsa, 2017-yilda mamlakatimiz tarixida ilk marotaba maʼmuriy sudlar tashkil qilinganligi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari va mansabdor shaxslarning qonunga xilof qarorlari, harakatlari ustidan sudga shikoyat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlashda muhim qadam boʻldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan davrda maʼmuriy sudlar tomonidan koʻrib chiqilgan 120 mingga yaqin ariza va shikoyatlarning 57 foizi qanoatlantirilib, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining buzilgan huquqlari tiklanganligi ham maʼmuriy sudlarning qonun ustuvorligini taʼminlash hamda shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishda muhim institut sifatida shakllanganligini koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu borada maʼmuriy sudlar zimmasiga shikoyatlarni koʻrib chiqishda “faol ishtirok etish” tamoyili asosida nizoni toʻgʻri hal qilish uchun dalillarni mustaqil yigʻish majburiyati yuklangani, sud qarori ijrosini taʼminlamagan mansabdor shaxslarga jarima qoʻllash vakolati berilgani ham ushbu institut takomillashib borayotganligidan dalolat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, bugungi kunda maʼmuriy sudlar faoliyatiga ilgʻor xorijiy tajribada oʻzini oqlagan institut va tartiblarni keng qoʻllash orqali fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ushbu sudlarning rolini oshirish, shu jumladan, davlat organi hujjatiga ishonib faoliyat yuritgan fuqaro va tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarining himoyasini qoʻshimcha ravishda kuchaytirish zarurati vujudga kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarining samarali hamda ishonchli himoya etilishini taʼminlash va maʼmuriy sud ishlarini yuritishni xalqaro standartlardan kelib chiqib yanada takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy sudlar faoliyatini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ishonchli va samarali himoya etilishini ustuvor ravishda taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklashda sudning faol ishtiroki prinsipini qoʻllash mexanizmlarini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy sud ishlarini yuritishda nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilishda maʼmuriy sudlarning rolini kuchaytirish orqali aholining sud tizimiga boʻlgan ishonchini yanada oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari tomonidan sud qarorlari ijro etilishi ustidan nazoratning taʼsirchan mexanizmlarini toʻliq joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy yustitsiya tizimi rivojlangan davlatlar tajribasi asosida maʼmuriy sudlar faoliyatini takomillashtirib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oliy sud va Adliya vazirligining quyidagi tartiblarni maʼmuriy sudlar faoliyatiga joriy etish haqidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori, harakati (harakatsizlik) ustidan shikoyat qilinayotgan davlat organi mansabdor shaxsi yoki uning vakili sud majlisida majburiy ishtirok etishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy sud ish yurituvida ishlarning tezkor va sifatli koʻrib chiqilishini taʼminlashga hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga oʻz huquqlarini himoya qilish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan dastlabki eshituv institutini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oliy sud Adliya vazirligi va Bosh prokuratura bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat organi mansabdor shaxsi yoki uning vakili maʼmuriy sudning majlisida majburiy ishtirok etishini taʼminlash boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organi qarori yoki uning mansabdor shaxsi harakati (harakatsizlik) ustidan berilgan arizani maʼmuriy sudlarda koʻrishda mansabdor shaxs yoki uning vakili zarur tushuntirishlar berish uchun sud muhokamasida ishtirok etishi shart hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organi mansabdor shaxsi yoki uning vakili ishtirok etishi zarur deb topilgan hollarda maʼmuriy ishni koʻrib chiqish keyinga qoldiriladi, uning ishtiroki ishning har tomonlama, toʻliq va toʻgʻri hal qilinishiga toʻsqinlik qilmagan taqdirda, ish davlat organi mansabdor shaxsi yoki uning vakili ishtirokisiz koʻrib chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organi mansabdor shaxsi yoki uning vakili sud muhokamasiga kelmagan va uning kelmaganligi sud tomonidan uzrli deb topilmagan taqdirda, mansabdor shaxsga nisbatan sud jarimasi qoʻllaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) maʼmuriy sud ish yurituvida dastlabki eshituv institutini joriy etish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy sud ish yurituvida dastlabki eshituv qonunda nazarda tutilgan hollarda oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki eshituvda arizachining talablari va javobgarning eʼtirozlari aniqlashtiriladi, arizadagi kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʻriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talablarni isbotlash uchun arizachiga zarur dalillarni hamda javobgarga fikrni yozma ravishda taqdim etish boʻyicha tushuntirishlar beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizadagi talablar va ishdagi dalillarga sudya tomonidan dastlabki huquqiy baho (talablarni aniqlashtirish, ishga daxldor boʻlmagan taraflarni almashtirish, qoʻshimcha