1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bog‘dorchilik. Uzumchilik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QISHLOQ XO‘JALIGI BIRLASHMALARINING A’ZOLARI, MEVA-SABZAVOT KLASTERLARI ISHTIROKCHILARI VA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIGA MAHALLIY SHAROITDA YETISHTIRILGAN INTENSIV KO‘CHATLAR (PAKANA VA YARIM PAKANA) XO‘RAKI, KISHMISHBOP VA SANOATBOP TOK KO‘CHATLARI HAMDA PAYVANDTAGLARNI SOTIB OLISH XARAJATLARINING BIR QISMINI QOPLASH UCHUN SUBSIDIYA AJRATISH TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
(qarorning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 11-dekabrdagi PQ-4549-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, ko‘chatchilik sohasini intensiv texnologiyalar asosida rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qishloq xo‘jaligi birlashmalarining a’zolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik subyektlariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv ko‘chatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv ko‘chatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni (keyingi o‘rinlarda — ko‘chatlar va payvandtaglar) sotib olish xarajatlarining bir qismini subsidiya ajratish yo‘li bilan qoplab berish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘chatlar va payvandtaglar uchun subsidiyaning bazaviy hisoblash miqdorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘chatlar va payvandtaglar turlari (tok ko‘chatlari, urug‘li va danakli mevalar, yong‘oq mevalari) bo‘yicha koeffitsiyentlarni aniqlash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada ko‘chatlar va payvandtaglarni ekish shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari tomonidan intensiv bog‘ va tokzor barpo etish bo‘yicha loyihalarning manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘chatlar va payvandtaglarni yetishtirish va yetkazib berish majburiyatlarining bajarilishi bo‘yicha monitoring olib borish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi intensiv bog‘, xo‘raki va kishmishbop tokzorlarni barpo etgan yoki barpo etadigan talabgorlarga ko‘chatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoatbop tokzorlarni barpo etgan yoki barpo etadigan talabgorlarga ko‘chatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi orqali respublika budjetidan har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan subsidiya ajratiladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi birlashmalarining a’zolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik subyektlariga ko‘chatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun ajratiladigan mablag‘lardan samarali foydalanilishi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev hamda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 24-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
458-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-iyuldagi 458-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi birlashmalarining a’zolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik subyektlariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv ko‘chatlar (pakana va yarim pakana) xo‘raki, kishmishbop va sanoatbop tok ko‘chatlari hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish to‘g‘risida
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1. Ushbu Nizom qishloq xo‘jaligi birlashmalarining a’zolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va boshqa tadbirkorlik subyektlariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv ko‘chatlar (pakana va yarim pakana) xo‘raki, kishmishbop va sanoatbop tok ko‘chatlari hamda payvandtaglarni (keyingi o‘rinlarda — ko‘chatlar va payvantaglar) sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash, shartnoma shartlarini monitoring qilish hamda berilgan subsidiyani qaytarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) hisobidan subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiyalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi intensiv bog‘, xo‘raki va kishmishbop tokzorlarni barpo etgan yoki barpo etadigan talabgorlarga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi) qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoatbop tokzorlarni barpo etgan yoki barpo etadigan talabgorlarga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tomonidan ajratiladi.