T/r | Ustuvor yo‘nalishlar, maqsad va vazifalar | Amalga oshirish mexanizmi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddatlari | Mas’ul ijrochilar |
I. Inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish | |||||
1. | “Xabeas korpus” institutini amaliyotga yanada kengroq joriy etish. | “Xabeas korpus” institutini keng qo‘llash bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish: tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiya berish vakolatini prokurorlardan sudlarga o‘tkazish; taraflarning tashabbusiga ko‘ra tayinlangan ehtiyot chorasini sud tomonidan yuqori qiymatda (jumladan, yetkazilgan zararga nisbatan) garov ehtiyot chorasiga almashtirish tartibini belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2023-yil iyul | Oliy sud (B. Islamov), Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. | Nizolarni hal etishning muqobil usullaridan keng foydalanish uchun zarur tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratish. | 1. Fuqarolarning buzilgan huquqlari tezkorlik bilan himoya qilinishini ta’minlash uchun nizolarni hal etishning muqobil usullarini, jumladan mediatsiya institutini qo‘llash doirasini kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. 2. Nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlari qo‘llanilishi lozim bo‘lgan fuqarolik ishlari toifasini ko‘paytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | Tahliliy ma’lumotnoma | 2023-yil oktyabr | Oliy sud (B. Islamov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
3. | Sud ish yurituvida taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi prinsipini amalda ta’minlash imkoniyatlarini yaratish. | 1. Sud majlisida taraflarga shaxsning aybli yoki aybsiz ekanligini isbotlash, dalillarni taqdim qilish uchun teng imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish hamda asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish. 2. Ayblanuvchining malakali yuridik yordam olish huquqi amalda to‘liq ta’minlanishi bo‘yicha ta’sirchan mexanizmlarni ishlab chiqish. 3. Odil sudlovni ta’minlashda himoyachiga berilgan huquqlarni qayta ko‘rib chiqib, uning vakolatlarini kengaytirish, jumladan shartnoma asosida mutaxassislarni jalb qilish huquqini berish bo‘yicha takliflar tayyorlash. 4. Ayblanuvchining o‘z himoyachisidan voz kechishi bo‘yicha har bir holatni tegishincha prokuror va sud tomonidan sinchkovlik bilan o‘rganish tizimini joriy qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish. | Tahliliy ma’lumotnoma | 2024-yil sentyabr | Oliy sud (B. Islamov), Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
II. Odil sudlov sifatini tubdan oshirish | |||||
4. | Sudyalar ixtisoslashuvini yanada kengaytirish. | 1. Nizolar toifalari bo‘yicha sudyalar ixtisoslashuvini joriy etish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish hamda sud amaliyotini tahlil qilish. 2. Murakkabligiga ko‘ra ixtisoslashuvni talab etadigan yo‘nalishlar, jumladan oilaviy, mehnat, intellektual mulk huquqlarini himoya qilishga oid nizolar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sudyalar korpusini shakllantirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil fevral | Oliy sud (B. Islamov), Sudyalar oliy kengashi (X. Yodgorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) |
5. | Huquqni qo‘llash amaliyotini tanqidiy tahlil qilish asosida hamda ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda ma’muriy sud ish yurituvini takomillashtirish choralarini ko‘rish. | Ma’muriy sud ish yurituvini takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish. Bunda quyidagilarni belgilash: ma’muriy organlar bilan fuqarolar va tadbirkorlar o‘rtasidagi barcha nizolarni xatlovdan o‘tkazib, sudlovga taalluqliligiga oid qoidalarni takomillashtirish; ma’muriy sud ish yurituvi prinsiplarini tanqidiy o‘rganib, ommaviy-huquqiy munosabatlarning mazmun-mohiyatini aks ettiruvchi prinsiplarni kiritish; ma’muriy sud ish yurituviga da’vo institutini kiritib, ma’muriy organlar ustidan beriladigan da’vo turlarini aniq belgilash; fuqarolar va tadbirkorlarning ma’muriy hujjatga bo‘lgan ishonchini himoya qilish tizimini tanqidiy o‘rganib, yetkazilgan zararni undirish tartibini aniqlashtirish; ma’muriy sudlar faoliyatiga huquqi buzilgan fuqaro — arizachining xohishiga ko‘ra eksterritorial sudlovga tegishlilik mexanizmini joriy etish. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi | 2023-yil noyabr | Oliy sud (B. Islamov), Sudyalar oliy kengashi (X. Yodgorov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), manfaatdor tashkilotlar |
6. | Sud ishlarini ko‘rishda yagona sud amaliyotini ta’minlash. | 1. Oliy sud Plenumining amaldagi qarorlarini to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazib, ularning qonun hujjatlariga muvofiqligini o‘rganish hamda tushuntirish talab qilinadigan yo‘nalishlarni aniqlash. 2. Oliy sud Plenumining amaldagi qarorlarini takomillashtirish, shuningdek, bugungi kunda mavjud bo‘lmagan, lekin tushuntirish talab qilinadigan yo‘nalishlar bo‘yicha sud amaliyotini umumlashtirish yuzasidan yillik reja-jadvalni ishlab chiqish va tasdiqlash. 3. Oliy sud Plenumi qarorlariga sharhlar tayyorlash amaliyotini yo‘lga qo‘yish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil iyul
| Oliy sud (B. Islamov) |