javobgarni jalb qilish va boshqalar) beriladi. Bunda koʻrilayotgan ishning mazmunan hal etilishi boʻyicha yakuniy fikr bildirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki eshituv ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran yigirma kundan kechiktirmay oʻtkaziladi, ushbu muddat sud muhokamasi uchun belgilangan muddatga kiritilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki eshituv natijasiga koʻra arizani qaytarish yoki ish boʻyicha sud muhokamasini tayinlash toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) maʼmuriy sudga nizolarni hal etish jarayonida sudga hurmatsizlik qilinishi va sudning xususiy ajrimi boʻyicha choralar koʻrmaslikka oid huquqbuzarliklar aniqlanganda, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish vakolatini berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oliy sud, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Savdo-sanoat palatasining ishonchning himoya qilinishi prinsipini Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksda alohida belgilash haqidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy sud manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda davlat organi hujjatining qonuniy kuchiga ishonib faoliyat yuritgan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining ishonchini himoya qilish uchun mazkur hujjatning keyinchalik bekor qilinishi ushbu shaxsning oʻz mulkidan mahrum boʻlishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlar olib kelmasligiga oid qoidalarni (bundan qonunda belgilangan hollar mustasno) nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi bilan joriy etilgan tadbirkorlik subyekti soliq qarzdorligini tan olgan taqdirda, ushbu qarzdorlikni soliq organining qaroriga asosan tadbirkorlik subyektining mulki hisobidan qoplashni nazarda tutuvchi tartib samarali ishlayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy sud, Soliq qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasining tadbirkorlik subyektlarining vaqt va mablagʻ bilan bogʻliq ortiqcha xarajatlarini qisqartirish maqsadida 2025-yil 1-maydan boshlab tadbirkorlik subyekti tomonidan tan olingan soliqqa oid huquqbuzarliklar boʻyicha soliq organi tomonidan ushbu tadbirkorlik subyektining banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, tadbirkorlik subyekti soliqqa oid huquqbuzarlikni tan olmagan hamda soliq organi tomonidan oʻzining banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalar toʻxtatib qoʻyilishiga eʼtiroz bildirgan taqdirda, ushbu masala amaldagi tartibga muvofiq soliq organi arizasiga asosan sud tomonidan hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasi 2025-yil 1-iyunga qadar nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari tan olgan huquqbuzarliklar boʻyicha moliyaviy jarimalarni qoʻllashni (bundan soliqqa oid huquqbuzarliklar boʻyicha jarima qoʻllash mustasno) nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda moliyaviy jarimani qoʻllash jarayonida tadbirkorlik subyekti vakili ishtiroki taʼminlanishi, jarima qoʻllash boʻyicha qaror ustidan shikoyat berilganda, uning ijrosi toʻxtatilishi, shuningdek, noqonuniy va asossiz qaror boʻyicha jarima undirilgan boʻlsa, undirilgan summadan har bir kalendar kun uchun tegishli budjetdan Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz toʻlanishi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha idoralararo komissiya (keyingi oʻrinlarda — Idoralararo komissiya) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Idoralararo komissiya (B.D. Islamov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch hafta muddatda maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha ish rejasini hamda vazifalar taqsimotini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda yangi tahrirdagi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeks loyihasini tayyorlash jarayoniga xalqaro tashkilotlarning ekspertlari va mutaxassislarini jalb etish masalasi koʻrib chiqilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 1-iyulga qadar yangi tahrirdagi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeks loyihasini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy hamjamiyat, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari hamda xorijiy ekspertlar oʻrtasida yangi tahrirdagi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeks loyihasi keng muhokama qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Idoralararo komissiyaning murojaatiga koʻra Tashqi ishlar vazirligi xorijiy mamlakatlarga safarlarni tashkil etish, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning davlat organlari va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuv va muzokaralarni oʻtkazishda har tomonlama koʻmaklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sudyalar oliy kengashiga 2025-yil 1-martdan boshlab sudya, prokuror, advokatlar va davlat organlari vakillari uchun mazkur qaror bilan kiritilayotgan yangi institutlarning mazmun-mohiyatini va ularni amaliyotda qoʻllash tartibini oʻrgatish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil qilish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul etib Oliy sud raisi B.D. Islamov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 30-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-33-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-33-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KONSEPSIYASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakat taraqqiyotining bugungi bosqichida keng koʻlamli islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi va “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining maqsadlariga erishish davlat organlari bilan munosabatlarda qonun ustuvorligini, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarining ishonchli himoya qilinishini, davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini oʻrnatishni talab qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida har kimga oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda ilk marotaba 2017-yil 1-iyundan eʼtiboran davlat organlari va mansabdor shaxslarning gʻayriqonuniy harakatlari ustidan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining sudga shikoyat qilish huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarini amalga oshirishni taʼminlashga xizmat qiladigan maʼmuriy sudlar tashkil qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy sudlarning vazifasi maʼmuriy organlar bilan munosabatlarda qonun ustuvorligini taʼminlash bilan birga fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan qisqa davrda maʼmuriy sudlarning faoliyati oʻz samarasini bera boshladi. 2017 — 2024-yillarda maʼmuriy sudlar tomonidan 120 mingga yaqin ariza (shikoyat) koʻrib chiqilib, ularning 57 foizi qanoatlantirilgan holda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining buzilgan huquqlari tiklangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilda qabul qilingan Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeks fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashda muhim rol oʻynadi hamda mamlakatda maʼmuriy yustitsiyani rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy zamin yaratishga imkon berdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirishning asosiy maqsadlaridan biri maʼmuriy sudlarda mansabdor shaxslarning qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish orqali sud nazoratini qoʻllash sohasini kengaytirish hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-yanvardagi PF-11-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2023 — 2026-yillarga moʻljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasini amalga oshirish boʻyicha harakatlar dasturida huquqni qoʻllash amaliyotini tanqidiy tahlil qilish asosida hamda ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda maʼmuriy sud ish yurituvini takomillashtirish choralarini koʻrish belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida ham davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini oʻrnatish hamda maʼmuriy adliya tizimini yanada rivojlantirishga oid vazifalar belgilandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tahlil Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksni quyidagi yoʻnalishlarda takomillashtirish zarurati mavjudligini koʻrsatmoqda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, maʼmuriy sud ish yurituviga xalqaro standartlarga va ilgʻor xorijiy tajribaga muvofiq ommaviy-huquqiy munosabatlar sohasida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini taʼminlash boʻyicha oʻzini oqlagan yangi institut va tartiblarni implementatsiya qilish boʻyicha ishlarni davom ettirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, ommaviy-huquqiy munosabatlarning mazmun-mohiyatini aks ettiruvchi maʼmuriy sud ishlarini yuritish prinsiplarini toʻlaqonli joriy etish, shu jumladan, sudning faol ishtiroki prinsipini qoʻllash doirasini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, maʼmuriy sud ish yurituviga daʼvo institutini kiritish orqali maʼmuriy organlar ustidan beriladigan daʼvo turlarini aniq belgilash, har bir daʼvo turi boʻyicha ish yuritishning oʻziga xos protsessual qoidalarini nazarda tutish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchidan, maʼmuriy sud ishlarini yuritishda nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini yanada kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchidan, davlat organlari tomonidan sud qarorlari ijro etilishi ustidan nazoratning taʼsirchan mexanizmlarini takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rivojlangan mamlakatlarda aynan maʼmuriy sudlar fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari ijro organlari tomonidan buzilishining oldini olishda, ularni gʻayriqonuniy qarorlar, harakatlar (harakatsizlik)dan himoya qilishda muhim oʻrin egallaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarining samarali himoya etilishini taʼminlash hamda maʼmuriy sud ishlarini yuritishni takomillashtirish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida koʻrsatilgan maqsad va vazifalarga erishish, shuningdek, davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarining samarali himoya etilishini taʼminlash hamda maʼmuriy sud ishlarini yuritishni xalqaro standartlardan kelib chiqqan holda takomillashtirish maqsadida quyidagi asosiy yoʻnalishlarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maʼmuriy sud ishlarini yuritishda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼmuriy sud ishlarini yuritishda manfaatdor shaxs tushunchasining huquqiy taʼrifini aniqlashtirish, shaxsning manfaatdorligi masalasini arizani sudga qabul qilish jarayonida hal etish tartibini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maʼmuriy