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, subsidiyalar proporsional tarzda ko‘chat va payvandtag turiga qarab tegishli Jamg‘arma tomonidan beriladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intensiv bog‘ — intensiv ko‘chatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglardan yetishtirilgan ko‘chatlarni zich ekish sxemasida resurstejamkor agrotexnologik tadbirlarni amalga oshirish asosida tashkil etilgan va suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan mevali bog‘;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“In-vitro” laboratoriyasi — o‘simlik organizmi to‘qimalarini mikroklonal ko‘paytirish usuli orqali “sog‘lom”, viruslardan holi bo‘lgan payvandtag yetishtirish uchun ixtisoslashgan, maxsus jihozlangan laboratoriya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘chatchilik xo‘jaligi — O‘zbekiston Respublikasida meva ko‘chatlarini yetishtiruvchi maqomga va ko‘chatchilikka ixtisoslashgan kamida 2 gektar yer maydoniga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekt;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi birlashmasi — fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yer egalarini, shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va ularni tayyorlash, tashish, saqlash va sotish bo‘yicha faoliyat olib boruvchi jismoniy va yuridik shaxslarni o‘z ichiga olgan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha tashabbuskori — yangi intensiv bog‘ va/yoki tokzor barpo etish yuzasidan subsidiya olish uchun murojaat qilgan qishloq xo‘jaligi birlashmasi a’zosi, meva-sabzavot klasteri ishtirokchisi yoki tadbirkorlik subyekti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meva-sabzavot klasteri — bir yoki bir necha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bitim asosida zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda urug‘lik, meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, saqlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratish yuzasidan hamkorlikni amalga oshirishga qaratilgan faoliyat shakli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
payvandtag — “In-vitro” laboratoriyasida yoki vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirilgan ildiz tizimiga ega bo‘lgan o‘simlik poyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plantatsiya — qishloq xo‘jaligi birlashmalarining yoki meva-sabzavot klasterining a’zolari tomonidan tutash hududda 10 gektardan kam bo‘lmagan maydonlarda bir xil meva yoki uzum turi ekilgan intensiv bog‘ va/yoki tokzor.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Subsidiyalar ko‘chatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun beriladi, danak va urug‘dan ko‘paytirilgan payvandtaglar (ko‘chatlar) bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Subsidiyaning bazaviy hisoblash miqdori sotib olinadigan ko‘chatlar va payvandtaglarning har bir donasi uchun quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intensiv meva ko‘chatiga — 8 000 so‘m;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intensiv meva payvandtagiga — 2 500 so‘m;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tok ko‘chatiga — 5 000 so‘m;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tok payvandtagiga — 5 000 so‘m.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va boshqa tadbirkorlik subyektlariga ko‘chatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun har bir dona ko‘chatga beriladigan subsidiya miqdori uning bazaviy hisoblash miqdoriga mevali ko‘chat turi uchun belgilangan koeffitsiyentni ko‘paytirish yo‘li bilan quyidagicha aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Loyiha tashabbuskorlari mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq intensiv bog‘ va tokzorlarda ko‘chatlarni ekish shartlariga rioya qilishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ko‘chatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha qoplab beriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Mahalliy sharoitda yetishtirilgan ko‘chatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi
(2-bob nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Mahalliy sharoitda yetishtirilgan ko‘chatlarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplab berish
(1-paragraf nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari har yili 1-noyabrga qadar plantatsiya asosida barpo etiladigan bog‘ va tokzorlar uchun ajratilgan yoki ajratiladigan yer maydonlaridan kelib chiqib, loyiha tashabbuskorlarining ko‘chatlar turlari, navlari va miqdoriga bo‘lgan talabini aniqlash maqsadida bog‘ va tokzor barpo etish bo‘yicha loyihalarning manzilli ro‘yxatini mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakllantiradi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari shakllantirilgan manzilli ro‘yxatni o‘n ish kunida Agentlikka taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Agentlik taqdim etilgan manzilli ro‘yxat asosida o‘n ish kunida “in-vitro” laboratoriyalari va ko‘chatchilik xo‘jaliklarining mahalliy sharoitda yetishtirilgan ko‘chatlar yetkazib berish imkoniyatini o‘rganib, olingan ma’lumotlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari orqali loyiha tashabbuskoriga yetkazadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Loyiha tashabbuskori ko‘chatlar sotib olishga subsidiya olish uchun Agentlik va ko‘chat yetkazib beruvchi ko‘chatchilik xo‘jaligi o‘rtasida uch tomonlama shartnomani tuzish uchun Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agentlikka quyidagi hujjatlarni ilova qilib, elektron imzo bilan tasdiqlangan arizani elektron pochta orqali yuboradi:
