29.01.2025 yildagi 45-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshida alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2024-yil 3-iyundagi PQ-204-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarilgan isteʼmol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini saqlash, tashish va ulgurji sotish hisobini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, quyish, saqlash va ulgurji sotishni nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda xalqaro talablarga muvofiq alkogol mahsulotlari uchun texnik reglament loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, ushbu qarorga 2-ilova va 3-ilovaning 2 — 4, 6, 7, 9 — 14-bandlari mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 29-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda ushbu jarayonlarni nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom talablari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari hisoblangan yuridik shaxslarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlari uchun texnik reglamentda nazarda tutilgan mahsulotlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alkogol mahsulotlari — oziq-ovqat xomashyosidan olingan etil spirtidan va (yoki) tarkibida spirt boʻlgan oziq-ovqat mahsulotidan foydalangan yoki foydalanmagan holda ishlab chiqarilgan, tarkibida etil spirtining hajmiy ulushi bir yarim foizdan yuqori boʻlgan oziq-ovqat mahsuloti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aroq — rangsiz, shaffof, aroqqa xos xushboʻylikka va yumshoq taʼmga ega, etil spirtining hajmiy ulushi (quvvati) 37,5 foizdan 56,0 foizgacha boʻlgan suv-spirt eritmasidan (sortirovkadan) iborat boʻlgan, oziq-ovqat xomashyosidan ishlab chiqarilgan rektifikatlangan etil spirtini toʻgʻrilangan (yumshatilgan) suv bilan eritish, olingan suv-spirt eritmasiga faol yogʻoch koʻmiri yoki boshqa maxsus adsorbent bilan ishlov berish va soʻngra uni filtrlash yoʻli bilan ishlab chiqariladigan spirtli ichimlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol etil spirti — etil spirtining ulushi 96,0 foizdan kam boʻlmagan, har xil turdagi don, qand lavlagisi, xom shakar, melassa hamda tarkibida shakar va kraxmal mavjud boshqa qishloq xoʻjaligi mahsuloti boʻlgan oziq-ovqat xomashyosidan (meva-rezavorlardan tashqari) tabiiy bijgʻitish jarayonida olingan achitqini yoki qishloq xoʻjaligi mahsuloti boʻlgan oziq-ovqat xomashyosidan etil spirti ishlab chiqarish jarayonida olinadigan xom etil spirti hamda etil spirtining bosh fraksiyasini rektifikatsiya qilish yoʻli bilan ishlab chiqariladigan rektifikatlangan etil spirti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqaruvchining shaxsiy kabineti (keyingi oʻrinlarda — shaxsiy kabinet) — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) axborot tizimi orqali isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi subyektlari hamda Inspeksiyaning alkogol va tamaki mahsulotlari aylanmasi sohasidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari amalga oshirilishi bilan bogʻliq boʻlgan oʻzaro munosabatlarni elektron shaklda amalga oshirishni taʼminlaydigan axborot resursi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
likyor-aroq mahsulotlari — oziq-ovqat xomashyosidan ishlab chiqarilgan rektifikatlangan etil spirtini, yumshatilgan suvni, yarimfabrikatlarni (yoki ularsiz) va ingrediyentlarni (yoki ularsiz) kupaj qilish (aralashtirish) yoʻli bilan tayyorlangan, soʻng saqlab yetiltirilgan (yoki saqlanmagan), etil spirtining hajmiy ulushi (quvvati) 7 foizdan 60 foizgacha boʻlgan va shakarning massaviy konsentratsiyasi 600 g/dm3dan koʻp boʻlmagan spirtli ichimliklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik etil spirti — etil spirti bosh fraksiyasi (EAF) va noozuqaviy oʻsimlik xomashyosidan ishlab chiqarilgan, faqat texnik va nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga moʻljallangan, etil spirtining hajmiy ulushi 96,0 mg/dm3dan kam boʻlmagan, rektifikatlangan etil spirti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Isteʼmol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Isteʼmol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlari Inspeksiya tomonidan beriladigan litsenziya (xabardor qilish) asosida (koʻpiklanadigan va tabiiy vinolardan tashqari) ishlab chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Isteʼmol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, sanitariya qoidalari va meʼyorlari hamda yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq boʻlgan bino va inshootlar hamda ixtisoslashgan texnologik uskunalarda ishlab chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bino va inshootlar mulk huquqi, ijara yoki tekin foydalanish huquqi asosida ishlab chiqaruvchi korxonaga tegishli boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Isteʼmol va texnik etil spirti texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan texnologik reglament talablariga rioya qilingan holda ishlab chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Isteʼmol va texnik etil spirti, shuningdek, spirt xomashyosini ishlab chiqarish texnologik jarayonlari ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan Inspeksiya hamda tegishli ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan kelishilgan holda tasdiqlangan texnologik reglament asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Isteʼmol va texnik etil spirti, spirt xomashyosi, shuningdek, alkogol mahsulotlari ularning har bir turi boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq korxona tomonidan ishlab chiqilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan va Inspeksiya tomonidan tasdiqlangan texnologik yoʻriqnomalar asosida ishlab chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar belgilari va patentlangan sanoat namunalaridan foydalanish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Alkogol mahsulotlarini chet elda ishlab chiqarilgan isteʼmol etil spirti hamda texnik etil spirtidan foydalangan holda ishlab chiqarish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet elda ishlab chiqarilgan isteʼmol etil spirti mavjudligi, shuningdek, korxonalar tomonidan mazkur spirtdan alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish holatlari aniqlanganda, Inspeksiya Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda spirtni va ushbu spirtdan ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazish boʻyicha tegishli choralar koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish tartibi, shuningdek, alkogol mahsulotlari tarkibidagi inson hayoti va sogʻligʻi uchun zararli boʻlgan moddalarning yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori koʻrsatkichlari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi subyektlar (korxonalar) ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq mikrobiologik, fizik-kimyoviy va texnologik nazoratni amalga oshirishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ishlab chiqaruvchi subyektlar isteʼmol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarining ishlab chiqarilgan hajmlari koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda uzatilishini taʼminlaydigan hisobga olish oʻlchov vositalarini, shuningdek, alkogol mahsulotlarini quyish liniyalaridagi elektron hisoblagichlar bilan jihozlangan hamda Inspeksiyaning axborot tizimiga integratsiya qilingan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Alkogol mahsulotlarini yorliqlash, aksiz markalari va raqamli identifikatsiya vositalari bilan markirovkalash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Isteʼmol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishni hisobga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda realizatsiyasi hajmining hisobi ishlab chiqaruvchi subyektlar tomonidan yuritiladi. Ishlab chiqarish va realizatsiya hajmining hisobi dekalitr oʻlchov birligida hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining hisobini yuritish mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan asosiy xomashyolar kirimidan boshlab, tayyor mahsulotlarni saqlash omborlariga joylashtirish va realizatsiya qilish jarayonlarini qamrab olishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarining ishlab chiqarish va aylanmasi hajmining hisobini yuritishda ishlab chiqarish, qadoqlash (quyish), saqlash hamda tashish jarayonlarida belgilangan tabiiy yoʻqotishlar hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda materiallar sarfi, tayyor mahsulot ishlab chiqarish normativlari, shuningdek, tabiiy yoʻqotish normalari ilmiy-tadqiqot muassasalari jalb etilib, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan kelishilgan holda Inspeksiya tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi subyektlar mahsulotlarni qadoqlash jarayonida idishlarni isteʼmol etil spirti yordamida tozalash, tayyor alkogol mahsulotlarini quyish hamda qayta quyishga yoʻnaltirilgan alkogol mahsulotlari hajmining kunlik hisobini yuritadi. Bunda mahsulotlar harakatining kunlik hisobini yuritish tartibi Inspeksiya tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ishlab chiqarilgan tayyor alkogol mahsulotlari va ularning realizatsiyasi hajmi har bir mahsulot turi boʻyicha qadoqlangan holda ham hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ishlab chiqaruvchi subyektlar zimmasiga alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida tayyor mahsulotlarga qoʻllaniladigan raqamli identifikatsiya vositalarini (mahsulotni isteʼmol oʻramiga qadoqlagandan soʻng toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiqarish liniyasida) skanerlash va mahsulotlarni markirovkalashda qoʻllaniladigan markirovka kodlarini qoʻllash (foydalanish) toʻgʻrisida hisobotni tayyorlash hamda “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimiga yuborish vazifasi yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ishlab chiqarish jarayonlari qisqa (uch kundan koʻp boʻlmagan) muddatga toʻxtatilganda, shuningdek, litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilganda yoki bekor qilinganda (tugatilganda) yoxud qoidabuzarlik holatlari boʻyicha murojaatlar asosida qoldiqdagi isteʼmol va texnik etil spirti 1-toifali oʻlchagichlar orqali, alkogol mahsulotlari hajmi esa — hajm oʻlchash asboblari yordamida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qadoqlangan tayyor mahsulotlar sanoqdan oʻtkazish orqali xatlovdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi subyektlar ishlab chiqarish jarayonlarini qisqa muddatga toʻxtatganda, bu haqida Inspeksiyani toʻxtatish sabablarini koʻrsatgan holda shaxsiy kabinet orqali xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Isteʼmol va texnik etil spirtini ishlab chiqarish uchun moʻljallangan bugʻdoy hisobi isteʼmol hamda texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ularning aylanmasi hajmlari axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) orqali hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bugʻdoy hisobi hajmi tovar-xomashyo birjasi orqali sotib olingan, import shartnomalarida koʻrsatilgan, ishlab chiqaruvchilar tomonidan belgilangan tartibda elektron shaklda taqdim etiladigan hamda ishlab chiqarilgan spirt hajmi haqidagi maʼlumotlar asosida avtomatlashtirilgan tarzda tahlil qilish orqali aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Vinochilik va boshqa alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun korxonalarda xomashyo va isteʼmol etil spirti belgilangan normalar asosida hisoblab chiqarilgan ehtiyojlar doirasida sarflanadi va belgilangan shakllardagi dastlabki hisobga olish hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Qayta ishlangan uzumdan va isteʼmol etil spirti bilan quvvatlantirilgan