7. | Soliq va bojxona masalalari bo‘yicha yagona sud amaliyotini ta’minlash. | 1. Ma’muriy va iqtisodiy sudlarda soliq idoralari ishtirokidagi nizolarni ko‘rib chiqish amaliyotini umumlashtirish hamda muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. 2. Ma’muriy va iqtisodiy sudlarda bojxona idoralari ishtirokidagi nizolarni ko‘rib chiqish amaliyotini umumlashtirish hamda muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | Tahliliy ma’lumotnoma | 2023-yil aprel | Oliy sud (B. Islamov) |
8. | Soliq organlarining ma’muriy va iqtisodiy sudlardagi ishtirokini takomillashtirib, yagona amaliyotni ta’minlash. | 1. Ma’muriy va iqtisodiy sudlarda soliq organlari ishtirokidagi nizolarni ko‘rib chiqish amaliyotini umumlashtirish. 2. Amaliyotda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | Tahliliy ma’lumotnoma | 2023-yil mart | Soliq qo‘mitasi |
9. | Bojxona organlarining ma’muriy va iqtisodiy sudlardagi ishtirokini takomillashtirib, yagona amaliyotni ta’minlash. | 1. Ma’muriy va iqtisodiy sudlarda bojxona organlari ishtirokidagi nizolarni ko‘rib chiqish amaliyotini umumlashtirish. 2. Amaliyotdagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | Tahliliy ma’lumotnoma | 2023-yil mart | Bojxona qo‘mitasi |
III. Sud hokimiyati mustaqilligi kafolatlarini yanada kuchaytirish | |||||
10. | Sudyalar faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish: sudga hurmatsizlik qilish holatlarining oldini olishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, buning uchun ma’muriy javobgarlik choralarini kuchaytirish va jinoiy javobgarlik belgilash; sud ishlarini hal etishga aralashganlik va sud hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish; sudyaga nisbatan turar joy daxlsizligiga, yozishmalar, telefon orqali so‘zlashuvlar va boshqa so‘zlashuvlar, aloqa tarmoqlari orqali uzatiladigan pochta, kuryerlik jo‘natmalari va telegraf xabarlarining sir saqlanishiga bo‘lgan huquqlarni cheklovchi, shuningdek, abonentlar yoki abonent qurilmalari o‘rtasidagi bog‘lanishlar to‘g‘risidagi axborotni olishdan iborat tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishga faqat Bosh prokurorning sanksiyasi asosida yo‘l qo‘yilishini belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2023-yil mart | Oliy sud (B. Islamov), Sudyalar oliy kengashi (X. Yodgorov), Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
11. | Sudyalar mustaqilligini ta’minlashning yangi mexanizmlarini yaratish. | 1. Sudyalar hamjamiyati organlarining rolini yanada oshirish va sudyalarning o‘zini o‘zi boshqarish tamoyilini keng joriy etishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish. 2. Sudyalar daxlsizligi buzilgan holatlarda sudyalar tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri Sudyalar oliy kengashi raisiga onlayn platforma orqali murojaat qilish imkoniyatini yaratish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2023-yil mart | Sudyalar oliy kengashi (X. Yodgorov), Oliy sud (B. Islamov), Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
12. | Sudlarning moliyaviy mustaqilligini to‘liq ta’minlash choralarini ko‘rish. | 1. Odil sudlov faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni sudlar tomonidan mustaqil ravishda belgilash bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish hamda takliflarni tayyorlash. 2. O‘z vazifalarini vijdonan, shuningdek, alohida muhim va mas’uliyatli ishlarni bajarayotgan xodimlar mehnatini munosib rag‘batlantirish, ish unumdorligini oshirish maqsadida sudyalar va sud apparati xodimlariga har chorak yakuni bo‘yicha va rasmiy bayram kunlarida pul mukofotlari, shuningdek, mehnat ta’tili davomida munosib moddiy yordam ajratish mexanizmlarini yaratish bo‘yicha takliflar tayyorlash. | Tahliliy ma’lumotnoma va normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2023-yil oktyabr | Oliy sud (B. Islamov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
13. | Sudyalarga odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday vazifalar yuklatilishiga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash. | 1. Sudyalarga odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan vazifalar yuklash holatlarining oldini olish. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali jismoniy va yuridik shaxslardan huquqiy tushuntirish yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlarni adliya organlari tomonidan ko‘rib chiqish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. 3. Respublika miqyosida, xususan olis hamda chekka hududlarni qamrab olgan holda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun sayyor qabullarni Oliy sud tomonidan mustaqil ravishda tashkil etishni belgilash. | Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar | 2023-yil yakuniga qadar
| Oliy sud (B. Islamov), Sudyalar oliy kengashi (X. Yodgorov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
IV. Sudyalar hamjamiyati organlarini shakllantirish, sudyalarni tanlash, lavozimga tayinlash, o‘qitish va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish | |||||