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), so‘ralayotgan subsidiyaning maqsadi, miqdori, intensiv bog‘ va/yoki tokzor barpo etilishi rejalashtirilgan yer maydoni, xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankining nomi va bankdagi hisobvarag‘i ko‘rsatilgan subsidiya ajratish to‘g‘risidagi ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intensiv bog‘ va/yoki tokzor barpo etish uchun yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda loyiha to‘g‘risida ma’lumot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihani moliyalashtirishning aniq manbalari (o‘z mablag‘i, bank krediti, xorijiy investitsiya) ko‘rsatilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tegishligiga ko‘ra, Agentlik loyiha tashabbuskoriga ko‘chatlarni sotib olish uchun beriladigan buyurtmaga avans to‘lovi sifatida subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Subsidiya ajratishni rad etish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha tashabbuskori ushbu Nizomning 11-bandida belgilangan shartlarga mos kelmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘chat yetkazib beruvchi xo‘jalik mevali va uzum ko‘chati yetishtirish uchun ko‘chatchilikka ixtisoslashgan kamida 2 gektar yer maydoniga ega bo‘lmasa, shuningdek, ko‘chatchilikka ixtisoslashgan xo‘jalik bo‘lmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha tashabbuskori tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda Agentliklar tomonidan o‘tkaziladigan o‘rganishlar orqali ishonchsiz va noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjudligi yoki ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish holatlari aniqlanganda.
(14-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda qayd etilganidan boshqa holatlardan tashqari loyiha tashabbuskoriga subsidiya ajratishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Agentlik qabul qilgan qaror to‘g‘risida loyiha tashabbuskorini uch ish kun mobaynida yozma (elektron) ravishda xabardor qiladi va o‘n besh ish kunida loyiha tashabbuskori va ko‘chatchilik xo‘jaligi o‘rtasida ko‘chatlar yetishtirish, yetkazib berish va subsidiya ajratib berish bo‘yicha uch tomonlama shartnoma imzolanadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mablag‘lar ko‘chatchilik xo‘jaliklarining xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklarida ochilgan asosiy hisobvaraqlariga (tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari) o‘tkaziladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ko‘chatchilik xo‘jaligi loyiha tashabbuskoriga yetkazib berilayotgan ko‘chatlar uchun Jamg‘armalar tomonidan moliyalashtirilgan mablag‘larni mos ravishda har bir ko‘chat narxidan chegirib qoladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu ko‘chat narxidan chegirilgan mablag‘lar loyiha tashabbuskoriga taqdim etilgan subsidiya deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Mahalliy sharoitda yetishtirilgan payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplab berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ko‘chatchilik xo‘jaligi mahalliy sharoitda yetishtirilgan payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini “in-vitro” laboratoriyasiga subsidiya hisobiga oldindan to‘lovni amalga oshirish uchun Agentliklarga quyidagi hujjatlarni yozma yoki elektron shaklda taqdim qiladi:
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), subsidiya olish maqsadi, miqdori, mahalliy sharoitda ko‘chatlar yetishtirish rejalashtirilgan yer maydoni (kontur raqami), xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankining nomi va bankdagi hisobvarag‘i ko‘rsatilgan holda subsidiya ajratish to‘g‘risidagi ariza;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat nusxasi (payvandtaglar akademik M.Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy-tajriba stansiyalarida yetishtirilgan hollar bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Subsidiya ajratishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha tashabbuskori ushbu Nizomning 19-bandida belgilangan shartlarga mos kelmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
payvandtag yetkazib beruvchi ko‘chatchilik xo‘jaligi mevali va uzum ko‘chat yetishtirish uchun ko‘chatchilikka ixtisoslashgan kamida 2 gektar yer maydoniga ega bo‘lmasa, shuningdek, ko‘chatchilikka ixtisoslashgan xo‘jalik bo‘lmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha tashabbuskori tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda Agentliklar tomonidan o‘tkaziladigan o‘rganishlar orqali ishonchsiz va noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjudligi yoki ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish holatlari aniqlanganda.