vino xomashyosining chiqish miqdori hisobot yilining 1-dekabridagi va hosildan keyingi yilning 1-aprelidagi xatlov natijalariga koʻra aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ishlab chiqarishda boʻlgan vino xomashyosi, vino mahsulotlari har yili ikki marotaba (1-dekabr va 1-iyul) xatlovdan oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Idishlarga quyilmagan alkogol mahsulotlari davlat qiyoslov koʻrigidan oʻtkazilgan maxsus sigʻimlarda saqlanishi lozim. Har bir sigʻim oziq-ovqat mahsulotlari saqlanishiga moʻljallangan boʻlishi va sanitariya qoidalari va meʼyoriy talablariga mos kelishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini saqlash, tashish va ulgurji sotishni hisobga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, sanitariya qoidalari va meʼyorlari hamda yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq boʻlgan binolarda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Isteʼmol va texnik etil spirti faqatgina real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS) bilan jihozlangan hamda axborot tizimiga integratsiya qilingan elektron hisoblagich oʻrnatilgan avtotransport vositalarida tashiladi, isteʼmol va texnik etil spirtini eksportga chiqarish bilan bogʻliq holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Alkogol mahsulotlarining barcha koʻchar va koʻchmas resurslari buxgalteriya hisobi bilan qamrab olinishi lozim. Miqdoriy hisob hajm koʻrsatkichlaridan tashqari spirt va shakar miqdorini (faqat vino mahsulotlari uchun) hamda normativ hujjatlarda koʻzda tutilgan fizik-kimyoviy va boshqa koʻrsatkichlarni ham qamrab olishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Alkogol mahsulotlarini quyish sexlarida har oyning boshida alkogol mahsulotlari qoldiqlarini chiqarib olish, idishlarning, aksiz markalarining, yorliqlarning, qadoqlash vositalarini (qopqoq, tiqinlar va boshqalar) hamda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni tayyorlashga taalluqli boshqa moddiy boyliklarning holatini aniqlash yoʻli bilan hisobga olish amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Tayyor mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yoʻqotilishi hamda belgilangan meʼyoriy normalardan yuqori boʻlgan sarflash holatlarida ishlab chiqaruvchi belgilangan tartibda komissiya tuzgan holda, ularni bartaraf etish choralarini koʻrishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning omborxonalarida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga qatʼiy rioya qilgan holda saqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiz markalari bilan markalanmagan (koʻpiklanadigan va tabiiy vino mahsulotlari bundan mustasno) hamda raqamli identifikatsiyalash vositalari yordamida markirovkalanmagan alkogol mahsulotlarini saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Alkogol mahsulotlarini aksiz markalari bilan markalangan (koʻpiklanadigan va tabiiy vino mahsulotlari bundan mustasno), raqamli identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalanganda, laboratoriya tekshiruvi xulosasi hamda muvofiqlik sertifikati boʻlgandagina ulgurji sotishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulotlarning ulgurji savdosiga oid shartnomalar soliq organlarida majburiy hisobga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Qadoqlanmagan alkogol mahsulotlari davlat qiyoslov koʻrigidan oʻtkazilgan maxsus temir yoʻl va avtomobil sisternalarida tashiladi. Bunda mahsulot sigʻimini belgilovchi pasport boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Ishlab chiqaruvchi subyektlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan muddatlarda hududiy statistika organlari va Inspeksiyaga ishlab chiqarilgan, realizatsiya qilingan hamda qoldiqda boʻlgan isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oy yakuni boʻyicha Inspeksiyaga shaxsiy kabinet orqali isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyolar sarfi hamda aksiz markalar hisobi boʻyicha maʼlumotlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorak yakuni boʻyicha Inspeksiya va Soliq qoʻmitasiga isteʼmol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarining mavjud qoldigʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavsumda uzumning sanoat yoʻli bilan qayta ishlashga qabul qilinishi, shuningdek, har oy yakunida vino xomashyosi va konyak distillyati (boshqa distillyatlar) ishlab chiqarilishi va harakati toʻgʻrisidagi hisobotlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oy yakuni boʻyicha Inspeksiyaga tabiiy, koʻpiklanadigan vino, pivo va pivo ichimliklarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etib boradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot va maʼlumot shakllari Inspeksiyaning buyrugʻi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, quyish, saqlash va ulgurji sotishni nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, quyish, saqlash va ulgurji sotish quyidagilar orqali masofaviy nazorat qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmlarini hisobga olish axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini monitoring va nazorat qilish imkonini beruvchi videokuzatuv vositalari orqali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish boʻyicha xavfni tahlil qilish tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol va texnik etil spirtini tashuvchi avtotransport vositalari harakatini markazlashtirilgan tarzda monitoring va nazorat qilish imkoniyatiga ega geoaxborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisob-faktura statistikasi axborot tizimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Uzumdan qayta ishlash natijasida olingan vino xomashyosi, vino va vino mahsulotlari, konyak distillyati (boshqa distillyatlar), pivo va pivo ichimliklarini ishlab chiqarish va ularning harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan oʻrnatilgan va hisobga olish axborot tizimiga integratsiya qilingan elektron hisoblagichlar orqali nazorat va monitoring qilish uchun Inspeksiyaga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, quyish, saqlash va ulgurji sotishda maʼlumotlar oʻrtasida tafovutlar aniqlanganda, ushbu holat Inspeksiya tomonidan korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyatiga aralashmasdan joyiga chiqqan holda oʻrganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Soliq organlari isteʼmol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarining aylanishi bilan bogʻliq soliqlar va yigʻimlarning toʻgʻri hisoblab chiqilishi va oʻz vaqtida toʻlanishini nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar xalqaro va davlatlararo standartlarga muvofiqligini nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Inspeksiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosida litsenziya talablariga rioya etilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimi orqali isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarining ishlab chiqarilishi va realizatsiyasini doimiy ravishda monitoring qilib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini monitoring va nazorat qilish imkonini beruvchi videokuzatuv vositalari orqali kuzatib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol etil spirtini ishlab chiqaruvchi korxonalarda joylashgan va Inspeksiya tarkibiga kiruvchi laboratoriyalar orqali etil spirtining sifatini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organlari bilan birgalikda har chorakda ishlab chiqarish korxonalaridagi aksiz markalari sarfi va qoldigʻini xatlovdan oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Isteʼmol va texnik etil spirti hamda spirt xomashyosini qabul qilish, hisobga olish, saqlash, transportda tashish tartibi Inspeksiya tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnomaga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda aksiz markalari hisoboti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Ishlab chiqaruvchilar barcha turdagi tayyor alkogol mahsulotlarini belgilangan namunadagi aksiz markalari bilan tamgʻalaydi, pivo, tabiiy va koʻpiklanadigan vino bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqaruvchi korxonalar aksiz markalarining toʻgʻri hisobga olinishini, ulardan foydalanilishini (miqdori va qiymati boʻyicha), foydalanishga yaroqsiz boʻlgan markalarni belgilangan tartibda roʻyxatdan chiqarib tashlashga qadar saqlanishini taʼminlashi, ularning nazoratdan chiqib ketishiga yoʻl qoʻymasligi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarish korxonalari ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar boʻyicha aksiz markalarining harakatini alohida qayd etib borishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqaruvchi korxonalar buyruq asosida aksiz markalari boʻyicha moddiy javobgar shaxsni tayinlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Ishlab chiqaruvchi korxonalar har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 5 sanasidan kechiktirmasdan, belgilangan shaklda aksiz markalarining harakati toʻgʻrisidagi hisobotni Inspeksiya, soliq organi va Bojxona qoʻmitasining hududiy organiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu hisobotlar Inspeksiyaning hisobga olish axborot tizimi orqali shakllantiriladi va taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Yirtilgan (foydalanishga yaroqsiz) aksiz markalari hisobi haqidagi maʼlumotlar (seriya raqamlari koʻrsatgan holda) Inspeksiyaga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yirtilgan (foydalanishga yaroqsiz) aksiz markalarini yoʻq qilish jarayonida Inspeksiya, soliq organi va Bojxona qoʻmitasining hududiy organi xodimlari ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Yangilangan namunadagi aksiz markalari foydalanishga tatbiq etilganda, Inspeksiya tomonidan eski namunadagi aksiz markalar qoldigʻi hisobi shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eski namunadagi aksiz markalarini yoʻq qilish jarayonlarida Inspeksiya, soliq organi va Bojxona qoʻmitasining hududiy organi xodimlari ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiz markalarini yoʻq qilishning barcha jarayonlari, jumladan, har bir aksiz markasi raqamlarining alohida koʻrinishi taʼminlangan holda videolavhaga olinadi va Inspeksiyada 5 yil davomida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi subyektlar ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sifati uchun shaxsan javobgardirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l. Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat monopoliyasini kuchaytirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotishdan budjetga tushumni koʻpaytirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 21-maydagi 221-son qarorining 1-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“alkogol va tamaki mahsulotlarini import qiluvchilar aksiz markalarini aksiz soligʻini toʻliq miqdorda toʻlagandan keyin sotib oladilar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 9-avgustdagi 189-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlardagi savdo investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 6-bandining oltinchi xatboshisidagi “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “2006-yil uchun davlat budjetidan Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasini moliyalashtirish hajmini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 30-dekabrdagi 287-son qaroriga 2-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“SXEMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetnogo finansirovaniya sentralnogo apparata i organizatsiy NTRK Uzbekistana, a takje territorialnix teleradiokanalov
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Respublikanskiy budjet