14. | Sudyalar hamjamiyati organlarining huquqiy asoslarini belgilash. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Sudyalar hamjamiyati organlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish: sudyalar hamjamiyati organlarining vazifalari, funksiyalari va vakolatlari; sudyalar hamjamiyati organlarini shakllantirish, shu jumladan ushbu organlarga nomzod ko‘rsatish tartibi; sudyalar hamjamiyati organlari faoliyati mexanizmlari, o‘zaro va boshqa idoralar bilan hamkorlik qilish tartibi. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2023-yil sentyabr | Sudyalar oliy kengashi (X. Yodgorov), Oliy sud (B. Islamov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
15. | Sudyalar oliy kengashini haqiqiy sudyalar hamjamiyati organiga aylantirish choralarini ko‘rish. | 1. Sudyalar oliy kengashi faoliyatini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. 2. Sudyalar oliy kengashi tarkibini shakllantirishda sudyalarning roli va o‘rnini belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2023-yil aprel | Sudyalar oliy kengashi (X. Yodgorov), Oliy sud (B. Islamov), Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
16. | Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish. | 1. Sudyalar oliy maktabining faoliyatini to‘liq tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va uni tubdan isloh qilishga qaratilgan aniq choralarni belgilash. 2. Ta’lim va amaliyot o‘rtasida uzviy bog‘liqlikni yetarli darajada ta’minlash, kasbiy fanlar hamda amaliyot o‘rtasida real integratsiyalashuv jarayonini yaratish. 3. Sudyalar va sud apparati xodimlarining malakasini oshirish tizimini hozirgi zamon talablariga to‘liq moslashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2023-yil sentyabr | Oliy sud (B. Islamov), Sudyalar oliy kengashi (X. Yodgorov), Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
17. | Sudyalar korpusini shakllantirishda ochiqlik va shaffoflik prinsipini yanada kengroq joriy etish. | 1. Sud tizimidagi rahbarlik lavozimlariga tayinlashda demokratik tamoyillarni keng joriy etish. 2. Sudyalar korpusini shakllantirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish hamda sohaga ochiqlik va shaffoflik prinsiplarini keng joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2023-yil may | Sudyalar oliy kengashi (X. Yodgorov), Oliy sud (B. Islamov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
V. Sud jarayonlari va sud qarorlari yuzasidan jamoatchilik o‘rtasida to‘g‘ri va xolisona fikrni shakllantirish | |||||
18. | Sud hokimiyatining nufuzi, mavqeyi va obro‘sini yanada yuksaltirish choralarini ko‘rish. | 1. Oliy sud va quyi sudlarning jamoatchilik va OAV bilan hamkorlik qiluvchi tuzilmalarining ish faoliyatini tanqidiy jihatdan qayta ko‘rib chiqib, ularning faoliyatini yangicha yondashuv va usullar asosida yo‘lga qo‘yish, tuzilmalarni professional kadrlar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rish. 2. Sudlar faoliyati bilan bog‘liq turli manbalarda e’lon qilinadigan noxolis va bir tomonlama axborotlar bo‘yicha zudlik bilan munosabat bildirish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. 3. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini to‘g‘ri va xolisona, qonun talablari doirasida yoritishni tashkil etish maqsadida budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan jurnalis?lar va blogerlar uchun maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish. 4. Keng jamoatchilikda sudlar faoliyati bo‘yicha obyektiv va xolisona fikr-mulohazalar hamda qarashlarni shakllantirish maqsadida media reja asosida OAV va ijtimoiy tarmoqlarda turli shakl va ko‘rinishdagi chiqishlarni tashkil etish. | Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar | Doimiy ravishda | Oliy sud (B. Islamov), Sudyalar oliy ken�ashi (X. Yodgorov), Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
VI. Sud hujjatlari ijrosini ta’minlash | |||||
19. | Sud hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘liq ijrosini ta’minlash. | 1. Undiruvni uzoq muddatli ko‘chmas mulk ijarasi huquqiga, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarga, intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan mulkiy huquqlarga qaratish tartibining huquqiy asoslarini mustahkamlash. 2. Soddalashtirilgan tartibda sud hujjatlari ijrosini ta’minlash mexanizmlarini kengaytirish, jumladan qarzdor jismoniy shaxslardan elektr va issiqlik energiyasi, gaz, ichimlik suvdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun qarzdorlikni soddalashtirilgan tartibda undirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | No�mativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2023-yil oktyabr | Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), Oliy sud (B. Islamov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
VII. Sudlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va axborot xavfsizligini ta’minlash | |||||
20. | Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirishni yanada kengaytirish. | Sudlar faoliyatiga fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish, sud hujjatlari loyihalarini avtomatik tayyorlash va sud amaliyotini tahlil qilish yo‘nalishida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha choralar ko‘rish. | Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar | 2024-yil dekabr | Oliy sud (B. Islamov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
21. | Idoralararo yagona integratsion platforma yaratish. | 1. Idoralararo yagona integratsion platforma yaratish. 2. Sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvini to‘liq raqamli texnologiyaga o‘tkazish. 3. Yagona platforma asosida axborot tizimlarini integratsiya qilish. 4. Axborot va ma’lumotlarning kiberxavfsizligini ta’minlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil dekabr | Oliy sud (B. Islamov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