(22-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda qayd etilganidan boshqa holatlarda subsidiya oluvchiga subsidiya ajratishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Agentliklar “in-vitro” laboratoriyaga imzolangan uch tomonlama shartnoma asosida Jamg‘armalar hisobraqamida mablag‘lar mavjud bo‘lgan taqdirda bir oy muddatda, biroq uzog‘i bilan olti oydan oshmagan muddatda payvandtaglarni yetishtirish va yetkazib berish uchun ko‘chatchilik xo‘jaligi nomidan subsidiyani o‘tkazadi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Subsidiya mablag‘lari “in-vitro” laboratoriyalarining xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklarida ochilgan asosiy hisobvaraqlariga (tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari) o‘tkaziladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. “In-vitro” laboratoriyasi ko‘chatchilik xo‘jaliklariga yetkazib berilgan payvandtaglar uchun Jamg‘armalar tomonidan moliyalashtirilgan mablag‘ni mos ravishda har bir payvandtag narxidan chegirib qoladi.
(27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu payvandtag narxidan chegirilgan mablag‘lar ko‘chatchilik xo‘jaligiga taqdim etilgan subsidiya deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Mahalliy sharoitda ko‘chatlar va payvandtaglarni yetishtirish va yetkazib berish majburiyatlarining bajarilishi bo‘yicha monitoringini olib borish
(3-bob nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. “In-vitro” laboratoriyalari va ko‘chatchilik xo‘jaliklari mahalliy sharoitda ko‘chatlar hamda payvandtaglar yetkazib berishni subsidiya mablag‘lari ajratilgandan (moliyalashtirilgandan) so‘ng 24 oydan oshmagan muddatda yakunlanishi lozim.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Shartnomada ko‘rsatilgan parametrlar o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash maqsadida Agentlik, akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan loyiha tashabbuskori yoki ko‘chatchilik xo‘jaligi ishtirokida har chorak yakuni bo‘yicha subsidiya olgan ko‘chatchilik xo‘jaligi dalasiga va “in-vitro” laboratoriyasiga tashrif buyurgan holda monitoring o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monitoring yakunlari bo‘yicha shartnomada ko‘rsatilgan parametrlarning bajarilish holati va ko‘chatlar yetishtirish standartlarga mosligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda uch nusxada dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalolatnoma Agentlik, akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti vakili, loyiha tashabbuskori yoki ko‘chatchilik xo‘jaligi rahbari tomonidan imzolanadi. Dalolatnoma bir nusxadan Agentlik, ko‘chatchilik xo‘jaligi va “in-vitro” laboratoriyasida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Monitoring jarayonida qishloq xo‘jaligi birlashmalarining a’zolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va boshqa tadbirkorlik subyektlari, loyiha tashabbuskori, ko‘chatchilik xo‘jaligi yoki “in-vitro” laboratoriyasi tomonidan shartnoma shartlari bajarilmaganligi aniqlangan taqdirda, Agentliklar o‘tkazib berilgan mablag‘larni qaytarish yuzasidan ularga yozma ravishda talabnoma yuboradi.
