1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus iqtisodiy zona hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun elektron-onlayn auksion savdolari g‘olibi bo‘lgan yuridik shaxslar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi maqomini olish uchun qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini amaliyotga tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsni qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda soliq va kadastr ma’lumotlar bazalaridan qat’iy foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasiga sanoat sohasidagi nufuzli xalqaro brend mutaxassislarini jalb qilishda yig‘im undirilishidan ozod etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy brendlarni yaratish uchun jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarning O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni berish tartibini soddalashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 22-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-yanvardagi 30-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 27-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Maxsus iqtisodiy zona hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yuridik shaxs elektron onlayn-auksion savdolari natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilgan taqdirda qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Savdo vakolatxonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 26-iyuldagi 463-son qarorining 3-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “10” raqami “15” raqami bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 22-sentabrdagi 595-son qarorining 4-bandi uchinchi xatboshisi “(maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchisi bo‘lish uchun berilgan arizalari qanoatlantirilgan yuridik shaxslar bundan mustasno)” so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomga 20-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 5-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi “j” va “z” kichik bandlar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“j) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-avgustdagi PQ-286-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat yo‘nalishlari bo‘yicha jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarning ro‘yxatida ko‘rsatilgan sanoat yo‘nalishlari bo‘yicha xorijiy mutaxassislar sifatida jalb qilingan chet el fuqarolari uchun — ular xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning reytinglaridagi nufuzli xalqaro brendlar ro‘yxatiga kiritilgan brend egalari bilan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzgan yuqori va o‘rta barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlari va milliy brendlar ro‘yxatiga kiritilgan brend egalari tomonidan jalb qilinganligini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) nufuzli xalqaro brendlardan jalb qilingan texnolog, dizayner, marketolog kabi mutaxassislar uchun — nufuzli xalqaro brend tashkilotida faoliyat yuritayotganligini tasdiqlovchi hujjat”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 6-pozitsiyaning uchinchi ustuni “1 baravari” so‘zlaridan keyin “(xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning reytinglaridagi nufuzli xalqaro brendlardan jalb qilingan texnolog, dizayner, marketolog kabi mutaxassislar bundan mustasno)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 7-pozitsiyaning uchinchi ustunida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning reytinglaridagi nufuzli xalqaro brendlardan jalb qilingan texnolog, dizayner, marketolog kabi mutaxassislar uchun yig‘im undirilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi — o‘n birinchi xatboshilar tegishlicha to‘qqizinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 11-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi “a2” kichik band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a2) xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning reytinglaridagi nufuzli xalqaro brendlar ro‘yxatiga kiritilgan brend egalari bilan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzgan yuqori va o‘rta barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlari va milliy brendlar ro‘yxatiga kiritilgan brend egalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-avgustdagi PQ-286-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat yo‘nalishlari bo‘yicha jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarning ro‘yxatida ko‘rsatilgan sanoat yo‘nalishlari bo‘yicha xorijiy mutaxassislar sifatida jalb qilingan chet el fuqarolari uchun — tasdiqnomalar mehnat shartnomasi amal qiladigan muddatga, biroq uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-sentabrdagi 452-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagi mazmundagi 221-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“221. Elektron-onlayn auksion savdolari g‘olibi bo‘lgan yuridik shaxs maxsus iqtisodiy zona hududidan qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi (ilgari maxsus iqtisodiy zona hududidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yuridik shaxslar bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investorni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ariza kompozit tarzda Davlat xizmatlari markaziga yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda investor Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimiga yuborilgan elektron-onlayn auksion savdolarida g‘olib bo‘lganligi haqidagi xabarnoma asosida avtomatik tarzda qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga Direksiya tomonidan davlat xizmatini ko‘rsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Investor (yuridik shaxslar yoki ularning vakolatli vakillari)
Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan ro‘yxatdan o‘tadi hamda bevosita maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalariga (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) murojaat qiladi.
Real vaqt rejimida
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazlari
2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar to‘plamini Direksiyaga elektron shaklda yuboradi.
Real vaqt rejimida
3-bosqich
Direksiya
1. Taqdim qilingan investitsiya buyurtmanomasi va unga ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqadi hamda natijasi bo‘yicha:
a) maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, hujjatlar to‘plamini qaytarish sabablarini ko‘rsatgan holda asoslantirilgan xulosa xatini taqdim etadi;
b) hujjatlarda kamchiliklar aniqlanmasa, investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi qarorni taqdim etadi.
Hujjatlar kelib tushgandan boshlab 10 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Direksiya
Ma’qullangan investitsiya buyurtmanomasida talab etilgan hajmdagi yer maydoni yoki bo‘sh bino va inshootni elektron onlayn-auksion savdolariga chiqaradi.
Qaror qabul qilingandan boshlab 3 ish kuni mobaynida
5-bosqich
Investor
Elektron-onlayn auksion savdolari g‘olibi bo‘lgan yuridik shaxsni maxsus iqtisodiy zona hududida qayta (yoki o‘zi tashkil etayotgan tadbirkorlik subyektini) davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi (ilgari maxsus iqtisodiy zona hududidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yuridik shaxslar bundan mustasno).
Onlayn-auksion savdolari yakunlangandan so‘ng 5 ish kuni mobaynida
6-bosqich
Direksiya
Direksiya elektron onlayn-auksion savdolari g‘olibi bilan maxsus iqtisodiy zona hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha investitsiya bitimini va ijara shartnomasini tuzadi yoki zarur bo‘lganda, bitim qoidalarini kelishish maqsadida muzokaralar o‘tkazadi.
Onlayn-auksion savdolari yakunlangandan boshlab 3 ish kuni mobaynida
7-bosqich
Investor
1. Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan hujjatlarni taqdim etadi.
2. Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari reyestriga kiritish uchun bir martalik to‘lovni amalga oshiradi.
Investitsiya bitimi imzolangandan boshlab 2 ish kuni mobaynida
8-bosqich
Direksiya
Investorni maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazadi va unga guvohnoma beradi.
Hujjatlarni olgan kundan boshlab 2 ish kuni mobaynida
”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2025-y., 09/25/30/0065-son)