22. | Sudlar arxividagi ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash va arxiv hujjatlarini tizimlashtirish. | 1. Sudlar arxivini to‘liq xatlovdan o‘tkazish. 2. Sudlarning arxivida qog‘oz shaklida saqlanayotgan ishlar va hujjatlarni elektron shaklga o‘tkazish. 3. Sud arxivida ish va hujjatlarni saqlash tartibi hamda muddatlarini qayta ko‘rib chiqish, jumladan jinoyat ishlarini qog‘oz shaklida saqlash muddatlarini bir necha baravar uzaytirish, elektron shaklga o‘tkazilgan ishlar va hujjatlarni yo‘q qilmaslik tartibini belgilash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil dekabr | Oliy sud (B. Islamov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), manfaatdor idoralar |
VIII. Sudlarda korrupsiyaga qarshi kurashish | |||||
23. | Sudlarda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish. | 1. Ekspert va mutaxassislarni jalb qilgan holda sudlarda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqish. 2. Sudyalar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining mol-mulkini majburiy deklaratsiyalash tartibini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar | 2023-yil oktyabr | Oliy sud (B. Islamov), Sudyalar oliy kengashi (X. Yodgorov) |
24. | Sud tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini jadallashtirish. | 1. Ekspert va mutaxassislar bilan birga odil sudlov faoliyatini “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish bo‘yicha choralarni nazarda tutuvchi reja-jadval ishlab chiqish. 2. Xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda ochiq sud majlisida uzluksiz tarzda ko‘riladigan ishlar toifalarini belgilash hamda amaliyotga joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. 3. “Sudlar korrupsiyaga mutlaqo qarshi” rukni ostida keng jamoatchilikka axborot berish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. | Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar | 2023-yil dekabr | Oliy sud (B. Islamov), Sudyalar oliy kengashi (X. Yodgorov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
IX. Xalqaro hamkorlik | |||||
25. | Xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish. | 1. Hamkor mamlakatlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan sud hokimiyati faoliyati samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan doimiy muloqot olib borish. 2. Hamkor mamlakatlar sud idoralari vakillari bilan ikki va ko‘p tomonlama aloqalarni kengaytirish. 3. Hamkor mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan sud-huquq sohalarida maslahatlashuvlarni tashkil etish hamda qo‘shma dasturlarni amalga oshirish. 4. Ilg‘or xorijiy mamlakatlar bilan odil sudlov sohasida hamkorlikni kengaytirish. | Amaliy va tashkiliy chora-tadbirlar | 2023-yil davomida | Oliy sud (B. Islamov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
X. Sud hokimiyatini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash | |||||
26. | Sudlarni moddiy-texnik va moliyaviy jihatdan ta’minlash ishlarini samarali tashkil etish. | 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va hududiy bo‘limlarining faoliyatini tahlil qilish. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va hududiy bo‘limlarining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. 3. Quyi sudlarning moddiy-texnik va moliyaviy ta’minotini uzluksiz tashkil etish choralarini ko‘rish. | Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar | 2024-yil iyun | Oliy sud (B. Islamov) |
27. | Sudyalar va ularning oila a’zolari pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari hamda tartibini takomillashtirish. | Sudyalarga pensiya tayinlashda amaliyotda yuzaga kelayotgan noaniqlik va muammolar tahlili asosida sudyalar va ularning oila a’zolari pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari hamda tartibini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2023-yil avgust | Oliy sud (B. Islamov), Sudyalar oliy kengashi (X. Yodgorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) |
28. | Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning moddiy-texnika bazasini yanada takomillashtirish. | Fuqarolarga har tomonlama qulayliklar yaratish, ularning sarf-xarajatlarini qisqartirish, shuningdek, sudlarning moddiy-texnika bazasini yanada yaxshilash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlarida yagona sud binolarini qurish. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi | 2025-yil avgust | Oliy sud (B. Islamov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 16.01.2023 yildagi PF-11-son
Kuchga kirish sanasi
18.01.2023
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
So‘nggi yillarda amalga oshirilgan sud-huquq islohotlari sud hokimiyati mustaqilligini hamda sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bilan bir qatorda fuqaro va tadbirkorlarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish imkonini berdi.
Shu bilan birga “Yangi O‘zbekiston — yangi sud” tamoyili doirasida aholining odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish sud-huquq tizimini isloh qilishni jadallashtirishni, sohaga ilg‘or xalqaro standartlarni joriy etishni talab etmoqda.