Finansirovaniye soglasno razdelnim smetam

GU “Oʻzbekiston 24” ijodiy birlashmasi”

GU “Maʼrifat” ijodiy birlashmasi”

GU “Sport ijodiy birlashmasi”

GU “Oʻzbektelefilm”

Territorialnie teleradiokanali

14

GU “Teleradiokanal “Mahalla”

NTRK Uzbekistana

(sentralniy apparat)

Telekanal “Oʻzbekiston 24”

Radiokanal “Oʻzbekiston 24”

Telekanal “Madaniyat va maʼrifat”

Telekanal “Oʻzbekiston tarixi”

Telekanal “Sport”

Telekanal “Mahalla”

Telekanal “Oʻzbekiston”

Radiokanal “Oʻzbekiston”

Telekanal “Bolajon”

Telekanal “Kinoteatr”

Telekanal “Futbol TV”

Radiokanal “Mahalla”

Telekanal “Dunuo boʻylab”

Oplata avtotransportnix uslug

Oplata uslug po proizvodstvu teleradioproduksiy

Oplata uslug predpriyatiy Ministerstva sifrovix texnologiy po rasprostraneniyu teleradioproduksii

Predpriyatiya svyazi Ministerstva sifrovix texnologiy

GU “Maxsus avtokorxona”

GU “Oʻzbekiston MTRK teleradiomarkazi”

Selevie sredstva na pogasheniye inostrannix kreditov SRRT, poluchennix na priobreteniye peredayushego oborudovaniya *

Oplata uslug po podache v efir teleradioproduksii teleradiokanalam NTRK Uzbekistana

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Primechaniye.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Pogasheniye kreditov, poluchennix na priobreteniye peredayushego oborudovaniya, osushestvlyayetsya v sootvetstvii s postanovleniyami Kabineta Ministrov ot 6-iyulya 1999 goda № 331 i 21-noyabrya 2002 goda № 362-66.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Finansirovaniye deyatelnosti teleradiokanalov, vxodyashix v sisteme NTRK Uzbekistana, osushestvlyayetsya za schet sredstv Gosudarstvennogo budjeta Respubliki Uzbekistan soglasno prilojeniyam №№ 5 i 6 k Ukazu Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 19-sentabrya 2024 goda UP-141 “O dalneyshem povishenii roli Natsionalnoy teleradiokompanii Uzbekistana v mediaprostranstve strani i vnedrenii sovremennix podxodov v yeye deyatelnost”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rasxodi GU “Teleradiokanal “Mahalla”, svyazannie s proyektnim finansirovaniyem, osushestvlyayutsya cherez NTRK Uzbekistana v vide gosudarstvennogo zakaza”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-noyabrdagi 917-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiradigan davlat maqsadli jamgʻarmalarining roʻyxati 8-bandidagi “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Agrosanoatni rivojlantirish agentligining Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Isteʼmol etil spirti va alkogol mahsulotlari sifatini organoleptik baholash boʻyicha respublika degustatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 26-dekabrdagi 1039-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) huzuridagi” soʻzlari “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) huzurida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2-banddagi “Agentlik” soʻzi “Inspeksiya” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Agentlik direktori” soʻzlari “Inspeksiya rahbari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomidagi “Agentlik huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alkogol mahsulotlari — oziq-ovqat xomashyosidan olingan etil spirtidan va (yoki) tarkibida spirt boʻlgan oziq-ovqat mahsulotidan foydalangan yoki foydalanmagan holda ishlab chiqarilgan, tarkibida etil spirtining hajmiy ulushi bir yarim foizdan yuqori boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-banddagi “Agentlik direktori” soʻzlari “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) rahbari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligiga” soʻzlari “Inspeksiyaga” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Agentlik” soʻzi “Inspeksiya” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-banddagi “mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilovaga 1-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-banddagi “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-banddagi “standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish” soʻzlari “texnik jihatdan tartibga solish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilovaga 2-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chora-tadbirlar” ustunidagi “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi direktori” soʻzlari “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi rahbari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilovaga 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Isteʼmol etil spirti ishlab chiqaruvchi korxonalarda joylashgan etil spirtining sifatini aniqlash boʻyicha laboratoriyalar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 19-sentabrdagi 97-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-banddagi “Moliya vazirligi huzuridagi” soʻzlari “Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilaridagi “Moliya vazirligi huzuridagi” soʻzlari tegishlicha “Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURATURASI HUZURIDAGI IQTISODIY JINOYATLARGA QARSHI KURASHISH DEPARTAMENTI QOSHIDAGI ALKOGOL VA TAMAKI BOZORINI TARTIBGA SOLISH INSPEKSIYASI