sudga murojaat etish muddatlarini maʼmuriy daʼvo turlaridan kelib chiqib qayta koʻrib chiqish, ayrim turdagi nizolar (masalan, haqiqiy emas deb topish haqidagi talab) boʻyicha sudga murojaat qilishning maxsus muddatlarini belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Maʼmuriy sudlarga jamoaviy arizalar (class action) berish tartibi va asoslarini belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida ariza berishga vakolatli boʻlgan davlat organlari va boshqa shaxslar doirasini kengaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ommaviy-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlariga daxldorligi nuqtai nazaridan maʼmuriy sud ishlarini yuritishda jalb qilinishi lozim boʻlgan uchinchi shaxslar doirasiga aniqlik kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga boʻlgan huquqdan kelib chiqib, maʼmuriy sud ishlarini yuritishda manfaatdor shaxslar doirasini belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Arizani qabul qilishni rad qilish, koʻrmasdan qoldirish, qaytarish asoslarini takomillashtirish (nizoni sudgacha hal qilish tartibiga amal qilmaslik, manfaatdor shaxs boʻlmagan shaxs tomonidan ariza berilishi va boshqalar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Dastlabki himoya choralarini qoʻllash tartibi va asoslarini takomillashtirish, bunda dastlabki himoya choralarini qoʻllash oqibatida yetkazilgan zararni qoplash tartibini, dastlabki himoya chorasini hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan keyin bekor qilish tartibini, dastlabki himoya chorasini qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlarni belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Maʼmuriy sudlarga nizo predmetiga doir qoʻshimcha talablar bilan murojaat qilish imkoniyatini yaratish (dastlabki arizaga qoʻshimcha talab bildirilganda ularni birgalikda koʻrib chiqish tartibini joriy etish).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bilan bir qatorda unga sababiy bogʻlanishda boʻlgan zararning oʻrnini qoplash haqidagi talabning maʼmuriy sud tomonidan koʻrilishiga oid normalarni rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining maʼmuriy hujjatga boʻlgan ishonchini himoya qilish prinsipini qoʻllash mexanizmlarini takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Maʼmuriy organning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining, ular mansabdor shaxslarining qarorini haqiqiy emas, harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish haqidagi ishlar yuzasidan sud tomonidan tekshirilishi lozim boʻlgan asoslarni belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Maʼmuriy sud ishlarini yuritishda prokuror ishtirokiga oid normalarni xalqaro standartlardan kelib chiqib takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Arizani ish yuritishga qabul qilish, ishlarni koʻrib chiqishga oid oqilona protsessual muddatlarni, ularni tiklashning aniq chegaralarini belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Sud xarajatlari turlarini aniqlashtirish va takomillashtirish (huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar, ekspertiza oʻtkazish boʻyicha xarajatlarni oldindan toʻlash tartibini joriy etish).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ish yuritishni tugatish asoslari, tartibi va oqibatlarini takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Sudning ish yuritishni toʻxtatib turish huquqi va majburiyatiga asos boʻluvchi holatlarni qayta koʻrib chiqib, toʻxtatib turish muddatlarini aniq belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Maʼmuriy sudlarga boʻlgan ishonchni yanada oshirish maqsadida davlat organlari tomonidan sud qarorlarini ijro etishning taʼsirchan mexanizmlarini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Maʼmuriy sud ishlarini yuritishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllashga doir normalarni takomillashtirish, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni elektron xabardor qilish, ularga sud hujjatlarini elektron hujjat tarzida taqdim etishning huquqiy mexanizmlarini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Kelishuv bitimiga oid normalarni takomillashtirish. Bunda maʼmuriy sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida va sud hujjatini ijro etish jarayonida nizoni kelishuv bitimini tuzgan holda hal etish mexanizmlarini kengaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklashda sudning faol ishtiroki prinsipini qoʻllash mexanizmlarini kengaytirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼmuriy sud ishlarini yuritishni sudning faol ishtiroki prinsipi asosida amalga oshirishning mexanizmlarini takomillashtirish hamda chegaralarini yanada kengaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maʼmuriy sud ishlarini yuritishda sud muhokamasi predmetini arizada koʻrsatilgan talab doirasi bilan belgilashga, ariza talabidan chetga chiqishning istisno etuvchi holatlarini aniqlashtirishga, shuningdek, bildirilgan talablarning asosini yoki predmetini oʻzgartirishga, qoʻshimcha talablar taqdim etishga, talablarining miqdorini oshirishga yoxud kamaytirishga, ulardan toʻliq yoki qisman voz kechishga oid normalarni takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish maqsadida oldindan huquqiy oqibatlarini tushuntirish orqali talablarini shakllantirishda va ularni