2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, shuningdek, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudlar faoliyati samaradorligi va odil sudlov sifatini oshirish maqsadida:
1. 2023 — 2026-yillarga mo‘ljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
“Inson qadri uchun” g‘oyasi asosida chinakam adolatli sud tizimini shakllantirish hamda uning faoliyatini xalq manfaati va inson qadr-qimmatini samarali himoya qilishga yo‘naltirish;
adolatli sud qarorlari qabul qilinishiga erishish orqali xalqning, shu jumladan, tadbirkorlarning sud tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, har bir shaxs sud va sudyalar siymosida o‘zining ishonchli himoyachisini ko‘rishiga erishish;
fuqarolar hamda tadbirkorlarga o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini sudlarda himoya qila olishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sud ishlarini yuritishda tortishuv va taraflarning tengligi tamoyillarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish, sudlarning xolisligini amalda ta’minlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish;
sudlar faoliyatini to‘liq raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, idoralararo elektron ma’lumot almashinuvini yaxshilash, sud majlislarida masofadan turib ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish;
sudyalarning mustaqilligi va daxlsizligi kafolatlarini kuchaytirish, sudga hurmatsizlik qilish va sud ishiga aralashish holatlarining oldini olish bo‘yicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqish;
sud qarorlarining qat’iy ijrosini ta’minlash, bu borada davlat organlari va mahalliy hokimliklarning mas’uliyatini oshirish;
sudyalar va sud xodimlarida yuksak muomala madaniyatini shakllantirish orqali sudga murojaat qilgan har bir fuqaro va tadbirkorda suddan, pirovardida esa davlatdan rozilik hissini uyg‘otish.
2. 2023 — 2026-yillarga mo‘ljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha harakatlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Harakatlar dasturi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oliy sud (B. Islamov), Sudyalar oliy kengashi (X. Yodgorov), Bosh prokuror (N. Yo‘ldoshev), shuningdek, mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari Harakatlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi uchun shaxsan mas’ul etib belgilansin.
3. Oliy sud tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi bilan birgalikda jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlari qonuniy, asosli va adolatli qabul qilinganligini tekshirishning fuqarolarga qulay va soddalashtirilgan tartibini yaratish maqsadida quyidagilarni joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
tumanlararo, tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiyada ko‘rilgan ishlarni viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarda apellatsiya yoki kassatsiya tartibida qayta ko‘rib chiqish;
viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlarni mazkur sudlarda taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish;
viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan taftish tartibida ko‘rilgan ishlarni Oliy sudning sudlov hay’atlarida taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish;
yuqori instansiya sudlari tomonidan ishni yangidan ko‘rish uchun quyi sudlarga yuborish tartibini bekor qilish va ularga ish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilish mas’uliyatini yuklash.
Oliy sud (B. Islamov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda taklif etilayotgan yangi tartibni amaliyotga o‘z vaqtida va samarali joriy etish hamda uning mazmun-mohiyatini aholiga batafsil tushuntirish bo‘yicha zarur tashkiliy choralarni ko‘rsin.
4. Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash maqsadida ularning ishiga har qanday aralashuv qat’iy jazolanishi, sudyalarning xavotirsiz ishlashi uchun davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilishi qayd etilsin.
Sudning mustaqilligi va sudyalar daxlsizligini ta’minlashni kuchaytirish bo‘yicha quyidagi choralar belgilansin:
sudga hurmatsizlik qilish holatlarini oldini olishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, buning uchun ma’muriy javobgarlik choralarini kuchaytirish va jinoiy javobgarlik belgilash;
sud ishlarini hal etishga aralashganlik va sud hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish, shuningdek, sud hujjatlarining ijro etilishini ta’minlashga qaratilgan ta’sirchan mexanizmlarni joriy etish;
odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashganlikka oid har bir jinoyat ishi yakuni bo‘yicha jamoatchilikni ommaviy axborot vositalari orqali majburiy ravishda xabardor qilish tartibini joriy etish;
sudyaga nisbatan turar joy daxlsizligiga, yozishmalar, telefon orqali so‘zlashuvlar va boshqa so‘zlashuvlar, aloqa tarmoqlari orqali uzatiladigan pochta, kuryerlik jo‘natmalari va telegraf xabarlarining sir saqlanishiga bo‘lgan huquqlarni cheklovchi, shuningdek, abonentlar yoki abonent qurilmalari o‘rtasidagi bog‘lanishlar to‘g‘risidagi axborotni olishdan iborat tezkor-qidiruv tadbirlarining o‘tkazilishiga faqat Bosh prokurorning sanksiyasi asosida yo‘l qo‘yilishini belgilash;
jismoniy va yuridik shaxslarning protsessual xaraktyerga ega bo‘lmagan, huquqiy tushuntirish berish borasidagi masalalar bo‘yicha murojaatlarini adliya organlari tomonidan ko‘rib chiqish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.
Oliy sud (B. Islamov), Sudyalar oliy kengashi (X. Yodgorov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan choralarni amalga oshirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin.
5. Bosh prokuratura hamda Oliy sudning barcha bosqichlardagi sud ishlarini yuritishda tortishuv va taraflarning tengligi tamoyillarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish, sudlarning xolisligini amalda ta’minlashga qaratilgan yangi mexanizmni joriy etish bo‘yicha takliflari ma’qullansin, unga ko‘ra:
a) quyidagilar Odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha ixtisoslashgan prokurorlar korpusi (keyingi o‘rinlarda — Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi) etib belgilansin:
Bosh prokuraturaning jinoiy, fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlash boshqarmalari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalarining jinoiy, fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlash bo‘yicha tegishli bo‘lim va tarmoqlari;
b) Bosh prokurorning sohaviy o‘rinbosariga — Bosh prokuratura, shuningdek, quyi turuvchi prokuraturalar Ixtisoslashgan prokurorlar korpusining, viloyat prokurorining va unga tenglashtirilgan prokurorlarning o‘rinbosarlariga — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar, shuningdek, tuman (shahar) prokuraturalari Ixtisoslashgan prokurorlar korpusining faoliyatini nazorat qilib, muvofiqlashtirib borish mas’uliyati yuklatilsin.
“Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonun hamda protsessual qonunchilikda belgilangan tartibda sudlarda ishlarni ko‘rishda prokuror vakolatini ta’minlash;
sud protsessining boshqa ishtirokchilari bilan teng huquqlardan foydalangan holda odil sudlov faoliyatining samarali amalga oshirilishiga ko‘maklashish, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda davlat ayblovini faqat qonunga asoslanib, xolislikni saqlagan holda sifatli qo‘llab-quvvatlash;
fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari sud yo‘li bilan samarali himoya qilinishiga erishish;
sud amaliyotidan kelib chiqqan holda surishtiruv va tergov organlari xodimlarining amaliy ko‘nikmalari hamda malakasini oshirish ishlariga ko‘maklashish.
Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi xodimlari o‘z vakolatlarini har qanday organ va mansabdor shaxsdan mustaqil ravishda, faqat qonunga bo‘ysunib amalga oshiradi hamda qonunchilikda nazarda tutilgan hollardan tashqari ularning sudda ishtiroki bilan bog‘liq faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi;
viloyat va unga tenglashtirilgan prokuraturalar Ixtisoslashgan prokurorlar korpusiga tuman (shahar) prokuraturalarining tegishli yo‘nalishlarida, qoida tariqasida, kamida uch yil, Bosh prokuratura Ixtisoslashgan prokurorlar korpusiga esa, qoida tariqasida, kamida besh yil faoliyat yuritgan xodimlar jalb qilinadi;
Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi xodimlari, qoida tariqasida, sudlarda prokuror vakolatini ta’minlash sohasida uzluksiz uch yil xizmat o‘taganidan so‘ng boshqa yo‘nalishlarga o‘tkazilishi mumkin;
Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi xodimlarini boshqa yo‘nalishlarga o‘tkazish Bosh prokuror sohaviy o‘rinbosarining roziligi asosida amalga oshiriladi.
8. Belgilansinki, Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi faoliyatining natijadorligini ta’minlash maqsadida:
Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi xodimi sudlarda ko‘rilayotgan ishlar bo‘yicha ayblovni (fuqaroviy da’voni) qo‘llab-quvvatlash, o‘zgartirish yoki undan voz kechish, shu jumladan Jinoyat kodeksi normalarini qo‘llash, jazo turi va me’yorini belgilash masalalari yuzasidan fikrini sudga bayon qilishda mustaqil bo‘lib, qonun talablariga va ishning barcha holatlaridan kelib chiqqan holda o‘z ishonchiga asoslanadi;
har bir hududda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalari hamda tegishli tuman (shahar) prokuraturalari Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi xodimlari va boshqa yo‘nalishlarda uzoq yillar faoliyat ko‘rsatgan tajribali xodimlardan iborat Maslahat kengashlari tashkil etiladi;
Maslahat kengashlari o‘zaro muhokama asosida o‘ta murakkab toifadagi ishlarning yechimini topish, yosh kadrlarni to‘g‘ri yo‘naltirish va ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish ishlariga ko‘maklashadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlarining Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi faoliyati uchun mas’ul o‘rinbosarlariga tegishincha viloyat, tuman (shahar) prokuraturalari Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi xodimlarini hududdagi viloyat, tumanlararo, tuman (shahar) sudlaridagi ish hajmini inobatga olgan holda ixtisosligi bo‘yicha jalb qilishga ruxsat beriladi.
Ixtisoslashgan prokurorlar korpusini tajribali, belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirishga qodir, prokuratura organlarida benuqson obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan professional kadrlar orasidan shakllantirish choralarini ko‘rsin;
Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishni, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlarining boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari va xodimlari, tuman (shahar) prokurorlari hamda ularning boshqa yo‘nalishlarga mas’ul o‘rinbosarlari va xodimlari tomonidan Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi faoliyatida noxolislikni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan har qanday ta’sir va aralashuvlarning oldini olishga qaratilgan ta’sirchan mexanizmlarni nazarda tutuvchi ichki tartibni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Oliy sud va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi xodimlari vakolatlarini belgilash va faoliyatini tashkil etish choralarini nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin.