GERB

INSPEKSIYA PO REGULIROVANIYU ALKOGOLNOGO I TABACHNOGO RINKA PRI DEPARTAMENTE PO BORBE S EKONOMICHESKIMI PRESTUPLENIYAMI PRI GENERALNOY PROKURATURE RESPUBLIKI UZBEKISTAN

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
matnidagi “Moliya vazirligi huzuridagi” soʻzlari “Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURATURASI HUZURIDAGI IQTISODIY JINOYATLARGA QARSHI KURASHISH DEPARTAMENTI QOSHIDAGI ALKOGOL VA TAMAKI BOZORINI TARTIBGA SOLISH INSPEKSIYASI

GERB

INSPEKSIYA PO REGULIROVANIYU ALKOGOLNOGO I TABACHNOGO RINKA PRI DEPARTAMENTE PO BORBE S EKONOMICHESKIMI PRESTUPLENIYAMI PRI GENERALNOY PROKURATURE RESPUBLIKI UZBEKISTAN

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURATURASI HUZURIDAGI IQTISODIY JINOYATLARGA QARSHI KURASHISH DEPARTAMENTI QOSHIDAGI ALKOGOL VA TAMAKI BOZORINI TARTIBGA SOLISH INSPEKSIYASI

GERB

INSPEKSIYA PO REGULIROVANIYU ALKOGOLNOGO I TABACHNOGO RINKA PRI DEPARTAMENTE PO BORBE S EKONOMICHESKIMI PRESTUPLENIYAMI PRI GENERALNOY PROKURATURE RESPUBLIKI UZBEKISTAN

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
matnidagi “Moliya vazirligi huzuridagi” soʻzlari “Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi agrosanoat majmui va qishloq xoʻjaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 17-dekabrdagi 794-son qaroriga 5-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan maʼlumotlar almashishni yoʻlga qoʻyadigan tashkilotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Maʼlumotni taqdim qiluvchi idoralar

Maʼlumot nomi

1.

Suv xoʻjaligi vazirligi

Suv sarfining samaradorligi boʻyicha tahliliy ishlarni olib borishga oid maʼlumotlar.

2.

Kadastr agentligi

Maʼmuriy-hududiy birliklar va qishloq xoʻjaligi korxonalarining amaldagi chegaralari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

3.

Adliya vazirligi

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tashkilot va jismoniy shaxslarning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

4.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga ajratilayotgan subsidiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

5.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

Chorvachilik xoʻjaliklari va ularga tegishli yer maydonlari, ekilgan ekin turlari (gektar koʻrsatilgan holda), barcha xoʻjaliklardagi chorva hayvonlari reyestri, goʻsht va sutni qayta ishlovchilar, chorva hayvonlarini soʻyishga ixtisoslashgan korxonalar (qushxonalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

6.

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

Fitosanitariya xizmatlari, oʻsimliklar karantini xizmatlari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlarini eksport (import) qiluvchilar reyestri, laboratoriyalar va berilgan sertifikatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

7.

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi

Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari statistikasiga oid maʼlumotlar.

8.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

9.

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi

10.

“Parrandasanoat” uyushmasi

11.

“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi

12.

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi

13.

“Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi

14.

“Oʻzdonmahsulot” AK

15.

“Oʻzagroservis” AJ

16.

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

17.

“Tomorqa xizmati” MCHJ

Aholi tomorqalari va dehqon xoʻjaliklariga ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish koʻrsatkichlari (ajratilgan yer maydoni, hosildorlik va boshqalar), ichki va tashqi bozorning oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talabi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

18.

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

19.

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi birlashmalarining aʼzolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik subyektlariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana) xoʻraki, kishmishbop va sanoatbop tok koʻchatlari hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 24-iyuldagi 458-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-bandning uchinchi xatboshisidagi “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) qoshidagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Agrosanoatni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshidagi “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi)ning Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi)” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Loyiha tashabbuskori koʻchatlar sotib olishga subsidiya olish uchun Agentlik va koʻchat yetkazib beruvchi koʻchatchilik xoʻjaligi oʻrtasida uch tomonlama shartnomani tuzish uchun Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agentlikka quyidagi hujjatlarni ilova qilib, elektron imzo bilan tasdiqlangan arizani elektron pochta orqali yuboradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-banddagi “Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligiga yoki Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentliklar)” soʻzlari “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining “Axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida yosh mutaxassislarni ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-avgustdagi 556-son qaroriga 2-ilovaning “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi” boʻlimi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining “Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari muomalasini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 11-oktabrdagi 634-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ning” soʻzlari “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “Agentlikning” soʻzi “Inspeksiyaning” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshidagi “Agentlik” soʻzi “Inspeksiya” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-banddagi “Agentlikda” soʻzi “Inspeksiyada” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Ushbu Nizom chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish korxonalarida alkogol va tamaki mahsulotlarining nazorat xaridini amalga oshirish, ularning vakolatli organlar bilan texnik reglamentlar talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, mazkur xarajatlarni Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) budjetdan tashqari jamgʻarmasi hisobidan qoplash tartibini belgilaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar” soʻzlari “texnik reglamentlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-banddagi “Agentlik” soʻzi “Inspeksiya” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4. Inspeksiya boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan hamda Inspeksiyaning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladigan nazorat xaridini amalga oshirish rejasi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5. Nazorat xaridini amalga oshirish rejasi Inspeksiya tomonidan har yili shakllantiriladi va Inspeksiya boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi hamda ushbu rejaga Inspeksiya tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7. Nazorat xaridi va mahsulotlarni ekspertizadan (testdan) oʻtkazish Inspeksiya tomonidan qonuniylik, oshkoralik, xolislik, adolatlilik, tenglik va shaffoflik prinsiplariga asoslangan holda amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-banddagi “Agentlik direktori” soʻzlari “Inspeksiya boshligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Agentlikning” soʻzi “Inspeksiyaning” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-banddagi, 12-bandning birinchi xatboshisidagi, 14-bandning birinchi xatboshisidagi, 18-bandning birinchi xatboshisidagi “Agentlik” soʻzi “Inspeksiya” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “Agentlik” soʻzi “Inspeksiya” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshidagi “texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar” soʻzlari “texnik reglamentlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24, 25, 28, 29-bandlardagi “Agentlik” soʻzi tegishlicha “Inspeksiya” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“30. Ekspertiza (test) natijalari boʻyicha savdo qoidalariga, mahsulot texnik reglamentlar talabiga muvofiq boʻlmagan holatlar aniqlanganda, Inspeksiya tomonidan tegishli hujjatlar vakolatli organlarga taqdim etiladi hamda ular tomonidan aybdor shaxslarga nisbatan qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar qoʻllaniladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-banddagi “Agentlikning Vinochilikni rivojlantirish” soʻzlari “Inspeksiyaning budjetdan tashqari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Inspeksiya rahbarining nazorat xaridini amalga oshirish toʻgʻrisidagi buyrugʻi bilan tasdiqlangan xodimlarga nazorat xaridi xarajatlari uni tasdiqlovchi hujjatlarga asosan Inspeksiyaning budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻliq qoplab beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “Agentlikning” soʻzi “Inspeksiyaning” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-banddagi “Agentlikning” soʻzi “Inspeksiyaning” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34 va 37-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Agentlik” soʻzi “Inspeksiya” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-ilovaga ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Subyektlar” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi” va “direktori” soʻzlari tegishlicha “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi” va “boshligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tadbirlar” ustuni 5-bosqichdagi “texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar” soʻzlari “texnik reglamentlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 7-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi:

isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

a) rektifikatlangan isteʼmol etil spirtini, shu jumladan, uzum, rezavor meva, shuningdek, vino spirtini, uzum va rezavor mevadan tayyorlangan spirt xomashyosini ishlab chiqarish;

b) texnik etil spirtini, efiroaldegidli fraksiyani (etil spirtining bosh fraksiyasini) ishlab chiqarish;

v) uzum, vino, konyak, viski, rom, rezavor meva va kalvados distillyatini ishlab chiqarish;

g) aroq, shu jumladan, uzum va meva arogʻini, shuningdek, likyor-aroq mahsulotlarini ishlab chiqarish;

d) konyak, konyak ichimligini, brendi, viski, rom, kalvadosni ishlab chiqarish;

e) uzum va rezavor meva vinosini, koʻpiklanadigan va gazli vinoni ishlab chiqarish, bundan tabiiy vinolar va pivo ishlab chiqarish mustasno;

j) oʻtkirligi 7,0 foizdan 22 foizgacha boʻlgan vino ichimliklarini ishlab chiqarish;

z) uzum va rezavor mevadan tayyorlangan vino materiallarini ishlab chiqarish.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari

4.

Litsenziyalovchi organ:

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, STIR, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), litsenziya toifalari boʻyicha tanlash, ombor binolarining joylashgan joyi, ishlab chiqariladigan mahsulot turining nomi, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

b) ishlab chiqarish obyektining pasporti.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigim miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

yillik litsenziya toʻlovlari:

a) rektifikatlangan isteʼmol etil spirti ishlab chiqarish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida;

b) texnik etil spirti, efiraldegidli fraksiya (etil spirtning bosh fraksiyasi) ishlab chiqarish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida;

v) isteʼmol etil spirtidan aroq va likyor-aroq ishlab chiqarish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 250 baravari miqdorida;

g) oʻtkirligi 7,0 dan 22,0 foizgacha boʻlgan vino ichimliklari ishlab chiqarish uchun-bazaviy hisoblash miqdorining 250 baravari miqdorida;

d) uzum va meva arogʻi, uzum va rezavor meva vinosi, konyak, konyak ichimliklari, brendi, viski, rom, kalvados ishlab chiqarish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida;

e) uzum va rezavor meva spirti, vino spirti, uzumdan va rezavor mevadan tayyorlangan spirt xomashyosi, uzumli, vinoli, konyakli, viskili, romli, rezavor mevali va kalvadosli distillyat, koʻpiklanadigan va gazlangan vino ishlab chiqarish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida;

j) uzum va rezavor mevadan vino materiallari ishlab chiqarish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida.

Yillik litsenziya toʻlovidan tushadigan mablagʻlar Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga kirim qilinadi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

15 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

a) isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishda (shu jumladan, saqlanishi va aylanmasiga rioya qilish) qonunchilikka va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga qatʼiy rioya qilish;

b) ishlab chiqarish xavfsizligini, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligini, yongʻin xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiya talablari va normalariga rioya etish;

v) lizensiyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun amaldagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlar, gigiyenik xulosalar va boshqa tegishli hujjatlarning mavjudligi;

g) har bir mahsulot turi uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq ishlab chiqilgan va Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan texnologik yoʻriqnomalarning mavjudligi;

d) spirt va alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida tegishli malakaga ega boʻlgan kamida ikki nafar mutaxassisning mavjudligi;

e) zarur asbob-uskunalar, priborlar, kimyoviy reaktivlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan jihozlangan, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda nazarda tutilgan barcha zarur fizik-kimyoviy, mikrobiologik va boshqa koʻrsatkichlarni tahlil qilish imkonini beruvchi ishlab chiqarish laboratoriyalari mavjudligi;*

j) ishlab chiqariladigan mahsulotning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi boʻyicha isteʼmol etil spirti va alkogol mahsulotlarining organoleptik xususiyatlarini aniqlash boʻyicha degustatsiya komissiyasiga har chorakda mahsulot namunalarini taqdim etish;

z) “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi hamda isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish axborot tizimini joriy etish va foydalanish, shuningdek, elektron shakldagi hisobvaraq-fakturadan foydalanish;

i) qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq etil spirti va alkogol mahsulotlari savdosi qoidalariga rioya qilish;

k) isteʼmol va texnik etil spirti ishlab chiqaruvchi tashkilotlarda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishga yoʻl qoʻymaslik;*

l) rektifikatlangan isteʼmol etil spirti ishlab chiqaruvchi tashkilotlarda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining etil spirti sifatini aniqlash laboratoriyasining mavjudligi;

m) aroq hamda isteʼmol etil spirtidan (uzum va rezavor meva etil spirtidan tashqari) aroq va likyor-aroq mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha mavjud yillik ishlab chiqarish quvvatlaridan kelib chiqib, yarim yil yakunlari boʻyicha ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koʻrsatkichi 60 foizidan kam boʻlmagan miqdorda foydalanilishini taʼminlash. Bunda yillik ishlab chiqarish hajmi absolyut alkogolga qayta hisoblaganda kamida 100 ming dekalitrni tashkil qilishi lozim;

n) aroq ishlab chiqarmaydigan tashkilotlarda isteʼmol etil spirtidan (uzum va rezavor meva etil spirtidan tashqari) likyor-aroq mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha mavjud yillik ishlab chiqarish quvvatlaridan oʻrnatilgan quvvatlarning 50 foizidan kam boʻlmagan miqdorda foydalanilishini taʼminlash;

o) aroq va (yoki) likyor-aroq mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar tomonidan uch yil ichida oʻzining texnik uzum navlari plantatsiyalarini bir tekis yaratilishi va kelgusida vino materiallari va (yoki) vino ishlab chiqarishni tashkil qilish. Bunda texnik uzum navlari ekilganidan keyingi uch yildan soʻng texnik uzum navlari plantatsiyalarining maydoni aroq va (yoki) likyor-aroq mahsulotlarini yillik ishlab chiqarish hajmining 75 foiziga mutanosib keladigan vino materiallari va (yoki) vino ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan hosilni yigʻish imkonini berishi kerak;

p) vino-konyak mahsulotlarini saqlash va yetiltirish uchun eman bochkalari mavjud boʻlgan tashkilotlar tomonidan tabiiy vino, vino materiallar va konyak spirtlari ishlab chiqarish hamda uzumni qayta ishlash faoliyatini amalga oshirish;