oʻzgartirishda sudning taraflarga huquqiy koʻmaklashishga haqli ekanligini belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Manfaatdor shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish maqsadida ishni koʻrish davomida aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va oldini olish yuzasidan sudning taʼsir chorasini qoʻllash doirasini kengaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Majburiyat yuklash haqidagi talab qanoatlantirilganda huquqni tiklash usullari doirasini aniqlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Maʼmuriy sud ishlarini yuritishga xalqaro standartlarga va ilgʻor xorijiy tajribaga muvofiq yangi institut va tartiblarni joriy etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼmuriy sud ishlarini yuritishga maʼmuriy daʼvo institutini kiritib, daʼvo turlarini aniq belgilash (haqiqiy emas deb topish, bekor qilish, maʼmuriy hujjatni qabul qilish majburiyatini yuklash, muayyan harakatlarni bajarish yoki bajarishdan tiyilish majburiyatini yuklash, tan olish haqidagi daʼvolar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Daʼvo turlari boʻyicha maʼmuriy ish yuritishning alohida tartiblari, jumladan, murojaat qiluvchi shaxslar doirasi, murojaat qilish muddatlari, isbotlash majburiyatlari, sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish va ularni ijro etishning protsessual qoidalarini belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Maʼmuriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qaroriga oid qoidalarda xalqaro standartlardan kelib chiqib, maʼmuriy akt konsepsiyasi qoidalarini qoʻllash amaliyotini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Maʼmuriy sud ishlarini yuritishda ayrim toifadagi ishlar boʻyicha nizoni sudgacha hal qilish tartibini joriy qilish, bunda sudga murojaat qilish muddatining oʻtishiga oid normalarni aniqlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Maʼmuriy sud ishlarini yuritishda protsessual majburlov choralari doirasini (masalan, jarima qoʻllash va boshqalar) belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Maʼmuriy organning maʼmuriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) vakolatini sud tomonidan tekshirish tartibini belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sudga hurmatsizlik qilganlik, sudning xususiy ajrimi (qarori) boʻyicha choralar koʻrmaganlik uchun maʼmuriy sudlarga ham maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish vakolatini berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Maʼmuriy sud ish yurituviga huquqi buzilgan fuqaro — arizachining xohishiga koʻra eksterritorial sudlovga tegishlilik mexanizmini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Maʼmuriy sud ishlarini yuritish jarayonining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish. Bunda sud qarorlarini rasmiy veb saytlarda eʼlon qilinishini yanada kengaytirish. Sud jarayonlarini onlayn kuzatish imkoniyatlarini kengaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Maʼmuriy sud ishlarini yuritishda alohida toifadagi ishlarni koʻrish tartiblarini takomillashtirish, normativ tusdagi qonunosti hujjatlari ustidan nizolashish tartiblarini belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Maʼmuriy va boshqa ommaviy-huquqiy munosabatlarning huquqiy tabiatini aniqlashtirish, ularning huquqiy belgilari va boshqa oʻxshash huquqiy munosabatlardan farqli jihatlarini aniq belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar hamda iqtisodiy sudlar tomonidan koʻrilayotgan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan barcha ishlarni maʼmuriy sudlarning taalluqliligiga oʻtkazish, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan hamda maʼmuriy organga nisbatan qoʻzgʻatilgan ishlarning maʼmuriy sudlarga taalluqliligini qatʼiy belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Maʼmuriy sudlar tizimida har bir boʻgʻin sudlarining vakolatlarini aniq belgilagan holda ishlarning tegishliligiga oid qoidalarni qayta koʻrib chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Konsepsiyaning amalga oshirilishidan kutilayotgan natijalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy sud ishlarini yuritish qonunchiligining takomillashtirilishi, jumladan, Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksning yangi tahrirda ishlab chiqilishi va qabul qilinishi quyidagilarga imkon beradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarining samarali himoya etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining odil sudlovga erishish darajasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan maqsadlarning samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining buzilgan huquqlarini himoya qilishda maʼmuriy sudlarning rolini kuchaytirish orqali aholining sudlarga boʻlgan ishonchini yanada oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishga toʻsqinlik qiluvchi qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlar va kolliziyalarni bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy sud ishlarini yuritishni xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odil sudlovga oid xalqaro reyting va indekslarda mamlakatimiz oʻrnini yaxshilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-33-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha idoralararo komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