10. Sud tizimi oldida turgan dolzarb vazifalarning samarali amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Oliy sud tuzilmasi mavjud shtat birliklari doirasida quyidagilarni inobatga olgan holda takomillashtirilsin:
a) Sud-huquq sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish boshqarmasi negizida Odil sudlov sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish departamenti (keyingi o‘rinlarda — Departament) tashkil etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
sud faoliyati sohasidagi qonunchilikni hamda odil sudlov muammolarini tizimli tahlil qilish, sud-huquq sohasidagi qonunchilikni, sud amaliyoti va sud ish yurituvi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
odil sudlov samaradorligini ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari asosida tahlil qilish;
odil sudlov sohasiga oid xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilash bo‘yicha tizimli va izchil choralar ko‘rish;
fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma’muriy qonunchilik, sudlarning mustaqilligini ta’minlash sohasida xalqaro huquqning umum-e’tirof etilgan prinsiplari va normalarini o‘rganish, ularni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
b) Axborot-kommunikatsiya monitoringi — Vaziyatlar markazi tashkil etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
respublika bo‘yicha barcha sudlarda ishlarni ko‘rish bilan bog‘liq vaziyatni onlayn tahlil qilish, sudlarda aholining murojaatlari bilan ishlash hamda ishlarni ko‘rishda protsessual tartib va muddatlarga rioya etilishini monitoring qilib borish;
ishlarni viloyat, tuman (shahar), mahalla kesimida toifalarga ajratgan holda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni tahlil qilish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, nizolarni bartaraf etishga qaratilgan ma’lumotlarni tayyorlash;
sud majlislari o‘z vaqtida o‘tkazilishini, server uskunalari va dasturlarning ishlash holatini doimiy nazorat qilish;
v) Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik boshqarmasi negizida Jamoatchilik bilan hamkorlik markazi (keyingi o‘rinlarda — PR Markaz) tashkil etilsin va uning, shuningdek, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar matbuot xizmatlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
sud faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan, matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yo‘li bilan aholiga muntazam, to‘liq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish;
axborot makonining doimiy monitoringini olib borish, sudlar faoliyatiga doir axborotlar bo‘yicha jamoatchilik fikrini tahlil va prognoz qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan materiallarga, axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish;
sudning rasmiy veb-saytlarida uning faoliyatiga aloqador matnli, foto-, audio- va videomateriallardan iborat ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish.
11. Oliy sud Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi va O‘zbekiston Sudyalari Assotsiatsiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2023 — 2026-yillarga mo‘ljallangan sud tizimining axborot siyosati konsepsiyasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
12. O‘zbekiston Sudyalari Assotsiatsiyasiga aholi orasida sud hokimiyatining ijobiy timsolini shakllantirishda faol ishtirok etishini ta’minlash maqsadida quyidagilar tavsiya etilsin:
ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda sudyalar faoliyati bo‘yicha qonunga xilof va asossiz e’lon qilingan har bir holatga sud hokimiyatining faxriylari tomonidan obyektiv ravishda va tezkorlik bilan munosabat bildirib borish;
sudyalar va sud hokimiyatining huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan sudlarga murojaat qilish.
13. Oliy sud uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
14. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Oliy sud raisi B. Islamov hamda Bosh prokuror N. Yo‘ldoshev belgilansin.
Farmon ijrosini nazorat qilish va ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
2023 — 2026-yillarga mo‘ljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) sud-huquq tizimining jadal isloh qilinishini ta’minlash, shuningdek, aholining odil sudlovga erishish darajasini yanada oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Strategiya O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlari hamda istiqbolli vazifalarini belgilaydi, shuningdek, sohaga ilg‘or xalqaro standartlarni yanada keng joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
“Inson qadri uchun” g‘oyasi asosida chinakam adolatli sud tizimini shakllantirish hamda uning faoliyatini xalq manfaati va inson qadr-qimmatini samarali himoya qilishga yo‘naltirish;
adolatli sud qarorlari qabul qilinishiga erishish orqali xalqning, shu jumladan, tadbirkorlarning sud tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, har bir shaxs sud va sudyalar siymosida o‘zining ishonchli himoyachisini ko‘rishiga erishish;
fuqarolar hamda tadbirkorlarga o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini sudlarda himoya qila olishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sud ishlarini yuritishda taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi tamoyillarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish, sudlarning xolisligini amalda ta’minlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish;
sudlar faoliyatini to‘liq raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, idoralararo elektron ma’lumot almashinuvini yaxshilash, sud majlislarida masofadan turib ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish;
sudyalarning mustaqilligi va daxlsizligi kafolatlarini kuchaytirish, sudga hurmatsizlik qilish va sud ishiga aralashish holatlarining oldini olish bo‘yicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqish;
davlat nomidan sud qarorlarini qabul qilayotgan sudlar va sudyalarga, shuningdek, ularning qarorlariga nisbatan har bir fuqaroda, shu jumladan, barcha darajadagi mansabdorlarda hurmat ruhini shakllantirish;
sud qarorlarining qat’iy ijrosini ta’minlash, bu borada davlat organlari va mahalliy hokimliklarning mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
sudyalar va sud xodimlarida yuksak muomala madaniyatini shakllantirish orqali sudga murojaat qilgan har bir fuqaro va tadbirkorda suddan, pirovardida esa davlatdan rozilik hissini uyg‘otish.
1. Jinoyat, jinoyat-protsessual va jinoyat ijroiya qonunchiligini insonparvarlik tamoyillari asosida takomillashtirish siyosatini izchil davom ettirish. “Xabeas korpus” institutini yanada rivojlantirish orqali tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish.
2. Protsessual qonunchilikda advokatning vakolatlarini, shu jumladan dalillarni to‘plash va taqdim etish vakolatlarini kengaytirish.
3. Nizolarni hal etishning muqobil usullaridan keng foydalanish. Yarashuv institutini qo‘llash doirasini yanada kengaytirish. Sud ishlari bo‘yicha ayrim toifadagi nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish.