r) tashkilotlar tomonidan doimiy ravishda ustav fondining quyidagi miqdori taʼminlanishi: isteʼmol etil spirti va aroq ishlab chiqaruvchi tashkilotlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 000 baravari miqdorida va undan ortiq; boshqa alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar (uzum va mevalarni birlamchi qayta ishlash tashkilotlari bundan mustasno) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravari miqdorida va undan ortiq;

s) barcha isteʼmol va texnik etil spirti ishlab chiqarish hamda alkogol mahsulotlarini quyish liniyalarida yigʻma hisobga olish maʼlumotlari koʻrsatkichlarini tegishli himoyalash vositasiga ega boʻlgan tayyor mahsulotlarni elektron hisoblagichlarning mavjud boʻlishi;

t) real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS) bilan jihozlangan hamda isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish axborot tizimiga integratsiya qilingan elektron hisoblagich oʻrnatilgan hamda elektron hisobvaraq-faktura, tovar-transport yuk xati mavjud avtotransport vositalari orqali isteʼmol va texnik etil spirtini yuklash va tashish;

u) alkogol mahsulotlariga nisbatan roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar belgilarini qoʻllash va (yoki) patentlangan sanoat namunalaridan foydalanish, shu jumladan, tegishli litsenziya shartnomalari asosida;*

f) yillik litsenziya toʻlovlarini, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash boʻyicha qonunchilikda belgilangan talablarga rioya qilish;*

x) alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishda va ularning savdosida sifat talablariga, shuningdek, aksiz markalarini qoʻllash hamda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tartiblariga rioya etish;*

s) alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini monitoring va nazorat qilish imkonini beruvchi videokuzatuv vositalarini oʻrnatish;*

ch) isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ulgurji realizatsiyasiga oid shartnomalar soliq organlarida majburiy hisobga qoʻyish;

sh) alkogol mahsulotining asosiy ishlab chiqarish uskunalarini hamda uning mulkdorlarini vakolatli davlat organida majburiy roʻyxatdan oʻtkazish.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

a) ishlab chiqarish va saqlash inshootlarining, shuningdek, texnologik uskunalarning qonunchilikda belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining xulosasi;

b) ishlab chiqarishning qonunchilikda belgilangan mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining hududiy boshqarmalari xulosasi;

v) ishlab chiqarishning, ishlab chiqarish va saqlash binolarining qonunchilikda belgilangan yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida davlat yongʻin nazorati organining xulosasi;

g) Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining ishlab chiqariladigan mahsulotning sifati va xavfsizligini nazorat qilish uchun zarur boʻlgan texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda oʻlchash jihozlari bilan taʼminlanganligi toʻgʻrisidagi xulosasi;

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

cheklanmagan

12.

Izoh.

Xorijiy isteʼmol etil spirtidan foydalangan holda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

Litsenziyalovchi organ litsenziat tomonidan faoliyatni amalga oshirishda litsenziya talablariga rioya qilinmaganda jarima koʻrinishida quyidagi moliyaviy sanksiyalarni qoʻllaydi:

a) aroq, shuningdek, isteʼmol etil spirtidan aroq va likyor-aroq mahsulotlarini ishlab chiqarishda mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koʻrsatkichi har yarim yil yakunlari boʻyicha 60 foizdan kam boʻlganda, belgilangan 60 foizning bajarilmagan qismiga aksiz soligʻi summasining 50 foizi miqdorida.

Bunda har yarim yillik yakunlari boʻyicha mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koʻrsatkichi 60 foizdan koʻp boʻlganda va aksiz soligʻi toʻliq toʻlangan taqdirda, undirilgan moliyaviy jarima summalari korxonaga qaytarib beriladi;

b) aroq ishlab chiqarmaydigan tashkilotlarda isteʼmol etil spirtidan likyor-aroq mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha mavjud yillik ishlab chiqarish quvvatlari quyidagidan kam boʻlmagan miqdorda ishlatilishini taʼminlamaslik:

50 foizdan — bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari miqdorida;

30 foizdan — bazaviy hisoblash miqdorining 250 baravari miqdorida;

v) boshqa turdagi spirtdan (rektifikatlangan isteʼmol etil spirti, konyak distillyati va meva, uzumdan rektifikatlangan etil spirtidan tashqari) foydalangan holda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish, shuningdek, xorijiy etil spirtidan foydalangan holda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish — ishlab chiqarilgan mahsulot bahosining (ulgurji narxlarda) 200 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;

g) etil spirti va alkogol mahsulotlarini litsenziya olish chogʻida arizada kiritilmagan saqlash joylarida saqlash — bunday saqlash joylarida boʻlgan mahsulot qiymatining 100 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;

d) tashkilotlar tomonidan alkogol mahsulotlarini bunday mahsulotga belgilangan eng kam ulgurji narxlardan past narxlarda sotish:

alkogol mahsulotlarini (pivodan tashqari) ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan minimal ulgurji-sotish narxlaridan past narxlarda sotilgan qiymatning 20 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;

jarima qoʻllanilgandan keyin bir yil mobaynida aynan oʻsha qoida buzish takroran aniqlanganda — alkogol mahsulotlarini (pivodan tashqari) ishlab chiqargan tashkilot tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan minimal ulgurji-sotish narxlaridan past narxlarda sotilgan qiymatning 50 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;

e) isteʼmol etil spirtini 50 foizlik oldindan toʻlovsiz sotish-olib chiqib ketilgan yoki tashiladigan mahsulotning 50 foizi qiymati, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;

j) alkogol mahsulotini (pivo mahsuloti, koʻpiklanadigan va tabiiy vinodan tashqari) alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosini amalga oshirish boʻyicha litsenziyaga ega boʻlmagan shaxsga sotish — olib chiqib ketilgan yoki tashiladigan mahsulotning 100 foizi qiymati, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;

z) isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish axborot tizimi hisobiga kiritmasdan ishlab chiqarish va (yoki) muomalaga chiqarish — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida;

i) isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish axborot tizimiga ishlab chiqarilgan va (yoki) muomalaga chiqarilgan isteʼmol etil spirti, alkogol mahsuloti hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoxud ishonchli boʻlmagan maʼlumotlarni taqdim etish — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida;

y) boshqa litsenziya talablarining bajarilmasligi — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida;

k) alkogol mahsulotlarini aksiz markalarisiz yoki soxta aksiz markalari bilan ishlab chiqarish — bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorda.

Noqonuniy ishlab chiqarish, aksiz markasiz, raqamli markirovkasiz yoki sifatsiz alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish holatlari aniqlanganda ishlab chiqarish uskunalari davlat foydasiga oʻtkaziladi.

Isteʼmol va texnik etil spirtini masofaviy onlayn kuzatish (GPS) tizimi oʻrnatilmagan, elektron hisobvaraq-fakturasiz, tovar-transport yuk xatisiz hamda belgilangan talablarga javob bermaydigan transport vositalariga yuklash va tashish holatlari litsenziya talablarini buzish deb baholanib, litsenziyaning amal qilishini 10 kun muddatga toʻxtatib turishga asos boʻladi.

Bunda ushbu bandda nazarda tutilgan litsenziya talablari bir yil ichida takroran buzilgan taqdirda, bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari miqdorida moliyaviy jarima qoʻllaniladi.

Litsenziya talablari va shartlarini buzganlik uchun toʻlanadigan jarimalar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga kirim qilinadi.

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 8-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi (tabiiy va koʻpiklanadigan vinolar, pivo va pivo ichimliklari bundan mustasno) faoliyatini litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi:

alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi (bundan tabiiy va koʻpiklanadigan vinolar, pivo va pivo ichimliklari mustasno) boʻyicha faoliyat uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi:

alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

yuridik shaxslar

4.