(30-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha tashabbuskori, ko‘chatchilik xo‘jaligi yoki “in-vitro” laboratoriyasi ushbu talabnomani olgan kundan e’tiboran bir oy mobaynida olingan mablag‘larni Agentliklarning tegishli maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga qaytarishi lozim.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar olingan mablag‘lar belgilangan muddatda qaytarib berilmasa, Agentlik mablag‘larni qaytarish bo‘yicha belgilangan tartibda sudga murojaat qilishi mumkin. Bunda loyihaning bajarilmagan qismiga teng bo‘lgan subsidiya qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. “In-vitro” laboratoriyalari va ko‘chatchilik xo‘jaliklarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Agentliklarning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Agentliklar har chorak yakuni bilan ajratilayotgan subsidiyadan foydalanish samaradorligini o‘rganish, tahlil qilish va tahlil natijalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi va Qishloq xo‘jaligi vazirligiga axborot kiritib boradi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
321. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash huzuridagi Agrar va oziq-ovqat sohalarini subsidiyalash bo‘yicha Texnik ishchi guruh tomonidan 2025-yil 1-yanvarga qadar ushbu subsidiyaning samaradorlik ko‘rsatkichi baholanadi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiyani ajratish natijasida subsidiya ajratilgan subyektlarning xo‘raki, kishmishbop va sanoatbop tok ko‘chatlari soni hamda mahsulot yetishtirish hajmi oshganda, subsidiyaning samaradorlik ko‘rsatkichi “ijobiy”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya oluvchi subyekt tomonidan olingan subsidiyadan foydalanilmayotganligi yoki undan samarasiz foydalanayotganligi, shuningdek, subsidiyalardan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi aniqlanganda, subsidiyaning samaradorlik ko‘rsatkichi “salbiy” deb baholanadi.
(321-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 331-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/331/0560-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Qishloq xo‘jaligi birlashmalarining a’zolari va meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilariga ko‘chatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun ajratiladigan mablag‘lardan samarali foydalanilishi yuzasidan nazorat Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Mahalliy sharoitda ko‘chatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglar yetishtirib berish uchun subsidiya olgan “in-vitro” laboratoriyalari va ko‘chatchilik xo‘jaliklari subsidiyaning maqsadli va samarali ishlatilishi uchun javobgar hisoblanadi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi birlashmalarining a’zolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik subyektlariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv ko‘chatlar (pakana va yarim pakana), xo‘raki, kishmishbop va sanoatbop tok ko‘chatlari hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy sharoitda yetishtirilgan ko‘chatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplab berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari
Plantatsiya asosida barpo etiladigan bog‘ va tokzorlar uchun ajratilgan yoki ajratiladigan yer maydonlaridan kelib chiqib, loyiha tashabbuskorlarining ko‘chatlar turi, navi va soniga bo‘lgan talabni aniqlash maqsadida intensiv bog‘ va tokzor barpo etish bo‘yicha loyihalarning manzilli ro‘yxatini shakllantiradi.
Har yili 1-noyabrga qadar
Shakllantirilgan manzilli ro‘yxatni Agentliklarga taqdim etadi.
10 ish kunida
2-bosqich
Agentliklar
Taqdim etilgan manzilli ro‘yxat asosida “in-vitro” laboratoriyalari va ko‘chatchilik xo‘jaliklarining ko‘chatlar yetkazib berish imkoniyatini o‘rganib, olingan ma’lumotlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari orqali loyiha tashabbuskorlariga yetkazadi.
10 ish kunida
3-bosqich
Loyiha tashabbuskori
1. Subsidiya olish uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi.
2. Agentliklarga hujjatlarni elektron shaklda taqdim qiladi.
Tashabbus ko‘rsatish tartibida
4-bosqich
Agentliklar
Loyiha tashabbuskorlari va ko‘chatchilik xo‘jaligi o‘rtasida ko‘chatlar yetishtirish, yetkazib berish va subsidiya mablag‘larini ajratib berish bo‘yicha uch tomonlama shartnomani imzolaydi.
15 ish kunida
5-bosqich
Agentliklar
Shartnoma imzolangandan so‘ng Agentliklar ko‘chatlar yetkazib berish uchun ko‘chatchilik xo‘jaliklariga shartnomada belgilangan miqdordagi mablag‘larni o‘tkazib beradi.
Mablag‘lar ko‘chatchilik xo‘jaliklarining xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklarida ochilgan asosiy hisobvaraqlariga o‘tkaziladi.