4. Sud ish yurituvida taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi tamoyilini amalda ta’minlash uchun ta’sirchan mexanizmlarni yaratish.
2. Yuqori sud instansiyalarining sud qarorlarini qayta ko‘rish faoliyatida raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, aholi uchun tushunarli va qulay, shuningdek, quyi sud xatolarini o‘z vaqtida to‘g‘rilashga ko‘mak beruvchi mexanizmlarni yo‘lga qo‘yish.
3. Hududlardagi aholi sonidan kelib chiqib, sudyalik shtat birliklari sonini bosqichma-bosqich oshirib borish.
4. Sudyalarning ixtisoslashuvi talab etiladigan toifadagi nizolar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sudyalar korpusini kengaytirish choralarini ko‘rish.
5. Sud ishlarini ko‘rishda yagona sud amaliyotini ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘rish. Oliy sud Plenumi qarorlariga sharhlarni tayyorlash amaliyotini yo‘lga qo‘yish.
1. Sudyalar faoliyatiga har qanday aralashuvlarga, shu jumladan, davlat idoralari va mansabdor shaxslar aralashuvlariga barham berishning qat’iy choralarini ko‘rish, bunday qilmishlar uchun javobgarlikni keskin kuchaytirish.
3. Sudyalar daxlsizligini buzish holatlarida bevosita sudyalar tomonidan o‘z vaqtida ta’sirchan choralar ko‘rish imkoniyatlarini kengaytirish.
4. Protsessual tartibga rioya qilgan holda kelib tushgan murojaatlarning protsessual qonunchilik asosida ko‘rib chiqilishini ta’minlash.
5. Sudyalarga odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday vazifalar yuklatilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish.
6. Ilg‘or xorijiy tajriba asosida sudlarning moliyaviy mustaqilligini to‘liq ta’minlash choralarini ko‘rish orqali ular faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni sudlar tomonidan mustaqil ravishda belgilash mexanizmlarini joriy etish.
2. Sudyalar oliy kengashi tarkibini shakllantirishda sudyalarning roli va o‘rnini belgilash maqsadida Sudyalar oliy kengashi tarkibining bir qismini sudyalar tomonidan saylash tartibini joriy etish.
3. Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, jumladan Sudyalar oliy maktabining faoliyatini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish.
4. Sudyalar korpusini shakllantirishda ochiqlik va shaffoflik prinsipini yanada kengroq joriy etish.
1. Oliy sud va quyi sudlarning jamoatchilik va OAV bilan hamkorlik qiluvchi tuzilmalarining ish faoliyatini tanqidiy jihatdan qayta ko‘rib chiqib, shiddat bilan o‘zgarib borayotgan axborot makonida ularning yangicha yondashuv va usullar asosida faoliyat yuritishini yo‘lga qo‘yish.
2. Sudlar faoliyati bilan bog‘liq turli manbalarda e’lon qilinadigan noxolis va bir tomonlama axborotlar bo‘yicha zudlik bilan munosabat bildirish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.
3. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini to‘g‘ri va xolisona, qonun talablari doirasida yoritishni tashkil etish maqsadida budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan jurnalistlar va blogerlar uchun maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish.
4. Keng jamoatchilikda sudlar faoliyati bo‘yicha obyektiv va xolisona fikr-mulohazalar hamda qarashlarni shakllantirish maqsadida media reja asosida OAV va ijtimoiy tarmoqlarda turli shakl va ko‘rinishdagi chiqishlarni tashkil etish.
1. Sud hujjatlarini ijro etishning samarali mexanizmlarini joriy etish. Bunda, davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari mansabdor shaxslari tomonidan sud hujjatlari so‘zsiz va o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlashni kuchaytirish choralarini ko‘rish.
2. Sudlar faoliyatiga fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish, sud hujjatlarini avtomatik tayyorlash va sud qarorlarini tahlil qilish yo‘nalishida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha choralar ko‘rish.
1. Sudlarda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashishni izchil davom ettirish. Sud tizimini “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish choralarini ko‘rish.
2. Sudlarda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha samarali mexanizmlarni yaratish. “Sudlar korrupsiyaga mutlaqo qarshi” rukni ostida keng jamoatchilikka axborot berish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.
1. Xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish. Hamkor mamlakatlar bilan, shu jumladan xalqaro tashkilotlar doirasida sud hokimiyatining mustaqilligi, sud faoliyati samaradorligi, sud ishlari yuritishning o‘ziga xos jihatlari va sohaga oid boshqa masalalar yuzasidan doimiy muloqotni olib borish.
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining tashkiliy tuzilmasini amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlariga mos ravishda takomillashtirish orqali islohotlarga to‘liq muvofiqlashtirish.
2. Sud binolarini mamlakatning nufuzi va odil sudlovni amalga oshirish vazifalariga mos, qulay, xavfsizlik va zamon talablariga javob beradigan namuna asosida bunyod etish choralarini ko‘rish.
3. Fuqarolarga har tomonlama qulayliklar yaratish, ularning sarf-xarajatlarini qisqartirish, shuningdek, sudlarning moddiy-texnika bazasini yanada yaxshilash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida yagona sud binolarini qurish.