Litsenziyalovchi organ:

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, STIR, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosini amalga oshirishga ombor binolarning yuridik manzillari, litsenziya toifalari boʻyicha tanlash, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

b) alkogol mahsulotlarini saqlash, qabul qilish va tarqatish uchun moʻljallangan binoga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjat yoki ijara shartnomasining nusxasi;

v) shakllantirilgan ustav fondi miqdori toʻgʻrisida dalolat beruvchi hujjat nusxasi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

litsenziya berganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida yillik litsenziya toʻlovi undiriladi.

Yillik litsenziya toʻlovidan tushadigan mablagʻlar Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga kirim qilinadi.

Navbatdagi yil uchun yillik litsenziya toʻlovi litsenziyadan foydalanishning keyingi yili boshlanishidan kamida 30 kun oldin toʻlanadi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

4 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

a) alkogol mahsulotlarini saqlash, qabul qilish va tarqatishni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga qatʼiy rioya qilish;

b) alkogol mahsulotlarini saqlash, qabul qilish va tarqatish uchun moʻljallangan va belgilangan talablarga javob beradigan binoga egalik qilish (oʻz mulkida boʻlishi, xoʻjalik yuritishida, operativ boshqaruvida boʻlishi yoki ijaraga olgan boʻlishi);

v)Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish axborot tizimini ishlatish;

g) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining axborot tizimiga integratsiyalashgan elektron hisobvaraq-fakturadan foydalanish hamda alkogol mahsulotlari ulgurji realizatsiyasiga oid shartnomalarni soliq organlarida majburiy hisobga qoʻyish;

d) alkogol mahsulotlarini olib kirish hamda sotishga doir cheklovlarga rioya qilish, shuningdek, yillik litsenziya toʻlovini toʻlash;

e) ustav fondini bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda mablagʻ koʻrinishida shakllantirish;

j) alkogol mahsulotlarining chakana savdosi bilan shugʻullanishga va (yoki) umumiy ovqatlanish korxonalari orqali chakana sotish uchun xabarnomalar reyestriga kiritilmagan yuridik shaxslarga sotishga yoʻl qoʻymaslik, mahalliy pivo mahsulotlari, koʻpiklanadigan va tabiiy vinolar bundan mustasno;*

z) alkogol mahsulotlariga aksiz markalarini qoʻllash tartiblariga hamda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tartiblariga rioya etish;*

i) alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati uchun litsenziyaga ega boʻlgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlarini (tabiiy vinolar bundan mustasno) saqlash va sotish, import qilingan alkogol mahsulotlarini saqlash va sotish bundan mustasno;*

k) sifatsiz va kirim qilinmagan mahsulotlar savdosiga yoʻl qoʻymaslik.*

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

omborning sanitariya qoidalari va normalariga muvofiqligi toʻgʻrisida tuman (shahar) sanitariya-epidemiologiya xizmati organining xulosasi (2 ish kuni);

ombor inshootlarining qonunchilikda belgilangan yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar boʻlimlarining xulosasi (2 ish kuni).

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

cheklanmagan

12.

Izoh.

Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi faoliyatini isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish hududida amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Litsenziya talablari va shartlari buzilganda litsenziatga quyidagi miqdorlarda moliyaviy jarima qoʻllaniladi:

a) alkogol mahsulotlarini litsenziya olish chogʻida arizaga kiritilmagan joylarda saqlash uchun — shunday joyda saqlangan tovar qiymatining 100 foizi, ammo bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;

b) isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish axborot tizimda hamda “Asl belgisi” MATda qayd etmasdan alkogol mahsulotlarini sotish, unga ishonchli boʻlmagan yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarni kiritish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida;

v) litsenziya talablarini va shartlarini boshqa tarzda buzganlik uchun (bundan litsenziya talablari va shartlarini bir marta qoʻpol ravishda buzish holatlari mustasno) — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 9-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Litsenziya nomi:

tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi:

tamaki mahsulotlari (barcha klassdagi sigaretlar, papiroslar, sigaralar va sigarillalar)ni sanoat asosida ishlab chiqarish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

yuridik shaxslar

4.

Litsenziyalovchi organ:

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvaragʻi, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

b) quyidagilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi ishlab chiqarish obyektining pasporti:

ishlab chiqarish obyektining bosh rejasi, shuningdek, ishlab chiqarish sikli va muhandislik-texnik kommunikatsiyalarining joylashishi toʻgʻrisidagi hujjatlar;

uskunaning ishlab chiqarilgan yili, ishlab chiqaruvchisi va ishlab chiqarilgan mamlakat;

uskunaning texnik holati va oʻrnatilgan ishlab chiqarish quvvatlari.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigim miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdori

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdori

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

10 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

a) tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga, texnik reglamentlarga majburiy rioya qilish;

b) ishlab chiqarishning toʻliq texnologik jarayoniga rioya qilish — binolar yaxlitligi, xom ashyoni pirovard isteʼmolchiga sotish uchun tayyor mahsulot etib qayta ishlashni taʼminlovchi texnologik asbob-uskunalarning mavjudligi;

v)tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishni texnik nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi organlari tomonidan akkreditatsiya qilingan laboratoriyalarning mavjudligi;

g) tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishda texnika xavfsizligini, yongʻin xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiya talablari va normalarini taʼminlash;

d) roʻyxatdan oʻtkazilgan (patentlangan) tovar belgilarining mavjudligi;

e) mahsulotning har bir turi boʻyicha texnik reglamentlar talablariga muvofiq ishlab chiqilgan texnologik yoʻriqnomalarning mavjud boʻlishi;

j) ishlab chiqarilayotgan tamaki mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda aksiz markalari bilan markalash uchun asbob-uskunalarning mavjud boʻlishi;*

z) tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlgan, shu jumladan, import qilingan tamaki xom ashyosidan foydalanish. Mahalliy qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilardan tamaki xomashyosini sotib olish miqdorini tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan umumiy yillik hajmning 20 foizidan kam boʻlmasligi lozim. Bunda mahalliy qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilardan sotib olingan tamaki xom ashyosini ishlab chiqarishda foydalanish talabgor tomonidan mustaqil hal qilinadi. Mahalliy qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilardan tamaki xom ashyosi sotib olishga avans berish agrotexnologiya tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirish uchun kontrakt summasining kamida 50 foizi miqdorida taʼminlanishi kerak;

i) tamaki mahsulotlariga aksiz markalarini qoʻllash tartiblariga hamda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tartiblariga rioya etish;*

k) tamaki mahsulotlarini raqamli tamgʻalash va kuzatishning axborot tizimlari, tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda aylanishi hajmlarini hisobga olishning axborot tizimlari joriy etilishini va ulardan foydalanilishini;*

l) soliq organlarining axborot tizimiga integratsiya qilingan elektron hisobvaraq-fakturalardan foydalanilishini hamda tamaki mahsulotlari ulgurji realizatsiyasiga oid shartnomalarni soliq organlarida elektron tarzda majburiy hisobga qoʻyish.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining mahsulotlar, ishlab chiqarish sharoitlari va asbob-uskunalarning sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi (5 ish kuni ichida);

ishlab chiqarishning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalarining xulosasi (5 ish kuni ichida).

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha taklif qilinayotgan quvvatlarni ishga tushirishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi (5 ish kuni ichida);

belgilangan talablarga muvofiq ishlab chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarning mavjudligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining xulosasi (5 ish kuni ichida).

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

cheklanmagan

12.

Izoh.

*Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori bilan tasdiqlangan Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 11-ilovaning 9-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

9.

Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari:

a) sogʻliqni saqlash tizimi tashkilotlari, taʼlim tashkilotlari, madaniyat muassasalari, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari, sanatoriy hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalar hududlarida joylashmagan boʻlishi;*

b) fiskal xotiraga ega onlayn nazorat-kassa mashinalaridan va (yoki) virtual kassa tizimlaridan, shuningdek, bank plastik kartochkalaridan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallaridan majburiy foydalanish;*

v) elektron hisob-fakturadan majburiy tartibda foydalanishi shart;

g) “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalari talablariga qatʼiy rioya qilish;

d) alkogol mahsulotlari sotiladigan joylarda ularning yigirma bir yoshga toʻlmagan shaxslarga sotilishiga yoʻl qoʻyilmasligi, shuningdek alkogol mahsulotlarining inson sogʻligʻiga zararli taʼsiri toʻgʻrisida ogohlantiruvchi yozuvlar joylashtirilgan boʻlishi;*

e) alkogol mahsulotlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan eng kam chakana narxlardan past narxlarda sotmaslik;

j) alkogol mahsulotlarini sotishda aksiz markalarini qoʻllash (pivo, tabiiy va koʻpiklanadigan vino bundan mustasno) hamda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tartiblariga rioya etish;*

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 19-ilovaning 9-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

9.

Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari:

a) taʼlim, sport va diniy tashkilotlar hududidan toʻgʻri chiziq boʻylab yuz metrdan kam masofada joylashmagan boʻlishi, bundan savdo obyekti umumiy savdo maydoni ming kvadrat metrdan ortiq boʻlgan savdo majmualarining (bozorlarning) hududida va yarmarka pavilyonlarida joylashgan hollar bundan mustasno;

b) oʻziga mulk yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan yoki ijaraga olingan, alohida kiriladigan savdo zali boʻlgan (faqat alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilishga moʻljallangan), chekka togʻli tumanlarda — alohida savdo seksiyasi boʻlgan turgʻun shoxobcha boʻlishi;

v) sogʻliqni saqlash tizimi tashkilotlari, taʼlim tashkilotlari, madaniyat muassasalari, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari, sanatoriy hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalar hududlarida joylashmagan boʻlish;

g) fiskal xotiraga ega onlayn nazorat-kassa mashinalaridan va (yoki) virtual kassa tizimlaridan, shuningdek, bank plastik kartochkalaridan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallaridan majburiy foydalanish;*

d) elektron hisob-fakturadan majburiy tartibda foydalanish;

e) qonunchilikda belgilangan alkogol mahsulotlar, bilan chakana savdo qilish huquqi uchun har oylik mahalliy yigʻimni toʻlab borish;

j) “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari talablariga qatʼi rioya qilish;

z) alkogol mahsulotlari sotiladigan joylarda ularning yigirma bir yoshga toʻlmagan shaxslarga sotilishiga yoʻl qoʻyilmasligi, shuningdek, alkogol mahsulotlarining inson sogʻligʻiga zararli taʼsiri toʻgʻrisida ogohlantiruvchi yozuvlar joylashtirilgan boʻlishi;*

i) alkogol mahsulotlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan eng kam chakana narxlardan past narxlarda sotmaslik;

k) alkogol mahsulotlarini sotish aksiz markalarini qoʻllash (pivo, tabiiy va koʻpiklanadigan vino bundan mustasno) hamda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tartiblariga rioya etish;*

l) alkogol mahsulotlarini saqlash uchun omborxona boʻlishi;

m) shaharlarda — kamida 25 kvadrat metrli, qishloq joylarda — kamida 15 kvadrat metrli (faqat alkogol mahsulotlari sotish uchun moʻljallangan va alohida kirish joyiga ega) savdo zali, uzoq togʻli joylarda — alohida savdo seksiyasi boʻlgan savdo obyektlarida amalga oshirilishi.*

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-pozitsiyadagi “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi” soʻzlari “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-pozitsiyada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bandning “v” kichik bandidagi “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi” soʻzlari “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-band quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“d) identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tartiblariga rioya etish.*”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-pozitsiyadagi “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi” soʻzlari “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-pozitsiya quyidagi mazmundagi “j” va “k” kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“j) identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tartiblariga rioya etish;*
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) soliq qonunchiligi talablariga qatʼiy rioya qilish”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirlar Mahkamasining “Uzumchilik, bogʻdorchilik, issiqxona xoʻjaliklarini yurituvchi va vinochilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi subyektlarni davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 10-iyundagi 327-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasidan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasidan” soʻzlari “Agrosanoatni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bandning uchinchi xatboshisidagi “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi)” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“13. Talabgor tuman ishchi guruhining ijobiy xulosasini olgandan soʻng Agentlikka yozma yoxud elektron shaklda quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya — talabgorning tokzorlarda uzum koʻchatlarini shpalerga koʻtarish xarid qilish xarajatlarining bir dona shpaler uchun 15 ming soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorini qoplash uchun tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻ”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bandning uchinchi xatboshisidagi “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Talabgor subsidiya olish uchun tuman ishchi guruhining ijobiy xulosasini olgandan soʻng Agentlikka yozma yoki elektron shaklda kuyidagi hujjatlarni taqdim qiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) ning Vinochilikni rivojlantirish” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilovaga 5-ilovaning nomidagi “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ning Vinochilikni rivojlantirish” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilovaga 5-ilovaning nomidagi “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 543-son qarori bilan tasdiqlangan Buxoro shahrida “Street Food” gastronomik koʻchasini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasining 8-pozitsiyasi “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Agrosanoatni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vazirlar Mahkamasining “Uzum yetishtiruvchilar va vino mahsulotini ishlab chiqaruvchilar respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 30-sentabrdagi 557-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshidagi “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish” soʻzlari “Agentlikning Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 3-bandning birinchi xatboshisidagi “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-banddagi “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilovaga 2-ilovaning nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vazirlar Mahkamasining “Tamaki mahsulotlari uchun texnik reglamentni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 18-maydagi 290-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-banddagi “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga” soʻzlari “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-ilovaga 4-ilovaning 4-bandidagi “investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi” soʻzlari “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2-ilovaning “Subyekt” ustunidagi “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi” soʻzlari tegishlicha “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Spirt va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilishga oid nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 2-iyuldagi 275-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli va tamaki mahsulotlarini chetdan keltirish, ishlab chiqarish va sotish ustidan davlat nazoratini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 4-avgustdagi 331-son qarorining 5-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat nazoratini mustahkamlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1999-yil 5-yanvardagi 2-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Spirt, alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va sotishni davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 23-sentabrdagi 444-son qarorining 6-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 13-yanvardagi 14-son qaroriga ilovaning 10-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-son Qonuni)” 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga 1-ilovaning 20-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 7-noyabrdagi PQ-505-son qarori)” 2006-yil 18-dekabrdagi 260-son qaroriga ilovaning 2 va 3-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 24-avgustdagi PF-4354-son farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qarori)” 2011-yil 2-noyabrdagi 294-son qaroriga ilovaning 12-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoni hamda “Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3573-son qarori)” 2018-yil 16-iyuldagi 539-son qaroriga ilovaning 2, 3 va 7-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 17-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasining “Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi, shuningdek, litsenziya talablari va shartlarini buzganlik uchun qoʻllanadigan choralar va sanksiyalar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 20-maydagi 301-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 30-noyabrdagi 753-son qaroriga 4-ilovaning 9-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻlaqonli taʼminlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 9-sentabrdagi PQ-4821-son qarori)” 2021-yil 21-dekabrdagi 766-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vazirlar Mahkamasining “Aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2021-yil 27-dekabrdagi 774-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vazirlar Mahkamasining “Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish toʻgʻrisida” 2023-yil 26-iyuldagi 313-son qarorining 5 va 6-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vazirlar Mahkamasining “Qonunchilik hujjatlarida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish hamda normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 11-sentabrdagi 562-son qaroriga 5-ilovaning 4-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)