Jamg‘armalar hisobraqamida mablag‘lar mavjud bo‘lgan taqdirda bir oy muddatda, aks holda uzog‘i bilan olti oydan oshmagan muddatda
6-bosqich
Agentliklar
Loyiha tashabbuskori yoki ko‘chatchilik xo‘jaligi ishtirokida subsidiya olgan ko‘chatchilik xo‘jaligi dalasiga va “in-vitro” laboratoriyasiga tashrif buyurgan holda monitoring o‘tkazadi.
Monitoring yakunlari bo‘yicha shartnomada ko‘rsatilgan parametrlarning bajarilish holati va ko‘chatlar yetishtirish standartlariga mosligi to‘g‘risidagi uch nusxada dalolatnoma rasmiylashtiradi.
Monitoring davomida shartnoma shartlari bajarilmagani aniqlangan taqdirda, o‘tkazib berilgan mablag‘larni qaytarish yuzasidan yozma ravishda talabnoma yuboradi.
Har chorak yakuni bo‘yicha
7-bosqich
Loyiha tashabbuskori
Mablag‘larni Agentliklarning tegishli maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga qaytaradi.
Talabnomani olgan kundan 1 oy mobaynida
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi birlashmalarining a’zolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik subyektlariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv ko‘chatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish to‘g‘risida nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
__________ viloyatida qishloq xo‘jaligi birlashmalarining a’zolari va meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik subyektlari tomonidan intensiv bog‘ va tokzor barpo etish bo‘yicha loyihalarning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MANZILLI RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi birlashmasi yoki meva-sabzavot klasteri nomi
Loyiha tashabbuskorining STIR raqami
Hudud, massiv
Intensiv bog‘/tokzor maydoni (gektar)
Kontur raqami
Mevali daraxt
Talab etiladigan ko‘chat soni
(ming dona)
Izoh
turi
navi
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi birlashmalarining a’zolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik subyektlariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv ko‘chatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish to‘g‘risida nizomga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Intensiv bog‘ va tokzor barpo etish loyihasi to‘g‘risida
(4-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MA’LUMOT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Loyiha tashabbuskori nomi: ________________ STIR raqami: _____________
2. Ajratilgan umumiy maydon: _____ gektar, shundan ekin maydoni _____ gektar.
3. Loyiha amalga oshirilayotgan joyning manzili va kontur raqami: ________________.
4. Mevali ko‘chat turi va navi, tup soni, ekish sxemasi: __________.
5. Ko‘chatchilik xo‘jaligining nomi, manzili, telefon raqami.
6. Loyihani amalga oshirish muddati: _________ .
7. Yaratiladigan ish o‘rni: ___ kishi.
8. Loyihaning umumiy qiymati — ________ mln so‘m yoki _____ AQSH dollari, shundan:
T/r
Amalga oshiriladigan ishlar
Loyihaning umumiy qiymati (mln so‘m), shundan:
Moliyalashtirish manbalari, mln so‘m
loyiha tashabbuskorining mablag‘lari
Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi subsidiyalari
Tijorat banklari kreditlari, boshqa manbalar hisobiga
1.
Agrotexnik tadbirlar (jumladan, yer haydash, chizellash, yerni tekislash) amalga oshirish
2.
Tuproqqa mineral o‘g‘itlar va boshqa kimyoviy moddalar bilan ishlov berish
3.
Intensiv ko‘chat sotib olish va ularni ekish
4.
Ko‘chatlarni ekish
5.
Suv chiqarish uchun quduqlar va nasos stansiyasi qurish
6.
Tomchilab sug‘orish tizimini joriy qilish
7.
Boshqa xarajatlar
JAMI:
Keltirilgan ma’lumotlar ishonchli (haqqoniy) bo‘lib, loyiha to‘liq hajmda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishiga kafolat beraman.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)