B. Islamov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Komissiya raisi

2.

Sh. Polvanov

Oliy sud raisi oʻrinbosari, Komissiya raisi oʻrinbosari

3.

U. Xolov

Oliy sud sudyasi

4.

D. Karimov

Oliy sud sudyasi

5.

O. Mirzamaxmudov

Sudyalar oliy kengashi sudyasi

6.

M. Qalandarova

Sudyalar oliy kengashi sudyasi

7.

D. Artikov

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

8.

D. Djurayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining masʼul xodimi

9.

Sh. Bakayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining masʼul xodimi

10.

X. Madrimov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining masʼul xodimi

11.

Sh. Nazarov

Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimi

12.

O. Ismoilov

Oliy sud Departamenti boshligʻi

13.

A. Yarashev

Oliy sud Departamenti boshligʻi oʻrinbosari

14.

Sh. Axatova

Oliy sud boʻlim boshligʻi

15.

E. Sayfullayev

Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi

16.

A. Maxmudov

Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi

17.

Sh. Sadikov

Advokatlar palatasi raisi

18.

Y. Narziyev

Soliq qoʻmitasi raisining maslahatchisi

19.

U. Almamedov

Toshkent shahar maʼmuriy sudi raisi

20.

A. Murodov

Navoiy viloyat maʼmuriy sudi raisi

22.

I. Xamedov

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori

21.

J. Nematov

Toshkent davlat yuridik universiteti professori

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga tayinlangan yoki tegishli funksiyalar bajarilishi yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya raisi tomonidan Komissiya aʼzolari tarkibiga mazkur roʻyxatda nazarda tutilmagan boshqa ekspertlar va mutaxassislar ham jalb etilishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 07/25/33/0091-son)